Gaziyeva Sulxiya Saidmashrafovna,
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, doktorant
RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA RETSEPIENT VA DONOR MAMLAKATLARDA MEHNAT MIGRANTLARINI TARTIBGA SOLISH
УДК: 331.556.4 DOI: 10.34920/EIF/VOL_2022_ISSUE_7_4
GAZIYEVA S.S. RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA RETSEPIENT VA DONOR MAMLAKATLARDA MEHNAT MIGRANTLARINI TARTIBGA SOLISH
Ushbu maqolada retsepient va donor mamlakatlarda mehnat migratsiyasini raqamli texnologiyalar orqali tartibga solish tahlil qilingan. Unda Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan o4kazilgan so>ovnoma asosida qabul qiluvchi va jo'natuvchi mamlakatlarda mehnat migrantlari javoblari ko>ib chiqildi. Mehnat migratsiyasi jarayonlarini axborot texnologiyalari asosida tartibga solinishi - mehnat migrantlariga ko'plab qulayliklar olib kelishi jihatidan o>ganildi. Mobil ilovalar va platformalarning joriy qilinishi bepul ishga joylashish, foizsiz pul jo'natmalari va xarajatlarni tejashga xizmat qilishi tahlil qilindi.
Kalit so'zlar: mehnat migrantlari, Xalqaro mehnat tashkiloti, raqamli texnologiyalar, donor mamlakatlar, retsepient mamlakatlar, mobil ilova va platformalar, pul o4kazmalari.
ГАЗИЕВА С.С. РЕГУЛИРОВАНИЕ ТРУДОВЫХ МИГРАНТОВ В СТРАНАХ РЕЦИПИЕНТАХ И ДОНОРАХ В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВИЗАЦИИ
В статье анализируются регулирование трудовой миграции с помощью цифровых технологий в странах-реципиентах и в странах-донорах. На основе опроса, проведенной Международной организацией труда, были рассмотрены ответы трудовых мигрантов в принимающих и отправляющих странах. Процесс трудовой миграции изучался с точки зрения регулирования на основе информационных технологий, приносящих много удобств трудовым мигрантам. Проанализировано, что внедрение мобильных приложений и платформ может снизить расходы по обеспечению занятости, беспроцентные денежные переводы и экономию средств.
Ключевые слова: трудовые мигранты, Международная организация труда, цифровые технологии, страны-доноры, страны-реципиенты, мобильные приложения и платформы, денежные переводы.
GAZIEVA S.S. REGULATION OF LABOR MIGRANTS IN RECEIVING COUNTRIES AND DONORS IN THE CONDITIONS OF DIGITALIZATION
In the article is analyzed the regulation of labor migration implementing digital technologies in recipient and donor countries. Based on a questionnaire conducted by the International Labor Organization, the responses of labor migrants in receiving and sending countries were considered. The process of labor migration has been studied from the point of view of regulation based on information technology, which bringing many conveniences to labor migrants. It is analyzed that the introduction of mobile applications and platforms can to decries expenses for employment, a free money transfers and other savings.
Key words: labor migrants, International Labor Organization, digital technologies, donor countries, recipient countries, mobile applications and platforms, money transfers.
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 7(155)
Kirish.
Mehnat migratsiyasining oqilona tartibga solini-shi barqaror rivojlanish uchun muhim natijalarga olib kelishi hamda nafaqat donor, balki retsepient mam-lakatlar, shuningdek migrantlarning o'zlari uchun naf keltirishi muqarrar. Hozirgi raqamlashtirish sharoitida xalqaro mehnat migratsiyasini faqatgina ma'muriy asosda yoki an'anaviy shaklda tartibga solish yetarli emas. Raqamlashtirish jarayonlari mehnat migratsiyasini tartibga solishni Axborot kommunikatsion texnologoyalar (AKT) yordamida yanada yengillashti-rish hamda migratsiya jarayonlarida vositachi firma-larning ham ishtirokini faollashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi.
Yuqori maosh oluvchi yoki yuqori malakali migrantlar nisbatan kam qiyinchilik bilan xorijda mus-taqil ravishda ish topishlari mumkin. Ammo past malakali yoki kam ish haqi oluvchi ishchilarning taqdiri uchinchi tomon, ya'ni ishga yollovchi vositachi fir-malarga bog'liqdir1. Murakkab migratsiya jarayonlari va bo'sh ish o'rinlari haqidagi ma'lumotlarning yetishmasligi migrantlarning xorijda ish topishlari va ularning ko'chishlarini osonlashtirish uchun vositachi yollovchi agentliklar, brokerlar yoki kontrabandachilar tarmog'iga murojaat qilishlariga majbur qiladi. Ushbu agentliklar yoki mustaqil tashkil etilgan tarmoqlar turli ko rinishlarga, xususan, yakka shaxslardan tortib mahalliy korxonalargacha, ba'zan esa, mamlakatlarda faoliyat yuritadigan transmilliy kompaniyalar shakliga ega bo'ladilar. Til bilmaslik, mamlakatlarning immi-gratsiya siyosatidagi tafovutlar va bo'lajak migrantlar jamoalari bilan ilgari o'rnatilgan aloqalar ishga yol-lash agentliklarini ishchi kuchiga bo'lgan talab va tak-lifni muvofiqlashtirishda muhim rol o'ynashiga sabab bo ladi. Ammo shu o'rinda, bunday agentliklar va boshqa vositachilar migrantlarni doimo ham qonuniy yo'ldan borishlarini kafolatlamasligini ta'kidlash joiz.
Ilmiy muammoning qoyilishi.
