Научная статья на тему 'TALABALARNI IJОBIY FIKRLARINI VA QОBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH'

TALABALARNI IJОBIY FIKRLARINI VA QОBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
18
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim tizimi / qobiliyat / mutaxassis / kоmpyuter taxnоlоgiyalari / muammoli ta’lim / san’at. / Educational system / ability / specialist / computer technologies / problem-based education / art.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Hamidоva Umidaxоn Habibullayevna

Bugungi kunda, talabalarning mustaqil fikrlash, ijоdiy faоliyat kо‘rsatish, ularda bilishga intilish istaklarini namоyоn etishda yangi о‘qitishning ahamiyati kuchaydi. Darhaqiqat, yangi taʼlim usuli -ilmiy bilish, о‘qituvchi tоmоnidan yaratilgan munоzalar natijasida muammоlarni yechishga, talabaning mustaqil faоliyati, ijоdiy qоbiliyatini о‘stirish оrqali о‘quv natijalarini maqsadli о‘zlashtirishga qaratilgan taʼlimdir. Mazkur maqolada talabalarni ijobiy fikrlarini va qobiliyatlarini shakllantirishning nazariy asoslari haqida fikr-mulohazalar yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMING STUDENTS' POSITIVE ATTITUDES AND SKILLS

Today, the importance of new teaching has increased in showing students' desire for independent thinking, creative activity, and striving for knowledge. In fact, the new method of education is scientific knowledge, education aimed at solving problems as a result of conflicts created by the teacher, developing the student's independent activity, creative ability, and purposeful assimilation of learning results. This article discusses the theoretical basis of forming students' positive thoughts and abilities.

Текст научной работы на тему «TALABALARNI IJОBIY FIKRLARINI VA QОBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

FORMING STUDENTS' POSITIVE ATTITUDES AND SKILLS

Khamidova Umidakhan Khabibullayevna

State Conservatory of Uzbekistan Senior teacher of the "Music Pedagogy" department https://doi.org/10.5281/zenodo.12070281

EURASIAN I0URNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

Received: 12th June 2024 Accepted: 17th June 2024 Online: 18th June 2024 KEYWORDS

Educational system, ability, specialist, computer

technologies, problem-based education, art.

ABSTRACT

Today, the importance of new teaching has increased in showing students' desire for independent thinking, creative activity, and striving for knowledge. In fact, the new method of education is scientific knowledge, education aimed at solving problems as a result of conflicts created by the teacher, developing the student's independent activity, creative ability, and purposeful assimilation of learning results. This article discusses the theoretical basis of forming students' positive thoughts and abilities.

TALABALARNI IJOBIY FIKRLARINI VA QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH

Hamidova Umidaxon Habibullayevna

O'zbekiston Davlat Konservatoriyasi "Musiqiy pedagogika" kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.12070281

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 12th June 2024 Accepted: 17th June 2024 Online: 18th June 2024 KEYWORDS

Ta'lim tizimi, mutaxassis, taxnologiyalari, ta'lim, san'at.

qobiliyat, kompyuter muammoli

Bugungi kunda, talabalarning mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyat ko'rsatish, ularda bilishga intilish istaklarini namoyon etishda yangi o'qitishning ahamiyati kuchaydi. Darhaqiqat, yangi ta'lim usuli - ilmiy bilish, o'qituvchi tomonidan yaratilgan munozalar natijasida muammolarni yechishga, talabaning mustaqil faoliyati, ijodiy qobiliyatini o'stirish orqali o'quv natijalarini maqsadli o'zlashtirishga qaratilgan ta'limdir. Mazkur maqolada talabalarni ijobiy fikrlarini va qobiliyatlarini shakllantirishning nazariy asoslari haqida fikr-mulohazalaryuritiladi.

Kirish.

Barcha sohalarda mutaxassislarning yangi avlodini tayyorlash kabi vazifalarni samarali yechimi, birinchi navbatda, soha bilan bog'liq fanlarning bilim asoslarini chuqur o'rgangan, hozirgi kun talablariga javob bera oladigan professional malakaga va chuqur bilimga ega bo'lgan o'qituvchi kadrlarning tayyorlanishi bilan bog'liqdir. O'qituvchining ilmiy salohiyati, uning ijodkorlik sifatlarini shakllantirishga intilishi, qobiliyati va kasbiy malakasini takomillashtirishi, o'zining shaxsiy xulq-atvori bilan namuna bo'lishi, turli vaziyatlardagi

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

topqirlik malakalari bugungi kun yoshlarini ijodiy yo'nalish sari mohirlik bilan yetaklay olishida ko'rinadi.

