Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BO’LAJAK MUSIQA RAXBARLARINI KASBIY-METODIK TAYYORGARLIKLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY ASOSLARI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BO’LAJAK MUSIQA RAXBARLARINI KASBIY-METODIK TAYYORGARLIKLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
7
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Metod / interfaol / kichik guruxlar / qo‘shiqchilik vacholg’uchilik / Tanqidiy tahlil / hissiy sezgirlik / aniq fikirlash / mantiqiy fikirlash / ijodiy tasavvur / faollik. / Method / interactive / small groups / singing and playing instruments / Critical analysis / emotional sensitivity / clear thinking / logical thinking / creative imagination / activity.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы —

Mazkur maqolada Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo’lajak musika raxbarlarini kasbiy -metodik tayyorgarliklarini takomillashtirishni ilmiy asoslash masalasi ko’rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC BASIS OF IMPROVING PROFESSIONAL-METHODICAL TRAINING OF FUTURE MUSIC LEADERS IN PRE-SCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

This article deals with the issue of scientific substantiation of the improvement of professional-methodical training of future music leaders in pre-school education organizations.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BO’LAJAK MUSIQA RAXBARLARINI KASBIY-METODIK TAYYORGARLIKLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY ASOSLARI»

EURASIAN lOURNAL OF

SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

SCIENTIFIC BASIS OF IMPROVING PROFESSIONAL-METHODICAL TRAINING OF FUTURE MUSIC LEADERS IN PRE-SCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS Khodjaeva Nilufar Latipovna

Andijan State University, Faculty of Pedagogy and Art Studies Teacher of the Department of Music Education https://doi.org/10.5281/zenodo.12070753

ARTICLE INFO

ABSTRACT

This article deals with the issue of scientific substantiation of the improvement of professional-methodical training of future music leaders in pre-school education organizations.

Received: 12th June 2024 Accepted: 17th June 2024 Online: 18th June 2024

KEYWORDS Method, interactive, small groups, singing and playing instruments, Critical

analysis, emotional

sensitivity, clear thinking, logical thinking, creative imagination, activity.

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA BO'LAJAK MUSIQA RAXBARLARINI KASBIY- METODIK TAYYORGARLIKLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY ASOSLARI

Xodjaeva Nilufar Latipovna

Andijon davlat universiteti Pedagogika va san'atshunoslik fakulteti Musiqiy ta'lim kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.12070753

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 12th June 2024 Accepted: 17th June 2024 Online: 18th June 2024

KEYWORDS Metod, interfaol, kichik guruxlar, qo'shiqchilik va cholg'uchilik, Tanqidiy tahlil, hissiy sezgirlik, aniq fikirlash, mantiqiy fikirlash, ijodiy tasavvur, faollik.

Mazkur maqolada Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bo'laj'ak musika raxbarlarini kasbiy - metodik tayyorgarliklarini takomillashtirishni ilmiy asoslash masalasi ko'rib chiqilgan.

Kirish:

Bugungi kunda yangi O'zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti istiqbolini belgilash, jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib joy egallashga intilish yo'lidagi keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish bilan kechmoqda.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Respublikamizda uzluksiz ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, ilm- fan, texnika va texnologiyalarning tezkor rivojlanishi ta'lim mazmuniga ham izchil ravishda o'zgartirishlar kiritish borasida —ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirish ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda . Sharq mutafakkirlarining ta'lim tarbiya sohasi borasida qarashlari tahlil etilganda, Al Xorazmiy bilim berishning ko'rgazmali tajriba usullari, savol javob ko'nikma malakalarini shakllantirish, bilimlarni sinash usulllaridan foydalanganligi ayon bo'ldi. Al Farobiy bilimni yod olish usuliga nisbatan ma'nosini tushunish usulining afzalligi, ta'limni muvaffaqiyatli kechishi uchun tarbiya beruvchining o'zi tarbiyali bo'lmog'i lozimligini, Abu Rayxon Beruniy ta'lim - tarbiya sohasida o'sha zamonlardan (X-X1 asrlar) hatto hozirgi kunda ham dolzarbligini yo'qotmagan fikrlarni ilgari surgan holda, ta'lim berish jarayonida ta'lim oluvchini zeriktirmaslik, bilim berishda bir xil narsalarini o'rgatavermaslik, uzviylik, izchillik, mavzularni qiziqarli asoslab, ko'rgazmali bayon etishni ta'kidlagan .

