Научная статья на тему 'XALQARO MIQYOSIDA O‘TKAZILADIGAN KO‘RIK TANLOV VA FESTIVALLAR, ULARNING MAVQEYI VA O‘TKAZISH MEZONLARI'

XALQARO MIQYOSIDA O‘TKAZILADIGAN KO‘RIK TANLOV VA FESTIVALLAR, ULARNING MAVQEYI VA O‘TKAZISH MEZONLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2357
150
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ko‘rik-tanlov / festival / ijod / xonanda / ansambl / asar / yo’nalish / qobiliyat / madaniyat / san’at. / competition / festival / creativity / singer / ensemble / work / direction / ability / culture / art.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — B. Bahromov

Ushbu maqolada O‘zbekistonda musiqa san’ati ijrochiligi bilan shug‘ullanuvchi guruhlar va yakka shaxslar ijodiy faoliyati uchun keng yo‘l ochish va iqtidorli yoshlarning ijrochilik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida Xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rik tanlov va festivallar, ularning mavqeyi va o‘tkazish mezonlari haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERNATIONAL COMPETITIONS AND FESTIVALS, THEIR VENUE AND CRITERIA

This article discusses the criteria of International competitions and festivals, their importance in the development of the performing abilities of gifted youth, the disclosure of broad opportunities for the creative activities of musicians performers of Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «XALQARO MIQYOSIDA O‘TKAZILADIGAN KO‘RIK TANLOV VA FESTIVALLAR, ULARNING MAVQEYI VA O‘TKAZISH MEZONLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

XALQARO MIQYOSIDA O'TKAZILADIGAN KO'RIK TANLOV VA FESTIVALLAR, ULARNING MAVQEYI VA O'TKAZISH MEZONLARI Bahromov Bekzod Bahrom o'g'li

O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati

instituti 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7402924

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekistonda musiqa san'ati ijrochiligi bilan shug'ullanuvchi guruhlar va yakka shaxslar ijodiy faoliyati uchun keng yo'l ochish va iqtidorli yoshlarning ijrochilik qobiliyatini rivojlantirish maqsadida Xalqaro miqyosida o'tkaziladigan ko'rik tanlov va festivallar, ularning mavqeyi va o'tkazish mezonlari haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: ko'rik-tanlov, festival, ijod, xonanda, ansambl, asar, yo'nalish, qobiliyat, madaniyat, san'at.

МЕЖДУНАРОДНЫЕ КОНКУРСЫ И ФЕСТИВАЛИ, ИХ МЕСТО ПРОВЕДЕНИЯ И

КРИТЕРИИ ПРОВЕДЕНИЯ

Аннотация. В данной статье рассматриваются критерии Международных конкурсов и фестивалей, их значение в развитии исполнительских способностей одарённой молодёжи, раскрытие широких возможностей для творческой деятельности музыкантов - исполнителей Узбекистана.

Ключевые слова: конкурс, фестиваль, творчество, певец, ансамбль, произведение, направление, способность, культура, искусство.

INTERNATIONAL COMPETITIONS AND FESTIVALS, THEIR VENUE AND

CRITERIA

Abstract. This article discusses the criteria of International competitions and festivals, their importance in the development of the performing abilities of gifted youth, the disclosure of broad opportunities for the creative activities of musicians - performers of Uzbekistan.

Keywords: competition, festival, creativity, singer, ensemble, work, direction, ability, culture, art.

Dunyo xalqlari o'rtasida hamkorlik va hamjihatlikni mustahkamlash, musiqa san'ati an'analarini asrash va rivojlantirish, Madaniyat va san'atning noyob namunalarini keng targ'ib qilish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida san'atga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini kamol toptirish, davlatlararo, xalqlararo do'stlik, birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma'naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida xalqaro tanlov va festivallar tashkil etiladi.

