Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-791-796
JANUBIY KOREYA RESPUBLIKASI: DEMOKRATIYAGA O'TISH DAVRIDA
AYOLLAR HARAKATI
Nodirabegim Baxtiyor qizi Nazarqulova
TDShU, Koreyashunoslik fakulteti 1 bosqich doktoranti [email protected]
ANNOTATSIYA
Janubiy Koreya Respublikasida XX asrning 70-yillari boshidan - 90-yillar o'rtalariga qadar bo'lgan davrda prezident Pak Chon Xi (1963-1979) tomonidan yuritilgan siyosat tufayli mamlakatda "koreys mo'jizasi" sodir bo'ldi. Siyosiy-ijtimoiy hayotda bir qator o'zgarishlar sodir bo'ldi. Bu o'zgarishlarning e'tiborli jihati ayollarning davlat hayotining turli jabhalarida faol ishtirok etishni boshlashi bilan bog'liq. Ushbu maqolada bu jarayondagi davlatning ishtiroki hamda jamoatchilikning ta'sirini o'rganish maqsad qilingan bo'lib, tadqiqot yakunida bu davrdagi koreys ayollari ijtimoiy hayoti haqida nisbiy xulosalar chiqarilgan.
Kalit so'zlar: gender tengligi, ishchilar harakati, demokratlashtirish, "Ayollar o'n yilligi" deklaratsiyasi, Koreya ayol ishchilar Assotsiatsiyasi, ayollar mehnat huquqlari.
KIRISH
XX asrning 70 - 80-yillarida Koreyada harbiy diktatura rejimidan demokratiyaga o'tish uchun kurashlar davri bo'ldi. Bu kurash koreys jamiyatining barcha qatlamlarini, shu jumladan, turli guruhlarga mansub ayollarni ham o'zida birlashtirgan. Diktaturaga qarshi kamsonli chiqishlardan tortib, ishchilar isyonlari, tinch namoyishlar, ishtashlashlarda oddiy uy bekalari, talaba va ishchi qiz-ayollar ham erkaklar bilan barobar qatnashdilar. Ularning faolligi Koreyada demokratiya uchun kurashlarning yo'nalishi, oqibat-natijalari va strategiyalarini tuzib chiqishda sezilari ta'sir ko'rsatdi. Ayollarning demokratiyani o'rnatish jarayonidagi ishtiroki boshqa bir tarafdan 1980-yillarda shakllanib o'sib borayotgan ayollar harakati guruhlarining strategiyalari va maqsadlariga ham o'z ta'sirini o'tkazdi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Koreya rivojlanar ekan, globallashuv, yangicha g'oyalarning kirib kelishi va ular ta'sirida turli oqimlar hamda qarashlar ham shakllandi. Bu g'oya va oqimlarning ba'zilari Pak Chon Xi rejimini qo'llab-quvvatlagan bo'lsa, aksari muxolifatni tashkil qildi. Mamlakat rivojlanishi uchun fikrlar rangbarangligi muhim - bu rivojlanishda eng muqobil yechimlarni topishda qo'l keladi. Jadal rivojlanayotgan sanoatni qo'llab-
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-791-796
quvvatlash, yetarlicha arzon ishchi kuchi bilan ta'minlash aholi barcha qatlamlarini bu jarayonga tortishga sabab bo'ldi. Ayollarning emansipatsiyasi, gender tengligi g'oyasi, ta'lim olish va kasb tanlashda ayollar va erkaklar tengligi kabi qarashlar bu muammoni yengilroq hal qilishga imkon bergan. Ammo, hali iqtisodiy farovonlik jamiyati qurilishidan oldinroq huddi erkak ishchilar kabi, ayol ishchilarning ham mehnat sharoitlari yaxshi bo'lmagan. Natijada, Koreyada ham boshqa barcha iqtisodiyotda o'tish bosqichidan o'tgan mamlakatlar kabi ishchilar norozilik harakatlari, turli xuntalar tashkil qilib, ko'proq maosh, ish soatlarining qisqartirilishi, mehnat sharoitlarini yaxshilash kabi bir qator huquqlarni talab qilib chiqishlar sodir bo'lgan.
