Научная статья на тему 'UY PARRANDALARI EKTOPARAZIT BO’G’IMOYOQLILARIDAN MATERIAL YIG’ISH VA METODIKASI'

UY PARRANDALARI EKTOPARAZIT BO’G’IMOYOQLILARIDAN MATERIAL YIG’ISH VA METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Parranda / ektoparazit / kanalar / par-patxo'rlar / material yig’ish / metodika

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Omonova Nafisa Raximovna, Bobonazarov Gappar Yadgarovich, Isoqova Zebo Ilyos Qizi

Ushbu maqolada uy parrandalari ektoparazit bo’g’imoyoqlilari faunasi ayrim turlari, ular parrandalarda keltirib chiqaradigan kasalliklar, tashhis qo’yish va bu kasalliklarni qozg’atuvchilaridan yangicha material to’plash va metodikasi keltirilgan. Bu tadqiqot metodlarini amaliyotda keng joriy etish orqali uy parrandalarda parazitlik qiluvchi ektoparazit bo’g’imoyoqlilar faunasi turlari va populyatsiyasi haqida to'liq ma’lumotlar olish imkoniyatlarini oshiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UY PARRANDALARI EKTOPARAZIT BO’G’IMOYOQLILARIDAN MATERIAL YIG’ISH VA METODIKASI»

UDK:595.422

UY PARRANDALARI EKTOPARAZIT BO'G'IMOYOQLILARIDAN MATERIAL

YIG'ISH VA METODIKASI

OMONOVA NAFISA RAXIMOVNA

Qarshi davlat universiteti Zoologiya kafedrasi o'qituvchisi, Qarshi sh. O'zbekiston

BOBONAZAROV GAPPAR YADGAROVICH

Qarshi davlat universiteti Zoologiya kafedrasi mudiri, b.f.n., professor, Qarshi sh. O'zbekiston

ISOQOVA ZEBO ILYOS QIZI

Qarshi davlat universiteti Zoologiya kafedrasi - magistrant, Qarshi sh. O'zbekiston

Annotatsiya. Ushbu maqolada uy parrandalari ektoparazit bo'g'imoyoqlilari faunasi ayrim turlari, ular parrandalarda keltirib chiqaradigan kasalliklar, tashhis qo'yish va bu kasalliklarni qozg'atuvchilaridan yangicha material to'plash va metodikasi keltirilgan. Bu tadqiqot metodlarini amaliyotda kengjoriy etish orqali uy parrandalarda parazitlik qiluvchi ektoparazit bo'g'imoyoqlilar faunasi turlari vapopulyatsiyasi haqida to'liq ma'lumotlar olish imkoniyatlarini oshiradi.

-Kalit so'zlar: Parranda, ektoparazit, kanalar, par-patxo'rlar, materialyig'ish, metodika.

Dunyoning ko'pgina mamlakalarida uy parrandalarida ektoparazit bo'g'imoyoqlilar keltirib chiqaradigan dermanissioz, argazidoz va mallofagoz kabi kasalliklar qayd qilinmoqda. Bu kasalliklarni bo'g'imoyoqli ektoparazitlar keltirib chiqarib, ular orasida Dermanissis gallinae (Dermanissis), Argaspersicus (Argasidae) kanalari vaMenopon gallinae (Mallophoga) par-patxo'ri ko'proq uchraydi, Bu ektoparazitlar bilan uy parrandalari zararlanganda ularda doimiy bezovtalik, allergik reaksiyalar, qichinish kuzatiladi. Parrandalar oriqlab, patlari tusha boshlaydi. Natijada ularni tirik vazn ortishi va tuxum qilishi kamayib ketadi, davolanmasa ayrim jo'jalari nobud bo'ladi [3, 354355 b.; 4, 22-24 b.].

