Научная статья на тему 'VATAN HIMOYACHILARI YODI MANGU BARHAYOT! (Ikkinchi jahon urushida noma’lum ketgan bobom Begmatov Omon va Xaramjo‘ylik urush qatnashchilari haqida)'

VATAN HIMOYACHILARI YODI MANGU BARHAYOT! (Ikkinchi jahon urushida noma’lum ketgan bobom Begmatov Omon va Xaramjo‘ylik urush qatnashchilari haqida) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
397
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xaramjo‘y / Ikkinchi jahon urushi / g‘alaba / qahramonlik / vatan / vatanparvarlik / Berlin / Esse / noma’lum xabarnoma / orden / medal / mahalla / qishloq. / Haramjoy / World War II / victory / heroism / homeland / patriotism / Berlin / essays / unknown notice / order / medal / neighborhood / village.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — S.B.Murtazova

Ushbu maqolada Qarshi shahrining janubi-g‘arbida joylashgan Xaramjo‘y qishlog‘i va G‘uzor tumanining Tojik qishlog‘idan Ikkinchi jahon urushiga qatnashgan jasorat timsollari, aziz ota-bobolarimiz haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Maqolada asosan og‘zaki tarix, xotiradagi esdaliklardan ma’lumot sifatida foydalanildi. Shuningdek, Ikkinchi jahon urushining asorati, insoniyat boshiga keltirgan musibati, abadul-abad bu urushning etkazgan aziyatlari insoniyat qalbida muhrlanib qolganligi va har bir yosh ikkinchi jahon urushi qatnashchilari timsolida haqiqiy vatanparvar, o‘z yurtini dushmandan himoya qilgan qahramonlarni ko‘rishi, qaysiki o‘zbek jangchisi bo‘lmasin avvalo ko‘z oldida o‘z qishlog‘i, mahallasi, oilasi, vatani turganligi haqidagi ma’lumotlar umumlashtirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE DEFENDERS OF THE COUNTRY WILL LIVE FOREVER! (My grandfather went missing during World War II Begmatov about participants of Omon and Haramjoy wars)

This article analyzes information about our courageous people, our dear ancestors of whom fought in the Second World War from the south-west of Karshi, the village of Haramdzhoy and the Tajik village of Guzar district. The article mainly used oral history, memoirs as information. The effects of the Second World War, the tragedy of mankind, the suffering of this war are forever imprinted in the hearts of mankind, and every young man sees in the image of the participants in World War II real patriots, heroes who defended their country from the enemy. Each warrior from Uzbekistan, before fighting enemies, first of all thought about his family, mahalla, and his village, homeland.

Текст научной работы на тему «VATAN HIMOYACHILARI YODI MANGU BARHAYOT! (Ikkinchi jahon urushida noma’lum ketgan bobom Begmatov Omon va Xaramjo‘ylik urush qatnashchilari haqida)»

Scientific Journal Impact Factor

VATAN HIMOYACHILARI YODI MANGU BARHAYOT!

(Ikkinchi jahon urushida noma'lum ketgan bobom Begmatov Omon va Xaramjo'ylik urush qatnashchilari haqida)

S.B.Murtazova QarMII, dotsent, tf.bo'yichaf.d.(PhD), E-mail: [email protected]

Annotatsiya: Ushbu maqolada Qarshi shahrining janubi-g'arbida joylashgan Xaramjo'y qishlog'i va G'uzor tumanining Tojik qishlog'idan Ikkinchi jahon urushiga qatnashgan jasorat timsollari, aziz ota-bobolarimiz haqidagi ma 'lumotlar keltirilgan. Maqolada asosan og'zaki tarix, xotiradagi esdaliklardan ma'lumot sifatida foydalanildi.

Shuningdek, Ikkinchi jahon urushining asorati, insoniyat boshiga keltirgan musibati, abadul-abad bu urushning etkazgan aziyatlari insoniyat qalbida muhrlanib qolganligi va har bir yosh ikkinchi jahon urushi qatnashchilari timsolida haqiqiy vatanparvar, o 'z yurtini dushmandan himoya qilgan qahramonlarni ko 'rishi, qaysiki o 'zbekjangchisi bo 'lmasin avvalo ko 'z oldida o 'z qishlog'i, mahallasi, oilasi, vatani turganligi haqidagi ma 'lumotlar umumlashtirilgan.

