Научная статья на тему 'XALQ PEDAGOGIKASI TARIXIY VA IJTIMOIY TAJRIBA MAHSULI'

XALQ PEDAGOGIKASI TARIXIY VA IJTIMOIY TAJRIBA MAHSULI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xalq pdagogikasi / pedagogik kuzatuvlar / hayotiy tajribalar / ijtimoiy axloq / pedagogik madaniyat / shaxs dunyosi / muhit / qadriyat / o`zaro munosabat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jo'Rayeva Nigora Maxmudjonovna, M.A.Esonova

Mazkur maqolada xalq pedagogikasida hayotiy va pedagogik ma’lumotlar, kuzatuvlar muomala jarayonidagi ijtimoiy axloq va ijtimoiy moslashuv malakalarining tarixiy va ijtimoiy tajribalar asosida shakllanib bugungi kungacha yetib, tarbiya vositasiga aylanganligi haqidagi ma`lumotlar aks ettirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQ PEDAGOGIKASI TARIXIY VA IJTIMOIY TAJRIBA MAHSULI»

XALQ PEDAGOGIKASI TARIXIY VA IJTIMOIY TAJRIBA

MAHSULI

Jo'rayeva Nigora Maxmudjonovna, 2M.A.Esonova

1Qoqon DPI Maktabgacha talim 206 -sirtqi gurux talabasi, 2Qoqon DPI dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.11198296

Annotatsiya. Mazkur maqolada xalqpedagogikasida hayotiy vapedagogik ma'lumotlar, kuzatuvlar muomala jarayonidagi ijtimoiy axloq va ijtimoiy moslashuv malakalarining tarixiy va ijtimoiy tajribalar asosida shakllanib bugungi kungacha yetib, tarbiya vositasiga aylanganligi haqidagi ma 'lumotlar aks ettirilgan.

Kalit so^zlar: xalq pdagogikasi, pedagogik kuzatuvlar, hayotiy tajribalar, ijtimoiy axloq, pedagogik madaniyat, shaxs dunyosi, muhit, qadriyat, o'zaro munosabat.

Аннотация. В данной статье отражены сведения о том, что жизненно-педагогическая информация, социальная этика и навыки социальной адаптации в процессе работы с народной педагогикой сформировались на основе исторического и социального опыта и стали средством воспитания.

Ключевые слова: народная педагогика, педагогические наблюдения, жизненный опыт, социальная этика, педагогическая культура, личный мир, среда, ценности, взаимодействие.

Abstract. This article reflects information that life-pedagogical information, social ethics and social adaptation skills in the process of working with folk pedagogy were formed on the basis of historical and social experience and became a means of education.

Keywords: folk pedagogy, pedagogical observations, life experience, social ethics, pedagogical culture, personal world, environment, values, interaction.

Xalq pedagogikasida hayotiy (maishiy, mehnat, axloqiy) va pedagogik ma'lumotlar, kuzatuvlar muhim ahamiyatga ega bo'lib muomala jarayonida o'zlashtiriladi. Xalq pedagogikasi tarixiy va ijtimoiy tajriba mahsuli va shu bilan birga ijtimoiy axloq va ijtimoiy moslashuv malakalarining shakllanishi vositasi, omili hisoblanadi.

Xalq pedagogikasi jamiyatning pedagogik madaniyatidagi eng yaxshi qadriyatlarni mujassamlashtirgan: kattalarga hurmat, mehmondo'stlik, mehnatsevarlik, yuqori axloq, rostgo'ylik kabi.

Xalq pedagogikasining ijtimoiy xarakteri yana shunda namoyon bo'ladiki, u ko'pgina etnomadaniy hodisalar-dunyoqarash, tibbiyot, etika, din, ekologiya va boshqalar bilan o'zaro munosabatda yorqin namoyon bo'ladi. Bu muammolar olimlar tomonidan o'rganilmoqda.

O'zbek xalq pedagogikasida shaxs dunyoni hayotiy shaxsiy tajriba orqali o'zlashtiradi, degan teran fikr mavjud, chunki u boshqa shaxslar bilan muomalaga kirar ekan, ularning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganadi.

O'zbek xalqida shunday naql bor: chaqaloq xali shaxs emas, u tom ma'nodagi inson bo'ladimi, yo'qmi-bu uning ota-onasi, uni o'rab muhit va boshqa odamlar bilan o'zaro munosabatiga bog'liq. Shuning uchun xalq pedagogikasi faqatgina avvalgi avlodlar tomonidan erishilgan, ishlab chiharilgan turli ong shakllarini o'zlashtirsagina go'dak insonga aylanadi. Bolaning tug'ilishi bilan birga, tarbiyalanishisiz halq hayotining rivoji, oldinga intilishi mumkin bo'lmagan hodisadir. Bu g'oya ko'psonli xalq rivoyatlari, afsonalari, dostonlarida o'rin olgan. Agar uni zamonaviy tushunchalarda ifodalasak, o'zbek xalq tarbiyasini hozir bolaga g'amxo'rlik qilish, uning sog'ligi haqida qayg'urish, uning hayotini himoya qilish, kattalar tomonidan uning

aqliy rivojini, axloqiy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyasi uchun ularga ta'sir qilishning majmuasi hisoblanadi.

