Научная статья на тему 'GOSPITAL TA’LIMDA O‘QUVCHI SHAXSIGA YO’NALTIRILGAN O‘QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH'

GOSPITAL TA’LIMDA O‘QUVCHI SHAXSIGA YO’NALTIRILGAN O‘QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
mehrli maktab / gospital ta’lim / gematologiya / onkologiya / uzoq muddatli davolanishga muhtoj / gospital pedagogika / o‘quvchi / shaxs / individual / pedagog / kasallik / dars / kasalxona.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tursunova Dildora Ziyadullayevna

Mazkur maqolada gospital ta’limda o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tashkil etish, uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalarga ta’limning ahamiyati va uning mazmun mohiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GOSPITAL TA’LIMDA O‘QUVCHI SHAXSIGA YO’NALTIRILGAN O‘QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH»

GOSPITAL TA'LIMDA O'QUVCHI SHAXSIGA YO'NALTIRILGAN O'QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH

Tursunova Dildora Ziyadullayevna

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi "Mehrli maktab" davlat ta'lim muassasasi umumiy o'rta ta'limni tashkil etish bo'yicha pedagog xodim https://doi.org/10.5281/zenodo.11186922

Annotatsiya. Mazkur maqolada gospital ta'limda o'quvchi shaxsigayo'naltirilgan o'quv jarayonini tashkil etish, uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalarga ta'limning ahamiyati va uning mazmun mohiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: mehrli maktab, gospital ta'lim, gematologiya, onkologiya, , uzoq muddatli davolanishga muhtoj, gospitalpedagogika, o'quvchi, shaxs, individual, pedagog, kasallik, dars, kasalxona.

Bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan e'tibor ularga bildirilayotgan ishonch kelajakka bo'lgan umidimizning nechog'lik katta ekanligining yorqin namunasidir. Ularning sifatli ta'lim olishiga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar esa buning amaldagi isboti desak yanglishmaymiz.

Mamlakatimizda har bir sohada keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O'z navbatida mazkur islohotlarning salmoqli qismini ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar tashkil etadi. Ana shunday keng ko'lamli islohotlardan biri 2022-yilning 5-may sanasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan "Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha ta'lim va tarbiya hamda umumiy o'rta ta'lim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroridir. Qarorga muvofiq bugun yurtimizda "Mehrli maktab" davlat ta'lim muassasasi tashkil etilgan bo'lib, uzoq muddatli stasionar davolanishga muhtoj bo'lgan bemor bolalarning ta'lim jarayonidan ortda qolmasliklari va o'z tengdoshlari qatori bilim olishlarini ta'minlash hamda ularning ijtimoiy moslashuviga yordam berishdir.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa stasionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda bo'lgan bolalarga ta'lim va tarbiya berish tizimini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2023-yil 29-martdagi 134-sonli qarori asosida ushbu maktabning filiallari 2023 - 2028-yillarda bosqichma-bosqich, biroq har yili kamida 3 ta hududda tashkil etilishi ham belgilab qo'yilgan.

Bolalarning davolanishi uzoq muddat talab etadigan kasallikka chalinishi nafaqat bolalar, balki ularning ota-onalari uchun ham noxush holat hisoblanadi. Bola sog'lig'ining yomonlashuvi uning ruhiyatiga bir tarafdan bosim o'tkazsa, boshqa tarafdan bemor atrofidagi kundalik vaziyatning keskin o'zgarishi, tengdoshlaridan ajralib qolishi va kasallik tufayli imkoniyatlarining cheklanib borayotganligi ruhiy tushkunlik holatini keltirib chiqaradi [8, 1453-b.].

Gospital ta'lim uzoq muddat davolanayotganligi sababli maktab yoki bog'chada barcha tengdoshlari bilan birga ta'lim olish imkoniyati cheklangan bolalar o'zlarini to'laqonli his qilishlari uchun ta'lim va tarbiya yo'nalishida o'z faoliyatini olib boradi[11, 265-b.]. Bu turdagi pedagogik yordam bolalarning maktab bilan aloqalari uzilib ketmasligining kafolati hisoblanib, davolanish yakuniga yetganidan keyin bolalarning odatiy hayot tarziga oson moslashishida muhim o'rin tutadi[13, 8-b].

