Научная статья на тему 'XIZMAT KO’RSATISH SOHASI VA AYOLLAR BANDLIGI'

XIZMAT KO’RSATISH SOHASI VA AYOLLAR BANDLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

162
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tadbirkorlik / iqtisodiyot / xizmat ko‘rsatish / ishchanlik muhiti / xususiy mulk / raqobat / mehnat bozori.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Bibisara Abibullayevna Erejepova

Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik tuzilmalari faoliyati mezonlari va ishchanlik muhiti kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. Xususan, xizmat ko‘rsatish sohasida ayollar bandligi ko’rsatkichlari haqida fikrlar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XIZMAT KO’RSATISH SOHASI VA AYOLLAR BANDLIGI»

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 6 | 2022

XIZMAT KO'RSATISH SOHASI VA AYOLLAR BANDLIGI

Bibisara Abibullayevna Erejepova

Qoraqalpoq davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada xizmat ko'rsatish sohasidagi tadbirkorlik tuzilmalari faoliyati mezonlari va ishchanlik muhiti kabi masalalar ko'rib chiqilgan. Xususan, xizmat ko'rsatish sohasida ayollar bandligi ko'rsatkichlari haqida fikrlar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: tadbirkorlik, , iqtisodiyot, xizmat ko'rsatish, ishchanlik muhiti, xususiy mulk, raqobat, mehnat bozori.

KIRISH

Joriy yuz yillikda jiddiy ahamiyat kasb etishi lozim bo'lgan ayollar va erkaklar huquq hamda imkoniyatlarining tengligi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan asosiy qadriyatlardan biri sifatida tan olinadi. Shu munosabat bilan jinslar tengligiga ko'maklashish va ayollar huquqlarini kengaytirish 2010 yilda 191 davlatning, shu jumladan, O'zbekistonning, 147 nafar davlat rahbarlari va vakillari qabul qilgan hujjat - BMTning ming yillik Deklaratsiyasiga muvofiq shakllantirilgan ming yillikning rivojlanish maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Mehnat bozori hamda bandlik sohasida gender tengligi erkaklar va ayollarga mazkur bozor taqdim etadigan barcha imkoniyatlardan (umuman olganda, maosh to'lanadigan mehnat sohasiga, faoliyatning barcha turlariga, turli ko'rinishdagi ish joylariga va boshqalardan) teng foydalanishlarini ta'minlashni ko'zda tutadi. Bunda, gender tengligi - faqatgina adolat masalasi ham, inson huquqlariga rioya qilishga tegishli bo'lgan muammo ham emasligini yodda tutish zarur.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Dunyoning turli mamlakatlarida o'tkazilgan ko'plab tadqiqotlarning ko'rsatishicha, ayollar bilim darajasining oshishi va aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YAIM) miqdori o'rtasida ijobiy bog'liqlik mavjud. Ayol boshqaradigan oilaviy daromad ulushining oshishi oziq-ovqat, bolalar ta'limi va ularning kiyim- kechaklariga xarajatlarni oshishiga olib keladi va bunda oilaning alkogol va tamaki mahsulotlariga ketadigan xarajatlari pasayadi.

Demak, gender tengligi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, mehnat bozorida ayollar va erkaklarning tengligiga erishishga olib

June, 2022

701

keladigan ko'plab yo'llar borligini tushungan holda, turli mamlakatlarning milliy qadriyatlari va madaniyatini inobatga olish muhimligi tabiiy. Bundan tashqari, gender tengligining asosiy g'oyasi erkak va ayoldagi teng huquqlilik ta'lim sohasidagina emas, balki o'z salohoyatini amalga oshirish uchun barcha manbalardan foydalana olishni ta'minlovchi teng huquqlardan iborat.

Mustaqillik yillarida O'zbekistonda jinslarning teng huquqliligini ta'minlashda ijobiy o'zgarishlar yuz berdi, ayollarning ahvoli yaxshilandi va ularning huquqlari kengaydi. Mavjud me'yoriy-huquqiy baza erkaklar va ayollarga mehnat bozori taqdim etayotgan barcha imkoniyatlardan foydalanishda teng huquqlarni kafolatlaydi.

