Научная статья на тему 'USMON AZIM IJODIY MANERASINING O’ZIGA XOSLIGI'

USMON AZIM IJODIY MANERASINING O’ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
716
115
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Uslub / manera / ijodiy mahorat / ijodkor uslubiga doir ilmiy qarashlar / hikoyaning kitobxonga estetik-badiiy ta’siri / Style / manner / creative skill / scientific views on the creative style / the aesthetic and artistic impact of the story on the reader.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Poyonbek, Javliyev Shavkat O’G’Li

Ushbu maqolada Usmon Azim ijodiy uslubining oʻziga xos xususiyati masalasiga e’tibor qaratilgan. Ayrim hikoyalari tahlili orqali uning badiiy mahorati ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF USMAN AZIM'S CREATIVE STYLE

This article focuses on the specifics of Osman Azim's creative style. Through the analysis of some of his stories, his artistic mastery is revealed.

Текст научной работы на тему «USMON AZIM IJODIY MANERASINING O’ZIGA XOSLIGI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

USMON AZIM IJODIY MANERASINING O'ZIGA XOSLIGI

Poyonbek Javliyev Shavkat o'g'li

Termiz davlat universiteti 1-kurs magistranti Tel: +998975300565 j avliyevpoyon@gmail .com

ANNОTATSIYA

Ushbu maqolada Usmon Azim ijodiy uslubining o'ziga xos xususiyati masalasiga e'tibor qaratilgan. Ayrim hikoyalari tahlili orqali uning badiiy mahorati ochib berilgan.

Kalit so'z: Uslub, manera, ijodiy mahorat, ijodkor uslubiga doir ilmiy qarashlar, hikoyaning kitobxonga estetik-badiiy ta 'siri.

АННОТАЦИЯ

Данная статья посвящена специфике творческого стиля Османа Азима. Через анализ некоторых его рассказов раскрывается его художественное мастерство.

Ключевое слово: Стиль, манера, творческое мастерство, научные взгляды на творческий стиль, эстетическое и художественное воздействие рассказа на читателя.

ABSTRACT

This article focuses on the specifics of Osman Azim's creative style. Through the analysis of some of his stories, his artistic mastery is revealed.

Keyword: Style, manner, creative skill, scientific views on the creative style, the aesthetic and artistic impact of the story on the reader.

KIRISH

Ma'lumki, har qanday badiiy asar markazida inson ruhiyati manzaralari tasvirlanadi. Adabiy qahramonlarning ichki kechinmalari, asardagi biror voqea-hodisa tasviri yoyinki, tabiat hodisalarini tasvirlashda esa ijodkor bevosita o'zining estetik qarashlari, muayyan uslubi orqali yoritishi uning o'ziga xos mahoratidan darak beradi. Adabiyotimiz tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ko'plab asarlar yaratilishiga qaramay faqatgina kitobxon ko'ngliga manzur bo'lgan asarlargina yillar mobaynida o'zining qadr-qimmatini saqlab, dunyo yuzini ko'rishga musharraf bo'lgan. Bu esa,avvalo, ijodkorning badiiy mahorati va o'ziga xos uslubiga chambarchas bog'liqdir. Xo'sh, ijodkorning ijodiy uslubi nima o'zi? Biz uni qanday baholaymiz?. Xususan, Uslub so'zining etimologik izohi, u anglatadigan ma'no haqida f.f.n A.Ulug'ov shunday izoh keltiradi: "Uslub arabcha so'z bo'lib,

