Научная статья на тему 'XALQ TURAR JOYLARINI BARPO ETISH AN’ANALARINI SHAKLLANISHIGA TA’SIR KO‘RSATGAN OMILLAR'

XALQ TURAR JOYLARINI BARPO ETISH AN’ANALARINI SHAKLLANISHIGA TA’SIR KO‘RSATGAN OMILLAR Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
140
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Iqlim / estetik omil / shohnishin / sayisxona / aspxona / qo‘sh sinch uylar / Climate / Sofa / Aesthetic factor / royal / equivalent / pavilion / kitchen

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Mohinur Zokirovna Maxmudova

O‘zbek turar joylarining o‘ziga xos xususiyatlari alohida xonalar qurilishida ham ko‘zga tashlanadi. Ichki hovli misolida bu xonalarni tahlil qiladigan bo‘lsak, oshxona asosan ayollar yashaydigan bu hovlining asosiy xo‘jalik xonasi bo‘lgan. Oshxona asosan hovlining ayollar joylashgan qismidan o‘rin olgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FACTORS INFLUENCING THE FORMATION OF TRADITIONS OF PUBLIC HOUSING CONSTRUCTION

The peculiarities of Uzbek housing are also reflected in the construction of separate rooms. If we analyze these rooms in the example of the inner courtyard, the kitchen was the main utility room of this courtyard, where mostly women live. The kitchen is located in the women's section of the courtyard.

Текст научной работы на тему «XALQ TURAR JOYLARINI BARPO ETISH AN’ANALARINI SHAKLLANISHIGA TA’SIR KO‘RSATGAN OMILLAR»

XALQ TURAR JOYLARINI BARPO ETISH AN'ANALARINI SHAKLLANISHIGA TA'SIR KO'RSATGAN OMILLAR

Mohinur Zokirovna Maxmudova

Assistent, Farg'ona politexnika instituti

ANNOTATSIYA

O'zbek turar joylarining o'ziga xos xususiyatlari alohida xonalar qurilishida ham ko'zga tashlanadi. Ichki hovli misolida bu xonalarni tahlil qiladigan bo'lsak, oshxona asosan ayollar yashaydigan bu hovlining asosiy xo'jalik xonasi bo'lgan. Oshxona asosan hovlining ayollar joylashgan qismidan o'rin olgan.

Kalit so'zlar: Iqlim, estetik omil, shohnishin, sayisxona, aspxona, qo'sh sinch

uylar

FACTORS INFLUENCING THE FORMATION OF TRADITIONS OF PUBLIC

HOUSING CONSTRUCTION

The peculiarities of Uzbek housing are also reflected in the construction of separate rooms. If we analyze these rooms in the example of the inner courtyard, the kitchen was the main utility room of this courtyard, where mostly women live. The kitchen is located in the women's section of the courtyard.

Keywords: Climate, Sofa, Aesthetic factor, royal, equivalent, pavilion, kitchen

XIX asr O'zbekiston turar joylari kompozitsiyasining o'ziga xos xususiyatlari turli omillar ta'sirida shakllangan. Hududiy omilning rivojlanishi natijasida O'zbekistonning tarixiy-geografik hududlarida o'ziga xos bo'lgan turar joy ko'rinishlari barpo etilgan. Bu davr uchun xos bo'lgan yana bir xususiyat iqlim sharoitlariga moslashgan holda qulay uy-joylar qurish an'anasi hisoblangan.

ASOSIY QISM

XIX asr xalq me'morchilik maktabi an'analarning boy tajribasini meros qilib qoldirdi. Bu an'analar turar joylar qurilishining konstruktiv tuzilishida, badiiy bezaklar bilan bezalishida, xonalarning joylashishida yaqqol namoyon bo'ladi. Xalq turar joylari bevosita xalq turmush tarzi bilan bog'liq bo'lganligi sababli yashash uchun qulay tarzda barpo etilgan. Xo'jayinning tashqi hovlisi uning kasbi taqozosidan kelib chiqqan holda qurilgan. Asosiy va xo'jalik xonalarning tuzilishi va soni shunga asosan belgilangan.