Kalitli so'zlar: Xaramjo'y, Ikkinchi jahon urushi, g'alaba, qahramonlik, vatan, vatanparvarlik, Berlin, Esse, noma'lum xabarnoma, orden, medal, mahalla, qishloq.

Аннотация: В данной статье анализируются информации о наших мужественных людях, наших дорогих предков которой сражавшихся во Второй мировой войне из юго-западе Карши села Харамджой и Таджикского села Гузарского района. В статье в основном использовалась устная история, мемуары в качестве информации.

Также освещаются, последствия Второй мировой войны, трагедия человечества, страдания этой войны навсегда запечатлелись в сердцах человечества, и каждый молодой человек видит в образе участников Второй мировой войны настоящих патриотов, героев, защищавших свою страну от врага. Каждый воин из Узбекистана перед тем сражаться с врагами прежде всего думал о своей семьи, махалли, и своего деревнью, родину.

Ключевые слова: Харамджой, Вторая мировая война, победа, героизм, родина, патриотизм, Берлин, эссе, неизвестное извещение, орден, медаль, окрестности, деревня.

Scientific Journal Impact Factor

Abstract: This article analyzes information about our courageous people, our dear ancestors of whom fought in the Second World War from the south-west of Karshi, the village of Haramdzhoy and the Tajik village of Guzar district. The article mainly used oral history, memoirs as information.

The effects of the Second World War, the tragedy of mankind, the suffering of this war are forever imprinted in the hearts of mankind, and every young man sees in the image of the participants in World War II real patriots, heroes who defended their country from the enemy. Each warrior from Uzbekistan, before fighting enemies, first of all thought about his family, mahalla, and his village, homeland.

Key words: Haramjoy, World War II, victory, heroism, homeland, patriotism, Berlin, essays, unknown notice, order, medal, neighborhood, village.

"Vatan ostonadan boshlanadi" - deydi dono xalqimiz. El boshiga ish tushsa yurtning mard o'g'lonlari, jonkuyar, fidoyi farzandlari ko'ksini qalqon qilib, yurtni yovdan himoya qiladi. Vatanimiz tarixining qadimgi davridan yovga ko'ksini qalqon qilgan ko'plab dovyurak, mard qahramonlari xalq uchun, yurt tinchligi uchun maydonga chiqqan. Vatanni onaga qiyoslaymiz, yurtidan ayro bo'lgan inson o'z yurti tuprog'ini ko'zlariga to'tiyo qiladi. "Vatan" atamasi aslida arabcha so'z bo'lib, ona yurt ma'nosini bildiradi. Vatan tushunchasi keng va tor ma'noda qo'llaniladi. Bir xalq vakillari jamuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, bu keng ma'nodagi tushunchadir. Kishi tug'ilib o'sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor ma'nodagi tushunchadir».

O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov "ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan vatandoshlarimiz, o'zbekistonlik jangchilarning ko'z oldida avvalo o'zi tug'ilib o'sgan qishlog'i, mahallasi, oila a'zolari, yaqinlari turgan bo'lsa ajabmas",- deya ta'kidlagandi.

O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami metodologik manba sifatida olindi. Mazkur tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik, mantiqiylik, analiz, sentiz metodlaridan keng foydalanildi. Mazkur maqolada Ikkinchi jahon urushida noma'lum ketgan fidoyilar haqida fikr - mulohazalar olib borildi

Darhaqiqat, ikkinchi jahon urushi tarixda yuz bergan jangu-jadallarning eng dahshatlisi hisoblanadi. Bu urushda vatanimizning har bir go'shasidan yurt fidoyilari avvalo o'z ona zamini, muqaddas tuprog'ini yovdan asrash, himoya qilish uc hun bel