Keyingi paytlarda mamlakatimiz parrandachilik xo'jaliklari va shaxsiy xonadonlar parrandalarida asosan Dermanissis gallinae (Dermanissis), Argas persicus (Argasidae) kanalari va Menopon gallinae (Mallophoga) pat-parxo'rlari tarqalishi kuzatilmoqda [2, 2653-2657 b.]. Lekin parrandalarni bu ektoparazitlar bilan zararlanishini aniqlash, dermanissioz, argazidoz va mallofagoz kabi kasalliklliklariga tashxis qo'yishda ko'proq ananaviy, umumlashgan usullardan foydalanib kelinadi [1, 202 b.]. Bu usullar to'laqonli natijalar bermasligini inobatga olib, tadqiqotchilar tomonidan uy parrandalari ektoparazit bo'g'im oyoqlilari faunasi tur tarkibi, zararlanishini aniqlash bo'yicha ananaviy umumlashgan ussullar bilan birga, ulardan yangicha material to'plash va tadqiqot usullari amaliyotga tavsiya etilmoqda [6, 38-41b.].

Tadqiqot ishining maqsadi parrandachilikka zarar keltiruvchi ektoparazit bo'g'imoyqlilar faunasi turlar tarkibi va ular populyatsiyasini o'rganish uchun tavsiya etilayotgan yangicha materal to'plash va tadqiqot usullarini tavsiflashdan iboratdir.

Umumlashgan an'anaviy usullar. Biz bilamizki parandalarni bo'g'imoyqli ektoparazitlar bilan zararlanishi yilning ma'lum bir fasllarida avj oladi. Shuning uchun parrandachilik xo'jaliklari va shaxsiy xonadonlari parrandalarida ektoparazit bo'g'imoyqlilarni tarqalishi, faunasi turlar tarkibi va ular populyatsiyasini o'rganish bo'yicha tadqiqotlarni asosan bahor va kuz mavsumlarida olib borilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Buning uchun ektoparazit bo'g'imoyqlilar keltirib chiqaradigan kasalliklarga tashxis qo'yish uchun joylardan, kasallik gumon qilingan 5 tadan 10 tagacha parrandalarni ajratib olinadi va ularni akarologik, entomologik tekshiruvdan o'tkaziladi. Ektoparazit bo'g'imoyoqlilarni yig'ish umum qabul qilingan metodlar orqali amalga oshiriladi. Tanlab olingan parrandalar (tovuq, kurka va b.q.) tanasidagi parazitlarni vaqtincha xushsizlantirish uchun sintetik peretroidlar gruppasidan (neostomazan) bo'lgan talk preparati bilan oldindan ishlov beriladi. Parrandalarni oq qog'oz ustiga patini taroqlab, tushgan ektoparazitlar yig'ib olinadi va ichida 70 % li

etil spirit bo'lgan probirkalarga solinadi. Ektoparazit bo'g'imoyoqlilarni har xil substratlarda tarqalishi, individlari soni va miqdorini aniqlash uchun parrandalar saqlanadigan inshoatlar poli, devorlari, shiftlari, ozuqa beriladigan idishlari, navozlari va boshqa joylaridan ham namunalar olinadi. Namuna olish qiyin bo'lgan joylardan (devor va pol yoriqlari va h.k.) esa uchi glitserinli paxta bilan o'ralgan tayoqchalardan foydalaniladi. Ektoparazit bo'g'imoyoqlilarni morfobiologik tuzilishi (10x4,5:HC3(HDCE-X5N trinokulyar mikroskopda) o'rganiladi va rasmga olinadi. Ektoparazit bo'g'imoyoqlilarni turini va miqdorini (ekz/m2) aniqlash tavsiya etilgan metodlardan foydalangan holda amalga oshiriladi [4, 22-24b.; 5, 23 b.].

Yuqoridagi qayd etilgan usullar bilan uy parrandalaridan ektoparazit bo'g'imoyoqlilarni yig'ish uchun birinchi urinishda qo'llanilgan ko'rsatmalar [1, 24-26 b.] sifatli natijalar bermasligi mumkin. Chunki ektoparazitlar gavdasining nihoyatda kichikligi va xo'jayinining tanasida faol harakatchanligi ularni jarohat joylaridan to'g'ridan-to'g'ri to'plashni qiyinlashtirdi. Parranda tanasida ektoparazitlarining soni nihoyatda ko'p bo'lsada, ularni xo'jayin tanasidan pinset yordamida 20-30 daqiqada 1 yoki 2 ta individini ushlab olish mumkin bo'ladi. Biz bilamizki ektoparazit bo'g'imoyoqlilarni bunday yo'l bilan yig'ilgan to'plamlardan, parazitlar faunasi turlar tarkibi va tarqalishi haqida ishonchli ma'lumot olib bo'lmaydi. Shu uchun bizning tadqiqotning maqsadi yangi ishlab chiqilgan ektoparazit bo'g'imoyoqlilardan material to'plash va tadqiqot metodlarini tavsiya etish va amaliyotda keng joriy etish orqali uy parrandalarda parazitlik qiluvchi ektoparazit bo'g'imoyoqlilar faunasi turlari va populyatsiyasi haqida to'liq ma'lumotlar olish hisoblanadi.