ABSTRACT

KIRISH

Xalq turar joylarini barpo etish an'analari ham asrlar davomida shakllangan bo'lib, bu jarayonga qator omillar ta'sir qilganini ko'rish mumkin:

1. Imorat barpo etish uchun yaroqli bo'lgan er uchastkalarning kamligi. Buning natijasida ikki-uch qavatli turar joy ko'rinishlari vujudga keldi. Er uchastkasini tejash maqsadida barpo etilgan ikki-uch qavatli uylarni bu davrda O'zbekistonning deyarli barcha hududlarida uchratish mumkin. Buxoroda me'morligida bu muammo o'ziga xos tarzda echim topgan. Ya'ni hovli sahnisiz turar joy ko'rinishilarining o'ylab topilgani muammoning echimi hisoblanadi. Uy qurilishida mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda uyning birinchi qavatida ko'pincha xo'jalik maqsadlarida foydalaniladigan xonalar, ikkinchi qavatida esa asosan yashash xonalari, mehmonxona va ayvonlar barpo etilgan. Bu mehmonxona va ayvonlarning bahavoligini ta'minlash bilan birga uyning tashqi ko'rinishiga salobat baxsh etgan.

2. Iqlim sharoitlariga moslashgan ko'rinishdagi turar joylarning vujudga kelishi. Bu ayniqsa, me'moriy an'analarning shakllanishida asosiy rol o'ynagan omillardan biri hisoblanadi. Buxoroda qishki va yozgi uylarning (tobistoni va zimistoni xonalar) vujudga kelishi, Xivadagi ulug' ayvon ko'rinishlarini o'ylab topilishi mavjud iqlim sharoitiga moslashgan turar joy ko'rinishlarining paydo bo'lishiga olib keldi. Buxoroda issiq iqlim sharoitini bir muncha engillashtirish maqsadida barpo etiladigan zimistoni uylar, yozgi uylarni yanada salqin qilish maqsadida ular tagiga erto'lalarni barpo etish an'anasi, Xivadagi Oroldan esgan salqin shamolni tutib qolishga mo'ljallangan baland ayvonlar hovlini salqin havo bilan ta'minlashga hizmat qilgan. Samarqand va Toshkentda esa salqin havo bilan ta'minlashda xonalarning old qismiga ayvonlar qurilib, yozda quyosh nurini xonalarga nisbatan kam tushishiga. erishilgan.

3. Relef xususiyatlarining inobatga olishi. Bu omil asosan O'zbekiston hududlarida uy-joylarni barpo etish konstruksiyasida namoyon bo'ladi. Masalan, Farg'ona hududida qo'sh sinch uylar ko'p qurilgan. Sababi tog'li hudud bo'lgan Farg'ona vodiysida zilzilaga bardoshli uylarga ehtiyoj kuchli bo'lgan. Xorazmda esa aksincha uylarning asosiy qismi yakka sinchli bo'lganini ko'rish mumkin. Toshkent, Buxoro, Samarqand uylarida esa qo'sh sinch va yakka sinch uylar birdek keng tarqalgan. Asosan badavlat xonadonlar qo'sh sinchdan barpo etilganini ko'rish mumkin.

4. Xomashyoning tanqisligi muammosi.Turar joylar barpo etishda eng keng tarqalgan xomashyo bu tuproq - loy hisoblangan. Tuproqqa suv qo'tttib undan pishgan g'isht, xom g'isht, guvala qilingan. Tuproqqda suv aralashtirib g'ishtni yopishtirish uchun foydalanadigan qorishma loy tayyorlanadi. G'isht terilgach ustidan suvoq qilishda ham tuproq, somon va suv aralashmasidan qorishma tayyorlanadi. Tom qismini yopishda ham loydan qalin qilib suvoq qilishda foydalanilgan. Uyning konstruktiv qismida yog'och keng ishlatiladi. Bunda asosan mahalliy yog'och - tol, terak, qayrag'och kabi daraxtlardan keng foydalanilgan.

