Научная статья на тему 'URUG‘ MEVALI BOG‘LARDA SO‘RUVCHI ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KIMYOVIY PREPARATLARNING BIOLOGIK SAMARADORLIGI'

URUG‘ MEVALI BOG‘LARDA SO‘RUVCHI ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KIMYOVIY PREPARATLARNING BIOLOGIK SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
48
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Urug‘ mevali bog‘lar / qalqondorlar / novda / preparat / nazorat / andoza / agrotexnik tadbirlar biologik samaradorlik.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sodiqov Bobur Sobir O‘G‘Li, Eshturdiev Xasan Shoxmirza O‘G‘Li

Ushbu maqolada urug‘ mevali bog‘larda uchraydigan so‘ruvchi zararkunandalaridan qalqondorlarning tarqalishi, zarari va ularga qarshi kimyoviy vositalarning biologik samaradorligi o‘rganilgan. Olingan natijalar asosida ishlab chiqarishga amaliy taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «URUG‘ MEVALI BOG‘LARDA SO‘RUVCHI ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KIMYOVIY PREPARATLARNING BIOLOGIK SAMARADORLIGI»

ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION

ISSUE DEDICATED TO THE 80TH ANNIVERSARY OF THE ACADEMY OF SCIENCES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

URUG' MEVALI BOG'LARDA SO'RUVCHI ZARARKUNANDALARIGA QARSHI

KIMYOVIY PREPARATLARNING BIOLOGIK SAMARADORLIGI

1 2

Sodiqov Bobur Sobir o'g'li, Eshturdiev Xasan Shoxmirza o'g'li

12

, Toshkent davlat agrar universiteti, magistrant https://doi.org/10.5281/zenodo.8366814

Annotatsiya. Ushbu maqolada urug' mevali bog'larda uchraydigan so'ruvchi zararkunandalaridan qalqondorlarning tarqalishi, zarari va ularga qarshi kimyoviy vositalarning biologik samaradorligi o'rganilgan. Olingan natijalar asosida ishlab chiqarishga amaliy taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: Urug' mevali bog'lar, qalqondorlar, novda, preparat, nazorat, andoza, agrotexnik tadbirlar biologik samaradorlik.

Kirish. Bugungi kunda respublikamiz aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash maqsadida mahsulot yetishtirish hajmi va turlarini ko'paytirish shuningdek, qishloq aholisini daromadlari va turmush darajasini yuksaltirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Keyingi yillarda Respublikamizning tog'li va tog' oldi tumanlarida intensiv mevali bog'lar maydonlari kengayib borishi bilan birga, so'ruvchi zararkunandalarining zararli ta'siri tufayli har yili 15-20% hosil nobud bo'lmoqda [5;].

Mevali daraxtlarning so'ruvchi zararkunandalari orasida o'simlik bitlari va qalqondorlarning ahamiyati yuqori bo'lib, ular o'simliklarga jiddiy zarar yetkazadi. Bular o'ziga xos hasharotlar guruhiga mansub bo'lib, ular o'simliklarning shirasi bilan oziqlanadilar, ko'pincha qalqondorlar o'simlikning to'qimasida patologik o'zgarishlarga olib keladilar, natijada barglarning va mevalarning to'kilishiga sabab bo'ladi, ayrim novda va shoxlarni quritadi, hosilning miqdori kamayib, sifati bo'ziladi. Ushbu qalqondorlardan turon soxta qalqondori yuqori o'rinni egallaydi, ya'ni 34,4% ni, binafsharangli 11,4% ni, O'rta Osiyo vergulsimon qalqondori esa 10,9% ni, qolgan turlari 7% ni tashkil qiladi [2;283-290 b.].

Mevali daraxtlarning qalqondorlar bilan zararlanishi birinchi o'rinni shaftoli (12,8%) egallab, olxo'ri, o'rik, olchani qalqondorlar 10,1-10,9 % zararlab gilos eng kam darajada qalqondorlar bilan zararlangan 8,6% va o'rtacha bali 1,7 ga teng [1;200-212 b.].