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

bog'ladilar. Qarshi shahrining janubiy-g'arbida joylashgan Qadimgi Qarshi tumanidagi Xaramjo'y1 qishlog'idan ham ikkinchi jahon urushiga yuzlab mard va jasur yurt o'g'lonlari urushning dastlabki kunlaridan jangga otlandilar. Ularning har birini xotirlash, nomlarini abadiylashtirish, biz minnatdor avlodlarning burchimiz hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushiga 400 ga yaqin Xaramjo'yliklar safarbar etildi. Ulardan Bozorov Jabbor, Qodirov Parda, Rahmatov Karim, Xalilov Hikmat, Nor Bozorov, Nosir Haqberdiev, Fayzullaev Sayfi, Haydar Chinniev, Raupov Mavlon, Davron Raupov, Jo'raev Alimardon, Jo'rayev Shukur, Samadov Turdi Rasulov Umar, Qozoqov Elmurod, Qozoqov Abdulla, Jo'rayev Safar, Samadov Tursun, Boybekov Ahmad, Mustanov Sayfulla, Tolipov Ahmad, Xalilov Jalil, Pirov Nor, Pirov Karim, Samarov Nur, Obidov Sayfi, Boqiev G'aybi, Turdiev Qilich, Ravshan Odilov, Fozil Odilov, Temir Ashirov, Chori Egamberdiev, Sag'dulla Narzullaev, Nabi Sodiqov, Ahad Maqsudov, Barat Qudratov, Hakim Xoliqov, G'ofir Pardaev, Raim Hasanov, Yo'ldosh Ergashev, Tursun Mamatov, Temir Pardaev, Qo'chqor Jo'raev, Najim Nosirov, Sharif Kamolov, Haydar Olimov, Amir Sultonov, Turdi Muqimov, Sattor Samadov, Kamol Shamsiev, Parda Mahmudov, Aziz Xayrullaev, Jo'ra Eshonqulov, Tursun Akbarov, Omon Sirojiddinov, Mamatqul Tursunov, Hikmat Murodov, Xudoyor Akbarov, Sunnat Sultonov va boshqalarni ta'kidlashimiz mumkin.

Bu kabi ma'lumotlarni nafaqadagi pedagog Hazratqul Haydarov "Xaramjo'y mahallasi tarixidan lavhalar" nomli kitobida mahallamizdagi har bir xonadonga kirib, ikkinchi jahon urushiga safarbar etilgan ota-bobolarimizning qahramonligi, ularning g'alabaga qo'shgan hissasi, erishgan yutuqlari haqida ma'lumotlar keltirgan.

Shuningdek, bu asarda ustoz Hazratqul Haydarov 400 ga yaqin qishlog'imizning norg'ul, azamat yigitlari, ota-bobolarimiz fashizm balosini daf qilish uchun jonbozlik ko'rsatganliklari alohida ta'kidlanadi.

Ularning ko'rsatgan xizmatlari, jasoratlari, qaerlarda shahid ketgani borasida ko'proq izlanishlar olib borishimiz, ularning har birlarini nomlarini abadiyatga muhrlash, yoshlarimiz esa o'z ajdodlarining ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaga qo'shgan hissasi, ulardan faxrlanish tuyg'usini his qilishi uchun

Ikkinchi jahon urushi insoniyat boshiga keltirgan kulfat, asorat tafsilotlari to'laligicha hali yoritilmagan. CHunki, 2020 yil 9 mayda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaga 75-yil to'ldi. G'alabaning 75-yilligida xalqimizga urush

1 Xaramjo'y - Haram kalimasi arab tilida ta'qiqlangan, muqaddas joy. Alisher Navoiy asarlarida Makka va Madina shaharlari haramayn sharafayn (ikki muqaddas shahar) deb tavsif qilingan. Xaramjo'y Qarshi shahrining janubi -g'arbiy tomonida joylashgan bo'lib, sabza va so'lim joy, suv bilan o'ralgan, obod maskan kabi ma'nolarni anglatadi.

546

Scientific Journal Impact Factor

ko'rsatgan talofatlar, urushga safarbar etilganlar, shahid ketganlar, bedarak ketganlar haqidagi ma'lumotlar, raqamlar yangilandi. Arxiv ma'lumotlari, og'zaki tarix va boshqa ko'plab manbalar asosida ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar davom etmoqda. Har bir izlanish davomida urush talofatlarining, inson qalbini junbushga keltiradigan yangi faktlar, dalillar ma'lum bo'lmoqda.

Birgina Xaramjo'y qishlog'i misolida Ikkinchi jahon urushiga safarbar etilganlar haqidagi ma'lumotlarni tahlil qiladigan bo'lsak, urushga jo'nab ketganlarning atigi 10 foizi ya'ni 36 nafari o'z qishlog'iga qaytib kelgan. Urushdan qaytib kelganlarning aksariyati yarador, mayib-majruh holda qaytganlar. Hozirgi kunda mahallamizdan Ikkinchi jahon urushida ishtirok etganlarning barchasi olamdan o'tdilar. Ularning yorqin xotirasi hozir ham xalqimiz, mahalladoshlarimiz to monidan hurmat va e'zoz bilan tilga olinadi, xotirlanadi.

