Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZDA MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARIGA O‘TISH MUNOSABATI BILAN AKTIVLARNING QADRSIZLANISHINI HISOBINI YURITISH MASALALARI'

MAMLAKATIMIZDA MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARIGA O‘TISH MUNOSABATI BILAN AKTIVLARNING QADRSIZLANISHINI HISOBINI YURITISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
374
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aktivlar / qadrsizlanish / rentabellik / qoplanadigan summa / BHXS / qayta tiklash qiymati / amortizatsiya qilish / asosiy vositalar tannarxi / qayta baholash

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Odina Nasridinovna Teshabaeva, Dilshodjon Salimjonovich Ziyayev

Ushbu maqolada korxona moddiy aktivlarining qadrsizlanishi me'yoriy-huquqiy hujjatlar, texnologiyalarning o'zgarishi, iste'molchilarning xohish-istaklari yoki jamoatchilik nuqtai nazarining sezilarli o'zgarishi, aktivdan foydalanish koeffitsientining o'zgarishi yoki uzoq muddatli rentabellikning boshqa prognozlari natijasida yuzaga kelishi mumkinligi keltirilgan. Aktivlarni qadrsizlanishi Aktiv uning balans qiymati aktivdan foydalanish yoki uni sotish orqali qoplanadigan summadan oshsa, ushbu aktiv o’zining qoplanadigan qiymatidan ortiq summada hisobga olingan bo’ladi, agarda ushbu holat yuz bersa, aktiv qadrsizlangan deb hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZDA MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARIGA O‘TISH MUNOSABATI BILAN AKTIVLARNING QADRSIZLANISHINI HISOBINI YURITISH MASALALARI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

MAMLAKATIMIZDA MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARIGA O'TISH MUNOSABATI BILAN AKTIVLARNING QADRSIZLANISHINI HISOBINI YURITISH MASALALARI

Odina Nasridinovna Teshabaeva Dilshodjon Salimjonovich Ziyayev

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi Farg'ona davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada korxona moddiy aktivlarining qadrsizlanishi me'yoriy-huquqiy hujjatlar, texnologiyalarning o'zgarishi, iste'molchilarning xohish-istaklari yoki jamoatchilik nuqtai nazarining sezilarli o'zgarishi, aktivdan foydalanish koeffitsientining o'zgarishi yoki uzoq muddatli rentabellikning boshqa prognozlari natijasida yuzaga kelishi mumkinligi keltirilgan. Aktivlarni qadrsizlanishi Aktiv uning balans qiymati aktivdan foydalanish yoki uni sotish orqali qoplanadigan summadan oshsa, ushbu aktiv o'zining qoplanadigan qiymatidan ortiq summada hisobga olingan bo'ladi, agarda ushbu holat yuz bersa, aktiv qadrsizlangan deb hisoblanadi.

Kalit so'zlar: aktivlar, qadrsizlanish, rentabellik, qoplanadigan summa, BHXS, qayta tiklash qiymati, amortizatsiya qilish, asosiy vositalar tannarxi, qayta baholash

KIRISH

Muhtaram Prezidentimizning 2020 yil 24 fevraldagi "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori MHXSga o'tishning yangi bosqichini boshlab berdi. Mazkur qaror bilan 2021 yildan boshlab MHXSga o'tishi kerak bo'lgan tashkilotlar ro'yxati tasdiqlandi va shu ro'yxatda belgilangan tashkilotlarning buxgalteriya xizmati bo'limida MHXS ko'nikmasiga ega bo'lgan kamida uchta sertifikatlangan mutaxassis bo'lishi lozimligi ko'rsatib o'tildi.

Tadqiqot maqsadi: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xalqaro hisob tizimi taraqqiy ettirilishida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari (BHXS) muhim o'rin tutadi. BHXSlar mamlakatlar o'rtasidagi hamkorlikni, jumladan iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va mamlakatlarda investitsion muhitni yaxshilashda muhim vosita sifatida xizmat qilmoqda. Shuning uchun ham kun sayin xalqaro standartlarni e'tirof etuvchi mamlakatlar soni oshib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi ham BHXSga o'tishning o'ziga xos yo'lini tanladi. Aktiv uning balans qiymati aktivdan foydalanish yoki uni sotish orqali qoplanadigan summadan oshsa, ushbu aktiv o'zining qoplanadigan qiymatidan ortiq summada hisobga olingan bo'ladi. Agarda ushbu holat yuz bersa, 7 va mazkur Standart tadbirkorlik sub'ektidan qadrsizlanish zararini tan olishni talab etadi. Ushbu Standart tadbirkorlik sub'ekti

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

qadrsizlanish zararini qachon qayta tiklashi kerakligini hamda ochib berilishi lozim bo'lgan ma'lumotlarni belgilaydi.

