Научная статья на тему 'UZOQ MUDDAT DAVOLANAYOTGAN O‘QUVCHILAR UCHUN ALGEBRA FANIDAN ARIFMETIK PROGRSSIYA MAVZUSINI O’RGATISH USULLARI'

UZOQ MUDDAT DAVOLANAYOTGAN O‘QUVCHILAR UCHUN ALGEBRA FANIDAN ARIFMETIK PROGRSSIYA MAVZUSINI O’RGATISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Arifmetik progressiya / matematikani o‘qitish / uzoq mudda tdavolanayotgan o‘quvchilar / interfaol ta'lim / matematik muammolar / pedagogic yondashuvlar / metodlar / tanqidiy fikrlash / Arithmetic progression / mathematics teaching / long-term treatment students / interactive learning / mathematical problems / pedagogical approaches / methods / critical thinking

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nurmanova Shasanem Kudaynazarovna

Ushbu maqola uzoq muddatli davolanayotgan bolalar uchun matematika fanidagi mavzularni o‘rgatishning usullari o‘rganadi. Bu aniq ta’lim maqsadlariga javob beradigan, pirovardida ta’lim natijalarini yaxshilashga yordam beradi. Bundan tashqari, har bir fanni nafaqat hayot bilan, balki boshqa fanlar bilan muntazam bog‘lab o‘tish kerakligini o‘rganadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE METHODS OF TEACHING THE TOPIC OF ARITHMETIC PROGRESSION IN ALGEBRA FOR LONG-TERM TREATMENT STUDENTS

This article explores methods of teaching math topics to children who are undergoing long-term treatment. This will ultimately help improve learning outcomes that meet specific learning objectives. In addition, he learns that each subject should be regularly linked not only to life, but also to other subjects

Текст научной работы на тему «UZOQ MUDDAT DAVOLANAYOTGAN O‘QUVCHILAR UCHUN ALGEBRA FANIDAN ARIFMETIK PROGRSSIYA MAVZUSINI O’RGATISH USULLARI»

Innovative Academy Research Support Center IF = 7.899 www.in-academy.uz

ARTICLE INFO

THE METHODS OF TEACHING THE TOPIC OF ARITHMETIC PROGRESSION IN ALGEBRA FOR LONG-TERM TREATMENT STUDENTS Nurmanova Shasanem Kudaynazarovna

Teacher of the organization of general secondary education, Karakalpakstan branch of the state educational institution "Mehrli maktab" under the Ministry of Preschool and School Education https://doi.org/10.5281/zenodo.14377658

ABSTRACT

Received: 05th December 2024 Accepted: 10th December 2024 Online: 11th December 2024

KEYWORDS Arithmetic progression,

mathematics teaching, long-term treatment students, interactive learning,

mathematical problems,

pedagogical approaches,

methods, critical thinking.

This article explores methods of teaching math topics to children who are undergoing long-term treatment. This will ultimately help improve learning outcomes that meet specific learning objectives. In addition, he learns that each subject should be regularly linked not only to life, but also to other subjects.

UZOQ MUDDAT DAVOLANAYOTGAN O'QUVCHILAR UCHUN ALGEBRA FANIDAN ARIFMETIK PROGRSSIYA MAVZUSINI O'RGATISH USULLARI

Nurmanova Shasanem Kudaynazarovna

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi "Mehrli maktab" davlat ta'lim muassasasi

Qoraqalpog'iston Respublikasi filiali Umumiy o'rta ta'limni tashkil etish bo'yicha pedagog xodim https://doi.org/10.5281/zenodo.14377658

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 05th December 2024 Accepted: 10th December 2024 Online: 11th December 2024

KEYWORDS Arifmetik progressiya,

matematikani o'qitish, uzoq mudda tdavolanayotgan

o'quvchilar, interfaol ta'lim, matematik muammolar,

pedagogic yondashuvlar,

metodlar, tanqidiy fikrlash.

Ushbu maqola uzoq muddatli davolanayotgan bolalar uchun matematika fanidagi mavzularni o'rgatishning usullari o'rganadi. Bu aniq ta'lim maqsadlariga javob beradigan, pirovardida ta'lim natijalarini yaxshilashga yordam beradi. Bundan tashqari, har bir fanni nafaqat hayot bilan, balki boshqa fanlar bilan muntazam bog'lab o'tish kerakligini o'rganadi.

Uzoq muddat davolanayotgan o'quvchilar ta'lim jarayonida turli muammolarga duch kelishadi. Ana shunday muammolardan biri yuqori sinf o'quvchilar uchun algebra fanidagi matematik masalalardan foydalanish hisoblanadi.

é

Ws,

Ushbu maqolada uzoq muddat davolanayotgan o'quvchilarga matematikani o'qitish kontekstida arifmetik progressiya mavzusini foydalanishning dolzarbligi ko'rib chiqiladi. Ushbu yondashuvning afzalliklari muhokama qilinadi.

