Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
JORIY AKTIVLAR TUSHUNCHASINING IQTISODIY MAZMUNI VA
MOHIYATI.
Sagdullaeva Nilufar Boxodirovna
O'zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo'mitasi huzuridagi Fiskal Instituti 2-bosqich magistri.
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada joriy aktivlarning iqtisodiy kategoriya sifatidagi iqtisodchi olimlar tomonidan berilgan ilmiy asoslangan ta 'riflarining tahlili berilgan. Shuningdek, joriy aktivlarni qo 'llanilish sohalari ham keltirilgan. Joriy aktivlarni bug'alteriya sohasida qo 'llanishining muhim jihatlari ham ilmiy-tahliliy mulohazalar asosida yoritilib berilgan.
Kalit so'zlar: joriy aktivlar, iqtisodiy kategoriya, iqtisodchi olimlar, ilmiy asoslangan ta'riflar, tahlil, bug'alteriya, ilmiy-tahliliy mulohazalar.
ABSTRACT
This article provides an analysis of scientifically based definitions of current assets as an economic category given by economists. Areas of application of current assets are also listed. Important aspects of the use of current assets in the field of accounting are also highlighted on the basis of scientific and analytical considerations.
Key words: current assets, economic category, economists, scientifically based definitions, analysis, accounting, scientific-analytical considerations.
KIRISH
Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyot tarkibini tubdan o'zgartirish va mulkiy munosabatlami erkinlashtirish asosida mamlakat iqtisodiyotini barqaror sur'atlarda rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish jarayoni esa, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va yangilash ustuvor vazifalardan biri sifatida tanlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: "Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo'lsa, o'z iqtisodiyotining barqaror o'sishiga erishgan. SHu sababli ham investitsiya - bu iqtisodiyot drayveri, o'zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag'a bo'lmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg'or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi".
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi jarayonida hisob korxona mablag'larini ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonida moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish, boshqarish va rahbarlik qilish uchun juda muhim hisoblanadi. Korxona faoliyatining barcha jarayonlarini uzluksiz kuzatib borish zarur. Korxona xo'jalik faoliyatida yuz beradigan ayrim hodisalarni kuzatish, o'lchash va ro'yxat lilish uning faoliyatini miqdorlarda aks ettirishdan iboratdir. Bu hisobning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Nufuzli Jahon iqtisodiy forumi reytingiga muvofiq, O'zbekiston 2018-2019 yillarda iqtisodiy o'sish prognozlari bo'yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgan. 2019 yilda O'zbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 58,3 mlrd. dollar dan oshdi va 2018 yilning shu davriga nisbatan 5,4 foizga o'sdi. O'zbekiston Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, YaIM indikatori 2018 yilgi narxlarga nisbatan 18,9%ni tashkil etdi. 2019 yil yakunlari bo'yicha aholi jon boshiga YaIM 1741 dollar ni tashkil etdi, bu o'tgan yilga nisbatan 13,6%ga ko'p.[2]
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI.
Joriy aktivlarga eng likvidli mablag'lar kiradi (lotinchadan - suyuq, oquvchan), chunki ular majburiyatlarni to'lash uchun doimo pul mablag'lariga aylanish siklida bo'ladi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo'jalik subyektida aktivlar iqtisodiy naf keltiruvchi resurs sifatida e'tirof etiladi. Aktivlar xo'jalik subyektlarning faoliyatini kengaytiradi va kelgusida rivojlanish uchun zarur bo'lgan foyda olish imkonini yaratadi. Aktivlar iqtisodiy kategoriyalardan biri bo'lib, tayyorlash, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarida bevosita ishtok etadi.
Iqtisodchi olimlar A.Sotivoliev, D.Sotivolieva, D.Shodibekovalarning fikrlaricha "Aktiv - ma'lum bir sanaga pul ko'rsatkichiga korxonaning mablag'lari, ularning tarkibi va joylanishi aks ettiruvchi bug'alteriya balansining qismi" hisoblanadi.
Iqtisodchi olim I.Ismanovning fikriga ko'ra "Xo'jalik yurituvchi subyektni faoliyatida ishtrok etadi resurslar bugungi buxgalteriya hisobi amaliyotida aktivlar deb e'tirof etilib, ularni shartli ravishda uzoq muddatli (asosiy kapital va joriy aktivlar (aylanma kapital) kabi guruhlarga bolinadi.Ishlab chiqarishni amalga oshirishda, mahsulot sifatini yaxshilashda, rakobatbardoshligini oshirishda va ishlab chiqarish jarayonining qo'lamini ko'paytirishda xo'jalik subyektlar faoliyatida uzoq muddatli aktivlar mavqeyini yanada oshirishda xizmat qiladi.[2]
Joriy aktivlar to'g'risida xorijlik iqtisodchi olim V.V.Kovalev quyidagicha fikrlarni bayon etgan: "Aylanma kapital - odatda aktivlar deb nomlanib, bir yildan ortiq bo'lmagan davrda xo'jalik subyekti qo'llamalarida ishtirok etuvchi mablag'lardir. Aylanma mablag'lar xo'jalik subyektining harakatlanuvchi aktivlari
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
sifatida namoyon bo'ladi va bir ishlab chiqarish jarayonida yoki bir yil davomida ishlatiladigan pul mablag'lari tushuniladi.