Tadqiqot vazifasi: Mazkur Standartning maqsadi tadbirkorlik sub'ekti tomonidan qo'llaniladigan shunday tartiblarni belgilashdan iboratki, bunda uning aktivlari ularning qoplanadiganqoplanadigan qiymatdan ortiq bo'lmagan summada hisobga olinganligi ta'minlanadi. Aktiv qadrsizlangan bo'ladi, qachonki uning balans qiymati uning qoplanadigan qiymatdan oshsa. Agarda ushbu ishoralardan biri mavjud bo'lsa, tadbirkorlik sub'ektidan qoplanadigan qiymatning rasmiy baholanishini aniqlash talab etiladi. Standart tadbirkorlik sub'ektidan qoplanadigan qiymatning rasmiy baholanishini aniqlashni talab etmaydi, agarda qadrsizlanish zararining hech qanday ishorasi mavjud bo'lmasa BHXS 36 nimalarni hisobga olish uchun qo'llaniladi

Aktivlarning qadrsizlanishi standarti quyidagilarni belgilaydi:

1. aktivlarning qadrsizlanish belgilarini tekshirish tartibiga yagona talablar;

2. bunday xususiyatlarning tasnif va tarkibi;

3. aktivlarni amortizatsiya qilish maqsadida tahlil qilish imkonini beruvchi buxgalteriya hisobida yo'qotishlarni tan olish yoki ularni amortizatsiyadan undirish tartibiga qo'yiladigan talablar;

4. aktivlarning qadrsizlanishidan etkazilgan zararlar tan olingan yoki undirilgandan keyin moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan ma'lumotlarga qo'yiladigan talablarning tarkibi.

Aktivlarning qadrsizlanishining asosiy belgilari

Aktivning mumkin bo'lgan qadrsizlanishini ko'rsatadigan har qanday belgilar mavjudligini tahlil qilish orqali qadrsizlanish ko'rsatkichlari aniqlanishi kerak (Aktivlarning qadrsizlanishi standartining 6-bandi).

Aktivning eskirish belgilari buxgalteriya hisobi sub'ekti tomonidan yillik buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlarida ishonchli ma'lumotlarni ta'minlash maqsadida, mumkin bo'lgan eskirishni ko'rsatadigan har qanday belgilar mavjudligini tahlil qilish orqali amalga oshiriladigan aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishning bir qismi sifatida aniqlanadi.

MHXSga o'tish natijasida erishiladigan amaliy afzalliklar quyidagilardan iborat:

- Aktivlarni baholashning bozor mexanizmlari - amalda aktivlar va majburiyatlarning dastlabki qiymati va uning joriy bozor qiymatidan foydalanish investor uchun ham tashkilotning o'zi uchun ham samarali qarorlar qabul qilishga yordam beradi;

- moliyaviy instrumentlarni qo'llash qulayligi - MHXS hujjatlari zamonaviy biznes yo'nalishlari va operatsiyalarni aks ettirish usullarini yetarli darajada tez-tez qayta ko'rib chiqilishi mamlakatda moliyaviy instrumentlardan foydalanish imkoniyatlarini oshiradi;

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

- Aktivlar qadrsizlanishini o'z vaqtida aks ettirish - amaldagi hisob standartlari aktivlar qadrsizlanishi riski bo'yicha choralar ko'rishni talab etmaydi. Natijada yirik kompaniyalarda aktivlar summasining oshirib ko'rsatilish riskini yuzaga keltiradi. MHXS standartlari bunday risklarning oldi olinishi uchun zaruriy talablarni qo'yadi.

Tadbirkorlik sub'ekti tannarx bo'yicha hisobga olish modelini yoki qayta baholash modelini o'zining hisob siyosati sifatida qabul qilishi kerak va ushbu siyo satni asosiy vositalarning alohida butun turkumiga nisbatan qo'llashi kerak.

Aktiv sifatida tan olinganidan so'ng, asosiy vosita ob'ekti uning tannarxidan har qanday jamg'arilgan eskirish summasi va har qanday qadrsizlanish bo'yicha yig'ilgan zararlar chegirib tashlangan qiymatda hisobga olinishi kerak.

