Научная статья на тему 'VAXSHIVOR HUDUDIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI'

VAXSHIVOR HUDUDIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm / osma yo’l / Vaxshivor / So’fi Olloyor majmuasi / Qo’tirbuloq / Ilong’or / Teshiktosh / Toshustun / Tomchibuloq / Qilichbuloq / keksa chinor. / tourism / ropeway / Vakhshivor / Sufi Oloyor complex / Kotyrbulok / Ilong'or / Teshiktosh / Toshustun / Tomchibulok / Qilichbulok / old maple.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Abdimo‘minov T. A., Xoliyorov H.O.

Mazkur maqolada Oltinsoy tumani Vaxshivor hududida turizmni rivojlantirish masalalari yoritib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF TOURISM DEVELOPMENT IN VAHASHIVOR AREA

This article describes the issues of tourism development in Vakhshivor region of Altinsoy district.

Текст научной работы на тему «VAXSHIVOR HUDUDIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI»

Abdimo 'minov T.A.

Termiz davlat pedagogika instituti Xoliyorov H. O.

Termiz davlat pedagogika instituti

VAXSHIVOR HUDUDIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH

MASALALARI

Annotatsiya. Mazkur maqolada Oltinsoy tumani Vaxshivor hududida turizmni rivojlantirish masalalari yoritib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: turizm, osma yo'l, Vaxshivor, So'fi Olloyor majmuasi, Qo'tirbuloq, Ilong'or, Teshiktosh, Toshustun, Tomchibuloq, Qilichbuloq, keksa chinor.

Abdimominov T.A.

Termiz State Pedagogical Institute

Kholyirov H.O.

Termiz State Pedagogical Institute

ISSUES OF TOURISM DEVELOPMENT IN VAHASHIVOR AREA

Annotation. This article describes the issues of tourism development in Vakhshivor region of Altinsoy district.

Key words: tourism, ropeway, Vakhshivor, Sufi Oloyor complex, Kotyrbulok, Ilong'or, Teshiktosh, Toshustun, Tomchibulok, Qilichbulok, old maple.

KIRISH.

Turizm XXI asrda eng taraqqiy etayotgan hamda mamlakatga eng ko'p daromad keltiruvchi sohalardan biriga aylanib bormoqda. Jahon siyosiy xaritasidagi Fransiya, Ispaniya, AQSH, Xitoy, Italiya, Turkiya, Meksika, Germaniya, Tailand va Buyuk Britaniya kabi davlatlar eng ko'p sayyohlar tashrif buyuruvchi mamlakatlar hisoblanishadi. Tailand davlati poytaxti Bangkok shahriga bir necha yildan buyon 22 millionga yaqin sayyohlar tashrif buyurayotganli ma'lum. Bu yerga tashrif buyuruvchilar o'rtacha kun Bangkok shahri va unga yaqin hududlarda sayohat qilishadi va kuniga o'rtacha 170-175 AQSH dollori sarflashi mumkin. Bundan ko'rinib turibdiki turizm sohasi O'zbekiston uchun juda serdaromadli soha hisoblanadi.

Mamlakatga tashrif buyuruvchi turistlar turli tarixiy obidalarni, tabiat yodgorliklarini, muqaddas maskanlarni, hudud madaniyatini, so'lim maskanlarda xordiq chiqarish istagida tashrif buyurishadilar [5]. O'zbekiston hududida esa shunday maskanlar juda ko'p, ammo bu maskanlarda turistik muhit yetarli

darajada shakllantirilmagan. Shunday maskanlardan biri Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani Vaxshivor hududidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.

Mazkur hudud Hisor tizmasining janubi-g'arbiy tarmoqlaridan biri Surxontog'ning janubi-g'arbiy qismida joylashgan bo'lib, tabiati go'zal, bahavo, muqaddas obidalar va tabiiy yodgorliklarga ega maskan hisoblanadi. Katta Vaxshivor-1, Vaxshivor, Lo'kka, Bodihavo kabi qishloqlar hududida sayyohlarni jalb qiluvchi tabiiy, gidrografik, qiziqarli va tarixiy maskanlar joylashgan.

"Katta Vaxshivor-1»mahallasi hududida viloyatdagi xarakterli "Telealoqa uzatish liniyasi", noyob "Suv tegirmon", "Vaxshivor" bolalar oromgohi, "Mirob" dam olish maskani, Uzun davlat o'rmon xo'jaligining "Vaxshivorsoy»tog'-o'rmon bo'limi joylashgan. "Katta Vaxshivor-1»mahallasi "Vaxshivorsoy»darasining o'rta qismida joylashgan bo'lib tabati go'zal, sharqiroq suvli tog' daryosi mavjud [3]. Hududga "Vaxshivor" bolalar oromgohi (38°19'52" simoliy kenglik, 67°37'55" sharqiy uzoqlik) hududidan to Surxontog'ning Keraga cho'qqisigacha 14,8 km masofaga osma yo'llarni tashkil qilish mumkin. Hududga tashrif buyuruvchi sayyoh hudud tabiatini ko'rish, shuningdek Keraga cho'qqisi atrofida qishgi chang'i sport turini rivojlantirish imkoni mavjud. Osma yo'llarni tashkil qilish orqali sayyohlar qishloq hududiga muntazam kelish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Sayyohlar soni oshgani sayin mehmonxonalar, mehmon uylari, umumiy ovqatlanish shahobchalari kabi infratuzilmalarga ehtiyoj seziladi va tashkil qilinadi hamda yuzlab bo'sh ish o'rinlarining yaratilishiga zamin yaratiladi. Turistlardan olinadigan daromad orqali esa hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish imkoniyati yaratiladi [4].