5. Diniy omil. Turar joy qurish an'analarini shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan omillardan biri hisoblanadi. Aynan diniy omil turar joylarning ikki qismdan tashkil topishiga olib keldi. Ichki va tashqi hovli qismlari diniy omil ya'ni islom dini va shariat qonun - qoidalariga binoan tarzda shakllangan. Ichki hovli asosan oila a'zolari yashashi uchun mo'ljallangan holda barpo etilgan. Bu har bir musulmon erkak o'z ahli ayoli va oilasini nomahram ko'zlaráan himoya qilishi bilan bevosita bog'liq hisoblanadi. Turar joy uylarida ayniqsa, ichki hovlida eshik va derazalarning hovli tomonga qaratilgani ham diniy omil ta'sirida shakllangan an'analaráan hisoblanadi.

6. Ijtimoiy omil. Bu shu uyda istiqomat qiluvchi erkaklarning kasb-korlaridan kelib chiqqan holda turar joy ko'rinishlari barpo etilganida yaqqol ko'zga tashlanadi. Masalan, savdo-sotiq bilan shug'ullanuvchilaT uyida mehmonxona qabulxona vazifasini bajargan. Tashrif buyuruvchilarning otlari uchun maxsus joy barpo etilgan. Dehqon va savdogarlarning tashqi hovlisida albatta, don-dun va savdo tovarlarni saqlash uchun omborxona mavjud bo'lgan bo'lsa, hunarmandlar hovlisida ustaxona barpo etilgan. Ijtimoiy omil bundan tashqari turar joy qurilishi va bezaklarida yaqqol namoyon bo'lgan. Boy xonadonlarning uylari o'zining me'moriy kompozitsion tuzilishi bilan kambag'allamikidan ajralib turgan.

7. Bu davrda qurilgan turar joylar uchun hovlida albatta, o^^ik^ o'sishi uchun mo'ljallangan hudud mavjud bo'lishi bilan o'ziga xos an'anani shakllantirgan. Fa^'ona hududida bu an'ana katta bog' -rag'laT bilan, Buxoroda esa kichik gulzorlar bilan belgilangan. Sufa ustini tok navdalari bilan yopish usuli ham Fa^'ona vodiysida keng tarqalganini ko'rishimiz mumkin. Fa^'ona vodiysida uylardan ariqlar oqib o'tsa, Buxoro hududida quduq yoki hovuzlar yordamida ichimlik suvi bilan ta'minlangan.

8. Estetik omil. Xalq hunarmandchiligining rivojlanishi natijasida turar joylar nihoyatda bezaklarga boy tarzda barpo etilgan. Har bir hudud uchun o'ziga xos estetikaga ega bezaklar majmuasi mavjud bo'lgan. Uylarning ustuni, eshiklari, shifti va devorlari bezaklar bilan bezatilgan. Yog'och o'ymakoriigi asosan deraza qofqalari, uy eshiklari va ustunlarda keng ishlatilgan. Ganch o'ymakoriigi bilan asosan xonalarning devorlari, tokchalar bezatilgan. Devor va shiftlarga naqshlar chizilgan. Bu xonaning estetik ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qilgan.

9. Hududiy omil. Turar joylar me'morchiligida hududiy omil muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Har bir hudud o'zining iqlim, rel'ef va turmush tarzi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uy-joylarni barpo etgan. Ularga qo'shni bo'lgan hududlar me'morchiligiga oid an'ana^ va ko^ish^ ham bevosita o'z ta'siri o'tkazgan. Jumladan, Faгg'onada qashg'aгcha tipidagi ayvonlar, Koshg^ me'moгligiga xos hisoblanadi. Uylar ichida pechkalarning qurilishi Xitoy me'moгligi ta'siridan dalolatdir.