Mamlakatimiz iqtisodchi olimi I.N.Ismanov Aktivlar tushunchasining iqtisodiy mazmuni va ularni hisobga olishning ayrim munozarali jihatlari: Aktivlarning uzoq muddatli va joriy aktivlar guruhlariga ajratilishi, ularning bevosita xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning faoliyatidan olinadigan daromadlar bilan bevosita bog'liqligi kapital hisobining iqtisodiy konsepsiyasini tashkil etadi.[4]
R.D.Dusmuratov bug'alteriya balansi ikkita bo'limdan: aktiv va passivdan iborat bo'lib, balans aktivi o'z navbatida uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlar, passivi esa o'z mablag'lari manbalari va majburiyatlardan iborat. Bug'alteriya hisobini tuzishda rioya qilinishi kerak bo'lgan printsiplar keltirilgan bo'lib, umumiy tarzda moliyaviy hisobotni tuzishda amal qilinishi kerak bo'lgan umumiy talablar bayon qilingan.[5]
Y.Abdullaev, A.Ibrohimov va M.Raximovlarning fikrlariga ko'ra, "Joriy aktivlar tarkibiga xo'jalik subyektining moddiy aylanma mablag'lari, pul mablag'lari, qisqa muddatli moliyaviy qo'yilmalar hamda qarshi tomonga bo'lgan debitorlik majburiyatlari kiritiladi" deb tariflangan. Ammo, bu yerda ham "qarshi tomonga bo'lgan debitorlik majburiyati" tushunchasi tahrir etish hamda muddati kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismini qo'shish maqsadga muvofiq.
Xorij iqtisodchi olimi B.Nidlzning ilmiy izlanishlari ishlarida balans xususida quyidagi talqinni keltirishadi: "Balans (balance sheet) - firmaning moliyaviy holatini ma'lum sanada, masalan hisobot davrining oxirida aks ettiradi. Balans firmaning tutib turuvchi sifatida rusurslari - aktivlarining qaysiki manbalari - passiv va xususiy kapitalga tengligini ko'rsatadi" Buxgalteriya balansining aktiv qismi ikkinchi bo'limi joriy aktivlarni aks ettirishga bag'ishlangan bo'lib, u "joriy aktivlar" deb ataladi.[5]
Bug'alteriya balansida joriy aktivlar yettita guruhga ajratilgan:
II. Joriy aktivlar:
1. Tovar-moddiy zaxiralari.
2. Kelgusi davr xarajatlari.
3. Kechiktirilgan xarajatlar.
4. Debitorlar.
5. Pul mablag'lari.
6. Qisqa muddatli investitsiyalar.
7. Boshqa joriy aktivlar
TADQIQOT METODIKASI.
Maqolada sintez-analiz, statistik-tahlil, qiyosiy-nazariya, omilli tahlil, induksiya va deduksiya, nisbiy ko'rsatkich, tasniflash va tizimlashtirsh kabi metodlardan
R
O
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
foydalanganman. Shuningdek, maqolada olib borilgan iqtisodiy tahlülar natijasini turli ko'rinishdagi jadvallar, grafiklar hamda sxemalar bilan ko'rsatib berganman. Natijalar asosida zaruriy xulosalar ham maqolada mujassamdir.
TAHLIL VA NATIJALAR.
Bug'alteriya hisobining obyektlari asosiy va joriy aktiv, majburiyat, xususiy kapital, zaxiralar, daromad va xarajat (chiqim)lar, foydalar, ularning harakatlari bilan bog'liq xo'jalik operatsiyalari bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasida qo'llanilayotgan bug'alteriya balansining "Aktiv" tomoni xo'jalik aktivlarini xizmat muddatiga ko'ra quyidagi ikkita bo'lim bo'yicha tizimlashga asoslangan:
I-bo'lim. "Uzoq muddatli aktivlar" Ushbu bo'limda bir yildan ko'p muddatda oborotda bo'ladigan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, moliyaviy va kapital investitsiyalar, shuningdek uzoq muddatli debitorlik qarzlar va muddati uzaytirilgan xarajatlarning qoldiq summalari ko'rsatiladi.
