Научная статья на тему 'UZLUSIZ MALAKA OSHIRISH JARAYONLARIDA TABAQALASHGAN TA’LIM DASTURLARIDAN FOYDALANISH'

UZLUSIZ MALAKA OSHIRISH JARAYONLARIDA TABAQALASHGAN TA’LIM DASTURLARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
differensial ta’lim / tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiyasi / ta’lim va tarbiya / tabaqalashgan ta’lim dasturi.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Kalxnazarov Farxad Muxamedalievich

Ushbu maqolada differensial ta’lim texnologiyasi, tabaqalashtirilgan ta’lim tushinchasi haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UZLUSIZ MALAKA OSHIRISH JARAYONLARIDA TABAQALASHGAN TA’LIM DASTURLARIDAN FOYDALANISH»

UZLUSIZ MALAKA OSHIRISH JARAYONLARIDA TABAQALASHGAN TA'LIM DASTURLARIDAN

FOYDALANISH

Kalxnazarov Farxad Muxamedalievich

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti

stajor-tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11186864

Annotatsiya. Ushbu maqolada differensial ta'lim texnologiyasi, tabaqalashtirilgan ta'lim tushinchasi haqida so'z yuritiladi.

Tayanch so'zlar: differensial ta'lim, tabaqalashtirilgan ta'lim texnologiyasi, ta'lim va tarbiya, tabaqalashgan ta'lim dasturi.

Bugungi kunda ta'lim samaradorligini oshirish, pedagoglarning kasbiy kompetentlik darajasini rivojlantirish, pedagog kadrlarni innovatsion faoliyatga yo'naltirish, umumiy o'rta ta'lim muassasalaridagi o'quv jarayoniga innovatsion ta'lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish, ilg'or xorijiy tajribalarni o'zlashtirish va maqsadli yo'naltirish umumiy o'rta ta'lim tizimini modernizatsiyalashdagi dolzarb vazifalar sifatida belgilandi. Bu esa o'z navbatida umumiy o'rta ta'lim muassasalaridagi o'quv-uslubiy faoliyat mazmunini takomillashtirish, o'qitishning innovatsion shakl va metodlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish zaruriyatini shakillantiradi.

Bugungi kundagi dolzarb muammolardan biri insonni subyekt sifatida uzluksiz rivojlantirish g'oyasi, butun hayoti davomida ta'lim olishi, kasbiy bilimlar, ko'nikmalar va mahoratlarni muntazam ravishda yangilab borishi kerakligini taqozo etadi. Bunda esa, tabaqalashtirilgan (differensial) ta'lim texnologiyasidan foydalanishning o'ziga xos o'rni bor.

Demak, Adabiyolarda tabaqalashgan (differentsial) ta'lim texnologiyasi - o'quvchilarning individual ehtiyojlari, qiziqishlari, o'rganish uslublari va malaka darajasini hisobga oladigan o'qitishga yondashuv.

Tabaqalashgan (differentsial) ta'lim texnologiyasining mohiyati o'quv jarayonini har bir o'quvchining individual xususiyatlariga moslashtirish, ularning qobiliyati va bilim darajasidan qat'i nazar, barcha o'quvchilarga bilim olish imkoniyatini berishdan iborat. Tabaqalashgan (differentsial) ta'lim texnologiyasini ta'lim sahosiga birinchi marta amerikalik pedagog Kerol Enn Tomlinson tomonidan 1990-yillarning oxirida ishlab chiqilgan bo'lib, u o'qituvchi (pedagog) turli xil o'qitish usullarini o'z ichiga olgan ta'lim amaliyotiga yangi yondashuvni joriy etdi.

Aynan, ta'lim-tarbiya jarayonida har bir shaxisning qobilyatini rivojlantirish, uni ijodkorlikka undash tabaqalashgan ta'lim texnologiyasini qo'llash yuqori samara berishini butun jahon ta'kidlamoqda.

