Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
17
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Innovatsion texnologiya / metod / “Musobaqa” / “Davom ettir” / “Soyabon” / “Yarimta tuxum”. / Innovative technology / method / "Competition" / "Continue" / "Umbrella" / "Half egg".

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — S.I.Qulmamatov, M.Sh.Sultonova

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarning matematika darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning zaruriyati va ahamiyati haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN PRIMARY CLASS MATHEMATICS LESSONS

This article talks about the necessity and importance of using innovative technologies in mathematics lessons of elementary grades.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

ARTICLE

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN PRIMARY CLASS MATHEMATICS LESSONS S.I. Qulmamatov

Associate professor of Gulistan state pedagogical institute, Candidate of Pedagogical Sciences M.Sh.Sultonova Student of Gulistan state pedagogical institute https://doi.org/10.5281/zenodo.10925384

ABSTRACT

Received: 26th March 2024 Accepted: 30th March 2024 Online: 31th March 2024

KEYWORDS Innovative technology, method, "Competition ", "Con tinue ", "Umbrella", "Halfegg".

This article talks about the necessity and importance of using innovative technologies in mathematics lessons of elementary grades.

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH S.I.Qulmamatov

GDPI dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi, M.Sh.Sultonova

GDPI "Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.10925384

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 26th March 2024 Accepted: 30th March 2024 Online: 31th March 2024

KEYWORDS Innovatsion texnologiya, metod, "Musobaqa", "Davom ettir", "Soyabon", "Yarimta tuxum".

Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarning matematika darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning zaruriyati va ahamiyati haqida so'z boradi.

Dunyoda kasblar juda ham ko'p, ammo ularning eng ulug'vori va mas'uliyatlisi, shubhasiz o'qituvchilik kasbidir. Darhaqiqat, uzluksiz ta'lim tizimining asosini boshlang'ich ta'lim tashkil etadi. Agarda o'quvchi boshlang'ich sinfda barcha fanlarni yaxshi o'zlashtirgan bo'lsa yuqori sinflarda fanlarni o'zlashtirishida qiynalmaydi.

O'quvchilar yuqori sinflarga o'tganlarida fanlarni o'zlashtirishiga qarab boshlang'ich sinfdagi o'qituchisi(ustozi)ning saviyasini ko'rsatadi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi boshqa o'qituvchilar tomonidan tanqidga uchramasliklari uchun ham o'z kasbining yetuk mutaxassisi bo'lishi kerak. Chunki, biz maktabni katta bir imorat desak, boshlang'ich ta'lim ushbu imoratning poydevoridir. Poydevor qanchalik pishiq va mustahkam bo'lsa, imorat shunchalik yuksaklarga ko'tariladi yoki o'qituvchini bog'bon, o'quvchini esa yosh nihol desak, bog'bon

é

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

niholni to'g'ri parvarishlasa, suv va o'g'itlarni o'z vaqtida bersa katta daraxt bo'ladi, bu daraxtning soyasida hordiq olganlar bog'bonning haqqiga duo qilishadi. Ushbu keltirrilgan ikkita misoldan ko'rish mumkinki, boshlang'ich ta'limda olingan bilim muhim ahamiyatga ega hisobladi.

Hozirgi kunda o'qituvchilar dars mashg'ulotlari jarayonida zamonaviy innovatsion texnologiyalardan, metodlardan va turli xil o'yinlardan foydalanishlarini kuzatishimiz mumkin. Shu tariqa bizda turli xil savollar paydo bo'ladi. O'zi metod, innovatsion texnologiya nima degani? Nima uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish kerak, har doimgidek an'anaviy dars turidan foydalansak bo'lmaydimi? Aynan qaysi metodlar bizga samarali natija beradi? va hokazo. Biz innovatsion texnologiya va metodlardan foydalanishdan oldin, ularning ma'nosiga e'tibor berishimiz kerak.

Metod - (lotincha) "usul", "yo'l" degan ma'nolarni bildiradi. Batafsilroq aytganda, biror maqsadga erishish uchun qilingan sa'y-harakatlardir. Innovatsion texnologiyani har bir jabhada qo'llash mumkin. Ta'limda yangicha yondashuv, yangicha metodika, multimedia vositalari, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Hozirgi kunda har bir sohada innovatsion texnologiyalardan foydalanish zamon talabi bo'lib bormoqda. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ilmiy tomondan bilimlari kamroq bo'ladi, shuningdek ilmiy uslubda tushuntiriladigan mavzularni ham tushunishlari, o'zlashtirishlari biroz qiyin bo'ladi. Shuning uchun o'qituvchilar o'quvchilarning mavzularni yanada yaxshi o'zlashtirishlari uchun turli xil innovatsion texnologiya, metodlar va o'yinlardan foydalanishlari zarur.