979

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

"tartibyo'sin,shakl" degan ma'nolarni bildiradi, Uslub poetikaning muhim kategoryalaridan biri bo'lib, u ijodkor shaxsi, uning dunyo qarashi bilan bog'liq hodisadir".(1.b.293) Ijodkor o'z asari qahramonlarini tasvirlashda individual yondashadi. Soddaroq qilib aytganda, uslub g'oyaviy-estetik xususiyatlar umumlashmasi bo'lib, avtorning tasvir usuli va o'ziga xosligi demakdir. Avtor o'zining uslubiy mahorati orqali tadqiqotchi kitobxon tafakkurida chuqur iz qoldira bilishi, uning diqqat-e'tiborini asar markaziga tortishi va asarda yashirin badiiy mohiyatning tag-zamiriga kitobxon yetib borishini taminlashi lozim bo'ladi. Ijodiy Uslub haqida adabiyotshunos olimlarimiz tomonidan ko'plab fikr mulohazalar keltirilgan. Bunga qo'shimcha tarzda f.f.n. A.Ulug'ovning quydagi fikri orqali izohlasak. "Oybek qahramonlari harakatlanadigan joylarni jamiki ko'rinishlari bilan batafsil bayon etib, personajlar qiyofasi, holatini aniq gavdalantirsa, A.Qahhor qahramonlari turgan joyini ham, ularning holati, ahvolini ham ixcham, lo'nda, eng muhim jihatlariga e'tiborini qaratgan holda tasvirlaydi"(1.b.293) Shundan ko'rinib turibdiki, har bir ijodkor badiiy asar tasvirida o'z salohiyatidan kelib chiqib yondashadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Asarlarida o'ziga xos ijodiy mahorat manzaralarini aks ettira olgan ijodkorimiz,

O'zbekiston xalq shoiri, dramaturg, kinodramaturg, nosir Usmon Azim ham O'zbek

adabiyotiga XX asrning 70-yillarida kirib keldi.O'sha vaqtda tom ma'noda ko'plab

adabiy bahslar, ijodkorlar badiiy olami sarchashmasida yetilgan Usmon Azim qaysi

mavzuda yozmasin, uning ijodi jozibadorligi, shiddatkorligi, goh g'amgin, goh

tantanavor ohanglari, o'quvchi qalbiga tez yetib borishi bilan ajralib turadi. Adib

asarlarida kishilarning mehnatsevarligi, bir-biriga bo'lgan samimiy munosabatlari,

yurtiga muhabbat, o'zbekona ruh, o'zi tug'ilib o'sgan Boysun tabiatining tarovati

o'ziga xos ohang kasb etadi. Balki shungadir, adibimiz Alpomish obraziga turli

jabhalarda qayta-qayta murojaat etganligining guvohi bolamiz. Adabiy suhbatlarning

birida adib bu haqda shunday deydi: "Alpomishning qoni tomirimda gupirib turganini

har lahza his qilib turaman. O'zish uchun, hayotga tik qarash uchun Alpomish bo'lish

kerakligini ham aniq bilaman. Haqiqiy adabiyotni faqat va faqat mard, halol odamlar

yaratadi deb, o'ylayman. Adabiyot emas, hayotning hamma jabhasida Alpomish

kerakligini tuyaman".(Suhbatdosh; G.Mo'minova.2) Milliy adabiyotda Alpomish

haqida qanchalik ko'p va xo'p yozilaversin, ammo Usmon Azim hech kim

o'qimagan,hech kim eshitmagan jabhalarini yoritishga o'ziga xos mahorat bilan

yondashadi.Usmon Azim ijodi sermahsul bo'lib, unda qadim o'tmishiga ega

xalqimiz og'zaki ijodidan, to bugungi kun zamonaviy kinoqissalarigacha o'ziga xos

980

Scientific Journal Impact Factor

ajib manzaralari tasvirlanganligining yaqqol guvohi bo'lamiz. Adibimiz xoh muhabbat, xoh vatan madhi tarannumi, xoh qadim o'tmish mifalogiyasini yoritadimi, doimo o'ziga xos sinchkovlik va samimiyatni qalamdan qo'ymaydi. Faqatgina haqiqiy ijodkorgina o'z uslubiy mahorati orqali kitobxonning his-tuyg'ularini junbushga keltira oladi, uni goh yig'latadi, goh xushnud etadi. Adibimizning ijodiga e'tibor qaratar ekanmiz, fikrimizning tasdig'ini topaveramiz. Xususan, "Sevgi" hikoyasida ham armonga aylangan muhabbat mavzusi hamda ona yurt qadri tarannum etiladi. Undagi qahramonlarning ichki kechinmalari va xislatlarini tasvirlashda ijodkorning individual uslubi kitobxonning qalb olamini junbushga keltiradi.Hikoya Abdurahmon rus o'lkasiga harbiy xizmatga ketib, u yerda chorak asr qolib ketganligi bayoni bilan boshlanadi. O'z o'lkasiga qaytish xohishi bo'lmaganligini esa ijodkor shunday tasvirlaydi:

