Shirinov U.A., PhD.
SamISI Amonov A.A. katta o'qituvchi SamISI
ASOSIY VOSITALAR HISOBINI 16-SON BHXS «ASOSIY VOSITALAR» ASOSIDA TASHKIL ETISH
Annotatsiya. Maqolada asosiy vositalar hisobini moliyaviy hisobotning va buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari asosida tan olish, hisob tizimida aks ettirish hamda hisobotlarda ochib berish bo'yicha mulohazalar yuritilgan.
Kalit so'zlar: asosiy vositalar, buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, xalqaro standartlar, qayta baholash.
Shirinov U.A., Ph.D.
SamIES Amonov A.A. senior lecturer SamIES
ORGANIZING THE FIXED EQUIPMENT ACCOUNT ON THE BASIS OF BHXS NO. 16 "FIXED EQUIPMENT"
Abstract. The article discusses the recognition of the fixed assets account based on the international standards of financial reporting and accounting, reflection in the accounting system and disclosure in the reports.
Key words: fixed assets, accounting, financial reporting, international standards, revaluation.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlar iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirishga asos bo'lmoqda. Prezidentimiz ham qator ma'ruzalarida iqtisodiyotimizni rivojlantirish bo'yicha ta'kidlab kelmoqda, chunonchi "Bir yil ichida mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada erkinlashtirish, biznesga keng yo'l ochish, bu borada qonun ustuvorligi va huquqiy kafolatlarni mustahkamlash bo'yicha tizimli islohotlarni jadal davom ettirdik"60.
Hozirgi kunda dunyo mamlakatlarida iqtisodiyotni rivojlantirishda asosiy vositalar hisobi va auditining nazariy hamda uslubiy asoslarini takomillashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Asosiy vositalarni tan olish mezonlari, asosiy vositalarni boshlang'ich tannarxida baholash, asosiy vositalarni haqiqiy tannarxi bo'yicha hisob modeli yoki qayta baholangan
60O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining ochilish marosimidagi nutqi. https://president.uz/oz/lists/view/6221
qiymati bo'yicha hisob modellari asosida baholash tartiblari, asosiy vositalarni qayta baholash natijalarini aks ettirish, asosiy vositalarni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish masalalarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, xalqaro audit standartlari asosida xo'jalik yurituvchi subyektlar asosiy vositalarni audit qilish metodologiyasini takomillashtirish o'ta dolzarb hisoblanadi.
Mamlakatimizda korxonalar faoliyatini kengaytirishda, asosiy fondlarining modernizatsiya qilish hamda ularni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash borasida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. 2021 yilda asosiy kapitalga investitsiyalar 239552,6 mlrd. so'mni tashkil etgan.
Asosiy vositalar bo'yicha turli manbalarda turlicha fikrlar keltirilgan. Biz tadqiqotimiz natijasida ularning bir qanchasini keltirib o'tdik.
Asosiy vositalar - bu quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlardir: (a) mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish, yoki xizmatlar ko'rsatish yoki
boshqa tomonlarga ijaraga berish yoki ma'muriy maqsadlarda foydalanish
uchun
saqlanadigan; va (b) bir davrdan ortiq muddat davomida foydalanilishi kutiladigan.[1]61
5-sonli MHXS (Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti) asosan uzoq muddatli aktivlar - bu hisobot davridan keyin o'n ikki oydan ko'proq vaqt davomida tiklanishi kutilayotgan summalarni o'z ichiga olgan aktivlar62
16-MHXS "Asosiy vositalar" ga asosan asosiy vositalarni keying baholanishi boshlang'ich qiymat modeli bo'yicha yoki qayta baholash modeli bo'yicha tan olinadi.
Aktiv sifatida tan olinganidan so'ng, asosiy vosita obyekti jamg'arilgan eskirish va qadrsizlanishdan jamg'arilgan zararlar chegirilgan holda boshlang'ich qiymat bo'yicha hisobga olinishi lozim.
