Научная статья на тему 'URUG‘ EKISH MUDDATLARINI KUZGI BUG‘DOYNI KRASNODAR-99 NAVI HOSILDORLIGIGA TA’SIRI'

URUG‘ EKISH MUDDATLARINI KUZGI BUG‘DOYNI KRASNODAR-99 NAVI HOSILDORLIGIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘tloqi sоz / tuproq / variant / hosildorlik / kuzgi bug‘doy / o‘g‘it / urug‘ / ekish muddati.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — N. I. Teshaboyev, Z.T.Sodiqova

Maqolada sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarning unumdorligi keltirilgan bo‘lib, ushbu tuproqlarda turli tajriba variantlari bo‘yicha kuzgi bug‘doyning krasnodar-99 navi yetishtirilgan va uning hosildorligiga urug‘ ekish muddatlarini ta’siri aniqlangan. Sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlar sharoitida barcha agrotexnik jarayonlarni o‘z vaqtida o‘tkazilib, sentabr oyining boshidan oktabr oyining birinchi o‘n kunligi oralig‘ida urug‘ ekilganda kuzgi bug‘doyning Davr navi hosildorligi va sifati yuqori darajaga yetishi aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «URUG‘ EKISH MUDDATLARINI KUZGI BUG‘DOYNI KRASNODAR-99 NAVI HOSILDORLIGIGA TA’SIRI»

URUG' EKISH MUDDATLARINI KUZGI BUG'DOYNI KRASNODAR-99 NAVI

HOSILDORLIGIGA TA'SIRI 1N. I. Teshaboyev , 2Z.T.Sodiqova

Farg'ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchilari https://doi.org/10.5281/zenodo.11185279

Annotatsiya. Maqolada sug'oriladigan o'tloqi saz tuproqlarning unumdorligi keltirilgan bo'lib, ushbu tuproqlarda turli tajriba variantlari bo'yicha kuzgi bug'doyning krasnodar-99 navi yetishtirilgan va uning hosildorligiga urug' ekish muddatlarini ta'siri aniqlangan. Sug'oriladigan o'tloqi saz tuproqlar sharoitida barcha agrotexnik jarayonlarni o'z vaqtida o'tkazilib, sentabr oyining boshidan oktabr oyining birinchi o 'n kunligi oralig'ida urug' ekilganda kuzgi bug'doyning Davr navi hosildorligi va sifati yuqori darajaga yetishi aniqlangan.

Kalit so'zlar: o'tloqi soz, tuproq, variant, hosildorlik, kuzgi bug'doy, o 'g'it, urug', ekish muddati.

Аннотация. В статье представлена продуктивность орошаемых лугово-сазовых почв, на этих почвах выращивался сорт озимой пшеницы krasnodar-99 по различным вариантам опыта и определено влияние сроков посева на его продуктивность. Все агротехнические процессы выполняются вовремя в условиях орошаемых лугосазовых почв, и установлено, что урожайность и качество озимой пшеницы сорта Давр достигает высокого уровня при посеве семян в период с начала сентября до первой декады вегетации. Октябрь.

Ключевые слова: луговой саз, почва, вариант, урожайность, озимая пшеница, удобрение, семена, сроки посева.

Abstract. The article presents the productivity of irrigated meadow-saz soils; the winter wheat variety krasnodar-99 was grown on these soils according to various experimental options and the influence of sowing timing on its productivity was determined. All agrotechnical processes are carried out on time in the conditions of irrigated meadow soils, and it has been established that the yield and quality of winter wheat of the Davr variety reaches a high level when sowing seeds from the beginning of September to the first ten days of the growing season. October.

Keywords: meadow saz, soil, option, yield, winter wheat, fertilizer, seeds, sowing time.

Kirish. Hozirgi kunda dunyo miqyosida qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori hamda sifatli hosil olish uchun meliorativ holati yomon, turli darajada sho'rlangan, unumdorligi past bo'lgan gidromorf tuproqlarni tadqiq etish, ularni unumdorligini orshirish chora-tadbirlarini ilmiy asosda ishlab chiqish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Kuzgi bug'doydan mo'l hosil yetishtirish birinchi navbatda dalada yuqori hosilni ta'minlaydigan ko'chat qalinligiga erishishga bog'liq. Yetarli ko'chat qalinligiga erishish uchun esa ekishni o'z vaqtida, sifatli amalga oshirilishi kerak. Kuzgi bug'doyni yaxshi o'sishi va rivojlanishi, qishga chidamliligi va hosildorligini ortishiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy omillardan biri urug'ni ekish muddatidir. Kuzgi bug'doy qulay, maqbul muddatlarda ekilganda urug'larning to'la unib chiqishi ta'minlanadi, sovuq tushguniga qadar yetarli darajada tuplanib oladi va yaxshi qishlaydi. G'alla ekinlari urug'ining ekish muddati navning biologik xususiyati va ekiladigan xo'jalikni tuproq-iqlim sharoitini hisobga olib belgilanadi. Kuzgi bug'doy kech muddatlarda ekilganda urug'lar siyrak unib chiqadi, o'simlik qish boshlangunicha tuplanishga ulgurmaydi, maysalar nimjon bo'lib, qishga chidamliligi past bo'ladi. Ekinlardan yuqori hosil olishda har bir