"Abdurahmon Chaganada voyaga yetgan. «Tug'ilib, voyaga yetgan» deb yozmayotganimizning sababi shundaki, uning qayerda tug'ilganini hech kim, hatto o 'zi ham bilmaydi. Voyaga yetgan joyi esa aniq — Chagana, bolalar uyi, maktab, stadion, ularga eltadigan ko 'chalar, ko 'chalar chetidagi tuproq tomli pastqam uylar, allaqanday noqulay tarzda muvozanat saqlab turgan devorlar, devorlar ortidagi daraxtlari bir-biriga mingashgan bog'lar... Shu... "(3.b.77) Bunga qo'shimcha tarzda aytish kerakki, Abdurahmon o'tmish haqida xotirlar ekan uning o'y xayollariga mehribonlik uyidagi ilk muhabbati Salima, murg'ak qizni nomusini toptamoqchi bo'lgan mehribonlik uyi tarbiyachisi Shoberdiyevning jirkanch qilmishlari gavdalanadi. Abdurahmon bu achchiq xotiralar haqida o'ylamaslikka ahd qiladi. "Abdurahmon Sag'ir bolaligi diliga joylangan bir hushyor tuyg'udan kelib chiqib, taqdir bilan o 'ynashmoq xech qanday sharaf, obro ' keltirmasligini angladi..."(3.b.86) Balki shungadir o'z ona yurti bilan uni bog'laydigan hech nima qolmaganday tuyuladi, go'yo. Lekin ijodkor shunga alohida urg'u beradiki, insonning o'zi tug'ilib o'sgan, kindik qoni to'kilgan ona diyoriga muhabbat tuyg'usi inson dunyoga kelgandanoq vujudining tub-tubiga singib ketishi, u haqida o'ylamasligi, ona yurti taftini tuymasligi mumkin emasligini mohirona tasvirlaydi. Abdurahmon atrofdagi rus o'lkasi muhiti, u yerdagi insonlar tasviri, rafiqasi Masha, qizi Lyuysa bilan bog'liq voqealar gavdalantiriladi. Bir tarafdan Abdurahmonning rus o'lkasida hayoti bir maromda o'tayotganday tuyuladi. Ammo ijodkor inson qalbining tub tubida yotgan sevgisi, his tuyg'ulari va kechmishi yillar mobaynida saqlanib, insonni ta'qib etishi, uni hech bir sabab bilan butunlay o'chirib yuborishning iloji yo'qligini kitobxonga tasvirlab beradi. Adib Masha bilan Abdurahmonning munosabatini tasvirlashda alohida mulohaza keltiradi. Mashaning yengil tabiat qizlar sirasidan

