EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
CLASSICAL MUSIC SAMPLES AS AN IMPORTANT FACTOR OF AESTHETIC EDUCATION OF STUDENTS Kenjayev Bobir Kandiyorovich
teacher, UzNMAI named after Yunus Rajabi https://doi.org/10.5281/zenodo.13268435
EURASIAN |0URNAL OF SOCIAL SCIENCES
PHILOSOPHY AND CULTURE
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 28th July 2024 Accepted: 05th August 2024 Online: 06th August 2024
KEYWORDS ^ssirnl musw, аrt, melody, beаuty, edurntion,
perœption, model, аesthetiс œnsdousness, reаlity,
сreаtive аbility, аesthetiс thinking, nаtionаl vаlue.
This аrtiсle dismsses the spedfw feаtures of аesthetiс eduсаtion of students by meаns of сlаssiсаl musiс sаmples, the role аnd impo^^e of сlаssiсаl musw works in the formаtion of sophistiсаtion in students. Аlso, in the аrtiсle, it is impo^nt to develop the ^^epts of аesthetiс eduсаtion in students by meаns ofnаtionаl ^ss^l musw works, аnd it is neсessаry to systemаtiсаlly present ^ss^l musw works in the eduсаtionаl proсess аnd deeply instill them into the minds of students.
ОБРАЗЦЫ КЛАССИЧЕСКОМ МУЗЫКИ КАК ВАЖНЫЙ ФАКТОР ЭСТЕТИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ СТУДЕНТОВ Кенджаев Бобир Кандиёрович
Преподователь, УзНИМИ имени Юнуса Раджаби https://doi.org/10.5281/zenodo.13268435
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 28th July 2024 Accepted: 05th August 2024 Online: 06th August 2024 KEYWORDS
Классическая музыка, искусство, мелодия,
красота, воспитание, восприятие, модель, эстетическое сознание, реальность, творческие способности,
эстетическое мышление, национальная ценность.
В данной статье рассматриваются особенности эстетического воспитания учащихся с помощью образцов классической музыки, роль и значение произведений классической музыки в формировании изысканности воспитания учащихся. Также в статье важно развивать концепции эстетического воспитания учащихся средствами произведений национальной классической музыки, а для ее развития необходимо системно представлять произведения классической музыки в образовательном процессе и глубоко прививать их в сознании студентов.
MUMTOZ MUSIQIY NAMUNALAR OQUVCHILARNI ESTETIK TARBIYALASHNING MUHIM OMILI SIFATIDA
Kenjayev Bobir Qandiyorovich
Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.13268435
ABSTRACT
KEYWORDS
Received: 28th July 2024 Ushbu maqolada mumtoz musiqiy namunalar vositasida
Accepted: 05th August 2024 o'quvchilarni estetik tarbiyalashning o'ziga xos OnHne: °6th August 2024 xususiyatlari, o'quvchilarda nafosat tarbiyasini
shakllantirishda mumtoz musiqa asarlarining o'rni va ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Shuningdek maqolada milliy mumtoz musiqa asarlari vositasida o'quvchilarda estetik tarbiya tushunchalarini tarkib toptirish alohida ahamiyatga ega bo'lib, uni rivojlantirish uchun mumtoz musiqa asarlarini ta'lim jarayonida tizimli tarzda taqdim etish hamda o'quvchilar ongiga chuqur singdirib borish zarurligi ta'kidlangan.
Mumtoz musiqa, san'at, ohang, serjilo, tarbiya, idrok, model, Estetik ong, voqe'lik, ijodiy layoqat, estetik tafakkur, milliy qadriyat.
Ma'lumki, musiqa san'ati o'zining xushohangligi, serjiloligi hamda inson qalbiga tezda yo'l topa oladigan imkoniyatga egaligi bilan boshqa san'at turlaridan ajralib turadi. Bugungi kunda ijodiy fikrlovchi imkoniyatga ega bo'lgan o'quvchilarni kamol toptirishga a'lohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan bolalar musiqa va san'at maktablarida ham ta'lim oluvchilarning estetik ongi, ma'naviyati hamda madaniy dunyoqarashini milliy musiqa meros vositasida kengaytirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son, "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni1da a'lohida ustuvor vazifalar belgilab berilgan.
