UZLUKSIZ TA'LIM TIZIMIDA YOSHLAR DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHGA TIZIMILI YONDOSHUV
Humoyun Samad o'g'li Ergashev
O'zMU doktoranti
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada uzluksiz ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchi-yoshlarning fikrlash, dunyoqarashini shakllantirish, shuningdek, yoshlarning fikrlash tafakkurini shakllantirishga tizimli yondoshuv, hamda ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarida yoshlarni keng dunyoqarashli komil insonni tarbiyalashda davlat dasturlarining ahamiyati tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: ta'lim, jarayon, ta'lim jarayoni, dunyoqarash, fikir, fikrlash, mantiqiy fikrlash, tizimli yondoshuv, davlat dasturlari
АННОТАЦИЯ:
В данной статье в процессе непрерывного образования и обучения рассматривается формирование мышления и мировоззрения студентов и молодежи, а также системный подход к формированию мыслительного мировоззрения молодежи, а также значение Проанализированы государственные программы по воспитанию молодежи на всех уровнях системы образования как совершенной личности с широким мировоззрением.
Ключевые слова: образование, процесс, образовательный процесс, мировоззрение, идея, мышление, логическое мышление, системный подход, государственные программы.
ABSTRACT:
In this article, in the process of continuous education and training, the formation of the thinking and worldview of students and young people, as well as the systematic approach to the formation of the thinking mindset of young people, as well as the importance of state programs in educating young people at all levels of the educational system as a perfect person with a broad worldview analyzed.
Keywords: education, process, educational process, worldview, idea, thinking, logical thinking, systematic approach, state programs
Jamiyat istiqboli va ravnaqi uchun mas'ul bo'lgan har bir davlatda ta'lim tizimini rivojlantirish milliy siyosatning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida e'tirof
April 24, 2024
845
National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences
Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук
^'zbekiston^Hljy
etiladi. Binobarin, jamiyat ravnaqi va istiqboli bugun ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan o'quvchi, talabalarning ma'naviy-axloqiy yetukligi, intellektual salohiyatiga bog'liq. Shu bois O'zbekiston mustaqilligining ilk yillaridayoq ta'lim tizimini zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish, mazmunan yangi, ilg'or g'oyalar bilan boyitish, o'qitish jarayonini takomillashtirishga davlat miqyosida alohida e'tibor qaratildi. Keyingi yillarida qabul qilingan milliy qonunchilikka oid hujjatlar sirasida O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni(2020-yil), «Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi Qonuni(2016), O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» 2021 yil 13 iyuldagi PF-6260-son Farmoni mavjud bo'lib, unda ta'lim tizimini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etishning huquqiy asoslari bayon etib berilgan edi.
Uzluksiz ta'lim tizimi - bu o'zaro mantiqiy izchillik asosida, oddiydan murakkabga tomon rivojlanib boruvchi, bir-biri bilan bog'langan bosqichlardan iborat bo'lib, shaxsga ta'lim berish, unda ma'naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo'naltirilgan tarkibiy va tashkiliy elementlar majmuasi sanaladi.[1.43] Bugungi kunda mamlakatimizda 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi bo'yicha yuzda maqsad asosida barcha soha va tarmoqlarda ulkan o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish yo'nalishida 71-maqsad Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan "Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari" g'oyasini keng targ'ib etish orqali jamiyatda sog'lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish marrasi belgilab olingan.[2.] Ushbu maqsad erishish uchun "Yangi O'zbekiston — ma'rifatli jamiyat" konsepsiyasini amalga oshirish, Aholi o'rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo'yicha huquqiy-ma'rifiy tadbirlarni xalqimizning boy tarixi, ilmiy-madaniy merosi, milliy-diniy qadriyatlarni o'rgatish bilan uyg'un holda tashkil qilish, Targ'ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning ta'sirchan, kreativ va innovatsion uslublarini ishlab chiqish hamda ularni o'z vaqtida amalga oshirish choralarini ko'rish, O'zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma'naviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish hamda rivojlantirishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, Oila, ta'lim tashkilotlari va mahallalarda ma'naviy tarbiyaning uzviyligini ta'minlash, Ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda xolis axborotlarni o'z vaqtida berib borish orqali yolg'on ma'lumotlar tarqalishining oldini olish, "Mahalla — tuman — viloyat — respublika" prinsipi asosida hududlar kesimida ijtimoiy-ma'naviy muhitni
April 24, 2024
846