1-jadval
Asosiy kapitalga investitsiyalarning asosiy fondlar turlari bo'yicha tarkibi
(mlrd. so'mda)
Asosiy fondlar 2019 2020 2021
Jami 195927,3 210195,1 239552,6
Turar-joy binolari 20621,9 23200,8 29851,0
Noturar-joy binolari 33408,1 38172,7 50894,5
Boshqa inshootlar 23148,7 27039,0 30290,6
Yerni yaxshilash 127,3 285,9 277,1
Mashina va uskunalar, jami 107305,8 110493,8 113863,9
Transport uskunalari 16588,2 12415,2 14574,5
Axborot, kompyuter va telekommunikatsiya (AKT) uskunalari 3194,8 7347,0 5325,6
61 MHXS 16 "Asosiy vositalar "
62 MHXS 5 "Sotish uchun mo'ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom ettirilmaydigan faoliyat "
Boshqa mashina va uskunalar 87522,7 90731,6 93963,8
Bir necha marta mahsulot beruvchi, xayvonlar resurslari 2418,9 2843,0 3656,8
Bir necha marta mahsulot beruvchi daraxtlar, qishloq xo'jalik ekinlari va ko'chatlar resurslari 372,0 880,7 838,6
Noishlab chiqarish aktivlarga mulk huquqini berish bilan bog'liq xarajatlar 198,1 225,0 138,2
Komyuter dasturiy ta'minoti va ma'lumotlar bazalari 28,7 25,2 98,6
Ko'ngilochar, adabiy va badiiy asarlarning asl nusxalari 3,7 1,6 0,8
Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar 5,9 86,5 30,8
Foydali qazilmalar zahiralarini razvedka qilish va baholash 763,7 26,7 96,4
Boshqa intellektual mulk mahsulotlari 330,1 229,0 292,3
Aktiv sifatida tan olinganidan so'ng, haqqoniy qiymati ishonchli tarzda baholanishi mumkin bo'lgan asosiy vosita obyekti keyingi jamg'arilgan eskirish va qadrsizlanishdan keying jamg'arilgan zararlarni chegirgan holda, qayta baholash sanasidagi haqqoniy qiymatni aks ettiradigan qayta baholangan qiymatda hisobga olinishi lozim. Hisobot davri oxirida balans qiymatini uning haqqoniy qiymatidan muhim farqlanmasligi uchun qayta baholash yetarli darajada muntazam amalga oshirilishi lozim.
Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o'tkazish maqsadi buxgalteriya hisoboti asosiy vositalar bo'limining ishonchliligi to'g'risida fikr shakllantirish va korxonada asosiy vositalar bilan bog'lik muomalalarni hisobga olish hamda soliqqa tortish uslubiyotini tashkil etishning O'zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me'yoriy xujjatlarga hamda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Asosiy vositalarning samaradorlik ko'rsatkichlarini oshirishning quyidagi yo'nalishlarini korxona uchun tavsiya sifatida keltirib o'tish mumkin. Tashkiliy yo'nalishlar bo'yicha:
•asosiy vositalarning fakat korxonaga ish beradigan qisminigina olish; •asosiy vositalarning ortiqcha qismini ushlab turmaslik; •eskirgan asosiy vositalarni va manaviy talabga javob bermaydigan asosiy vositalarni hisobdan chiqarish;
•asosiy vositalarni farqlash va tarkiblashni qayta o'zgartirish; •asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning muolliq shakllarini belgilash va h.k.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1.MHXS 5 "Sotish uchun mo'ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom ettirilmaydigan faoliyat "
2.BHXS 16 "Asosiy vositalar " 3.5-son BHMS "Asosiy vositalar"
4. Уразов К.Б. Бошка тармокларда бухгалтерия хдсобининг хусусиятлари. Дарслик. К,айта ишланган ва тулдирилган 2-нашр.- Т.: «Фан ва технология», 2019. - 540 б.
5. Kunduzova, K. I., Qudbiyev, N. T., & Asatullayeva, N. Y. Q. (2022). Iqtisodiyotning modernizatsiyalash sharoitida asosiy vositalar hisobini takomilashtirish masalalari. Scientific progress, 3(3), 837-846.
6. Ibrohim, S. (2023, January). Asosiy vositalar"(bhxs 16) standartni amaliyotga joriy etish masalalari. In Proceedings of International Educators Conference (Vol. 2, No. 1, pp. 204-207).
7. Zokirovna, I. Z. (2022). Iqtisodiy islohotning hozirgi bosqichida buxgalteriya hisobi tizimining holatini baholash muammolari. Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali, 147-154.
8.Luptullaevich, X. T. (2023). Mintaqaviy paxta-to'qimachilik klasterlarini shakllantirish va rivojlantirish. Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali, 3(6), 129-132.
9. Luptullaevich, X. T. (2023). Paxta-to'qimachilik sohasi sub'ektlari faoliyatini klasterlashtirish natijalari. Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali, 3(6), 125-128.