1- misol.

1 aprel 2011 yilda kompaniya 120000 sh.b. ka uskuna sotib oldi. U to'g'ridan -to'g'ri foydalanishga topshiriladi. Foydali muddati 8 yil. Qoldiq qiymati yo'q. To'g'ri chiziqli usulda amortizatsiya hisoblaydi va haqiqiy xarajat modeli bo'yicha hisobga oladi. 31 dekabr 20x1 yilda kompaniya uskunaning qiymati 5000 sh.b.ga qadrsizlanganligini aniqladi. Bu qadrsizlanishni zarar sifatida baholadi.

1. Amortizatsiya hisoblanishi:

Dt Umumishlab chiqarish xarajatlari (M2400) 11250

Kt Jamlangan amortizatsiya uskuna (M0230) 11250 (120000/8x9/12)

2. 31 dekabr 2011 yilda aktiv qadrsizlanishi hisobi:

Dt Nomoliyaviy aktivlar qadrsizlanishidan zarar (M9440) 5000

Kt Asosiy vositalar qadrsizlanishi bo'yicha jamlangan zarar (M0330) 5000

Uskunaning 31 dekabr 2011 yilga balans qiymati (120000-11250-5000)= 103750 sh.b.

Aktiv sifatida tan olinganidan so'ng, haqqoniy qiymati ishonchli tarzda baholanishi mumkin bo'lgan asosiy vosita ob'ekti qayta baholangan qiymati bo'yicha hisobga olinishi kerak. Bunda uning qayta baholangan qiymati bo'lib uni qayta baholash sanasiga bo'lgan haqqoniy qiymatidan keyinchalik jamg'arilgan eskirish summasi va keyinchalik yig'ilgan qadrsizlanish bo'yicha zararlar chegirilgandagi qiymati hisoblanadi. Aktivning balans qiymati hisobot davri oxiridagi haqqoniy qiymati asosida aniqlanadigan qiymatidan ahamiyatli darajada farq qilmasligi uchun qayta baholashlar yetarlicha muntazam ravishda amalga oshirilishi kerak.

Qayta baholashlarning muntazam ravishda takrorlanishi qayta baholanayotgan asosiy vosita ob'ektining haqqoniy qiymatidagi o'zgarishlarga bog'liq bo'ladi. Qayta baholanayotgan aktivning haqqoniy qiymati uning balans qiymatidan ahamiyatli darajada farq qilmasligi uchun, keyingi qayta baholashlarni o'tkazish talab etiladi. Ayrim asosiy vositalarning haqqoniy qiymatida katta darajada va o'zgaruvchan tebranishlar kuzatilishi mumkin, buning natijasida qayta baholashlarni yillik asosda

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

o'tkazish talab etiladi. Bunday qayta baholashlarni tez-tez o'tkazish haqqoniy qiymati faqatgina katta bo'lmagan darajada o'zgarib turadigan asosiy vositalar ob'ektlari uchun talab etilmaydi. Aksincha, bunday ob'ektlar faqatgina uch yoki besh yilda bir marta qayta baholanishi talab etilishi mumkin.

Asosiy vosita ob'ekti qayta baholanganida, qayta baholash sanasigacha jamg'arilgan har qanday eskirish summasi quyidagi usullarning biri yordamida tuzatiladi:

(a) aktivning yalpi balans qiymatidagi o'zgarishga proportsional tarzda qayta hisoblanadiki, natijada qayta baholashdan so'ng aktivning balans qiymati uning qayta baholangan qiymatiga teng bo'ladi. Ushbu usuldan aktivning qayta tiklash qiymatini aniqlash uchun indeks qo'llanilganida ko'pincha foydalaniladi (MHXS 13 ga qarang).

(b) aktivning yalpi balans qiymatidan chegirib tashlanadi va sof balans qiymati aktivning qayta baholangan qiymati summasida aks ettiriladi. Ushbu usuldan ko'pincha binolar uchun foydalaniladi.

Jamg'arilgan eskirishni qayta hisoblash yoki chegirib tashlashda yuzaga keladigan tuzatish summasi balans qiymatining qo'payishi yoki kamayishining bir qismini tashkil etadi.

Agar asosiy vosita ob'ekti qayta baholansa, ushbu aktiv tegishli bo'lgan asosiy vositalarning butun turkumi ham qayta baholanishi kerak.