Scientific Journal Impact Factor

ekanligi , ammo Abdurahmon bolalik davridan beri hech qachon tuymagan ona mehrini Masha orqali bir lahza his etganligi uchun ham balki, unga bog'lanadi. Shu o'lkalarda qolish niyatini tuyadi. Qaryib yigirma besh yil o'tgandan so'ng Abdurahmonning yurt haqidagi o'y xayollarini qalbining tub-tubidan harakatga keltirgan narsaga qo'shnisi Lida bilan bo'lgan suhbat sabab qilib ko'rsatiladi : "— Sening o 'zbeklaring-da, Alik! Sen u bosmachilarning yurtida yashamasdan to 'g 'ri qilgansan! Sirtida qo'l qovushtirib turishadi-yu, ichida... Pismiq xalq!..Abdurahmon birdan hazil qilishga kuchi yetmasdan so 'lish tortdi.Nega xafa bo 'layotganiga o 'zi ham tushunmadi. Eridagi o'zgarishni istasa darhol sezadigan Masha qo'shnisiga gazetasini tutqazdi va birpasda malika qiyofasiga kirib, uni kuzata boshladi:— Kechirasan, Lida... Biz kinoga otlanayotgandik... Kechqurun kir... Abdurahmon anchagacha garangsib o 'tirdi.U hamon nega dili siyoh bo 'Iganini anglayolmasdi. Faqat qattiq haqoratlanganlikning og'rig'ini his qilar, ammo bu og'riqni Lidaning qaysi so'zi olib kelganini tushunib yetmasdi..."(3.b.92)Ijodkor Abdurahmonning hissiyotlarini tasvirlar ekan, uni aynan nimadir bezovta qilayotganini, ammo uning nima ekanligini sezmayotganini keltiradi. Adib nega aynan shunday yo'l tutyapti, chunki oradan chorak asr vaqt o'tgan, bu orada hamma narsa uzoq o'tmishga aylangan, balki. Ammo Abdurahmon bu xotiralarni xayolidan o'chirmagan, faqatgina qalbining tub-tubiga asir etgan.Hikoyada Abdurahmonning faqat sarxush bo'lgandagina mohirona kuylashi, har gal kuylaganda esa kuyi dardli, mungli ohang baxsh etib o'sha eski xotiralar ko'z yoshi orqali sizib chiqar, balki, degan xayol keladi tasavvurimizga. Ayniqsa, qizi lyuysaning onasiga yozgan xatidan so'ng Abdurahmonni tinch qo'ymayotgan tuyg'ular birdan isyon qiladi.

"Shundagina Abdurahmonning ko'zi stol ustidagi xatga tushdi.— Nima deb yozibdi? — O'qi...«Oyi... Xavotir olmanglar... O'qishim yaxshi... Fabrikadan to'g'ri darsga... Moskva sovuq... Bir o'zbek bilan tanishib qoldim... Oti — Said... Samarqanddan... Men ham yaxshi ko'raman... Said Samarqandda yashaymiz deydi... Axir, dadam o'zbek... Saidning hamshaharlari... O'zbekchani bilmasligimga hayron qolishdi... Men baribir o'zbek qiziman, Chaganalikman, dedim... Dadam... Xafa bo'lmasmikin?..»...Abdurahmon esa xatga yana bir marta ko'z yugurtirdi. Negadir konvertdagi manzilgoh yozuvini sinchiklab o'qigan bo'ldi.Peshonasini tirishtirib, qo'llari bilan sochini ezg'iladi.So'ng ilkis harakat bilan o'rnidan qo'zg'oldi... Ko 'zlarini yumganicha, boshini mag 'rurona bir holatda orqaga tashlab:— Qoniga tortibdi...—dedi. — Masha! —dedi u ichida kechayotgan tuyg'ulardan lazzatlanib. — Masha... Qizimni qara! Qoniga tortibdi!.."(3.b.94) Adib bu manzarani tasvirlar ekan,avvalo, personajlarning dialoglariga o'quvchi diqqatini tortadi. Abdurahmon

