Научная статья на тему 'IQTISODIYOTNING MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA ASOSIY VOSITALAR HISOBINI TAKOMILASHTIRISH MASALALARI'

IQTISODIYOTNING MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA ASOSIY VOSITALAR HISOBINI TAKOMILASHTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
2141
224
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
asosiy vositalar / hisobga olish / qabul qilish / takror ishlab chiqarish / amortizatsiya toʻlovlari / axborotlarning analitikligini oshirish / buxgalteriya hisobi / hisob siyosati.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Kumrixon Ibragimovna Kunduzova, Nodir Tohirovich Qudbiyev, Nigora Yorqinjon Qizi Asatullayeva

Xoʻjalik yurituvchi subyekt rivojlantirish va mahsulotlarning raqobatbardoshligini saqlashning zarur sharti bu moddiy-texnik bazani doimiy ravishda toʻldirishdir. Moddiy-texnik bazaning asosi esa asosiy vositalar hisoblanadi. Ko’rilayotgan masala dolzarbligi asosiy vositalarni hisobga olishning toʻliq, adolatli va ishonchli axborot berishdir. Biroq, asosiy vositalar toʻgʻrisidagi moliyaviy hisobotlarda mavjud boʻlgan maʼlumotlar qonunchilikning nomukammalligi va undagi doimiy oʻzgarishlar tufayli har doim ham shunday emas, shuning uchun asosiy vositalar keyingi tadqiqotlarni talab qiladi. Maqolada asosiy vositalar hisobini uslubiy va tashkiliy jihatdan takomillashtirish, shuningdek qonunchilik va meʼyoriy hujjatlarning izchilligi, asosiy vositalarni hisobga olish va nazorat qilish metodologiyasini takomillashtirishning ayrim jihatlari taklif etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IQTISODIYOTNING MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA ASOSIY VOSITALAR HISOBINI TAKOMILASHTIRISH MASALALARI»

IQTISODIYOTNING MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA ASOSIY VOSITALAR HISOBINI TAKOMILASHTIRISH MASALALARI

Xo'jalik yurituvchi subyekt rivojlantirish va mahsulotlarning raqobatbardoshligini saqlashning zarur sharti bu moddiy-texnik bazani doimiy ravishda to'ldirishdir. Moddiy-texnik bazaning asosi esa asosiy vositalar hisoblanadi. Ko'rilayotgan masala dolzarbligi asosiy vositalarni hisobga olishning to'liq, adolatli va ishonchli axborot berishdir. Biroq, asosiy vositalar to'g'risidagi moliyaviy hisobotlarda mavjud bo'lgan ma'lumotlar qonunchilikning nomukammalligi va undagi doimiy o'zgarishlar tufayli har doim ham shunday emas, shuning uchun asosiy vositalar keyingi tadqiqotlarni talab qiladi. Maqolada asosiy vositalar hisobini uslubiy va tashkiliy jihatdan takomillashtirish, shuningdek qonunchilik va me'yoriy hujjatlarning izchilligi, asosiy vositalarni hisobga olish va nazorat qilish metodologiyasini takomillashtirishning ayrim jihatlari taklif etiladi.

Kalit so'zlar: asosiy vositalar, hisobga olish, qabul qilish, takror ishlab chiqarish, amortizatsiya to'lovlari, axborotlarning analitikligini oshirish, buxgalteriya hisobi, hisob siyosati.

Kirish. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida yangi iqtisodiy munosabatlarni ishlab chiqish va uni amalda keng joriy etish muhim axamiyat kasb etadi.[2] Respublikamizda ijtimoiy yo'naltirlgan bozor iqtisodiyotiga o'tish munosabati bilan iqtisodiy islohotlarning jadal tarzda amalga oshirilishi, oldingi hukmron bo'lgan davlat mulki o'rniga mulkchilikning nodavlat shakllari egallashi, o'z navbatida mulk egalariga ham erkinlik yaratib berdiki, mulk egalari mulkka egalik qilish, ulardan foydalanish hamda tasarruf etish huquqiga ega bo'ldilar.

Davlatning islohotlar dasturi qisqa muddat ichida makroiqtisodiy vaziyatning barqarorlashuviga, sanoat ishlab chiqarishi hajmining ortishiga, inflyatsiya darajasi pasayishiga, hayotiy muhim masalalar turlari bo'yicha iqtisodiy mustaqillikka erishishga imkon berdi.