Buyuk ma'rifatparvarlar-olimlar, pedagoglar, shoirlarning pedagogik g'oyalarini o'rganish inson tarbiyasi haqidagi xalq g'oyalari ularning asarlaridan joy topganligiini tasdiqlaydi. Ibn Sinoning "Tadbiri manozil" kitobining "Bolalar tarbiyasi va ta'limi" bobida oila tarbiyasi amaliyotidan, Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" kitobida turli xalqlarning an'analaridan Al-Farobiyning "Katta musiqa kitobi"da xalq musiqasidan ko'p misollar bor, Nosir Husravning "Baxt kitobi" da ham oddiy odamlarning mehnatlari ulug'lanadi.

Xalq pedagogikasini o'rganishga S.R.Rajabov, A.Ismoilova, I.Obidova, S.Temurova, M.Ochilov, A.Otayeva, Z.Mirtursunov, A.Minavarov kabi o'zbek olimlarining ishlari bag'ishlangan. Bu mualliflarning ishlarini birlashtirgan holda o'zbek xalq pedagogikasining quyidagi yo'nalishlarini ajratsak bo'ladi:

• bolaning axloqiy, aqliy, mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasining o'zaro aloqasi asosida har tomonlama rivojlanishi g'oyasi;

• shaxsning rivojlanishida oilaviy tarbiyaning yetakchi rolini belgilash;

• xalq pedagogikasi usul va tamoyillarining xalq ijodi namunalarida mujassamlashuvi;

• ta'lim-tarbiyaning pedagogik usullarini birlashtirish;

• xalq pedagogikasining amaliy xarakteri;

• xalq pedagogikasining o'sib kelayotgan avlodni aniq amaliy fuharolik, oila faoliyatiga tayyorlashdagi ijtimoiy roli.

Xalq pedagogikasining qoidalari xalq ijodi namunalari-maqol, ertak, ashula, doston, rivoyatlarda o'zining ifodasini topgan. Aynan shularda xalq asrlar mobaynida o'z ijtimoiy tajribasini umumlashtirgan. Ular hikmatlar shaklida pand-o'git mazmuniga ega bo'lib xalqning ijtimoiy hayotga bo'lgan real (hayotiy) qarashlarini ifodalaydi.

O'zbek xalq pedagogikasining o'ziga xos xususiyatlaridan biri xalq og'zaki ijodi matnlarida tarbiyaning vosita, usullarining tavsifi beriladi.

Hayotiy sharoitlar, oilaviy an'analar, tarbiya usullari va vositalari o'zbek xalqi orasida nihoyatda turli tumandir va bundan ko'p sonli manbalar dalolat beradi. Aynan shularda biz mehnat jarayonlarinin yigitva qizlar uchun mo'ljallangan bayramlarning o'ziga xos tavsiflarini topamiz.

An'ana, odat, marosimlar avloddan-avlodga o'tib kelgan. Nikoh tuzish, bolaning tug'ilishi, mehmonlarni kutib olish va kuzatish, vafot marosimi, mehnat jarayonlarini o'tkazishning muayyan qoidalari mavjud bo'lgan. Bu marosimlarda bolalarning doimiy ishtiroki ta'minlanadi. Bu odatlar yordamida o'zbeklarning an'anaviy muomala shakli shakllanadi.

Sobiq sho'ro tuzimi davrida milliy an'analarga, odatlarga hurmatsizlik qilish oxir-oqibat axloqiy holatlarning yomonlashuviga olib keldi. So'nggi yillarda insonlarning tabiat, jamiyat, dinga nisbatan munosabatida ko'proq erkinlik paydo bo'ldi. Bu sharoitlarida odat, marosimlar, muomala madaniyatdagi o'ziga xoslik o'sib kelayotgan avlodning har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash tizimida yanada muhim o'rin tuta boshladi. O'zbek xalqi axloqiy odatlarining mustahkamligi asosan oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiyaning alohida ahamiyati bilan bog'liq.

O'zbek xalq pedagogikasida sevgi, oila, bolalar haqidagi qarashlar ko'p yillik tajriba ta'sirida shakllangan. Bu tushunchalarning qonun va qonuniyatlarida pedagogik va amaliyotda sinalgan tarbiya normalari qoidalar, o'z aksini topgan. Xalq pedagogikasida oila inson hayotida eng asosiy tarbiya omili sifatida ko'riladi. Oila jamiyat negizidir. Oila bolalarga ta'sir etish usullari, odat-an'analarini aniqlashi kerak. U dam olish tartibini, bolalarning mehnat va o'quv mashg'ulotlarini belgilashi lozim. Shuningdek, oila ota-ona va bolalar orasidagi o'zaro

munosabatlarning eng qulay me'yorlarini ishlab chiqadi. Chunki bola o'zini qiziqtirishgan masalalar bo'yicha eng avvallom bor o'z ota-onasi, eng avvalo onasi bilan o'rtoqlashadi. Bu yerda oila a'zolari orasidagi munosabatlar amalga oshadi, hamda ota-onaning tarbiyaviy vazifalari aniqlanadi.

REFERENCES

1. "Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ".-Toshkent: "O'zbekiston", 2022.

2. Esonova M. A., Maktabgacha pedagogika, Darslik. Toshkent 2022-yil

3. Esonova M. A., Maktabgacha pedagogika, O'quv qo'llanma Toshkent 2022-yil

4. Nazirova Guzal Malikovna. Maktabgacha talim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni takomillashtirish. T.: 2019 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.