Chegaralarni kesib o'tgan migrantlarni ish o'rinlariga moslashtirish amaliyoti ba'zi moliyaviy xarajatlarni keltirib chiqarishi muqarrar. Ammo moliyaviy ekspluatatsiya xavfi tufayli ko'plab mamlakat-
1 N. Muminov, O. Egamberdieva. MODERN ASPECTS OF HUMAN CAPITAL DEVELOPMENT AS A METHOD FOR IMPROVING THE LABOR MARKET OF UZBEKISTAN. УСТОЙЧИВОЕ РАЗВИТИЕ ЭКОНОМИКИ: МЕЖДУНАРОДНЫЕ И НАЦИОНАЛЬНЫЕ АСПЕКТЫ. Электронный сборник статей IV Международной научно-практической online-конференции. (Новополоцк, 26 ноября 2020 г.). P.237-240.
lardagi milliy qonunchilik ish beruvchilardan xorijiy migrantlarni yollash uchun malum miqdorda bel-gilangan xarajatlarini to'lashni talab qiladi. Xalqaro tashkilotlar, xususan, Jahon Bandlik Konfederatsiyasi, ish izlovchilardan ishga joylashtirish va u bilan bog'liq har qanday xizmatlar uchun to'g'ridan-to'g'ri yoki bil-vosita haq olinmasligi lozimligini ta'kidladi2. Xususan, Xalqaro Mehnat Tashkilotining (XMT) "Xususiy bandlik agentliklari to'g'risida"gi 1997-yilgi Konvensiya-sining 7-moddasida (№ 181) xususiy ishga yollash agentliklariga migrantlardan haq olishni ta'qiqlaydi3. Ushbu standart bo'yicha keng tarqalgan konsensusga qaramay, ishga yollash xarajatlari odatda bo'lajak migrantning zimmasiga tushadi va ko'pchilik malaka-siz mehnat migrantlari ishga joylanish uchun katta miqdorda to'lov yoki tegishli xarajatlarini amalga oshiradilar4.
Shu o'rinda o'zi mustaqil ravishda davlat ko'magisiz ish izlovchi, aniq borar joyi va aloqalari mavjud bo'lmagan potensial migrantlar qo'shimcha xarajatlar evaziga retsepient mamlakatga borib ish izlashlariga to'g'ri kelishini ta'kidlash joiz. Bu borada to'g'ridan-to'g'ri onlayn ishga joylashish imkoniyatlarini beruvchi bepul global platformalar muhim aha-miyatga ega.
Tadqiqot maqsadi. Raqamlashtirish sharoitida retsepient va donor mamlakatlarda mehnat migrantla-rini tartibga solish bo'yicha xorijiy mamlakatlarning tajribasini tadqiq etgan holda mehnat migrantlarini raqamli vositalar asosida tartibga solishga doir ilmiy tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot metodlari. Maqola so'rovnoma asosida tahlil qilinib yozilgan. Maqolada so'nggi tadqiqot nashrlari tahlili berilgan. Tadqiqot metodologiyasida tizimli yondashuv, kuzatish, taqqoslash, mavhumlasht-irish, ideallashtirish va guruhlash usullari qo'llanilgan.
Ilmiy mohiyati. Raqamlashtirish sharoitida retsepient va donor mamlakatlarda mehnat migrantlarini tartibga solish bo'yicha xorijiy mamlakatlari tajri-
2 WEC. n.d. "World Employment Confederation-Code of Conduct." World Employment Confederation. n.d. https://wecglobal.org/ world-employment-confederation-global/ code-of-conduct-2/.
3 n.d. Convention C181 - Private Employment Agencies Convention, 1997 (No. 181). https:// www.ilo.org/dyn/normlex/en/f?p=NO RMLEXPUB:12100:0::NO::P12100_ILO_ CODE:C181.
4 Alvari, Hamidreza, Paulo Shakarian, and J. E. Kelly Snyder. 2017. "Semi-Supervised Learning for Detecting Human Trafficking." Security Informatics 6 (1). https:// doi.org/10.1186/ s13388-017-0029-8.
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 7(155)
1-jadval. Tanlab olingan mamlakatlarda AKT, tarmoq va boshqaruv ko'rsatkichlari1
AKT indikatorlari
basidan foydalangan holda taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
XMT tomonidan 2O21-yilda mehnat migrantlar-ining faoliyati davomida raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini o>ganish maqsadida tadq-iqot olib borildi. Tadqiqotda retsepient mamlakatlar sifatida Gonkong, Malayziya, Quvayt va donor mamlakatlar sifatida esa Nepal, Shri-Lanka va Filippin tan-lab olindi. Ushbu mamlakatlarning potensial, joriy va qaytib kelgan migrantlari so>ov qilindi.
SoVovnoma natijalariga ko'ra, retsepient mamlakatlar aholisi donor mamlakatlar aholisiga nisbatan internetdan ikki baravar miqdorda ko'proq foydalan-ishini, biroq, barcha mamlakatlar aholisining 9O %dan ortig'i mobil uyali aloqa tarmog'i bilan qamrab olin-ganini, har 1OO kishiga 1OO dan ortiq uyali aloqa obu-nasi to'g'ri kelishini, bu esa, mobil telefonga kirish to'yinganlik nuqtasiga yetganini bildiradi. Albatta, bu borada yirik shaharlardagi har bir migrantga birdan ortiq uyali aloqa to'g'ri kelishini, qishloq joylaridagi migrantlarning esa, mobil telefondan foydalanish imkoniyatlari cheklanganligini ta'kidlash joiz.
Asosiy tahlil va natijalar. AQShning AgHelp bepul mobil veb-platformasi mamlakatda ish beruvchilar, migrant fermerlar va migrantlarni qo'llab-quvvatlash agentliklarini bevosita bog'lash orqali agrar sohada
ishchi kuchi yetishmasligi muammosini hal qilishga va migrantlar uchun ta'lim dasturlari, immigratsiya, yuridik va kasbga o'qitish dasturlari kabi qo'llab-quvvatlovchi xizmatlarni taklif qiladi2. Uy mehnatida band boladigan migrantlar uchun xususiy professional ishga qabul qiluvchi Malayziyaning Pink Collar mobil platformasi esa, uy ishlariga donor mamlakat-lardan kelgan ayollarni ishga olmoqchi bolgan ish beruvchilar bilan bevosita boglashga xizmat qiladi. Bugungi kunga qadar ushbu platforma migrantlarni ishga qabul qilish bilan bog'liq taxminan 18 000 AQSh dollari miqdoridagi mablag'ni tejab qoldi3. Gonkongning HelperChoice bepul platformasi ham migrantlarga ish topish imkonini beradi va u hozirga qadar 50 000 dan ortiq kishini ishga yollashga yor-dam bergan, natijada 60 million yevrodan ortiq noqonuniy ishga joylashtirish to'lovlari tejalgan.
Shu o>inda bunday elektron vositachi platforma va ilovalarga ayniqsa donor mamlakatlarning o'zida
1 Use of digital technology in the recruitment of migrant workers / International Labour Organization, Fundamental Principles and Rights at Work Branch (FUNDAMENTALS), Geneva: ILO, 2021.