Musiqa san'ati bugungi kunda kishilar hayotidan mustahkam o'rin egallagan, inson shaxsini shakllantirishda yuksak ahamiyat kasb etadigan muhim vositalardan biridir. Musiqa tarbiyasi esa, nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri sifatida borliqni estetik idrok etishga va qadrlashga o'rgatadi. O'quvchilarda nafosat tarbiyasini shakllantirishda milliy mumtoz musiqa asarlarimizning o'rni be'qiyosdir. O'quvchilar nafosat hissini, san'at sirlarini tushunishni va qadrlashni, san'atdan bahramand bo'lishni, avvalo musiqa va san'at maktablarining dastlabki sinflariga qadam qo'yishi bilanoq seza boshlaydi hamda o'rganadilar. Estetik didini shakllantirish uchun esa, milliy mumtoz musiqa asarlarining o'rni kattadir.
Olimlarning e'tirof etishlaricha, "estetik tafakkur"ni shakllantirish orqali tarbiya ma'lum bir davrning madaniy xususiyatlarini individual darajada yaxlit qamrab olishga, uning birligi va stilistik munosabatini tushunishga yordam beradi[2].
O'quvchilarni milliy mumtoz musiqa san'ati durdonalari bilan yaqindan tanishtirish -estetik tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biridir. Estetik tarbiyaning quyidagi tarkibiy qismlari tajribalar asosida o'z ifodasini topgan.
- badiiy-estetik tarbiya, shaxs estetik madaniyatining nazariy va qadriyatli asoslarini yaratish;
- shaxsning badiiy-estetik didini bilimlar, ko'nikmalar qadriyatli yo'nalishlar birligida shakllantiradigan o'quv-nazariy va badiiy-amaliy bilimlar;
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son, "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
- shaxsning rivojlanishiga qaratilgan estetik o'z-o'zini tarbiyalash;
- ijodiy ehtiyojlar va qobiliyatni tarbiyalash.
Estetik tarbiya shaxsning barcha rivojlanish bosqichlarida amalga oshiriladi. O'quvchilarni milliy mumtoz musiqa asarlari yordamida tarbiyalash orqali ularda badiiy voqelikdagi go'zallikni to'liq idrok etish, nafosatni his qilish va to'g'ri anglash qobiliyati shakllanadi. Shu bilan bir qatorda, estetik ta'lim insonning xohish-istagi, go'zallik elementlarini uning hayotiga singdirish va ijodiy faoliyatda o'zini namoyon qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
Mashhur pedagog olimlardan: M.A.Verbning fikricha insonning estetik madaniyati, shaxsning asosiy mulki bo'lib, unga to'liq aloqa qilish va uni yaratishda faol ishtirok etish imkonini beradi. Estetik madaniyatning umumiy madaniyat va shaxsning ma'naviy, jismoniy ko'rinishining boshqa jihatlari bilan aloqasi alohida xususiyatga ega.
N.N.Rumyanseva esa estetik madaniyatni shaxsning eng muhim fazilatlaridan biri sifatida belgilaydi, bu esa insonga go'zallik qonunlariga binoan ma'naviy va axloqiy ideallar balandligiga muvofiq ijodiy ravishda amalga oshirilishini ta'minlaydi. Estetik madaniyat ma'naviy madaniyatning tarkibiy qismlaridan biri, dunyoni go'zallik qonunlariga muvofiq ravishda o'zgartirish jarayonida yuzaga keladigan hissiyotlar, ta'mlar va ideallarning birligi, bu dunyoni hissiyotni o'rganish va konvertatsiya qilish muayyan jamiyat tomonidan zaruriy kuchlarni maksimal darajada ochib berish uchun yaratilgan madaniyatdir, inson, shuning uchun estetik madaniyat o'ziga xos tarixiy xususiyatga ega. Biz yoshlarning estetik madaniyati estetik ongning, ijtimoiy ongning ajralmas qismi sifatida shakllanish darajasini tavsiflovchi, nafaqat iste'molda, balki estetik qadriyatlarni yaratishda ham namoyon bo'ladigan murakkab, ko'p qirrali ijtimoiy-pedagogik hodisa degan xulosaga keldik.
Har qanday musiqiy bilimlarni anglash uni idrok etishdan boshlanadi. Bunda o'quvchining mavjud bilim va tajribalari milliy mumtoz musiqa asarlarini samarali o'zlashtirishlariga ko'maklashadi. O'quvchilar idrokining ko'lami sezgi xotirasi bilan cheklangandir. U bir soniya ichida 9 tagacha elementni saqlaydi, 5,6 ta elementni qayta ishlash imkoniyatiga ega. Milliy mumtoz namunadagi o'quv materiallarini xotirada saqlash va qayta ishlash uchun o'quvchilarning tinglab idrok etish layoqatlari rivojlangan bo'lishi lozim. Har bir an'anaviy dars jarayonlarida milliy mumtoz musiqiy namunadagi bilimlarni o'quvchilar kundalik faoliyatlarida foydalanmasalar ular vaqt o'tishi bilan unutiladi. Ularni doimiy ravishda qo'llaganda o'quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanadi. O'zlashtirilgan milliy mumtoz musiqa asarlarini o'quvchilar o'zlaridagi zaxira bilimlar bilan qiyoslaydilar va ularni uyg'unlashtirgan holda qo'llaydilar.
