ARTICLE INFO
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
THE CONCEPT, TYPES AND SIGNS OF SEXUAL VIOLENCE
AGAINST MINORS Sharifbayeva Maxbuba Fazlitdin qizi
Master's student of Law enforcement academy of the Republic of
Uzbekistan [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11471699
ABSTRACT
Received: 24th May 2024 Accepted: 30th May 2024 Online: 31th May 2024
KEYWORDS Violence, violence, sexual violence, minors, contact and
non-contact sexual violence, sexual freedom, sexual integrity, grooming.
This article analyzes the concepts of "rape", "violence", "sexual violence" and the types and signs of sexual violence crimes committed against minors. Also, the historical stages of prosecution for sexual violence committed against children have been studied. The article examines the types of crimes of sexual violence committed against minors and divides them into categories according to their characteristics.
VOYAGA YETMAGANLARGA NISBATAN JINSIY ZO'RAVONLIK TUSHUNCHASI, TURLARI VA BELGILARI
Sharifbayeva Maxbuba Fazlitdin qizi
O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistratura yo'nalishi tinglovchisi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11471699
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 24th May 2024 Accepted: 30th May 2024 Online: 31th May 2024
KEYWORDS Zo'rlik, zo'ravonlik, jinsiy zo'ravonlik, voyaga
yetmaganlar, aloqali va aloqasiz jinsiy zo'ravonlik, jinsiy erkinlik, jinsiy daxlsizlik, gruming.
Mazkur maqolada "zo'rlik", "zo'ravonlik", "jinsiyzo'ravonlik" tushunchalari hamda voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etiladigan jinsiy zo'ravonlik jinoyatlarining turlari, belgilari tahlil qilingan. Shuningdek, bolalarga nisbatan sodir etilgan jinsiy zo'ravonliklar uchun javobgarlikka tortishning tarixiy bosqichlari ham o'rganilgan. Maqolada voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etiladigan jinsiy zo'ravonlik jinoyatlarining turlari o'rganilib, belgilariga ko'ra kategoriyalarga ajratibko'rsatilgan.
Bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi roli va faolligini oshirish, ularga nisbatan sodir etiladigan qonun buzilishlarini, tazyiq va zo'ravonlikni oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish sohasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
Inson huquqlari doirasida voyaga yetmaganlarning, ya'ni bola huquqlarining kafolati, ularning alohida individ sifatida himoya qilinishiga, shuningdek, voyaga yetmaganlar huquq va erkinliklarini kafolatlovchi takomillashgan huquqiy baza shakllanishiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Butun dunyoda bolalarga nisbatan zo'ravonlikka qarshi kurashishga e'tibor kuchayishi, jabrlanuvchilarni qo'llab-quvvatlash va himoya qilishda ko'plab ijobiy o'zgarishlarga qaramay, voyaga yetmaganlarga nisbatan zo'ravonlik har xil ko'rinishlarda hamon keng tarqalib kelmoqda.
Xususan, O'zbekistonda 2023-yilning 10-oktabr kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O'zbekiston Adliya vazirligi va UNICEF hamkorligida o'tkazilgan tadbirda prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Shaxnoza Mirziyoyeva o'z nutqida O'zbekistonda 2023-yilning to'qqiz oyida 1240 ta voyaga yetmaganlarga nisbatan zo'ravonlik holatlari qayd etilgan bo'lsa, shundan 417 tasi jinsiy zo'ravonlik ekanligini ta'kidlab o'tgani ushbu mavzuning dolzarb ekanligidan dalolat beradi.
Shunday ekan, bugungi kunda voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etiladigan jinsiy zo'ravonlik jinoyatlarini tahlil qilish, ularning kelib chiqish sabablarini o'rganish, jabr ko'rgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish hamda jinoyat sodir etgan shaxslarning javobgarlik masalalarini tahlil qilish va bu turdagi jinoyatlarning oldini olish mexanizmini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Dastlab, tadqiqot ishida voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo'ravonlik jinoyatlarining tushuncha va belgilari tahlil qilinar ekan, avvalo, jinsiy zo'ravonlikning jinoyat sifatida vujudga kelish tarixi, jinsiy zo'ravonlik tushunchasi, shuningdek, jinsiy zo'ravonlikning turlari tahlil qilinishi lozim.
