Научная статья на тему 'XALQ OG’ZAKI IJODI TARIXIY ILDIZLARI'

XALQ OG’ZAKI IJODI TARIXIY ILDIZLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
animatsiyasi / masofaviy ta’lim / ssenariy / didaktik / kognitiv. / Алпомиш / Гроглы / Шерабад / Шахрисабз / Гамай / эпос / фольклор.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A.X. O’Tayev

ushbu maqola xalq og’zaki ijodi tarixi va buguni haqida va ularning kelajak avlodga yetib borishi haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORICAL ROOTS OF FOLK ORAL CREATIVITY

в статье рассказывается об истории и сегодняшнем дне устного народного творчества, а также об их достижении будущими поколениями.

Текст научной работы на тему «XALQ OG’ZAKI IJODI TARIXIY ILDIZLARI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© A.X. O'tayev1^_

1Qarshi davlat universiteti, Qarshi, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqola xalq og'zaki ijodi tarixi va buguni haqida va ularning kelajak avlodga yetib borishi haqida so'z boradi.

MAQSAD: shu nuqtai nazardan, xalqimizning urf odatlari bo'lajak yoshlarga o'rnak bo'la oladigon vatanparvarlik shukuhini yoritib bera oladigan dostonlarni kelajak yoshlarga taqdim etadi.

MATERIALLAR VA METODLAR: ta'lim tizimida bu hozirgi yoshlarga xalq og'zaki ijodi to'liqligicha yetib bormaydi, buni keng tarmog'da hozirgi yoshlarga yetkazib berish uchun xalq og'zaki ijodini tarixini un iota bobolarimiz tomonida og'izdan og'izga olib yeib kelishi va buni qog'ozga boyitib kitob xolatiga keltirib ommaga taqdim etilishi yetarli emas. Bizning ma'naviy boyliklarimizdan bo'lmish dostonlar baxshilarimiz juda go'zal ijroda tinglovchining yuragiga yetkazib ijro qilib berishadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: bu borada yurtimizdagi baxshichilik maktablarida ota bobolarimiz qolib ketgan tarixiy dostonlarni hozirgi yosh baxshilarimiz tomonidan yanada yashilab qayta ishlab. Ommaga taqdim etish yo'llarini muhokamaga qo'yish kerak va bu o'z natijasini berishiga ishonchimiz komil

XULOSA: yuqoridagi talablarni xalq og'zaki ijodi tarixini o'rganish to'g'risidagi masalalar o'rganib kelajak yoshlarga yetkazish bo'o'rganib kelajak yoshlarga yetkazish bo'yicha yaratish va ulardan professional pedagogik faoliyatda foydalanishga o'rgatish zarur degan xulosaga kelish imkonini beradi.

Kalit so'zlar: animatsiyasi, masofaviy ta'lim, ssenariy, didaktik, kognitiv.

ИСТОРИЧЕСКИЕ КОРНИ УСТНОГО НАРОДНОГО ТВОРЧЕСТВА_

© А.Х. Утаев1Н

1Каршинский государственный университет, Карши, Узбекистан_

Аннотация

BЕДЕНИЕ: в статье рассказывается об истории и сегодняшнем дне устного народного творчества, а также об их достижении будущими поколениями.

ЦЕЛЬ: с этой точки зрения традиции нашего народа представляют будущей молодежи эпосы, которые могут стать примером для подражания.

Iqtibos uchun: O'tayev A.X. Xalq og'zaki ijodi tarixiy ildizlari. // Inter education & global study. 2024. №5. B.454-458.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в системе образования до сегодняшней молодежи устное народное творчество не доходит в полной мере, чтобы донести это до нынешней молодежи в широкой сети, недостаточно, чтобы история устного народного творчества была из уст в уста наших предков, обогащая ее бумагой и доводя до состояния книги. Дары эпоса, являющиеся одними из наших духовных сокровищ, передаются сердцу слушателя в очень красивом исполнении.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в этом отношении исторические эпосы, оставленные нашими предками в школах бахшизма в нашей стране, более живо перерабатываются нашими нынешними молодыми бахшами. Способы сделать его доступным для общественности должны быть обсуждены, и мы уверены, что это окупится.

ВЫВОД: приведенные выше требования позволяют сделать вывод о необходимости доведения до будущей молодежи вопросов по изучению истории устного народного творчества и обучению их использованию в профессиональной педагогической деятельности.

КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: Алпомиш, Гроглы, Шерабад, Шахрисабз, Гамай, эпос, фольклор.

Для цитирования: Утаев А.Х. Исторические корни устного народного творчества. // Inter education & global study. 2024. №5. С. 454-458.

HISTORICAL ROOTS OF FOLK ORAL CREATIVITY

© Asror Kh. O'tayev1H

1Karshi State University, Karshi, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: this article will talk about the history and present of folk oral creativity and their arrival in the future generation.

AIM: in this context, the customs of our people can serve as an example for future young people, presenting epics to future young people who can shed light on the patriotic gratitude.

MATERIALS AND METHODS: in the educational system, this does not reach the present youth to the fullest extent of folk oral creativity, it is not enough to deliver it to the present youth in a wide network to eat the history of folk oral creativity from mouth to mouth on the side of our ancestors un iota, and to present it to the public by enriching The epics, from our spiritual riches, perform in a very beautiful performance, delivered to the heart of the listener.

DISCUSSION AND RESULTS: in this regard, the historical epics left behind by our ancestors in the bakhshiqi schools of our country have been further rejuvenated and reworked by our current young Bakhshis. It is necessary to put the ways to present it to the public in the discussion and we are sure that it will give its result

CONCLUSION: the above requirements make it possible to conclude that it is necessary to create and teach them to be used in professional pedagogical activities in

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

order to communicate to future youth by studying issues about the study of the history of folk oral creativity.

Key words: Alpomish, Go'ro'g'li, Sherobod, Shaxrisabz, Qamay, Doston, Epik, Folklore

O'zbek xalq og'zaki ijodi durdonalari orasida To'maris, Shiroq, Alp Er to'nga, Alpomish, Go'ro'g'li, Elikbek, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik hamda Oysuluv haqidagi afsona, rivoyatlar va qahramonlik eposlarining yaratilishi o'zbek xalqi tarixi bilan bevosita bog'liq bo'lib, ularda ajdodlarimizning el-yurt mustaqilligi uchun kurashi, milliy o'zligini anglashi hamda qahramonligi tarixi madh qilinadi. Shubhasiz, tarixda aynan yuqoridagi qahramonlar kabi taqdiri xalq taqdiriga aylangan tarixiy shaxslar ko'p bo'lgan. Xalq og'zaki ijodi aynan ushbu passionar shaxslar hayotini yaxlit tizimda badiiy timsolga aylantirgan.

Doston janri tipik an'anaviy xususiyatlari va g'oyaviy-badiiyligiga ko'ra "To'lg'onoy", "Xurshidoy", "Yakka Axmad", "Shirin bilan Shakar" kabi dostonlardan qolishmaydigan darajada ijro etilgan. "Alpomish", "Rustamxon", "Go'ro'g'li" turkum dostonlari singari yaratilish jarayoni qadimgi zamonlarga mansub dostonlar mavjudligini Sherobod, Shaxrisabz, Qamay dostonchilik maktablari vakillari repertuarlari orqali tekshirgan tadqiqotchilar kuzatishlaricha, folklorshunoslikka ma'lum bo'lgan 100 dan ko'proq doston, ertaklarning o'rganilmay kelinayotgan yana o'nlab variant, versiyalari mavjudligidan tashqari, original syujetga ega dostonlar ham borligi e'tirof qilinadi.

O'zbek folklorshunosligi XX asrda xalq qo'shiqlarini yozib olish, to'plash va o'rganish sohasida ulkan yutuqlarga erishdi. Shu bois ham B.Sarimsoqov, M.Alaviya, O.Safarov, M.Jo'rayev, A.Musaqulov, H.Razzoqovlarning qimmatli tadqiqotlari mahsuli bugun ham yosh olim va tadqiqotchilar uchun muhim manba vazifasini bajarmoqda. Ammo ijodkor xalqimiz orasida hali ham yozib olinishi zarur bo'lgan, o'zining monografik tadqiqotlarini kutayotgan folklor namunalari ko'plab topiladi.