Demak, tabaqalashgan (differentsial) ta'limning maqsadi: ta'lim jarayonini shaxsning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish, ya'ni. uning imkoniyatlari va qobiliyatlari darajasida, bu har bir o'qituvchiga o'z qobiliyatiga ko'ra maksimal bilim olish va shaxsiy salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatini beradi. Ushbu texnologiya o'quv jarayonini yanada samaraliroq qilish imkonini beradi.

Tabaqalashtirilgan o'qitish o'quv jarayonining tashkil etishni bu shakli umumiy didaktika tizimiga asoslangan bo'lib, maxsus tashkil ettirilgan talabalarning gomogen guruhlarida, o'quv jarayonini maxsuslashtirishni ta'minlaydi.

O'qitishni tabaqalash (bu tushuncha o'qitish jarayonini o'zi bilan bog'liq) - uslubiy, psixologik-pedagogik va tashkiliy-boshqaruv tadbirlar majmuasi asosida tuzilgan turli xildagi gomogen guruhlarda o'qitish uchun turli xil shart-sharoitlarni yaratish demakdir.

Pedagogika nazariyasi pedagog olimlar tomonidan tabaqalashtirilgan ta'limning ikki xil turini qayd etadi:

1. Darajali tabaqalashtirish.

2. Ixtisoslashtirilgan tabaqalashtirish.

Darajali tabaqalashtirish ikki turga bo'linadi:

1. Individual ta'lim. Bunda o'quvchilarning qobiliyati va imkoniyatlariga qarab ularning har biri bilan alohida-alohida ish olib boriladi.

2. Guruhli ta'lim. Bunda o'quvchilarning qobiliyati va imkoniyatlariga qarab ularni ikki va undan ortiq guruhlarga ajratib o'qitiladi.

Ixtisoslashtirilgan tabaqalashtirish esa u yoki bu fanni chuqur o'rgatish, o'zlashtirishga qaratilgan bo'ladi.

Pedagog kadrlarning mustaqil o'zini o'zi shaxsiy va kasbiy rivojlantirish motivlarini rag'batlantirish, kasbiy mahorati diagnostikasi va bilim ko'rsatkichlarini baholash natijalariga muvofiq kasbiy bilimlar, ko'nikmalar va mahoratlarni muntazam ravishda yangilab borish uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonlarining maqsadi hisoblanadi.

Pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish kurslarida zamonaviy ta'lim yondshuvlarining dolzarbligi quyidagilarda o'z aksini topadi:

- jahon miqyosida ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda zamonaviy ta'lim yondashuvlaridan foydalanishga bo'lgan ehtiyojning kuchayib borayotganligi;

- o'quvchilarning ehtiyojlari, qiziqishlari, layoqatlari, hamda bilimlarini o'zlashtirish darajasini hisobga olgan holda ta'lim jarayonini pedagogic texnologiyalar asosida tashkil etishga e'tiborning oshayotganligi;

- maktab jamoasi va o'quv jarayonini samarali boshqarishda, har bir pedagog xodim bilan muloqot qilish;

- har bir o'qituvchining qobilyatidan kelib chiqib, vazifalarni to'g'ri taqsimlash kabilarda aksini topadi va shu bilan birga o'quv - tarbiya jarayonlarida yuqori natijalarga erishishini kafolatlaydi.

Bugungi kunda pedagogika fani oldida tabaqalashtirilgan ta'limning ilmiy asoslarini yaratish, o'quvchilarni tabaqalashtirib o'qitish jarayonini nazariy metodik jihatdan ta'minlash, tabaqalashtirib o'qitishni tashkil etish shakl, metod, vosita va texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliy faoliyatga joriy qilish kabi muhim masalalar ko'ndalang turibdi va ular o'z yechimini kutmoqda1.