Butun dunyoda globallashuv jarayonining shiddat bilan rivojlanishi raqobatbardosh kadrlarga bo'lgan talabni tobora oshib borishiga olib kelmoqda. Jumladan kadrlarga bo'lgan talablarni o'rganish, hamda sifatli va hamma uchun maqbul bo'lgan ta'lim jarayonini tatttkillattttirittt masalalariga YuNESKO tomonidan qabul qilingan «YuNESKO-2030» konsepsiya dasturida alohida e'tibor qaratilgan

Bugungi kunda ta'lim tizimi olib borilayotgan keng islohatlar har bir o'qituvchidan tashabbuskorlik, ijodkorlik, keng dunyoqarashga ega, kasbiy faoliyatidagi mavjud muammolarini yechimi topa oladigan, tafakkuri keng bo'lmoqlikni talab emoqda. Musiqa o'qituvchilari va musiqa rahbarlari uchun ta'lim muassasalaridagi (maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi mashg'ulotlar, musiqa va san'at, umumta'lim maktablari) darslar musiqiy pedagogik ijodkorlikning bosh asosi hisoblanadi. Darsda o'qituvchining asosiy ehtiyoji: uzatish, berish, o'rgatish, tarbiyalash, shakllantirish, hosil qilish kabilar amalga oshiriladi. Musiqiy pedagogik faoliyat o'z mohiyatiga ko'ra ijodiy kayfiyatda tashkil etilishi lozim. O'sib borayotgan yosh avlodga o'z bilim va tajribalarini uzatish jarayonida musiqa o'qituvchisi pedagogik mahoratini, o'z ijodiy qobiliyatlarini namoyon qiladi.

Ma'lumki, inson oldida bir muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug'iladi. O'qituvchilik kasbi ana shunday xususiyatga ega. Chunki o'qituvchilik ishida hamma vaqt ham qo'llash mumkin bo'lgan tayyor qoida, resept yoki shablonlar yo'q.

Pedagogik malaka, pedagogik maxorat o'z - o'zidan paydo bo'lmaydi, balki zaruriy pedagogik bilimlar, ko'nikma va malakalarni egallash uchun qunt bilan, maqsadni ko'zlab qilingan ishlar natijasida hosi bo'ladi. Musiqiy ta'lim darajasi doimo o'qituvchining pedagogik malakasi sifatiga bevosita bog'liq bo'ladi. O'z navbatida o'qituvchining pedagogik malaka darajasi u egallaydigan pedagogik bilim, ko'nikma va malakalari sifatiga, boshqacha aytganda pedagogik faoliyatga moyil bo'lgan shaxsning ongliligi, qiziquvchanligi, mexnatsevarligi, istedodi va iqtidoriga bog'liq bo'ladi. Yaxshi musiqa o'qituvchi nafaqat pedagogik istedodga ega bo'lishi, musiqa asarini ijro etish texnikasini egallashi, shuningdek, mavjud pedagogik nazariyalar va o'qitish metodlari bo'yicha tegishli hajmdagi bilimga ega bo'lishi kerak. Bunga esa o'qish va amaliyot yo'li bilan erishiladi.