Shunga qaramay, butun dunyoda bo'lgani kabi, mamlakatning mehnat bozorida gender tengligini ta'minlash dolzarb masala bo'lib qolmoqda. Bunda, hatto rasman kuzatilayotgan gender tafovutlar, agarda ular turli jinsdagi ishchilarning imkoniyatlarini cheklanishning oqibati bo'lmasa, erkak va ayollarning bandlik sohasida teng huquqli bo'lmagan holatiga guvohlik sifatida avtomatik tarzda ko'rib chiqilmasligi lozim.

Ayollar O'zbekistondagi ishchi kuchining 47% ga yaqinini tashkil qiladi. O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasining ma'lumotlariga ko'ra, ayollar mehnat bozorida kamroq ishtirok etishadi: ularning iqtisodiy faollik darajasi erkaklarning ayni ko'rsatkichidan 8,3% ga past (ayollarniki 68,2%, erkaklarniki 76,5%), bandlik darajasi esa 9,1% ga past (ayollarniki 64%, erkaklarniki 73%). Shu bilan bir vaqtda ayollarning iqtisodiy nofaolligi erkaklarning shu ko'rsatkichidan 17,5% ga yuqori (ayollarniki 33,9%, erkaklarniki 16,3%). Ayollar ro'yxatga olingan ishsizlarning yarmidan ko'prog'ini tashkil qiladi. Ayollar va erkaklar turli tarmoq va mutaxassisliklarda mashg'ul, mehnat bozorida gender farqlanishi mavjud. Ayollar iqtisodiyotning sog'liqni saqlash, sport va ular barcha band bo'lganlarning 75% ini tashkil qiladigan ijtimoiy ta'minot, shuningdek ishchilarning 2/3 qismi ayollarni tashkil qilgan ta'lim, madaniyat, san'at va fanni birlashtiruvchi sohalarda faoliyat ko'rstadilar. Asosan erkaklar ishlaydigan qurilish, transport va aloqa kabi tarmoqlarda ayollar ning ulushi mos ravishda11,1% va 15,5% ni tashkil qiladi.

Avvalambor, ta'kidlash joizki, ayollar va erkaklar iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilishadi. Ish bilan bandlikning tarmoqlar tuzilmasidagi farqi, birinchi navbatda, byudjet sohasida mashg'ul bo'lgan ayollarning solishtirma soni erkaklarga qaraganda sezilarli darajada yuqori ekanligida namoyon bo'lmoqda (ishlayotgan ayollarning har uchinchisi, erkaklarning esa faqat 12% i bu erda ish bilan band), ikkinchidan, qurilish, transport va aloqa kabi tarmoqlarda ishlayotgan erkaklar ulushi ularda mehnat

June, 2022

702

qilayotgan ayollaming sonidan ko'p: birinchi holatda farq 12,4% ni, ikkinchisida -6,3% ni tashkil qiladi. Undan tashqari, qishloq va o'rmon xo'jaligi ikkala jins vakillarining ham eng keng tarqalgan bandlik sohasi hisoblansa-da, bu erda ayollarning deyarli 30% i mehnat qiladi, bu vaqtda esa erkaklarning 22,5% i mazkur tarmoqda ishlamoqda.

Iqtisodiy tarmoqlar bo'yicha erkaklar va ayollarni bir me'yorda taqsimlanmagani erkaklar va ayollar mehnat faoliyatidan oladigan daromadlardagi farqqa olib keladi. Statistika ma'lumotlariga ko'ra, erkaklar mehnatga yuqori maosh to'lanadigan tarmoqlarda ko'pchilikni tashkil qiladi: transport va aloqa korxonalari ishchilari mamlakat bo'yicha o'rtacha darajadan 33%, qurilishda ishlovchilar esa 58% ko'proq maosh olishadi. Bu vaqtda esa barcha ishlayotgan ayollarning 12% idan ko'prog'i mehnat qilayotgan, ulushi esa 52% ga teng bo'lgan savdoda maosh O'zbekiston bo'yicha o'rtacha oylik maoshning 123% ini tashkil qiladi.