Buning uchun ta'lim jarayonida quyidagi ishlar amalga oshirilishi zarur:

• o'qituvchilar shaxsiga individual yondashuv asosida tabaqalashtirib o'qitish sohasidagi ilg'or tajribalarni o'rganish, umumlashtirish va amaliyotga joriy etish mexanizmini ishlab chiqish;

1 Safarova R. Tabaqalashtirilgan ta'limga o'tishning ayrim masalalari // «Umumta'lim maktablarida tabaqalashtirib o'qitish muammolari» Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. T.: O'zPFITI. 2003. - B.124-127.

• tabaqalashtirib o'qitishning ijtimoiyiqtisodiy, umumdavlat miqyosidagi ahamiyatini aniqlash;

• tabaqalashtirib o'qitish jarayonining pedagogik jihatdan yaxlitligini ta'minlashga yo'naltarilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish:

• tabaqalashtirib o'qitishning yo'nalishlari, mazmuni, shakli, vosita va metodlarini anglash;

• individual yondashuv asosida guruhlangan jamoalarga ta'lim berish jarayonida ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil etish yo'llarini ishlab chiqish;

• tabaqalashtirib o'qitish jarayonida o'qituvchilar ish faoliyatini tashkil etishning o'ziga xos nazariy-metodik keyslarini yaratish;

• individual yondashuv asosida tabaqalashtirib o'qitishning tashkiliy shakllarini davlat ilm-fani, ishlab chiqarishini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim nazariyasi va strategiyasini ishlab chiqish;

• o'qituvchi shaxsiy qobiliyati, iqtidori, qiziqishlarini rivojlantirishga va muayyan maqsadga yo'naltirishga xizmat qiladigan ta'lim-tarbiya nazariyasini yaratish kabilar.

Tabaqalashgan ta'lim dasturlari maktablar va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining pedagog kadrlari uchun alohida ishlab chiqiladi.

Tabaqalashgan ta'lim dasturlari pedagog kadrlarning kasbiy mahorati diagnostikasi va bilim ko'rsatkichlarini baholash natijasida aniqlangan ehtiyojlarga mos modullar majmuasini o'z ichiga oladi.

Shunday qilib, yuqoridagi muammo va qiyinchiliklarni bartaraf etish orqali, tabaqalashtirib o'qitish natijasida, shaxs mehnatining samaradorlik darajasi ortadi, ilm-fan va ishlab chiqarish malakali kadrlarning samarali ishtiroki evaziga rivojlanadi. Tabaqalashtirib o'qitishning mazmuni, shakli, vositalari, amalga oshirish metodlari, pedagogik hamda psixologik asoslarini aniqlash, uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini belgilash hamda rivojlangan mamlakatlarning o'qituvchilarga tabaqalashtirib o'qitishni tashkil etish sohasidagi ilg'or tajribalarini o'rganish, umumlashtirish hamda tabaqalashtirib o'qitishga oid ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 yanvardagi "Xalq ta'limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo'llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 4963-sonli qarori.

2. Abdalova S., Mavlyanov A. Mustaqil ta'limni tashkil etish texnologiyasi. O'quv qo'llanma. -Toshkent: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2009.- 104 b.

3. Jo'raev R.H. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" asosida umumiy o'rta ta'lim maktablarida tabaqalashtirilgan ta'limni joriy etish muammolari // "Umumta'lim maktablarida tabaqalashtirib o'qitish muammolari" Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. T.: O'zPFITI. 2003. - B.3-8.

4. Sattorov E.N. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida tabaqalashtirib o'qitishning tashkiliy jihatlari // "Umumta'lim maktablarida tabaqalashtirib o'qitish muammolari" Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. T.: O'zPFITI. 2003. B.118-121.

5. Safarova R. Tabaqalashtirilgan ta'limga o'tishning ayrim masalalari // "Umumta'lim maktablarida tabaqalashtirib o'qitish muammolari" Respublika ilmiyamaliy anjuman materiallari. T.: O'zPFITI. 2003. - B.124-127.

6. Yuldoshev J. Yangi pedagogik texnologiya: yunalishlari, muammolari, yechimlari. «Xalq ta'limi», 1999 yil, 4-son, 4-11 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.