Pedagogik jabhada amalga oshirilayotgan qayta qurish o'qituvchilarni - musiqachi -pedagoglarni befarq qoldirolmaydi. Bolaning ruxiy holatiga va axloqiy tarbiyasiga to'g'ridan-

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

to'g'ri ta'sir ko'rsatuvchi musiqa ta'lim - tarbiyasi, badiiy tafakkurga ega ma'naviy yetuk, Vatanparvar, estetik tarbiyaga ega, madaniyatli shaxsni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Biroq shunga qaramay, jamiyatimizda bugungi kunda ham ayrim musiqa fani o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi, pedagogik mahorati, pedagogik va musiqiy qobiliyati bilan bog'liq, ayniqsa, ijodiy qobiliyati yetarli darajada rivojlanmaganligi pedagogik muammo sifatida qolmoqda.

Bugungi kunda ham ayrim ta'lim muassasalari (Maktabagacha ta'lim tashkilotlari, umumta'lim maktablari, musiqa va san'at maktablari) da musiqa darsi va mashg'ulotlarni tashkil etishda ayrim muammo va kamchiliklar ko'zga tashlanmoqda. Jumladan;

- har tomonlama yetuk musiqa ta'limi o'qituvchilrini joylarda yetarli emasligi;

- umumta'lim maktablarda musiqa darslarini nomutaxassis o'qituvchilar tomonidan o'tilishi;

- ijrochilik (qo'shiqchilik va cholg'uchilik) ko'nikma va malakasi yetarli ammo, pedagogik maxorati, (o'quvchi - yoshlarga o'zi bilganini yetkazib berish malakasi) yetarli emasligi;

- musiqa o'qituvchisi sifatida pedagogik mahoratga ega, ammo, o'quvchilarga chalib yoki kuylab berish uchun yetarlicha musiqiy qobiliyati, ijrochilik malakasi yetarli emasligi;

- musiqa darslariga qo'yilgan talablarga rioya etmaslik;

- mutaxassis o'qituvchilarda, dars o'tish usul va metodlarini yetarli emasligi;

- ta'lim muassasalarining ayrimlarida maxsus jihozlangan musiqa sinf xonalarining yo'qligi, o'quv metodik va moddiy texnik ta'minotning yetarli darajada emasligi;

- musiqa o'qituvchilarining o'z kasbiga, musiqa fani, darslari va mashg'ulotlariga nisbatan ishtiyoqning pastligi;

- musiqa ta'lim-tarbiyasini samarali tashkil etishga xizmat qiluvchi, har qanday murakkab pedagogik muammolarni hal qilishga qodir, o'quvchini fanga qiziqishini oshirishga xizmat qiladigan yetuk kadrlarni yetarli emasligi musiqa ta'lim - tarbiyasida qo'plab mummolarni keltirib chiqarmoqda. Bu kabi muammolarni bartaraf etishda, oliy ta'lim musiqa ta'lim yo'nalishi professor-o'qituvchilarning birinchi galdagi vazifalaridandir.

Sh.M. Mirziyoyevning "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib -intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak" nomli kitobida muhim muammolardan biri, - pedagoglar va professor o'qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularnin maxsus bilimlaridir. Bu borada ta'lim olish, ma'naviy-ma'rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol ko'mak beradigan muxitni yaratish zarur ekani aytib o'tilgan . Oliy ta'lim muassasalarida mutaxassis sifatida yetishib chiqayotgan barcha bo'lajak musiqa o'qituvchilarni, musiqa ta'lim tizimining barcha jabhalarida birdek musiqa darslarining spesifik xususiyatiga qo'yilgan talablarni mukammal darajada bajarishga qodir deb bo'lmaydi. Bo'lajak musiqa o'qituvchilarda musiqiy va ijodiy qobiliyatni shakillantirish, pedagogik mahoratini oshirish orqali, darslarni samarali va qiziqarli tashkil qilish imkoniyati ortadi.