1987-yilda demokratiyani o'rnatishga qaratilgan keng miqyosdagi ishchilar harakati boshlandi. XIX asrning 80-yillari oxirida sodir bo'lgan mamlakatni demokratlashtirish jarayoni bilan bog'liq tadqiqotlarda ayollarning avtoritar boshqaruvga qarshilik kurash hamda demokratik jamiyat barpo qilishdagi ishtiroki ayni mavzuda yaratilgan ko'plab adabiyotlarda rad etilgan yoki e'tiborga olinmasdan kelgan. Tadqiqotlarda gender nuqtai-nazaridan ayollarning faoliyatiga bir taraflama yondashish, ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlarda ularning ishtiroki chetda qolib, asosiy e'tibor klassik uslubda sinfiy va g'oyaviy kurashlarga urg'u berishga moyillik yaqqol ko'zga tashlanadi.
Bu o'rinda, uch obyektiv sababni hisobga olish zarur. Birinchidan, 1980-yillardagi ayollar ishchilar harakati og'ir sanoatda ko'tarilgan keng miqyosdagi erkaklar ishchilar harakati oldida ko'rinmay ketgan. Ularning ish tashlashlar, boykotlardagi ishtiroki umumiy ishchilar harakati ichida alohida ajralib turmasdan, bu harakatning bir yo'nalishi sifatida o'sha davrdagi mamlakatdagi jami ishchilar soniga nisbatan kamligi tufayli erkaklar harakatidan ko'ra nomuhumroq deb hisoblangan. Bu tadqiqotchilarning nigohini ko'proq yangidan yuzaga chiqqan erkaklar jangovarligiga qaratishiga olib kelgan.
Ikkinchidan, Koreyani demokratlashtirishda gender muammolarining ahamiyatini e'tiborga olmaslik muqobil tarixiy ma'lumotlarning yetarli emasligi bilan bog'liq deb ko'rsatiladi [1:44]. Aslini olganda, 1980-yillardagi demokratik ishchilar harakatida ayollarning ishtiroki erkaklarnikiga taqqoslanganda to'rt asosiy sababga ko'ra davriy xronikalardan tushirib qoldirilgan. Birinchidan, ayollar kichik-kichik firmalarda notekis taqsimlangan bo'lib, ular katta firmalardagiga qaraganda diqqatni kamroq jalb qilgan. Ikkinchidan, ba'zi uyushma a'zolari va siyosiy faollar ayollarning rafiqa va ona sifatidagi siyosiy ishtiroki yuzaga kelishining muhimligini
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-791-796
tushunishmagan. Shu tariqa, kasaba uyushmalari va quyi ishchi tashkilotlari ayollarning siyosiy faolligini hujjatlashtirishga oz harakat qilishgan. Gender masalalariga tadqiqotchilarning kam qiziqish bildirishi bilan mavjud ma'lumotlar birlashib Koreya demokratiyasiga oid asosiy adabiyotlar oqimidan ayollar ijtimoiy protestlarini chiqarib tashlashiga olib kelgan.
Uchinchidan, ko'plab koreyalik olimlar Janubiy Koreyadagi siyosiy o'zgarishlar natijasini va demokratlashtirish jarayonini tushuntirishda ayollarning qarshilik namoyishlari va ularning hissalarini hisobga olishdan qochishadi. Vaholanki, bu sohadagi chet eldagi adabiyotlarning yangi o'sib kelayotgan avlodi esa, aksincha, harbiy boshqaruvni tugatish va demokratik tuzum o'rnatishda ayollar harakatining atoqli rol o'ynaganini ta'kidlaydilar; bu holat, ta'biiyki, Koreyadagi ilmiy tadqiqotlarda aks etishni boshlagani diqqatga sazovor hodisadir. To'rtinchidan, bir qator Lotin Amerikasi davlatlarida ayollar harakati va faolligi demokratiyaga o'tish yo'nalishi va mazmuniga ta'sir ko'rsatgan edi. Shu kabi Janubiy Koreyada siyosatning demokratiyaga o'tishi jarayoni ayollar faolligi va ishtirokisiz, shuningdek, ularning quyi tashkilotlar orqali amalga oshirilgan siyosiy noroziligisiz to'lig'icha tushunilishi mumkin emas.
