DOI: https://doi.org/10.24412/cl-36892-2024-42-330-336
Pages: 330-336
SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS
4th INTERNATIONAL CONFERENCE
XALQARO MEHNAT BOZORIDA AYOLLARNING MAVQE'INI SAQLASH -BARQAROR RIVOJLANISH OMILI SIFATIDA
Zulayxo Abduxalimovna Kadirova
Doktorant
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Toshkent, O'zbekiston E-mail: kzulayho@,gmail. com
_MAQOLA HAQIDA_
Kalit so'zlar: mehnat Annotatsiya: Xalqaro mehnat migratsiyasining
migratsiyasi, xalqaro mehnat zamonaviy xususiyatlaridan biri bu uning-bozori, ayol mehnat migrantlari, feminizasiyalashuvidir. Og'ir jismoniy mehnat talab uy xizmatchilari, zo'ravonlik, qilmaydigan sohalarning, xususan xizmat ko'rsatish odam savdosi, pul o'tkazmalari tarmoqlarining rivojlanishi va bandlik tarkibining
transformasiyalashuvi kabi jahon iqtisodiyotidagi tarkibiy o'zgarishlar, xususan xizmat ko'rsatish sohalarining rivojlanishi global mehnat migratsiyasining muhim bir qismiga aylangan ayollar mehnat migratsiyasining shakllanishiga va rivojlanishiga turtki berdi.Bandlik tarkibidagi bunday transformasiyalashuv bilan bir qatorda rivojlangan mamlakatlarda tug'ilishning kamayishi va kishilarning o'rtacha umr ko'rish davomiyligini ortishi qariyalar sonining ko'payishiga va ularni parvarishlovchilarga, mazkur mamlakat aholisining moddiy farovonligini yaxshilanishi va ayollarning jamiyat hayotidagi ishtirokining faollashuvi esa, uy xizmatchilariga bo'lgan _talabning ortishiga olib keldi._
MAINTAINING THE POSITION OF WOMEN IN THE INTERNATIONAL LABOR MARKET AS A FACTOR OF SUSTAINABLE DEVELOPMENT
Zulaykha Abdukhalimovna Kadirova
Doctoral student Tashkent State University of Oriental Studies Tashkent, Uzbekistan E-mail: kzulayho@,gmail. com
ABOUT ATRICLE
Key migration, words: international labor labor Abstract: One of the modern features of international labor migration is its feminization. Structural changes in the
world economy, such as the development of industries that do not require heavy physical labor, in particular, the service industry, and the transformation of the employment structure, in particular, the development of the service industry, have become an important part of global labor migration, leading to the formation of labor migration and In addition to this transformation in the structure of employment, the decrease in birth rate and the increase in the average life expectancy of people in developed countries led to an increase in the number of elderly people and their caregivers, the improvement of the material well-being of the population of this country and the activation of women's participation in the life of society, and the increase in the demand for domestic servants.
СОХРАНЕНИЕ ПОЛОЖЕНИЯ ЖЕНЩИН НА МЕЖДУНАРОДНОМ РЫНКЕ ТРУДА КАК ФАКТОР УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ
Зулайха Абдухалимовна Кадырова
Докторант
Ташкентский государственный университет востоковедения Ташкент, Узбекистан E-mail: kzulayho@,gmail. com
О СТАТЬЕ_
Аннотация: Одной из современных особенностей международной трудовой миграции является ее феминизация.Структурные изменения в мировой экономике, такие как развитие отраслей, не требующих тяжелого физического труда, в частности сферы услуг, и трансформация структуры занятости, в В частности, развитие сферы услуг стали важной частью глобальной трудовой миграции, что привело к формированию трудовой миграции и, помимо этой трансформации в структуре занятости, снижению рождаемости и увеличению средней продолжительности жизни. Ожидания людей в развитых странах привели к увеличению числа пожилых людей и лиц, осуществляющих уход за ними, улучшению материального благосостояния населения этой страны и активизации участия женщин в жизни общества, увеличению спрос на домашнюю прислугу._
Kirish
Ishsizlik, qashshoqlik, qarzdorlik, uy-joyga ega bo'lmaslik, muhtojlik kabi iqtisodiy sabablar bilan bir qatorda oilalardagi kelishmovchiliklar, ajrimlar va ayollarning o'zi va farzandlarini bilim olishga va rivojlanishga bo'lgan intilishlari kabi ijtimoiy omillar ham migratsiyaning mazkur yo'nalishini rivojlanishiga sabab bo'lmoqda. Ayollar mehnat migratsiyasi uning ishtirokchilari uchun daromad topish va iqtisodiy muammolarni hal qilish
market, female migrant workers, domestic workers, violence, human trafficking, remittances
Ключевые слова:
трудовая миграция,
международный рынок труда, трудящиеся-мигранты, домашние работники,
насилие, торговля людьми, денежные переводы.