Scientific Journal Impact Factor

qiziga biror marta o'zbekligi haqida gap ochmaganini eslaydi. Hikoyada personajlaming tashqi ko'rinishi yoki asardagi peyzaj vositalariga ko'p e'tibor qilinmaydi. Hikoyaning mohiyatiga diqqat qaratiladi va shu orqali ijodkor kitobxonni kichik hikoya ummoniga g'arq qiladi. Bu esa har bir ijodkorning o'ziga xos uslubi demakdir. Bugungi kun hayotimizda ham shunday insonlar borki, ularga yurt tushunchasi, ota-ona mehri , ularning tafti, sevgi mutlaqo begonadir. Vatanidan, yurtidan uzoqda ona xalqiga jabr-zulm, yomon illatlarni yetkazishga urinayotgan va buning natijasida butun umr nadomat chekib yurgan vatangado insonlar haqida kitobxonni mushohada qilishga va o'zbekona milliy ruhni his etishga undaydi.Qizining favqulotdagi keltirilgan suhbati sabab Abdurahmon chorak asrdan so'ng o'zi tug'ilib o'sgan o'zbek diyori, kindik qoni to'kilgan go'sha - Chaganaga qaytishga ahd qiladi. Vataniga kelar ekan, chorak asr uni bezovta qilmagan hislar iskanjasi chulg'ab oladi. Do'stlarining davrasi, o'zbekona munosabat, milliy qadriyatlar hamma-hammasini birin -ketin his etaveradi. Ijodkor hikoyada butunlay ikki olamni mahorat bilan tasvirlaganday bo'ladi , go'yo. Abdurahmon yurt, yor-u do'stlar sog'inchini tuyish bilan birgalikda chalkash o'y xayollari birinchi muhabbati Salimani xotirlaydi. Axir oradan shuncha vaqt o'tdi. Abdurahmonning o'y xayollari shunday tasvirlanadi: "... USalimani hech kimdan — hatto Yo 'Idoshdan ham so'rab-surishtirmaganini, shu bilan birga so 'rash-surishtirishning hojati ham yo 'qligini, uni O'risiyadan Chaganaga kelgan taqdir Salima bilan ham yuzma-yuz etishini angladi..."(3.b.l00) Ijodkor hammasini taqdir izmiga soladi. Asl o'zbekona qadriyatni ochib berishining shohidi bo'lamiz. Abdurahmon chorak asr yashagan o'lkaning butunlay urf odatini boshqacha tasvirlagan Adib, endi mutlaqo boshqa yo'ldan foydalanganligiga kitobxon guvohi bo'ladi. Salima oradan shuncha vaqt o'tib Abdurahmonning kelgani haqida ukasi Xudoyberdidan eshitganda ham kasal holida entikkani tasvirlanadi.Ijodkor Ularni to'g'ridan- to'g'ri uchrashtirib qo'ymaydi.Asarning kulminatsiyasini aynan shunga bog'laydi. Abdurahmon Salimaning uyiga tez yordam kelishi sababli borganda, uning betobligini juda og'ir ahvolda yotganligini bilsa-da, yuzma-yuz uchrashishga jazm etmaydi. Axir oradan shuncha vaqt o'tgan, endi ular hissiyotlariga erkinlik beradigan, yoshlik zavqini tuyadigan davrlarni ortda qoldirgan lekin yuragining tub-tubida yotgan orzu,armonlari, sog'inchi uchun ham adib ularni xayolan uchrashtirishga jazm etganligining guvohi bo'lamiz. "Ayolning yuzi jiddiy tus oldi. Boshini bir tomonga qiyshaytirib, nimagadir quloq soldi-da:— Hozir... — deb pichirladi va endi yigitga jovdirab tikildi:—Xayrlashgani keldim... Sog'ingan edim... Chidayolmadim... Keyingi paytlarda ko 'p bezovta etganim uchun uzr... Men ketyabman...