Ayollarning Janubiy Koreyadagi faolligi ularning harbiy diktaturaga qarshi kurashidagi roli bilan belgilanadi. Umuman bu faollikning boshlanishiga ta'sir ko'rsatgan qator tashqi va ichki sabablar mavjud. (1) Xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT tomonidan "gender tengligiga erishishda asosiy yo'nalishlar" ("gender mainstreaming" policy) siyosatiga kirilishi hamda tashkilotga a'zo davlatlarga ham bu tendensiyaga qo'shilish talabining kiritilishi; (2) demokratik mazmundagi hukumatlarning gender tengligini talab qilib chiqayotgan harakatlarni ijobiy qabul qilgan holda ularni o'zining siyosatiga qabul qilishi; (3) va nihoyat, ayollar harakat tashkilotlarining davlatni egallashni maqsad qilmasdan, balki uni hamkor sifatida ko'rib, "kurash siyosati"ni "kelishuv siyosati" bilan birlashtirishi [2:445] boshlanib kelayotgan harakatning nisbatan tinch va ijobiy natijalar bilan borishiga zamin hozirlagan.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Ayollar feministik tashkilotlari inson huquqlari, ijtimoiy adolat va demokratik siyosat masalalari atrofidagi qarshilik guruhlari bilan birlashib, davlat tomonidan kuch ishlatilishi va zo'rlikka qarshi kurashga safarbar etilgan. 1980-yillar davomida turli ayollar guruhlari demokratik ruhdagi ishchi uyushmalari va demokratik ijtimoiy
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-791-796
tizimlar yaratishga qaratilgan ommaviy kurashlarga jalb etildi. Kurashlarning quyi qismidagi ularning hissasi ayollar uyushmalarining Koreyaning demokratiyaga o'tish jarayonida o'ta muhim ahamiyat kasb etgan. Garchi bu guruhlar maqsadi va oldiga qo'ygan vazifalariga ko'ra bir-biridan farq qilsa-da diktatura rejimidagi harbiy boshqaruvning inson huquqlariga dahl soluvchi faoliyatiga qarshi turish maqsadida harakat qilish va qarshilik ko'rsatish strategiyasi ostida birlashgan edi. Biroq koreys matbuoti hamda davriy arxiv hujjatlarida ayollarning bu jarayondagi ishtiroki kam yoritilgani bilan ajralib turadi. Asosiy ma'lumotlar harakat tashkilotlari matbuot xizmati tomonidan berilgan davriy matbuotda, siyosiy kurashchilar hamda xalq namoyishi rahbarlarining kundaliklarida, akademik va muqobil jurnallarda e'lon qilingan maqolalar, shuningdek, inson huquqlariga oid hujjatlarda berilgan nisbatan qisqa ko'rinishda berilgan. Bu ma'lumotlar, qisman, Koreya ayol ishchilar assotsiatsiyasi Birlashmasi va Koreya ayollar organizatsiyasi Birlashmasi tomonidan to'plangan va nashr qilingan. Bu qimmatli ma'lumotlar to'plami koreys ayollarining Koreya Respublikasida sog'lom demokratik muhit yaratilishida tutgan o'rnini tadqiq qilishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi.