2 Flore, Massimo. 2018. "How Blockchain-Based Technology Is Disrupting Migrants' Remittances: A Preliminary Assessment." https://publications.jrc. ec.europa.eu/ repository/bitstream/JRC113484/how_ blockchain_is_disrupting_migrants_ remittances_online. pdf.
3 BestMediaInfo Bureau. 2021. "Malaysia-Based Instapay Technologies Drove Financial Inclusion for Migrant Workers through Digital Marketing with Help from Hiveminds," 2021. https://bestmediainfo. com/2021/01/malaysia-based-instapay- technologies-drove-financial-inclusion- for-migrant-workers-through-digital- marketing-with-help-from-hiveminds/.
2-jadval (a
Ish qidirishda onlayn manbalardan foydalanish (%): (a) ijtimoiy tarmoqlar1
Mamlakatlar FFacebook Twitter Instagram WhatsApp WeChat Viber
Nepal - Quvayt 40.7 0 0 11.1 0 0
Nepal - Malayziya 44.6 1.8 3.6 10.7 3.6 7.1
Filippin - Gonkong 24.2 0 0 8.1 0 0
Filippin - Malayziya 30.6 2 0 24.1 0 2
Shri-Lanka - Gonkong 1.9 1.9 1.9 7.5 0 0
Shri-Lanka - Quvayt 16.7 0 0 16.7 0 16.7
Shri-Lanka - Malayziya 12.5 4.2 8.3 8.3 0 4.2
Umumiy 22.1 1.2 1.6 7.2 0.6 2.5
3- jadval (b). Ish qidirishda onlayn manbalardan foydalanish: (b) boshqa2
Mamlakatlar Onlayn manbalar yo'q Ishga qabul qilish bo'yicha maslahatchi Onlayn ish portallari Ishga qabul qilish agentligi veb-sayti Boshqa
Nepal - Gonkong 0 2.3 0 2.3 0
Nepal - Quvayt 18.5 0 7.4 11.1 3.7
Nepal - Malayziya 19.6 1.8 16.1 23.2 1.8
Filippin - Gonkong 6.5 14.5 41.9 17.7 1.6
Filippin - Malayziya 10.2 26.5 38.8 26.5 2
Shri-Lanka - Gonkong 5.7 1.9 3.8 1.9 0
Shri-Lanka - Quvayt 0 0 16.7 16.7 0
Shri-Lanka - Malayziya 12.5 8.3 20.8 20.8 20.8
Umumiy 9.7 8.4 19.9 15 2.8
ham talab yuqori ekanligini ta'kidlash joiz. Xususan, Osiyoda keng tarqalgan bunday AKTga BongPheak Kambodja - onlayn bepul innovatsion bandlik xiz-matini misol qilish mumkin3. Platformada ish beru-vchilar mavjud xodimlarning og'zaki murojaatlari asosida unga qo'shiladigan yo'llanma tizimidan foydalanadi. Shuningdek, WorkAbroad. ph Filippin vebsayti va Nepalning Baideshik Rojgar platformalari ham potensial filippinlik migrantlar uchun retsepient mamlakatdagi ish o'rinlari va ishga joylashish imkoni-yatlarini taklif qiluvchi ma'lumotlar bazasiga ega bo'lib, vebsayt qabul qiluvchi mamlakatdagi vakant
1 Use of digital technology in the recruitment of migrant workers//International Labour Organization, Fundamental Principles and Rights at Work Branch (FUNDAMENTALS), Geneva: ILO, 2021.
2 Use of digital technology in the recruitment of migrant workers / International Labour Organization, Fundamental Principles and Rights at Work Branch (FUNDAMENTALS), Geneva: ILO, 2021.
3 2020b. "Recruitment Fees and Related Costs: What Migrant Workers from Cambodia, the Lao People's Democratic Republic, and Myanmar Pay to Work
in Thailand." https://www.ilo.org/wcmsp5/ groups/ public/---asia/---ro-bangkok/ documents/publication/ wcms_740400.pdf
ish joyining hamda ishga qabul qilish agentligi lit-senziyasining haqiqiyligini tekshirish imkoniyatlarini beradi4. Shu bilan birga, Filippindagi xususiy vositachi firma tomonidan ishlab chiqilgan Rensol Recruitment platformasi esa, og'ir sanoat, neft, tabiiy gaz, qurilish va ishlab chiqarish kabi qator sohalarda migrantlarni xorijda ishlash manbalari bilan ta'minlash va ularni ishga olish jarayonini onlayn testlar va psixometrik baholash orqali osonlashtirish bilan shug'ullanadi.
Tadqiqotlar migrantlar eng ko'p foydalanadigan onlayn manbalar bu- Facebook elektron ish portal-lari va ishga qabul qilish agentliklarining veb-saytlari bo'lib, masalan nepallik migrantlar Facebook, Viber va WhatsAppdan, filippinlik migrantlar esa faqat Facebook va WhatsAppdan foydalanishda faol ekanligini ko'rsatadi.
Shuningdek, vositachi agentliklarni tanlashda migrantlarning 45%-zi do'stlari va tanishlari, 14%i oila a'zolari va 16%igina internetga murojaat qilishla-rini ma'lum qildi. Shu bilan birga respondentlarning atigi 20 %-zi ish qidirishda onlayn portallardan, 15%-
4 Government of Nepal. 2020. "Nepal Labor Migration Report." https://moless.gov.np/ wp-content/ upíoads/2020/03/Migration- Report-2020-English.pdf.
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 7(155)
zi esa ishga qabul qilish agentligi veb-saytlaridan foydalanishlari malum bo'lgan.
Shri-Lankada asosiy ma'lumot beruvchilar va fokus-guruh ishtirokchilari o'zlarining mobil tele-fonlarini ijtimoiy maqsadlarda, lekin kamdan-kam hollarda ish topish uchun foydalanishlari ma'lum bo'lgan. Uning o'rniga, ishtirokchilar do'stlari, oil-alari va qaytib kelgan ishchilardan ma'lumot yoki tavsiyanomalarni izlashni ta'kidlaganlar. Boshqa so'rov ishtirokchilari ma'lumot olish uchun radio-stansiyalarni tinglashlarini ma'lum qiladilar.
