Научная статья на тему 'VОKАL FАNINING АSОSIY MАQSАD VА VАZIFАLАRI'

VОKАL FАNINING АSОSIY MАQSАD VА VАZIFАLАRI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
137
110
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
vоkаl / аnsаmbl yоki vоkаl-хоr / хоnаndа / musiqа nаzаriyаsi / sоlfеdjiо / gаrmоniyа / pоlifоniyа / musiqа аsаrlаri tаhlili / musiqа tаriхi / fоrtеpiаnо / dirijyоrlik / dirijyоrlik аmаliyоti

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — T.Akbarov

Ushbu mаqоlаdа tеаtr аktyоrlаri vа хоnаndаlаr uсhun zаrur bо‘lgаn Vоkаl fаnining mаqsаd vа vаzifаsi, аhаmiyаti, tаlаbаlаrning kаsbiy mаhоrаtini оshirishidаgi muhim kаsbiy оmillаr, Vоkаl ijrосhiligidа оvоzni yо‘lgа qо‘yish, sоzlаsh kаbi ijrо usullаri hаqidа tushunсhаlаr vа fikr-mulоhаzаlаr bildirilаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «VОKАL FАNINING АSОSIY MАQSАD VА VАZIFАLАRI»

VОKАL FАNINING АSОSIY MАQSАD VА VАZIFАLАRI

T.Akbarov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Аnnоtаtsiyа: Ushbu maqolada teatr aktyorlari va xonandalar uchun zarur bo'lgan Vokal fanining maqsad va vazifasi, ahamiyati, talabalarning kasbiy mahoratini oshirishidagi muhim kasbiy omillar, Vokal ijrochiligida ovozni yo'lga qo'yish, sozlash kabi ijro usullari haqida tushunchalar va fikr-mulohazalar bildiriladi.

Kalit so'zlar: vokal, ansambl yoki vokal-xor, xonanda, musiqa nazariyasi, solfedjio, garmoniya, polifoniya, musiqa asarlari tahlili, musiqa tarixi, fortepiano, dirijyorlik, dirijyorlik amaliyoti

MAIN GOALS AND TASKS OF VOCAL SCIENCE

T. Akbarov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: In this article, theater actors and singers need to understand the purpose and task of vocal science, its importance, important professional factors in improving the professional skills of students, methods of performance such as setting up and adjusting the voice in vocal performance, and comments are given. .

Keywords: vocal, ensemble or vocal-choir, singer, music theory, solfeggio, harmony, polyphony, analysis of musical works, music history, piano, conducting, conducting practice

Yurtimiz mustaqillikka erishgach, o'zbek san'atini asrab - avaylashga, madaniy merosini yangidan tiklashga va yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma'ruzasida "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini ishlab chiqdik. Mana shu strategiyaga muvofiq, barcha soha va tarmoqlar qatori madaniyat va san'at, adabiyot, ommaviy axborot vositalari ravnaqini yangi bosqichga ko'tarishni biz o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz" deya ta'kidladi.

Inson qadimdan atrof muhitda ro'y berayotgan voqea-hodisalarga o'z munosabatini bildirgan. Bu munosabat, avvalo, turli xatti-harakatlar, ovozlar, ehtiroslar vositasida amalga oshgan. Keyinchalik his-tuyg'ularni so'zlar, so'z yig'indisi, raqslar ifodalagan. Yana keyinroq odamlar o'zlaricha dunyoning, tabiatning, hayvonlar, o'simliklar, tog'lar, suvlarning paydo bo'lishini izohlovchi to'qima hikoyalar o'ylab

ITFVE^^Hl 446 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

topganlar. Yigitlar, qizlar muhabbat qo'shiqlarini to'qiganlar. Qabila-urug'ning mard va jasur yigitlari haqida, ularning g'aroyib qahramonliklari haqida afsona va rivoyatlar paydo bo'lgan. Bularning hammasi hali yozuv madaniyati vujudga kelmasdan oldin jamoa-jamoa bo'lib yashayotgan aholi o'rtasida shuhrat topgan.

Ta'lim tizimining tubdan yangilanishi barcha fanlar kabi "Vokal" fanini yangi, zamon talablariga javob bera oladigan o'quv qo'llanmalari va darsliklar bilan ta'minlanlashni taqozo etadi. "Vokal" fani - vokal ijrochiligi ixtisosligi kasbiy ta'limi va musiqali teatr aktyorligi bo'yicha o'tiladigan asosiy fanlardan biridir. Ushbu yo'nalishlar bo'yicha ta'lim olayotgan talabalarga vokal fani barcha semestrlarda yakka tarzda o'qitiladi.