XX asrning 70-yillarida ayollarning harakat guruhlari diktatura hukumati tomonidan to'ldirilgan va boshqarilgan; bu guruhlar ayollarning qonuniy, ijtimoiy va siyosiy huquqlarini cheklangan darajada himoya qilish hamda ayollarning siyosiy hayotdagi muammolarini ko'rib chiqish bilan shug'ullangan. Ular, shuningdek, qishloq va shahar joylarda ishchi ayollar kurashini qo'llab-quvvatash uchun yetarli miqyosda resurslar va imkoniyatga ega bo'lish darajasida tashkil qilinmagan ham edi. Oliy ma'lumotli o'rta sinf vakilalaridan iborat bu guruhlar ishchi ayollarning asosiy katta qismini o'z ichiga qamrab olmagan hamda qashshoq ayollarning muammo va qiziqishlarini ko'rib chiqishga qaratilmagan [3:792]. Ayollar ezilishining tizimli va madaniy manbalari bilan kurashga qaratilgan feminist tashkilotlar 80-yillarning boshida ayollarning yangi avlodi tomonidan tashkil etildi. Ular orasida Tenglik va Tinchlik uchun ayollar Assotsiatsiyasi (Women's Association for Equality and Peace), Demokratiya va opa-singillik uchun ayollar Assotsiatsiyasi (the Women's Association for Democracy and Sisterhood), Ayollar ishonch nuqtasi (the Women's Hot Line), Muqobil madaniyat (An Alternative Culture) kabilar bor edi.
80-yillarda ayollar ozodligi harakatining yangi bosqichga chiqishiga olib kelgan bir qator faktorlar mavjud bo'lgan. Birinchidan, ayollarning haq to'lanadigan ishga ko'proq jalb etilgani hamda ularning ish joylarida tobora ko'proq jinsiy tengsizlikka ko'proq duch kelishi natijasida, o'zlarining umumiy muammolaridan
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-791-796
xabardorligi ham oshib bordi; gender munosabatlarining asl mohiyatini tushunib yetishga yordam bera boshladi. Bundan tashqari, ayollarning yollanib ishlashi ularning jamoaviy qiziqishlarini qo'llab-quvvatlash uchun ayollarning boshqa bir guruhlarini tashkil qilish va harakatlantirish uchun zaruriy resurslarni talab qila boshladi [4:97].
Ikkinchidan, 80-yillar boshida global feminizmning keskin tarqalishi hamda BMT tomonidan "Ayollar o'n yilligi" deklaratsiyasi e'lon qilinganidan so'ng gender tengligiga tobora kuchli bosimning oshib borishi kuzatildi. Bu muhit Janubiy Koreyada ayollar masalasiga bag'ishlangan ko'plab xalqaro konferensiya va uchrashuvlar o'tkazilishiga olib kelib, bu jarayonlar koreys ayollarining feminizm muammolari va xalqaro feministlik harakatini tushunib yetishiga oib keldi. Ayollarning teng imkoniyatlarga bo'lgan talablari o'sib borishi bilan koreys hukumati ayollar mavqeini ko'tarish uchun milliy siyosatni o'rnatib, uning ichida Koreya ayollar rivojlanish instituti (Korean Women's Development Institute - Han'guk Yong Kaepalwon), ayollar siyosati bo'yicha Milliy qo'mita (The National Committee on Women's Policy), hamda ma'muriy boshqaruv strukturasida ayollar byurosini tashkil etdi.
Uchinchidan, 80-yillarning boshida shakllangan yangi ishchi va harakat tashkilotlarining bir qismi ayol ishchilarning o'ziga xosligini hisobga olmagan. Erkak ishchilar va faollar gender masalalariga kam urg'u berib, ayollar ularning erkakcha tartiblariga rioya qilishlarini kutishgan. Erkaklar dominant bo'lgan tashkilotlar ichida chetda qolib ketgan ayol faollar faqat o'zlari uchun va ularnigina qiziqtirgan masalalarni ko'rib chiqish hamda hal qilishni o'z oldiga qo'yuvchi alohida ayollar tashkilotlarini tashkil etish zaruriyatini anglab yetishgan edi.