navning o'ziga mos agrotexnik tadbirlarini ishlab chiqish lozim. Hosildorlik ekin maydonlarini ko'paytirish hisobiga emas, balki yangi, yuqori hosil beradigan navlarni ishlab chiqarishga kiritish va ularni ilg'or agrotexnika tadbirlari asosida parvarishlash hisobiga ko'paytirilishi kerak. Har bir navni o'ziga mos o'stirish agrotexnikasi g'alla yetishtiruvchi xo'jalikni tuproq-iqlim sharoitini hisobga olib yaratilishi lozim. Bug'doy hosildorligiga ta'sir etuvchi agrotexnik tadbirlarning eng muhimi ekish muddatini to'g'ri belgilashdir. Kuzgi bug'doyni Krasnodar-99 navi hosildorligiga urug' ekish muddatlarini ta'sirini o'rganish uchun Farg'ona viloyati Qo'shtepa tumani "Burxonov o'g'li Dilshod" fermer xo'jaligi sharoitida tajriba o'tkazdik. Bu xo'jalik Katta Farg'ona kanali yonida joylashgan. Bu mintaqaning iqlimi keskin kontinental bo'lib, eng yuqori harorat iyul oyida +45 °C gacha, minimal harorat yanvar oyida bo'lib, ayrim yillari -25 °C gacha sovuq bo'ladi. Yillik yog'in miqdori o'rtacha 200-220 mmni tashkil qiladi. Tuproqlari o'tloqi-botqoq tuproqlar tipida bo'lib, qadimdan sug'orilib kelinadi. Yer osti suvlarining chuqurligi 1,5-1,8 metrni tashkil qiladi.

Tajribada kuzgi bug'doyni Krasnodar-99 navini urug'lari 20-sentabrda, 10-oktabrda va 30-oktabrda ekildi. Tajriba uchta variantdan iborat bo'lib, to'rt qaytariqda o'tkazildi. Tajribadagi har bir variantning egallagan maydoni 108 m2 (3,6 m * 30 m), shundan hisoblash maydonchasi 54 m2 (1,8 m * 30 m).

Tajribada kuzgi bug'doyni mahsuldorlik ko'rsatkichlari aniqlandi. Buning uchun hosilni yig'ishtirish oldidan har bir variantning to'rt joyidan 0,25 m2 maydondagi bug'doy yulib olindi. Olingan bug'doyni umumiy va mahsuldor tuplanganlik darajasi, poyaning balandligi, boshog'ining uzunligi, bitta boshoqda hosid bo'lgan donlarning miqdori va 1000 dona donning vaznini aniqladik.

1-jadval.

Urug' ekish muddatlarini Krasnodar-99 navining mahsuldorlik ko'rsatkilariga ta'siri.

Ko'rsatkichlar Ekish muddati

20-sentabr 10-oktabr 30-oktabr

1. 1m2 maydondagi mahsuldor poyalar soni, dona 502 501 396

2. Poyaning balandligi, sm 104,3 101,3 87,5

3. Boshoq uzunligi, sm 9,1 9,2 7,2

4. Bitta boshoqdagi donlar soni, dona 41,1 42,2 34,8

5. 1000 dona don og'irligi, gr. 42,1 41,9 39,7

Yuqoridagi jadval ma'lumotlaric an ko'rinib turibdiki, hosilni yig'ishtirish oldidan 1 m2

maydonda hosil bo'lgan mahsuldor poyalar soni bug'doy urug'lari 20-sentabrda ekilgan variantda 502 dona, urug' 10-oktabrda ekilgan variantda 501 dona va urug' 30-oktabrda ekilgan variantda esa 396 donani tashkil qildi. Poyaning balandligi mos ravishda 104,3 sm, 101,3 sm va 87,5 sm bo'ldi. Bug'doy boshog'ining uzunligi esa urug' 20-sentabrda ekilgan variantda 9,1 sm, urug' 10-oktabrda ekilgan variantda 9,2 sm va urug' 30-oktabrda ekilgan variantda 7,2 sm dan iborat bo'ldi. Bitta boshoqda hosil bo'lgan donlarning miqdori mos ravishda 41,1 dona, 42,2 dona va 34,8 donani tashkil qildi. 1000 dona donning vazni urug' 20-sentabrda ekilgan variantda 42,1 gr, urug' 10-oktabrda ekilgan variantda 41,9 gr va urug' 30-oktabrda ekilgan variantda 39,7 grdan iborat bo'ldi.

Keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, kuzgi bug'doyning mahsuldorlik ko'rsatkichlari bug'doy urug'ini 10-oktabrda ekilgan variantda boshqa variantlarga nisbatan yuqori bo'ldi. Dala ekinlari o'stirishda o'tkaziladigan tajribalarning asosiy vazifasi o'rganilayotgan tadbir yoki omilning o'simliklar hosildorligiga ta'sirini ilmiy asoslashdan iborat.

Hosildorlik qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining bosh mezoni hisoblanib, ekinlar parvarishining asl maqsadi maydon birligidan olinadigan hosildorlikni oshirishga qaratilgan. O'tkazilgan tajribamiz variantlari bo'yicha kuzgi bug'doy hosildorligi aniqlandi. 2-jadval.

Ekish muddatlarini bug'doyni Krasnodar-99 navi hosildorligiga ta'siri (s/ga).

Ekish muddatlari Qaytariqlar O'rtacha

I II III IV

1. Bug'doy urug'i 20-sentabrda ekilgan 65,3 66,1 64,8 63,8 65,0

2. Bug'doy urug'i 10-oktabrda ekilgan 67,9 68,3 66,4 65,7 67,1

3. Bug'doy urug'i 30-oktabrda ekilgan 52,2 53,6 51,4 50,3 51,8

N ÎSR 05. 1,28 NSR % [,90

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, tajribani bug'doy urug'i 20-sentabrda ekilgan

variantidan 65,0 s/ga don hosili olindi. Bug'doy urug'i 10-oktabrda ekilgan variantdan esa 67,1

s/ga don hosili olindi. Bug'doy urug'i 30-oktabrda ekilgan variantdan 51,8 s/ga don hosili olindi.

O'tkazgan tajribamiz natijalariga asoslanib, Farg'ona viloyatining Qo'shtepa tumani sharoitida

kuzgi bug'doy urug'ini 20-sentabrdan 10-oktabrga qadar ekishni tavsiya qilamiz.

REFERENCES

1. Anvarjonovich D. Q., Ikromjonovich T. N. Influence Of Microelement Fertilizers In Foliar Feeding Of Cotton On Changes In Cotton Boll Weight //Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. - 2024. - Т. 24. - С. 16-19.

2. Teshaboeva, M., D. Abdug'Anieva, and S. Raximjonova. "ТАКРОРИЙ ЭКИЛГАН МОШ Х,ОСИЛИ ТАРКИБИДАГИ ПРОТЕИН МИВДОРИ." Scienceandinnovation 1.D7 (2022): 517-526.

3. Давронов Тешабоев Н. МИКРОЭЛЕМЕНТЛИ УЕИТЛАРНИ УСИМЛИКНИ БАРГИ ОР^АЛИ ^УЛЛАШНИНГ ГУЗАНИ 1000 ДОНА ЧИГИТ ВАЗНИ ^АМДА БИР КУСАКДАГИ ПАХТА ВАЗНИ НИНГ УЗГАРИШИГА ТАЪСИРИ //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. Special Issue 8. - С. 1811-1815.

4. Davronov Q. A., Teshaboyev N. I., Abdullayeva G. A. TUPROQQA CHUQUR ISHLOV BERISHNING PAXTA XOSILILIGA TA'SIRI //Science and innovation. - 2024. - Т. 3. -№. Special Issue 21. - С. 403-406.5. Ikromjonovich T. N., Ikromjonovna T. M. INFLUENCE OF SEED PLANTING PERIODS ON THE PRODUCTIVITY OF AUTUMN STEAM DEED VARIETIES. 5. Teshaboyev N., Muhammadaliyev M., Usmonova Z. THE INFLUENCE OF DEEP WORKING BETWEEN ROWS ON COTTON PRODUCTIVITY //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D7. - С. 660-664.

5. Teshaboyev N., Akbarova M., Akhmadjonova S. DEEP SOFTENING OF ROW BETWEEN AND COTTON PRODUCTIVITY //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D7. - С. 612-616. 7. Давронов Тешабоев Н. МИКРОЭЛЕМЕНТЛИ УГИТЛАРНИ УСИМЛИКНИ БАРГИ ОР^АЛИ ^УЛЛАШНИНГ ГУЗАНИ 1000 ДОНА ЧИГИТ ВАЗНИ ХДМДА БИР КУСАКДАГИ ПАХТА ВАЗНИ НИНГ УЗГАРИШИГА ТАЪСИРИ //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. Special Issue 8. - С. 1811-1815.

6. Teshaboyev N. et al. KARTOSHKANING XOSILDORLIGIGA VIRUS KASALLIKLARINING TA'SIRI, FARG 'ONA VILOYATI SHAROITIDA KARTOSHKA

KASALLIKLARINI O 'RGANISH MUAMMOLARI VA ISTIQBOLLARI //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D8. - С. 729-733. 7. Эшпулатов Ш. Я., Тешабоев Н. И., Мамадалиев М. З. У. Интродукция, свойства и выращивание лекарственного растение стевия в условиях ферганского долины //Евразийский Союз Ученых. - 2021.№. 2-2 (83). - С. 37-41..

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.