Mehnat migrantlari uchun retsepient mamlakat-dagi mehnat sharoitlari, mehnat shartnomasi shart-lari, tegishli mehnat qonunchiligini, urf-odatlar va madaniyat, ijtimoiy himoya imtiyozlari va moliyaviy menejment ko'nikmalarini o'z ichiga olgan keng doi-radagi ma'lumotlar zarur. Migratsiyaga doir zarur ma'lumotlar bilan ta'minlash odam ekspluatatsiya-sining oldini olishga yordam beradi va himoyasiz mehnat migrantlariga o'z huquqlarini himoya qilish imkoniyatini beradi. AKT transport imkoniyat-lari, xarajatlar va umumiy xavfsizlik ma'lumotlari kabi jo'nashdan oldingi ishlarni rejalashtirish imko-nini beradi. Bu borada mehnat migrantlariga mos-lashtirilgan ma'lumotlarni taqdim etish uchun AKTdan innovatsion foydalanishga oid bir qancha misol-larni keltirib o'tsak.
Xususan, 2017-yilda XMT tomonidan ishlab chiq-ilgan va ishga tushirilgan MigApp mobil ilovasi pul o'tkazmalari, viza qoidalari, sog'liqni saqlash imkoni-yatlarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo'lib, u hozirgi kunda ingliz, arab, fransuz, ispan, xitoy, ital-yan, rus va portugal tillarida mavjud. Mazkur tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan Migrants as Messengers esa, 2017-2019-yillar G'arbiy Afrika yoshlariga raqa-mli texnologiyalardan foydalanish orqali migratsiya bo'yicha qaror qabul qilishda katta yordam berdi. Dastlab, Senegal, Gvineya va Nigeriyaga qaytib kelgan migrantlar orasida sinovdan o'tgan ushbu mes-senjer keyinchalik platformaga aylantirildi. Bunday mehnat migrantlari uchun ma'lumot beruvchi AKT yechimlarini bevosita Osiyoning donor mamlakat-lari misolida Osiyodagi AKT yechimlarini ham ko'rish mumkin. Xususan, MXT tomonidan Bangladeshdagi eng yirik ish o'rinlari sayti bo'lgan BDjobs bilan ham-korlikda 2020-yilda ishga tushirilgan mobil telefon ilovasi va axborot platformasi bo'lmish BdeshJaatra Bangladesh migrantlarga qulay axborot xizmatlarini taqdim etish uchun ishlab chiqilgan. Ilovada poten-sial migrantlar, amaldagi migrantlar va qaytib kelgan
migrantlar uchun pul o'tkazmalarini boshqarish, tib-biy xizmatlar va yuridik xizmatlar kabi ma'lumotlar mavjud. 2018-yilda ishga tushirilgan Miss Migratsiya Myanmar Facebook chatboti esa, odam savdosiga qarshi mintaqaviy kompaniya doirasida AQSH ID ko'magida XMT tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, u axborot so'rovlarini qayta ishlash va foydalanu-vchilarga migratsiya bo'yicha ongli qarorlar qabul qilishda yordam berish uchun hukumat veb-saytlar-idagi rasmiy migratsiya ma'lumotlariga yo'naltirish bilan shug'ullanadi. Mahalliy darajadagi bunday AKT yechimlariga misol sifatida bevosita donor mam-lakat bo'lmish Nepal Shuvayatra mobil ilovasi bo'lib, u xorijda ishlaydigan nepallik mehnat migrantlari uchun moliyaviy ma'lumotlar, migratsiya bilan bog'liq hukumat qoidalari va tartiblaridagi o'zgarishlar, chet eldagi Nepal elchixonalari tomonidan taqdim etiladi-gan xizmatlar, migratsiya bilan bog'liq tashkilotlar uchun aloqa ma'lumotlarini o'z ichiga oladi1.
Bunday imkoniyatlar retsepient mamlakat-lar tomonidan ham yaratilgan bo'lib, FDH Portal Gonkongga muhojirlar ishlash uchun kelishdan oldin o'z huquqlari va imtiyozlarini tushunishga yordam beradigan bir martali onlayn 10 ta tilda mavjud bo'lgan platforma bo'lib, unda keng ko'lamli uy-joy ma'lumotlariga qo'shimcha ravishda ish beru-vchilar tog'risidagi so'rovlar va shikoyatlar qilish imkoniyatlari ham bor. Shuningdek, MiTA (Migration Translation Application) - Migratsiya tarjimasi ilovasi yirik retsepient markaz bo'lmish G'arbiy Bolqondagi migratsiya boshqaruvi xodimlariga migrantlar bilan dastlabki muloqotda oldindan yozib olingan savol-larni 12 tilda qilish xizmatidan foydalanish imkonini beradi.
Mehnat migrantlari ko'pincha viza arizalari va ishlashga ruxsat berish tartib-qoidalari kabi hujjat-lar va ma'lumotlarni onlayn to'plashda asosan vosi-tachi firmalarga ishonadilar va natijada bu sohada nodavlat notijorat tashkilotlari yoki fuqarolik jamiyati yordamiga katta ehtiyoj sezmaydilar. Shuningdek respondentlarning ko'pchiligini rekruting agent-liklarining litsenziyalariga ega ekanliklarini aniqlash qiyin ekanligini ta'kidlaganlar. Shu bois ham rekrut-ing agentliklarining ma'lumotlarini tasdiqlash aynan ijtimoiy tarmoqlarning afzalligini belgilab beradi.
1 2020a. "Impact of COVID-19 on Nepali Migrant Workers: Protecting Nepali Migrant Workers during the Health and Economic Crisis." https://www.ilo.org/ wcmsp5/groups/public/---asia/---ro- bangkok/---ilo-kathmandu/documents/ briefingnote/wcms_748917. pdf.
1-rasm. Donor mamlakatlar pul otkazmalari hajmi va YaIMdagi ulushi %da1.
Qabul qilingan jami pul o'tkazmalari (2019) mlrtlAQSH do llar i
35,2
8.1
6,7
Nepal Filippin Shrilanka
Bu borada Meksika/AQSH Contratados platformasi migrantlarning anonim ravishda ishga yollovchilar va ish beruvchilar to'g'risidagi fikrlarini onlayn joylashti-rishlari va ommaga elon qilish, ularning tajribalari haqida sifatli ma'lumot almashish imkoniyatlarini yaratadi.
Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (XTK) tomonidan ishlab chiqilgan 7 ta tildagi Recruitment Advisor global ishga qabul qilish platformasida Nepal, Filippin, Shri-Lanka, Indoneziya va Keniyadagi kabi 13 ta mamlakatdagi minglab agentliklar haqi-dagi sharhlar va fidbeklar (ularning isklari) mavjud. Bunga Indoneziyaning Pantau PJTKI platformasi ham misol bola oladi.
Yuqorida ta'kidlanganidek migrantlarni ish topish-larida vositachi rekruting agentliklarining qonuniy va samarali faoliyati muhim ahamiyatga ega bolib, ularning faoliyatini baholashda inson omilining aral-ashmasligi va xolis baho va ularni baholash uchun yaratilgan keng imkoniyatlar noqonuniy mehnat migratsiyasi va "odam savdosi" kabi mudhish oqi-batlarni oldini olishga xizmat qiladi.
Efiopiya Mehnat va ijtimoiy ishlar vazirligi tomonidan XMT bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan SIRA App ilovasi qaytib kelgan mehnat migrantlarini past malakali kasblardagi ishlarni taklif qiluvchi ish beruvchilar bilan bog'laydi. Pandemiya sharoitida og'ir ahvolda qolgan hind migrantlari ham, Hindiston-
1 World Bank. n.d. "Personal Remittances, Received (% of GDP) - Nepal, Sri Lanka, Philippines." n.d. https:// data.worldbank.org/indicator/ BX.TRF. PWKR. DT.G D. ZS?locations=NP- LK-PH.
Pul о ' tka/nui lu ri YaIM ga iiisbataii % (2019)
■ Nepal ■ Filippin ■ Shrilanka
ning ichki migrantlari ham o4z yurtlariga qaytish-lariga to'g'ri keldi. Ushbu jarayonni yumshatish uchun Hindistonda bir-nechta raqamli platformalar ishlab chiqildi. Xususan, 2020-yilda ishga tushirilgan Good Worker platformasi qaytgan millionlab "ko4k yoqali" va norasmiy 1 milliondan ortiq hind mehnat migrantlarini bir necha oy ichida ish bilan ta'minladi. SWADES ma'lumotlar bazasi COVID-19 sharoitida xorijdan uyiga qaytayotgan hindistonlik mehnat migrantlarining malakasini aniqlash, ularni malaka xaritasini o'tkazish va ishchilar ma'lumotlar bazasini yaratish orqali ishga joylashishni qo'llab-quwatlash bilan shug'ullanmoqda. Karma-Setu mobil ilovasi esa, butun Hindiston bo'ylab ish bilan bandligi COVID-19 tufayli to'xtatilgan millionlab norasmiy mehnat migrantlari uchun ish topish imkoniyatlaridan foy-dalanishni osonlashtirishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek tadqiqotlardan qabul qiluvchi mam-lakatga kelgandan so'ng, immigrantlar ish bilan bog'liq cheklovlar tufayli o'z qurilmalari/internetiga kirish imkoni kam ekanligini ma'lum bo'lgan.
Shu o>inda xususiy ishga yollash agentliklari uchun majburiy litsenziyalash tizimlariga ega bo'lgan mamlakatlar (XMT 5-tamoyil) Internet yoki raqamli portallar orqali mavjud bo'lgan litsenziyalangan ishga qabul qilish agentliklarining ommaviy reestrlarini yaratish orqali raqamli texnologiyalardan foydalan-ishlari mumkin2. Muntazam ravishda yangilanib turi-
2 ILO Global - Estimates on International Migrant Workers."-2018 https://www.ilo.org/wcmsp5/groups/
public/---dgreports/---dcomm/--publ/documents/ publication/wcms_652001.pdf.
ИК.ТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 7(155)
4-jadval. Migratsiya yolagi bo'yicha qurilmalardan kunlik foydalanish, %1
pSmartfon Planshet PK Oddiy telefon
Nepal - Gonkong 97.7 б.8 2.3 2.3
Nepal - Quvayt 100.0 7.4 11.1 11.1
Nepal - Malayziya 94.б 3.б 8.9 8.9
Filippin - Gonkong 93.5 11.3 12.9 4
Filippin - Malayziya 93.9 12.2 4.1 8.2
Shri-Lanka - Gonkong 92.9 17.0 7.5 7.5
Shri-Lanka - Quvayt бб.7 0 33.3 1б.7
Shri-Lanka - Malayziya 83.3 50 8.3 8.3
Umumiy 93.5 12.8 8.4 8.7
ladigan reestr bo'lajak migrantlarga o'zlari qiziqqan agentlik haqida batafsil ma'lumot olishlariga ko'mak beradi.
Ma'lumki mehnat migratsiyasi jarayonin-ing muhim bir bosqichi, bu migrantlarning pul o'tkazmalari hisoblanadi.
Bu borada elektron tizimlar ish haqini to'lashda shaffoflikni ta'minlaydi, shu bilan birga raqamli hamyon yoki bank hisobvarag'i kabilar dalillarni taqdim etishga yordam beradi. Raqamli to'lov usullari ish haqini to'lanmaslik ehtimolini kamaytiradi va eng kam ish haqi standartlariga jiddiy rioya qilishga yordam beradi. Bundan tashqari, ish beruvchilar va vosi-tachi agentlar o'rtasida tegishli xarajatlar to'lovlarini tekshirish adolatli ishga qabul qilish samaradorlig-ini baholashda ob'yektiv va kengaytiriladigan usul hisoblanadi2. Bu yo'nalishda ham mehnat migrant-larini pul o'tkazmalari va moliyaviy savodxonligini qo'llab-quvvatlovchi global ilovalar va platformalar ham yo'lga qo'yilgan.
Jahon bankining 5 ta tildagi PickRemit ilo-vasi migrantlarga turli o'tkazuvchilarni taqqoslash orqali o'z oilalariga pul jo'natishda eng optimal xizmatlarni tanlashga yordam beradi. PickRemit valyuta kurslari, xizmat to'lovlari, uzatish tezligi, xizmat ko'rsatuvchi provayder va tranzaksiya turi kabi tegishli ma'lumotlar nuqtalari haqida batafsil ma'lumotga ega. Bunday ilovalarga nafaqat global, balki mintaqaviy ilovalarni ham misol qilish mumkin.