Birinchi bolalar shifoxonasi 1802 yilda Parijda ochilgan. Bu voqea tarixda juda katta yutuq bo'lgan, sababi shu davrgacha bolalar kattalar bilan bir xonada davolangan. Ushbu davrdan boshlab, bolalar uchun muntazam kasalxonalarning tashkil etilishi ularning rivojlanishi bilan uzviy bog'liq masala ko'tarildi. Bu masala ularning ta'limdan uzilib qolmasliklari edi.

Gospital pedagogikasi tarixi 20-asr boshlariga borib taqaladi. Londonlik savdogar va keyinchalik London meri bo'lgan Uilyam Purdi Treloarning ta'limga e'tibori xayriya faoliyati bilan boshlanadi. Ilk bor Treloar Londonda shifoxona qurdiradi, va u yerda gospital maktabini tashkil etadi. Kasalxona shahar chetida joylashgani sabab, ko'p o'qituvchilarga noqulayliklar keltirib chiqaradi. Shu sababdan Treloar kasalxona yaqiniga yotoqxona barpo etishni buyuradi. Bu yerda ham tibbiyot xodimlari, ham o'qituvchilar yashashi mumkin bo'ladi. Hozirgi kunda turli mamlakatlarda barpo etilgan gospital maktablar faoliyatini tashkil etishning o'ziga xos yondashuvlari ishlab chiqilgan bo'lib - ota-onalar bilan ishlash va o'quvchining umumiy ahvolidan kelib chiqib yondashuv farq qilishi mumkin. Gospital ta'limning ikki shakli - uyda va tibbiyot muassasasida tashkil etiladi. Ilk gospital o'qituvchilar - rohibalar bo'lgan.

Rossiyada esa bu kabi maktab - Pyotr 1 davridan o'z faoliyatini boshlagan. O'qituvchilar matematika yoki boshqa fanlarni emas, iloji boricha bolalarni rivojlantiruvchi mashqlar, masalalar bilan masalan, ularga ertaklar va hikoyalar orqali, savol javoblar tariqasida shug'ullanishgan. Bu kabi metodlar ularni shaxsiyatini bolalik davridan shakllanishiga yordam berishiga ishonishgan. Shuning uchun kasalxonada bolalarga avvalo bemor emas, balki shaxs sifatida e'zozlanishiga sabab bo'lgan.

20- asrning oxirida kasalxonalardagi bolalarni o'qitish metodlari va usullarini o'zgartirish kerakligini, aks holda bundan keyingi ta'lim zerikarli va foydasiz ekanligi aniq bo'lib qoldi. 1988 yil pediatr Pavel Kornxauzerning tashabbusi bilan, YUNESKO va JSST ko'magida Sloveniyada gospital o'qituvchilra uchun birinchi Yevropa kongressi bo'lib o'tdi. Yevropa kasalxona maktablari assosiatsiyasi, Yevropadagi Pedagoglarning kasalxona tashkiloti (HOSPITAL ORGANISATION OF PEDAGOGUES IN EUROPE (HOPE)) tuzildi. HOPE bolalar huquqlari va o'qituvchilarni rivojlantirish bilan shug'ullanadi. Ushbu tashkilotning sharofati bilan, gospital pedagogikasi xalqaro tushunchaga aylandi. Uyushma a'zolari xorijlik hamkasblari bilan o'z tajribalari va fikr mulohazalar almashadilar. Shu tariqa gospital pedagogika sohasida qilingan samarali texnika va metodlar boshqa mamlakatlarda ham o'zlashtiriladi.

