Научная статья на тему 'UYDA YAKKA TARTIBDA TA’LIM OLAYOTGAN BOLALARNING IJTIMOIY MOSLASHUVINI SHAKLLANTIRISH UCHUN IJTIMOIYPEDAGOGIK YORDAMNING ZARURATI'

UYDA YAKKA TARTIBDA TA’LIM OLAYOTGAN BOLALARNING IJTIMOIY MOSLASHUVINI SHAKLLANTIRISH UCHUN IJTIMOIYPEDAGOGIK YORDAMNING ZARURATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
imkoniyati cheklangan / uyda yakka tartibdagi ta’lim / ta’lim olish / o‘qituvchi / ijtimoiy moslashuv / ijtimoiy-pedagogik yordam / qo‘llabquvvatlash / shaxsiy xususiyatlar. / disabled / individual education at home / education / teacher / social adjustment / socio-pedagogical support / support / personal characteristics.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Qodirova N.R.

Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash hamda ularning ta’lim olishlari uchun zarur sharoit yaratish, ularning ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini, o‘zini namoyon qilish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni mustaqil ravishda yengishini ta'minlash, o‘zo‘zini anglash va ijtimoiylashuvni rag‘batlantiradigan tegishli vaziyatlarni yaratish, ijtimoiy moslashuvini shakllantirish uchun ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatish kabilar haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE NEED FOR SOCIAL-PEDAGOGICAL ASSISTANCE TO FORM THE SOCIAL ADJUSTMENT OF CHILDREN EDUCATED INDIVIDUALLY AT HOME

This article provides the rights of children with disabilities to individual education at home and creates the necessary conditions for their education, their prospects for social development, self-expression, and identification of possible social problems. and ensuring that they overcome them independently, creating appropriate situations that encourage self-awareness and socialization, providing social-pedagogical support for the formation of social adaptation, etc.

Текст научной работы на тему «UYDA YAKKA TARTIBDA TA’LIM OLAYOTGAN BOLALARNING IJTIMOIY MOSLASHUVINI SHAKLLANTIRISH UCHUN IJTIMOIYPEDAGOGIK YORDAMNING ZARURATI»

Qodirova N.R.

Andijon davlatpedagogika instituti o'qituvchisi

UYDA YAKKA TARTIBDA TA'LIM OLAYOTGAN BOLALARNING IJTIMOIY MOSLASHUVINI SHAKLLANTIRISH UCHUN IJTIMOIY-PEDAGOGIK YORDAMNING ZARURATI

Annotasiya. Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarning uyda yakka tartibda ta'lim olishga bo'lgan huquqlarini ta'minlash hamda ularning ta'lim olishlari uchun zarur sharoit yaratish, ularning ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini, o'zini namoyon qilish, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni mustaqil ravishda yengishini ta'minlash, o'z-o'zini anglash va ijtimoiylashuvni rag'batlantiradigan tegishli vaziyatlarni yaratish, ijtimoiy moslashuvini shakllantirish uchun ijtimoiy-pedagogik yordam ko'rsatish kabilar haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: imkoniyati cheklangan, uyda yakka tartibdagi ta'lim, ta'lim olish, o'qituvchi, ijtimoiy moslashuv, ijtimoiy-pedagogik yordam, qo'llab-quvvatlash, shaxsiy xususiyatlar.

Kadirova N.R. teacher

Andijan State Pedagogical Institute

THE NEED FOR SOCIAL-PEDAGOGICAL ASSISTANCE TO FORM THE SOCIAL ADJUSTMENT OF CHILDREN EDUCATED INDIVIDUALLY AT HOME

Abstract. This article provides the rights of children with disabilities to individual education at home and creates the necessary conditions for their education, their prospects for social development, self-expression, and identification of possible social problems. and ensuring that they overcome them independently, creating appropriate situations that encourage self-awareness and socialization, providing social-pedagogical support for the formation of social adaptation, etc.

