Научная статья на тему 'NAVLAR XOSILDORLIKNI OSHIRISHDAGI ASOSIY OMIL'

NAVLAR XOSILDORLIKNI OSHIRISHDAGI ASOSIY OMIL Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘tloqi saz / tuproq / variant / hosildorlik / kuzgi bug‘doy / o‘g‘it / urug‘ / ekish muddati.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Teshaboyev Nodirbek Ikromjonovich, Bozorboyeva Azimaxon Abdukamol Qizi

Ushbu makolada sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlarning unumdorligi keltirilgan bo‘lib, ushbu tuproqlarda turli tajriba variantlari bo‘yicha kuzgi bug‘doyning Chillakai, Kroshka, Tanya navlarini yetishtirilgan va uning hosildorligiga urug‘ ekish muddatlarini ta’siri aniqlangan. Sug‘oriladigan o‘tloqi saz tuproqlar sharoitida barcha agrotexnik jarayonlarni o‘z vaqtida o‘tkazilib, kuzgi bug‘doyning navlarni hosildorligi va sifati yuqori darajaga yetishi aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NAVLAR XOSILDORLIKNI OSHIRISHDAGI ASOSIY OMIL»

NAVLAR XOSILDORLIKNI OSHIRISHDAGI ASOSIY OMIL 1Teshaboyev Nodirbek Ikromjonovich, 2Bozorboyeva Azimaxon Abdukamol qizi

1 Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi 2Farg'ona davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11185311

Annotatsiya. Ushbu makolada sug'oriladigan o'tloqi saz tuproqlarning unumdorligi keltirilgan bo'lib, ushbu tuproqlarda turli tajriba variantlari bo'yicha kuzgi bug'doyning Chillakai, Kroshka, Tanya navlarini yetishtirilgan va uning hosildorligiga urug' ekish muddatlarini ta 'siri aniqlangan. Sug'oriladigan o'tloqi saz tuproqlar sharoitida barcha agrotexnik jarayonlarni o 'z vaqtida o'tkazilib, kuzgi bug'doyning navlarni hosildorligi va sifati yuqori darajaga yetishi aniqlangan.

Kalit so 'zlar: o'tloqi saz, tuproq, variant, hosildorlik, kuzgi bug'doy, o 'g'it, urug', ekish muddati.

Аннотация. В данной статье представлена продуктивность орошаемых лугово-сазовых почв, на этих почвах по различным вариантам опыта выращивались сорта озимой пшеницы Чиллакай, Крошка, Таня и определено влияние сроков посева на ее продуктивность. Все агротехнические процессы были проведены вовремя в условиях орошаемых лугово-сазовых почв, установлено, что урожайность и качество сортов озимой пшеницы достигли высокого уровня.

Ключевые слова: луговой саз, почва, вариант, урожайность, озимая пшеница, удобрение, семена, сроки посева.

Abstract. This article presents the productivity of irrigated meadow-saz soils; on these soils, according to various experimental options, winter wheat varieties Chillakai, Kroshka, Tanya were grown, and the influence of sowing dates on its productivity was determined. All agrotechnical processes were carried out on time in the conditions of irrigated meadow-saz soils; it was established that the yield and quality of winter wheat varieties reached a high level.

Keywords: meadow saz, soil, option, yield, winter wheat, fertilizer, seeds, sowing time.

Mamlakatimizda don yetishtirishni ko'paytirish hamda sug'oriladigan maydonlar xosildorligini oshirish muayyan tuproq va iqlim sharoitiga mos bug'doy navlarini ekish bilan bevosita bog'liq. Chunki kuzgi bug'doy navlari turli mintaqalarning tuproq iqlim sharoitlarida o'zini xosildorlikdagi ichki imkoniyatlarini to'liq ko'rsata olmaydi. Bir nav muayyan mintaqada tezpisharlik, xosildorlik, kasalliklarga chidamlilik xususiyatlarini namoyon qilsa, boshqa mintaqada buning tamoman aksi bo'lishi yoxud bu xususiyatlar to'liq yuzaga chiqmasligi mumkin.

Bu vazifani hal qilishda respublikamizning tuproq-iqlim sharoitiga mos, serxosil, nonboplik sifatlari yaxshi bo'lgan bug'doy navlarini tanlab ekish, yuqori va sifatli don yetishtirishda asosiy omil xisoblanadi. Shuningdek turli kasalliklar va zararkunandalarga chidamli, poyasi yotib qolmaydigan yuqori xosil beradigan navlarni tanlab ekish shu kunning dolzarb vazifasidir. Bu borada keyingi yillarda Rossiya va boshqa mamlakatlardan ko'plab bug'doy navlari keltirilmoqda. Bu navlarni maxalliy sharoitlarda sinab ko'rib xosildorlik jixatidan yuqori imkoniyatlarga ega bo'lganlarini tanlash va ularni o'stirish texnologiyasini ishlab chiqish muxim vazifadir.