20-asrning oxiriga kelib mafkuraviy siyosat, mafkuraviy qarashlar, mafkuraviy dunyoqarash kengaydi va bu mamlakatlar o'rtasida asosiy siyosiy jarayonga aylandi. O'qituvchilar maktabda smenalar tashkil qilib ishlashni boshlashdi. Uzoq muddat davolanishga muhtoj o'quvchilar esa kasalxonalarga yoki uy ta'limiga jalb qilindilar. Maqsad esa hali ham o'sha -o'sha, bemor bolalarni ta'limdan, maktabdan uzoqlashtirmagan holda bilim berishdan iborat. So'nggi tadqiqotlar shuni ko'rsatdi-ki, gospital maktablarda o'qigan o'quvchilarning 85 foizi o'z qiziqishlari va orzulari haqida so'zlab bergan bo'lsa, maktabga qatnamagan bemor bolalarning 10 tadan faqat 2 tasigina kelajak rejalari haqida so'zlab bergan. Mazkur tadqiqotlar gospital ta'lim va gospital maktabning bemor bolalar hayotida naqadar muhimligini ko'rsatib beradi. [17]

Rossiya Federatsiyasi hamda xorijiy olimlardan L.S.Vygotskiy, V.P.Kashchenko, I.V.Malyarevskiy, G.Ya. Troshin, I.Gyorgens, G.Dyenxard, N.N.Malofiyev, F.L.Ratner, O.V.Troshin, L.I.Fursinko va boshqalar gospital pedagogikasini insonparvarlik nuqtai nazaridan yoritib berishgan. [7, 149 - 161]

Hozirgi vaqtda terapevtik, pedagogik va reabilitatsiya faoliyati inklyuziv ta'limda va gospital pedagogikada ta'limdan ortda qolgan, ta'limda qiyinchiliklarga duch kelgan hamda deviant xulq-atvorli bolalarni qo'llab-quvvatlash amaliyoti keng qo'llanilmoqda.

Gospital pedagogika yo'nalishining buyuk pedagogi, shifokor Yanush Korchak, shaxsiyatni shakllantirishda baxtli va quvonchli bolalikning ahamiyati naqadar muhimligini ta'kidlab, bolalalikni to'laqonli boshdan kechirmagan insonning butun hayoti nogiron ekanligiga ishongan. Shuning uchun u "Pedagoglarning eng muhim vazifalaridan biri, bu ta'lim muassasasining hayotini ta'minlash orqali o'quvchilarga kamida bir necha yil davomida bolalik quvonchini berishga yordam beradi" - deydi[6, 3-7].

O. D. Guleryuz., D.Hasircilar o'z tadqiqiotlarida Gospital ta'limda o'quvchilarning ijtimoiylashuvini turkiya ta'limi misolida ochib berishgan. [5]

Malkowska-Szkutnik A., Berkowska A., Gajda M., Kleszczewska D.lar esa Gospital maktabda o'qitish tizimi haqida hamda gospital ta'lim pedagoglari uchun kerakli tavsiyalarni berishgan[10].

Fuengfoo A., Leelathanaporn S., Mekrungcharas T., Sakulnoom K., Owjinda S., Noipong P., Srinuan S., Kumjaroen S., Phonok N.kabi olimlar gospital ta'limda uzoq muddat davolanishga muhtoj bo'lgan bolalarni o'qitishning afzalliklarini o'z ilmiy ishlarida yoritib berishgan[4].

O'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan ta'lim deganda, biz ko'proq o'quvchilarning shaxsiy manfaatlari, ehtiyolarini nazarda tutamiz. Bunda ta'limning mazmuni o'quvchi shaxsining qiziqishlariga mos ravishda yo'naltirilishi, uning qiziqishlari va layoqatini qo'llab-quvvatlash bosh maqsad qilib olinadi. O'quvchining o'z-o'zini bilishi, shaxsining o'ziga xosligi, uning rivojlanish darajasi, kelgusidagi orzu-maqsadlariga erishish uchun qilayotgan xatti-harakatlari zamirida puxta bilim olish, ta'limning keyingi bosqichiga tayyorlanish mujassam. Uning qiziqishlari, fantaziyasi aniq maqsad sari yo'naltirilgan bo'lib, o'z manfaatlarini fanlardan Davlat ta'lim standartlari talablari asosida nafaqat minimal darajadagi balki, maksimal darajadagi bilimlarni egallash bilan himoya qilishga qodir bo'lishi mumkin. Buning uchun esa, o'qituvchilar tomonidan ularning intilish va qiziqishlarini rag'batlantirib borish katta ahamiyat kasb etadi.