Bolalarga nisbatan jinsiy zo'ravonlik tadqiqot mavzusi sifatida 1990-yillardan boshlab yuzaga keldi[1]. Antik davrda kattalar va bolalar o'rtasidagi jinsiy aloqa mutlaqo odatiy hol sifatida qaralgan. O'tmishda qullarga, shuningdek bolalarga ularga saroy xizmatkorlari sifatida jinsiy tazyiq o'tkazish ko'p sodir bo'ladigan holat hisoblangan. Bundan tashqari, urushlar, harbiy to'qnashuvlar sodir bo'lishi qizlarning, odatda o'n yoshdan kichik bo'lgan balog'atga yetmagan qizlarning nomusiga tegish, ularni qullikda saqlashga sabab bo'luvchi omillardan bo'lgan. Tarixiy ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, Qadimgi Yunonistonda kattalar va yosh bolalar o'rtasidagi besoqolbozlik holatlari ko'p uchraydigan holatlar hisoblangan. Rimda esa bunday harakatlarni fuqarolikka ega bo'lgan o'g'il bolalar bilan amalga oshirish taqiqlangan bo'lib, bu qoida qul hisoblanuvchi bolalarga amal qilmagan. Keyinchalik, Yevropada xristianlikning vujudga kelishi bilan ushbu holatlar qattiq qoralanilishi boshlangan.
O'rta asrlar hamda yangi davr bosqichida bolalarga nisbatan sodir etilgan jinsiy zo'ravonlikka nisbatan kamdan-kam hollarda odil sudlov jarayonlari amalga oshirilgan. Ushbu holatda qachonki erkak kishining biologik izlari bolaning jinsiy a'zosida topilsagina jinsiy zo'ravonlik deb baholangan, biroq ushbu holat ko'p hollarda isbotlanmay qolardi. Bundan tashqari, ishning sudda ko'rilishi va qaror qabul qilinishi, ayblanuvchining javobgarlikka tortilishi masalasi jabrlanuvchi va ayblanuvchining, ularning oila a'zolarining ijtimoiy holatiga ham bog'liq bo'lgan[2].
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
Tarixiy ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, jinsiy zo'ravonlik qurbonlarining aksariyatini bolalar tashkil qilgan bo'lib, birgina misol, Londonda 1674-1800-yillar oralig'ida ko'rilgan zo'rlash holatlarining 306 tasi o'n to'rt yoshgacha bo'lgan bolalarga nisbatan sodir etilgandi[2]. Yangi davrda birinchilardan bo'lib Angliyada jinsiy zo'ravonlik jinoyatlari uchun hukm qilishda jabrlanuvchilarning yoshi hisobga olinishni boshladi. 1567-yildagi Zo'rlash to'g'risidagi statutda o'n yoshga to'lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, agar uning roziligi bo'lgan taqdirda ham jinoyat hisoblanishi belgilab o'tildi va shu tariqa "rozilik yoshi" tushunchasi paydo bo'la boshladi[4].
Islom tarixiga nazar soladigan bo'lsak, voyaga yetmaganlarni zo'rlaganlik odob-axloq va jamoat tartibiga doir jinoyatlari hisoblanib, ushbu qilmish uchun "had", ya'ni 40 tadan 100 ta darragacha qamchi urish jazosi qo'llanilgan[5].
Bolalar huquqlarining jahon hamjamiyatida tan olinishi va mustahkamlanishi bolalarga nisbatan sodir etiladigan jinsiy zo'ravonliklarning jinoyat sifatida tan olinishiga va javobgarlikni belgilashga sabab bo'ldi. O'tgan asrlar davomida bu turdagi jinoyatlarda jazo tayinlashda jabrlanuvchi va ayblanuvchining jamiyatdagi mavqeyi, ijtimoiy holatidan kelib chiqilgan bo'lsa, bugungi kunda ushbu masalalar shaxsning tabaqasiga bog'liq bo'lmagan holat hisoblanadi.
Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyaning 19-moddasiga muvofiq, Konvensiyani ratifikatsiya qilgan mamlakatlar oldida bolani jismoniy va ruhiy zo'ravonlikning har qanday shakllaridan himoya qilish, o'zga shaxslar tomonidan ekspluatatsiya qilish, ularga nisbatan shahvoniy suiste'molliklar sodir etishdan himoya qilish uchun barcha qonuniy, ma'muriy, ijtimoiy va ma'rifiy choralarni ko'rish majburiyati mavjud hisoblanadi[6].
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga ko'ra hech kim qiynoqqa solinishi, zo'ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas, deb belgilab qo'yilgan. "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi qonunning 10-moddasiga ko'ra, davlat bolaning ekspluatatsiya va zo'ravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy va jinsiy zo'ravonlikdan hamda shahvoniy shilqimliklardan, huquqbuzarliklar va g'ayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etilishidan himoya qilinishini amalga oshirishi kafolatlab qo'yilgan.
Jinsiy zo'ravonlik turlarini tahlil qilishdan oldin "zo'ravonlik", "zo'rlik" tushunchalariga to'xtalib o'tishimiz lozim. Bir qator ilmiy va yuridik adabiyotlarni tahlil etish hamda umumlashtirish shuni ko'rsatmoqdaki, fanda hanuzgacha "zo'rlik" va "zo'ravonlik"ka oid yagona tushuncha mavjud emas. Garchi, "zo'rlik" va "zo'ravonlik" tushunchalariga turli soha mutaxassislari tomonidan e'tibor qaratilgan bo'lsada, bu haqida yagona to'xtamga kelinmagan[7].
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida jami sakkiz o'rinda "zo'ravonlik" atamasi qo'llanilgan bo'lib, biroq ushbu tushunchaning tavsifi keltirib o'tilmagan. Xususan, Jinsiy daxlsizlikka qarshi jinoyatlar bobida keltirib o'tilgan jinoyatlarning (118, 119, 121-moddalar) tavsifida ham "zo'rlik ishlatib" tushunchalari qo'llanilgan.
Zo'ravonlik zo'ravonlarga xos xatti-harakat, zo'rlik hamda kuch ishlatishdir[8]. Zo'rlik-biror kishining ikkinchi bir kishiga nisbatan zo'rlik qilishi, zo'ravonlik, jismoniy kuch ishlatish
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
yo'li bilan xo'rlashi, jabr-zulm qilishi. Zo'rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarga zo'rlik ishlatib jinsiy erkinlikka qarshi sodir etilgan jinoyatlar ham kiradi[9].
Ayrim manbalarga ko'ra, zo'rlik Konstitutsiya bilan kafolatlangan fuqarolarning huquqlarini buzadigan bir shaxsning boshqasiga jismoniy yoki ruhiy ta'sir o'tkazib, uning sog'lig'i va psixikasiga zarar yetkazishdir[10]. Zo'rlik ishlatish deganda jabrlanuvchining qarshiligini yengishga qaratilgan harakatlarni sodir etishdir[11]. S. Niyozovaning mualliflik ta'rifiga ko'ra, zo'rlik - bu jabrlanuvchi xavfsizligiga qasddan, qonunga xilof ravishda jinoiy tajovuz qilish, uning organizmiga (organlari, to'qimalari va ularning fiziologik funksiyalari) irodasiga qarshi (yoki undan tashqari) jismoniy (energetik) yoki ruhiy (informatsion) ta'sir etish yo'li bilan jismoniy yoki ruhiy zarar yetkazish[12].
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining "Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g'ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar bo'yicha sud amaliyoti to'g'risida"gi qarorining uchinchi bandiga ko'ra, nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g'ayritabiiy usulda qondirishda zo'rlik ishlatish deganda jabrlanuvchining qarshiligini yengishga qaratilgan harakatlarni sodir etish, masalan, zarbalar berish, nafas yo'llarini siqish, oyoqlari, qo'llarini ushlab turish, kiyimlarini yirtish kabi harakatlar tushuniladi[13].
Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilishimiz mumkinki, zo'rlik ikki xil, ya'ni jismoniy yoki ruhiy shaklda amalga oshirilib, zo'rlik natijasida shaxsning tanasiga, sog'lig'iga hamda ruhiy holatiga ta'sir ko'rsatilib zarar yetkazilar ekan. Bizning fikrimizcha, zo'ravonlik zo'rlikdan kengroq tushuncha bo'lib, zo'rlik zo'ravonlik amalga oshirilishining bir ko'rinishidir. Zo'rlik amalga oshirilishining aniq shakli mavjud bo'lsa, zo'ravonlik mavhumroq xususiyatga ega. Zo'rlik oqibatida shaxsga jismoniy yoki ruhiy zarar yetkazilsa, zo'ravonlikda nafaqat ruhiy yoki jismoniy, balki jinsiy hayotga, iqtisodiy holatiga ham zarar yetkazilishi mumkin.
Milliy jinoyat qonunchiligimizda jinsiy erkinlikka qarshi sodir etiladigan jinoyatlar sifatida belgilangan nomusga tegish, jinsiy ehtiyojni zo'rlik ishlatib g'ayritabiiy usulda qondirish, shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish jinoyatlarida jinoyat tarkibini aniqlashda shaxsga nisbatan zo'rlik ishlatish hamda ushbu harakatlar jabrlanuvchining ixtiyoriga qarshi amalga oshirilishi muhim hisoblanadi. Agar ushbu holatda sodir etilayotgan harakatlar jabrlanuvchiga zo'rlik ishlatmasdan uning roziligi asosida qarshiliksiz amalga oshirilsa, ushbu jinoyatlar jinsiy erkinlikka qarshi sodir etilgan deb topilmaydi[14].
Jinoyat huquqi sohasidagi milliy adabiyotlarda voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etilgan jinsiy qilmishlar jinsiy jinoyatlar uchun belgilangan normaning bir qismi sifatida o'rganilgan. Ushbu normalarda voyaga yetmagan jabrlanuvchilar kategoriyasi ikki toifaga bo'lingan bo'lib, bular: o'z sakkiz yoshga to'lmagan va o'n to'rt yoshga to'lmagan shaxslar.
Tadqiqotlarga ko'ra[15], jinsiy erkinlik va daxlsizlikka oid jinoyatlarda jabrlanuvchilarni yoshiga ko'ra ajratish ularning kriminogen xususiyatini aniqlashda yordam beradi. Bunda jabrlanuvchilarni quyidagicha tasniflash taklif etiladi:
■ o'n to'rtgacha bo'lgan bolalar;
■ o'n to'rt yoshdan o'n olti yoshgacha bo'lgan bolalar;
■ o'n olti yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan bolalar.
Birinchi guruhga mansub bolalar o'zlariga nisbatan bo'lgan qiynoq va zo'ravonlikni bilishadi, biroq bu harakatlar shahvoniy harakatlar ekanligini, ularning jismoniy va ma'naviy
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
sog'lig'iga ziyon yetkazilganini anglashmaydi hamda bunday voqealar haqida kattalarga xabar berishmaydi. Ikkinchi guruhga mansub subyektlar esa jinsiy o'zgarishlar natijasida bunday harakatlar uchun moyilikka ega bo'lishadi. Uchinchi guruh vakillari esa faqat zo'rlik ishlatilib sodir etiladigan jinoyat jabrlanuvchisi bo'lishi mumkin. Sababi, jinsiy erkinlikka shaxslar o'n olti yoshdan ega bo'lishadi.