optimallashtirish xaritasini shakllantirish, bu jarayonga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, Ma'naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish, Maktablarni chinakam ma'naviyat va ma'rifat, madaniyat o'chog'iga aylantirish uchun ta'lim-tarbiyaning interaktiv usullarini qo'llash, Mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g'oya asosida birgalikda kurashish, oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlash va shu asosda ma'naviy tarbiyaning uzviyligini ta'minlash ko'nikmasini shakllantirish, "Yoshlar — Yangi O'zbekiston bunyodkorlari" shiori ostida "Yangi O'zbekiston — Uchinchi Renessans" g'oyasining ro'yobga chiqarilishini ta'minlash kabi vazifalarni amalga oshirish. O'zbekiston Respubliksi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi "O'zbekiston — 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi PF-37-sonli farmoni bilan tasdiqlangan "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturining "O'zbekiston — 2030" strategiyasining 42-maqsadi ya'ni yoshlarni zamonaviy sog'lom dunyoqarashini shaklantirish uchun Yoshlar orasida ilmiy-ratsional dunyoqarashning sayozlashganligi, ular orasida ilmiy tadqiqot va ilmiy izlanishlarga qiziqishni oshirish maqsadida ilmiy-ommabop nashrlar soni va sifatini oshirish maqsadida ilmiy qarashlar va bilimlarni sodda tilda ilmiy-ommabop formatda internet nashr, kitob, jurnal, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa, kanallarda chop etish va e'lon qilishga jalb etishga imtiyozlar tizimini yaratish masalasini ko'rib chiqish, shuningdek har bir aniq, tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar yo'nalishi doirasida yoshlar va keng aholi uchun mo'ljallangan elektron jurnallari va ularning barcha mashhur ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini tashkil etish va ilmiy-ommabop formatda nashrlar soni va sifatini oshirish, mazkur yo'nalishda tashkiliy-moliyaviy rag'batlantirish tizimini joriy etish kabi muhim vazifalar belgilab berildi.[3.] Ushbu vazifalar jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an'analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma'naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ularning qalbida ona Vatanimiz hamda xalqimizga muhabbat va sadoqat tuyg'usini kuchaytirish, barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan yoshlarni keng dunyoqarashini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarori bilan "Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar" dasturi bilan Yuksak ma'naviyatli, qat'iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega bo'lgan fidoyi va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash yo'nalishida bir qator yoshlar dunyoqarashga shakllantirishga
April 24, 2024
847
oid tadbirlar belgilab berildi.[4.] O'quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda, haftaning bir kunini «O'zini o'zi rivojlantirish kuni» deb e'lon qilish va mashg'ulotlarni tashkil etish va o'tkazish, O'quvchilar tomonidan ishlab chiqilgan ishlanmalar va ijod namunalari ko'rgazmalarini tashkil etish hamda ularni rag'batlantirish, Ommaviy axborot vositalari, kino, teatr va musiqa san'atida yoshlar o'rtasida xalqimiz ma'naviyatini, milliy istiqlol g'oyasini targ'ib qilishga, bugungi islohotlarning mohiyatini yoritishga qaratilgan tizimli ishlarni tashkil etish, Yoshlarga har tomonlama o'rnak bo'ladigan «Zamonamiz qahramoni» obrazlarini yaratish va targ'ib qilish, «Men nechun sevaman O'zbekistonni» mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini (insho yozish, she'riyat, rassomchilik va boshqalar bo'yicha) har yili o'tkazish, Ta'lim muassasalarida yoshlar teatr studiyalarini tashkil etish, Yoshlarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tabiiy va texnik fanlarga bo'lgan qiziqishini qo'llab-quvvatlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha bilimini oshirishga qaratilgan ilmiy-ommabop «Intellektual taraqqiyot» televizion ko'rsatuvini tashkil etish, Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida fanlarni namunali o'zlashtirayotgan, ijobiy xulq-atvorini namoyon etgan yoshlarni rag'batlantirish tizimini joriy etish, ularning yutuqlarini ommaviy axborot vositalarida boshqalarga o'rnak sifatida targ'ib qilish, Yoshlar o'rtasida milliy g'oyani targ'ib qilish, ularda davlat ramzlari va milliy qadriyatlarga hurmat hissini uyg'otish, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish kabi ma'naviy ma'rifiy tadbirlar o'quvchi yoshlarni dunyoqarashni shaklantishda davlat dasturlarining ahamiyati dolzarb hisoblanadi. Uzluksiz ta'lim tiziming barcha bog'inlari maktabgacha ta'lim, maktab ta'limi, o'rta maxsus ta'lim, oliy ta'lim jarayonlarida yoshlarda sog'lom dunyoqarashni shaklantirishga tizimli yondoshish uchun tegishli davlat dasturlari orqali belgilash, ijrosi bo'yicha ma'sul shaxslarni ma'suliyatini oshirish zarur. Biz ta'lim tizimning barcha bog'inlarida yoshlarni dunyoqarashini shaklantirish uchun quyidagi takliflarni bildiramiz.
1. Maktab ta'lim muassasalarida o'quvchi yoshlar uchun ularning ijtimoiy faoligini oshirish orqali keng dunyoqarash shakllantirishga erishish.
2. O'rta-maxsus muassasaarida yoshlarni kasb-hunarga o'qitishni amaliyot joylarida bevosita olib boorish orqali ilmiy bilimlarini rivojlantirish orqali kasbiy dunyoqarashini shaklantirish.
3. Oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun muataqil ta'lim uchun berilgan vazifalarini asosan ilmiy tadqiqotga oid topshirishar bilan to'ldirish orqali ularda ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish.
848
April 24, 2024
Xulosa qilib aytganda, uzluksiz ta'lim tizimida yoshlar dunyoqarashni shakllantirishga tizimili yondoshish orqali kutilgan masqadlar erishish uchun ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarni rivojantirish lozim deb hisobaymiz.
REFERENCES:
1. Хдсанбоев Ж., Туракулов Х. бошкалар. Педагогика фанидан изошли лугат. Тошкент "Fan va texnologiya"нашриёти. 2009 йил
2. Абдурасулов А., Ахмедов А.ва бошкалар. Маънавият асосий тушунчалар лугати. Тошкент - 2009 йил
3. Узбекистон миллий энциклопедияси. Т.: 2003. 6 tom, 542- bet.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining , 28.01.2022 yildagi "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2024 yildagi "O'zbekiston — 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi PF-37-son Farmoni. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 23.02.2024-y., 06/24/37/0146-son; 03.04.
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston — 2030" strategiyasi to'g'risida" gi Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-son2024-y., 06/24/55/0263-son
849
April 24, 2024