Ana shunday insonlardan biri, matematika fani bilimdoni, hurmatli ustoz, ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Qozoqov Abdulla domladir. Qarshi tumaniga qarashli 25-sonli maktab (hozirda Qarshi shahridagi 30-sonli maktab) da uzoq yillar davomida yoshlarga saboq bergan ustozimiz G'alaba kuniga bag'ishlangan marosimlarda, tadbirlarda ko'ksii to'la orden va medallar bilan tashrif buyurardi. YOshlarga urush janggohlarida ko'rsatgan jasorati, qahramonligi haqida ko'zlarida yosh bilan xotirlab, so'zlab berardi. Hatto dushmanni Berlingacha quvib borganligini ta'kidlaganligi yodimda. Qirg'inbarot urush janggohlarida bir oyoqlaridan yaralanib, keyinchalik oyoqlari oqsab qolgan.

Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan yana bir hamqishlog'imiz Begmatov Shomirza bobo edilar. Shomirza bobo ham ayni Ikkinchi jahon urushining shiddatli payti urushga kirganliklarini, ko'rsatgan qahramonliklarini maktabning boshlang'ich sinflarida o'qib yurgan kezlarimizda maktabdagi tadbirlarda ishtirok etib so'zlab berganlar. Hattoki Ikkinchi jahon urushining asorati SHomirza boboni umrining oxirigacha tark etmadi. U urushda boshidan yaralanganligi, boshidagi o'qni hatto jarrohlik yo'li bilan olib bo'lmaganligini aytib berganini eslayman.

Ikkinchi jahon urushiga qatnashib, g'alabaga o'z hissasini qo'shgan yana bir jangchi xaramjo'ylik Kamol SHamsievdir. U 1924 yilda Xaramjo'y qishlog'ida tavallud topgan. Kamol Shamsiev Qarshi shahridagi pedagogika texnikumida o'qib, uni tugatgach, Chiroqchi tumanidagi 7-maktabda boshlang'ich sinf o'qituvchisi bo'lib faoliyat olib boradi. Uni 1942 yil oxirlarida harbiy xizmatga chaqirishadi va u bir muddat harbiy mahoratini oshiradi. Kamol SHamsiev 1943 yilda urushga kiradi. U o'z xotiralarida shunday ta'kidlaydi. "Dnepr daryosini kechib o'tish kerak edi.

Scientific Journal Impact Factor

Daryo muzlagan, ko'krak bilan sirpanib, emaklab o'tayotgan paytda dushman ularni o'qqa tutadi. SHunda u o'ng qo'lidan yarador bo'lsa ham, sanitarlarga bog'latgancha, dushman hujumlarini qaytarish uchun jang qiladi. Ammo u og'ir yaralangan edi, jang tugaganidan so'ng hushidan ketib yiqiladi. Qancha vaqt o'tganini bilmaydi, hushiga kelganda o'zini dala gospitalida yotganini biladi. Uning qo'lini davolaydilar va yana bir qancha janglarda ishtirok etadi. Keyingi janglarda yana og'ir yaralanadi. Jarohatlar og'ir bo'lgani, jangga kirishning imkoni bo'lmagach, yurtga qaytariladi. 1944 yilda Kamol Shamsiyev ko'kchi to'la orden va medallar bilan qishlog'iga qaytib keladi.

Kamol Shamsiyevni 1994 yil 9 mayda respublikamiz poytaxti Toshkent shahriga chaqirib, O'zbekiston Prezidenti farmoni bilan "Jasorat" medali bilan taqdirlanadi. U 86 yoshida 2012 yilda vafot etadi. Uning yorqin xotirasi qishloqdoshlarining qalbida abadiy saqlanadi.

