Научная статья на тему 'X.RAHIMOV. NAY VA ORKESTR UCHUN “TURKCHA FANTAZIYA”'

X.RAHIMOV. NAY VA ORKESTR UCHUN “TURKCHA FANTAZIYA” Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
22
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqa ijrochiligi / kompozitor / Turkcha fantaziya / nay / sonata / allegro

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Toshtemur Shukurullo O‘g‘li Shukurullayev

Ushbu maqolada Kompozitor Habibulla Rahimovning zamonaviy talqinda yozgan, “Turkcha fantaziya”si haqida so‘z yurutiladi. Asar tahlili keltirib o‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «X.RAHIMOV. NAY VA ORKESTR UCHUN “TURKCHA FANTAZIYA”»

X.RAHIMOV. NAY VA ORKESTR UCHUN "TURKCHA FANTAZIYA"

Toshtemur Shukurullo o'g'li Shukurullayev O'zbekiston davlat konservatoriyasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Kompozitor Habibulla Rahimovning zamonaviy talqinda yozgan, "Turkcha fantaziya"si haqida so'z yurutiladi. Asar tahlili keltirib o'tiladi.

Kalit so'zlar: musiqa ijrochiligi, kompozitor, Turkcha fantaziya, nay, sonata, allegro

H.RAKHIMOV. "TURKISH FANTASY" FOR FLUTE AND ORCHESTRA

Toshtemur Shukurullo oglu Shukurullayev State Conservatory of Uzbekistan

Abstract: This article talks about the "Turkish fantasy" written by the composer Habibulla Rahimov in a modern interpretation. An analysis of the work is given.

Keywords: music performance, composer, Turkish fantasy, flute, sonata, allegro

Bugungi kunda davlatimizning barcha sohalar kabi - o'zbek musiqa ijrochiligi san'atiga bo'lgan katta e'tibori, shu sohada faoliyat olib borayotgan barcha ijodkorlarni chin dildan ishlashga undamoqda. O'zbekiston kompozitorlari tomonidan yaratilayotgan ko'plab zamonaviy talqindagi asarlar, ushbu e'tibor tufayli dunyoga kelmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi.

Kompozitor Habibulla Rahimovning zamonaviy talqinda yozgan, "Turkcha fantaziya"si ana shunday asarlardan biridir. Asar o'zining go'zal ohanglarga, texnik ijro, shtrixlar, shuningdek murakkab obrazlarga boyligi bilan alohida ajralib turadi. Asar nay va o'zbek xalq cholg'ulari orkestri uchun yozilgan, shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, ushbu asar ijrosi jarayonida, nay cholg'usining uchta - al't, oddiy va pikkolo turlari ishlatiladi.

Fantaziya sonata allegrosi shaklida yozilgan. Asosiy tonalligi sol' minor (garmonik), asar davomida musiqiy surat (temp) va o'lchovlar almashib keladi. Xarakter jihatidan - o'ychan, falsafiy va jo'shqin.

Fortepianoning ilk akkordi (dissonans) ijrosi, eshituvchiga o'ychanlik olib keladi. Uning asosiy ohangi ikkinchi oktavada berilgan bo'lsada, o'zining mazmundor va chuqurligi sezilib turadi.

ffciTii^^Bl 426 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Asosiy mavzu birinchi oktava re notasidan boshlanadi. Ushbu nota oddiy nayda bo'lmaganligi sababli, al't nayda ijro etiladi. Uning chuqur va yo'g'on ovozi -Sostenuto rubato musiqiy atamasining talablariga javob bergan xolda ohangga mung va o'ychanlik olib kiradi. Jo'rnavozda ritmik ijrolar bo'lmaganligi sababli, yakkanavoz ijrosi uchun erkinlik yaratiladi.

Nafaslar chuqur olinib, bo'liq ovozda ijro etishga erishish lozim. Buning uchun sozandadan, avvalo, ichki xotirjamlik va ruhiy tayyorgarlik zarur. Notalarga qo'yilgan aktsentlar va dinamik ishoralarga diqqat bilan yondashish - asar mohiyatining ochib berish borasida muhim ahamiyatga ega.

Asosiy mavzu keng bo'lib, agogika1 va ichki hayajonga boydir.

Misol №8

Yordamchi partiya - asosiy mavzuga nisbatan bir muncha harakatchan va texnik ijrochilik tomonidan yanada mukammalashgan. Ushbu partiya ham keng jumlaga ega bo'lib, o'ziga xos ichki agogikaga ega. Jo'rnavozdagi garmonik tuzilmalar asosiy ohangni yanada boyitadi va yakkaxonni yanada hayajonli ijroga undaydi. Buning uchun yakkaxondan - texnik ijro, ichki sezgi, ansamblni eshitish, ohangdorlikni ma'romida xis etish kabi kasbiy fazilatlar talab etiladi.