D.E. Vasilchenkoning ta'rifiga ko'ra, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlar bu subyekt tomonidan jinsiy ehtiyojni qondirish maqsadida voyaga yetmaganlarga nisbatan ularning normal jinsiy rivojlanishini buzilishiga sabab bo'ladigan jinsiy xususiyatga ega bo'lgan ijtimoiy xavfli xatti-harakatlarni sodir etishdir[16]. M.A. Gorbachev o'zining ilmiy ishi doirasida jinsiy jinoyatlarga mualliflik ta'rifini bergan bo'lib, unga ko'ra jinsiy jinoyatlar jinoyat subyekti tomonidan jinsiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida jabrlanuvchiga nisbatan ruhiy yoki jismoniy tahdid o'tkazish, qo'rqitish, uni nochor holatga tushirish, ruhiy va jismoniy zo'rlik ishlatib jinsiy aloqa qilish yoki zo'ravonliksiz jinsiy tazyiq, axloqiy buzuq xatti-harakatlarni amalga oshirish orqali jabrlanuvchining jinsiy hayot daxlsizligini buzishda ifodalanadigan ijtimoiy xavfli, jazoga sazovor xatti-harakatlardir[17]. Demak, aytishimiz mumkinki, ruhiy yoki jismoniy tahdid qilish orqali shaxsning jinsiy hayot daxlsizliga ta'sir ko'rsatadigan jinoyat qonunchiligi bilan taqiqlangan ijtimoiy xavfli qilmishlar jinsiy jinoyatlarni tashkil etarkan.
N. Parshinga ko'ra, amaliyotda hamda ilmiy ishlarda voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo'ravonlik turli tushunchalarda ifodalanadi. Masalan, jinsiy tazyiq, jinsiy tajovuz, jinsiy huquqbuzarlik, zo'ravonliksiz jinsiy tazyiq kabilar. Bu kabi turli tushunchalarning qo'llanilishining sababi qonunchilikda jinsiy zo'ravonlikka yagona ta'rifning berilmaganidir[18]. Muallif shuni ta'kidlaydiki, jinsiy zo'ravonlik faqat jinoyat qonunchiligida jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar bilan qamrab olinmasligi kerak. Jinsiy zo'ravonlikka qasddan OIV/OITS kasalligini yuqtirish, shaxsni jinsiy ekspluatatsiya qilish, foxishalik faoliyatiga majburan jalb etish hamda pornografik materiallarni tayyorlash kabi harakatlarni ham jinsiy zo'ravonlikni bir ko'rinishi sifatida baholash lozim. Ushbu sanab o'tilgan holatlardan qasddan OIV/OITS kasalligini yuqtirishni jinsiy zo'ravonlik deyish unchalik to'g'ri emas deb hisoblaymiz, sababi, bunday vaziyatda shaxsning g'arazli niyati jabrlanuvchining hayot va sog'lig'iga zarar yetkazishga qaratilgan bo'lib, jinsiy aloqa qilish shu qilmishni sodir etish uchun bir vosita hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi Qonunda jinsiy zo'ravonlik tushunchasiga ta'rif berilgan bo'lib, unga ko'ra, jinsiy zo'ravonlik xotin-qizlarga nisbatan ularning roziligisiz shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etish orqali jinsiy daxlsizlikka va jinsiy erkinlikka tajovuz qiladigan zo'ravonlik shakli, shuningdek zo'rlik ishlatish yoki zo'rlik ishlatish bilan tahdid qilish yoxud ayol jinsidagi voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan axloqsiz harakatlar sodir etish orqali uchinchi shaxs bilan jinsiy aloqa qilishga majburlashda aks etadi[19]. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti jinsiy zo'ravonlikni quyidagicha ta'riflaydi: "Har qanday jinsiy harakat, jinsiy aloqa qilishga undash, odam savdosi orqali shaxsning jinsiy erkinligiga qarshi jinsiy aloqaga majburlash"[20].
Qonunchiligimizda voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo'ravonlik tushunchasiga ta'rif va tavsif hali kiritilmagan hisoblanadi. Biroq, Adliya vazirligi tomonidan 2023-yilning
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
12-oktabrida Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga "Bolalarni zo'ravonliklarning barcha shakllaridan himoya qilish to'g'risida"gi qonun loyihasi[21] jamoatchilik muhokamasiga qo'yilgan bo'lib, ushbu hujjatda bolalarga nisbatan jinsiy zo'ravonlik tushunchasiga ta'rif berib o'tilgan. Loyihaga ko'ra, bolalarga nisbatan shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etish orqali ularning jinsiy daxlsizligi va jinsiy erkinligiga tajovuz qilish, shu jumladan nomusga tegish, jinsiy ehtiyojni g'ayritabiiy usulda qondirish, jinsiy aloqa qilishga majburlash, o'n olti yoshga to'lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish, bolalarga nisbatan yolg'on, ishonchi yoki zaif mavqeyini suiiste'mol qilish orqali shahvoniy harakatlarni sodir etish, shahvoniy shilqimlik qilish, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlangan boshqa har qanday harakatlar jinsiy zo'ravonlikni tashkil etadi.