Key words: disabled, individual education at home, education, teacher, social adjustment, socio-pedagogical support, support, personal characteristics.

KIRISH

Jamiyatimizda nogironligi bo'lgan bola tug'ilsa, uni tug'ilganidan boshlab ijtimoiy hayotga moslashtirish, avvalo maktabgacha ta'lim bosqichiga, umumiy o'rta ta'lim, so'ngra Oliy ta'lim muassasalarida tahsil olishiga erishish va amalga oshirish uchun mutaxassislar, psixolog, nevropatolog, nogironlik turiga qarab oligofrenopedagog, tiflopedagog yoki logoped biriktiriladi. Bu mutaxassislar bola

hayotining dastlabki kunlaridan boshlab bola bilan shug'ullanishadi va uni ijtimoiy muhitga har tomonlama moslashtirib boradilar. Respublikamiz xalq ta'limi tizimida imkonniyati cheklangan bolalarga ta'lim berishning uyda yakka tartibdagi ta'lim shakli mavjud. Uyda yakka tartibda ta'lim olish jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan, uzoq vaqt davolanishga muhtoj va tibbiy xulosasiga ko'ra doimiy yoki vaqtincha maktabga qatnay olmaydigan bolalar uchun tashkil etiladi. Sog'liqning buzilishi bolalarning shaxsiyatida o'z izini qoldiradi: birinchi navbatda, sog'lig'ining cheklanganligi kasbiy o'zini o'zi belgilashga va mehnat faoliyatini amalga oshirishga ta'sir qiladi. Patologiyaning mavjudligini bilish o'z qobiliyatlarini, intilishlar darajasini, tashabbusning yetishmasligi va bunday bolalarning mustaqilligini yetarli darajada baholamaslikka olib keladi. Hissiy sohaning rivojlanishida buzilish mavjud bo'lib, bu ijtimoiy moslashuv, ta'lim olish va kasbiy faoliyatga qiziqishning yetishmasligida namoyon bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-4860 son "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilingan bo'lib, Bunda jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo'lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta'lim berish tartibini belgilaydi. Uyda yakka tartibda ta'lim berish o'quvchilarning ta'lim olishga bo'lgan huquqlarini ta'minlash hamda ularning ta'lim olishlari uchun zarur sharoit yaratish asosiy maqsadi ekanligi ko'rsatilgan. Ozbekistonda uy ta limiL.Nurmuxamedovaning "Oilada nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari" mavzusidagi tadqiqotida hamda M.X.Jo'raxo'jayevning "Imkoniyati cheklangan bolalarning uyda yakka tartibdagi ta'limi samaradorligini oshirish mexanizmlari" mavzusidagi tadqiqotilarida tadqiq etilgan.

MUHOKAMA

Uyda yakka tartibdagi ta'limda pedagogik ishlar o'quvchi hayotining ijtimoiy, hissiy, kognitiv sohalariga hamda o'z-o'zini anglashiga qaratilishi zarur. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun uyda ta'limning integratsiyalashgan tizimini amalga oshirishda butun ta'lim davrida bolaning rivojlanishi uchun psixologik, tibbiy va pedagogik yordam doimiy kerak [9; 36-b].

Bilish faoliyatini rivojlanmay qolishi, aqli zaiflikni asosiy belgisi hisoblanadi. Bu buzilish birinchi o'rinda voqelikni aks ettirishga sezgi va idrokka taalluqli. Nerv sistemasi buzilgan bolalarda bu psixik funksiyalar, sekin va bir qator xususiyat hamda kamchiliklar bilan shakllanadi. Bu xususiyatlar o'qish jarayonida aniq namoyon bo'ladi: bilib olish suratini sekinligi, grafikasi o'xshash harflarni, raqamlarni, predmetlarni, talaffuzi o'xshash tovush va so'zlarni aralashtirib yuborish bularga misol bo'la oladi [10; 319-325-b].