O'quvchilarga faqat og'zaki usulda tushuntirish bersak bo'ladi, lekin "Ming marta eshitgandan, bir marta ko'rgan afzal"dir. Mavzuga oid ma'lumotlarni kompyuter va multimedia vositalaridan foydalangan holda taqdimot ko'rinishida taqdim etsak, o'quvchilarning murakkab mavzularni tushunishi oson bo'ladi va xotirasida qoladi.

Dars mashg'ulotlarida turli metodlardan to'g'ri foydalanish imkon darajasida darsning sifatli o'zlashtirilishida, o'quvchilarning mavzuni yetarli darajada tushunib olishlarida qo'l keladi. Lekin ayrim metodlar o'qituvchi tomonidan ko'zlangan maqsadga erishishi uchun kutilgan natija bermasligi ham mumkin.

Ushbu maqolada malaka amaliyoti davomida boshlang'ich sinf matematika darslarida qo'llanilgan interfaol usullar, texnologiyalar va metodlarning ba'zilarini qanday qo'llash borasida tajriba ishlarimizdan misollar keltirilgan.

Ma'lumki boshlang'ich sinf o'quvchilarini, asosan "A'lo" va "Yaxshi" baho olishga qiziqishadi hamda sinfdagi o'quvchilar bir-biri bilan raqobatda o'qishadi. O'quvchilarning darsga qiziqishlarini yanada oshirish uchun bir qancha metod va texnologiyalar mavjud bo'lib, ulardan ba'zilarini dars mashg'ulotlarida qanday qo'llash bo'yicha namunalar keltiramiz.

"Musobaqa" metodi. Bu metoddan 3-sinf matematika darsida "Ko'p xonali sonlarni qo'shish" mavzusini mustahkamlash jarayonida qo'llash maqsadga muvofiq.

Bu metoddan foydalanishda dastlab 3 nafar o'quvchi doskaga chiqariladi va ularning har biriga o'qituvchi tomonidan oldindan tayyorlab kelingan turlicha misollar(qiyinchilik darajasi bir xil) alohida-alohida varaqlarda taqdim etiladi. O'quvchilardan qaysi biri berilgan misollarni

é

Ws,

birinchi va to'g'ri yechgan(ishlagan) bo'lsa shu o'quvchi g'olib deb hisoblanadi va o'qituvchi tomonidan rag'batlantiriladi.

Bu metod o'quvchilarning tezkor fikrlashiga yordam beradi hamda darsga qiziqishilarini yanada oshiradi. Bu metodni bitta darsning o'zida 3 ta emas balki, 6 ta, 9 ta yoki barcha o'quvchilar o'rtasida ham o'tkazish mumkin. Albatta bu mustahkamlashga ajratilgan vaqtga va o'tilgan darsning oson yoki murakkabligiga ham bog'liq. Barcha o'quvchilar o'rtasida "Musobaqa" metodini qo'llash uchun doskaga bir nechta mavzuga oid misollar yoziladi va o'quvchilarga 5-10 daqiqa vaqt beriladi. Qaysi o'quvchi belgilangan vaqtda(yoki belgilangan vaqtdan olidin) berilgan misollarni to'g'ri yechgan bo'lsa g'olib deb hisoblash yoki ularning oldin va to'g'ri bajarishlarini hisobga olib 1, 2 va 3-o'rinlarni berish ham mumkin.

Kichik maktab yoshidagi bolalarning diqqatini jalb qilish uchun ko'rgazmali qurollardan, kompyuter taqdimotlaridan foydalanish muhim hisoblanadi. Masalan, 3-sinf matematika darsligidagi "Ikki xonali sonlarni bir xonali sonlarga bo'lish" mavzusidan ko'rgazmali tarzda dars mashg'uloti olib borishda "Yarimta tuxum" metodidan foydalanish mumkin. Ushbu metodda karton qog'ozlar tuxum shaklida qirqilgan bo'ladi(yoki kompyuter dasturlarida slayd tayyorlanadi) va ularni teng yarmidan bo'lamiz. Yarimta tuxumlarning 3 tasiga 45:5=?; 54:9=?; 72:9=? Kabi ifodalarni yozib boshqa bir nechta yarimta tuxumlarga 1,2,3,4,5,6,7,8,9 raqamlari yoziladi, bunda bitta emas 8-9 ta va undan ko'p yarimta tuxumlardan foydalanish mumkin(1-rasm).

1-rasm. Ikki xonali sonni bir xonali songa bo'lish uchun misollar tayyorlash.

