Научная статья на тему 'MUSIQA О‘QITISHDA INNОVATSIОN PEDAGОGIK TEXNОLОGIYALARDAN FОYDALANISHNING PEDAGОGIK ZARURIYATI'

MUSIQA О‘QITISHDA INNОVATSIОN PEDAGОGIK TEXNОLОGIYALARDAN FОYDALANISHNING PEDAGОGIK ZARURIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
19
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim tizimi / metоdika / innоvatsiоn pedagоgik texnоlоgiya / musiqa ta’limi / mоdul. / Educational system / methodology / innovative pedagogical technology / music education / module.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sabirdjanova Dilnoza Zafar Qizi

Ta’lim mazmunini yangilash, takоmillashtirish va sifat kо‘rsatkichlarini оshirish barоbarida оqituvchi –murabbiylarning malakasini оshirish, ularning ilm –fan taraqqiyоti bilan hamqadam bоrishini, ayniqsa barcha sоhalarga keng kirib kelgan va qо`llanilayоtgan axbоrоt texnоlоgiyalari, interfaоl usullardan unumli fоydalana оladigan, kоmpyuter bilan erkin mulоqоt qila оladigan va о`z faоliyatida, dars samaradоrligini ta`minlashga tadbiq eta оladigan darajada tayyоrlash, manfaatdоr vazirlik va idоralar bilan birgalikda yangi о‘quv о‘rinlarini yaratish va maktab о‘quvchilarini kasb-hunarga о‘qitish bо‘yicha chоra tadbirlar bugungi kunning muhim vazifalaridandir. Mazkur maqоlada musiqiy ta’limning rivоjlanishning keyingi bоsqichiga оlib chiqarishda innоvatsiоn pedagоgik texnоlоgiyalardan fоydalanish zaruriyati haqida fikr-mulоhazalar yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PEDAGOGICAL NEED OF USING INNOVATIVE PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MUSIC TEACHING

In addition to updating, improving, and improving the quality indicators of the educational content, it is necessary to improve the qualifications of teachers and trainers, to keep them in step with the development of science, especially those who can effectively use information technologies, which are widely used inall fields, and interactive methods. to prepare students who can freely communicate with the computer and to be able to apply it in their activities to ensure the effectiveness of the lesson, to create new educational positions together with interested ministries and agencies, and to train schoolchildren for professions measures are one of the important tasks of today. This article discusses the necessity of using innovative pedagogical technologies in bringing musical education to the next stage of development.

Текст научной работы на тему «MUSIQA О‘QITISHDA INNОVATSIОN PEDAGОGIK TEXNОLОGIYALARDAN FОYDALANISHNING PEDAGОGIK ZARURIYATI»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

THE PEDAGOGICAL NEED OF USING INNOVATIVE PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MUSIC TEACHING Sabirdjanova Dilnoza Zafar kizi

International Nordic University 1st year foundation doctoral student https://doi.org/10.5281/zenodo.10889228

EURASIAN I0URNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 20th March 2024 Accepted: 27th March 2024 Online: 28th March 2024

KEYWORDS Educational system,

methodology, innovative

pedagogical technology, music education, module.

In addition to updating, improving, and improving the quality indicators of the educational content, it is necessary to improve the qualifications of teachers and trainers, to keep them in step with the development of science, especially those who can effectively use information technologies, which are widely used in all fields, and interactive methods. to prepare students who can freely communicate with the computer and to be able to apply it in their activities to ensure the effectiveness of the lesson, to create new educational positions together with interested ministries and agencies, and to train schoolchildren for professions measures are one of the important tasks of today. This article discusses the necessity of using innovative pedagogical technologies in bringing musical education to the next stage of development.

MUSIQA O'QITISHDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK ZARURIYATI

Sabirdjanova Dilnoza Zafar qizi

Xalqaro Nordik Univeriteti 1-kurs tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10889228

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 20th March 2024 Accepted: 27th March 2024 Online: 28th March 2024

KEYWORDS Ta'lim tizimi, metodika, innovatsion pedagogik

texnologiya, musiqa ta'limi, modul.