Uyda ta'lim olayotgan imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy moslashuvi - bu turli xil yashash muhitiga moslashishning ijtimoiy ijobiy

tajribasini, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan yutuqlarga erishish jarayonida o'zini namoyon qilish va o'zini o'zi anglash tajribasini to'plash qobiliyatini belgilaydigan integral shaxsiy ta'lim hisoblanadi. Bunday moslashuvchanlik uyda ta'lim olayotgan imkoniyati cheklangan bolaga o'z kasbini tanlashda va keyinchalik kasbni egallashda muvaffaqiyatli o'zini o'zi belgilashga, mustaqil hayotda o'zini ijobiy va shaxsan namoyon etishga imkon beradi. Imkoniyati cheklangan bolalarni uyda o'qitish ularning ijtimoiylashuviga ta'sir qiladi hamda oilalar va bolalar uchun ijtimoiy xizmat ko'rsatish muassasalari mutaxassislaridan ijtimoiy va pedagogik yordam talab qiladi. Bunday qo'llab-quvvatlash bolalar haqida bilish, ularning ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini, o'zini namoyon qilish, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ijtimoiy muammolarni bashorat qilish va ularni mustaqil ravishda yengishini ta'minlash, o'z-o'zini anglash va ijtimoiylashuvni rag'batlantiradigan tegishli vaziyatlarni yaratishning maqsadga muvofiq jarayonidir. Uyda ta'lim olayotgan bolalarning ijtimoiy moslashuvini shakllantirishni ijtimoiy-pedagogik qo'llab-quvvatlash shaxsga yo'naltirilgan yondashuvga asoslanadi. Ushbu yondashuvning mohiyati bolalarning ijtimoiy o'ziga xosligini, ularning sotsializatsiya ehtiyojlarini, ta'lim va tarbiya muhitini, shuningdek, jamiyatga integratsiyalashuv istiqbollarini to'liq hisobga olishdan iborat.

Uyda ta'lim olayotgan bolalarning ijtimoiy moslashuvini shakllantirishni ijtimoiy-pedagogik qo'llab-quvvatlashning muvaffaqiyati uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlar majmui quyidagilarni o'z ichiga oladi:

har bir bolaning shaxsiyatini shakllantirishni qo'llab-quvvatlash strategiyasini belgilash jarayonida uning individual o'ziga xosligini hisobga olish, ijtimoiy moslashuv;

imkoniyati cheklangan bola oilasining mutaxassislar bilan munosabatda ochiqligi;

turli hayotiy vaziyatlarda bolalarning ijtimoiy moslashuvining rag'batlantiruvchi ko'rinishlari;

uyda ta'lim beruvchi o'qituvchining imkoniyati cheklangan bola, uning oila a'zolari va maktab pedagoglari bilan o'zaro munosabatlarida hamkorlik va sheriklik;

uyda ta'lim beruvchi o'qituvchining, mutaxassislarining ijtimoiy-pedagogik yordamga tayyorligi [3; 4-5-b];

Ota-onalar zarur imkoniyatlarni yaratib, tegishli soha mutaxassislari bilan birgalikda hamkor bo'lib ishlarni amalga oshirish, bolaning imkoniyatlariga loyiq turli faoliyatlarga jalb etish, uning psixologik-fiziologik, jismoniy va aqliy rivojlanishiga munosib hissa qo'shish bilan korreksiyalash ishlarini samarali amalga oshirish uchun eng muhim zaminni vujudga keltiradi. Bu o'rinda, shifokor-pedagog-psixolog va ota-ona hamkorligi ilmiy asosda, barcha psixologik-fiziologik jarayonlarni to'g'ri hisobga olib tashkil etilsa, yuqori natijalarga erishish kafolatlanadi.