Tashkilot faoliyatining muhim sharti asosiy vositalarning mavjudligi hisoblanadi. Asosiy vositalarni hisobga olishning asosiy vazifalaridan biri ular haqida to'liq, adolatli va ishonchli axborot berishdir. Biroq, asosiy vositalar to'g'risidagi moliyaviy hisobotlarda mavjud bo'lgan ma'lumotlar qonunchilikning nomukammalligi va undagi

Kumrixon Ibragimovna Kunduzova

Nodir Tohirovich Qudbiyev

Farg'ona Politexnika Instituti

Nigora Yorqinjon qizi Asatullayeva

ANNOTATSIYA

doimiy o'zgarishlar tufayli har doim ham shunday emas, shuning uchun asosiy vositalar keyingi tadqiqotlarni talab qiladi.

Asosiy vositalar har bir tashkilotda ishlab chiqarishning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, ularning holati bevosita, shuningdek samarali foydalanish tashkilot faoliyatining yakuniy natijalariga ta'sir qiladi. O'z navbatida, asosiy vositalar hisobini tashkil etish mashina, uskunalar va ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishga yordam beradi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Ko'pgina o'zbek iqtisodchilari o'z ilmiy izlanishlarini asosiy vositalar hisobi va ulardan foydalanishni tahlil qilishning nazariy va amaliy jihatlariga bag'ishlaganlar, ular orasida Ibragimov A., Ochilov I., Qo'ziev I., Rizaev N., Karimov A., Islomov F., Pardaev A.X., Pardaev B.X., Kudbiev D., Ismanov I.N., G'ulomova F.G'., Urazov K.B., Vaxidov S.V., Turdiyeva M., Xasanov B.A., Abdullayev A., Aybeshov X., Abdukarimov B.A., Bektemirov A.B., Pardayev M.Q. kabilarni aytish mumkun. [5-6-7]

Shunindek xorijiy iqtisodchilaridan o'z ilmiy izlanishlarini asosiy vositalar hisobi va ulardan foydalanishni tahlil qilishning nazariy va amaliy jihatlariga bag'ishladilar, ulardan: Alisenov A. S., Babayev Yu. A. Zaxarov I. V., Kondakov N. P., Melnik M. V., Pisengols M. Z., Saviskaya G. V., Sergeev S. S., Tolpegina O. A, Astaxov V. P., Govdya V. V., Kolesov N. D., Kondrakov N. P., Kuter M. I., Labinsev N. T., Melnik M. V., Novodvorskiy V. D., Pisengols M. Z., Polyak G. B., Popova L. V., Rudanovskiy A. P., Saviskaya G. V., Sergeev S. S., Chursin A. M. larning ishlari alohida etirof etish mumkun.[1-3-4]

Shunga qaramay, asosiy vositalarni hisobga olish va ulardan foydalanish tahlili bo'yicha munozaralar hali ham davom etmoqda. Bu o'rganilayotgan muammoga iqtisodchilarning turli xil yondashuvlarini, masalan, asosiy vositalarning iqtisodiy mazmuniga (xususan, "asosiy vositalar", "asosiy fondlar" va "asosiy kapital" atamalarini aniqlashga) ko'rsatadi; [8] boshlang'ich narxni shakllantirish; qayta baholashning maqsadga muvofiqligi; asosiy vositalar hisobini hujjatlashtirish; hisobga olinishi, ishlatilishi, mavjudligi hamda ular haqidagi ma'lumotlarni buxgalteriya (moliyaviy)hisobotida aks ettirish masalalaridir.

Tadqiqot metodologiyasi. Maqolani yozishda quyidagi metod va usullar qo'llanildi: tizimli va omiliy tahlil, funksional va qiyosiy tahlil, axborotni qayta ishlashning usullari.

Tahlil va natijalar. Korxonaning samaradorlik darajasi ko'plab omillarga, shu jumladan ishlab chiqarish kuchlarining asosiy elementi bo'lgan va ularning rivojlanishini belgilaydigan mehnat va moddiy sharoitlar bilan jihozlash darajasiga bog'liq. Buxgalteriya hisobi tomonidan alohida obyekt sifatida ajratilgan tashkilotning asosiy vositalari deb yuritiladi.

Asosiy vositalar tushunchasi turli tomondan tavsiflanishi mumkin. Keling, "asosiy vositalar" tushunchasining talqinini turli mualliflar nuqtayi nazaridan 1-jadvalda ko'rib chiqamiz.

