Научная статья на тему 'USMON AZIM SHE’RLARIDA DEYKSISNING NOODATIY TURLARI TAHLILI'

USMON AZIM SHE’RLARIDA DEYKSISNING NOODATIY TURLARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
289
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
deyksis / deyksisning turlari / Allohga va Oxiratga ishora qiluvchi deyksislar. / deixis / types of deixis / deictic units pointing to God and the afterlife.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — D. Sarbarova

Deyksis turlari masalasiga doir ilmiy manbalarda deyksisning turlicha yondashuvlar asosida tasniflanishi kuzatiladi. Deyksis turlarini belgilashda uni hosil qiluvchi deyktik birliklarni belgilash muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada deyksisning hozirga qadar o‘rganilgan turlariga mos kelmaydigan noodatiy deyktik birliklar o‘rganiladi va tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF UNUSUAL TYPES OF DEIXIS IN POEMS BY USMON AZIM

In scientific sources on the issue of types of Deixis, there is a classification of Deixis based on different approaches. When determining the types of Deixis, an important place is occupied by the designation of the deictic units that form it. This article examines and analyzes unusual deictic units that do not correspond to the so far studied types of Deixis.

Текст научной работы на тему «USMON AZIM SHE’RLARIDA DEYKSISNING NOODATIY TURLARI TAHLILI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

USMON AZIM SHE 'RLARIDA DEYKSISNING NOODATIY TURLARI TAHLILI

Sarbarova Dilnoza Nosirjon qizi

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti O'zbek

tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7443795 Annotatsiya. Deyksis turlari masalasiga doir ilmiy manbalarda deyksisning turlicha yondashuvlar asosida tasniflanishi kuzatiladi. Deyksis turlarini belgilashda uni hosil qiluvchi deyktik birliklarni belgilash muhim o'rin tutadi. Ushbu maqolada deyksisning hozirga qadar o'rganilgan turlariga mos kelmaydigan noodatiy deyktik birliklar o'rganiladi va tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: deyksis, deyksisning turlari, Allohga va Oxiratga ishora qiluvchi deyksislar.

АНАЛИЗ НЕОБИЧНЫХ ВИДОВ ДЕЙКСИС В СТИХАХ УСМАНА АЗИМА Аннотация. В научных источниках по вопросу о видах дейксис прослеживается классификация дейксис на основе различных подходов. При определении вида дейксиса важное место занимает обозначение образующих его дейктических единиц. В этой статье будут изучены и проанализированы необычные дейктические единицы, которые не соответствуют изученным до сих пор видам дейксис.

Ключевые слова: дейксис, виды дейксиса, дейктические единицы относящиеся к Богу и загробной жизни.

ANALYSIS OF UNUSUAL TYPES OF DEIXIS IN POEMS BY USMON AZIM Abstract. In scientific sources on the issue of types of Deixis, there is a classification of Deixis based on different approaches. When determining the types of Deixis, an important place is occupied by the designation of the deictic units that form it. This article examines and analyzes unusual deictic units that do not correspond to the so far studied types of Deixis.

Keywords: deixis, types of deixis, deictic units pointing to God and the afterlife.

Keyingi yillarda qilingan tadqiqotlarda til birliklarining ifoda imkoniyatlarini ochib berishda, ularning mazmuniy tuzilishini belgilashda nutqiy vaziyat, kontekst, til egalarining nutq obyekti haqidagi umumiy bilimlari va til ko'nikmalari kabi omillar ham muhim ahamiyatga ega ekanligiga e'tibor qaratildi. Buni tilshunoslikda yangi-yangi yo'nalishlarning yuzaga kelishi, yangicha qarashlarning paydo bo'lishi ham tasdiqlab turibdi. Tilda aks etgan voqelik har doim ham hamma axborotni ifodalayvermaydi. So'zlovchi o'zining pragmatik maqsadiga muvofiq tarzda ba'zi axborotlarni yashirin ifodalaydi. "Nutqda so'zlovchining maqsadidan kelib chiqqan holda til birliklari o'rtasidagi mazmuniy aloqani topish, kontekstga murojaat qilish va u orqali nutq ishtirokchilariga ma'lum bo'lgan axborotni tiklash kabilar deyksis hodisasini tadqiq etish zaruratini yuzaga keltirdi".