Bunday yondashuv orqali ta'lim jarayonini amalga oshirishda o'quvchining bilim olish jarayonini o'z ichiga olgan, o'qituvchi - o'quvchi - o'qituvchi munosabati hamkorligi va erkin tanlash printsipi uni tanlagan sohasi bilan shug'ullanishdan zeriktirmaydi, bilimlarini takomillashtirish sari undaydi. Pedagog olimlar tomonidan ta'lim jarayonida shaxsga yo'naltirilgan yondashuvning asoslangan pedagogik texnologiyalari ishlab chiqilgan bo'lib, u quyidagilardan iborat: shaxsga yo'naltirilgan ta'lim; hamkorlik pedagogikasi; - adaptiv muloqot pedagogik texnologiyasi; o'yin texnologiyasi; rivojlangan o'qitish texnologiyasi; muammoli o'qitish texnologiyasi; differentsial o'qitish; individual o'qitish texnologiyasi. Ushbu yo'nalishlarning har birida ta'lim o'quvchi shaxsining qiziqishi, qobiliyati, imkoniyati va shart-sharoitlari e'tiborga olinib tashkil etiladi.

Ayniqsa, shaxsga yo'naltirilgan ta'limda o'quvchida mustaqil fikrlash orqali muammoli vaziyatlardan chiqishga intilish malakasini shakllantirishga alohida urg'u beriladi. Mustaqil o'qib-o'rganish, o'quv jarayonidagi qiyin vaziyatlarda o'qituvchining yordamisiz muammolarni hap qilishga urinish, shundan keyingina o'zining xulosalari to'g'riligiga ishonch hosil qilish uchun o'qituvchining yordamiga tayanish zarurligini anglatish muhimdir. [18]

Sharq mutaffakkirlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Yusuf Xos Hojib, Jaloliddin Rumiy, Abdulla Avloniy

kabilar shaxsning oliy qadriyat ekanligini a'lohida e'tirof etganlar. Ta'lim jarayonida shaxs barkamollik sari intiladi. Buning uchun zarur bo'lgan bilim va tajribalarni o'zlashtiradi, ijtimoiy hayotda mazkur bilim, tajribalarni qo'llash mahoratini egallaydi.

Shaxsning individualligi uning ichki dunyosi bilan bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham o'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan ta'lim pedagogik faoliyatining alohida, o'ziga xos turidir.

So'nggi yillarda o'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan ta'lim jarayoniga bag'ishlangan bir qator tadqiqotlar amalaga oshirilgan. F.R.Yuzlikayev, E.R.Yuzlikayeva , B.B.Ma'murov, N.A.Alekseev, V.V.Anasimova, E.V.Bodarevskaya, N.G.Zotova, I.A.Kolesnikova, I.V.Nikishina, V.V.Serikov, T.I.Chechet kabi olimlarning ishlari bunga misol bo'ladi. Ushbu mutaxassislar o'z ishlarida ta'lim jarayoni faoliyatining muvaffaqiyati ta'minlovchi yondashuvlarni ilgari suradi. Bunday faoliyatning maqsadi o'quvchilarni rivojlantirishdan iborat.

O'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan ta'lim jarayonida pedagoglar ijtimoiy tajribalarni o'quvchilarga ko'proq yetkazishni rejalashtirish kerak. Bu esa o'z navbatida, o'quvchilarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

I.A.Kolesnikova [9] ta'kidlaganidek, o'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan ta'lim jarayonida pedagoglarning faoliyati ongli, erkin, maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi lozim.