Milliy mumtoz musiqa asarlarini uzoq vaqt xotirada saqlashning 2 ta asosiy shakli mavjud. Ular milliy mumtoz musiqa asarlarini ayrim qismlarini esda saqlash va milliy mumtoz musiqa asarlarini mazmun-mohiyatini chuqur anglagan holda esda saqlash. Birinchi holatda milliy mumtoz musiqa asarlarini ayrim qismlarini o'quvchilar saralagan holda eslab qoladilar va ular bilan bog'liq holatlarni xotirlaydilar. Ikkinchi holatda o'quvchilar milliy mumtoz musiqa asarlarining tili bilan ya'ni uslubi bilan bog'liq jihatlariga e'tibor qaratgan holda o'z xotiralarida saqlaydilar. Bunda milliy mumtoz musiqa asarlarining tushunchalar, qoidalar, abstrakt g'oyalar, so'z boyligi muhim ahamiyatga ega. Bu o'z navbatida o'quvchilarning bilimlarini so'z va ramzlar yordamida shakllantirishni nazarda tutadi.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
Didaktik vositalarni badiiy idrok etish hissiy idrok etish kabi aniq hodisadir. Bunda shaxs ruhiyatining vizuval, hissiy-emotsional va diskursiv sohalari mujassamlashadi. Bu esa o'quvchilarga ijodiy jarayonlarni yaxlit tasavvur qilish imkonini beradi. Bunda o'quvchilarning ijodiy fikrlash jarayoniga milliy mumtoz musiqa asarlari yordamida ta'sir ko'rsatiladi. Mazkur o'rinda o'zbek xalqining milliy mentalitetini o'zida ifodalagan kuy va qo'shiqlar ustuvor o'rin egallaydi. chunki shaxs ongining badiiy obrazli shakli katta gnoseologik quvvatga ega. Shunga ko'ra ta'lim jarayonida milliy mazmundagi o'quv materiallari yordamida o'quvchilarning estetik ongini rivojlantirishga e'tibor qaratish nazarda tutilishi lozim. O'quvchilarning estetik ongi, bilish faoliyatining shakllanishi, amal qilishi va rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy madaniy jarayon hisoblanadi. Uning negizini o'zbek xalqi ijtimoy-madaniy tajribasini asrash, ajdodlardan avlodlarga uzatish, boyitish va hissiy-ifodali shakllarda o'quvchilarga taqdim etishni tashkil qiladi. Estetik ongning ustuvor jihatlari quyidagilarda o'z ifodasini topadi: ular tabiat go'zalliklari, jamiyatdagi voqe'likning san'at namunalarida mujassamlashganligi, inson va jamiyat munosabatlari shaxsning bilish faoliyatining aniq modeli sifatida namoyon bo'lishi kabilarda. Mumtoz musiqiy asarlar vositasida o'quvchilarda estetik tarbiya tushunchalarini tarkib toptirish alohida ahamiyatga ega bo'lib, uni rivojlantirish uchun milliy mumtoz musiqa asarlarini ta'lim jarayonida tizimli tarzda taqdim etishni taqozo qiladi.
O'quvchilarda milliy mumtoz musiqa asarlarini idrok etish, unda kuylash faoliyatini amalga oshirish natijasida estetik tasavvurlari boyib boradi. O'quvchilarning yoshi va taraqqiyot darajasiga ko'ra milliy mumtoz musiqa asarlarini tizimli tarzda taqdim etish talab qilinadi. Natijada o'quvchilar mumtoz musiqa asarlariga oid bilimlar va tushunchalarni o'z tajribalariga singdirishga muvaffaq bo'ladilar, badiiy fikrlash faoliyati rivojlanadi, ijodiy layoqatlari kengayadi. Mazkur jarayonda o'quvchilar o'zlashtirgan bilimlari yordamida ijodiy faoliyat ko'rsatish ko'nikmalariga ega bo'ladi.