Yuqoridagi ta'rifdan shunday fikrga kelishimiz mumkinki, jinsiy zo'ravonlik faqat jismoniy harakatlarda emas, balki bolaning jinsiy daxlsizligiga ta'sir etuvchi har qanday harakatlarda ifodalanar ekan.
Internet ma'lumotlariga ko'ra, bolalarga nisbatan jinsiy zo'ravonlik ikki xil ko'rinishda bo'lishi mumkin bo'lib, bular jismoniy harakatlar va jismoniy harakatlarsiz amalga oshiriladigan zo'ravonlikdir. Manbalarda[22], jinsiy zo'ravonlikning jinsiy tazyiq, zo'rlash, jinsiy ekspluatatsiya, shahvoniy mavzularda suhbatlarga jalb etish, onlayn jinsiy tazyiq hamda kontaktsiz zo'ravonlik kabi turlari ko'rsatiladi. Quyida xorijiy manbalar[23] asosida jinsiy zo'ravonlikning bir qancha turlarini ko'rib o'tamiz:
Aloqali jinsiy zo'ravonlikka jinoyatchi tomonidan jabrlanuvchiga tahdid, zo'rlik ishlatib, uning xohishiga qarshi sodir etiladigan bevosita tabiiy yoki g'ayritabiiy shaklda amalga oshiriladigan jinsiy aloqa tushuniladi. Aloqasiz jinsiy zo'ravonlikka esa jismoniy harakatlarsiz amalga oshiriladigan zo'ravonlik bo'lib, bunga misol qilib voyaga yetmagan shaxsni pornografik materiallarni ko'rishga majburlash, voyaga yetmaganlarga qarata shahvoniy tusdagi buzuq harakatlar qilish, bolalarga nisbatan jinsiy zo'ravonlik aks ettirilgan materiallarni tarqatish, bolaning roziligisiz uning yalong'och suratlarini tarqatish kabi harakatlarni misol qilishimiz mumkin.
Jinsiy ekspluatatsiya bu voyaga yetmaganlarning ozodligini cheklab, uning erkiga qarshi qullikda saqlab o'zgalar bilan jinsiy munosabatga kirishishga majburlash, undan jinsiy xizmatlar ko'rsatishda foydalanish tushuniladi. Jinsiy zo'ravonlik aks ettirilgan materiallarni tarqatish bola bilan sodir etilgan jinsiy zo'ravonlik holatini ko'rgazmali material sifatida tayyorlab unga egalik qilish hamda uni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatishda ifodalanadi. Voyaga yetmaganlarga nisbatan shahvoniy tusdagi xabarlar yozish, shunday tabiatga ega rasm yoki videolar yuborish ham jinsiy zo'ravonlikning bir turini ifodalaydi.
Jinsiy zo'ravonlikning yana bir turi bu grumingdir. Gruming bolani manipulyatsiya qilish, uni boshqarish, keyinchalik tazyiq o'tkazish maqsadida uning ishonch doirasiga kirish uchun bola bilan yaqinlik o'rnatishdir. Bunday holatda grumer jabrlanuvchi bilan dastlab do'stona aloqaga kirishadi, uning ishonch doirasiga kiradi, ruhiy yaqinlik o'rnatadi. Keyinchalik bunday harakatlar jinsiy mavzudagi suhbatlar, ma'lumotlar berish, namoyish qilishga aylanadi va grumer o'ziga qulay sharoit yaratib olgandan so'ng jinsiy zo'ravonlikni amalga oshiradi[24].