Asosiy vositalarning turkumi - bu bir xil xususiyatga va tadbirkorlik sub'ektining faoliyatida foydalanish maqsadlariga ega bo'lgan aktivlarning guruhidir.

Quyidagilar alohida turkumlarga misollardir:

(a) yer;

(b) yer va binolar; (v) asbob-uskuna; (g) kemalar;

(d) samolyot;

(e) transport vositalari; (yo) mebel va jihozlar; va (j) ofis asbob-uskunasi.

Asosiy vositalarning turkumidagi ob'ektlar aktivlarning ixtiyoriy ravishda turlicha

qayta baholanishiga hamda moliyaviy hisobotlarda har xil sanalarga bo'lgan tannarx va qiymatlarning aralashmasi aks ettirilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida bir paytda qayta baholanadi. Biroq, aktivlarning turkumi o'zgaruvchi grafik asosida aktivlar turkumining qayta baholanishi qisqa davr ichida tugallanishi va qayta baholashlar yangilanishi sharti bilan amalga oshirilishi mumkin.

Agar qayta baholash natijasida aktivning balans qiymati oshsa, oshgan qism boshqa umumlashgan daromadda tan olinishi va kapital tarkibidagi boshlang'ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan summasi hisobga olinadigan schyotda yig'ilishi lozim. Biroq, oshgan qism foyda yoki zararlarda shu darajada tan olinishi lozimki, bunda oldin aynan shu aktivni qayta baholash natijasida foyda yoki zararlarda tan olingan uning kamayishi summasi oldin qoplanishi lozim.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Agarda aktivning balans qiymati qayta baholash natijasida kamaysa, kamaygan qism foyda yoki zarar tarkibida tan olinishi lozim. Biroq, kamaygan qism boshqa umumlashgan daromadda ushbu aktiv bo'yicha boshlang'ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan summasi hisobga olinadigan schyotining har qanday kredit saldosiga teng miqdorda tan olinishi lozim. Boshqa umumlashgan daromadda tan olingan kamaygan qism kapital tarkibidagi boshlang'ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan summasi hisobga olinadigan schyotda yig'ilgan summani kamaytiradi.

Kapitalda boshlang'ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan summasi hisobga olinadigan schyotda asosiy vosita ob'ekti bo'yicha jamlangan summa to'g'ridan-to'g'ri taqsimlanmagan foydaga o'tkazilishi mumkin, qachonki bu aktiv hisobdan chiqarilganida. Jami bunday summa aktivning foydali xizmat muddati tugaganida yoki u balansdan chiqarilganida o'tkazilishi mumkin. Biroq, bu schyotdagi summaning ma'lum qismi aktiv tadbirkorlik sub'ekti tomonidan foydalanilayotganida o'tkazilishi mumkin. Bunda o'tkaziladigan summa - aktivning qayta baholangan balans qiymati asosida hisoblangan eskirish summasi bilan aktivning boshlang'ich tannarxi asosida hisoblangan eskirish summasi o'rtasidagi farqqa teng bo'ladi. Boshlang'ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan summasi taqsimlanmagan foydaga o'tkazilganda foyda yoki zararlarda aks ettirilmaydi.

Natijalar va muhokama

Asosiy vositalarning qayta baholanishi natijasida yuzaga keladigan foyda soliqlariga bo'lgan ta'sir BHXS 12 "Foyda solig'i" ga muvofiq tan olinadi va u bo'yicha ma'lumotlar ochib beriladi.

Misol. 1 iyul 2011 yilda kompaniya 2 mln. sh.b. ga bino sotib oldi. Foydalanish muddati 40 yil. Qoldiq qiymati yo'q. To'g'ri chiziqli usulda amortizatsiya hisoblaydi va qayta baholash modeli bo'yicha hisobga oladi. Qayta baholashda jamg'arilgan amortizatsiya ob'ektning yalpi balans qiymatidan hisobdan chiqariladi.

Uch yil davomida binoning 31 dekabr holatiga qayta baholash qiymati:

2011 yil 31 dekabr 2106000 sh.b.

2012 yil 31 dekabr 1900000 sh.b.

2013 yil 31 dekabr 1924000 sh.b.

2011 yil olti oyda yig'ilgan amortizatsiya summasi: 2000000/40x6/12=25000 sh.b.

Dt Jamg'arilgan amortizatsiya bino (M0220) 25000

Kt Asosiy vositalar bino (M0120) 25000

Qayta baholashgacha binoning balans qiymati (2011 yil 31 dekabr):

2000000-25000= 1975000 sh.b.