hamda professional jihatdan o'sish kabi ijobiy imkoniyatlarni yaratishi bilan bir qatorda odam savdosi, jinsiy zo'ravonlik, diskriminasiya va tahqirlash qurboniga aylanishlariga zamin yaratmoqda.
Asosiy qism
2021 yil holatiga ko'ra, dunyo bo'ylab migrantlar soni 281 million kishini, ularning 48%ini ya'ni,135 milionini ayol migrantlar tashkil qiladi.
160 140 120 100 80 60 40 20 0
Manba: Key global migration figures, 2019-2022.WM UN migration 2022, October 13
Dunyo bo'ylab aynan mehnat migrantlari esa, 169 million kishini tashkil qilgan bo'lib, ularning 41,5%ini, ya'ni 70,1 millionini ayollar tashkil
qilgan[1].
Jarni migrantlar tarkibida ayollarning ulushi,%
48,9 49
148,4
I i I i I
1995 2000 2005 2010 2015 2018
Manba: Key global migration figures, 2019-2022.WM UN migration 2022, October 13
Jami migrantlar tarkibida ayollarning ulushini mintaqalar kesimida tahlil qilar ekanmiz, Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasidan tashqari barcha mintaqalarda mazkur ko'rsatkichning o'sganini guvohi bo'lamiz.Xususan, 1990-2020 yillar orasida Shimoliy Amerika mintaqasida 51,1%dan 51,8%gacha, Afrika mintaqasida 46,7%dan 47,1%gacha, Janubiy Osiyo mintaqasida 47,8%dan 49%gacha, Lotin Amerikasi mintaqasida 48,8%dan 49,5%gacha, Yaqin
Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasida o'sish,44,1%dan 46,8%gacha o'sish, Shar qiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasida esa 48,6%dan 41,8%ga qisqarish kuzatilgan.
1990 1995 2000 2005 2010 2015 2019 2020
Sharqiy Osiyo va Tinch okeani 48,6 48,6 49,2 44,9 42,7 41,7 40,5 41,8
Yevropa va Markaziy Osiyo 52,0 52,2 52,3 52,4 52,5 52,5 51,4 51,6
Shimoliy Amerika 51,1 50,8 50,4 50,2 51,0 51,5 51,7 51,8
O'rta sharq va shimoliy 44,1 44,4 44,1 43,3 42,9 45,7 46,7 46,8
Afrika
Afrika 46,7 46,9 47,2 46,3 47,2 48,4 47,0 47,1
Janubiy Osiyo 47,8 48,0 48,2 48,3 48,6 49,0 48,9 49,0
Lotin Amerikasi va Karib 48,8 48,9 48,9 48,8 48,5 48,4 48,6 49,5
Havzasi
Ayol mehnat migrantlarni bevosita mintaqalar bo'yicha joylashuvga e'tibor berar ekanmiz, 31%i Shimoliy Amerika va 38%i Yevropa mintaqasida joylashgan.
Shu bilan birga erkaklardan farqli ravishda ayollar resipient jamiyatga va keyinchalik migratsiyadan qaytgach o'z vataniga moslashishda, oilada o'z o'rni va mavqe'ini tiklashda, farzandlar tarbiyasini nazorat qilishda, avvalgi professional ko'nikmalarining eskirishi tufayli talabgirligining susayishida, ishlash qobiliyatini yo'qotganda pensiya bilan ta'minlanish kabilarda muammolarga uchrashi ularning ruhiy va jismoniy holatiga jiddiy ta'sir ko'rsatishi tabiiy hol.Ayollarning jismoniy va ruhiy jihatdan nosog'lomligi esa, bu butun bir oilaning yoki jamiyatning ma'naviy nosog'lomligini keltirib chiqarishi,muqarrar.