Vaxshivor mahallasi hududida tasavvuf va tariqat olamining yirik vakillaridan biri "So'fi Olloyor»ziyoratgohi va "Qo'tirbuloq" mineral suvli bulog'i joylashgan. So'fi Olloyor (1644-1724) islom ma'rifatini keng xalq orasiga yoyish va tasavvufning insoniy kamolot bilan bog'liq g'oyalarini targ'ib-tashviq qilish bilan shug'ullangan. So'fi Olloyor qabrini ziyorat qilish uchun Respublikamizning turli hududlaridan va qo'shni Tojikiston Respublikasidan ham sayyohlar tashrif buyurishmoqda. Hozirda ziyoratgoh hududida obodonlashtirish va qayta ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Qo'tirbuloq bulog'i respublikamizdagi shifobaxshlik xususiyatiga ega buloqlardan biri. Mazkur buloq viloyat gidrogelogiya qo'mitasi xodimlari tomonidan suvlardan namunalar olish orqali muntazam ravishda suv tarkibidagi kimyoviy elementlar, suvning qattirligi va hajmi kabi ko'rsatgichlari o'lchab boriladi. Buloq suvi tarkibi Na, Mg, Ca kabi kimyoviy elementlarga boy. Mazkur buloq suvidan mahalliy aholi va qo'shni tumanlar aholisi foydalanishadi. Buloq suvi ichish orqali oshqozon-ichak va qandli deabet kasalliklari, yuvinish orqali esa teri kasalliklariga shifo ekanligi aniqlangan [2]. Mazkur obyekt atrofida tibbiyot turizmini rivojlanish uchun imkoniyat mavjud. Shuningdek 50-60 o'rinli sihatgoh qurish lozim deb hisoblaymiz.

Lo'kka qishlog'i hududida "Qilichbuloq" bulog'i, II-III asrlik chinor va Hayrandara tabiat yodgorli (suv va shamol natijasida vujudga kelgan tabiiy relyef shakllari) mavjud bo'lib, maftunkor tabiatga ega maskan hisoblanadi. Bu hududga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun hosteller va ovqatlanish shahobchalarini barpo qilish lozim.

Bodihavo qishlog'ining janubi-sharqiy qismida Tomchibuloq soyligi, shimoli-sharqiy qismida esa "Ilong'or" karst g'ori joylashgan. Mazkur yo'nalishlar sayyohlar e'tiborini o'ziga jalb etuvchi sirli maskanlardir. NATIJALAR VA MUHOKAMA.

Bunday ulkan salohiyatga ega maskanni har tomonlama rivojlantirish nafaqat tuman iqtisodiy va tabiiy salohiyatini viloyat, respublika va dunyoga namoyon qilishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Hududda turistik infratuzulmani tashkil qilish orqali hudu aholisining daromadlari oshadi, bo'sh ish o'rinlari yaratiladi, xizmatlar soni ortadi shuningdek xorijiy sayyohlarni jalb qila oladigan infratuzilmani yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Komilova, N. K., & Abdimo'Minov, T. A. (2023). THE GEOGRAPHICAL BASIS OF STUDYING MINERAL SPRINGS. Экономика и социум, (1-2 (104)), 62-65.

2. Abdimo'Minov, T. A. (2022). SURXONDARYO VILOYATI MINERAL BULOQLARINING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI. Academic research in educational sciences, 3(3), 810-814.

3. Abdimo'Minov, T. A., Bozorov, S. O., & Raxmatov, A. Y. (2022). SUV OMBORLAR VA ULARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI (OQTEPA SUV OMBORI MISOLIDA). Экономика и социум, (12-1 (103)), 19-23.

4. Abdimo'Minov, T. A., Yoqubova, Q. F., & Aliboyev, E. H. (2023). MUHOFAZAGA OLINGAN HUDUDLARINI RIVOJLANTIRISH YO 'LLARI (KO 'HITANG DAVLAT QO 'RIQXONASI MISOLIDA). Экономика и социум, (5-2 (108)), 4-8.

5. Abdimo'Minov, T. A., & Cho'Liboyev, I. I. (2022). TARIXIY VA MADANIY OBYEKTLARNING TURISTIK IMKONIYATLARI (JARQO 'RG'ON MINORASI MISOLIDA). Экономика и социум, (12-1 (103)), 14-18.

6. Abdimo'Minov B.O., & Barotova S.B. (2023). TERMIZ TUMANIDAGI TARIXIY-MADANIY YODGORLIKLARDAN TURIZM MAQSADLARIDA FOYDALANISH. Экономика и социум, (11 (114)-2), 6-11.

"Экономика и социум" №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

14

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.