Dars mashg'ulotlaming davom etishi bajariladigan faoliyatlaming murakkablik darajasiga, o'quvchining shu darsni o'zlashtirish vaqtidagi sog'lig'i va psixik holati hamda jismoniy imkoniyatlariga bog'liq. Ushbu jarayon o'rganilayotgan mavzuning murakkablik darajasiga qarab 5-10 daqiqadan 20-25 daqiqagacha o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Imkoniyati cheklangan uyda yakka tartibdagi ta'limga jalb etilgan o'quvchilarning aksariyatida tez toliqish, diqqatining tarqoqligi, turli xil salbiy xatti-harakatlar paydo bo'ladi. Bunday holatlarni oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, psixonevrologik rivojlanishda kamchiligi bo'lgan o'quvchilarning foydali ish koiffitsyenti darajasini oshirish o'z vaqtida dam olish daqiqasini o'tkazish va turli faoliyat turlarini almashtirish orqali amalga oshiriladi. Dam olish daqiqasi butunlay o'quvchining holatiga bog'liqdir. Agar kerak bo'lsa, dars davomida istalgan vaqtda yoqilishi mumkin. Dars va mashg'ulotlar davomida foydali ish koiffitsyentini maqbul darajasini saqlab qolish uchun o'quvchilar miya katta yarimsharlarining funksional holatini tezroq tiklashga qaratilgan turli tadbirlardan foydalanishlari; ta'limga qiziqishni faollashtirish va oshirish maqsadida tuzatuvchi o'yinlar va mashqlar ko'ngilochiq tomoshalardan foydalanishlari maqsadga muvofiq hisoblanadi [10; 319-325-b].

F.I.Kevlyaning fikriga ko'ra "...o'quvchilarning indidual xususiyatlarini o'rganish uning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadigan pedagogik yo'l yo'riqlar, usul va vositalarni to'g'ri tanlash imkoniyat yaratadi. O'qituvchi xuddi psixolog kabi o'quvchi bilan o'zaro munosabatlar strategiyasi va taktikasini to'g'ri aniqlashi uchun o'quvchilarning har tomonlama diognostikasidan ma'lumotlar to'plashi kerak" [9; 40-b].

NATIJA

Uyda ta'lim olayotgan bolalarning ijtimoiy moslashuvini shakllantirishni ijtimoiy-pedagogik qo'llab-quvvatlash quyidagi tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi:

ijtimoiy individual ahamiyatga ega muammolarni aniqlash (bolalar rivojlanishining o'ziga xosligi, ijtimoiylashuvi, ularning ijobiy va salbiy xususiyatlari, ijtimoiy moslashuvning shakllanishiga sezilarli ta'sir qiladi va ular bilan ijtimoiy-pedagogik ishlashda e'tiborga olishni talab qiladi;

bolalar hayotning turli sohalarida o'zini namoyon qilish jarayonida duch kelishi mumkin bo'lgan haqiqiy qiyinchiliklar, ularni yengish jarayonida ular ijtimoiy-pedagogik yordamga muhtoj bo'ladi;

rag'batlantirishga qaratilgan bolaning xatti-harakati va o'zini namoyon qilish istiqbollarini bashorat qilish usullari, shuningdek, rivojlanish holatlarida o'zini o'zi anglashda eng munosib yordam bo'lgan qo'llab-quvvatlashni ko'rsatish;

bolaning individual muhim ijtimoiy muammolarini mustaqil ravishda yengishini ta'minlash (yordam, qo'llab-quvvatlash, rag'batlantirish, o'qitish, mashq qilish, maslahat berish va boshqalar);

bolalarning ijtimoiy moslashuvini shakllantirish samaradorligini baholash (ijtimoiy ahamiyatga ega shaxsiy fazilatlar, kasbiy yo'nalishni shakllantirish monitoringi).