10. Hududlar me'moгligidagi o'ziga xoslik. Har bir hududning faqatgina o'ziga

xos bo'lgan betakror, shu hududdagina keng tarqalgan me'moriy an'analari mavjud bo'lgan. Masalan, Buxoroda dolonlarning qurilishi, Samarqandda shohnishinlarning keng tarqalganligi, Toshkentda ravon ko'rinishidagi ayvonlarning mavjudligi shular jumlasidandir.

Me'morlikka doir adabiyotlarda uy-joy turlarini ajratish imkonini beruvchi bir nechta mezonlar belgilab berilgan. Bular uy- joylarining tuzilishi, qurilish materiallari va ularni tiklash usullari, tom qismining shakli, o'choq va uning o'rnatish qonun-qoidalari hamda uy- joylari vertikal (erto'la, yarim erto'la, bir qavatli va ikki qavatli va hokazo) va gorizontal (bir xonali, ikki-uch xonali uylar va hokazo) joylashuv xususiyatlariga ko'ra bo'lish mumkin.

Bundan tashqari hudud relefining tuzilishi, o'ziga xos tabiiy- iqlim sharoiti tufayli ayrim lokal shakllari ham vujudga keldi. XIX asrda O'zbekiston hududida yashovchi qishloq aholisi ijtimoiy - iqtisodiy holatidan kelib chiqib, asosan bir va ikki xonali etib qurilgan uy-joylarda yashaganlar. O'zbek milliy me'morligi bu davrda demokratik ruhda turar joy qurish ko'rinishlarini jadal sur'atlarda rivojlanganini ko'rish mumkin. Bu tabiiy ravishda bevosita insonning maishiy ehtiyojlari bilan bog'liq bo'lgan.

O'zbek turar joylarining o'ziga xos xususiyatlari alohida xonalar qurilishida ham ko'zga tashlanadi. Ichki hovli misolida bu xonalarni tahlil qiladigan bo'lsak, oshxona asosan ayollar yashaydigan bu hovlining asosiy xo'jalik xonasi bo'lgan. Oshxona asosan hovlining ayollar joylashgan qismidan o'rin olgan. Non yopish uchun mo'ljallangan tandir oshxonaning burchak qismiga qurilgan. Devorlar bo'ylab g'ishtdan qilingan o'choqlar - otashdonlar joylashgan. Oshxonalarning hajmi tasodifiy, uy tarhidan kelib chiqqan holda bo'lgan. Oshxona devorlari somon suvoqli loy bilan suvalgan. Oshxonalarning erli polidan oqova suvlarni chiqarib tashlash uchun mo'ljallangan bir nechta tashnovlar chiqarilgan. Oqova suvlar shu suvlarni yutib yuboruvchi quduqlarga borib tushgan.

Oshxonaning yonida mahsulotlarni saqlash uchun hamda xo'jalik xonasi sifatida (rug'onxona) maxsus xona qurilgan. Ko'pincha bu xonada tokchlalar o'rniga polkalar qilingan. Pol o'rniga g'ishtlar yotqizilgan. Qolgan barcha xo'jalik xonalari ikkinchi qavatda joylashgan. Masalan manzar (cherdak asosan qishga olib qo'yilgan qovun va mevalar saqlangan), ba'zida u xonaning old qismida, ba'zan ikkinchi qavatning burchak qismida ganch bilan suvalgan katta yashiklarda oziq-ovqat va bug'doy saqlash uchun mo'ljallangan. Qolgan yuqoridagi xonalarda ashqol-dashqollar va yashash sharoitida foydalanilmaydigan buyumlar qo'yilgan. Ba'zan bu kabi xonalar umuman qurilmagan.