Ta'lim mazmunini yangilash, takоmillashtirish va sifat ko'rsatkichlarini oshirish barobarida oqituvchi -murabbiylarning malakasini oshirish, ularning ilm - fan taraqqiyoti bilan hamqadam borishini, ayniqsa barcha sohalarga keng kirib kelgan va qollanilayotgan axborot texnologiyalari, interfaol usullardan unumli foydalana oladigan, kompyuter bilan erkin muloqot qila oladigan va o^z faoliyatida, dars samaradorligini ta^minlashga tadbiq eta oladigan darajada tayyorlash, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yangi o'quv

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

o'rinlarini yaratish va maktab o'quvchilarini kasb-hunarga о'qitish bо'yicha chora tadbirlar bugungi kunning muhim vazifalaridandir. Mazkur maqоlada musiqiy ta'limning rivojlanishning keyingi bоsqichiga оlib chiqarishda innоvatsiоn pedagоgik texnologiyalardan foydalanish zaruriyati haqida fikr-mulohazalar yuritiladi.

Kirish

Mamlakatimizda barcha sohalar qatori ta'lim tizimida ham keng qamrovli yangilanishlar va ijobiy o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi "Yangi О'zbekiston" g'oyasi ostida rivojlanish jarayonida jahonning eng ilg'or madaniyati, ma'rifati va iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'zining munosib o'rnini topayotgan va erishilgan yutuqlari dunyo uzra e'tirof etilayotgan hozirgi kunda jamiyatni siyosiy iqtisodiy rivojlantirish vazifalari qatorida har tamonlama barkamol avlodni kamol toptirishga eng ustivor e'tibor qaratilayotganligi bejiz emas. Chunki, kelajak bugungi yoshlarni qay darajada tarbiyalanganlik darajasiga, bilim va malakalarni qay darajada egallaganliklari va ularda yuksak axloqiy, ma'naviy, ma'rifiy madaniyatni shakllanganligiga bog'liqdir.

Musiqa ta'limi esa aynan insonning ham ma'nan ham ruhan tarbiyalay oladigan qudratga ega qismi hisoblanadi. Zero, buyuk ulamolarimiz aytganlaridek aniq fanlar inson aqlini charxlasa, musiqa insonning ruhini tarbiyalaydi. Musiqa ta'limiga hozirgi kunda judda katta e'tibor berilmoqda. O'quvchi yoshlarning yetuk barkamol inson sifatida shakllanishlarida ham musiqa ta'limining o'rni beqiyosdir. Buyuk allomalarimiz Farobiydan tortib Navoiy va boshqa buyuk bobolarimiz ham bu sohaga e'tiborlarini qaratganlari bejiz emas. Davrlar o'tgani sayin ma'naviy merosimiz bo'lgan o'zbek mumtoz musiqasi hozirgi kunda chuqur o'rganilmoqda. O'zbek xalqining boy tarixiga nazar tashlar ekanmiz, musiqa pedagogikasi juda qadimdan rivojlanib tarkib topganiga guvoh bo'lamiz.

Barcha sohalarda rivojlanishlar davom etayotgani kabi musiqa ta'limi sohasida ham kun sayin ta'lim tizimidagi o'zgarishlar bu sohaning yangi bosqichini olib kirmoqda. Shuningdek, prezidentimiz ta'kidlaganlaridek: "Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o'zimizni birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz".1

"O'zbekiston — 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risidagi prezident farmoni"2 ning ikkinchi bandida "Yoshlarning salohiyati, iste'dodi va tashabbuslarini to'laqonli ro'yobga chiqarish maqsadida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida 2024-yil 1-martdan boshlab mahalla, ta'lim muassasalari, korxona va tashkilotlar tizimida tashkil etildi, bu ham yoshlarni qo'llab quvvatlash dasturlaridan biridir.

Adabiyotlar sharxi.

1 Mirziyoyev Sh. Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini taminlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent- "O'zbekiston" -2017. 22-bet

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 21.02.2024 yildagi PF-37-son, https://lex.uz/docs/-6721144

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Musiqiy ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan ham unumli foydalanish, kompyuter savodxonligini shakllantirish, internet bo'yicha ilk kerakli tushunchalarni berish lozim bo'ladi. Darslarda axborot kommunikatsion texnologiyalaridan unumli foydalanish hozirgi kundagi kadrlar salohiyati va pedagoglarning ish unumdorligini, samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Musiqa o'qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish tamoyillariga doir ilmiy materiallarni tahlil qilar ekanmiz quyidagilarni takidlash lozim: MDH va xorij tadqiqotchi olimlarning ilmiy ishlari: Musiqa o'qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish muammosining nazariy jihatlari L.P.Atanbva, T.V.Emanova, L.M.Kashapova, Z.Koday, A.G.Larionova, G.M.Naumenko, Y.V.Yuzbashyan tadqiqotlarida ko'rib chiqiladi.

