Научная статья на тему 'VIII-IX ASRLARDA ISLOM IQTISODIYOTI NAZARIY-FALSAFIY ASOSLARINING SHAKLLANISHI'

VIII-IX ASRLARDA ISLOM IQTISODIYOTI NAZARIY-FALSAFIY ASOSLARINING SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

223
143
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Abu Yusuf / Qudoma ibn Ja‟far / Yahyo ibn Odam / Muhammad ash-Shayboniy / al-Dovudiy / al-Mavardi / G„azzoliy / Ibn Xaldun / Ibn Taymiyya / fiqh ilmi / islom iqtisodi.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Abduqahhor Absattorvich Raxmonov

Maqolada o„rta asrlar Yaqin va O„rta Sharq xalqlari ijtimoiy-falsafiy g„oyalari va ta‟limotlari ma‟naviy-axloqiy hayot tarzini belgilovchi diniy mafkura asosida shakllanganligi va rivojlanganligi, IX asr birinchi yarmida islom iqtisodiyoti o„z taraqqiyotining cho„qqisiga chiqqanligi, xalifalikda musulmon soliq tizimining shariatga asoslangan holda shakllantirilishi, islom iqtisodiy normalarining ulamolar tomonidan atroflicha o„rganilib, uning nazariy jihatlari ishlab chiqilishi falsafiy tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «VIII-IX ASRLARDA ISLOM IQTISODIYOTI NAZARIY-FALSAFIY ASOSLARINING SHAKLLANISHI»

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

VIII-IX ASRLARDA ISLOM IQTISODIYOTI NAZARIY-FALSAFIY ASOSLARINING SHAKLLANISHI

Abduqahhor Absattorvich Raxmonov

TTA Termiz filiali, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari, Mustaqil tadqiqotchi rahmonov_a.a@mail. ru

Maqolada o'rta asrlar Yaqin va O'rta Sharq xalqlari ijtimoiy-falsafiy g'oyalari va ta'limotlari ma'naviy-axloqiy hayot tarzini belgilovchi diniy mafkura asosida shakllanganligi va rivojlanganligi, IX asr birinchi yarmida islom iqtisodiyoti o'z taraqqiyotining cho'qqisiga chiqqanligi, xalifalikda musulmon soliq tizimining shariatga asoslangan holda shakllantirilishi, islom iqtisodiy normalarining ulamolar tomonidan atroflicha o'rganilib, uning nazariy jihatlari ishlab chiqilishi falsafiy tahlil etilgan.

Kalit so'zlar. Abu Yusuf, Qudoma ibn Ja'far, Yahyo ibn Odam, Muhammad ash-Shayboniy, al-Dovudiy, al-Mavardi, G'azzoliy, Ibn Xaldun, Ibn Taymiyya, fiqh ilmi, islom iqtisodi.

Musulmon qonunchiligida soliq tizimi islom davlati tashkil topgach shariatga asoslangan holda shakllantirildi. Arab xalifaligining moliyaviy qudratini shakllantirish va uni rivojlantirishda soliqlar muhim o'rin tutadi. Shariat qoidalariga asoslanuvchi Arab xalifaligining soliq tizimi ancha murakkab tuzilma edi. Shunga qaramay, bu tizim ulamolar tomonidan atroflicha o'rganilib, uning nazariy jihatlari ishlab chiqildi hamda islom huquqi asosida soliq tizimi yaratildi. Islom soliq qonunchiligiga asoslangan soliqlarga quyidagilar kiradi: zakot, ushr, xums, jiz'ya,

Islom iqtisodiy tafakkurida iqtisodiy masalar turli musulmon ulamolari tomonidan ko'rib chiqildi. Islom iqtisodiyotini quyidagi mezonlar bo'yicha tahlil qilish keng tarqalgan.

Birinchidan, Qur'oni Karimda keltirilgan ba'zi iqtisodiy masalalar, jumladan, sudxo'rlikning man etilishi va kishilarning farovon yashashi uchun iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanishining qo'llab-quvvatlanishi mufassirlar

ANNOTATSIYA

Рахмонов. А. Р. Исламское право. - Тошкент: Янги аср авлоди. 2003. - С. 479.

