Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA ZIYORAT TURIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI'

O‘ZBEKISTONDA ZIYORAT TURIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
8
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm / ziyorat turizimi turist / turizm sohasi. / tourism / pilgrimage tourism tourist / tourism industry.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Abdimo‘minov T. A., Xoliqov X.I.

Ushbu maqolada turizm tushunchasi, turizmning mazmun va mohiyati, ziyorat turizimining rivojlanishi, O‘zbekistonda ziyorat turizm joylari haqida ma’lumot berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ECONOMIC GEOGRAPHICAL FEATURES OF THE DEVELOPMENT OF PILGRIMAGE TOURISM IN UZBEKISTAN

this article describes the concept of tourism, the content and essence of tourism, the development of pilgrimage tourism, places of pilgrimage tourism in Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA ZIYORAT TURIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI»

ОСНОВНОЙ РАЗДЕЛ

Abdimo 'minov T.A.

Termiz davlat pedagogika instituti

Xoliqov X.I.

Termiz davlat pedagogika instituti

O'ZBEKISTONDA ZIYORAT TURIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada turizm tushunchasi, turizmning mazmun va mohiyati, ziyorat turizimining rivojlanishi, O 'zbekistonda ziyorat turizm joylari haqida ma 'lumot berilgan

Kalit so'zlar: turizm, ziyorat turizimi turist, turizm sohasi.

Abdimominov T.A.

Termiz State Pedagogical Institute

Khalikov Kh.I.

Termiz State Pedagogical Institute

ECONOMIC GEOGRAPHICAL FEATURES OF THE DEVELOPMENT OF PILGRIMAGE TOURISM IN UZBEKISTAN

Annotation. this article describes the concept of tourism, the content and essence of tourism, the development of pilgrimage tourism, places of pilgrimage tourism in Uzbekistan.

Keywords: tourism, pilgrimage tourism tourist, tourism industry.

KIRISH.

Turistik resurslaming turlari ko'p bo'lib, ulardan turizmning qadimiy va faol turlaridan biri ziyorat turizmi hisoblanadi. Mazkur ziyorat turizmi tarmog'ining geografiyasiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, dunyoning turli mamlakat, mintaqalarida ziyorat turistik resurslar yer shari bo'ylab harakat qiladi. Qadimdan diniy ziyorat turizmi rivojlanib kelgan. Hattoki bugungi kunda ham turizmning eng faol yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

Ziyorat turizmi hozirgi kunda keng tarqalgan turizm sohasi hisoblanadi. Ziyorat turizmi mohiyatan ziyoratgohlarni ziyorat qilish jarayonidir. Odatda, ziyoratlar diniy maqsadlar uchun kunlar, haftalar yoki hatto oylar davomida olib boriladigan uzoq safarlarni tashkil qiladi. Ular butun bir sayohatni o'z ichiga olib, e'tiqodli odamlar o'z dinlari bilan munosabatlarini mustahkamlash uchun boradigan maskanlardir. Ziyorat turizmi tashrif buyurish mumkin bo'lgan shahar yoki ma'lum hududdagi masjidlar va cherkovlarga yoki boshqa diniy diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurishni o'z ichiga olishi mumkin Ziyorat turizmi

turistlarni diniy munosabat va urf-odatlarga erishish uchun to'liq yoki kuchli turtki beradigan turizm turidir. Ushbu maqolada ziyorat turizmining tavsifi va uning mohiyati, hozirgi kunda qay darajada ahamiyat kasb etishi haqida to'xtalib o'tamiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.

Ma'lumki bugungi kunda yer yuzida har yili muntazam ravishda 200 milliondan ortiq turistlar aynan ziyorat maqsadida o'zlari uchun muqaddas hisoblangan dunyodagi turli ziyoratgoh maskanlariga borib, ziyorat turistik sayohatlarga chiqmoqdalar. Mazkur tarmoq ma'lumotlariga e'tibor qaratadigan bo'lsak yiliga 150 million xristianlar, 50 million musulmonlar, 40 million buddistlar, 30 million induistlar va boshqa din vakillari ruhan poklanish, buyurilgan amallarni bajarish, muqaddas maskanlarni ziyorat qilish maqsadida sayohatga chiqadilar [2].

Turizm ko'p qirrali va muhim ijtimoiy hodisa. Undan mohirona foydalanish mamlakatlar iqtisodiyotining yangi jabhalarini rivojlantirishga imkon tug'diradi. Turizm so'zi (fransuzcha: our-sayr, sayohat), sayyohlik-sayohat (safar) qilish, faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog'lomlashtirish, ma'rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to'lanadigan faoliyat bilan shug'ullanmagan holda uzog'i bilan 1 yil muddatga jo'nab ketish (sayohat qilishi) tushuniladi. Keng ma'noda kishilarni hayotda harakatda bo'lishlari [1].