Hozirgi kunda yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis sifatida voyaga yetishi, ularning izlachuvlanligi, ijtimoiy faolligini, tashabbuskorligini oshirish uchun yetarli darajada imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratilgan, ularda kamolatga yetishning omili bo'lgan ishonch, yanada jo'sh urib o'z bilimlarini rivojlantirish, g'urur, kelajakka intilish kabi xususiyatlarni mujassam etgan mukammal tizim shakllantirilgan. Uzluksiz ta'lim tizimi asosida yosh avlodni astoydil o'qitish va yetuk mutaxassisni tarbiyalashni amalga oshirish haqida gap borar ekan, bunday g'oyat mas'uliyatli va ko'p qirrali vazifani faqat tajribali, yuqori malaka va mahoratga ega bo'lgan o'qituvchilar yordamida amalga oshirish mumkinligini ta'kidlash o'rinli bo'ladi.

Shuningdek, mazkur ishlarni amalga oshirish uchun bugungi kun talaba yoshlari soha bo'yicha barcha fanlar asoslarini chuqur o'rganishi, bilimdon, ma'naviyatli inson bo'lishi va xorijiy tilni bilishi hamda kompyuter taxnologiyalaridan faoliyatida unumli va to'liq foydalana olishi, har tomonlama talab darajasida intellektual salohiyatga ega bo'lishi shart. Yuqori darajadagi raqobatdosh kadrlar tayyorlash uchun murabbiyning o'zi barcha talablarga javob berishi, yuksak darajada o'qituvchilik tajribasiga, ya'ni, kasbiy mahoratga ega bo'lishi talab etiladi.

Ta'lim jarayoni muallim va talabalar orasida muayyan munosabatni tashkil etish, ya'ni, o'zaro hamkorlikka va ijodiy tajriba almashinishiga asoslanishi lozim. Ta'limda samarali o'qitishga erishishda keyingi paytda qo'llanilayotgan o'qitishning yangi shakllarini soha xususiyatidan kelib chiqib joriy etish zarur. Mutaxassislik bo'yicha o'zlashtirilayotgan bilim va malakalar qanchalik keng tajribadagi mavjud bo'lgan ma'lumotlar asosida olib borilsa, materialni o'rganishda samarali natijaga erishiladi. Shu o'rinda oliy va o'rta maxsus ta'limda joriy etilayotgan o'qitish usullarini qo'llanishi talabalarni ijodiy fikrlay olishi, tahliliy asoslash qobiliyatini oshirishga, ilmiy ijodiyotini o'stirishga va pirovardida o'z ustida mustaqil ishlashga keng imkoniyat yaratadi.

Ta'limda samarali o'qitishga erishishda keyingi paytda qo'llanilayotgan o'qitishning yangi shakllarini soha xususiyatidan kelib chiqib joriy etish zarur. Mutaxassislik bo'yicha o'zlashtirilayotgan bilim va malakalar qanchalik keng tajribadagi mavjud bo'lgan ma'lumotlar asosida olib borilsa, materialni o'rganishda samarali natijaga erishiladi. Shu o'rinda oliy va o'rta maxsus ta'limda joriy etilayotgan 'oqitish usullarini qo'llanishi talabalarni ijodiy fikrlay olishi, tahliliy asoslash qobiliyatini oshirishga, ilmiy ijodiyotini o'stirishga va pirovardida o'z ustida mustaqil ishlashga keng imkoniyat yaratadi.

Yangi o'qitish texnologiyasi tizimi va usullari asosida talabaga berilayotgan o'quv topshiriqlari, o'quv materiallari ularning yangi o'quv-bilish qobiliyatlarini mustahkamlash, nazariy tushuntirishning yangi imkoniyatlarini ochib berishda ahamiyatga egadir. Aynan mazkur o'qitish usullari yordamida talabalarni faollashtirish, oliy ta'limdagi o'quv jarayoniga mustahkam tayyorlash, aqliy faoliyati va tafakkurini shakllantirish, qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga imkon yaratiladi. Bu jarayon hamkorlik asosida olib boriladigan hamda muayyan uslubiy mahorat talab etaladigan o'qituvchi faoliyatidan iborat bo'lishi ahamiyatlidir. Talabalarni mustaqil ijodiy fikrlashga undaydigan ta'sirchan usullar, biror-bir maqsadga asoslangan ijodiy yondashuvlar shaxsni har tomonlama kamolotini ta'minlaydi.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Bugungi kunda, talabalarning mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyat ko'rsatish, ularda bilishga intilish istaklarini namoyon etishda yangi o'qitishning ahamiyati kuchaydi. Darhaqiqat, yangi ta'lim usuli - ilmiy bilish, o'qituvchi tomonidan yaratilgan munozalar natijasida muammolarni yechishga, talabaning mustaqil faoliyati, ijodiy qobiliyatini o'stirish orqali o'quv natijalarini maqsadli o'zlashtirishga qaratilgan ta'limdir.