1 Use of digital technology in the recruitment of migrant workers / International Labour Organization, Fundamental Principles and Rights at Work Branch (FUNDAMENTALS), Geneva: ILO, 2021.
2 Verite. 2020. "Ethical Recruitment Remains Elusive in Global Supply Chains: Learnings From Verite's Remote CUMULUS Forced Labor ScreenTM Platform." 2020.
https://www. verite.org/ethical-recruitment-learnings-from-cumulus/.
Foydalanuvchilarga pul o'tkazmalari narxlari va xiz-matlarini yirik ASEAN yo'laklarida solishtirish imko-nini beruvchi SaverAsia veb sayti mobil hamyonlar kabi turli moliyaviy xizmatlar haqida ma'lumot beradi va byudjet va qo'shimcha ish soatlari uchun ish haqi kalkulyatori kabi xususiyatlarni o'z ichiga oladi.
Dubayda tashkil etilgan Rise raqamli platformasi esa, Fors ko'rfazi mintaqasidagi migrantlar va uy ishchilarini moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar, shun-ingdek, o'quv materiallari bilan ta'minlaydi3. Plat-forma mahsulotlar, jumladan, minimal balans yoki ish haqi bo'lmagan bank hisobi, pul o'tkazmalari xizmat-lari va sug'urta mahsulotlarini taklif etish bilan birga, moliyaviy savodxonlik, rejalashtirish va hisob ochish kabi mavzularda mijozlar bilan muloqot qilish uchun chatbotdan (electron moslamadan) foydalanadi.
Xalqaro pul o'tkazmalari xizmatlarini taklif etuv-chi 10 ta tildagi Instapay eWallet Malayziya dasturi foydalanuvchilarga raqamli to'lovlarni jo'natishlari va qabul qilishlari, bankomatlardan naqd pul yechib olishlari va mobil telefonlarni qayta yuklashlarni xarid qilishlari imkoniyatlarini yaratsa, onlayn ta'lim mod-ullarini ishlab chiquvchi Uplifters Gonkong mobil telefon platformasi moliyaviy menejment va kas-biy ko'nikmalar bo'yicha bepul kurslar tashkil etadi. 2018-yildan buyon 3200 dan ortiq talabalar plat-forma orqali o'qishga qabul qilindi va ularning 51 %ini tugatdi.
Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, migrantlar ora-sida aynan mobil aloqadan foydalanish keng tarqal-gan bo'lib, xususan, nepallik va filippinlik migrantlar orasida telefonlardan foydalanish ko'rsatkichi eng
3 Segall, David, and Sarah Labowitz. 2017. "Making Workers Pay: Recruitment of the Migrant Labor Force in the Gulf Construction Industry." https: //globalinitiative. net /wp - content/uploads/2018/01/ Making-Workers-Pay.-Recruitment-of- the-Migrant-Labor-Force-in-the-Gulf- Construction-Industry.pdf.
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 7(155)
5-jadval. Yolakda migratsiya jarayonlari boyicha axborot olish uchun raqamli texnologiyalardan
foydalanmaslik sabablari1
Qaysi manbalarga murojaat qilishni bilmayman. Boshqa manbalar ishonchliroq deb o'yladim. Mening tarmoq/ texnologiyaga kirishim cheklangan. Men biladigan tilda hech qanday ma'lumot yo'q. Men undan foy-dalanmaslikni afzal ko'raman. Menga kerak emas. Men undan qan-day foydalanishni bilmayman. Men bunga qodir emasman. Boshqa sabablar
Nepal - Gonkong 54.5% 81.8% 38.6% 13.6% 0.0% 2.3% 2.3% 11.4% 6.8%
Nepal - Quvayt 18.5% 0.0% 29.6% 0.0% 0.0% 0.0% 22.2% 18.5% 0.0%
Nepal - Ma-layziya 17.9% 16.1% 19.6% 0.0% 1.8% 0.0% 8.9% 5.4% 12.5%
Filippin -Gonkong 24.2% 25.8% 14.5% 0.0% 1.6% 3.2% 1.6% 0.0% 3.2%
Filippin - Ma-layziya 18.4% 12.2% 14.3% 2.0% 4.1% 0.0% 10.2% 0.0% 12.2%
Shri-Lanka -Gonkong 49.1% 56.6% 20.8% 0.0% 11.3% 3.8% 1.9% 0.0% 1.9%
Shri-Lanka - Quvayt 33.3% 0.0% 0.0% 0.0% 0.0% 0.0% 16.7% 0.0% 16.7%
Shri-Lanka - Ma-layziya 33.3% 33.3% 0.0% 4.2% 8.3% 0.0% 0.0% 0.0% 0.0%
Umumiy 30.8% 32.7% 19.6% 2.5% 3.7% 1.6% 6.2% 4.0% 6.2%
kamida 94 %ni, Quvaytga va Malayziyaga ketayotgan migrantlar orasida 66,7 % va 83,3 %ni tashkil qiladi.
Shu o>inda o'tkazilgan tadqiqotlar AKTdan, xususan smartfonlardan har kuni ham foydalana olmaydigan migrantlar ulushi nepalliklar orasida 2 % ni tashkil qilsa, filippinliklar va shrilankaliklar orasida 15 foizni tashkil etdi2. Smartfonga ega bo'lmagan respondentlar buning sababini turlicha izohlab, xususan ularning atigi 1,6%zi sotib olishga qodir emas-ligini malum qilgan.
Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, Nepaldan respon-dentlarning 30%zi qaysi manbalarga murojaat qil-ishni bilmaganliklari uchun AKT dan foydalan-masliklari malum bo'lgan. Xususan, bunday holat ayniqsa Nepal va Shri Lankadan Gonkonga hamda Shri Lankadan Quvayt va Malayziyaga borib ish-lovchilar orasida nisbatan keng tarqalgan. Aynan mazkur yo'nalishda harakatlanuvchi migrantlar
1 Use of digital technology in the recruitment of migrant workers / International Labour Organization, Fundamental Principles and Rights at Work Branch (FUNDAMENTALS), Geneva: ILO, 2021.
2 O'sha manba.
onlayndan boshqa manbalarni ishonchliroq deb hiso-blashlari ma'lum bo'lgan.