Ayol mehnat migrantlarining 69,7%i yuqori daromadli, 19,2%i o'rtachadan yuqori daromadli, 8,3%i o'rtachadan quyi daromadli hamda 2,8 %i quyi daromadli mamlakatlarda faoliyat ko'rsatadilar.Ayol migrantlarning 8,3 %ini 15-24 yoshdagilar, 86,3%ini 25-54 yoshdagilar hamda 5,4%ini 65 yoshdan kattalar tashkil qiladi.
Ayol migrantlar asosan, uy xizmatlari, qishloq xo'jaligi sohasi, mehmonxona biznesi, sog'liqni saqlash va ta'lim kabi ijtimoiy sohalarda faoliyat ko'rsatadilar. Masalan, ular Yevropada asosan, sog'liqni saqlash va ijtimoiy sohalarda faoliyat ko'rsatadilar.Xususan, Ispaniya va Gresiyada mexmonxona biznesida, Buyuk Britaniyada tibbiyot sohasida, Italiyada ta'lim sohasidagi ayol migrantlarning ulushi yuqori.
Yevrostat ma'lumotlariga ko'ra, Yevropadagi 25-54 yoshdagi oliy ma'lumotli migrant ayollarning 30%dan ortig'i yuqori malakaga ega bo'lib, ular fan, texnologiya,matematika va tibbiyot kabi STEMM sohalar bo'yicha mutaxassis hisoblanadilar[2].Bunday ayol migrantlar orasida bilimlar iqtisodiyotiga asoslangan tajriba va ko'nikmalarning mavjudligi ularning zamonaviy va yirik kompaniyalardagi bo'sh ish o'rinlariga bo'lgan intilishlarini oshiradi.
Oliy ta'limga ega bo'lgan mehnat qilish yoshidagi ayol migrantlar mintaqalarda taqsimlanishiga e'tibor qaratsak, yuqori daromadli mamlakatlarda ularning ta'lim darajasi yuqoriroq ekanligiga guvoh bo'lamiz[3].
Ammo shu o'rinda, ayol mehnat migrantlari orasida xorij mamlakatlarida o'rta va yuqori malakani talab qiluvchi sohalarda faoliyat ko'rsatayotganlar bilan bir qatorda norasmiy ravishdagi uy xizmatchisi, enaga, qariyalar parvarishlovchi past malaka talab qiluvchi ishlarda ish beruvchiga butunlay qaram bo'lib qolib ishlayotganilari ham ko'pchilikni tashkil etadi.
Dunyodagi 196 million mehnat migrantlarining 8-9%ini migrant uy xizmatchilari tashkil etgan. Bu ko'rsatkichni ayol migrantlar orasida ko'rsak, dunyodagi jami 70 million ayol migrantlarining 12,%ga yaqini ya'ni 8,45 millionini ayol migrant uy xizmatchilariga to'g'ri keladi. Dunyo bo'ylab 67,2 million uy xizmatchilarining 17,2%ini ya'ni 11,5 millionini migrant uy xizmatchilari tashkil qiladi. Bu esa dunyo bo'ylab shaxsiy va uy xizmatlari uchun migrantlarga bo'lgan talabning yuqori ekanligini ko'rsatadi.
Dunyo bo'ylab o'y xizmatchilarining 80%i yuqori daromadli mamlakatlarda joylashgan bo'lib, ular mazkur mamlakatlardagi jami migrantlarning 66%ini tashkil qiladi. Arab mamlakatlari, Shimoliy Amerika va Yevropa mintaqalarida jami migrant uy xizmatchilarining 52%i joylashgan. Mazkur mintaqalarda demografik jihatdan qarish jarayonlarining yuqori sur'atlarda o'sishi, parvarishga muhtoj kishilarning shaxsiy va uy xizmatlariga bo'lgan extiyojning ortishiga olib kelmoqda. Xususan, dunyo bo'ylab uy xizmatchilarining 81%ini ayollar tashkil qilsa, migrant uy xizmatchilarining 73%ini ayollar tashkil qiladi.