"Shu o'rinda "Vokal" so'zining lug'aviy ma'nosiga to'xtalib o'tsak. "Vokal" so'zining lug'aviy ma'nosi bizda qadimdan mavjud bo'lgan "qo'shiq, ashula" degan musiqiy atamalarga to'g'ri keladi shunga ko'ra, vocal istilohi tarixiy - ijtimoiy, madaniy - ma'rifiy jarayonlarning ajralmas bir bo'lagi sifatida Qadim zamonlardan beri yashab kelmoqda. O'zbek xalqi madaniy hayoti XIX asrning ikkinchi yarmidan kirib kelib, san'atning ijrochilik janrini ifodalay boshlagan bu tushuncha Yevropada uzoq tarixga ega bo'lib, uning negizi antik davr diniy marosimlari, ijro jarayoniga borib taqaladi."1 Vokal san'atining birinchi tarixiy vakillari - xalq xonandalaridir. Italiyada XVI asrga kelib cholg'u jo'rligi ostida yakkaxon ovoz uchun musiqa asarlari yaratila boshlandi.Shu davrdan e'tiboran Yevropada tom ma'noda xonandalik san'ati yuzaga kela boshladi deb hisoblaydilar soha tarixchilari. XVII-XVIII asrlarda Yevropaning ko'pgina mamlakatlarida vokal san'ati yuqori pallalarga ko'tarilgan.Xonandalar nafaqat yuqori malakada kuylaganlar balki kuchli dramatic rollar ham ijro etganlar.

Vokal fanining asosiy maqsadi bo'lajak teatr aktyorlari va qo'shiqchilarning kasbiy mahoratini oshirish, nafas olish, so'z tanlash, qo'shiqni yuksak saviyada ijro qilish malakasini hosil qilishdan iborat. Fanning asosiy vazifasi yosh mutaxassislarga kelajakda havaskorlar bilan ishlash yollarini o'rgatish, vokal ijrochiligi yutuqlarini amalda tatbiq qilish kabi ishlardan iborat.

"Xonandalik yo'nalishida asosiy o'rin tutgan vokal hozirda ancha ommalashib ketgani sir emas. Vokal-musiqa san'atining o'ziga xos turi bo'lib, eng avvalo ashula aytish mahoratini yuksak darajada o'zlashtirishga asoslanadi. Ashula aytish yakka holda, ansambl yoki xor jo'rligida ham namoyon bo'lishi mumkin. Muhimi, vokal san'ati hozirgi kunda opera, operetta, musiqali dramalar, komediyalar va estrada konsertlarida ham keng qo'llanib kelmoqda"2.

"Vokal" fani talabalarning musiqiy qobiliyatini yanada rivojlantirish va kuylash mahorati san'ati ko'nikmalarini o'rgatishiga asoslanadi. Vokal fanining asosiy maqsadi - bo'lajak vokal-xor ijrochiligi va musiqali teatr aktyorlari talabalarini vokal

E.Rahimov Toshkent 2017-yil 2 E.Rahimov Toshkent 2017-yil

447

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

san'ati vositasida ularga ovoz qo'yish, nafas malakalari,eshitish qobiliyatini rivojlantirish, turli kuylash yo'llari, ansambl, talaffuz muammolari, turli dinamik nyuanslarda kuylay bilish hamda pedagogik malakalarini amaliy va nazariy asoslari bilan qurollantirish, estetik va badiiy didlarini tarbiyalash hamda badiiy ijrochilik mahoratini o'rgatish va o'stirishdir. Talabalarning ovoz imkoniyatlarini vokal-badiiy jihatdan rivojlantirish ularga kuylash texnikasini o'rgatish ishlari bilan organik tarzda qo'shib olib boriladi. Shuningdek, vokal malakalarini egallash, vokal pedagogikasining sistemalilik, izchillik, oddiydan murakkabga, yakka yondoshish kabi qator didaktik prinsiplariga asoslanadi.

"Vokal" fani - vokal ijrochiligi ixtisosligi kasbiy ta'limi va musiqali teatr aktyorligi bo'yicha o'tiladigan asosiy fanlardan biridir. Ushbu yo'nalishlar bo'yicha ta'lim olayotgan talabalarga vokal fani barcha semestrlarda yakka tarzda o'qitiladi.