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 j TMA Conference j 2G22 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

tomonidan muhokama qilinib izohlari keltirilgan. Ikkinchidan, ayrim iqtisodiy masalalar fiqhiy nuqtai nazardan o'rganib chiqilgan. Uchinchidan, iqtisodiy masalalarning islom ahloqiy tizimini rivojlantirishdagi ahamiyati o'rganib chiqilgan. Xususan, olimlar, so'fiylar, musulmon faylasuflarining asarlari ushbu toifaga kiradi. To'rtinchidan, islom iqtisodiga oid ba'zi asarlar ulamolar tomonidan o'z davrining ehtiyojlaridan kelib chiqib, muhim davlat lavozimlarida ishlagan vaqtlarida yozilgan. Davlat moliyasi, daromadlari va xarajatlari, soliq tushumlari bilan bog'liq masalalar ushbu toifaga kiradi. Beshinchidan, ayrim islom olimlari va faylasuflari tomonidan islomiy iqtisodiy munosabatlar xolis tahlil qilingan. Bu toifaga Imom G'azzoliy, Ibn Taymiyya, Ibn Xaldun kabi olimlarni kiritish mumkin.

Islom iqtisodi va soliq tizimiga bag'ishlangan asarlarni musulmon davlatida ko'plab topish mumkin. Islomning dastlabki davrlarida soliqqa tortish masalalari bo'yicha 20 dan ortiq kitoblar ma'lum bo'lgan. Islom soliq tizimiga oid dastlabki asarlar VIII asrda yozilgan. Lekin bizning kunlargacha faqat uchtasi yetib keldi. Mana shu xildagi kitoblarning eng birinchisi ummaviylar xalifasi Maxdiyning vaziri Muoviya ibn Ubaydullox al-Ash'ariy qalamiga mansub bo'lgan. Bizgacha Abu Yusuf, al-Qurayshi, Abu Ubayd, Yahyo ibn Odam, Qudama ibn Ja'far, al-Dovudiy,

л

Ibn Zanjavayh, al-Mahzumiylarning asarlari saqlanib qolgan .

Abu Yusuf (735-798) xalifalik soliq tizimining shakllanishiga ulkan hissa qo'shgan. Abu Yusufning soliq solish muammolari to'g'risidagi "Kitob ul-xaroj" risolasi islom olamida iqtisodiy masalalarni qamrab olgan birinchi risola

"5

hisoblanadi . U bu kitobni hijriy 174-182 yillarda Abbosiylar xalifaligining bosh qozisi bo'lib ishlagan paytida yozgan.

Mashhur roviy Yahyo ibn Odam (757-818)ning "Kitob ul-xaroj" asari hadislar, fiqhiy qo'llanma, hikmatli iboralardan kelib chiqib tuzilgan4. Yahyo ibn Odamning asarida soliqka oid masalalar: yerlarni soliqqa tortish, yerga egalik huquqi, yerdan foydalanish tartibi va boshqalar ko'rib chiqilgan.

Islomiy soliqqa tortish bo'yicha yana bir asar muallifi Qudoma ibn Ja'far (864-932) bo'lib, uning "Kitob ul-xaroj" asari o'sha davrda amalda bo'lgan soliq tizimining shariat talablariga butkul mos kelishini isbotlash maqsadida yozilgan5.

Abdul Azim Islahi. Contribution of Muslim Scholars to Economic Thought and Analysis. - Jeddah. 2014. - Р.61.

3 Абу Йусуф Йакуб б. Ибрахим ал-Куфи. Китаб ал-Харадж (Мусульманское налогообложение) / Пер. с арабского и комментарии А. Э. Шмидта. Супракомментарии к переводу А. С. Боголюбова. Подготовка к изданию, вступит. статья и указатели А. А. Хисматулина. - Санкт Петербург. 2001. - С.8.

4 Йахйя ибн Адам. Китаб ал харадж. Хрестоматия по истории Халифата. Сост. ипер. А.И. Надирадзе. - М.: Изд-во МГУ. 1968. - С.249.

5 Мехамадиев Е.А. Арабский историк X в. Кудама ибн Джафар и должность доместика схол в Византии: Проблема происхождения. Вестник ТвГУ.

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

392

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

Fiqhshunos olim Muhammad ash-Shayboniyning "Kitob al-iktisob" asarida kichik iqtisodiy munosabatlar yoritilgan. Davlat moliyasi yoki soliq tizimidan tashqari, iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarish, uning qiymati va taqsimlash masalariga e'tiborni qaratilgan bo'lsa, yirik olim Abu Ubayd tomonidan yozilgan "Kitob ul-amvol" kitobida islomdagi makroiqtisodiy munosabatlar yoritilganini ko ' rishimiz mumkin6.