Shu jumladan, O'zbekistonda ham yosh iste'dod egalarining jamiyatimiz ma'naviy hayotini yuksaltirishdagi muhim o'rnini inobatga olib, o'zining musiqa, matn va ijro mahorati bilan odamlarning yuragiga yetib boradigan, ezgulikka chorlaydigan, iroda va imon-e'tiqodini mustahkamlashga xizmat qiladigan asarlar yaratishda faollik ko'rsatayotgan iqtidorli yoshlarni muntazam rag'batlantirib borish maqsadida bir qator tanlov va festivallar o'tkazilib kelinmoqda. Ushbu tadbirlarni o'tkazish orqali xalqlar o'rtasida do'stlik rishtalarini mustahkamlash, dunyo tinchligi, xalqlar o'rtasida do'stlik va ahillikni keng targ'ib etish, mamlakatimiz musiqa san'atining jahon hamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirish, boy tarixiy va betakror madaniyatimizni keng targ'ib etish, musiqa san'atini rivojlantirish va uning ahamiyatini yanada

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

oshirish, o'zbek hamda boshqa xalqlarning musiqa san'ati an'analarini qamrab olish, ular bilan yaqindan ilmiy va ijodiy muloqot va hamkorlik qilishga erishiladi.

Halqaro miqyosida o'tkazilayotgan ko'rik tanlov va festivallar yosh estrada xonandalarining o'z ijro imkoniyatlarini namoyon qilish va jahon estrada san'ati yo'nalishida tajriba almashish repertuarlarni boyitishda zamin yaratadi.

Xalqaro ko'rik tanlovlar ishtirokchi-xonandaga o'z ijodi va bu sohada erishayotgan yutuqlari nafaqat o'zining balki u orqali halqi va millatining o'ziga xos ma'naviyati va san'atini keng jamoatchilikka va jahon sahnalarida ko'rsatib bera olishi uchun imkoniyat yaratadi. Uzluksiz o'tkaziladigan akademik konsertlar, turli xil ko'rik-tanlovlarda qatnashishlari o'quvchilar va talabalarni vokal malakalarini oshirishga yordam beradi. Romans yoki musiqali drama, operalardan ariyalarni ijro etish uslublarini o'rganish, uzluksiz tarzda ma'lum ketma-ketlikda, oddiydan murakkabga borishni ta'minlash zarur. Estrada xonandaligi yo'nalishidagi qo'shiqlar janrida romanslar turli mavzu, xarakter va tuzilishdagi vokal kamer asari bo'lishi mumkin. Bu janr jahon va o'zbek kompozitorlari ijodida rivojlanib kelmoqda.

Ko'rik-tanlov va festivallarga tayyorgarlik ko'rish jarayonida, vokal san'ati, o'quvchi talabalarning estetik va badiiy didini tarbiyalash, ularning ijrochilik qobiliyatini rivojlantirish borasida ishlar muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston Mustaqillikka erishgan davrdan boshlab yaratilayotgan san'at asarlari orasida Vatan, Istiqlol, ozodlik, millat xaqidagi qo'shiqlar keng o'rin oldi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 25 avgustdagi "Yosh iste'dodlar uchun «Nihol» mukofotini ta'sis etish to'g'risida"gi 334-son qarori nafaqat estrada qo'shiqchiligi sohasida faoliyat olib boruvchi tashkilotlar, balki umuman musiqa san'ati ijrochiligi bilan shug'ullanuvchi guruhlar va yakka shaxslar ijodiy faoliyati uchun keng yo'l ochib berdi va mazkur soha vakillari oldiga tegishli vazifalarni qo'ydi.

Ular tomonidan yaratilgan asarlar Mustaqillik, Navro'z,

«O'zbekiston - Vatanim manim», «Nihol», «Sharq taronalari», Tarona, «Yangi nomlar» va shu kabi o'nlab Xalqaro va Respublika ko'rik-tanlovlarida, festivallarda, forumlarda, bayram tadbirlarida, tok-shoularda ijro qilina boshlandi. Ularning orasida Yulduz Usmonova, Nasiba Abdullaeva, G'ulomjon Yoqubov, G'iyos Boyitoev, Mahmud Nomozov, Ozoda Nursaidova Gulsanam Mamazoitova kabi o'nlab xonandalar tomonidan ijro qilingan qo'shiqlar milliyligi hamda badiiy-g'oyaviy saviyasining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Qo'shiqlarda aks etgan milliylik g'ururi, Vatanga sadoqat, qolaversa, xonandalar qalbida shakllanayotgan tafakkur-estrada qo'shiqchiligida jiddiy izlanish yangi yo'nalishlarni topish jarayoni kechayotganidan dalolat desak, mubolag'a bo'lmaydi.