Misol №9

Rivojlov qismi - yakkanavozda mayin va legatoli ohang berilgan bo'lsada, jo'rnavozda berilgan yoyiq garmoniyadagi sekstol va yordamchi mavzular ichki

1 Агогика (юнонча) - мусща ижрочилиги санъатида, асар бадиийлигини янада бойитиш учун, асосий темп ва ритмдан бироз секинлаш ёки тезлаш.

427 ISSN 2181-063Х/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

hayajonni oshiradi. Ijrodagi temp, ekspozitsiya qismiga nisbatan bir oz oldinga siljishi kuzatiladi. Detashe shtrixida berilgan sakkaztalik va choraktalik triollar asarda o'ziga xos sinkopa yaratadi. Bu esa eshituvchiga ichki bezovtalik va jumla so'ngi qanday tugashini tezroq bilish hissini uyg'otadi. Kalitda alteratsiya belgilari berilmagan bo'lsada, notalar oldiga qo'yilgan belgiladan Mi major ekanligini sezamiz.

Misol №10

Rivojlov qismining eng avj qismi orkestr (fortepiano) ijrosiga berilgan bo'lib, temp jihatidan yanada tezlashadi (achchelerando). Dinamik va agogik ijrolar o'zaro bellashadi. Ijrochidan asar xarakteri, shiddat hamda harakat to'xtab qolmasligini talab etadi. Unda ff dinamikasidaga tutti ijrosi asosiy jumlalarni egallaydi. Ushbu qism dissonans akkordlardagi ijro bilan tugab, yakkanavozning kadensiya ijrosiga olib keladi.

Misol №11

Kadensiya boshlanishida, jo'rnavoz ijrosidan so'ng ko'p kutib qolmaslik kerak. Aksincha, jo'rnavoz tugatgan fikr va hayajonni tezroq davom ettirib ketish lozim. Nayda to'rtinchi oktavada berilgan si notasi - nay pikkoloda olinganligi ma'qul. Orada cholg'uni almashtirib olishga yakkanavozda etarli vaqt bo'lganligi uchun bemalol ulgursa bo'ladi. SHuni esada tutish lozimki, kadensiya yakkanavozning har tomonlama mahoratini, kompozitorning fikri va asarning tub mohiyatini ochib beradigan asosiy qismdir. Shu sabali ushbu qismga diqqat va e'tibor bilan yondashish lozim. Unda kompozitor tomonidan qo'yilgan har bitta shtrix va musiqiy ko'rsatmalarga rioya qilish talab etiladi.

Misol №12

Repriza qismi oynali shaklda bo'lib, unda - ushbu uslubning talabiga ko'ra -avvalo yordamchi partiya kirib keladi. Musiqiy tezlik - Allegretto, o'lchov 4/4, sol' minor.

Ushbu jumlada yakkanavoz ijrosidagi asosiy ohang va orkestrdagi yordamchi ohang bir - birini o'zaro to'ldirib boradi. Ijro xarakteri - ohanglar va garmonik uyg'unlikda yanada hayajonli tus oladi.

Misol №13

Asar asosiy mavzu ohanglari bilan yakunlanadi. Unda - o'tgan hayajon va to'lqinlarni yana bir bora eslash maqsadi ilgari surilgan. Bunda bosh partiyaning (asosiy mavzuning) g'am va o'ychanlik ruhidagi ijrosiini esga olish lozim. So'ngi uchinchi taktda /berilgan bo'lsada, yakkanavoz va jo'rnavoz ijrolari asar so'ngiga qadar so'nib boradi (diminuendo va pp) bu esa tinglovchi qalbida ichki hotirjamlik bilan bir oz o'ychanlik qoldiradi.

429

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / http://oac.dsmi-qf.uz Volume 4 Issue 3 / June 2023

Misol №14

Asar juda qiziqarli bo'lib, yuqori kasbiy mahorat bilan puxta yozilgan. Ijro jarayonida uch xil nayning ishlatilishi va agogikaning ko'p uchrashi, sozandalardan o'ziga xos mahorat talab etilishiga yaqqol misoldir.

O'zbek kompozitorlari tomonidan bunday salmoqli asarlar kamdan - kam bo'lsada yaratilgan va yaratilmoqda. Bu esa sozandalarning kasbiy mahoratini o'sishiga katta yordam bo'libgina qolmasdan, ularning konsert ijrochiligini repertuararini munosib tarzda to'ldiradib, tomoshabinlarning ma'naviy dunyosini o'sitishga katta yordam berib kelmoqda.2

Foydalanilgan adabiyotlar

1. ^0CHM6eTOB E. Xara; Honrynapuga h^POHHHHK (Han). T., 2020.

2. TonpoB M. Han gapcnuru - TomKeHT, 1998.

3. TomMaTOBa A. MH.MHH nonrynap My3enu KaranorH. - TomKeHT, 2006

2 ^,OCHM6CTOB E. Xa^K HO^Fy^apHga H^POHH^HK (Han). T., 2020.

[M^^H 430

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.