Tadqiqotga doir mahalliy tadqiqotchi olimlarning ilmiy ishlari:

R.Abdullayev, S.Begmatov, T.G'afurbekov, O.Ibroimov, A.Ikromov, F.Karamatov, B.Matyakubov, Q.Panjiyev, A.X.Trigulovalar tomonidan o'rganilgan.

Ilmiy adabiyotlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, ushbu muammoni hal etish zarurati va uning nazariy va amaliy jihatdan yetarli darajada rivojlanmaganligi ko'rsatadi.

Metodologiya

O'quv - uslubiy adabiyotlar majmualarini, yangi pedagogik texnologiyalarni yaratish va amaliyotga joriy etish, bir tomondan davlat va jamoat muassassalari, ta'lim idoralari xodimlari, ikkinchi tomondan pedagog-olimlar, ilg'or fikrli o'qituvchilar, amaliyotchilari tomonidan katta ishlarni bajarishni, ta'lim-tarbiya, innovatsion pedagogika texnologiyalari sohasida fundamental tadqiqotlar o'tkazish, yangi pedagogik texnologiyalar loyihalarini ishlab chiqish va ilmiy tajribada sinovdan o'tkazish ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqishni taqozo etadi3.

Keng ko'lamda amalga oshirilayotgan ta'lim islohotlari ta'limning ilg'or texnologiyalarini o'rganish va o'quv -tarbiya jarayoniga joriy etishni taqozo etadi. Bu o'z navbatida pedagog xodimlardan ta'lim sohasiga texnologik yondashuvni, pedagogik texnologiya usulini egallashni va O'zbekistonning milliy, ma'naviy-madaniy xususiyatlari, tarixiy ilg'or an'analarini hisobga olgan holda pedagogik amaliyotga qo'llash va rivojlantirishni talab etadi.

Texnologik yondashuv mavjud an'anaviy o'quv jarayonga faqat kompleks tarzdagina emas, pedagoglar tomonidan o'zlashtirish, metodik qo'llanmalar, o'quv-moddiy baza yaratilishiga qarab bosqichma-bosqich, ayrim elementlari amalga oshirilaverishi ham mumkin. Bu birinchi navbatda pedagogik texnologiyaning muhim qismi-predmetlari va mavzular bo'yicha ta'lim maqsadlarini aniqlash usullariga taaluqlidir. Pedagogik tadqiqotchilar ta'lim-tarbiya xususiyatlarini o'rganganida ma'lum darajada bu yondashuvlarni qo'llaydilar. Amaliyotchi pedagoglar ham bundan mustasno emas. Agar har bir yondashuv nimaligini anglab, o'z o'rnida, maqsadga muvofiq unga amal qilinsa, o'quv-tarbiyaviy ishlar samaradorligi ancha yuqori bo'ladi.

Multimedia vositalari va texnologiyalari audio visual ma'lumotlarni qayta ishlashning zamonaviy usullarini qo'llash orqali musiqiy ta'limning intensivlashtirish va o'quvchilarining musiqa madaniyatiga bo'lgan qiziqishini oshirish imkoniyatini beradi, masalan: -I- vizual ma'lumotni "manipulyatsiya qilish" (qoplash, ko'chirish);

3 Kichik yoshdagi bolalar xori bilan mashg'ulot o'tkazish usullari. Metodik tavsiyanoma. Tuzuvchilar: Q. Mirzaev, M. Turaeva. -T: 1990 y.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

-I- turli xil audiovizual ma'lumotlarning ifloslanishi (aralashish); -I- animatsiya effektlarini amalga oshirish;

-I- vizual ma'lumotni deformatsiya qilish-ma'lum bir chiziqli parametrni oshirish yoki kamaytirish, tasvirni cho'zishyoki siqish.

Musiqiy ta'lim-tarbiya amaliyotida turli yondashuvlar qo'llaniladi. An'anaviy yondashuv, tizimli yondashuv, texnologik yondashuv, tadqiqiy yondashuv, funksional, kompleks, faoliyatli yondashuvlar shular jumlasidandir.