O'qituvchilarning faoliyatida og'zaki nutqdan tashqari boshqa aloqa vositalariga ega bo'lishi ham alohida ahamiyatga egadir. Bunday aloqalarga jismoniy va vizual aloqalar - o'quvchining boshini silash, qo'llarini ushlash, yelkalarini quchoqlash kiradi. O'qituvchilar bunday harakatlarni yurakdan chiqarib bajarsa o'quvchilar ularni juda aziz inson deb qabul qiladilar [9; 41 -b].

Muloqot va hamkorlik uyda yakka tartibdagi ta'lim jarayonida yo'naltiruvchi hamda rag'batlantiruvchi omil sifatida qaraladi. Darslarni olib borishda ijobiy munosabatni shakllantirish uchun o'quvchining dunyosiga yo'l topa bilish, quvonch-u qayg'usiga sherik bo'lish, ishonchini oqlay bilish lozim.

0.N.Maikina quyidagini ta'kidlagan edi: "Siz har doim o'zingizning xatti-harakatlaringizni eslab qolishingiz kerak, chunki o'quvchi uchun o'qituvchi nafaqat do'st, maslahatchi, balki adolatning tirik timsoli" [9; 42 -b].

O'qituvchi o'quvchining individual psixologik, shaxsiy xususiyatlarini, vazifalarning tabiatini yaxshi bilishi orqaligina ushbu muhim masalada muvaffaqiyatga erishishi mumkin. O'qituvchi har doim o'quvchining shaxsiy xususiyatlarini tahlil qilganda unga yaxshi munosabatda bo'lishi uchun asos topa olishi kerak. O'qituvchi o'quvchiga o'qitish faoliyatida haqiqiy muvoffaqiyatga erishishiga yordam berishga qodir bo'lishi lozim. Bunga erishish uchun o'qituvchi o'quvchiga ijobiy, do'stona hamda xayrixoh munosabatni yaratishga intilishi yaxshi natija beradi. XULOSA

Uydagi ta'lim bolalarning bilim olish huquqlarini ta'minlash va ularning ta'lim olishi uchun kerakli shart-sharoitlarni yo'lga qo'yish maqsadini ko'zda tutadi. O'quvchilar dunyoqarashi va tasavvurini shakllantirish, fanlar bo'yicha bilim, hayotiy ko'nikma hamda malakalarni singdirish, axloqiy-ma'naviy jihatdan tarbiyalash, mehnatga tayyorlash kabi va boshqa vazifalarni bajaradi. Aqliy, jismoniy va psixik rivojlanishi muammoli bolalar ta'limning qay bir shakli, turiga jalb qilinmasin, ularga mos yondashuvlarni tanlash o'ziga xos murakkab, shuningdek, kompleks chora-tadbirlarni taqazo qiluvchi jarayon hisoblanadi. Bunday chora-tadbirlarni samarali yo'lga qo'yish uchun pedagog o'zi ta'lim berayotgan o'quvchining shaxsiy, tibbiy, psixologik hamda pedagogik o'ziga xosliklari borasida ma'lumotlarni bilishi zarur. Ijtimoiy-pedagogik yordam ortiqcha himoya bilan almashtirilmasligi kerak, balki bolaning o'zini namoyon qilishini rag'batlantirishga, yuzaga keladigan ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga va jamiyatga integratsiyalashuvi uchun zarur bo'lgan o'zini o'zi anglash tajribasini to'plashga qaratilgan bo'lishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

to'g'risida" 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-4860 son qarori// O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2021-yil 12-oktabr, 638-son.

2. Рыжова, Ольга Семеновна. Социально-педагогическое проектирование надомного обучения детей с ограниченными возможностями здоровья: дис... кандидат педагогических наук. - Ростов-на-дону. 2003. 241 с.

3. Попова, Людмила Григорьевна. Сойиально -педагогическое сопрования формирования социальной адаптивности подростков, обучающихся на дому, в условиях учреждения социального обслуживания семьи и детей: дис. кандидат педагогических наук. Москва. 2009. 246 с.