Scientific Journal Impact Factor

Abdurahmon taqdir unga tushu,hushning farqini qoldirmaganini angladi."(3.b.104) Erta tongda uyg'ongan Abdurahmon do'sti Yo'ldoshdan Salimaning bu foniy dunyoni tark etganligini eshitadi. Eshitadiyu, butun vujudi titrab iztirob chekishi, fig'oni falakka chiqishi tasvirlanadi.Hikoyaning kulminatsiyasi kitobxonni shunaqa g'amgin hislar qarshisida qoldiradi.. Ijodkor manerasi g'oyatda sermanzara bo'lib, kitobxonni qahramon bilan hamnafas bo'lishga undayveradi.Abdurahmonning o'z ona yurtidagi qisqa safari nihoyasiga yetadi. "Va noxos Chagana bilan xayrlashayotganini, balki, bu xayrlashuvdan so'ng qayta ko'rishuv nasib etmasligini ham angladi. Angladiyu soyning ikki betiga tirmashib, tog'lar poyiga qadar yastanib ketgan bu mo'jaz maskan uning Vatani ekanligini jigar-bag'ri qon bo'lib his qildi... Vatan! Seni bir lahzaga tanitib, bu taqdir yana meni qaylarga uchirib ketmoqchi? O, taqdirdan ustun kelgan kim? ...Abdurahmon taqdirga qarshi isyon ko'tarishga o'zida kuch yo'qligini payqadi..."(3.b.106)Ne armonlar bilan ortiga qaytgan Abdurahmon Mashaning unga qilgan xiyonatiga yana bir bor guvoh bo'ladi.Abdurahmon xayollarini chulg'agan iztirob oldida ojizlik qilib, u buni "hazm" qilishga bardoshi yetmaydi.Natijada bu foniy dunyo bilan vidolashishga jazm qiladi. "... Abdurahmon birdan bu og'irlikdan xalos bo'lganini, suvday quyuq, ammo tiniq havoda erkin suzayotganini payqadi.Oppoq libosli, olti qanotli farishta uni kaftlarida avaylab tutganicha uchib borardi.Abdurahmon farishtani tanidi. Farishta Salimaning o'zi edi..."(3.b.109) Sevgi borki, uni eshitmagan , qalbida tuymagan yurak bo'lmasa kerak.Bu hikoyada ham armonga aylangan muhabbat tasvirlanadi.Hikoyani mushohada etar ekansiz, kitobxon xayolidan inson yonidagi baxtni, vatan qadrini his etishi, uni anglashi, yon atrofdagi insonlarni qadrlash baxtini tuyadi. Usmon Azim hikoyalarining mavzu ko'lami keng bo'lib unda falsafiy, ijtimoiy, ishqiy va axloqiy mavzularini yoritishda inson ruhiyati salmoqli ekanligini va uni tasvirlashda ijodkor mahorat bilan yondashganligini kuzatamiz.

Xulosa sifatida shuni e'tirof etish lozimki, uslub ijodkoming aynan individual ijodiy mahorati desak, maqsadga muvofiqdir. Chunki ijod ahli uchun bitta badiiy yo'nalish maqsad qilib olinsa, uslubiy mahoratga ega ijodkorlar uni, biri ikkinchisini takrorlamagan holatda o'zining dunyoqarashi, estetik salohiyatidan kelib chiqib, kitobxonga tasvirlab beradi. Bu borada f.f.n. N.Yo'ldoshevning uslub haqidagi quyidagi qarashlari e'tiborlidir: "Uslub antropologik kategorya sifatida san'atkorning ijodiy individualligini belgilaydi, ontologik kategorya sifatida esa uni adabiy

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

an'ananing u yoki bu tomonlariga yo'naltiradi.San'atkorning ijodiy individualligi u yaratgan badiiy asarning barcha sathlarida namoyon bo'ladi"(4.b.72).

REFERENCES

1. Ulug'ov Abdulla. Adabiyotshunoslik nazaryasi. —T.:G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matba, 2017. B.293.

2. Suhbatdosh; Gulnoz Mo'minova— "Yoshlik" jurnali 9-son.2013.b.3.

3. Usmon Azim. Jodu. —T.: "Sharq" nashryoti-matbaa, 2003.

4. Quronov D., Shofiyev O., Yo'ldoshev N. Uslubiy qo'llanma—Termiz 2015.

5. Raimova, S. Z. (2021). DINIY-MA'RIFIY SHE'RLARNING JANR TAVSIFIGA DOIR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 142-146. https://cyberleninka.ru/article/n/diniy-ma-rifiy-she-rlarning-ianr-tavsifiga-doir/viewer

6. Egamqulova, N. B. (2019). Literary process at the beginning of the XX century: based on the materials of "Oyina" magazine. ISSJ Theoretical & Applied Science, 10 (78), 410-416. Impact Factor: 6.6. DOI: 10.15863/TAS.2019.10.78.76

b.72.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.