Tadqiqotning borishi. Ushbu parrandalar ektoparazit bo'g'imoyoqlilaridan namuna yig'ish usuli nafaqat turlarni o'rganishga asoslangan, balki ular vakillarining xilma-xilligi va ekologik xususiyatlari, turli hasharotlar va kanalar guruhlarining yangi va noyob turlari populyatsiyasini tavsiflash, ektoparazitlarning uy parrandalari va yovvoyi qushlarda parazit hayot kechirish tarzini aniqlashdan iborat.

1-jadval.Tadqiqot uchun kerakli material, jihoz va reaktivlar

№ Materiallar va jihozlar Reaktivlar

1 Oq mato yoki qalin oq qog'oz Glitserin

2 Paxta, jun yoki doka Etil efir (Aether aethylicus)

3 Parazitlarni tarash uchun taroqlar Etil spirti 70% (Spiritus aethylicus)

4 Kattalashtiruvchi lupa

5 Mikroskop

6 Yumshoq cho'tka

7 Yumshoq pinsetlar

8 Buyum va qoplovchi oynalar

9 Rezina tiqinli probirkalar

10 Oddiy qora qalam

11 Polietilen sumka

12 Ish kundaligi

13 Yupqa uchli qaychi

14 Yorliqlar

Parrandalardan ektoparazitlarni yig'ish tartibi. Parrandalardan ektoparazitlarni yig'ish ishini yordamchi bilan birgalikda olib borish maqsadga muvofiqdir. Birinchi navbatda, parrandani kuzatish va dastlabki tekshirishni o'tkazish kerak. Bo'g'imoyoqli ektoparazitlarni parrandalar tanasida joylashishini aniqlash uchun juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerak. Buning uchun parranda tanasining barcha qismlarini tekshiring, qanot va patlariga alohida e'tibor bering. Agar parazitlar aniqlansa, to'g'ridan-to'g'ri ektoparazitlar joylashgan joyiga efir bilan namlangan paxta tamponini (23 gramm) tez va mahkam surting va uni taxminan bir daqiqa ushlab turing. Keyin, xushsizlangan parazitlarni yumshoq pinset bilan yig'ib olish tavsiya etiladi. Xo'jayin tanasining har bir zararlangan qismidan olingan parazitlarni 70 % li etil spirti solingan alohida probirkalarga joylashtiring.

Ektoparazitlarni yig'ishda olingan ma'lumotlarni ish kundaligida qayd etiladi. Ektoparazitlar solingan probirkalarga alohida tegishli yorliqlar yopishtiriladi.

Parrandalarda ektoparazitlar taksonomik guruhlari, turlari, individlari soni va populyatsiyasini aniqlash uchun parrandalar gavdasi (katta-kichikligiga qarab) tegishli o'lchamdagi polietilen to'rvaga (paketga) joylashtiriladi va parrandaning boshi to'rvadan tashqariga chiqarib qo'yiladi. To'rvaga parrandani joylashtirishdan oldin, unga efirga yaxshi namlangan paxta momig'i (3-4 gramm) qo'yiladi. Keyin, taxminan 5 daqiqa davomida parranda shu holatda to'rvada saqlanadi va sekin chiqarib olinadi. Qushni qanotlarini ko'tarib oq mato ustiga sekin silkitiladi. Bundan tashqari ektoparazitlar va qo'shimcha ravishda boshqa turdagi hasharotlar paydo bo'lguncha ularni taroq bilan taraladi. To'shamchi oq mato ustiga tushgan parazitlar namlangan cho'tka (yoki pinset) bilan to'planadi va har bir qushdan tushgan ektoparazitlar alohida 70 % spirt solingan alohida probirkalarda fiksatsiya qilinadi. Har bir probirkaga alohida yorliq yopistiriladi. Parazitologik tekshiruv ma'lumotlari batafsil ko'rsatiladi va ish kundaligida qayd etiladi.