Dunyo mintaqalari bo'ylab jami migrantlar tarkibida ayol migrant uy xizmatchilarining ulushi bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich Arab mintaqasi (60,8%) hamda eng quyi ko'rsatkich Sharqiy Yevropa mintaqasi (0,8%)ga to'g'ri keladi [4, p.2,3].
Arab mamlakatlari mintaqasida jami uy xizmatchilarining 82%ini ayol migrantlar tashkil qiladi. Bu holat esa, uy xizmatchilari va ayollar migratsiyasi o'rtasidagi uzviy bog'liqlikni ifodalaydi, natijada ishga yollanayotgan 10 ta ayoldan 6 tasini uy xizmatchilari tashkil qiladi. Janubi Sharqiy Osiyo va Sharqiy Osiyo mintaqasi birga bir paytning o'zida ayol migrant uy xizmatchilarini eng ko'p yuboruvchi mintaqa hisoblanadi.Xususan, mintaqadan ayol migrant uy xizmatchisi sifatida Yaqin Sharq va Yevropa mintaqalariga hamda yangi industrial mamlakatlarida faoliyat ko'rsatadilar.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, dunyo bo'ylab 11,5 million migrant uy xizmatchilari bo'lib, ularning aksariyatini ayollar tashkil etadi[4, p. 1,8]. O'rta Sharq mintaqasi Afrika va Osiyo mintaqasi kabi quyi daromadli mamlakatlardan kelgan ayol migrantlarni eng ko'p jalb qiluvchi mintaqa hisoblanadi[5, p.72]. Mazkur ayol migrantlarning aksariyati past malaka va quyi ta'lim
darajasiga ega bo'lishlari hamda ishlash uchun boradigan joylaridan bexabar ekanliklari ish beruvchilar uchun ularga kam ish haqi to'lash, belgilangan ish soatidan ortiqcha ishlatish, jismoniy kuch ishlatish va tahqirlash kabi ekspluatasiyaning turli shakllaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi[6].Mahalliy ishchilar bilan solishtirilganda ayol migrant uy xizmatchisi uchun yetarli xavfsiz ishlash sharoitlarining yaratilmasligi, ularga nisbatan jismoniy va jinsiy zo'ravonlik o'tkazilishi, ularning xuquqlarining poymol qilinish mazkur ayol migrantlarning jismoniy va ruhiy jihatdan jarohatlanishlariga yoki bir umr kasallanib qolishlariga olib kelmoqda[7].
Natijalar va muhokama
Xalqaro mehnat tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, majburiy mexnatdan aziyat chekayotganlarning 16,5 millionini ayollar tashkil etadi. Livandagi uy xizmatchilariga nisbatan nafaqat majburiy mehnat balki qullik,odam savdosi,shaxsiy xujjatlarni yashirib qo'yish, irqiy kamsitish va qiynoqlar kabi tazyiqlar o'tkazilish ko'p uchraydi. Ayniqsa pandemiya sharoitida mamlakatdagi ayol migrant uy xizmatchilarining norasmiy migrant statusini tanlashga majbur bo'lishlari ularga nisbatan belgilangan minimal ish haqi miqdoridan kam bo'lgan ish haqi to'lash yoki umuman ish haqi to'lamaslik hamda ish soatidan ortiqcha ishlatish kabi holatlarning ko'payishiga sabab bo'ldi.Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan 1,2 ming ishchilar o'rtasida o'tkazilgan tadqiqotga ko'ra, ayol xizmatchilarining 22,5%i ish beruvchilar kunduz kunlari ularni ustilaridan qulflab ketishlari ma'lum bo'lgan.Ba'zi manbalarda ta'kidlanishicha, Livanda migrant uy xizmatchilari tomonidan dunyoga keltirilgan 15 ming nafar ta'lim olish va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmagan bolalar mavjud[8].