E.V. Bondarevskiy [3] ning ko'rsatishicha, o'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan ta'lim jarayonida pedagogning faoliyati insonparvarlik prinsipiga asoslangan bo'lishi kerak.

Ayni vaqtda mamlakatimizda shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari yaxlit bo'lmasa-da, alohida J.G'.Yo'ldoshev [16], O'.Q.Tolipov [15], M.H.Usmonboyeva lar tomonidan o'rganilgan bo'lib, ular ilgari surilgan tamoyillar uchun V,Yu.Pityukov [12], G.K.Selevko [14]lar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar asos bo'lib xizmat qiladi.

J.G'.Yo'ldoshev, S.A.Usmonovlar shaxsga yo'naltirilgan ta'lim "O'quvchi shaxsiy imkoniyatlariga moslashtirilgan pedagogik muhutni hamda ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi" - degan fikrni ilgari suradilar. Mualliflarning fikrlariga ko'ra, "Shaxsga yo'naltirilgan ta'limda har bir o'quvchini tushunish, hurmat qilish, unga ishonish katta ahamiyatga ega. U o'quvchi-o'qituvchi hamda o'qituvchi-o'quvchi hamkorligi ko'zda tutilgan ijobiy natijalarni beradi. Bu ta'limda kommunikativ metodlardan keng foydalaniladi"[16].

Umuman olganda, gospital ta'lim maktablari qanday ko'rinishda bo'lishi kerak, avvalo devorlari yorqin, kasallikni eslatmaydigan ranglar tanlanishi zarur. Maktab atmosferasini bola his qilishi kerak. Bola bugun qanday dars o'tilishini o'zi tanlashi va shu darsda ko'proq o'zi gapirishi ham muhim hisoblanadi. Darslar 30 minutdan tashkil qilinadi. Baholash jarayoni ham mavjud. Maktabga tashrif albatta shifokor ko'rsatmasi bilan bo'lishi kerak. Shifokor yurishga ruxsat bermagan taqdirda, pedagog zamonaviy texnologiyalari bilan birgalikda bola huzuriga o'zi tashrif buyuradi va muolaja paytida darslar ham o'z vaqtida o'tiladi. Uzoq muddatli davolanish jarayonida bolaning xotirasi bilan bog'liq va avvalgi bilimlari yodidan ko'tarilib qolish holatlari ham uchrab turadi, shunda avvalgi bilimlarini yangi texnologiyalar orqali ya'ni, qurilmali konstruktorlar, ertak qahramonlari, kompyuterlashtirilgan robototexnika orqali xotiralarini qisman yangilash yoki yangi bilimlar bilan boytish imkoniyati paydo bo'ladi. Bundan tashqari jamoaviy ishlash orqali esa, yangi do'stlar orttirishlari va fikrlar almashinishlari mumkin bo'ladi. Eng asosiysi bolalarda nutqiy rivojlanish va jamiyatga to'laqonli qaytish hissi ustun bo'ladi[17, 6-b]

Mehrli maktabda tibbiyot muassasasida davolanayotgan bolalar uchun alohida ishlab chiqilgan o'quv reja asosida 1-11-sinflar hajmida umumiy o'rta ta'lim beriladi. Dars

mashg'ulotining davomiyligi - 30 daqiqani tashkil etadi. Bunda bir kunlik dars mashg'ulotlari 3 soatdan oshmagan holda bo'lib, o'quv haftasi davomiyligi esa 5 kunlik asosida olib boriladi.

Darslar o'quvchining umumiy holatidan kelib chiqib, yakka (individula) tartibda palatada yoki guruh(sinf)da tashkil qilinadi[1].

Darsning rejasi har bir o'quvchining imkoniyat va qobiliyatlariga moslashtirilgan holda tarzda tuziladi. O'quv yili davomida yangi kelgan o'quvchining asosiy maktabidagi sinf rahbari yoki ota-onasi tomonidan kechikish darajasi aniqlanib dars mashg'ulotlari olib boriladi.