Turizm sayohat demakdir. Uning negizida dam olish, hordiq chiqarish, sayr, sarguzashtlar, piyoda yurish, jismonan chiniqish, hududni o'rganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish kabi ijtimoiy-tarbiyaviy va madaniy jarayonlar yotadi. Turizm sohasi-ko'p qirrali hodisa bo'lib, u ko'pgina shakllarda namayon bo'ladi va ilmiy adabiyotlarda juda ko'p ta'riflari mavjud. Turizm inson hayoti va faoliyatining ko'p sohalarini qamrab oladi. Aynan shuning uchun ham turizmning asosiy yo'nalishlari, turlari, kategoriyalari, turistik xizmatlar, turizm ilmi bilan bog'liq barcha masalalar haqida bilim berish, ayniqsa turizmga oid tushuncha va atamalarning har birini ta'riflash va tasniflash muhim ahamiyatga ega.

Bugungi kunda ziyorat turizmi bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi bo'lib, u dunyoning ko'pgina mamlakatlarida tezkorlik bilan rivojlanayotgan tarmoqqa aylanib bormoqda. Turistik biznes tadbirkorlarni boshlang'ich kapitalining nisbatan katta bo'lmagan hajmi, xarajatlarni qoplashning qisqa muddati, turizm xizmatlariga bo'lgan doimiy talab, sarf qilingan xarajatlarning yuqori darajadagi rentabelligi bilan jalb qiladi. Bugungi kunda jamiyatning ko'p sonli qatlamlari ziyorat turizmi bilan mashg'ul. Bu esa ko'pgina mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida uning ahamiyati oshib borayotganligidan dalolat beradi.

O'zbekistonda ziyorat turizmni rivojlantirish uchun ko'pgina tarixiy, madaniy, etnografik, diniy va ekologik obyektlar mavjud bo'lib, mamla- katimiz turizm turlarini rivojlantirish bo'yicha katta imkoniyatlarga ega.

Mamlakatimizda turistik marshrutlar YUNESKO tomonidan qo'riqlanadigan 4 ming dan ortiq me'moriy yodgorliklarni, shuningdek, qadimgi shaharlarning 140 dan ortiq ziyoratgohlarini o'z ichiga oladi. O'zbekiston Markaziy Osiyoning eng ko'p va taniqli arxitektura yodgorliklari mavjud mamlakatdir. Buxoro, Samarqand, Xiva va Toshkent O'zbekistonning eng mashhur ziyorat turistik shaharlaridir [3].

O'zbekistonning geografik o'rni, ya'ni tarixan Buyuk ipak yo'li chorrahasida joylashganligi qadimdan sayyohlik hamda savdo rivojlanganligini bildiradi. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi tarixiy-arxitektura yodgorliklari bilan tanishish, ko'rish istagida bo'lgan sayyohlar soni ortib bormoqda.

O'zbekistonda ziyorat turizmi. Ziyorat turizmi haqida o'zbek islomshunos olimi B.M.Bobojonov, Markaziy Osiyoda ziyorat ob'ektlarining eng keng tarqalgan turi, bu-"Muqaddas qadamjolar" hisoblanishini aytib o'tgan. Surxondaryo viloyatlari tarixiy obyektlarini me'morchilik, arxitektura nuqtai nazaridan o'rganish olim I.Azimovning tadqiqotida ko'zga tashlanadi.

Tasavvuf namoyandalarining qadamjolari va ziyoratgohlari to'g'risida A.Mamanazarov, B.Sattorov, Poslavskaya.O, S.Jo'rayeva ham ziyorat turizmi tarixiga atroflicha to'xtalib o'tgan. O'zbekiston hududida ziyoratgohlar masalasini o'rganishda ziyoratgoh nomi bilan bog'liq shaxsni personifikatsiya (avliyo, pir, said, xo'ja) maqomi va darajasini tadqiq qilish ham muhim sanaladi. T.Dadabayev, E.Karimov tadqiqotlarida ham ziyorat masalasining turli jihatlari yuzasidan fikrmulohazalar keltirilgan. Jumladan, D.Abramson va E.Karimov hammuallifligida yozilgan maqolada, Markaziy Osiyo xalqlari hayotida ziyoratning ahamiyati, turli davrlarda unga bo'lgan munosabat tahlil qilinadi. Va bu shunchaki sayohat emas, bu o'zligingni anglash uchun imkoniyat, ruhiy poklanishga umid, duo va istaklar ijobatini tilash, iymonga eltuvchi yo'l. Ziyorat bu-o'tgan avliyolar orqali Qodir Tangriga murojaat qilish, ongi va ruhini tinchlantirish, muqaddaslik haqiqatini anglash, yolg'izlik va poklanish yo'lidan o'tish. Markaziy Osiyoda buni Ziyorat deb atashadi, bu muqaddas joylarga tashrif buyurishni anglatadi. O'zbekiston har doim ko'plab madaniyatlar va sivilizatsiyalarning kesishish markazi bo'lib kelgan, bu yerda turli dinlar targ'ib qilingan, shuning uchun ham islom, ham buddizm va xristian dinlariga tegishli noyob yodgorliklar saqlanib qolingan. Darhaqiqat, O'zbekiston turistik resurslarning boyligi bilan ajralib turadi. O'zbekistonda diniy ziyorat turizm, ya'ni aziz qadamjolarni ziyorat qilish maskanlari yetarlicha topiladi. Jumladan, Markaziy Osiyoda, qolaversa O'zbekistonda ham aziz avliyolar yashab, dafn etilgan qadamjolar, ziyorat maskanlari ko'p [4].