Shuningdek, al-Dovudiy (vaf. 1012 y) molikiy mazhabi vakili sifatida "Kitob ul-amvol" asarida soliq va yerni boshqarish muammolari molikiylik nuqtai nazaridan ko'rib chiqilgan. Al-Mavardi (vaf. 1058 y) davlat boshqaruvi to'g'risida yozgan "Ahkom ul-Sultoniya" asarida davlat daromadlari va xarajatlari, jamoat yerlari, davlat imtiyozlari va hukumat tomonidan yerlarni berish tartibi yoritilgan . Ibn Hazm (vaf. 1064 y)ning "Kitob ul-Muhalla" asarida ko'plab iqtisodiy masalalar yoritilish

Q

bilan birga davlatning moliyaviy boshqaruv tartibi batafsil muhokama qilingan .

Keyinchalik al-G'azzoliy (1055-1111) o'z asarlarida iqtisodiy tafakkur islomiy hayot tarzining ajralmas qismi ekanligi ta'kidlab, o'zining "Daromad va savdo-sotiq" kitobida sotib olish va sotish, pulni oldindan to'lash, qonuniy va noqonuniy daromad usullari, iqtisodiy adolat, iqtisod va din o'rtasidagi munosabatlarni yoritib o'tgan9. Ibn Taymiyya (1263-1328) o'zining iqtisodiy g'oyalarini "al-hisba fil-islam" (Islomdagi jamoat majburiyatlar) asarida axloqiy jihatdan shariatga muvofiq farovon hayot tomon yetaklaydigan hukmdor tomonidan boshqariladigan davlatda xususiy mulk erkinligining ta'minlanishi jamiyatni taraqqiy ettirishini ta'kidlagan. Ibn Xaldun (1332-1404) "Muqaddima" asarida ba'zi iqtisodiy masalalar - mehnat taqsimoti, pul va narxlar, soliq tizimi, savdo-sotiq, davlat daromadlari va xarajatlari va boshqalar xususida ma'lumot berilgan.

Yuqoridagi fikrlardan quyidagicha xulosa qilish mumkin: a) ilk o'rta asrlarga kelib islom madaniyati va ilm-fani o'zining eng yuqori cho'qqisiga ko'tarildi va dunyo ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan holda insoniyat tamaddunining keyingi bosqichlari uchun muhim ahamiyat kasb etgan; b) Islom shariyati qoidalariga tayangan musulmon olimlari tomonidan o'z davrlari uchun dolzarb ahamiyatga ega

Серия «История». 2015. № 3. - С. 33-47.

6 Nasir Nabi Bhat. Some Insights in the Development of Islamic Economic Thought During Medieval Times. Asian

Journal of Multidisciplinary Studies. Volume 3, Issue 3, March 2015. - Р. 161.

Al-Mawardi. Al-Ahkam al-Sultaniyah. Al-Mawardi. Kitab al-Din val-Duniya. ■

' Abdul Azim Islahi. Contribution of Muslim Scholars to Economic Thought and Analysis. - Jeddah. 2014. - P.15.

Beirut: Dar al-Kutub. 1978. - Р.264.

Beirut: Dar Ihya al-Turath al-Arabi. 1979. -Р.194.

December 16

393

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

bo'lgan bir qator iqtisodiy masalarni tadqiq etilishi islomiy iqtisodiy ta'limotining rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatgan.

REFERENCES

1. Абу Йусуф Йакуб б. Ибрахим ал-Куфи. Китаб ал-Харадж (Мусульманское налогообложение) / Пер. с арабского и комментарии А. Э. Шмидта. Супракомментарии к переводу А. С. Боголюбова. Подготовка к изданию, вступит. статья и указатели А. А. Хисматулина. СПб., 2001.

2. Абдулхаким Шаръий Жузжоний. Ислом хукукшунослиги, Хднафий мазхаби ва Урта Осиё факихлари. -Тошкент: Тошкент ислом университети, 2002.

3. Кодиров м. Марказий Осиё, Якин ва Урта Шаркнинг фалсафий тафаккури. -Тошкент, 2009.

4. Muhammad Abu Zahra. Imam Abu Hanifa - His life, opinion and Fiqh. 2017.

5. Айдин Али-заде. История и правовые методы ханафитского мазхаба // www.islam.ru

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.