II-bo'lim. "Joriy aktivlar". Ushbu bo'limda bir yildan kam muddatda oborotda bo'ladigan ishlab chiqarish zaxiralari va xarajatlari, tayyor mahsulotlar va tovarlar, pul mablag'lari, debitorlik qarzlar va boshqa joriy aktivlarning qoldiq summalari ko'rsatiladi.
Joriy aktivlar o'z ichiga pul mablag'lari va korxonaning normal ish yoki buxgalteriya balansi sanasidan bir yil davomida (qaysi biri uzunroq bo'lishiga bog'liq holda) pul mablag'lariga aylantirilishi, sotilishi yoki sarflanishi kutiladigan boshqa aktivlarni oladi. Korxonaning normal ish sikli-tovar va xizmatlar uchun pul xarajatlari (yoki to'lanadigon schyotrlarni tuzish) bilan pul mablag'lariga aylantirilgan tovar va xizmatlar sanasining o'rtacha vaqt muddatidir. Joriy aktivlarni turkumlash nisbatan yengil, lekin bu yerda ham muammolar kelib chiqishi mumkin, sababi normal ish sikli va pul mablag'lariga aylantirish uchun korxona kutiladigon davr kabi iboralar har xil mulohazalar keltirib chiqaradi. Xalqaro amaliyotda ushbu mablag'lar turlicha:joriy aktivlar, harakatdagi aktivlar, aylanma aktivlar deb yuritiladi.
Joriy aktivlarni ishlab chiqarishda ishtrok etish xarakteri va unga ta'sir etish darajasiga ko'ra, shuningdek, hosil bo'lish manbalari bo'yicha tarkiblash mumkun.
<
1. Uzoq muddatli aktivlar.
1-rasm Korxonaning balans aktivining tarkibi.[3]
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Joriy aktivlarning tasniflanishi keltirilgan bo'lib, ular quydagicha tarkib bo'yicha ajratiladi.
I. Likvidlik darajasiga ko'ra:
II. Joriy aktivlarning ishlab chiqarishdagi qatnashish o'rni va darajasiga ko'ra.
III. Joriy aktivlarning me'yorlashtirish darajasiga ko'ra:
IV. Joriy aktivlarni shakllanish manbasiga ko'ra:
V. Joriy aktivlarning to'lovga layoqatligini baholashga tavakkalchilik darajasiga ko'ra esa.
Joriy aktivlar bu pul mablag'lari ko'rinishidagi 12 oy yoki oddiy operatsion sikl mobaynida shu ko'rinishga keltirilishi mumkin bo'lgan aktivlardir. Operatsion sikl deganda moddiy boyliklarni ishlab chiqarishga tayyorlash va tovarlarni sotishdan olinadigan to'lov muddati o'rtasidagi o'rtacha vaqt birligi tushuniladi. Me'yorlanadigan joriy aktivlar bo'yicha zaxiralar me'yori belgilanadi, masalan, tovar moddiy zaxiralar, tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi yoki savdodagi tovarlar zaxirasi, kassadagi pul mablag'lari qiymati, joriy investitsiyalar va boshqa shu turdagi kapital kiritmalarni keltirishimiz mumkin bo'ladi.
Joriy aktivlarning me'yori deganda bir korxonaning ishlab chiqarish, xo'jalik hamda moliyaviy faoliyatini bir me'yorda amalga oshirish uchun doimiy zarur bo'lgan joriy aktivlarning minimal rejalashtirilgan miqdorini tushunish lozim bo'ladi. Joriy aktivlar me'yori ularning umumiy miqdorining me'yori yoki alohida joriy aktiv me'yori tushunchalariga ajratilishi mumkin.
Rejalashtirilayotgan davrda mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari smetasi joriy aktivlarni me'yorlashtirish uchun asos hisoblanadi. Me'yorni aniqlash maqsadida me'yorlashtiriladigan elementlarning kunlik o'rtacha sarfining pul ko'rinishidagi miqdori olinadi. Ishlab chiqarish zahiralari bo'yicha o'rtacha sarf ishlab chiqarish xarajatlari rejasining tegishli moddalari bo'yicha hisoblanadi. Zahira me'yori biror -bir bazaga nisbatan foiz sifatida yoki pul ifodasida belgilanishi mumkin.
Tovar-moddiy zaxiralarning bu turi bo'yicha belgilangan zaxira va xarajat me'yoridan kelib chiqib, har bir joriy aktivlar zaxiralari me'yorini shakllantirish uchun zarur bo'lgan aylanma mablag'lar summasi aniqlanadi. Alohida joriy aktivlar me'yorlarini jamlash orqali umumiy me'yor aniqlanadi. Shunday qilib, joriy aktivlar me'yori bu korxonaning normal xo'jalik faoliyatini eng kam miqdorda ta'minlash uchun rejalashtirilayotgan tovar moddiy zaxiralarning pul ko'rinishida ifodalanishidir.