Ko'pgina avliyolarning dafn etilgan joylari va qabrlari qaytadan tamirlanib, asl holatiga keltirilmoqda. Ular qatoriga Bahoviddin Naqshbandiy, G'ijduvoniy, Imom al-Buxoriy, Mahtumi A'zam, Shohizinda, Motrudiy, Hakim at-Termiziy, Zangiota kabi aziz avliyolar va imomlar maqbaralari musulmon ahlining beqiyos, go'zal ziyorat qiladigan va ma'naviy ruhlanadigan joylariga aylantirildi. Ayniqsa, Imom Al-Buxoriy majmuasini muhim ziyoratgohga aylantirish xalqaro

ahamiyatga egadir. Chunki, bu ziyoratgohlar musulmon olamida Makka va Madina shaharlaridan keyin eng muhim sajdagoh hisoblanadi. Shu sababli ziyorat qilish uchun qulay shart - sharoit yaratish, ya'ni infratuzilmani shakllantirish bugungi kunning muhim masalasi hisolanadi. Bu yerda asosiy vazifa xorij mamlakatlar fuqarolarining ortiqcha qiyinchiliklarsiz ziyorat qilib ketishlariga erishishimizdir. Mustaqallik yillarida diniy qadamjolarga davlat tomonidan katta e'tibor berilmoqda. Buyuk ajdodlarimiz qo'nim topgan maskanlarni qayta tiklash, obodonlashtirish, tamirlashga jiddiy e'tibor berganligi tufayli ziyoratgoh maskanlar 1.5 mlrd musulmon dunyosini o'ziga tortmoqda. Hozirgi kunda ziyorat turizmini rivojlantirishni asosiy maqsad qilib olgan ekanmiz avvalo mamlakatimizda diniy turizmni hududiy tashkil etish va rivojlantirishga jiddiy e'tibor qaratish lozim. Xususan, janubi-sharqiy Osiyo va g'arbiy Osiyo mamlakatlari ziyoratchilarni jalb etish maqsadida jozibador infratuzilmalar ishlab chiqishimiz kerak. Buning uchun har bir viloyat, tuman va qishloqlardagi kishilar tomonidan muqaddas hisoblanib kelinayotgan ziyoratgohlarni aniqlash, umumlashtirish, respublika va viloyat diniy turistik kartalarini yaratish hamda ziyoratchilarga zarur sharoitlar yaratish, transport imkoniyatlarni o'rganish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Diniy ziyoratgohlar kam mablag' hisobiga katta daromad manbaiga aylanishi shubhasiz. Mamlakatimizning barcha viloyatlaridan o'nlab, yuzlab diniy qadamjolar mavjud. Islom dunyosida katta xizmat qilagn, avliyo darajasiga ko'tarilgan siymolarimiz abadiy qo'nim topgan maskanlarini faqatgina mahalliy darajada, ya'ni tuman yoki viloyat miqyosidagi bilamiz, xolos. Binobarin, bunday muqaddas ziyoratgohlarni respublika va xalqaro darajadagi diniy ziyoratgoh obektlariga aylantirish mumkin. Shu bilan birga, respublika hududidagi yirik ziyorat obyektlariga olib boruvchi yo'nalishli avtotransport qatnovi tizimini yo'lga qo'yish, hududdagi aholini boshqa hududga tashkillashtirilgan sayyohat qilishlari uchun transport qatnovlarini yo'lga qo'yilishi ta'minlanadi. Bundan tashqari, mamlakatimizda joylashgan islom madaniyati va tarixi bilan bog'liq madaniy meros obektlari Islom hamkorlik tashkilotining Islom madaniy merosi ro'yxatiga kiritish choralari amalga oshiriladi. Ichki va tashqi sayyohlikni keng yo'lga qo'yish, respublikada turizm sohasini modernizatsiyalash, sohani barqaror rivojlantirish, turizm markazlari hisoblangan hududlarda turistik, maishiy va aloqa-axborot infratuzilmalarini rivojlantirish, mahalliy va xorijiy mehmonlarga xalqaro standartlarga muvofiq xizmatlar ko'rsatishga alohida e'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'kidlash joizki, bu boradagi belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, yurtimizda turizm sohasini rivojlantirish birinchi navbatda dunyo hamjamiyatida O'zbekistonning mavqeini mustahkamlaydi, xorijiy investorlar uchun yangi imkoniyatlar va ishonchli hamkorlik eshiklarini ochadi, mamlakat makroiqtisodiy ko'rsatkichlari barqarorligiga, aholi daromadlari, bandligi va tadbirkorligi kabi ko'rsatkichlarning yaxshilanishiga omil bo'lib, xizmatlar sohasining yanada takomillashuviga sabab bo'ladi.