Bunda tibbiy - gigiyenik qoidalarga (barcha o'quv jihozlari dizenfeksiya qilinishi, hamma o'quvchilar va o'qituvchida tibbiy niqob bo'lishi, antiseptikdan tez-tez foydalanish va hk.) to'liq amal etilgan holda dars jarayoni tashkil etiladi. O'quvchilarning statsionar va ambulator davolanishini hisobga olgan holda ular dars mashg'ulotida har xil vaqtda ishtirok etishi mumkin. Shu sababli yoshlari va sinfi bir biriga yaqin bo'lgan o'quvchilarni bitta mashg'ulotda qatnashishiga to'g'ri keladi.

Yakka (individual) tarzda dars mashg'ulotini tashkil etish bu - o'quvchining palatasida tashkil etiladigan mashg'ulotdir. Shifokor xulosasi bo'yicha o'quvchi jamoaga chiqishga ruxsat berilmagan holatlarda pedagog xodim uning palatasiga borib darsni tashkil qilishi mumkin.

Davolovchi shifokor tomonidan bunday xulosa bolaning umumiy holatidan kelib chiqqan hollarda beriladi. Bunday holatda nafaqat guruhda balki, individual tarzda olib boriladigan mashg'ulotlarda ham pedagogdan tibbiy-gigiyena qoidalariga rioya etish talab qilinadi. O'quvchi yotgan yoki o'tirgan holatda darsda qatnashishi mumkin. Pedagog bolaning yotoq o'rniga o'tirishi mumkin emas. Stul yoki divanga o'tirishi, yoki tik turgan holda dars o'tishi mumkin. Pedagog guruhiy mashg'ulotlarda ham individual tarzda olib boriladigan mashg'ulotlarda ham faqat dizenfeksiya qilish imkoni bo'lgan o'quv qurollaridan (laminatsiya qilingan didaktik materiallar, planshet, noutbuk, yuzasi metal yoki artiladigan materialdan bo'lgan o'quv qurollari va hk) foydalanishi kerak.

Ba'zan shunday holatlar bo'ladiki, o'quvchi vaqtincha ta'lim jarayonida ishtirok etish mumkin emas. Bolalarni ta'lim jarayoniga jalb etishda har doim albatta davolovchi shifokor xulosasi inobatga olinadi. Bunday xulosa bolaning umumiy ahvolini hisobga olib, uni karantin holatida ushlab turish uchun beriladi.

Maktab pedagoglari tomonidan esa bunday holatda ta'lim jarayonini vaqtincha dars mashg'ulotlarini to'xtatib turishga to'g'i keladi.

Keyingi holatda bola salomatligining og'irlashganligi sababli reanimatsiyaga tushgan davrida yuzaga keladi. Bunday holatda albatta u ta'lim jarayoniga jalb qilinmaydi, faqat maktab psixologi agar ehtiyoj sezilsa chiqib bolaning ruhiy-emotsional holatini yaxshilashga harakat qilib ko'rishi mumkin.

Demak, gospital ta'limda o'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan ta'lim - bu ta'lim oluvchilarning shaxsiy individual layoqati, qobiliyati va imkoniyatlarini inobatga olgan holda o'quv jarayoniga ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini tadbiq etish asosida unda ma'lum bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qilibgina emas, balki, eng asosiysi, uning shaxsini shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim hisoblanadi. Gospital ta'limda shaxsga yo'naltiirlgan ta'lim texnologiyalaridan foydalanish bilan bir qatorda har bir o'quvchiga buyuk shaxsdek qarash, uni hurmat qilish, tushunish, qabul qilish, unga ishonish kerak. Gospital ta'limda shunday muhitni yaratish kerak-ki, unda o'quvchi o'zini shaxs deb hisoblasin, o'ziga bo'lgan e'tiborni his qilsin. Ta'limda muvaffaqiyat muhitini tashkil etish, bolaga o'qitishda muvaffaqiyat qozonishga yordam

berish, uning o'z kuchi va iqtidoriga ishonchini orttirish, o'quvchiga atrofdagilarning har biri o'zi

kabi ekanligini anglatish, unda jamoaga aloqadorlik hissini rivojlantish muhim hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.05.2022-yildagi 234-son qarori