O'zbekiston kompozitorlari ijodida estrada vokal qo'shiqlari turli hil janr va yo'nalishlarda Sharq va G'arb musiqa san'ati sintezida ko'plab mavzu, janr, uslub jihatdan rang barang qo'shiqlar yaratildi.

Bu asarlar o'quvchi-talabalarning bilimlarini yanada chuqurroq egallashi, (kostaabdominal) aralash nafas ustida ishlashi, yumshoq zarba mashqi, aniq intonatsiya, artikulyatsiya, legato, stakkato, harakatchanlik, kantilena, arpedjio, filirovka uslublarini o'rganish, asarning badiiy tomonlarini mukammal o'rganishda katta ahamiyatga ega bo'lib, ashula aytish mahoratini oshiradi.

O'quvchi-talabalarning ovoz imkoniyatlari va vokal tayyorgarligi turlicha bo'lganligini hisobga olgan holda, dasturning repertuarlar murakkabligi turlicha bo'lgan asarlar kiritiladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Lekin barcha sinflar va kurslarda vokaliz berib borish zarur, chunki bu ijrochining ovozi sayqallanishiga, ijrochilik mahorati oshishiga yordam beradi. Ro'yxatga kiritilgan asarlarini o'quvchi-talabaning ovoz diapazoniga mos tonlikka transpozitsiya qilib berish tavsiya etiladi. Vokal sir-u asrorlarini chuqur o'rganishi, yuqori professional darajada kuylay olish uchun o'quvchi-talaba quyidagi malaka va ko'nikmalarni egallashi lozim:

- qovurg'aning pastiga va qoringa nafas olish, shovqinsiz nafas olish va uni tejamli sarflash;

- barcha registrlarda yuqori holatda ovoz hosil qilib kuylay olish;

- sof va toza kuylash;

- so'zlarni aniq, burro talaffuz qilish, unli tovushlarni cho'zib, ravon ovoz hosil qilish,

so'zlarni orfoepiya qoidalariga muvofiq talaffuz qilib kuylash;

- turlicha ovoz zarbalari bilan kuylay olish, asosan, mayin zarba imkoniyatlaridan foydalanish;

- kuylashda ovoz dinamikasini hosil qila olish, musiqa asarlari jumlalarini badiiy ijro yetishda undan unumli foydalana bilish;

- legato va staccatoda kuylash;

- ijrochilik kantilenasi, rechitativ uslubdan foydalana bilish;

- musiqa asbobi jo'rligida hamda unison yoki ko'p ovozli ansambllar jo'rligida yakka xonanda sifatida kuylay olish;

- turli uslub va xarakterdagi asarlarni ta'sirli qilib kuylay olish.

Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida xar yili o'tkazib kelinadigan Halqaro darajadagi "Zolotoy Feniks" ko'rik tanlovi ham yuqorida keltirilgan fikrlarning yaqqol isboti bo'la oladi. 2022 yilning mart oylarida o'tkazilgan ushbu ko'rik tanlovda Toshkent shahridagi bolalar musiqa va san'at maktablarining o'quvchilari ishtirok etib, sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritganlar.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 2022 yil 25-27 mart kunlari bo'lib o'tgan "Zolotoy feniks" xalqaro tanlovinig taqdirlash marosimi

Yurtimizda o'tkazilayotgan Respublika miqyosidagi tadbirlar va ommaviy bayramlarda zamonaviy estrada ijrochilarining rang barang qo'shiqlari halqimizga va tomoshabinlarga manzur bo'lib kelmoqda. "Mustaqillik" bayrami, "Navrzo'z" umumhalq bayrami, "Sharq taronalari" (Samarqand), "Raqs sehri" (Xorazm), "Ipak va ziravorlar" (Buxooro), "Boysun bahori" (Surxondaryo), " Maqom" halqaro festivali (Shaxrisabz) "Baxshichilik" (Termiz) "Atlas