Qanday qilib yaxshi musiqa o'qituvchisi bo'lish mumkin? - degan savolga javob izlar ekanmiz, P.I. Chaykovskiyning quyidagi so'zlarini keltirish mumkin: "Eng avvalo mexnat, mexnat vayana mexnatqilitttzarur. Hatto zakiy aql egasi bo'lgan kishi ham, mashaqqatli mexnat ekan, nafaqatbuyuk,balki, o'rtamiyona narsani hamyarata olmaydi". Darhaqiqat, jamiyatimizda

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

musiqa o'qituvchilaridan serqirralik, ijodkorlik, ijro texnikasida mukammallikka erishilari uchun tinimsiz o'z ustida ishlash, ko'proq mexnat qilish talab etiladi.

Shuni alohida takidlash joizki, yangi O'zbekistonni ravnaq topishida xalqimizning ma'naviyati va ma'rifatini yuksaltirishda musiqa darslari fan sifatida keng va badiiy tafakkurga ega shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Buni jamiyatimizning har bir a'zosi (maktab direktori, bog'cha mudirasi, ota - onalar va boshqalar) anglab yetishi maqsadga muvofiqdir. Zero, bola tarbiyasida hammamiz birdek mas'ulmiz.

Musiqa ta'limida har bir o'quvchining o'z badiiy imkoniyatlarini ochish va ijodiy rivojlanishi uchun yanada kengroq shart-sharoitlar yaratish vazifasi ustuvor ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari o'quvchilarda, kelajakda qaysi kasbni tanlashlaridan qattiy nazar, badiiy estetik tarbiyasi, yuksak ma'naviyat va keng dunyoqarashni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, musiqa darslarining spesifik xususiyatlarining 4- bandida "Musiqa bolaga faol emotsional ta'sir ko'rsatadi, quvontiradi hamda ijodiy kechinmalar uyg'otadi. Yaxshi, mazmunli qiziqarli musiqa darslaridan bolalar badiiy va ma'naviy ozuqa oladilar. Musiqa darsi o'zining faol psixologik ta'siri hamda qizg'in ijodiy faoliyati bilan boshqa fanlardan farq qiladi" E.B.Abdullin: «...Musiqiy ta'limning mohiyati, maqsad va vazifalari, yo'nalishi, mazmun va jarayonining harakterini ochib berishda tamoyillar asosiy o'rin egallaydi», deydi. U musiqiy ta'limdagi bir nechta prinsiplarni yo'nalishlarga ajratadi:

1. Falsafiy-estetik yo'nalish (...Musiqiy ta'limda insonparvarlik qarashi; bola shaxsini san'at bilan muloqotda o'z-o'zini baholashi...).

2. Musiqashunoslik yo'nalishi (... xalq, milliy va zamonaviy musiqa birligiga tayanish; musiqa janrlari va ularning hayot bilan bog'liqligiga tayanish; tinglash, ijro etish, ijod etittt faoliyat asosi sifatida...).

3. Badiiy-psixologik yo'nalish (... Musiqiy ta'limda ong va tafakkur birligiga tayanish...).

4. Badiiy-didaktik yo'nalish (... Musiqiy ta'lim -tarbiya birligi, izchillik va tizimlilik, ilmiylik, musiqiy ta'lim natijalari mustahkamligi...).

5. Musiqiy pedagogik yo'nalish (... obrazlilik va butunlik, musiqiy ped?gogik maqsad va vositalar aloqadorligi, badiiylik vatexnologiya birligi...).

Musiqa darslari va mashg'ulotlarida ijodiy qobiliyatni shakllantirish jarayonida:

- musiqa darsi uchun o'ziga xos bo'lgan ijodkorlik ko'nikmalarni shakllantiradigan va ayni paytda didaktik talablarga javob beradigan musiqiy materiallarni tanlang;

- musiqa darslarida ij odiy faollik oshiradigan, qiziqish va ij obiy muhitini yaratishga yordam beradigan texnik vositalar, uslub va metodlardan foydalanish;

- musiqa darslarida musiqiy faoliyat turlarini olib borishda ijod namunalarini namoyish etish usullarini tanlash, ijrochilik mahoratini ko'rsatish, turli usullar bilan improvizatsiya qilish;

- maktab o'quvchilari uchun qator musiqiy ijodiy vazifalarni ishlab chiqish va aniqlash;

Musiqa o'qituvchisi har doim faol bo'lishi, mashg'ulot va darslarni ijobiy emotsional kayfiyatda o'tishi, mavzuni bolalarga mazmunli, qiziqarli va esda qoladigan qilib yetkazishi lozim, bu ko'p jihatdan o'qituvchining tajribasiga, mutaxassislik bo'yicha yetarli bilim, ko'nikma va malakasiga va pedagogik mahoratiga bog'liq.