Ektoparazitlar tuxumlarini parrandalarning terisiga zarar yetkazmasdan patlari bilan birga yupqa uchli qaychi bilan ehtiyotkorlik bilan kesib olinadi va bu pat qirqimlari ham 70% etil spirtida fiksatsiya qilinadi. Laboratoriya sharoitida to'plangan barcha ektoparazitlardan vaqtinchalik mikropreparatlar tayyorlaganda buyum oynasiga olingan individlari ustiga glitserin tomchisi tomizilai. Keyin bu mikropreparatlar lupa yoki mikroskop ostida tekshiriladi. Tekshirish jarayonida har bir parazit turi va jinsiga qadar barcha xususiyatlari o'rganiladi. Shundan so'ng kasallikga tashxis qo'yish mumkin bo'ladi. Bundan tashqari ular rivojlanishining turli bosqichlari aniqlangandan so'ng, ularni turlarini ajratib, probirkalarga joylanadi. Probirkalar og'zi mahkamlanib tegishli ravishda etiketkalanadi.

Uy parrandalarini ektoparazit bo'g'imoyoqlilar bilan zararlanish intensivligi, ekstensivligi va turlarining populyatsiya individlari soni ular zararlanish darajasini belgilaydi. Zararlanish darajasi parrandalar uchun maxsus ishlab chiqilgan quyidagi "Intensivlikni baholash shkalasi" yordamida aniqlanadi:

1. O'ta zaif - 10 tagacha;

2. Zaif yoki kam - 10 dan 30 tagacha;

3. O'rtacha - 30 dan 100 tagacha;

4. Yuqori - 100 dan 500 tagacha;

5. Juda yuqori - 500 dan ortiq individlar.

Yuqorida qayd etilgan parrandalar ektoparazitlaridan material yig'ish va tadqiqot usullari -hududlarda uy parrandalarini ektoparazit bo'gimoyoqlilar bilan zararlanishi, turlari tarkibi, mavsumiy faolligi, tarqalishi haqida aniq ma'lumotlar beradi va ular keltirib chiqaradigan kasalliklarga to'g'ri tashxis qo'yish imkoniyatini oshiradi. Bu esa, uy parrandalari ektoparazit bo'gimoyoqlilar qarshi samarali kurash, proflaktika chora-tadbirlarini ishlab-chiqish uchun muhim rol o'ynaydi. Shu bilan birga tibbiy, veterinariya va iqtisodiy ahamiyatga ham ega. Bundan tashqari uy va yovvoyi qushlar ektoparazit bo'g'imoyoqlilardan material yig'ish va usullaridan talabalar, yosh tadqiqotchilar, doktorantlar va o'qituvchilar ilmiy tadqiqotlar ishlarida foydalanishlari mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Благовещенский Д.И. Насекомые пухоеды (Mallophaga) / Д.И. Благовещенский // Фауна СССР, Издательство Академии наук СССР, Москва, Ленинград, 1959. - 202 с.

2. Omonova, N. R., & Bobonazarov, G. Y. (2023). Species Composition of Ectoparasites of Chickens in Conditions of the Southern Regions of Uzbekistan. Telematique, 22(01), 2653-2657.

3. Ромашенко П.В, Егоров С.В, Малунов С.Н. Эктопаразиты птиц в крестьянских хозяйствах при подворном содержании кур. Теория и практика борьбы с паразитарными болезнями. Сборник научной статей по материалам международной научной конференции. Вып. 22. 2015. - с. 354-355.

4. Сафронов Ф.М. Видовой состав эктопаразитов кур в индувидуальных хозяйствах Северо -кавказского региона. Актуальные вопросы ветеринарной биологии №4 (36), 2017. с. - 2224.

5. Сафронов A.M. Маллофагоз и дерманиссиоз, совершенствование мер борьбы. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата ветеринарных наук. Ставророль - 2020 г. -23 стр.

6. Фомичева, Е.Д. Новый метод сбора пухоедов (Mallophaga) с домашних птиц / Е.Д. Фомичева // Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2014. - № 5. - С. 38-41.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.