Uzoq muddat davolanayotgan o'quvchilar turli qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin, masalan, cheklangan harakatlanish yoki maktabda uzoq vaqt qatnashmaslik. Bunday vaziyatda biz o'qituvchilardan uddaburonlik va yangi mavzuni hayot bilan bog'liq holda tushuntirish talab etiladi.

Gospital ta'limda matematika fanini o'rganish o'quvchilarda yashashga bo'lgan ishonchni, oldiga aniq maqsad qo'yishni va kreativ yaratuvchanlikni o'rgatadi.

O'zbekiston Respublikasida ilk gospital ta'lim maktabi ya'ni "Mehrlimaktab" davlat ta'lim muassasasi 2022-yilning 16-may sanasidan boshlab o'z ish faoliyatini davom ettirmoqda. Vazirlar mahkamasining 134-sonli qaroriga muafiq "Mehr maktab" davlat ta'lim muassasining filiallari tashkil etildi. Hozirgi paytda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon, Farg'ona, Samarqand, Namangan va Buxora viloyatlari o'z ish faoliyatini boshlagan. Gospital ta'lim maktabida tibbiy-gigiyenik qoidalarga to'liq amal etilgan holda dars jarayoni tashkil etiladi.

Pedagog guruh mashg'ulotlarida ham individual tarzda olib boriladigan mashg'ulotlarda ham faqat dizenfeksiya qilish imkoni bo'lgan o'quv qurollaridan (laminatsiya qilingan didaktik materiallar, planshet, noutbuk, yuzasi metall yoki artiladigan materialdan bo'lgan o'quv qurollari va h k) foydalanishi kerak.

"Mehrlimaktab" davlat ta'lim muassamizda nafaqat algebra balki boshqa fanlarni ham o'zlashtirishda samarali metodlardan foydalanib, dars jarayoni olib boriladi.

1-

1 -rasm

2-rasm

3-rasm

4-rasm

Innovative Academy Research Support Center IF = 7.899 www.in-academy.uz

Algebra faninidan "Arifmetik progressiya" mavzusini o'rgatish usullari.

Bolaga yangi mavzuni tushuntirmastan avval, o'tilgan mavzuni ya'ni uning matematik bilim ko'nikmasini bilish maqsadida "Juft-juft" metodidan foydalansak bo'ladi. Bunda berilgan matematik terminlarning juftini topadi, shu bilan birga ularning inglis va rustilidagi nomlanishi ham yozishlari kerak bo'ladi.

O'zbek tili

1

karra -

qo'shuv-

doira-

tenglama-

transportir-

2

Rus tili

Inglis tili

Bu metod bolada matematik terminlarning nomlanishi bilan bir qatorda uning xorijiy tillaridagi nomlarini ham eslabqolishiga yordam beradi.

"Juft-juft" metodini faqat matematika fanida emas, balki boshqa fanlar bilan bog'lashimiz mumkin. Bu metodning yana bir avzallik tomani shuki, bunda bola o'zini o'zi tekshirish imkoniyatini ham beradi. Bunda ustoz javoblarini ham ko'rsatib o'tadi. Masalan:

1

O'zbektili

karra -bo'lish qo'shish- ayirish doira-aylana tenglama-tengsizlik transpotir-burchak

2

multiply-divid plus- minus circle-district

equation-comprarison

умножение-деление сложение-вычитание

круг-округ уравнение-сравнение транспортир-угол

Arifmetik progressiya mavzusini bolalarga o'rgatishda uni kundalikli hayot bilan bog'lash, o'quvchiga yangi mavzuni oson o'zlashtirishda yordam beradi.

Masalan hammamiz biladigan Qadimgi Misr piramidasi, Tarixiy minoralar, Eyfel minarasi kabilarni arifmetik progressiya bilan bog'lab tushuntirish mumkin. Bunda quyidan tepaga binoning qurilishida har bir qatordagi g'ishtlar qandaydir arifmetik bir xil songa kamayishi hisobiga terib chiqiladi.

Innovative Academy Research Support Center IF = 7.899 www.in-academy.uz

5-rasm 6-rasm

Yana bir tabiat mo'jizalaridan bo'lgan asalari uyasini ham ko'rib chiqaylik.Asalari o'z uyasini markazdan birdek songa ortishi evaziga barpo etadi.

7-rasm

Demak bu ham arifmetik progressiya.

Mavzuning asosiy qismini tushuntirish.

Masala. O'quvchi sinovdan o'tish uchun har kuni 5 tadan yangi so'z yod olishni rejalashtirdi. Har bir kun yod olishi rejalashtirilgan yangi so'zlarning soni qanday o'zgarib boradi?