Musiqa darslarida bolalar uchun nafaqat ijodiy jarayon, bu kongnitiv izlanish amaliyotidir. Shu bilan birga, musiqiy ijodkorlik har qanday ijodiy tashkil etishga qaratilgan musiqiy ta'limning umumiy qonunlariga bo'ysunadi. Insonda musiqa san'ati bilan aloqa qilish,

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

individual pozitsiyani egallashga, o'zining semantik va qadriyat yo'nalishini ta'kidlashga imkon beradi. Bundan asosiy ko'zlangan narsa, bolalarni ijodiy jarayon bilan qiziqtirish. Bolalarni ijodiy o'yin jarayoniga jalb qilish, ularning har qanday faoliyatga bo'lgan ijodiy motivatsiyasini rivojlantiradi va aql darjasidan qat'iy nazar, har bir odamda mavjud bo'lgan ijodiy qobiliyatlarning namoyon bo'lishini rag'batlantiradi.

Musiqiy ijodiy jarayonda hissiy sezgirlik, aniq fikirlash, mantiqiy fikirlash, ijodiy tasavvur, faollik va tez qaror qabul qilish qobiliyati muhim ahamiyatga ega. Oliy ta'lim muassasalarini asosiy vazifasi har bir yoshning shaxsiy imkoniyatlarini ochib berish, ularning tashabbuskorligi va ijodkorligini kuchaytirishdir. Bunda hamkorlikda o'qitish - bu talaba shaxsiga yo'ldir.

Shaxsga yo'naltirilgan pedagogika tamoyiliga asoslangan ijodiy hamkorlik natijasida va o'qituvchi va talabalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar jarayonida talabalarning ijodiy qobiliyatlari to'liq amalga oshiriladi. Bunda Rossiyalik olimlardan I.P Volkov ijodiy qobiliyatlarni aniqlash va rivojlantirish - talabalarni turli xil ijodiy faoliyat bilan tanishtirish. G.S. Alsxuller - ijodiy faoliyat bilan shug'ullanish; ijodiy xayolot texnikasi bilan tanishtirish; ixtiro muammolarini hal qilish imkoniyatlari. I.P. Ivanov- "Bu ijtimoiy madaniyatni yuksaltirishga qodir ijtimoiy faol ijodiy shaxsni tarbiyalash" deb ta'kidlashgan.

Ijodiy qobiliyat tushunchasini izohlashdan oldin qobiliyat tushunchasini o'ziga to'xtalib o'tish joizdir.

Qobiliyat - odam psixikasining eng muhim hususiyatlaridan biri bo'lib, bu xususiyatlarni xaddan tashqari keng to'ldirish imkoni oqibatida qandaydir bir qobiliyatning nisbiy zaifligi, hattoki bu qobiliyat bilan hammasidan ko'ra bir-biri bilan chambarchas bog'liq faoliyatning muvafaqqiyatli bajarish imkoni aslo yo'q emas.

Qobiliyat bilimdan farq qiladi. Bilim - bu ilmiy mutolaalar natijasidir, qobiliyat esa insonning psixologik va fiziologik tuzilishiga xos bo'lgan xususiyatdir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy qulaylik yaratadi, shuningdek, u ma'lum darajada bilim olish mahsulidir. Umumiy va maxsus bilimlarni , shuningdek, kasbiy mahoratni egallash jarayonida qobiliyat mukammal rivojlanib boradi.