O'quvchilar tomonidan berilgan misollarning javoblari bilan yarimta tuxumlarni birlashtiramiz va butun holatga keltiramiz(slaydda esa mos javoblar tutashtiriladi). Natijada birlashtirilgan tuxumni ko'rish (yoki slayddagi mos raqamlarni belgilash) natijasida o'quvchilar to'g'ri bajarganligini ko'rish mumkin (2-rasm).

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

2-rasm. Mos raqamlarni birlashtirish.

Dars mashg'ulotlarida bu kabu ko'rgazmali metodlardan foydalanish o'quvchilarning bilimlarini yanada mustahkamlanishiga yordam beradi.

O'quvchilarning misol va masalalar yechishi orqali faqatgina amaliy tomondan emas, balki nazariy tomondan ham bilimli bo'lishlari uchun boshqa metodlardan foydalanish ham mumkin. Masalan, har bir mavzudagi tayanch tushunchalar( atamalar)ni eslab qolish uchun "Davom ettir" metodidan foydalangan ma'qul. Bu metodni ko'proq nazariy shaklda o'tiladigan fanlarda qo'llash maqsadga muvofiq. Bu metodni matematika fanida qo'llash ham mumkin. Bir o'quvchi matematikaga oid atama aytadi, ikkinchisi keyingi atamani aytadi, keyingi o'quvchi yana bir matematikaga oid atamani aytadi. Bu metodni qo'llashda bir o'quvchi aytgan atamani boshqa o'quvchi takrorlashi mumkin emas. Shu tariqa o'quvchilarning nazariy bilimlarini ham oshirish mumkin. Matematika darslarida bu metodni bir nechta mavzular o'tilgandan so'ng qo'llash maqsadga muvofiq. Chunki, matematika darslarida bitta mashg'ulotda atamalar juda kam ishlatiladi.

Hozirgi kunda keng foydalanilayotgan metodlardan yana biri "Soyabon" metodidir. Bu metod dam olish daqiqasi vazifasini ham bajarishi mumkin. "Soyabon" metodidan foydalanish taritibi shundan iboratki, soyabonning atrofiga ip yordamida qog'ozlar ilinadi, qog'ozlarda matematikaga oid topshiriqlar bo'ladi, 5-6 ta o'quvchilar doskaga chiqariladi, soyabonning atrofida doira shaklida turishadi, musiqa qo'yiladi, soyabon bir o'quvchi tomonidan aylantiriladi. Soyabondagi topshiriqlar qatnashuvchilar sonidan kam bo'lishi kerak, chunki musiqa o'chgan vaqti topshiriqlar olinishi kerak, uddaburon o'quvchilar topshiriqni olishadi. Topshiriqni ololmaganlar joyiga o'tiradi, olganlar esa topshiriqni bajaradi. Bu metod ketma-ket nazariy fan masalan, o'qish savodxonligi va tabiiy fandan so'ng matematika darsida o'tkazilsa darsda beparvo o'tirgan o'quvchini sergaklikka undaydi, ularning tezkorligi ortadi.

Bu kabu texnoligiya va usullarni dars jarayoniga qo'llash natijasida o'quvchining: S bilim olishga bo'lgan qiziqishi, intilishi ortadi;

é

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

S mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlana boradi; S erkin fikrlashga o'rganadi; S darsga bo'lgan qiziqishi oshadi; S o'z fikrini mustaqil ayta olishga o'rganadi; S ko'proq o'z ustida ishlashga o'rgatadi va hakozo.

Xulosa qilib aytganda, dunyoda o'qituvchilar ko'p, ammo ming afsuski o'z kasbining mutaxassislari kam. O'z kasbining yetuk mutaxassisi bo'lish uchun avvalo har bir o'qituvchi kuchli bilim va tajribaga ega bo'lishi, dars mashg'ulotlarida zamonaviy texnologiya va interfaol metod(usul)lardan samarali foydalana olishlari zarur. Shuningdek, o'qituvchilar o'z kasbiy faoliyatida axborot texnologiyalarini qo'llay olish malakasiga ega bo'lishi bugungu kunning eng muhim talablaridan biridir.

References:

1. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar. Toshkent. 2008. - 181 b.

2. Umumta'lim maktablari 3-sinf matematika darsligi.

3. Isoqov, I., & Qulmamatov, S. I. Informatikani o'qitishda innovatsion texnologiyalar. Ma'ruza matnlari.

4. Isoqov, I., & Qulmamatov, S. I. (2013). Informatikani o'qitishda innovatsion texnologiyalar fanidan amaliy mashg'ulotlar ishlanmalari. Guliston, GulDU.

5. Ganiyeva, M. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI MATEMATIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA MURAKKAB MASALALARNING AHAMIYATI. Scienceweb academic papers collection.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.