Musiqa va san'at maktablari an'anaviy xonandalik dars mashg'ulotlari jarayonlarida milliy mumtoz musiqa namunalari haqida ko'proq ma'lumot berilsa, mazkur namunalarni o'qituvchi tomonidan ijro qilib berishi orqali o'quvchilarda bilim ko'nikma hosil bo'ladi. Natijada o'quvchilar an'anaviy xonandalik ijrochiligiga oid belgilangan quyidagi malaka talablariga ega bo'ladilar:
- milliy mumtoz musiqa san'atining qadimiy turi ekanligini biladi;
- o'zbek xalqining musiqasi asrlar davomida sayqal topib, rivojlanganligi, u xalqimizning boy madaniyati, milliy qadriyatlarini o'zida aks ettirishini anglaydi;
- o'zbek mumtoz musiqa san'ati umumbashariy jahon musiqa madaniyatining ajralmas bir bo'lagi ekanligini tasavvur qila oladi;
Milliy mumtoz musiqa asarlari vositasida o'quvchilarda yaxlit musiqiy tafakkur va dunyoqarash shakllanadi. Jumladan estetik, madaniy, musiqiy dunyoqarash tarkib topadi. Milliy mumtoz musiqa asarlari tarkibida taqdim etilgan bilimlar yordamida o'quvchilar o'zbek xalqining musiqaga oid madaniy-tarixiy tajribasi bilan tanishishga muvaffaq bo'ladilar. Maqomlar, xalq qo'shiqlari, mumtoz kuylar, aytishuvlar, folklor namunalari kabilar[3].
Milliy mumtoz musiqa asarlari vositasida o'quvchilarni estetik tarbiyalash uchun avvalo uning xulqiga ta'sir etuvchi omillarni, uning tabiatini, qiziqishini o'rganish lozim. Buning uchun o'quvchini turli munosabatlar doirasiga qo'yib kuzatish kerak. Ana shundagina uning ijtimoiy xulqi, ma'naviy qiyofasi, insoniy fazilatlari ro'yobga chiqadi. " Abu Nosir Farobiy
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
shunday degan edi: Har bir inson - o'z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va yuksak yetuklikka erishish uchun, insonlar jamoasiga ehtiyoj tug'iladi, shu sababli u ko'p narsalarni o'zaro yordamlashuvi orqali yetuklikka erishadi".
O'quvchilarni shaxs sifatida rivojlantirishda nasl, atrofidagi muhit, tarbiya muhim rol o'ynaydi. O'qituvchi bu omillarni kuzatib, o'rganib chiqib, o'quvchilarni qiziqishi, qobiliyati, musiqaga, go'zallikka, mehnatga munosabatlariga qarab, musiqiy bilim, ko'nikma va malakalarini singdira borishi lozim. Inson musiqadan umrbod zavq topadi va madad oladi. Shu bois o'quvchilarni milliy mumtoz musiqa asarlari vositasida estetik tarbiyalash, yuksak did bilan qurollantirish, ma'naviy dunyoqarashini shakllantirish har bir o'qituvchi shaxsining vazifasidir.
Xulosa qilib aytganda milliy mumtoz musiqiy vositalar inson ruhiyatiga emotsional ta'sir ko'rsatish bilan birga, musiqiy tovush yordamida vujudga keladigan musiqiy ohanglar bilan ta'sir etadi, bolalarni quvontiradi, o'ylantiradi, yaxshilikka, go'zallikka yetaklaydi va nafosat olamiga olib keladi. Shunday ekan, bugungi kunda bolalar musiqa va san'at sohasiga e'tibor yanada kuchayib, ushbu yo'nalishda faoliyat yuritayotgan o'qituvchi-murabbiylar oldiga katta vazifalarni qo'yadi. Musiqa va san'at maktablarining an'anaviy xonandalik darslarida milliy mumtoz musiqa meroslaridan to'laqonli foydalanish va bugungi zamonaviy asarlar bilan o'quvchilarni tanishtirib borish musiqa darslarida o'qituvchidan ish mazmunini va uslubini yangilashni talab etadi. Buning uchun musiqa o'qituvchisi o'z fanini puxta bilishi, bolalarni sevishi, pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, musiqa o'qitish metodikasidan chuqur bilimga ega bo'lishi lozim.
References:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-son qarori
2. Abu Nasr Farobiy "Fozil odamlar shahri", tarjimon A.Irisov, "Yangi asr avlodi" nashriyoti, Toshkent, 2016 y.
3. Ibrohimov O. O'zbek xalq musiqasi. - Toshkent: Ibn Sino, 1994. - I jild.- 104 b.
4. Rajabiy Yu. Musiqa merosimizga bir nazar. - T.: G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1978. - 164 b.
5. Xonandalik san'ati. Jahon va o'zbek milliy an'analari. - T.: San'at, 2009. - 248 b.