Balans qiymatini qayta baholash (2011 yil 31 dekabr): Dt Asosiy vosita (M0120) 131000

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Kt Asosiy vositalarni qayta baholash bo'yicha zaxira (M8510, M8010) 131000

(2106000-1975000)=131000 sh.b.

Qayta baholashdan so'ng binoning balans qiymati (20x1 yil 31 dekabr): 2106000 sh.b.

2012 yil

Yillik yig'ilgan amortizatsiya summasi: 2000000/39=54000 sh.b. Dt Jamg'arilgan amortizatsiya bino (M0220) 54000 Kt Asosiy vositalar bino (M0120) 54000 Qayta baholashgacha binoning balans qiymati (2012 yil 31 dekabr): 2106000-54000= 2052000 sh.b. Balans qiymatini qayta baholash (2012 yil 31 dekabr): Dt Asosiy vositalarni qayta baholash bo'yicha zaxira (M8510, M8010) 131000 Dt Nomoliyaviy aktivlar qadrsizlanishidan zarar (M9440) 21000 Kt Asosiy vosita (M0120) 131000

Kt Asosiy vositalarni qadrsizlanishidan zarar (M0330) 21000 2052000-1900000=152000-131000=21000 sh.b.

Qayta baholashdan so'ng binoning balans qiymati (2012 yil 31 dekabr): 1900000

sh.b.

2013 yil

Yillik yig'ilgan amortizatsiya summasi: 1900000/38=50000 sh.b. Dt Jamg'arilgan amortizatsiya bino (M0220) 50000

Kt Asosiy vositalar bino (M0120) 50000

Qayta baholashgacha binoning balans qiymati (2013 yil 31 dekabr):

1900000-50000= 1850000 sh.b.

Balans qiymatini qayta baholash (2013 yil 31 dekabr): Dt Asosiy vositalar bino (M0120)

53000

Dt Asosiy vositalar qadrsizlanishi bo'yicha jamlangan zarar (M0330) 21000 Kt Asosiy vositani qayta baholash bo'yicha zaxira (M8510, M8010) Kt Qadrsizlanish bo'yicha zararni reversirlash (M9440) 21000 1924000-1850000=74000-21000=53000 sh.b.

Qayta baholashdan so'ng binoning balans qiymati (2013 yil 31 dekabr): 1924000 sh.b.

Asosiy vosita ob'ektining qandaydir qismining tannarxi ushbu ob'ektning umumiy tannarxiga nisbatan katta bo'lganida, bunday har bir qism bo'yicha eskirish alohida hisoblanishi kerak.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Tadbirkorlik sub'ekti asosiy vosita ob'ekti bo'yicha dastlab tan olingan summani uning katta bo'lgan qismlari o'rtasida taqsimlaydi va bunday har bir qism bo'yicha eskirishni alohida hisoblaydi. Masalan, samolyotning korpusi va motori bo'yicha eskirishni alohida hisoblash to'g'ri bo'lishi mumkin, bu samolyot tadbirkorlik sub'ektining o'ziniki bo'lishi yoki moliyaviy ijaraga olinganligidan qat'iy nazar. Shunga o'xshash, agar tadbirkorlik sub'ekti asosiy vositalarni operativ ijaraga berish uchun sotib olsa va ushbu operativ ijarada u ijaraga beruvchi bo'lib hisoblansa, ijaraning bozor sharoitlariga nisbatan ijobiy yoki salbiy shartlariga tegishli bo'lgan va ushbu aktivning tannarxida aks ettirilgan alohida summalar bo'yicha eskirishni alohida hisoblash o'rinli bo'lishi mumkin.

Xulosa

Asosiy vosita ob'ektining katta qismi bo'yicha foydali xizmat muddati va eskirishni hisoblash usuli ushbu aktivning boshqa katta qismi bo'yicha foydali xizmat muddati va eskirishni hisoblash usuli bilan bir xil bo'lishi mumkin. Bunday qismlar eskirish xarajatlarini aniqlash maqsadida guruhlanishi mumkin.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Tadbirkorlik sub'ekti asosiy vosita ob'ektining ayrim qismlari bo'yichaeskirishni alohida hisoblaganida, u ushbu aktivning qolgan qismi bo'yicha ham eskirishni alohida hisoblaydi. Qolgan qismi alohida katta bo'lmagan qismlardan iborat bo'ladi. Agar tadbirkorlik sub'ektining ushbu qismlardan foydalanish rejalari o'zgarsa, ob'ektning qolgan qismi bo'yicha eskirishni hisoblash uchun uning qismlaridan foydalanish tarzini yoki foydali xizmat muddatini to'g'ri aks ettiradigan taxminiy hisoblash usullaridan foydalani zarur bo'lishi mumkin

Tadbirkorlik sub'ekti asosiy vosita ob'ektining tannarxi ushbu ob'ektning umumiy tannarxiga nisbatan katta bo'lmagan qismlar bo'yicha eskirishni alohida hisoblashga qaror qilishi mumkin.