Yechish.Rejalashtirilgan yangi so'zlarning soni har bir kun quyidagi tartibda o'zgarib boradi:

1—kun 2—kun 3—kun 4 — kun 5—kun

5 ta 10 ta 15 ta 20 ta 25 ta

Natijada quyidagi ketma-ketlikni hosil qilamiz;

5, 10, 15, 20, 25, anorqalin — fcunga kelib, yod olishi lozim bo'lgan Barcha yangi so'zlar sonini belgilaylik. Masalan:

= 5, a2 = 10, a3 = 15, a4 = 20, ... . Hosil qilingan

^1, ^2, a3,'""'an>'" '

é

Ws,

8-rasm 9-rasm

Uzoq muddatli davolaniyotgan bolalarga arifmetik progressiya mavzusiga oid misollarni yeshishda ham hayot bilan bog'langan misollarni olish maxsatga muvofiq bo'ladi, shunki bola ko'zoldiga keltiradi va hayotda foydalanayotganimizni biladi.

Misol uchun,Imorat qurishda to'nkalardan rasmda ko'rsatilgandek etib taxlandi. Agar asosida 12 ta to'nka joylashgan bo'lsa, jami qanchat o'nka taxlangan bo'ladi?

10-rasm

Yechish: 1-qatorda 1ta

2-qatorda 2 ta

é

Ws,

11-qatorda 11 ta

12-qatorda 12 ta 12+11+10+9+8+7+6+5+4+3+2+1=78.

Demak, 78 ta to'nka taxlangan ekan.

Uzoq muddatli davolaniyotgan bolalarning sog'ligi va uning psixologik holatidan kelib chiqib, "Ranglar yomg'iri" metodini qo'llashimiz mumkin.

11-rasm

Bunda har yomg'ir tomchisi orqasiga bolaning holatidan kelib chiqib, savollar yashiramiz. Yomg'ir tomchilarini bolaning soniga qarab ko'paytishimiz yoki kamaytirishimiz mumkin. Dars jarayonida boladan ranglardan birini tanlashini va shu yomg'ir tomchisi orqasidagi savolning javobini toppish kerakligini aytamiz. Shu paytda bola ko'proq qaysi rangni tanlayotganiga ham ahamiyat qaratishimiz kerak. Bu ranglar bolaning psixologik holatini aniqlashda katta yordam beradi.

Dars jarayonida pedagog xodim o'z darsini boshqa fanlar bilan muntazam bog'lab borishi bolaning darsga qiziqishini yanada orttiradi. Shu o'rinda arifmetik progressiya mavzusini art terapiya bilan bog'lashimiz mumkin.

Masalan, quyidagi rasmdagi chiziqlar birdek kamayib boradi, bu d ayirmasi manfiy son bo'lgan arifmetik progressiya.

Innovative Academy Research Support Center IF = 7.899 www.in-academy.uz

12-rasm

13-rasm

14-rasm

15-rasm

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Innovative Academy Research Support Center IF = 7.899 www.in-academy.uz

Xulosa

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, albatta, uzoq muddat davolanayotgan o'quvchilar uchun algebra fanidan arifmetik progressiya mavzusini o'rgatish usullarini muhokama qilishga tayyorman. Bu o'quvchilar uchun o'qish jarayonini qiziqarli va samarali qilish uchun ushbu usullarni qo'llash yuqori samara beradi.

Mashg'ulotni tashkil etishda o'quvchining kasalligi va davolanish rejimini hisobga olish zarur.O'quvchi qancha vaqt davolanishda ekanligi, qanday dori-darmonlar qabul qilayotgani, qaysi faoliyatlarni bajarishga qodirligi kabi omillarni hisobga olish kerak. O'quvchining o'rganish uslubini va qiziqishlarini aniqlash: Ba'zi o'quvchilar visual materiallarni yaxshi o'zlashtirsa, boshqalari eshitish orqali yaxshi o'rganadi. O'quvchining qiziqishlarini hisobga olib, o'qishni qiziqarli qilish mumkin. Masalan, agar o'quvchi futbolga qiziqsa, arifmetik progressiya masalalarini futbol o'yinlari bilan bog'lash mumkin.

Ushbu usullarni qo'llash orqali uzoq muddat davolanayotgan o'quvchilarga algebra fanidan arifmetik progressiya mavzusini o'rgatish mumkin. O'qituvchilarning sabr-toqatliligi, tushunishga tayyorligi va o'quvchilarga bo'lgan g'amxo'rligi o'quvchilarning muvaffaqiyatiga katta hissa qo'shadi.

References:

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2023-yildagi 134-sonli qarori

2. Umarova U.U. Mulohazalar ustida mantiqiy amallar mavzusini o'qitishda «Kichik guruhlarda ishlash» metodi // Scientific progress, 2:6 (2021), p. 803-809.

3. Alimova Nigora Israilovna, Tursunova Dildora Ziyadullayevna, Turakulova Nafisa Buranovna. (2023). GOSPITAL TA'LIMDA DARS TASHKIL QILISH: Pedagogical Science. IQRO, 5(1), 34-38. Retrieved from https://wordlyknowledge.uz/index.php/iqro/article/view/1889

4. Sh. A. Alimov, O.R.Xolmuxammedov, M.A.Mirzaaxmedov 9-sinf umumiy o'rta ta'lim maktablarining 9-sinf darsligi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.