Tadqiqot uslubiyati. Tadqiqotlar Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi "O'quv tajriba xo'jaligi"ning 0,5 gektarlik olma mevali bog'larida olib borildi.

Tajriba uchun tanlab olingan olma daraxtlarining novdalari kuzatilib, zararlanish foizlari aniqlangach, har bir variantda 5 tadan daraxt tanlab olindi. Tajribadagi tanlab olingan olma daraxtlardagi qalqondorlarga qarshi TVINGO sus.k preparati va andoza sifatida esa Dalmetrin 10% em.k. preparatlari qo'llanildi. Olingan natijalar esa umum qabul qilingan uslublar asosida tahlil qilindi [3;47-49-b.].

Tadqiqot natijalari va ularning tahlili. Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko'ra qalqondorlarga qarshi Dalmetrin 10% em.k. preparati qo'llanilgan variantda, preparat qo'llashdan oldin 11,2 dona tashkil qilgan bo'lsa, keyingi 7 kun biologik samaradorlik 53,2% ni tashkil etgan bo'lsa, 14 kunga kelib, 66,4%, kuzatuvlarimizni 21 kuni esa 82,1% biologik samaradorlikni tashkil qildi.

Tajriba maydonidagi TVINGO sus.k preparati 0,6 l/ga sa'rf me'yorida qo'llanilgan variantda, esa samardorlik 7 kuni kunga kelib, 50,7% ni, 14 kuni kuzatilganda 74,2%, 21 kunga kelib esa 88,5% ni tashkil etdi.

ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION

ISSUE DEDICATED TO THE 80TH ANNIVERSARY OF THE ACADEMY OF SCIENCES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Xulosa va takliflar. Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko'ra qalqondorlarga qarshi kurash olib borishda, kuzgi va bahorgi agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida va samarali qilib o'tkazish ular sonini boshqarishda muhim omil bo'lib hisoblanadi. Jadval-1.

Qalqondorlarga qarshi TVINGO sus.k preparatining biologik samaradorligi

(Toshkent viloyati Qibray tumani ToshDAUo'quv tajriba stansiyasi. 2021-2022y.y.)

Preparatlarn i nomi Sarf me'yori kg/ga yoki l/ga Bitta novdadagi qalqondorl ar soni, dona Ishlov berilgandan keyin qolgan qalqondorlar soni, dona Biologik samaradorlik (%)

7 14 21 7 14 21

Nazarot Ishlov berilmag an 6,3 6,1 5,9 5,7 - - -

Dalmetrin 10% em.k. (andoza) 0,15 5,5 2,8 1,7 0,9 53,2 66,4 82,1

TVINGO sus.k 0,6 6,9 3,2 1,7 0,7 50,7 74,2 88,5

Ushbu qalqondorlarga qarshi TVINGO sus.k preparatini gektariga 0,6 l/ga hisobida o'z

vaqtida qo'llash orqali yuqori biologik samaradorlikka erishish mumkin.

REFERENCES

1. Sulaymonov B.A, Boltaev B.S, Komilov Sh.G. Qishloq xo'jalik ekinlarini zararkunandalari, kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari. Qo'llanma. / -T.: 2013 y. 2-3- b.

2. Rashidov M., Kimsanbaev X., Sulaymanov B. i dr. Trebovaniya k biologicheskim sredstvam borbbi s vreditelyami, selskoxozyaystvennbix kultur i metodbi ix kontrolya. -Tashkent, 2007. -19 s.

3. Xamraev A.Sh., Kojevnikova A.G., Sulaymonov B.A. va boshqalar. O'simliklarni himoya qilish. Andijon-2017. 403-428-b.

4. Xo'jaev Sh.T., Xolmurodov E. O'simliklarni zararkunandalardan uyg'unlashgan himoya qilish, hamda agrotoksikologiya asoslari. Toshkent-2014 y. 282-330-b.

5. Xo'jaev Sh.T. Insektitsid, akaritsid, biologik faol moddalar va fungitsidlarni sinash bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar. 2004 y. 37-49 b.

6. lex.uz.

7. www.ggau.by.

8. http://asprus.ru.

9. https://rosselhoscenter.com

10. https://habinfo.ru.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.