Hozirgi raqamli zamonda ijtimoiy tarmoqlarda "live streaming" ya'ni jonli efirlar tashkil qilish, tarmoqlarda onlayn o'yinlar o'tkazish ommaga keng yoyilgan hisoblanadi. Bunday jonli
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
translatsiyalar shaxslarga real vaqt rejimida insonlarga muloqot uchun platforma yaratib beradi. Jinsiy zo'ravonlikning yana bir turi sifatida shunday jonli efir vaqtida auditoriyaga jinsiy zo'ravonlikni tasvirlovchi videolavhalarni uzatish ko'rsatiladi. Bunday qilmishlar asosan voyaga yetmaganlar uchun mo'ljallangan platformalarda namoyish etilib, bolalarni jinoyatning o'ljasi bo'lishiga sabab bo'ladi[25]. Bunday jonli efirlarda anonimlik sababli jinoyatchi shaxslarni aniqlash deyarli imkonsizdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, jinsiy zo'ravonlik jinoyatlari ikki xil kategoriyaga, ya'ni aloqali va aloqasiz turlarga bo'linar ekan. Birinchi kategoriyada jinoyatchi shaxs jabrlanuvchi bilan bevosita jismoniy aloqaga kirishadi. Ikkinchi kategoriyada esa jinoyatchi shaxs jabrlanuvchi bilan jinsiy aloqaga kirishmasa ham, jinsiy, shahvoniy xatti-harakatlar orqali jabrlanuvchining jinsiy erkinlik va daxlsizligini buzadi. Aloqasiz jinsiy zo'ravonlikning o'ziga xos jihati shundaki, bunday harakatlar vaqt o'tishi bilan aloqali jinsiy zo'ravonlikka aylanib ketish ehtimoli yuqori bo'ladi.
Ayrim manbalarda shaxsni nikohga kirishga majburlash ham jinsiy zo'ravonlikning bir ko'rinishi sifatida talqin qilinadi[26]. Sababi, nikohga majburiy kirish bu istalmagan, roziliksiz jinsiy aloqaga kirishishga sabab bo'ladi. Buning natijasida jabrlanuvchi shaxsning zo'rlanishi, jinsiy tazyiq ko'rishi ehtimoli oshadi
Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo'ravonlikning quyidagicha tasnifini keltirishimiz mumkin:
Zo'ravonlikning shakli bo'yicha:
a) ochiq (shaxs jinsiy harakatni amalga oshirish maqsadini ochiqdan-ochiq ifodalaydi)
b) yopiq (odatda jabrlanuvchi jinoyatchi shaxsning xatti-harakatlarining mazmuni va uni oqibatini tushunmaydi)
Tayyorgarlik darajasiga ko'ra:
a) rejalashtirilgan (shaxsning qasdi oldindan shakllangan bo'ladi)
b) rejalashtirilmagan (mavjud vaziyatda yuzaga keladi, masalan, shahvoniy shilqimlik) Jinoyatchi va jabrlanuvchi o'rtasidagi munosabatga ko'ra:
a) oila ichidagi (ota-ona, aka-uka, opa-singil munosabatlarida)
b) qarindoshlik aloqalari bo'lgan shaxslar doirasida (yaqin qarinsdoshlar tomonidan)
c) oiladan tashqari shaxslar (begona shaxslar) Amalga oshirish shakliga ko'ra:
a) aloqali (bevosita jinsiy aloqa qilish orqali)
b) aloqasiz (gruming, uyatsiz-buzuq harakatlar qilish, jinsiy ekspluatatsiyaga jalb qilish, bola ishtirok etgan pornografik material tayyorlash)
Jinsiga ko'ra:
a) geteroseksual (qarama-qarshi jins vakili bilan)
b) gomoseksual (bir turdagi jins vakili bilan)
Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo'ravonlikni tahlil qilish natijasida jinsiy zo'ravonlikning tasnifi bo'yicha bir qancha xulosalarga kelishimiz mumkin. Xalqaro standartlar jinsiy aloqa uchun yosh senzi belgilanmagan. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo'ravonlik deganda o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxsga nisbatan sodir etiladigan jinsiy zo'ravonlik harakatlari tushuniladi. Jinsiy zo'ravonlik o'zida faqat ruhiy va jismoniy zo'rlik ishlatilib sodir etiladigan jinsiy aloqani emas, balki bu bilan birga shaxsning jinsiy
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
erkinligi va jinsiy daxlsizligiga ta'sir o'tkazuvchi har qanday axloq me'yorlariga qarshi harakatlarni ifodalar ekan.