1970-yillardan faol ishchilar erkaklar rahbarlik qiluvchi kasaba uyushmalari va umuman ishchi tashkilotlaridan alohida mustaqil ayollar tashkilotlari tuzilishida rag'batlantirila boshlandilar. Ular ba'zi faol do'stlarining turmushga chiqqanligi yoki farzand dunyoga keltirgandan so'ng yollanib ishlovchi ayolning qarshisida paydo bo'luvchi katta strukturaviy va madaniy to'siqlar oqibatida harakatni tark etishlariga guvoh bo'lar edilar. Eski ishchilar qatlami vakillari va nihoyat ayollarning maxsus masalalari bilan shug'ullanuvchi Koreya ayol ishchilar Assotsiatsiyasiga asos solishdi.
To'rtinchidan, 70-yillardagi yosh fabrika ayol ishchilarining azoblanishi va kurashi 80-yillarga kelib feministik harakatni sezilarli darajada shakllantirdi. Ularning jiddiy ishchilar qarshilik harakati va davlat tomonidan himoyachilarga qarshi bir xil tartibda zo'rlik ishlatilishi taraqqiyparvar o'rta sinf ayollari, radikal
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-791-796
cherkov a'zolari va boshqa ayol faollar o'rtasida adolatli tenglik va insonparvarlik konsernlariga asos solinishiga olib keldi [2:453]. Bu ayollar o'zlarining ishchi sinfiga mansub singillari olib borayotgan kurashning ildizlarini to'g'ridan-to'g'ri ochib berishgan hamda ularga g'oyaviy, moddiy va ularning jamoaviy kurashlarida tashkiliy zahiralar bilan ta'minlovchilariga aylandilar. Bu homiylarning ishchi ayollar sinfi kurashiga aralashuvi ularning ayollarning ko'plab jabr-zulm manbalarini va sinflararo munosabatlarda gender tengsizligini tushunib yetishlariga olib keldi. Qisqa qilib aytganda, 1970-yillardagi ishchi ayollarning faolligi ham o'rta sinf, ham ishchilar sinfiga mansub ayollarning gender munosabatlarini tushunishda rivojlanish davri bo'ldi.
XULOSA
XXI asrning uchinchi dekadasi boshlanayotgan bir davrda ham siyosiy huquqlar borasida gender tengligi uchun jiddiy kurashlar bo'lib o'tganiga qaramasdan, Koreya hamon bu masalada qator muammolarga ega bo'lib qolmoqda [5:769]. Biroq, ziyoli ayollar qatlamining ortib borishi, demokratik g'oyalarning aholi mentalitetiga ko'proq singgib borishi bilan davlat siyosiy hayotida ayollar o'rni va roli ahamiyati ham ko'proq anglanib, ularga belgilangan konstitutsion huquqlar tobora amaliyotda ko'rilishiga erishilmoqda. Bu jarayonning o'ziyoq XX asrning 70 - 80-yillarida bo'lib o'tgan kurashlarning natijasi deyish mumkin.
REFERENCES
1. Jong Lim Nam. Gender Politics in the Korean Transition to Democracy. Korean Studies, Volume 24. University of Hawaii Press, 2000.
2. Doowon Suh. Institutionalizing social movements: The Dual Strategy of the Korean Women's Movement. The Sociological Quarterly, Vol. 52, No. 3 (summer 2011), pp. 442471.
3. Nancy Abelmann. Narrating Selfhood and Personality in South Korea: Women and Social Mobility. Published by: Wiley on behalf of the American Anthropological Association. American Ethnologist, Vol. 24, No. 4 (Nov., 1997), pp. 786-812. URL: https://www.jstor.org/stable/646809
4. Jeong-Lim Nam. Reforming Economic Allocation in the Family: The Women's Movement and the Role of the State in South Korea. Women's Studies International Forum, 18, No. 2 (1995): pp. 113-123.
5. Woojin Chung, Monica Das Gupta. The Decline of Son Preference in South Korea: The Roles of Development and Public Policy. Population and Development Review Vol. 33, No. 4 (Dec., 2007), pp. 757-783.
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 796 www.ares.uz