An'anaviy yondashuv. Uning asosiy xususiyati o'qituvchi ma'lum axborotni gapirib beradi, tushuntiradi, o'quvchi esa bu bilimni xotirasida saqlaydi. "Bilim" tushunchasi xotirada saqlanadigan axborot ma'nosida tushuniladi. O'quvchida bilim bor yoki yo'qligi nazorat ishida shu axborotga doir berilgan savolga yoddan bergan javobiga qarab aniqlanadi. Bunda bilim degani, asosan esda qoldirishning natijasidir, u ko'pincha yuzaki bo'lishi ham mumkin. Bunday bilim xotirada uzoq saqlanmaydi. O'quvchi savol berganda eslashi, ba'zan esa eslay olmasligi ham mumkin. An'anaviy o'qitish usulida ta'lim maqsadi dastur talabiga binoan aniq ifodalanmaydi, talabaning o'zlashtirish darajasi, sifati haqida muallim aniq tasavvurga ega bo'lmaydi.

An'anaviy ta'lim mamlakatimiz o'quv yurtlarida keng tarqalgan, uning turli jihatlari pedagogika, metodika fanlarida ishlab chiqilgan, katta tajriba to'plangan. An'naviy ta'lim usulini takomillashtirish sohasida izlanishlar davom etmoqda, lekin uning obyektiv imkoniyatlari cheklangan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlar, tez sur'atlar bilan rivojlanayotgan fan- texnika talablari-usuli bilan jamiyatning raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga, barkamol avlodni shakllantirishga bo'lgan ehtiyoji o'rtasida nomutanosiblikni vujudga keltiradi. Uni ta'limda boshqa yangi yondashuvlarni qo'llash yo'li bilan hal etish lozim.

Tizimli yondashuv. Tizim so'zi tuzilma, qismlardan tuzilgan, birikkan yaxlit narsa yoki hodisa ma'nosini anglatadi. Tizim tushunchasi va so'zi boshqa ma'nolarga ham ega. Masalan, tizim - ip, sim kabilarga terilgan narsa, tizim, shoda kabilar. Shuningdek kibernetik tizim, axborotlar tizimi, ijtimoiy munosabatlar tizimi, harakatlar tizimi, pedagogik tizim kabi tushunchalar shaklida ham qo'llaniladi. Tizim tushunchasi odatda ayrim belgilarga ko'ra turlarga ajratiladi: moddiy narsalar tizimi; mavhum tushunchalar, frazalar, nazariyalar, ilmiy bilimlar tizimi kabilar.

Tizimli yondashuv ilmiy bilish metodologiyasi va pedagogik amaliyotning bir yo'nalishi sifatida universal tavsifga ega, pedagogikda keng qo'llaniladi, ta'lim-tarbiyani ham pedagogik tizim sifatida o'rganishni nazarda tutadi. Tizimli yondashuv, ayniqsa, tuzilish vazifasiga ko'ra bajariladigan tahlilga juda yaqin. Tizimli tahlilning obyektini yaxlit narsa yoki hodisa tashkil qiladi. U birinchidan, obyektning turli qismlarini, ikkinchidan, qismlarning o'zaro bog'liqligini, uchinchidan, chegaralarini va to'rtinchidan, tizimning atrof- muhit bilan bog'liqligi, aloqadorligini nazarda tutadi.

Tizimli yondashuvda bir qancha qoida -prinsiplar majmuidan foydalanadiki, ular tadqiqotchilik va amaliy faoliyatda yuqori natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi. Bunday qoida - prinsiplar qatoriga, jumladan, quyidagilar kiradi: mavhumlikdan yaqqollikka qarab borishi, analiz bilan sintezning, mantiqiylik bilan tarixiylikning birligi, obyektda bog'lanishlar

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

va o'zaro ta'sirlarning turlichaligi, obyektning tuzilishi - vazifalari va chiqish haqidagi tasavvurlarning birligi va boshqalar kiradi.

Pedagogik tizim. Inson bolasini barkamol shaxs, biror kasb egasi sifatida shakllantiruvchi yaxlit ijtimoiy- pedagogik hodisa bo'lib, uning tarkibi pedagogik jarayonning obyektlari, subyektlari, shakl-usullari hamda ularni boshqarishdan iborat. Pedagogik fanlar tizimiga pedagogika nazariyasi va tarixi, o'qitish nazariyasi va metodikasi, maxsus pedagogika, jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, madaniy-ma'rifiy ishlar pedagogikasi, ijtimoiy pedagogika kabilar kiradi. Shuningdek, ta'lim-tarbiyaning maqsadi, shakl-usullari tizimi, ta'lim tarbiyaning yo'nalishlari, turlari tizimi, uzluksiz ta'lim tizimi, ta'lim muassassalari tizimi, pedagogik ixtisosliklar tizimi, o'quv vazifalari, o'quv axborotlari tizimi kabilar ham pedagogik tizim tarkibiga kiradi.