O'zbek turar joylaridagi qo'shimcha xonalardan yana biri bu - madon hisoblangan. Madon - bu tojikcha so'z bo'lib, uning ekvivalenti o'zbekcha g'ulsxona deb yuritilgan. Madon yozgi yoki qishki yashash xonasiga yondosh tarzda qurilgan. Madonga yorug'lik to'g'ridan-to'g'ri tushmagan va unda doimo qorong'ilik hukm

surgan. Yozgi va bahorgi xonalar birikkan joyda madon ularning o'rtasidagi burchakda joylashgan va uning hajmi xonalar hajmidan kelib chiqqan. Bu holda madon maydoni 10-12 metr kvadratdan iborat bo'lgan.

Qishki uylar doimo alohida qurilgan. Bunda madonning hajmi nisbatan kichikroq bo'lgan va madon qishki xona devorining uzunasiga qurilgan. Kambag'al xonadaonlarning uylarida madonning hajmi 1 metrdan oshmagan, ammo boy xonadaonlarda uning hajmi yozgi xona uzunligi yarmicha bo'lgan. Madonning poli g'ishtdan ishlangan, lekin erli madonlar ham ko'plab uchraydi. Polda toshdan ishlangan tashnav bo'lgan. O'zbek turar joylarida eng ko'p tarqalgan xona turi bu - dahliz hisoblanadi. Faqatgina kambag'al hunarmandlarning yozgi xonasida dahliz mavjud bo'lmagan xolos. Dahlizga kirishda g'ishtdan ishlangan pol qilinib, unga oyoq kiyimlar echilgan va bu poygah deb atalgan.

Dahlizning o'ziga chegaradosh bo'lgan xona uzunligidan kelib chiqqan holda uzunlikka ega bo'lgan (taxminan 3-4 m), kengligi 2,36, 2,55, 2,8 metr bo'lgan. Qishki uylarning dahlizi o'lchami 1,85 dan 2,05 metrgacha bo'lgan. Dahlizda ba'zida g'ishtdan zina qurilgan. Agar uyda ikkita yonma-yon katta xonalar mavjud bo'lsa, dahliz ularning o'rtasida joylashgan va ikki xonaga o'tish yo'li hisoblangan (miyon dahliz).

Qishki va bahorgi xonalar ham turar joylar qurilishida muhim hisoblangan. Qishki xonalar ko'pincha yozgi xonalarga qarama-qarshi qilib ya'ni janub tomonda qurilgan. Ularning orasida qishki xonalarga o'xshash ammo sharqqa qaratib qurilgan qo'shimcha xona bo'lgan. Bu xonalar unchalik baland bo'lmagan, shuning uchun eshiklar ustiga katta panjaralar o'rnatish imkoniyati bo'lmagan. Qishki xonalarga sandal o'rnatilgan. U eshikdan qarama-qarshi tomonga oynaning oldiga o'rnatilgan. Agar tancha ikkinchi qavatdagi uyda o'rnatilgan bo'lsa, ikki qavat orasidagi tom qismi va balkalar orasiga g'isht terilib ganch bilan suvoq qilingan.

Tashqi hovlidan ham faqat shu hovligagina xos bo'lgan maxsus xonalar o'rin olgan. Tashqi hovliga kirish yo'lakdan boshlangan. Kirish yo'lagi bevosita mol-mulkga tutashgan. Ko'pincha bu qism ko'chadan "qizil chiziq" bilan ajratilgan. Bu holda alohida kirish dolon ichki yo'lak - rahravga mavjud bo'lgan. Ko'p hollarda yo'lak ustida kichkina bolxona qurilgan.