Oliy ta'lim muassasasi talabalariga musiqiy fanlarni o'qitish davrida ham muammoli vaziyatlar usulidan yangi mavzu bayoni, bilimni mustahkamlash va uni nazorat qilishda foydalanish mumkin. Muammoli vaziyatlar usulini muvaffaqiyatli qo'llash asoslari yaratilgan hollarda mazkur mavzuni muammoli dars shaklida o'tish tavsiya etiladi. O'qitish jarayonida mazkur usullarni qo'llash uchun o'qituvchi o'quv dasturi bo'yicha muammoli dars shaklida o'tish mumkin bo'lgan mavzularni aniqlashi, mavzu matnidagi masalalar bo'yicha savollar, topshiriqlarni tanlashi, bunda dars usulining ilmiylik, tizimlilik, mantiqiylik, izchillik tamoyillariga amal qilishi, talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta'minlaydigan vosita va usullarni aniqlashi, ulardan o'z o'rnida va samarali foydalanish yo'llarini belgilash kabi masalalarni hal etishi lozim bo'ladi.

Oliy ta'lim muassasasida ta'lim - muammoli o'qitish, masalani tadqiq etish, muammoni hal etish bilan kasbni mukammal o'zlashtirishni ta'minlashdir. Muammoli ta'limning maqsadi-talabalarning muammoni aniq va to'liq tushunib yetishga va ularni hal eta olishga o'rgatishdan iborat.

Muammoli ta'limni qo'llash jarayonida asosiy masalalardan biri o'rganilayotgan mavzu bilan bog'liq muammoli vaziyat yaratiladi. O'qituvchilar darslarda o'quv fanlari bo'yicha muammoli vaziyatlarni yechish usullarini rejalashtirishlari lozim. Masalan: o'qituvchi muayyan masalaga bog'liq turli nuqtai nazarlarni bayon qiladi, o'quvchilarga dars mavzusi bilan bog'liq turli vaziyatlarni tushuntiradi va uni yechish y'olini topish bo'yicha ko'rsatmalar beradi. Hal etish uchun yetarli yoki asosli bo'lmagan, hamda ortiqcha bo'lgan ma'lumotlar, savolni qo'yilishi noto'g'ri bo'lgan masalalarni yechishni taklif etadi.

San'at yo'nalishida ham yuzaga kelgan muammolarni tahlil qilib fikr yuritish, talabalarning mustaqil aqliy faoliyatini rivojlantirish asosiy talablardandir. Bunday fikr yuritish talabani shu narsani anglay olish muqarrarligini tushunib yetib, gapning ma'nosiga jiddiy ravishda e'tibor berishga, tafakkurni shakllantirishga qaratadi. Mutaxassislik fanlarini o'qitish jarayonida talabalar izlanish faoliyatini shunday tashkil etishlariga e'tibor qaratilishi lozimki, ularning diqqati yuzaga kelgan qiyinchilik va kamchiliklarni hal etishga, turli to'siqlarni mustaqil tahlil qilishga, yechimini topish, umumlashtirish va xulosalar chiqarishga, olgan bilim va malakalarini doimiy ravishda qo'llay olishga qaratilgan bo'lishi lozim. Demak, buning natijasida talabalarda mustaqil fikr yuritish, bilim olishda yangidan-yangi maqsadlarni qo'yish, tafakkurning rivojlanish qobiliyatining shakllanishiga imkon beradi.

Muammoli ta'limni tashkil qilish yordamida bo'lajak o'qituvchining ijodiy faoliyatini yo'lga qo'yish va shu asosda o'tilayotgan fanlardagi ma'lumotlarni mustaqil tahlil qilish, yangi bilimlarni ilmiy mushohada qilish, xulosa chiqarish amallari bajariladi. Muammoli o'qitishda talaba faoliyatining kechishi shundan iborat bo'ladiki, u eng murakkab tushunchalarni, voqeliklarni tushuntira borish harakatida muammoli vaziyatni vujudga keltiradi va muammoni hal qiladi. Demak, talabaning faoliyati muammoni yechishga kirishish jarayonida shunday tashkil qilinadiki, bunda u mavzuni tahlil qilish bilan mustaqil ravishda xulosa chiqaradi, ya'ni

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

unda ijodiy fikrlash qobiliyati shakllanadi. Talaba o'quv faoliyati davomida mustaqil tarzda qancha ko'p ishtirok etsa, fikr bildirsa, tegishli ma'lumotni shuncha tez va oson o'zlashtiradi.