Masalaning e'tiborli tomoni shundaki, AKT dan foydalanishni afzal ko'rmaydigan respondentlarn-ing ulushi atigi 3,7%-ni, o'z ona tilida migratsiya bilan bog'liq AKT topa olmagan respondentlarning esa ulushi 2,5%-ni, bu borada AKT-ga zarurat sez-maydigan migrantlar ulushi esa 1,6%-ni, undan foydalanishni bilmaydiganlar esa, 6,2%-ni tashkil qiladi. Mazkur holat mehnat migratsiyasi jarayonlariga AKT-ning qanchalik kirib borganini va uni kelajakda joriy qilish imkoniyatlari keng ekanligini ko'rsatadi.
Ishga qabul qilishni, xususan, mehnat migratsiyasini osonlashtirish uchun ilovalar turi va AKTni qo'llash ko'lami mamlakatlar o'rtasida va ular ichida mavjud bo'lgan differencial texnologik va raqamli infratuzilmalar tomonidan ma'lum qilinadi va vositachilik qiladi. Yuqori daromadli mamlakatlarning xizmatlarni elektron boshqaruv orqali amalga oshirish ehtimoli yuqori bo'lib, ular yangi texnologik ishlanmalarni o'zlashtirishni qo'llab-quvvatlash uchun nisbatan ko'proq imkoniyatlarga ega.
Raqamli texnologiya migratsiya bilan bog'liq ma'lumotlarni almashish va qayta ishlashni optimal-
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 7(155)
2-rasm. Migratsiya yo'lagi bo'ylab migratsiya jarayonlari haqida ma'lumot to'plash uchun raqamli
texnologiyalardan foydalanish (%da)\
lashtirishning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi va ba'zi hollarda turli axborot tizimlarining funksionalligi va ko'p qirraliligini oshirishi mumkin. Darhaqiqat, xalqaro migrantlarning texnologiyadan foydalanish-iga donor mamlakatlarda AKTning tarqalishi va ish-latilishi katta ta'sir ko'rsatadi. Quyi daromadli mam-lakatlardan yuqori daromadli mamlakatlarga ko'chib o'tishda mehnat migrantlari ko'p hollarda umumiy raqamli ulanish va telekommunikatsiya infratuzilmasi darajasida sezilarli o'zgarishlarni boshdan kechiradi-lar. Biroq, mehnat migrantlari (ayniqsa, past malaka-lilar) ushbu yaxshilanishdan to'liq foydalanish uchun retsepient mamlakatning qolgan aholisi kabi raqamli ko'nikmalarga ega bo'lmasligi, yoki bu borada til va mazmun jihatidan qiyinchiliklarga uchrashi mumkin.
Tadqiqotlarning ko rsatishicha, migratsiya yo'lagi bo'ylab migratsiya jarayonlari haqida ma'lumot to'plashda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko'rsatkichi bo'yicha Gonkong va Malayziyaga ketayotgan filippinlik migrantlar 67% ni, ushbu ko'rsatkich bo'yicha nepallik migrantlar esa 42% ni tashkil etdilar.
Xulosa va takliflar. Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash kerakki, mobil telefonlarning keng tarqa-lganligi va internetga ulanishning yuqori darajasi mehnat migrantlari uchun mavjud bo'lgan onlayn ma'lumotlar va xizmatlarning ommaviylashishiga yordam bermoqda. AKTga asoslangan yechimlar migrantlarning shaxsiy va iqtisodiy imkoniyatlarini turli yo'nalishlarda kengaytirish uchun yangi yo'llarni yaratmoqda. So'nggi yillarda turli ishlab chiquvchilar va operatsion tashkilotlar, jumladan xususiy sektor,
1 Use of digital technology in the recruitment of migrant workers / International Labour Organization, Fundamental Principles and Rights at Work Branch (FUNDAMENTALS), Geneva: ILO, 2021.
NNT yakuniy benefitsiar sifatida migrantlar uchun mo'ljallangan o'nlab ilovalar va platformalar dunyo miqyosida ishga tushirildi.
Migrantlar mobil telefonlardan keng foydalanish va ulardan turli maqsadlarda, lekin birinchi navbatda ijtimoiy o'zaro ta'sirlarni yengillashtirish uchun foydalanishlari ma'lum bo'lmoqda. Migrant ishchilar onlayn manbalardan ko'ra oilasi, do'stlari va ishga yollash agentliklariga ko'proq ishonishlari, ular ish qidirishda onlayn manbalar ichida Facebook eng ko'p foydalaniladigan platforma ekanligi, ko'pgina mehnat migrantlari migratsiya bilan bog'liq onlayn axborot manbalaridan bexabar ekanligi, respondentlar ishga qabul qilish agentligini tanlashda do'stlar va oila a'zolarining fikri muhim ekanligi ma'lum bo'ldi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagi-larni tavsiya etish mumkin.
• mehnat migratsiyasi jarayonlarini samarali tartibga solishda donor va retsepient mamlakatlarda mavjud onlayn qo'llab-quvvatlash vositalari va raqamli platformalarni ma'lumot tarqatish va targ'ib qilishni faollashtirish, mehnat migrantlari hamjami-yatlari o'rtasida an'anaviy oflayn aloqa mexanizmla-rini qo'llab-quvvatlovchi xizmatlar, xususan, ijtimoiy media va moslashtirilgan kontent orqali xabardorlikni oshirish uchun AKTdan foydalanishni kengaytirish;
• mehnat migrantlarini raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishga o'qitish: platformalar va mobil ilovalar orqali mehnat migrantlari o'zlariga kerakli bo'lgan xizmatlardan foydlana olishlariga ko'maklashish;
• pul o'tkazmalarini foizsiz mobil ilovadagi maxsus migratsiya dasturlari orqali jo'natilishi;
• migrantlar uchun ta'lim dasturlari, immi-gratsiya, yuridik va kasbga o'qitish dasturlari kabi
ИК.ТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2022, 7(155)
qo'llab-quvvatlovchi xizmatlarni taklif qiladigan mobil ilovalarni yaratish;
• mehnat migrantlari bilan bevosita ish beru-vchilarni bog'laydigan mobil ilovalar yaratish;
• migrantlar uchun retsepient mamlakatdagi ish o'rinlari va ishga joylashish imkoniyatlarini taklif qiluvchi ma'lumotlar bazasi vebsayti va qabul qilu-vchi mamlakatdagi vakant ish joyining hamda ishga qabul qilish agentligi litsenziyasining haqiqiyligini tekshirish imkoniyatlari taqdim qilinadigan ilovalar yaratish;
• mehnat migrantlarini ishga yollashda onlayn testlar va psixometrik baholash orqali osonlashtira-digan mobil ilova va platformalar yaratish.