Hozirga qadar amalga oshirilgan tadqiqotlarda deyksisning shaxs, predmet, belgi, miqdor, zamon, makon, ijtimoiy, emotsional kabi turlari o'rganilgan. Usmon Azim she'rlarida qo'llanilgan deyktik birliklarni tahlil qilar ekanmiz, deyksisning yuqorida keltirilgan turlariga mos kelmaydigan ishora birliklarini uchratamiz. Bunday deyksislarni Allohga va oxiratga ishora qiluvchi deyksislar deyishimiz mumkin. Shoir she'riyatida yaratganga, iltijo, unga murojaat qilish, Allohga nisbatan ishoralar o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladi. Shoir she'rlarida Yaratganga nisbatan sen olmoshi vositasida ishora qilinadi:

2038

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Senga yetmoq uchun O'zimdan O'tishim kerak. Faqat o'zimdan... Faqat...

Meni buncha ulkanyaratgansan?.

Keltirilgan misralarda sen deyksisi dastlabki misralarda sevgilisiga yetisha olmayotgan oshiqning kechinmalarini ifoda qilganday tuyuladi. Keyingi misralarda esa buning shaxsga emas, Yaratganga qaratilganligi to'liqroq, aniqroq namoyon bo'ladi.

O'zbek tilida "O'zingga shukur", "O'zingga ayon", "Yolg'iz o'zing qodirsan" kabi birikmalar faol qo'llaniladi. Musulmon kishiga o'zing olmoshining kimga nisbatan qo'llanilayotganini tushuntirib berishning hojati yo'q. O'zbek tilida o'zing deyktik birligi tinglovchi shaxs muloqot jarayonida ishtirok etmagan holatlarda har doim Allohga nisbatan qo'llaniladi.

O, sasing yetishdi ruh ila tanga, Rahmat kalomlaring buncha muloyim!.. Meni o'chirtirma biror bandangga, O'zing o 'chir meni.O'zing ...Xudoyim!..

Musulmonlarda u olam, u dunyo kabi deyktik birliklar oxirat dunyosiga ishora qiladi. Shoir she'rlarini kuzatar ekanmiz, u dunyo deyktik birligining qo'llanilishida o'ziga xos ifoda, o'ziga xos uslub borligini kuzatishimiz mumkin: Ko'p sog'indim, kelgin do'stginam, Umr, axir, bir, toshqin zabtdir. Bugun jonim yaproqlar bilan U dunyoga ketishga taxtdir.

Keltirilgan misolda shoir u dunyo birikmasi orqali oxirat dunyosiga ishora qilgan. Buni shoirning xayol dunyosi, tasavvuridagi o'ziga xos olam sifatida ham tushunish mumkin. Ammo she'rning oldingi misralaridagi yaproqlarning janozasida birikmasi bu o'rinda oxiratga ishora ekanligi namoyon bo'ladi.

Xayollanib soladi razm -Qish. Turkiston darvozasida. Kech. Qarg'alar quradi bazm Yaproqlarning janozasida.

Tilda deyktik birliklar sifatida qaraluvchi birliklarning ko'lami keng qamrovli bo'lib, yuqorida ta'kidlanganidek, deyktik birliklar qatoriga faqatgina olmosh va ravishlarni kiritib qolmasdan, boshqa mustaqil so'z turkumlarini, xususan, belgi va miqdor ifodalovchi birliklarni ham kiritish mumkin. Bunday til birliklari muayyan muloqot matnida ishora qilish vazifasini bajara oladi. Natijada, deyksisni yuzaga keltiradi. Xususan, sifat so'z turkumida ham ishoraviylik xususiyati bor. Masalan:

Sevgimiz o'ldimi? - libosingiz ko'k, Ko'nglingiz - begulxan, ko'zingiz - becho'g'.

Keltirilgan misolda shoir xalqimiz orasidagi azadorlik ma'nosini bildiruvchi "ko'k kiymoq" birikmasiga ishora qilgan. Quyidagi misralarda esa umrning o'tkinchiligiga, vaqt tezda o'tib ketishiga ishora bor:

2039

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Naqadar oz omonlik oni!... Poylarimda g'arib yotma, bas. Sen shu qadar go'zalsan, jonim, Seni hatto Olloh asrolmas.

Keltirilgan ushbu misralarda shoir qorning tasvirini o'ziga xos o'xshatishlar vositasida go'zal tarzda bergan. Sen shu qadar go'zalsan gapida qorning erib ketishiga, go'zallikning abadiy emasligiga ishora bor.

Usmon Azim she'rlarida Allohga murojaat ko'p uchraydi. Shoir yuqorida aytib o'tilganidek yaratganga xalq tilida faol qo'llaniladigan tangrim, xudoyim so'zlari, Allohning sifatlarini bildiruvchi Rahmon, Jabbor leksik birliklari bilan ham murojaat qiladi. She'rlarida murojaat birliklari yoyiq holda kelishi kam uchraydi. Murojaat birliklarining yoyiq holda ishlatilishi haqida N.Ahmedova shunday deydi: "Murojaat birliklari yoyiq - deskriptiv shaklda ishlatiladi. Chunki murojaat birliklari nafaqat atash, balki baholash, xarakterlash vazifasini ham bajaradi".