Joriy aktivlarning tuzilishini aniqlash uchun eng optimal tasnif - bu investitsiya obyektlari bo'yicha tasnif. Aylanma aktivlarning tuzilishi deganda, ularning alohida obyektlari o'rtasida resurslarning taqsimlanish nisbati tushuniladi. Joriy aktivlarning maqbul tuzilishi deganda, har bir moddaning ulushi korxona likvidligini saqlashga
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
hissa qo'shadigan alohida obyektlar o'rtasida resurslarni taqsimlash tushuniladi. Joriy aktivlarning likvidligi moddiy ne'matlarga xos bo'lgan mulkdir.
Likvidlik ostida moddiy boylik uning tez va sezilarli yo'qotishlarsiz pulga aylanish qobiliyati tushuniladi. Joriy aktivlar - bu korxonaning joriy faoliyatiga xizmat qiladigan va bir ishlab chiqarish va tijorat tsikli davomida to'liq iste'mol qilinadigan mulkiy qiymatlar majmui. Joriy aktivlar kontseptsiyasi ularning iqtisodiy mohiyati, ishlab chiqarish jarayonini ham, aylanish jarayonini ham o'z ichiga olgan takror ishlab chiqarish jarayonini ta'minlash zarurati bilan belgilanadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Yuqoridagi olimlarning fíkri asosida bug'alteriya balansi ma'lum sanada moliyaviy holatni aks ettiruvchi hamda aktivlarning majburiyatlar va xususiy kapitalga tengligini ko'rsatuvchi jadval ekanligi to'g'risida xulosa qilish mumkin.
Joriy aktivlar korxona faoliyati uchun qisqa muddatli foydalanish xarakteristikasi hamda davrning barcha bosqichlarida bir vaqtning o'zida qatnashishi bilan tavsiflanadi. Doimiy ishlab chiqarish va tijorat sikli uchun zarur bo'lgan aylanma mablag'larning qismi tizimli, vaqtincha qismi esa doimiy deb nomlanadi. Shunga ko'ra, joriy aktivlarning shakllanish manbalari doimiy yoki vaqtinchalik xususiyatga ega bo'lishi mumkin. Shuning uchun aylanma mablag'larning manbalarimuayyan korxona tomonidan joriy (ishlab chiqarish va tijorat) faoliyatida pul mablag'laridan doimiy yoki vaqtincha foydalanishni tavsiflash. Manbalarning umumiy miqdori har doim joriy aktivlarga kiritilgan investitsiyalarga mos keladi.
Joriy aktivlarning shakillanish manbalariga nazar tashlaydigan bo'lsak, uning asosiy manbasi sifatida o'z aylanma mablag'larining mavjud xisobi hisoblanadi. Ya'ni, xo'jalik subyektining o'z manbalari birinchi navbatda uzoq muddatli aktivlarini qoplovchi manba bo'lishi hamda qolgan kismgina joriy aktivlarni qoplashga tegishli bo'lib hisoblanadi.
Xulosa qiladigan bo'lsak, tadqiqotda sohaga doir xorijiy va mahalliy adabiyotlarni o'rganish asosida buxgalteriya balansiga ta'rif ishlab chiqildi. Bug'alteriya balansini tavsiflaydigan jihatlar ochib berildi. Bug'alteriya balansini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida uzoq muddatli aktivlar moddiy va nomoddiy aktivlarga ajratildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Manba: https : //mineconomy.uz/uz/news/view/3022 - O'zbekiston Respublikasining 2019 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy tendensiyalari
2. I.Ismanov "Uzoq mudatli aktivlarning bug'alteriya hisobi va audit metodologiyasini jamlashtirish masalalari". Toshkent.: 2008.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
3. Yuldasheva S. Bug'alteriya hisobi asoslari: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi kasb-hunar kollejlarining "Axborot-kommunikatsiya tizimlari" mutaxassisligi talabalari uchun o'quv qo'llanma - T.: Sharq. 2007.- 18b.
4. Ismanov I.N. Aktivlar tushunchasining iqtisodiy mazmuni va ularni hisobga olishning ayrim munozarali jihatlari. Бухгалтерский Учет И Аудит. экономика и финансы 2016.
5. Р.Д.Дусмуратов Бухгалтерия хисоби назарияси. -Т.: «Фан ва технология», 2013, 476 бет.
6. Нидлз Б. и др. Принципы бухгалтерского учета /Б. Нидлз, Х. Андерсон, Д. Колдуэлл: Пер. с англ./Под ред. Я.В. Соколова. -М.: Финансы и статистика, 2003. - 496с.
7. А.А.Каримов, Ж.Э.Курбанбаев, С.А.Жуманазаров Бухгалтерия хдсоби 1-кисм: Дарслик; - Т.: Иктисод-Молия", 2020. б.