Qobiliyatlar bilim, ko'nikma va malakalarda aks etmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo'ladi. Faoliyat uchun kerak bo'lgan bilim ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar qobiliyatlar to'g'risida mulohaza yuritish imkonini beradi.

Demak, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan, bilim ko'nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo'ladigan individual psixologik xususiyati qobiliyatlar deyiladi.

Ta'lim va tarbiya, shaxsning shakllanishi, qobiliyatlarni rivojlantirish hanuzgacha zamonaviy pedagogikaning eng dolzarb masalasi bo'lib qolmoqda. Ushbu muammo tadqiq qilinar ekan, avvalo qobiliyatlar va badiiy ijodkorlik to'g'risida juda ko'plab ruhshunoslar izlanish olib borishgan va olib borishmoqda.

Har bir bo'lajak musiqa o'qituvchining imkoniyatiga qarab ijodiy qobiliyati, qiziqishini samarali rivojlantirishda:

- yechimi aniq bo'lgan ijodiy vazifalar berish;

- pedagogik faliyatda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammoli vaziyatlarni mustaqil hal qilishga o'rgatish;

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

- umumta'lim maktabalri musiqa darslarida faoliyat turlarini samarali tashkil qilishda ijodiy muhitni yarata bilish;

- amaliy mashg'ulotlar orqali talabalardagi ijodiy qobiliyatlarni faollashtirish va yo'naltirish usullari bilan amalga oshirilishi mumkin.

Shaxsdagi ijodkorlik qobiliyatlarini qanday tarbiyalash mumkin?» degan muammo bugun paydo bo'lgan muammo emas. Azaldan ijodkorlikning boshlanishi bo'lgan insondagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish masalasi bevosita bolalar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi pedagoglarni ham, ilmiy tadqiqotchilarni ham birdek qiziqtirib keladi.

Ijodkorlik shaxsda mustaqil fikrlash sifatlari namoyon bo'lishining eng asosiy va faol shakli hisoblanadi. Unga berilgan ta'riflar bir- biridan jiddiy farq qilsada, uning ayrim umumiy jihatlarini ko'rsatish mumkin, bular: birinchidan, ijodkorlik natijasi sifatida olinadigan mahsulotning sifat jihatidan yangilikka ega bo'lishi; ikkinchidan, ushbu jihatlar ijodkorlikning dastlabki asoslarida mavjud bo'lmaganligi; uchinchidan, har qanday ijodkorlik faoliyati intellektual izlanishni taqozo etishi bilan belgilanadi.

Bo'lajak musiqa ta'limi o'qituvchilari musiqa ta'lim-tarbiyasini to'g'ri tashkil etishni bilishi lozim. Eng asosiysi, musiqa darslarini o'ziga xos jixatlarini zamonaviy bilimlar asosida tarkib toptirishning samarali usullarini va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Ta'lim jarayonida hamkorlikda o'qitish texnologiyalarini qo'llash jarayonida talabalarning o'ziga xos xususiyatlari, o'z qarashlarini mustaqil bildira olishlari, har qanday muammoli vaziyatni tahlil eta olishlari, o'zlarining shaxsiy bilim va amaliy ko'nikma, malakalarga ega ekanliklari muhim hisoblanadi.

References:

1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bip rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'littti kerak. T. "O'zbekiston", - 2017.

2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - T.: —O'zbeshyuton, 2017.

3. Yo'ldoshev I.A. Ta'limda zamonaviy texnik vosita va texnologiyalar . Monografiya - T.: "Fan va texnologiya" 2015. 172 b.

4. Qodirov R. "Musiqa pedagogikasi". T., - 2013. 164 b.

5. Davronova G.M. "Musiqa o'qitish metodikasi" - Samarqand: SamDU nashriyoti, 2021. 161 b.

6. Akbarov I.A. Musiqa lug'ati. - T.: O'qituvchi, 1997. -383 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.