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2023-yildagi 134-son qarori

3. Бондаревская Е.В. Гуманитарная парадигма личносто ориентированного образования // Педагогика 1997. - № 4. - C. 11-14

4. Fuengfoo A., Leelathanaporn S., Mekrungcharas T., Sakulnoom K., Owjinda S., Noipong P., Srinuan S., Kumjaroen S., Phonok N. Effectiveness of the Hospital Learning Center (Queen Sirikit National Institute of Child Health): Satisfaction with Service and Parents' Attitudes towards Children's Illness. F1000Res. 2019:8:1616.

5. Guleryuz O. D., Hasirci D. Children's Hospital Schools as Social Environments: A Turkish Example. Proceeding of the INTED 2018, Valencia, Spain, 5—7 March 2018. Р. 4845—54.

6. Голованов В.П. Инклюзивный потенциал современного дополнительного образования детей / Голованов В.П. Дополнительное образование и воспитание. - 2015. - №1. - С.3-7

7. Гусев.И.А. Ключевые этапы развития госпитальной педагогикив рамках модели проекта госпитальных школ России «УчимЗнаем»/ Гусев.И.А.// Наука и школа. 2022.№ 1.С. 149 - 161

8. J. Wang, B. Lloyd-Evans, D. Giacco, et al. Social isolation in mental health: a conceptual and methodological review. Soc Psychiatry Psychiatr Epidemiol, 52 (2017), pp. 1451-1461. Internet resurs: https://link.springer.com/articl e/10.1007/s00127-017-1446-1

9. Колесникова И. A. Как приблизить подготовку учителей к потребностям школы // Педагогика. - 1992. - № 5-6.. - C. 71-74

10. Malkowska-Szkutnik A., Berkowska A., Gajda M., Kleszczewska D. Teaching in Hospitals and Healthcare Resorts: A Qualitative Study of Teachers' Needs. Educ. Sci. 2021;11:311. doi: 10.3390/educsci11070311

11. N. Valencia, J. Ortega, E. Alcocer, "HOSPITAL PEDAGOGY: A SPACE OF LOVE AND RECOGNITION FOR THE ONCOLOGICAL PEDIATRIC PATIENT" Texto & Contexto Enfermagem 2019, v. 28: e20180112. ISSN 1980-265X DOI Internet resurs: http://dx.doi.org/10.1590/1980-265X-TCE-2018-0112

12. Питюков В.Ю. Основы педагогической технологии. - М.:Изд-во "ГНОМ и Д", 2001. -188 с.

13. Sextou P. Theatre in paediatrics: Can participatory performance mitigate educational, emoctional and social consequences of missing out school during hospitalisation?. Research in drama education: the journal of applied theatre and performance. 2021; 1-17. Internet resurs: https://doi.org/10.1080/13569783.2021.1940914

14. Селевко Г.К. Современные образовательные технологии. - М.: Педагогика, 1998. - 493 с.

15. Tolipov O'.Q. Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiy asoslari // "Maktab va hayot" jurnaliga ilova. - T.: O'zPFITI, 2003. - 32-b.

16. Yo'ldoshev J.G', Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogic texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish // O'qituvchilarni ilg'or pedagogic texnologiyalar bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarini

oshirish kurslari trenerlari uchun qo'llanma. / mas'ul moharrir: S.hasanov. - T.: A.Avloniy nomidagi XTXQTIOMI, 2008. - 130-b.

17. https://chips-journal.ru/reviews/cto-takoe-gospital-nye-skoly#:~:text=Strogo%20govorya%2C%20%20iznachalno%20termin,ix%20otkrыvali%20na %20dengi%20mesenatov

18. http://azkurs.org/ozbekiston-respublikasi-oliy-va-orta-maxsus-talim-vazirligi-ni-v53.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.