1-jadval

"Asosiy vositalar" tushunchasini talqin qilishda turli xil yondashuvlar

Muallif yoki manbalar "Asosiy vositalar" tushunchasining talqini

O'zbekiston Respublikasi 5-son BHMS "Asosiy vositalar". Asosiy vositalar deb, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasida foydalanadigan, shuningdek uzoq muddatli ijaraga beriladigan va uzoq muddat davomida (bir yildan ortiq) xizmat qiladigan vositalarga aytiladi.

O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi Asosiy vositalar - korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo'jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko'rsatish jarayonida yoxud ma'muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan moddiy aktivlar.

U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova Asosiy vositalar - deb, o'zining tabiiy ko'rinishini uzoq muddat saqlab turadigan, asta-sekin eskiradigan va ishlab chiqariladigan mahsulot qiymatiga o'z qiymatini o'tkazadigan mehnat vositalariga aytiladi. [9-20]

K. B. Urazov Asosiy vositalar - bu korxonalar tomonidan xo'jalik faoliyatini yuritishda uzoq muddat davomida mahsulotlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko'rsatish, shuningdek ma'muriy va ijtimoiy -madaniy funksiyalarni bajarish uchun ishlatiladigan moddiy aktivlar.[10-19]

A. S. Alisenov Asosiy vositalar-bu ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor ishtirok etadigan va o'z qiymatini ishlab chiqarilgan tovarlarga qismlarga bo'lib o'tkazadigan, shu bilan birga moddiy shaklini o'zgartirmaydigan mehnat vositalari. [13-18]

H. V. Zaxarov Moddiy shakldagi asosiy vositalar mehnat vositalarini ifodalaydi. [15-20]

V. P. Astaxov Korxonaning asosiy fondlari-bu uzoq muddatli aktivlarga tegishli bo'lgan, mahsulot ishlab chiqarishda,

ishlarni bajarishda yoki xizmatlarni ko'rsatishda, boshqaruv maqsadlarida 12 oydan ortiq vaqt davomida yoki odatdagi ish sikli davomida ishlatiladigan mehnat aktivlari. yuqoridagi cheklovni hisobga olgan holda.[11]

MHXS 16 « Asosiy vositalar » Asosiy vositalar-tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish yoki etkazib berish jarayonida, lizing yoki ma'muriy maqsadlarda foydalanishga mo'ljallangan va bir necha muddatga foydalanishga mo'ljallangan moddiy boyliklar

https: //uz.wikipedia. org/ Asosiy vositalar - ishlab chiqarishning moddiy sharoitlarini ta'minlaydi-gan vositalar (mehnat qurollari, bino, inshoot, qurilma va boshqalar).

Asosiy vositalarning iqtisodiy mohiyati to'g'risida ko'plab fikrlar mavjud, ammo ulaming barchasi asosiy vositalarni uzoq vaqt davomida asl ko'rinishini saqlab, ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor ishlatiladigan mehnat vositasi sifatida aniqlashga qaratiladi.[14] Ishlab chiqarish jarayoni va tashqi muhit ta'siri ostida asosiy vositalarning eskirishi va boshlang'ich tannarxning butun foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga o'tkazilishi kuzatiladi.

Buxgalteriya hisobi uchun asosiy vositalar turli mezonlarga muvofiq tasniflanadi. Tashkilotning asosiy fondlari tarkibi va maqsadi jihatidan xilma-xildir. Asosiy vositalar hisobini tashkil qilish uchun ular turi, maqsadi, bo'linmalari, maqsadi va foydalanish va egalik qilish darajasi bo'yicha tasniflanishi kerak (1-rasm).

Asosiy vositalar ï

Faoliyatiga nisbatan

Xo'jalik faoliyatida foydalanishi bo'yicha

Sanoat

Qurilish

Transport

Ishlab chiqarish Foydalanishda

\

Zaxirada

Noishlab chiqarish

\

Saqlashda

Operatsion boshqaruvda

Bino va inshoatlar

1-rasm. Asosiy vositalarning tasnifi

Muayyan obyektning ma'lum bir guruhga muvofiqligi ma'lum texnik hujjatlarga muvofiq belgilanadi. Asosiy vositalarni to'g'ri hisobga olishning zarur jihati korxonada ushbu obyektlarni normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq baholashning bir xilligi hisoblanadi.[17]

Kompaniya balansida qayd etilgan asosiy vositalar faol va passiv mehnat vositalariga bo'linadi. Asosiy vositalarning faol qismiga mashina va uskunala r, ishlab chiqarish va maishiy inventarlar, passiv qismiga esa transport vositalari, binolar, inshootlar, yo'llar va boshqalar kiradi. Boshqacha qilib aytganda, asosiy vositalarning passiv qismi ishlab chiqarish jarayonining normal borishini ta'minlaydi va asosiy vositalarning faol qismi bu jarayonning mehnat vositasidir. Asosiy vositalar fondini shakllantirishda ularning tuzilishining optimalligiga rioya qilish-asosiy vositalarning passiv qismining optimal talab qilinadigan miqdorga nisbatan ortiqcha o'sishining oldini olish kerak.