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

va adras" (Marg'ilon), "Gullar sayli" (Namangan), Halqaro "Xunarmandlar" festivali (Qo'qon), O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi kuni, 1-oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni, 9-may Xotira va qadrlash bayrami, 8-mart Xotin qizlar bayrami va ko'plab viloyat, shahar va tumanlarda o'tkazilib kelinayotgan ko'rik tanlovlar "Yagonasan, muqaddas Vatan!", "Nihol", "Kuyla yoshligim", "Akademik va estrada ijrochiligi", " Botir Zokirov fondi ijrochilar tanlovi, Nazira Axmedova nomidagi Respublika opera ijrochilari ko'rik-tanlovlarida kompozitorlarimiz tomonidan yaratilgan estrada vokal qo'shiqlarini tyosh xonandalar, taniqli estrada yulduzlari, bolalar ansambllari tomonidan ijro etib kelmoqdalar.

"Nihol" 2015 ko'rik tanlovi estrada xonandaligi yo'nalishi g'olibi Bekzod Bahromovga mukofot bilan taqdirlanishi

Estrada ijrochilari uchun yaratilgan qo'shiqlar o'zining janri, ijro uslubi, stilistik yo'nalishi bilan bir biridan keskin farq qiladi. Bolalar vokal ijrochiligida asosan Ona vatan, ota-ona, yoshlik, bolalik, orzu-umidlar, fasllar, O'zbek milliy liboslari ta'rifi, Tabiat, milliy va folklor qo'shiqlarning estrada ijrochilari uchun yangitdan yozilgan variantlari ijro etilmoqda.

Estrada yulduzlari tomonidan sevgi-muhabbat, vafo, sadoqat, do'stlik, Vatan madhi, ayriliq, xiyonat, vatanparvarlik mavzusidagi qo'shiqlar ijro etilmoqda. Bu qo'shiqlarni yaratishda O'zbekiston Bastakorlari uyushmasi, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi bilan -amkorlikda zamonaviy kompozitorlar tomonidan yaratilmoqda.

Bolalar musiqa asarlarini yaratishda O'zbek kompozitorlari D.Amanullaeva, A.Mansurov, N.Norxo'jaev, X.Xasanovalar yaratgan asarlarida turli janrlardan foydalangan holda keng mavzularni yoritishgan. Masalan, D.Amanullaevaning P.Mo'min she'rlariga yaratgan "Alifbe qo'shiqlari" (29-ta qo'shiq) turkumi, "Topishmoq qo'shiqlari" (16-ta qo'shiq) turkumlari, bir qator Vatanparvarlik mavzusida yaratgan original estrada qo'shiqlarida vatanga muxabbat, tabiatga muxabbat, ota- onaga muhabbat, bolalarga va yoshlikga hos zavqli-o'ynoqi usullar, estrada ritmlari, va shu bilan birga boy milliy xarakterlik mavjud .

Shunday qilib, turli xil ko'rik-tanlovlarda ishtirok etish har bir ijodkorning o'z ustida ishlab, kasbiy mahoratini rivojlantirishiga turtki bo'ladi. Yosh ijrochilar va estrada xonandalari Xalqaro ko'rik-tanlovlar va festivallarda qatnashib, o'zbek qo'shiqlari bilan bir qatorda jahon estradasi vokal san'at asarlarini ijro etish orqali ko'plab faxrli o'rinlar sohibi bo'lib, yurtboshimiz tomonidan "Nihol" mukofotlari va qator unvon va ko'krak nishonlari bilan taqdirlanishi milliy san'atimizning tinimsiz ravnaq topishidan dalolat beradi.

REFERENCES

1. Mirziyoev Sh.M. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini to'grisidagi farmoni

2. Mirziyoev Sh.M. Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbus. 2019 yil

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

3. Amanullaeva D.D."Estrada xonandaligi". Musiqa va san'at oliy ta'lim muassasalari uchun o'quv qo'llanma. T., 2007.

4. Amanullaeva D.D. "Estrada va djaz vokalizlari" Musiqa va san'at oliy ta'lim muassasalari uchun o'quv qo'llanma - T., "Musiqa", 2014

5. Jabborov A. "O'zbekiston Bastakorlari va Musiqashunoslari". — T., 2004.

6. Lex.uz sayti

7. Madaniyat.uz sayti

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.