Epik turlarning har bir janriga xos aktiv qo'llaniladigan va passiv qo'llaniladigan formulalar bor. O'zbek folklori dostonlari uchun tipik xarakterdagi aktiv qo'llanuvchi an'anaviy formulalar haqida V. M.Jirmunskiy va X.T.Zarifovlar fikr yuritgan edilar. Ertak, afsona, rivoyat, naql kabi epik janrlarda keluvchi formulalar haqida ham mahsus tadqiqot olib borish zaruriyati tug'ilmoqda. Negaki, janrlar o'rtasidagi o'zaro proporsional bog'lanish yoki bir janrga xos muhim tipik elementlarning boshqasiga moslashuvi, muvofiqlashuvi natijasida improvizatorning ta'siri munosib rol o'ynashi yuqoridagi tahlillardan ma'lum bo'ladi. To'g'ri, ertak janri poetikasi, janr xususiyatiga doir izlanish olib borgan tadqiqotchilar o'zbek xalq ertaklari uchun tipik ahamiyatga ega formulalar haqida fikr yuritgan, lekin formulalarning janrlar munosabati masalasidagi roli haqida xali birorta ilmiy-nazariy fikr o'rtaga tashlanmagan.

Xalq folklori an'anasini davom ettiruvchi baxshilar tarixiy mavzudagi afsona mazmuni bilan qadimdan tanish bo'lganligi, doston janri an'analari rivojlangan paytlarga kelganda,

For citation: Asror Kh. O'tayev. (2024) 'Historical roots of folk oral creativity', Inter education & global study, (5), pp. 454-458. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

muayyan tuzum sharoitiga moslab, To'maris obrazi Oysuluvga, Sparganiz Kun botirga, Kir esa Qaysarga aylantirilgan bo'lishi ham ehtimoldan holi emas. YA'ni, syujeti ko'proq informativ xarakterga ega bo'lgan afsona janri o'zining dastlabki ijodiy akti- qabila uchun jonini fido qilish motivi keyinchalik ertak, doston janrlariga o'tgach, mazmun mohiyati yanada kengaydi. Ertakchi va dostonni kuylagan kishilar ijro jarayonida xalqning qadimgi tushunchalarini yanada boyitib, o'zlari yashab turgan sharoit taqozo etgan aktual masalalarni kiritdilar. To'maris obrazi bilan bog'liq vatanparvarlik motivini ifodalagan, informativ xarakterdagi tarixiy afsona syujeti ertak, doston janrlari tarkibida estetik funksiya bajaruvchi katta hajmdagi epik asarlarga aylandi. Folklorshunos olim, akademik T.M.Mirzayev "Folklor ijodkorlari va ijrochilarining shaxsiyati, ijod va ijro usullari xalq og'zaki ijodi namunalarini jonli ijro etish sharoitlarida aytish, kuylash, ko'rsatish va boshqarish tartiblari, aytuvchilikdagi umumiylik va o'ziga xosliklar, an'anaviy tekstni qayta ijod va ijro qilish mexanizmi, professional ta'lim berish yo'llari, bundagi e'tiqod rasm-rusmlar, ustoz va shogird munosabatlari kabi qator masalalar doimo tekshiruvchilarning diqqat markazida bo'lishi zarur",- degan edi.

Turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan «Alpomish»turkum dostonlari tarixiy ahamiyati va badiiy qimmati jihatidan hamisha ko'plab folklorshunos, adabiyotshunos, faylasuf, tarixchi va etnograflarning tadqiqot obyekti bo'lib kelmoqda.Jumladan, A.K.Borovkov, V.M.Jirmunskiy, H.V.Paksoy, K.Rayxl,In Gyong O singari jahon olimlari;G'.O.Yunusov, H.T.Zarifov, T G'oziboyev, M.Saidov, M.Afzalov, T.Mirzayev, M.Murodov, A.Ergashev, K.Imomov, X.Egamov, H.Abdullayev, O.Madayev, B.Sarimsoqov, M.Qo'shmoqov, N.Rahmonov, S.Ro'zimboyev, M.Jo'rayev, S.Yo'ldosheva, I.Yormatov, Sh.Turdimov, J.Eshonqulov, N.Madrahimova kabi o'zbek folklorshunoslari; I.T.Sag'itov, N.Davqarayev, Q.Ayimbetov, Q.Maqsetov, S.Bahadirova, J.Xoshniyazov, K.Allambergenov kabi qoraqalpoq folklorshunoslari tomonidan turli davrlarda mazkur doston bo'yicha tadqiqotlar olib borilgan va bu jarayon hozir ham davom etmoqda.