Texnologik yondashuv. Texnologiya yunoncha so'z bo'lib, "texno"- "mahorat", "san'at", "logos" - tushuncha, ta'limot"4 ma'nolarini anglatadi. Texnologiya tushunchasi - tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo'llanadigan usul va metodlar majmui, shunday usul va metodlarni ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi fan sifatida ta'riflanadi. Ishlab chiqarish jarayonlarining tarkibiy qismi bo'lgan amallar-materiallarni qazib olish, tashish, taxlash, saqlash va tasvirlash, ularni bajarish bo'yicha qo'llanmalar, texnik qoidalar va talablar, grafiklar ham kiradi. Sanoat ishlab chiqarish sohasida yuzlab texnologik loyihalar (jarayonlar) yaratilgan. Ular, agar texnik hujjat talablariga amal qilinsa, ishni kim va qayerda bajarishidan qat'iy nazar, mahsulot sifati va natijasi kafolatlanadi.5 Ta'lim ishiga texnologik yondashuv:

> o'qish- o'qitish jarayonini o'zaro uzviy bog'liq etaplar, fazalar, amallarga ajratish, bo'lishni;

> musiqiy ta'limdan mo'ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigaan harakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirilishni;

> loyihalashtirilgan ishlar, amallarning barchasini birdek bajarishni nazarda tutadi.

Bu yondashuv asosan, reproduktiv ta'limga xosdir. Reproduktiv ta'lim tipik vaziyatlarda biror ish -harakatni oldin bilib olingan qoidalar asosida bajarishdir.

Reproduktiv darajasi uchun pedagogik texnologiya usulida ta'lim takror ishlab chiqiladigan konveyerli jarayon sifatifda tashkil etiladi, undan kutiladigan natija ham mufassal tasvirlanib, aniq qayd etiladi. O'quv materiali aniq ifodalangan o'quv maqsadiga mos qayta tuzib, ishlab chiqiladi, ayrim bo'lak (qism, modul) larga ajratiladi. O'quv materialini o'rganishning alternativ yo'llari nazarda tutiladi, har bir bo'lakni o'rganish test yordamida nazorat etilib, xato, kamchiliklar tuzatilib, to'g'irlab boriladi. O'quv ishi etalonda ko'rsatilgan natijaga erishishni nazarda tutadi. Bu, bolalarni qiziqtirish, musobaqa va o'zaro yordamlashishni inkor etmaydi. Ta'lim reproduktiv xarakterda olib borilgani uchun ham bu usul bilim, ko'nikma va malakalarining zarur minimumini egallashda ko'proq samara beradi. Texnologik yondashuvni qo'llash qo'yilgan o'quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydi. Natija.

4 Muttappallymyalil, Jayakumary; Mendis, Susirith; John, Lisha Jenny; Shanthakumari, Nisha; Sreedharan, Jayadevan; Shaikh, Rizwana B (3 October 2016).

5MnpcaraTOBa H. «Ta^aöa - em^apga MaMaBHH Ba Moggnn ^aeT ynryH^HrHHH TaKoMH^amTHpnmga negarorHK TexffiMorHraapHHHr ypHH». - TomKeHT.2011n.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Musiqiy ta'limda innovatsion pedagogik texnologiyalar orqali o'quvchilarining musiqiy qobilyat va ko'nikmalarini shakillantirishning o'ziga xos xususiyatlari aniqlandi va ta'limda texnologik vositalarning xususiyatlari, o'quvchilariga ijobiy ta'siri va ahamiyati yuqori bo'lishiga ishonch xosil qilindi.

O'quvchilarining bilim-ko'nikmalarini shakllantirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida model ishlab chiqiladi va amaliyotda sinaladi.

Nazariy va metodik adabiyotlarni, mavzuga oid ilmiy tadqiqotlarni fanlararo tahlil qilish asosida muammoning o'rganilganlik darajasini aniqlash asosida tahlil etiladi.

Munozara.