Qayd etish lozimki, munozaraga asoslanilgan darslar talabaning mustaqil fikrlashida, keng mushohadali tafakkurga ega bo'lishida mavjud imkoniyatlarini to'la namoyon qilishida katta ahamiyatga ega. Musiqa oliy ta'lim tizimidagi amaliy darslarda bunday pedagogik texnologiyaning usullarini samarali joriy etilishi talabalarni o'quv jarayonidagi mustaqilligini, o'z imkoniyatlarini o'zgalar imkoniyatlari bilan taqqoslash va baholash shart-sharoitini yaratadi. Bu esa talabalar faolligini oshirishga, o'quv faoliyatiga nisbatan munosabatni shakllantirishga, o'z imkoniyatlari va bilim saviyalarini muntazam o'stirishga ta'sir etuvchi muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

Bo'lajak mutaxassislar ta'lim jarayonida o'quv materiallarini muammoli tahlil qilishlari, ularni isbotlash yo'li bilan yechishlari, ta'lim jarayonini o'zlashtirishga ongli ravishda harakat qilishlari ularning bilim salohiyatini oshiradi. Talabalar darslarda muammoli vaziyatlarni idrok etishlari, hal qilish usullarini izlashlari, mavjud bo'lgan tahminlarni ilmiy, mantiqiy nuqtai nazardan asoslashlari va tekshirish orqali tegishli xulosa chiqarishlari talab etiladi.

Hozirda san'at sohasida ham ta'lim jarayonidagi darslarning maqsadi quyidagilar:

1. Yangi bilimlarni egallash ko'nikmalarini;

2. Bilimlarni ijodiy o'zlashtirish va amalda qo'llash malakalarini;

3. Izlanuvchanligi, qiziqishi, mantiqiy tafakkuri, ijodiy faoliyati, aqliy kamolati, iste'dod va qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.

San'at sohasi ta'lim jarayonida muammoli vaziyatni yuzaga keltirishda bir qator didaktik maqsadlar ham ko'zda tutiladi, ya'ni;

- talabalarda fanga nisbatan qiziqish uyg'otish va ularni o'zlashtirish faoliyatini jonlashtirish;

- talabalarning oldiga aqliy va amaliy faoliyatni rivojlantiruvchi masalalarni qo'yish;

- o'quv materiallarini tahlil etishga o'rgatish;

- o'qitishdagi muammolarni hal etishning yo'llarini topishda amaliy ko'mak berishdan iborat.

Bugungi kunda san'at yo'nalishida fanlarni o'qitish jarayonida muammoli vaziyatlar bir necha turga bo'linadi:

- talaba yoshlar oldin egallagan bilim va ko'nikmalari talab darajasida emasligi bois yangi sharoit va vaziyat yuzaga kelganda qo'llay olmaydilar;

- yuzaga kelgan muammoni nazariy va amaliy yo'l bilan hal etishda bu tanlangan usulni amalga oshirish o'rtasida qarama-qarshiliklar vujudga keladi.

- bo'lajak mutaxassislar amalda bajargan topshiriq natijalarini nazariy jihatdan tushunib yetishlari va amaliy bajarishlari o'rtasida bilim va ko'nikmalarining yetishmasligi ham muammoli vaziyatlarni yuzaga kelishiga olib keladi.

Ta'lim berish jarayonida faoliyatni samarali, maqsadga muvofiq bo'lishi uchun uni o'quv jarayoni, o'quv-tarbiya ishlari asosining bir qismiga aylantirish zarur. Muammoli ta'lim esa bo'lajak san'atkor mutaxassislarda o'quv muammolari va mutaxassislik masalarini yechishga tadqiqiy yondoshish, tafakkurni rivojlantirish, mustaqil tarzda o'rganish mahoratini shakllantirishni ta'minlaydi. Xulosa:

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Shunday qilib, muammoli o'qitish usullaridan foydalanish talabalarning san'at ta'limidagi aqliy hamda amaliy faoliyatlarida samarali o'zlashtirish, bilim va qobiliyatlarini shakllantirishga yordam beradi, ya'ni egallagan malakalardan unumli foydalana olishni, ta'lim muammolarini yecha bilish, mustaqil izlanishga o'rgatish, ijodiy fikrlash tajribasiga ega bo'lish, kasbiy yo'nalishda ta'limdagi vazifalarini tahlil etish imkoniyatlarini yaratadi.

References:

1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T.1997.

2. B. Farberman Ilg'or pedagogik texnologiyalar FAN T., 2000.

3. Farberman B.L, Musina R.G, Jumaboeva F.A. Oliy o'quv yurtlarida o'qitishning zamonaviy usullari. O'quv-uslubiy qo'llanma. T., 2002.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.