O'zbekiston hududi eng qadimiy sivilizatsiya markazlaridan biri bo'lgan. Bu hudud ming yillar davomida shakllangan ko'plab moddiy va nomoddiy tarixiy yodgorliklarga boy mamlakat hisoblanadi. Nomoddiy madaniy meros o'tmish va kelajak o'rtasidagi bog'liqlik bo'lib, turli jamoalarning qimmatli boyligini anglatadi. Shuningdek o'zbek xalqining nomoddiy madaniy merosi asrlar osha ajdodlar tomonidan sayqallanib, xalqning bebaho mulki bo'lish bilan birqatorda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirishning muhim subyekti sifatida baholanadi. Shu bilan bir qatorda nomoddiy madaniy meros insonni tarbiyalaydi, ulug'laydi, tabiat va xayot go'zalligini ochib beradi. O'zbekiston Respublikasi 2007 yil dekabrda Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to'g'risidagi xalqaro Konvensiyani ratifikatsiya qildi va 2008 yil 29 apreldan boshlab uning to'la huquqli ishtirokchisiga aylandi.

O'zbekistonning 15 nomoddiy madaniy merosi insoniyatning bebaho ma'naviy durdonasi sifatida e'tirof etilishi tarixiy voqeaga aylandi. YUNESKO tomonidan "Boysun madaniy muxiti", "Shashmaqom", "Navro'z", "Katta ashula", "Askiya", "O'zbek palovi", "Atlas", "Lazgi", "Miniatyura", "Baxshi san'ati", "Ipakchilik an'analari","Nasriddin Afandi

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

latifalari", O'"zbekiston kulolchiligi", "Iftor","Tazhib kitob bezash san'ati" kabilar umuminsoniy nomoddiy madaniy merosi durdonasi sifatida ro'yxatga olinib, ularni jahon e'tirof etgani xalqimiz ma'naviy-madaniy merosi naqadar qadimiy va teran ekanligining yana bir tasdig'idir. Mazkur qadriyatlar xalqaro miqyosda butun insoniyat madaniy merosining ajralmas qismi sifatida tavsiflanadi va nomoddiy madaniy merosning ushbu turlarini e'tirof etish va qadr-qimmatini keng targ'ib qilishni ulkan darajada oshirishga xizmat qiladi.

Xalq og'zaki ijodi namunalarining davrlar o'tishi bilan o'zgarishlarga uchrashi, sayqallanishi, yangi tasvirlar, obrazlar hamda motivlar bilan boyib borishi tabiiy jarayondir.Bugungi kunda turli hududlarda yashovchi, tiliyu dini, dunyoqarashi, urf-odat va an'analari umumiy bo'lgan turkiy xalqlarning ma'naviy merosi hozirgacha saqlanib kelmoqda.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Турдимов Ш. Этнос ва эпос. - Тошкент, Узбекистан, 2002. 75.бет.

2. Эргашев А. Шерабадская дастанная школа, АКД, Ташкент, 1991, стр. 14-15.

3. O'tayev A.X. Rangtasvir o'quv qo'llanma. - Qarshi, Uzbekistan, 2023. 156.bet.

4. Utaev Asror. "Journal of innovations in scientific and educational research". Works of fine and applied arts found in the ayrtom archeological site, their role and significance in our national cultural heritage.

5. Otayev A.H. Science and Education in Karakalpakstan ISSN 2181-9203. Portrait of Uzbek national epic heroes in fine arts in its own style.

6. Utaev Asror. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. THE peculiarities of training in the field of practical art and teacher-student traditions in art ceramics

7. Утаев асрор Образование и наука в xxi веке». Айртом археологик объектидан топилган тасвирий ва амалий- безак санъати асарлари уларнинг миллий маданий меъросимизда урни ва ахамият.

8. Ибрагимов Р. Анимация санъатининг тарбиявий ва психологияси муаммолари // International scientific and practical conference on the topic:"Priority areas for ensuring the continuity of fine art education: problems and solutions". - 2023. - Т. 1. - №. 01.

9. У. Мавлонов. "Болалар таълим-тарбияси ва миллий рух,ни шакллантиришда амалий санъат турларининг урни ва ах,амияти". "Pedagogs" international research journal

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Ibragimov Rustam Qudratovich, tadqiqotchi [Утаев Асрор Халимович соискатель], [O'tayev Asror Khalimovich, teacher]; manzil: O'zbekiston, 180119, Qarshi shahri, Ko'chabog' ko'chasi, ^^[адреа Узбекистан, 180119, г. Карши, ул. Кучабаг, дом 17], [address: Uzbekistan, 180119, Kochabog, 17 house]; [ORCID 0009-0009-1055-6591]; E-mail: Asr6969@mail.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.