4. Кевля Ф.И. Психолого-педагогический консилиум как средство прогнозирования личностного развития ребёнка // Вестник психо социалъной и коррекционно-реабилитационной работы. 1996. - №3. - С. 5058.

5. Куликова Т.А. Семейная педагогика и домашнеевоспитание. - М., 2001. -102 с.

6. Mirzaev, O. (2022). THE ROLE OF ETHICS AND AESTHETICS IN THE FORMATION OF ENTREPRENEURIAL RELATIONS BETWEEN INDIVIDUALS. Science and innovation, 1(B6), 125-130.

7. Nargiza, Q. (2022). MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA LOGOPED ISHINING OLIB BORILISHI. PEDAGOGS jurnali, 22(2), 52-54.

8. Журахужаев, М. Х. (2022). ИМКОНИЯТИ ЧЕКЛАНГАН БОЛАЛАР УЙДА ЯККА ТАРТИБДАГИ ТАЪЛИМДА У^УВ ЖАРАЁНИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 295-298.

9. Jo'raxo'jayev M.X., Imkoniyati cheklangan bolalarning uyda yakka tartibdagi ta limi samaradorligini oshirish mexanizmlari: Pedagogika fanlari boyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. - Jizzax - 2023. - 36-bet.

10. Jo'raxo'jayev M.X. Uyda yakka tartibdagi ta'lim o'qituvchisining portreti / "Tilni o'qitish va o'rganishda XXI asr ko'nikmalari" III xalqaro anjuman materiallari. - Jizzax, 2022. - B. 319-325.

11. Мирзаев, О. Х. (2020). Воспитание профессионально-нравственных качеств у будущих молодых фермеров средствами отечественной литературы. Science and Education, 1(2), 508-513.

12. Xusanovich, M. O. (2021). Formation Of Elements Of Entrepreneurial Activity In Pupils Of The Preschool Educational Organization. JournalNX, 1, 265.

13. Khalilkhoja, D. M. (2022, March). PROBLEMS AND SOLUTIONS OF HOME INDIVIDUAL EDUCATORS. In Conference Zone (pp. 315-318).

14. Azimova, Z. E., & KHASANOVA, G. THE WAY OF SCIENCE. THE WAY OF SCIENCE Учредители: Издательство Научное обозрение, (6), 58-59.

15. Азимова, З. Э., & Муллаахунова, Н. М. (2023). РАЗВИТИЕ РЕЧИ УЧАЩИХСЯ 6 КЛАССА УЗБЕКСКИХ ШКОЛ СРЕДСТВАМИ ПРОИЗВЕДЕНИЙ ИСКУССТВА НА УРОКАХ РУССКОГО ЯЗЫКА КАК ИНОСТРАННОГО. Science and innovation, 2(Special Issue 5), 638-641.

16. Азимова, З. Э. (2018). Олий укув муассасаси маънавий-маърифий ишларининг педагогик назария ва амалиётда тутган урни. Современное образование (Узбекистан), (2), 26-35.

17. Gulhayo, M. (2023). TECHNOLOGIES FOR DEVELOPMENT OF GENERAL COMPETENCES OF PRESCHOOL TEACHERS. Science and innovation, 2(B4), 632-634.

18. Mominova, G. (2023). MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARINING UMUMMADANIY KOMPOTENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI. Science and innovation in the education system, 2(2), 122-126.

19. Iminova D. MAKTABGA TAYYORLOV GURUHLARIDA BOLALARNI BILISH JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH //Models and methods in modern science. - 2022. - Т. 1. - №. 17. - С. 54-56.

20. Iminova D. N. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI VA MAKTAB O' RTASIDAGI HAMKORLIKNING AHAMIYATI //Science and Education. -2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 301-303.

21. Iminova D. N. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI VA MAKTAB O' RTASIDAGI HAMKORLIKNING AHAMIYATI //Science and Education. -2021. - Т. 2. - №. 1. - С. 301-303.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.