Musiqani eshitish qobiliyati, musiqiy xotira, ritmni aniqlash tekshirish kabi an'anaviy usullar bilan bir qatorda musiqiy zehn, iste'dod, qobiliyatlarni aniqlash, asarni o'rganish va uning ustida ishlash, tahlil qilish, konsertda chiqish uchun tayyorgarlik ko'rish, o'quvchilar va konsert jamoasi bilan o'zaro munosabatlar va boshqalar yuzasidan tayyorgarlik ko'rishda multimediaga asoslangan mashqlar o'z samarasini beradi. Musiqa san'atining texnik ta'minoti va texnik jixozlash sohasidagi mutaxassislar maxsus texnik bilimlar bilan bir qatorda musiqiy bilim, musiqa cholg'ularini yasash, ta'mirlash, sozlash, musiqa yozish va eshitish moslamalari bilan ishlashda kerak bo'ladigan bilim va ko'nikmalardan musiqaviy spektakllar, konsertlar, teleko'rsatuv va radioeshittirishlar postanovkasi va rejissurasidan xabardor bo'lishi kerak. Zamonaviy musiqa san'ati texnikaga yangi texnologiyalarga tobora ko'proq tayanib bormoqda. Bu texnika, bilim ham ijodiy ijrochilik, tinglovchilik faoliyati bilan ham bog'lanib ketadigan mutlaqo boshqa bir psixologiyadir6.

Yuqoridagi fikrlar va bir qator eksperimentlar natijasi o'laroq shuni aytish mumkinki, innovatsion pedagogik texnologiyalar va musiqa ta'limining o'zaro uyg'unlashuvi o'quvchi yoshlarning musiqiy estetik didi, qobiliyati, idroki va musiqiy tafakkurini yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

Xulosa.

Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalar, ilmiy izlanishlar tahlili shuni ko'rsatadiki, rivojlangan davlatlar ta'lim tizimida pedagogik texnologiyalar yangi narsa emas, ammo ular ishchi kuchiga kirishda ushbu ko'nikmalarga ega bo'lmagan o'quvchilar soni tufayli yanada taniqli bo'lib bormoqda. Yurtimiz kelajagi uchun sifatli kadrlar, xodimlarda kuchli ko'nikmalari bo'lishi lozim. O'qituvchilar sifatida o'quvchilarni kelajagi qanday bo'lishidan qat'i nazar, bir kun kelib kirishi mumkin bo'lgan martabaga tayyorlash bizning vazifamizdir. Biz bu ko'nikmalarni o'rgatayotganimizni endi tahmin qila olmaydigan davrga yetdik. Musiqiy qobilyatlarni aniqlash uchun keng imkoniyatlar mavjud. Musiqiy qobilyatlarni aniqlashning eng aniq usuli yuqorida pedagogik texnologiyalarda keltirilgan bo'lib, unda o'qitilishi, o'rganilishi va qo'llanilishi kerak bo'lgan texnologiyalarning pedagogik shart-sharoitlari va psixologik xususiyatlari bayon qilingan.

Har bir fan yo'nalishi bo'yicha fanga xos davlat ta'lim standarti muhim ahamiyatga ega, ammo qo'shimcha ravishda o'quvchi duch kelishi mumkin bo'lgan har bir fan va har bir potentsial ishda qo'llaniladigan multimedia vositalari asosida o'qitilishi kerak. Musiqa ta'limida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning eng yaxshi amaliyotlari

6 "Musiqa psixologiyasi". R.G'.Qodirov.2005 (o'quv qo'llanma).

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

tajribaviy o'rganish, so'rov guruhlari, san'at, tanqid, sinfni izchil boshqarish tizimi va o'quvchilar tushunadigan va xabardor bo'lgan qo'shimcha baholash tizimi.

References:

1. Mirziyoyev Sh. Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta'minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent- "O'zbekiston" -2017. 22-bet

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 21.02.2024 yildagi PF-37-son, https://lex.uz/docs/-6721144

3. Kichik yoshdagi bolalar xori bilan mashg'ulot o'tkazish usullari. Metodik tavsiyanoma. Tuzuvchilar: Q. Mirzaev, M. Turaeva. -T: 1990 y.

4. Muttappallymyalil, Jayakumary; Mendis, Susirith; John, Lisha Jenny; Shanthakumari, Nisha; Sreedharan, Jayadevan; Shaikh, Rizwana B (3 October 2016).

5. Mirsagatova N. «Talaba - yoshlarda ma'naviy va moddiy hayot uyg'unligini takomillashtirishda pedagogik texnologiyalarning o'rni». - Toshkent.2011y.

6. "Musiqa psixologiyasi". R.G'.Qodirov. 2005 (o'quv qo'llanma)

7. Panjiyev Q.B. O'zbek xalq qo'shiqchiligi vositasida bo'lajak musiqa o'qituvchilarini kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish. Monografiya. "Maxalla va oila nashriyoti" Toshkent-2021.

8. Panjiyev Q.B. Musiqa o'qitish metodikasi. Darslik. Toshkent-2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.