O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng turizmga alohida e'tibor berila boshlandi va davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. O'zbekiston jahon mamlakatlariga o'z jozibasini ko'rsatish uchun turizmni rivojlantirish, unga yangicha e'tibor berish lozim edi. Mamlakatda turizm rivoji uchun zaruriy tashkiliy-huquqiy mexanizimlar yaratildi, hukumat tomonidan tegishli me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Bu sohadagi ish hozir ham davom etyapti. Mamlakatda turistlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha malakaviy talablarga javob bera oladigan kadrlarni tayyorlash dolzarb masala bo'lib bormqda. Shularni hisobga olgan holda xorijiy tillarni hamda tarix va geografiyani puxta biladigan mutaxasislarni tayyorlash tizimini takomillashtirishdir.

Bu borada turizm sohasidagi oliy o'quv yurtlari, Davlat talim standartlari va o'quv dasturidagi ixtisoslik fanlar, darsliklar, adabiyotlar, o'quv qo'llanmalar yaratish ham muhim ahamiyatga ega. Xususan I. S. Tuxliyevning "Turizm asoslari", X. M. Mamatqulov "Xalqaro turizm", M.M. Ahmadjonovichning "Turizm asoslari", F.E.Gulmetov "Turizm geografiyasi", H.R.Hamroyev "Turizmologiya", T.Xoldarov "Turizm sayyohlik", M.R.Usmonovning "Turizm geografiyasi" kabi o'quv qo'llanma va darsliklar turizm yo'nalishida o'qiyotgan talabalarga magistrlarga, bundan tashqari tadqiqotchilar, professor o'qituvchilar, turizm kasb-hunar kollejlari o'ituvchilari, turizm sohasida faoliyat ko'rsatayotgan mutaxasis-xodimlarga mo'ljallangan [5].

NATIJALAR VA MUHOKAMA.

Hozirgi kunda tez suratlarda ommalashib borayotgan turizm sohasi hisoblangan ziyorat turizmini rivojlantirish mazkur sohada yuqori salohiyatga ega davlatlar uchun qulay imkoniyatdir. Yuqorida keltirib o'tilgan fikrlardan va misollardan shunday xulosaga kelish mumkinki, mamlakatning har bir a'zosi, shu jumladan tashqi davlatlar ham amal qilishi kerak bo'lgan ziyorat turizmini barqaror rivojlantirish uchun muhim siyosat va strategiyalarni ishlab chiqish zarur. Bundan tashqari, xorijiy sayyohlarni jalb qila oladigan infratuzilmani yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Xudoyorov A., Abdurasulov B. "Ziyorat turizmida logistika»o'quv qo'llanma. Toshkent "Mumtoz so'z»nashriyoti-2019. 68 bet.

2. Abdimo'Minov, T. A., Bozorov, S. O., & Raxmatov, A. Y. (2022). SUV OMBORLAR VA ULARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI (OQTEPA SUV OMBORI MISOLIDA). Экономика и социум, (12-1 (103)), 19-23.

3. Abdimo'Minov, T. A., Yoqubova, Q. F., & Aliboyev, E. H. (2023). MUHOFAZAGA OLINGAN HUDUDLARINI RIVOJLANTIRISH YO 'LLARI (KO 'HITANG DAVLAT QO 'RIQXONASI MISOLIDA). Экономика и социум, (5-2 (108)), 4-8.

4. Abdimo'Minov, T. A., & Cho'Liboyev, I. I. (2022). TARIXIY VA MADANIY OBYEKTLARNING TURISTIK IMKONIYATLARI (JARQO 'RG'ON MINORASI MISOLIDA). Экономика и социум, (12-1 (103)), 14-18.

5. Abdimo'Minov B.O., & Barotova S.B. (2023). TERMIZ TUMANIDAGI TARIXIY-MADANIY YODGORLIKLARDAN TURIZM MAQSADLARIDA FOYDALANISH. Экономика и социум, (11 (114)-2), 6-11.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.