Quyidagi misralarda esa deyktik birlik qum zarrasiga ishora qilgan bo'lsa-da, keyingi misralarda shoir o'zining qum zarrasiday ekanligi, o'zining holati qum zarrasining shamolda uchishiga o'xshatishi orqali insonning koinot, olam oldida arzimas zarra misol ekanligiga ishora qiladi:

Shu qum zarrasi ham - dunyoning aksi, Unda ham jo erur fano va baqo. Qumning shamoldagi noiloj raqsi Nimani eslatdi? O'zimnimiyo?

Quyidagi misralarda bu dunyo birikmasi yashayotgan dunyomizga ishora qilgan. Lekin gapning mazmunidan u dunyo ham borligiga ishora qilinganligini sezish mumkin. Dahshati shundaki, borasan mag'rur Xuddi bu dunyoning egasi misol. Borasan - hayotning ravishi qulay, seni ololmaydi hech kim o'rtaga -Chunki odamizod kuylar paydar-pay, Turfa ohanglarda, turfa pardada

O'zbek tilida besh kunlik dunyo degan ibora bo'lib, bu iborada dunyoning o'tkinchiligi, tezda o'tib ketishiga ishora bor. Kontekstdan anglashilayotgan presuppozitsiyani anglash uchun nutq egalari bilishi kerak bo'lgan bilimlar haqida N.Mahmudov "Presuppozitsiya va gap" nomli maqolasida shunday yozadi: "nutqiy kommunikatsiyaning to'g'ri va real amalga oshishi uchun kommunikantlarning nutq momentiga qadar muayyan faktlar bilan tanish bo'lishi, umumiy vaziyat bilan bog'liq muayyan bilim-xabardorlikka ega bo'lishlari lozim. Ana shu faktlar, bilimlar tilshunoslikda presuppozitsiya nomi bilan umumlashtiriladi". N.Mahmudov ushbu maqolasida tilshunoslikda presuppoziyaga ko'p va xilma-xil ta'rif berilganligini, ularning deyarli barchasida ham presuppozitsiyaning muayyan gapning to'g'ri qo'llanilishi va anglanishi uchun imkon beradigan oldindan ma'lum bo'lgan bilimlarning jami ekanligi, presuppozitsiya tushunchasi kontekst tushunchasi (ayni til birligining lingvistik qurshovi) va vaziyat (ayni til birligi-gapning nolingvistik subtrakti, bu gap aytilayotgandagi sharoit kabilar)ni o'z ichiga olishini ta'kidlaydi. Quyidagi misralarda keltirilgan besh kunlik dunyo birikmasidan

2G4G

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

anglashilgan presuppozitsiyani anglash uchun dunyoning o'tkinchiligi haqidagi diniy bilimlarga ega bo'lish lozim:

Bu dunyosi besh kunlikdir, Oltinchisi zavol, zavol. O'tar dunyo, senga qarab, Oqibatni aytdim halol

Shoir Usmon Azim she'rlarida murojaat birliklarining sodda shaklda ifodalanishini shoir she'rlarining xalqchilligi, xalq tiliga yaqinligi bilan izohlash mumkin. Shoir she'rlarida Allohga, oxiratga ishora qilish orqali qahramon ruhiy holatini, ayni damdagi iztiroblarini ta'sirchan ifodalashga erishgan. Xulosa qilib aytganda, deyktik birliklarning qo'llanilishiga oid ilmiy manbalarda deyksisning turli yondashuvlar asosida tasnif etilishi kuzatiladi. Deyksisning yuqorida qayd etilgan barcha turlari uning qaysidir jihatini ochib berishga xizmat qiladi. Shuningdek, biz tahlil qilgan deyktik birliklar boshqa deyksis turlaridan ishora qilish imkoniyatlari jihatidan ajralib turadi.

REFERENCES

1. Давлатова Р. Узбек тилининг дейктик бирликлари. Филол.фан.док.(DSc) дисс. -Тошкент, 2020.

2. Ах,медова Н. Узбек тили мурожаат бирликлари. - Тошкент, 2009.

3. Махмудов Н. Пресуппозиция ва гап // Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 1986. 6-сон.

4. Азим Усмон. Жимлик. - Тошкент, 2012.

5. Азим Усмон. Согинч. -Тошкент, 2007.

6. Азим Усмон. Сайланма. - Тошкент, 1995.

7. Азим Усмон. Юрак - Тошкент, 2009.

2041

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.