Xizmat ko'rsatish sohasi korxonalarida asosiy vositalar quyidagi turlarga bo'linadi:

- inshoatlar, omborlar, pavilonlarni o'z ichiga olgan binolar;

- kirish yo'llari, platformalar va boshqalarni o'z ichiga olgan tuzilmalar;

- elektr energiyasi, gaz tarmoqlari, suv ta'minoti tarmoqlari, barcha turdagi kommunikatsiyalarni uzatish uchun mo'ljallangan obyektlarni o'z ichiga oluvchi uzatish qurilmalari va boshqalar;

- mashina va uskunalar - bu asosiy vositalar guruhiga kompyuter texnikasi, terminallar kiradi;

- odamlar va tovarlarni ko'chirish vositalarini o'z ichiga olgan transport vositalari;

- pechlar, sovutgich qurilmalari, o'lchov asboblari va boshqalar kiradi.

- stollar, vitrinalar, ofis mebellari va boshqalarni o'z ichiga olgan inventarizatsiya va aksessuarlar;

- boshqa asosiy vositalar-yuqorida bayon etilgan guruhlarda aks ettirilmagan asosiy vositalar kiradi.

Yuqorida tavsiflangan tasnifga muvofiq korxonada asosiy vositalarning hisobi yuritiladi va asosiy vositalarning mavjudligi va harakati to'g'risida hisobotlar tuziladi.

Xizmat ko'rsatish korxonalarining asosiy fondlari tarkibi boshqa ishlab chiqarish korxonalaridan bir oz farq qiladi, chunki bu sohada eng katta ulushni mashinalar va uskunalar emas, balki binolar va asboblar egallaydi, chunki aynan shu asosiy vositalar guruhlari ushbu korxonalari faoliyatini amalga oshirishda talab katta.

Ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatdagi maqsadga qarab asosiy vositalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga bo'linadi. Ishlab chiqarish maqsadlari uchun asosiy vositalar bevosita ishlab chiqarish jarayonida korxonaning asosiy faoliyatidan foyda olish uchun, noishlab chiqarish-xodimlarning maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladi [17].

Asosiy vositalar korxona faoliyatida foydalanish mumkin-operatsiya, va fond hisoblanadi, saqlash, ijara. Asosiy vositalar hisobini tashkil qilishda ushbu guruhlar alohida hisobga olinadi, chunki ular turli amortizatsiya to'lovlari bilan farq qiladi.

Korxona buxgalteriyasida asosiy vositalarning hisobi ham turliy hil qiymat jihatidan amalga oshiriladi. Asosiy vositalarni fizik jihatdan hisobga olish korxonaning ishlab chiqarish quvvati, unumdorligi, tarkibi va boshqalarni aniqlashga imkon beradi. Pul bilan hisob-kitob qilish asosiy vositalarning umumiy narxini hisoblash, asosiy vositalarning tuzilishi va dinamikasini, amortizatsiya, rentabellik va ishlab chiqarish tannarxini tahlil qilish imkonini beradi. [4]

Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobini va ularni saqlanishi nazoratinitashkil etish maqsadida asosiy vositalarning har bir inventar ob'ektiga ularnibuxgalteriya hisobiga qabul qilishda boshlang'ich hujjatlarini rasmiylashtirishda tartibli-seriyali tizim bo'yicha tegishli inventar raqamlari beriladi.[16] Inventar raqami inventar ob'ektining o'zida bo'yoq, temir jeton, kleymo yoki boshqa usullar bilan aks ettiriladi. Har xil

foydali ishlatish muddatiga ega va alohida inventar ob'ekti sifatida hisobga olingan bir nechta qismlarga ega bo'lgan inventar ob'ektlarining har bir qismiga alohida inventar raqami beriladi. [23] Agar bir necha qismlardan iborat ob'ekt bo'yicha ob'ektlar uchun umumiy foydali ishlatish muddati belgilangan bo'lsa, u holda ko'rsatilgan ob'ekt bitta inventar raqami bilan hisobga olinadi.