• O'zbekiston mehnat muhojirlarining jahon miqyosida salmoqli ulushga ega ekanligini ino-batga olib, pul o'tkazmalari, viza qoidalari, sog'liqni saqlash imkoniyatlarini taqdim etadigan 2017-yilda XMT tomonidan ishlab chiqilgan va ishga tushirilgan MigApp mobil ilovasiga ma'lumotlarni o'zbek tilida elon qiladigan ilovasini joriy qilish borasida ishlarni tashkil etish.
Фойдаланилган адабиётлар руйхати:
1. Рыбаковский Л.Л. Миграционная политика России: теория и практика // Современные проблемы миграции в России: материалы общероссийской научной конференции (11-13 ноября 2003г.). - М., 2003. С. 36
2. Рязанцев С.В. Материалы международной конференции. Политика народонаселения: настоящее и будущее. - М: МАКС Пресс, 2005. С. 365
3. N. Muminov, O. Egamberdieva. MODERN ASPECTS OF HUMAN CAPITAL DEVELOPMENT AS A METHOD FOR IMPROVING THE LABOR MARKET OF UZBEKISTAN. УСТОЙЧИВОЕ РАЗВИТИЕ ЭКОНОМИКИ: МЕЖДУНАРОДНЫЕ И НАЦИОНАЛЬНЫЕ АСПЕКТЫ. Электронный сборник статей IV Международной научно-практической online-конференции. (Новополоцк, 26 ноября 2020 г.). P.237-240.
4. Alvari, Hamidreza, Paulo Shakarian, and J. E. Kelly Snyder. 2017. "Semi-Supervised Learning for Detecting Human Trafficking." Security Informatics 6 (1). https://doi.org/10.1186/ s13388-017-0029-8.
5. Use of digital technology in the recruitment of migrant workers / International Labour Organization, Fundamental Principles and Rights at Work Branch (FUNDAMENTALS), Geneva: ILO, 2021.
6. Flore, Massimo. 2018. "How Blockchain-Based Technology Is Disrupting Migrants' Remittances: A Preliminary Assessment." https://publications.jrc.ec.europa.eu/repository/bitstream/ JRC113484/how_ blockchain_is_disrupting_migrants_ remittances_online.pdf.
7. BestMediaInfo Bureau. 2021. "Malaysia-Based Instapay Technologies Drove Financial Inclusion for Migrant Workers through Digital Marketing with Help from Hiveminds," 2021. https:// bestmediainfo.com/2021/01/malaysia-based-instapay technologies-drove-financial-inclusion- for-migrant-workers-through-digital- marketing-with-help-from-hiveminds/.
8. 2020b. "Recruitment Fees and Related Costs: What Migrant Workers from Cambodia, the Lao People's Democratic Republic, and Myanmar Pay to Work in Thailand." https://www.ilo.org/ wcmsp5/ groups/public/asia/ro-bangkok/ documents/publication/wcms_740400.pdf
9. Government of Nepal. 2020. "Nepal Labour Migration Report." https://moless.gov.np/ wp-content/uploads/2020/03/Migration- Report-2020-English.pdf.
10. 2020a. "Impact of COVID-19 on Nepali Migrant Workers: Protecting Nepali Migrant Workers during the Health and Economic Crisis." https://www.ilo.org/ wcmsp5/groups/public/---asia/---ro- bangkok/---ilo-kathmandu/documents/ briefingnote/wcms_748917.pdf.
11. ILO Global - Estimates on International Migrant Workers."-2018 https://www.ilo.org/ wcmsp5/groups/public/---dgreports/---dcomm/--publ/documents/publication/wcms_652001.pdf.
12. World Bank. n.d. "Personal Remittances, Received (% of GDP) - Nepal, Sri Lanka, Philippines." n.d. https://data.worldbank.org/indicator/ BX.TRF.PWKR.DT.GD.ZS?locations=NP- LK-PH.
13. Verite. 2020. "Ethical Recruitment Remains Elusive in Global Supply Chains: Learnings From Verite's Remote CUMULUS Forced Labor ScreenTM Platform." 2020. https://www. verite. org/ethical-recruitment-learnings- from-cumulus/.
14. Segall, David, and Sarah Labowitz. 2017. "Making Workers Pay: Recruitment of the Migrant Labor Force in the Gulf Construction Industry." https: //globalinitiative. net /wp - content/ uploads/2018/01/ Making-Workers-Pay.-Recruitment-of- the-Migrant-Labor-Force-in-the-Gulf-Construction-Industry.pdf.
15. Кодирова З.А. Ишчи кучини экспорт килувчи мамлакатларда мех,нат миграцияси-нинг халкаро микёсда тартибга солиниши. // Иктисодиёт ва инновацион технологиялар №3. 2015й. 1-9 б.
16. Газиева С. Digitalization of labor migration is a new agenda for migrants' contributions to societies of the world // SOI: 1.1/TAS DOI: 10.15863/TAS International Scientific Journal Theoretical & Applied Science p-ISSN: 2308-4944 (print) e-ISSN: 2409-0085 Year: 2020 Issue: 04 Volume: 84 Published 30.04.2020 http://T-Science.org Филадельфия, США- 30 апрель 2020 й
17. Газиева С. O'zbekistonda mehnat migratsiyasi jarayonlarini raqamlashtirish. Jahon tajribasi.// Ик,тисодиётда инновация журнали- "Journal of innovation in economy" ISNN 2181-9491 4-сон 3-жилд 2020 й. 29-40 бет
18. Кодирова З.А., Газиева С.С. Халкаро мех,нат миграцияси жараёнларини тартибга солиш-нинг услубий асослари. // Иктисод ва молия №8(144),2021й. 39-48 б.
19. Qodirova З., & Gaziyeva С. Raqamlashtirish sharoitida xalqaro mehnat migratsiyasi jarayonlari. // Экономика и образование №1, 2022y. 290-296 b.
20. Kadirova Z.A., Gazieva S.S. International labor migration processes in the context of digitalization. // Journal of marketing, business and management Vol 1 Issue 1, march 2022 y. 76-84 p.