Har bir davr uchun eskirish xarajatlari, ular boshqa aktivning balans qiymatiga qo'shilmaganida, foyda yoki zarar tarkibida tan olinishi kerak.

Eskirish xarajatlari odatda foyda yoki zarar tarkibida tan olinadi. Biroq, ba'zida, aktivda mujjasamlashtirilgan kelgusi iqtisodiy naf boshqa aktivlarga ishlab chiqarish jarayonida o'tkaziladi. Bunday holatda, eskirish xarajatlari boshqa aktivlar tannarxining bir qismini tashkil etadi va uning balans qiymatiga qo'shiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari asosida banklarda buxgalteriya hisobi. O'quv qo'llanma. Hammuallif - T.: "MOLIYa", 2010 - 272 b.

2. M.Bonham.Generally accepted accounting practice under IFRS. Ernst & Young. USA, 2010.

3. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari. Tarjima. A. Rizaqulov, B.Xasanov, Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 348

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

A.Usanov, Z.Mamatov. T.: - 2004.

4. Jalolova D. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari - T.: Moliya instituti, 2004. - 25 b.

5. Mejdunarodnie standarti buxgalterskogo ucheta. I -II tom. - Tashkent, 2000.

6. Тешабаева, О., & Нишонбоев, Д. (2022). Направления совершенствования бюджетной политики в новом Узбекистане. Таълим ва тадкикотлар республика илмий-услубий журнали, 56-61.

7. Хомидов, К. К. (2019). Перспективный комплекс экономики Узбекистана. In Современная мировая экономика: проблемы и перспективы в эпоху развития цифровых технологий и биотехнологии (pp. 54-56).

8. Khomidov, K. (2023). Characteristics of improving organizational and economic mechanisms of management in higher education institutions. Publishing House "Baltija Publishing".

9. Хомидов, К. К. (2019). Socioeconomic characteristics of employment in Uzbekistan. Инновационная наука, (7-8), 64-66.

10. Xomidov, Q. (2020). Iqtisodiyotni investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishning ahamiyati. Scienceweb academic papers collection.

11. Xomidov, Q. (2019). Aholi bandligi ta'minlash-iqtisodiy munosabatlarning muhim omili. Scienceweb academic papers collection.

12. Xomidov, Q. (2019). Iqtisodiyotimizni raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion tadbirkorlikning o'rni va ahamiyati. Scienceweb academic papers collection.

13. Akhmedova, N. K., & ugli Homidov, K. K. (2022). Institutional Basis of Digitalization of Management Activity of Food Industry Enterprises in Uzbekistan. American Journal of Economics and Business Management, 5(11), 34-38.

14. Тешабаева, О. Н. (2022). Молиявий механизм ва унинг сув ресурсларидан фойдаланиш самарадорлигини оширишдаги роли. Results of National Scientific Research International Journal, 1(3), 66-74.

15. Xomidov, Q. (2019). Цифровая зкономика-путь к совершенству. Scienceweb academic papers collection.

16. Xomidov, Q. (2018). Ускоренно развивающиеся отрасли экономики Республики Узбекистан. Scienceweb academic papers collection.

17. Homidov, K. K. U. (2022). Issues of ensuring food security in Uzbekistan. Scientific Impulse, 1(4), 1529-1534.

18. Угли, Х. К. К. (2022). Узбекистонда озик-овкат хавфсизлиги таьминлаш масалалари. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 1(13), 10-15.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

19. Xomidov, Q. (2019). Кластер-действенный инструмент конкурентоспособности региона. Scienceweb academic papers collection.

20. Хомидов, К. (2022). Повышение доходов производителей.

21. Юлдашева, Г. А., & Хамидов, К. (2022). Процессы модернизации системы бухгалтерского учета на предприятиях. Gospodarka i Innowacje., 30, 230-231.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.