Asosiy vositalarni hisobga olishning zaruriy sharti bo'lib ularni baholash yagona printsipi hisoblanadi. (2-rasm)

Asosiy vositalarni baholash

1 *

boshlang'ich qiymat joriy qiymat qoldiq (balans) qiymat

tugatish qiymati tiklash qiymati

2-rasm. Asosiy vositalarning baholanishi

Boshlang'ich qiymat- asosiy vositani ishchi holatga keltirish uchun qilingan jami xarajatlardir yoki ularni barpo etish (qurish, o'stirish. yetishtirish, yasash) yoki sotib olish bo'yicha amalda qilingan xarajatlar qiymatidir. [12]

Joriy qiymat - asosiy vositalarning muayyan bir vaqtda amaldagi bozor baholari bo'yicha qiymati yoki aktivlarni xabardor manfaatdor tomondan o'rtasida almashtirilishi mumkin bo'lgan summasidir.

Qoldiq (balans) qiymat- asosiy vositalarning dastlabki (qayta tiklangan) yoki joriy qiymatidan to'plangan amortizasiya chiqarib tanlangan summasidir.

Tugatish qiymati - asosiy vositalarni hisobdan chiqarish vaqtida ko'zda tutilgan qiymati, bundan asosiy vositani tugatish xarajatlari ayriladi.

Tiklash qiymati - dastlabki qiymatdan tugatish qiymatini chegirilganidir. Asosiy vositalarning samaradorlik ko'rsatkichlarini omilli tahlil asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmini yoki fondlar samarasini oshirish yuzasidan ichki imkoniyatlarning mavjudligi o'rganiladi va tahlil yakunida korxonada asosiy fondlardan foydalanishga va ularning samaradorligini oshirish yuzasidan muhim iqtisodiy yo'nalishlar belgilanadi. [22]

Demak, xo'jalikda asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini xo'jalik xususiyatlaridan kelib chiqib o'rganish, bunda fondlar bilan

ta'minlanish darajasi va ko'rsatkichlarini xudud darajasida o'rganish bilan birgalikda xo'jalik miqyosida amalga oshirish imkoniyatlarini ochib beradi.

Xulosa va takliflar. Shunday qilib, asosiy vositalar har bir korxona uchun ishlab chiqarish jarayonini va faoliyatini amalga oshirish uchun zarurdir. Asosiy vositalarning optimal soni korxonaning ishlab chiqarish quvvatini oshirish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish va hokazolarga imkon beradi.[21] Asosiy vositalar hisobini samarali tashkil etish ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini aniq hisoblash, asosiy vositalarning holatini o'z vaqtida nazorat qilish va ularni o'z vaqtida yangilashga imkon beradi, korxona balansida bo'lgan asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayoniga holatiga va munosabatiga qarab buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.

Asosiy vositalarni qayta ishlab chiqarish uchun amortizatsiya har oyda xarajat -qoldiq yoki boshlang'ich bo'yicha hisoblanadi.

O'rganilgan muammolarning birinchi guruhi bugungi kunda milliy standartlarini xalqaro standartlar bilan yaqinlashtirishning dolzarb masalasi mavjudligi bilan bog'liq. Shu munosabat bilan asosiy vositalarni tasniflash, baholash, sintetik va analitik hisobga olish bilan bog'liq muammolar mavjud. Asosiy vositalarni hisobga olish muammolari ayniqsa dolzarbdir, chunki ishlab chiqarish jarayoni va umuman uning natijasi mehnat vositalarining holatiga bog'liq. Asosiy vositalarni hisobga olishning tartibga soluvchi jihatlari xalqaro standartlarga mos kelmasligi xorijiy investorlar tomonidan mamlakatimiz hisobotlarini tan olishda, haqiqiy rasmni ma'lumotlarni taqdim etishda qiyinchiliklarga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Karpova T.P. Napravleniya razvitiya buxgalterskogo ucheta v tsifrovoy ekonomike // Izvestiya Sankt-Peterburgskogo gosudarstvennogo ekonomicheskogo universiteta. - 2018. - №3 (111). - S. 52-57.

2. O'zbekiston Respublikasi prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2020 yil 25 yanvardagi 2020 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojatnomasi.

3. Кудбиев, Д. (2022). МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ АРЕНДЫ ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ И ИХ УЧЕТ. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2(1), 57-62.

4. Кудбиев, Д. (2021). ВОПРОСЫ УЧЕТА АРЕНДОВАННЫХ ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ. In ^BpeMeHHaa HayKa. XXI век: таучный, культурный, ИТ контекст (pp. 109-119).