Ayol migrantlarning o'z vatanlariga pul o'tkazmalari katta xajmni tashkil qilmasada, ularning o'tkazmalarining asosiy qismi sog'liq, ta'lim, oila va jamiyat taraqqiyoti uchun sarflanadi.Masalan, nepallik asosan uy xizmatchisi bo'lgan ayol migrantlarning pul o'tkazmalari mamlakatga yuborilgan jami migrantlarning o'tkazmalarining 50%ini yoki YalMning 23%ini tashkil qiladi[9].
Shu o'rinda ayol mehnat migrantlarining tajriba, bilim, ijtimoiy, siyosiy va madaniy normalar kabi ijtimoiy o'tkazmalari pul o'tkazmalaridan ko'ra ko'pro q ahamiyat kasb etishiga ham etibor berish lozim.Chunki ayollarning xorijda ega bo'lgan bilimlari,g'oyalari, tajriba va texnologiyalar bo'yicha ko'nikmalari ularning oilalari va jamiyatdagi mavqe'ilarini ortishiga va mazkur muhit ishtirokchilarining dunyo qarashlarida ijobiy o'zgarishlarga sabab bo'lishini ham unutmaslik kerak.
Ayollar erkak migrantlarga nisbatan kamroq ish haqi olsalarda, ammo erkaklarga nisbatan daromadalarining katta qismini yuboradilar,shuningdek, ularning transfer to'lovlari ham yuqoriroq. Migrantlarning pul o'kazmalarining 25,8%i ayollar ulushiga to'g'ri keladi. Xulosa
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, aksariyat o'rtadan quyi bo'lgan hamda quyi daromadli mamlakatlarda ayol migrantlar mehnat bozoridagi dikriminasiya, ishdagi ekspluatasiya va zo'ravonlik, sog'liqni saqlash va ta'limdan foydalanishdagi to'siqlar, sudlovdagi adolatsizliklar kabi muammolarga duch kech kelishda davom etmoqdalar.
Odam savdosi qurbonlari ichida hali ham ayollarning ulushi yuqoriligicha qolmoqda. Xususan, odam savdosi qurbonlarining 65%ini ayollar, ya'ni 46%ini kattalar va 19%ini qizlar tashkil qiladi .Katta yoshdagi qurbon ayollarning asosiy qismi Yevropa, Shimoliy Amerika va Osiyo mintaqalarida foliyat ko'rsatsa, qiz bolalarning qurbon bo'lishi ko'proq Osiyo mintaqasida uchraydi.
Yuqoridagi holatlar ayollar mehnat migratsiyasi muammosini kun tartibining dolzarb masalasi sifatida qolishini va mazkur jarayon bilan bog'liq muammolarni oldini olishda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishini yana bir bora namoyon etadi. Adabiyotlar
1. Key global migration figures, 2019-2022.IOM UN migration 2022, October
2. Daniela Bolzani,Francesca Crivellaro,Rosa Grimaldi. Highly skilled, yet invisible. The potential of migrant women with a STEMM background in Italy between intersectional barriers and resources// https://onlinelibrary.wiley.com/doi/full/10.1111/gwao. 12719
3. Who are the women on the move? A portrait of female migrant workers//Who are the women on the move? A portrait of female migrant workers - ILOSTAT
4. Gallotti, M. Migrant Domestic Workers across the World: Global and Regional Estimates; International Labour Organization: Geneva, Switzerland, 2015;
5. Dessiye, M.; Emirie, G. Living and working as a domestic worker in the Middle East: The experience of migrant returnees in Girana town, North Wollo, Ethiopia. Afr. Black Diaspora Int. J. 2018, 11, 69-86.
6. Kodoth, P. In the Shadow of the State: The Recruitment and Migration of South Indian Women as Domestic Workers to the Middle East; International Labour Organisation: Geneva, Switzerland, 2020
7. Hargreaves, S.; Rustage, K.; Nellums, L.B.; McAlpine, A.; Pocock, N.; Devakumar, D.; Aldridge, R.W.; Abubakar, I.; Kristensen, K.L.; Himmels, J.W.; et al. Occupational health outcomes among international migrant workers: A systematic review and meta-analysis. Lancet Glob. Health 2019.
8. Rola Yasminea, Batoul Sukkarb.Restrained motherhood: the Lebanese state in times of changing demographics and moral values // https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC-7888101/
9. UN Women. Contributions of migrant domestic workers to sustainable development. 2013.