References:
1. Dorothea Nolde. "Sexual violence against children. A report on current research". Women, Gender, History Volume 52, Issue 2, 2020, pages 137 to 161
2. Toulalan 2013; Toulalan 2014: 30.
3. Bailey 2004: 749; Toulalan 2014: 23, 31; Griesebner & Lorenz 2015; Wolff 2012: 49, 85; Jarzebowski 2006: 243.
4. «O'zbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2004. 145-bet.
5. Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiya. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrdagi 757-XII-sonli "Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyaga qo'shilish haqida"gi Qaroriga muvofiq qo'shilgan. O'zbekiston Respublikasi uchun 1994-yil 29-iyuldan kuchga kirdi
6. S. Axmedov. "Oiladagi zo'ravonlikning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari" mavzusida yozilgan magistrlik dissertatsiyasi
7. O'zbek tilining izohli lug'ati
8. O'zbekiston yuridik ensiklopediyasi/ Nashr uchun mas'ul R.A. Muhitdinov va boshq; mas'ul muharrir N. To'ychiyev. - T.:Adolat, 2009. - 199-bet.
9. А.Б. Барихин. Большая юридическая энциклопедия. (Серия «Профессиональные справочники и энциклопедии») - М.: Книжный мир, 2010. 477-c
10. Жиноят хукуки. Махсус ;исм: Дарслик / Р.Кабулов, А.Отажонов ва бошк;. Масъул мухаррир Ш.Т.Икрамов. -
11. Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 1-булим, 2014. - Б. 108.
12. Niyozova S.S. Shaxsga qarshi zo'rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning viktimologik profilaktikasi Yuridik fanlar doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi Avtoreferati. 26-bet.
13. https://lex.uz/docs/-2414120
14. Rustambayev M.X. O'zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 3. Maxsus qism. Shaxsga qarshi jinoyatlar.Tinchlik va xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. Darslik. 2-nashr, to'ldirilgan va qayta ishlangan - T.: O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. Qarang: Jinoyat kodeksi 118, 120, 121, 128-moddalari sharhi
15. S. Niyozova, Dr. Ravinder Kumar. Considerations For The Prevention Of Crimes Against The Sexual Integrity Of Minors. The American Journal of Political Science Law and Criminology (ISSN - 2693-0803) Published: May 31, 2021 Pages: 98-111
16. Васильченко Д.Е. Уголовно-правовые и криминологические проблемы борьбы с преступлениями, посягающими на нормальное половое и нравственное развитие детей: дис. канд. юрид. наук. Ростов/Дон, 2002. С. 12
17. Горбачев М.А. Сексуальная преступность в России: криминологическое исследование: автореф. дис. ... канд. юрид. наук. М., 2016.
18. Паршин Николай Михайлович. "Предупреждение сексуальных преступлений, совершаемых в отношении несовершеннолетних". Диссертация на соискание ученой степени кандидата юридических наук.
APPLIED SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz
19. "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida" Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 17-avgustda qabul qilingan. https://lex.uz/ru/docs/-4494709
20. World Health Organization. Violence against women - Intimate partner and sexual violence against women. Geneva, World Health Organization, 2011.
21. https://regulation.gov.uz/oz/d/87302
22. https://violenceagainstchildren.un.org/content/sexual-violence
23. https://www.dutchrapporteur.nl/sexual-violence-against-children/types-of-sexual-violence-against-children
24. https://www.nspcc.org.uk/what-is-child-abuse/types-of-abuse/grooming/
25. https://www.infosecawareness.in/concept/women/sexual-abuse-while-live-streaming
26. Diah Pudjiastuti, Nurul Alifatussyamsiah, Nonik Novi Meilina. The Role of Law in Sexual Violence Against Minors. https://ejournal.fhuki.id/index.php/tora/article/view/122