Yuqori nisbiy oylik maoshi - 160% - ayollarning 12% i mehnat qilayotgan sanoat uchun ham taalluqli. Shunga qaramasdan, ushbu aniq vaziyatda, bu dalillarni ehtiyotkorlik bilan sharhlash lozim bo'ladi: sanoat juda ham turli ko'rinishdagi ish o'rinlarini taqdim etadi. Mazkur sohada ayollar, asosan, ko'p mehnat talab qilinadigan tarmoqlarda ishlaydi (to'qimachlik, tikuv-trikotaj, oziq-ovqat va boshqalar.), ularda mehnatga haq to'lash ko'p mablag' talab qilinadigan va ishlovchilarning aksariyati erkaklar bo'lgan tarmoqlardagiga qaraganda past.

O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 6-moddasiga muvofiq, «Mehnat sohasida mehnatning muayyan turiga xos bo'lgan talablar yoki davlatning yuqoriroq ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan shaxslar (ayollar, voyaga etmaganlar, nogironlar va boshqalar) to'g'risidagi alohida g'amxo'rligi bilan bog'liq farqlanishlar kamsitish deb hisoblanmaydi». O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi ayollarni himoya qiluvchi qator me'yorlarga ega. Ular orasida- mehnat sharoitlari noqulay bo'lgan ishlar ro'yxatiga kiruvchi ishlarda, hamda davlat tomonidan o'rnatilgan ruxsat etilgan me'yorlardan oshib ketadigan og'irliklarni ko'tarish va boshqa joyga tashishni nazarda tutuvchi ishlarda ayollar mehnatidan foydalanishga ruxsat etilmaydi (225-modda). Homilador ayollar va yosh bolali ayollarni qo'llab-quvvatlash va himoya qilish uchun alohida choralar ko'rilgan. Masalan, ish beruvchi mana shunday ayolga sinov muddatini tayinlash (84-modda), ishdan bo'shatish (237-modda) huquqiga ega emas. «Homilador ayollarni va uch yoshga to'lmagan bolasi bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yo'l qo'yilmaydi. SHu bilan birga homilador ayollarni va uch yoshga to'lmagan bolasi bor ayollarni

June, 2022

703

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 6 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

tungi ishlarga jalb qilishga, bunday ish ona va bolaning sog'lig'i uchun xavf tug'dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa bo'lgan taqdirdagina, yo'l qo'yiladi» (228-modda).

Mehnat va bandlik sohasidagi milliy siyosatga majmuaviy gender yondashuvni integratsiya qilishning muhim maqsadi erkaklar va ayollarga o'zlarining mehnat salohiyatlarini namoyon qila olishlari uchun teng imkoniyatlarni taqdim etishdan iboratdir. SHu sababli davlatning faoliyati ayollarni mehnat sohasiga bevosita jalb qilish, ularni ish bilan ta'minlashni kafolatlashga yo'naltirilgan bo'lishi mumkin Ammo, bundan tashqari, ish bilan ta'minlash siyosati erkaklar yoki ayollardan iborat maqsadli guruhini to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatmasdan, huquq va imkoniyatlarning gender tengligini ta'minlash maqsadiga bavosita erishishga ko'maklashishi ham mumkin.

Shunday qilib, ayollarning iqtisodiy faolligi va bandligini oshirish bo'yicha siyosatning, shuningdek mehnat bozorida gender farqlarini qisqartirishning samarali va natijaviy chora tadbirlari mamlakatning mehnat salohiyayatidan ko'proq foydalanish, iqtisodiy o'sish va rivojlanish, shunga muvofiq esa O'zbekiston aholisi turmush darajasining oshishiga xizmat qiladi

REFERENCES

1. Keyns Dj. Obщaya teoriya zanyatosti. - M : "Progress", 2017. - 240 e.;

2. Qudratov F.X-, Pardaev M.K-, Abdukarimov B.A. Servis rivoji - aholining bandpigini ta'minlash va farovonligini oshirish omili.. T.: "Fan va texnologiya", 2018. -16 b.

XULOSA

June, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.