2020 yil 27 may kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "O'zbekiston tarixi" kafedrasi tashabbusi bilan "Ikkinchi jahon urushi: xalq jasorati va tarix saboqlari" mavzusida hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ushbu Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya doirasida Esselar tanlovi ham o'tkazilayotganligi, mazkur esselar tanlovining mavzusi esa "Ikkinchi jahon urushi mening oilam taqdirida" deb nomlandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G'alabaning 75-yilligidagi nutqida O'zbekistondan Ikkinchi jahon urushiga ishtirok etganlar soni 1,5 millionga yaqin emas, balki, 1 million 951 ming kishi bo'lganligi, bu esa urush vaqti O'zbekiston aholisi 6,5 million bo'lsa, deyarli O'zbekistonning o'sha vaqtdagi har 3 fuqarosidan bir nafari Ikkinchi jahon urushiga ishtirok etganligidan dalolat beradi. Bu raqamlar ham tadqiqot natijalari, arxiv ma'lumotlarini o'rganish natijasida olimlarimiz tomonidan keng jamoatchilikka ma'lum qilingan ma'lumotlar sirasiga kiradi.

Demak, "Ikkinchi jahon urushi mening oilam taqdirida" nomli mavzuga aloqador bizning oilamizda ham urushning og'riqli izlari muhrlanib qolganligini afsus bilan ta'kidlamoqchiman. Onam Begmatova Oybahor 1942 yilda tug'ilganlar. Onam uch oylik chaqaloqlik vaqtlari bobom Omonov Begmamat G'uzor tumanining Tojik qishlog'idan Ikkinchi jahon urushiga jo'natilgan. Buvim Rajabova Farog'at momoning xotirlashicha bir marta xat kelgan xatda esa Qozog'iston cho'lidan o'tib borayotganliklari haqida ma'lumot berilgan ekan.

Shundan so'ng bobomdan ya'ni onamning otalari Omonov Begmamat bobodan hech qanday xat-xabar kelmagan. Faqatgina noma'lum ketganligi haqidagi

Scientific Journal Impact Factor

xabarnoma kelgan. Onam bugungi kunda farzandlar, nabiralar ardog'ida piru-badavlat hayot kechirayotgan bo'lsalar ham qalblarida bir armon, otalarini diydorini ko'rmaganliklari, "urushni oti o'chsin bolam" deya ko'zlariga yosh oladilar.

Bobom haqida faqatgina buvim rahmatli Farog'at momodan eshitgan ma'lumotlari saqlanib qolgan. Onam "mening otam hisobchi bo'lgan. 3 ta qishloqni hisob-kitobi bilan shug'ullangan bilimli, o'tkir zehnli, chap qo'lida ravon, bexato yozgan, ma'lumotli inson bo'lgan" - deya ta'kidlaydilar. Men birinchi sinfga borganimda ustozlarim qancha urinishmasin men o'ng qo'lim bilan emas, faqat chap qo'lda yozgan ekanman. Onam esa ustozlarimga "meni otam chap qo'lda yozgan ekanlar. Bu unga bobosidan o'tgan qizim chap qo'lida yozaqolsin, ruxsat beringlar" deb iltimos qilgan ekanlar. Urushdan keyingi yillarda ham onam buvim bilan juda qiyinchilikda, sarson-sargardonlikda, mashaqqatli hayot kechirganliklarini, kun ko'rish uchun dalada boshoq terganliklari, bugungi dorilomon kunlarni qadriga etishimiz kerakligini bizga doimo uqtiradilar.

Ikkinchi jahon urushida ko'pchilik vatandoshlarimiz qatori bizning ham Qarshi shahrining shundoqqina yonida joylashgan Xaramjo'y qishlog'idan ko'plab ota-bobolarimiz safarbar etildilar. Ulardan sanoqliginasi urushdan o'z vataniga qaytishga muvaffaq bo'ldi. Bobom Omonov Bekmamat ham urushning eng dahshatli pallasida safarbar etildilar. Biz yoshlar ota-bobolarimizning nafaqat vatanparvarligi, fidoyiligidan o'rnak olishimiz balki, ularning xotiralarini abadiylashtirishimiz, ularning bosib o'tgan mashaqqatli yo'llarini, jasoratlarini yozishimiz, tarixga muhrlashimiz shart.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI: (REFERENCES) l.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaning 75-yilligiga bag'ishlangan nutqidan. Toshkent, 2020

2.Haydarov H. Xaramjo'y mahallasi tarixidan lavhalar. Qarshi, Nasaf nashriyoti,

3.Nafasov T. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent, 2009 yil.

4.Xaramjo'ylik 85 yoshli nafaqadagi ustoz Hazratqul Haydarovning esdaliklaridan foydalanildi.

5.Xaramjo'ylik 80 yoshli onaxon Begmatova Oybahor esdaliklaridan foydalanildi.

XULOSA

yil.

2018 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.