Tashqi hovlida yana bir o'ziga xos xona ustaxona joylashgan. Kambag'al hunarmandlarda mahsulot ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan xona bo'lmagan. Ustaxona o'rniga tashqi hovlining kirittt yo'lagiga yaqin qismidagi xona yoki yo'lakning bir qismi tanlangan. Bir muncha badavlat hunarmandlar xonadonlarida ustaxona uchun alohida xona ajratilgan. Bu xona do'konxona deb nomlangan. Omborxonalar kichkina bo'lgan alohida uychada joylashgan. Boy hunarmandlar xonadonida ustaxona ishlab chiqariladigan mahsulot mo'ljallangan holda qurilgan va xo'jayin hunarmand bo'lmagan va aksincha u sotuvchi hisoblangan. Bu kabi

ustaxonalarda ombor muhim ahamiyatga ega xona bo'lgan. Boy xonadonlarda ustaxonalarning o'lchami 5,9 x 5,7 m dan 5,9 x 6,2 metrgacha bo'lgan. Omborxonali ustaxonadlarning hajmi bundan ancha katta joyni egallagan.

Ot uchun mo'ljallangan xona va uy hayvonlarini boqishga mo'ljallangan xonalar doimo tashqi hovlida bo'lgan. Mustahkam yog'och ustunlar qavatlar orasidagi tomni ushlab turgan. Unchalik katta bo'lmagan zina yordamida tomga chiqilgan. Yassi tom erkaklar uchun mo'ljallangan hovli vazifasini bajargan. Bu erda mehmonxona va tashqari uchun xos bo'lgan xonalar o'rin olgan. Uy hayvonlari uchun mo'ljallangan xona saroy ko'rinishida bo'lgan og'ilxona, molxona, sigirxona yoki govxona deb turli hudud shevalaridan kelib chiqqan holda turlicha nomlangan. Boy xonadonlarda otlarni saqlat uchun mo'ljallangan alohida xonalar mavjud bo'lgan. Otxona ham sayisxona, aspxona yoki otxona deb nomlangan.

O'zbek turar joylarini barpo etish an'anasi asrlar davomida shakllangan bo'lib, turli xil omillar yashash joylar qurilishiga o'z ta'sirini o'tkazgan. Eng katta ta'sir kuchiga ega omil o'sha hudud iqlim sharoitlari va relefi bilan bog'liq hisoblanadi. Hududiy omil O'zbekistonning turli qismlarida o'ziga xos tarzdagi me'moriy echimni shakllanishiga olib kelgan hisoblanadi. Keyingi o'rinda esa din bilan bog'liq omil turar joylarning tuzilishiga o'z ta'sirini ko'rsatgan hisoblanadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 8-jild. Toshkent. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti, 2004. 704 b.

2. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi 10 jild. Toshkent. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti, 2005. 656 b.

3. O'zbekiston san'ati (1991-2001) - Toshkent. SHarq, 2001. 240 b.

4. Bulatov S. O'zbek xalq amaliy san'ati. Toshkent. Mehnat, 1991. b.

5. Kosimov, L., & Kosimova, S. (2021). Optimization of the composition of dry slag-alkaline mixtures. Zbirnik naukovix prats Aogoa.

6. Salimov, A. M., Qosimova, S. F., & Tursunov, Q. Q. (2021). Features of the use of pilgrims for tourism in the Fergana region. Scientific-technical journal, 3(4), 42-47.

7. Axmedov, J. (2021). The development of landscape architecture in Uzbekistan. Zbirnik naukovix prats SCIENTIA.

8. Kosimova, S. H., & Kosimov, L. M. (2020). Principles of forming a garden-park landscape design around historical monuments of the Fergana valley. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(6), 1582-1589.

9. Qosimov, L. M., Qosimova, S. F., & Tursunov, Q. Q. (2020). Specific aspects of

XULOSA

using Ferghana region's pilgrims for touristic purposes. Academic research in educational sciences, (3).

10. Zikirov, M. C., Qosimova, S. F., & Qosimov, L. M. (2021). Direction of modern design activities. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(2), 11-18.

11. Axmedov, J. (2021). The preservation of ancient architectural monuments and improvement of historical sites-factor of our progress. Zbirnik naukovix prats ADGOZ.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.