5. Кудбиев, Д. (2021). МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ УЧЕТА АРЕНДОВАННЫХ ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ. In Современнaя тука XXI век: тучный, культурный, ИТ контекст (pp. 119-124).

6. Jumakulov, Z., & Kunduzova, Q. I. (2021). Financial Independence in the Higher Education System of the Republic of Uzbekistan: Results and Conclusions. Middle European Scientific Bulletin, 19, 236-241.

7. Кундузова, К. И., & Темиркулов, А. (2019). ОРГАНИЗАЦИЯ КОНТРОЛЯ МАТЕРИАЛЬНЫХ ЗАТРАТ НА ПРЕДПРИЯТИЯХ ХИМИЧЕСКОЙ ЧИСТКИ. In БУХГАЛТЕРСКИЙ УЧЕТ: ДОСТИЖЕНИЯ И НАУЧНЫЕ ПЕРСПЕКТИВЫ XXI ВЕКА (pp. 150-153).

8. Ibragimovna, K. K. (2021). Accounting of tax benefits. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(5), 26-29.

9. Ismanov, I. N., & Axmadaliev, B. (2021). Factors Influencing The Formation Of International Budget Accounting Systems. The American Journal of Management and Economics Innovations, 3(09), 21-30.

10. Abduxalimovna, A. Z., & Nabiyevich, I. I. (2021). Organization of Long-Term Asset Accounting on the Basis of International Standards. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF INNOVATIONS ON TOURISM MANAGEMENT AND FINANCE, 2(11), 86-92.

11. Abduraximov, Boburjon Umarjon O'g'li, Qudbiyev, Nodir Tohirovich, & Mominov, Ikromjon Luxmonjon O'g'li (2021). AYLANMA MABLAG'LARNI BOSHQARISH TIJORAT KORXONASI MUVAFFAQIYATINING ASOSI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (10), 724-733.

12. Qudbiyev, N. T. (2021). Xalqaro moliyaviy hisob standartlariga o'tish dolzarbligi-Relevance of the transition to international financial accounting standards. SJ international journal of theoretical and practical research, 1(2), 56-64.

13. Durdona Adashboy Qizi Razzaqova (2021). RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BUXGALTERIYA HISOBINI AVTOMATLASHTIRISHNING ROLI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 2 (8), 243-249.

14. Khatamovna, R. S. (2021). The Importance of Cost Behavioral Information to Improve the Efficiency of Factory Management. Journal of Marketing and Emerging Economics, 1(7), 19-24.

15. Shaxrinoz Avazxonovna Kurbonova (2021). MAHSULOT TANNARXI HISOBIGA OLISHDA BOSHQARUV HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI. Scientific progress, 2 (8), 603-607.

16. Qudbiyev, N. T., Haydarov, U. S. O., & Kurbonova, S. A. (2022). HARAJATLAR HISOBNING ZAMONAVIY USULLARI. Scientific progress, 3(1), 442-448.

17. Кудбиев, Н. Т. (2021). Актуальность Организации Аудиторской Деятельности На Основе Компьютерных Технологий. Баркарорлик ва Етакчи Тадкикотлар онлайн илмий журнали, 1(6), 424-431.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

18. Sultonova, M. A. (2022). IQTISODIY ISLOHOTLARNING HOZIRGI BOSQICHI MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATLARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH MASALALARI. Scientific progress, 3(1), 815-823.

19. Tolibjonovich, N. O. (2020). Global Economic Crises: The Global Economic Crisis In The Context Of The Coronavirus Pandemic And Its Elimination In Uzbekistan. Solid State Technology, 63(4), 5131-5145.

20. Ahmadjonovich, S. D. (2021). Examples Of Business Management Development And Implementation Of International Standards. The American Journal of Management and Economics Innovations, 3(06), 40-44.

21. Ahmadjonovich, S. D., & Ganievich, Y. V. IMPROVING THE QUALITY OF HIGHER EDUCATION IN UZBEKISTAN. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR), 15, 46.

22. Кундузова, К. И., Давлятшаев, A. A., & Холдарова, Х. С. (2018). Задачи усовершенствования организации бухгалтерского учёта в страховых организациях. In Бухгалтерский учет: достижения и научные перспективы XXI века (pp. 100-103).

23. Aхmadохunova, X. O. (2021). O 'ZBEKISTON IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO MOLIYAVIY HISOBOT STANDARTLARIGA O'TISHNING ROLI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 2(8), 257-261.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.