"Vokal" fanining asosiy maqsadi - vokal san'ati vositasida bo'lajak teatr aktyorlarining estetik va badiiy didini tarbiyalash, ularning ijrochilik qobiliyatini rivojlantirishda uzluksiz talabchanlik bilan ish olib borish, ularni o'zbek kompozitorlarining oldingi va yangi asarlari, qardosh xalqlar vokal asarlari, shuningdek, chet el kompozitorlari tomonidan yaratilgan nodir asarlar bilan tanishtirish, professional uslubda kuylash malakalarini shakllantirishdan iboratdir.

"Vokal" fani - musiqa nazariyasi, solfedjio, garmoniya, polifoniya, musiqa asarlari tahlili, musiqa tarixi, fortepiano, dirijyorlik, dirijyorlik amaliyoti, vokal ansambli kabi fanlar bilan o'zaro bog'liq.

Vokal va zamonaviy musiqa (estrada xonandaligi)da tovush yo'llarining tuzilishi va harakatlanishi xususiyatlarini, vokal va estrada xonandaligi to'g'risidagi asosiy tushunchalarni, ovoz hosil qilish va uning turlarini, xonandalik nafasi, artikulyatsiya, intonatsiya va dinamik belgilarni bilishi, nafasni qovurg'aning pastidan, asosan qorindan shovqinsiz olish va uni tejamli sarflash, barcha registrlarda yuqori holatda ovoz hosil qilib kuylay olish, sof va toza kuylash, so'zlarni orfoepiya qoidalariga muvofiq talaffuz qilib kuylash, turlicha ovoz hujumlari bilan kuylayolish, legatovastakkatoda kuylash, o'zbek va Evropa estrada va vokal asarlarining klassik va zamonaviy uslubiy yo'nalishlarining manerali ijrosi, yakka va turli guruhlar bilan mustaqil ijodiy ishlash va kontsertfaoliyatini yurgizish, mikrofonni erkinishlatish qoidalarini bilish va unga rioya qilish, xonanda ovozining registrlari va badiiy texnik imkoniyatlarini, ovozni ishlatish va qo'yish mashqlarini, o'quvchi bilan asar ustida ishlab, sahnaga chiqishga tayyorlash kabi ko'nikmalarni egallashi talab etiladi.

Vokal ijrochiligi hamda musiqali teatr aktyorlari talabalarini vokal imkoniyatlarini rivojlantirishda "Vokal" fanining o'rni juda muhim va kattadir. Unda har bir talaba bilan individual, ya'ni talabaning ovoz imkoniyatlaridan kelib chiqqan holatda yakka tarzda dars o'tiladi. Vokal maktabini mukammal o'zlashtirmay qo'shiq, romans, ariyalarni kuylash qator qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin.

ITiy^^^BI 448 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Vokal darslarida qo'shiq kuylashni o'rgatish bilan bir qatorda talabalarga ma'naviy tarbiya berish, har xil janrlardagi asarlar, ularning mualliflari bilan tanishtirish bo'lajak qo'shiqchining saviyasini boyitishga katta bilim zahirasi bo'lib xizmat qiladi. Aktyor va xonanda uchun uning tanasi va ovozi muhim ixtisoslik quroli hisoblanadi, ular ustida uzoq muddat ishlash, tarbiyalash natijasida ovozni takomillashtirish va ifodali qilish mumkin. O'z ovoz a'zolarining doimiy ravishda «jangovor holatda» bo'lishi uchun doimo mashq qilib turish muhim hisoblanadi.

Sahnaga chiqish, o'z ijodiy niyatlarini amalga oshirish va tomoshabinlar e'tiboriga sazovor bo'lish katta mahoratni talab qiladi. Aktyorning o'z ustida ishlashi bo'yicha maktablarni Delsart, Stanislavskiy, M.Chexov singari yirik san'atkorlar yaratdilar. Qo'shiqchining ovozi qanchalik yaxshi bo'lmasin, uning tashqi ko'rinishi va yurish-turishi, sahnaga chiqishi, o'zini tutishining o'ziyoq unga muvaffaqiyat keltirishi yoki aksincha bo'lishiga olib keladi. K.S.Stanislavskiyning fikricha: «Aktyor sahnada o'zini yaxshi his qilishi, lekin o'zining his-tuyg'ularini ifodalashda tanasining noto'g'ri harakati bilan butun ko'rinishni buzib yuborishi mumkin». U bunday aktyorni nosoz musiqa asbobiga majbur qilinayotgan musiqachiga o'xshatadi. Musiqachi ajoyib kuyni chalishga harakat qiladi, lekin sozlanmagan torlar noxush ovoz chiqaradi va musiqachiga azob beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. E.Rahimov Toshkent Vokal 2017-yil

2. D.M.Malikova Toshkent Vokal 2018-yil

449

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.