Yuqoridagilarni xisobga olib, Farg'ona tumani tuproq-iqlim sharoitiga mos kuzgi bug'doy navlarini tanlash, o'sishi, rivojlanishi va xosildorligini o'rganish maqsadida, kuzgi bug'doyning

«Chillaki», «Kroshka» va «Tanya» navlarida tajriba o'tkazdik. Dala tajribasi 3 variantdan iborat bo'lib,

4 qaytariqda o'tkazildi. Har bir variantning egallagan maydoni 108 m2 (3,6x30m), shundan xisoblash maydonchasi 54 m2 dan iborat bo'ldi. Bug'doy urug'i 15 oktabrda ekildi. Barcha texnologik jarayonlar xamma variantlarda bir xilda amalga oshirildi. Navlarning rivojlanishi bosqichlariga to'la kirish muddatlari kuzatilganda quyidagi natijalar olindi.

(1 jadval)

Bug'doy navlarining rivojlanish bosqichlariga yalpi kirishi.

Navlar Rivojlanish bosqichlari

Unib chiqish Tuplanish Nay o'rash Boshoqlash Gullash Pishish

Chillaki 23.X. 16.XI 18.03 17.04 22.04 2.06

Kroshka 23.X. 18.XI 23.03 24.04 29.04 14.06

Tanya 23.X. 19.XI 24.03 26.04 30.04 16.06

Yuqoridagi jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki tajribada sinalgan xamma navlarning urug'ini unib chiqishi bir xil bo'ldi. Tuplanish fazasi esa «Chillaki» naviga nisbatan Kroshka va Tanya navida 2 kun kech boshlandi.

Tajribada kuzgi bug'doyning Chillaki navi naychalash fazasiga Kroshka naviga nisbatan 5 kun, Tanya naviga nisbatan 6 kun oldin kirdi. Boshoqlash fazasi Chillaki navida Kroshka naviga nisbatan 7 kun, Tanya naviga nisbatan 9 kun oldin boshlandi. Tajribada kuzgi bug'doyning Chillaki navi Kroshka naviga nisbatan 12 kun, Tanya naviga nisbatan 14 kun oldin pishdi. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki kuzgi bug'doyning Chillaki navi rivojlanishning xamma bosqichlariga Kroshka va Tanya navlariga nisbatan oldin kirdi. Bug'doy navlariga baxo berishda ularning maxsuldorlik ko'rsatkichlarini aniqlash muxim xisoblanadi. Bug'doyning maxsuldorlik ko'rsatkichlariga bug'doy poyasining balandligi, maxsuldor poyalar soni, boshoqning uzunligi, bitta boshoqda xosil bo'lgan donlarning miqdori va ming dona don vazni va boshqa ko'rsatkichlar kiradi. Bizning tajribamizda xosilni yig'ishtirish oldidan 1 m2 maydondagi maxsuldor poyalar soni bo'yicha «Kroshka» navi boshqa navlardan ustun ekanligi kuzatildi. Boshoq uzunligi va bitta boshoqda xosil bo'lgan donlarning miqdori xamda ming dona donning vazni bo'yicha xam «Kroshka» navi boshqa navlardan yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'ldi. Tajribada ekilgan bug'doy navlarining xosildorligi aniqlandi.

(2 jadval)

Bug'doy navlarining xosildorligi

Navlar Qaytariqlar O'rtacha s/ga

1 2 3 4

Chillaki 56,4 58,2 55,6 57,5 56,9

Kroshka 61,2 63,4 62,6 64,2 62,8

Tanya 59,2 61,3 60,7 62,2 60,8

Bu jadval ma'lumotlariga qaraganda «Chillaki» navining gektaridan 56,9, «Kroshka» navidan 62,8, «Tanya» navidan esa 60,8, sentner don xosili olindi. «Chillaki» navi boshqa navlarga nisbatan kamroq xosil berdi ammo boshqa navlardan 12-14 kun oldin pishdi. Bu nav xosili yig'ishtirib olingandan keyin, uning o'rniga takroriy ekinlar ekish uchun maqbul sharoit vujudga keldi.

Xulosa qilib aytganda, Farg'ona tumani tuproq-iqlim sharoitida kuzgi bug'doydan yuqori xosil olish uchun «Kroshka» va «Tanya», xosilni erta yig'ishtirib olish uchun esa «Chillaki» navining ekish maqsadga muvofiq. Kelajakda tajribada ekilgan navlarning o'stirish texnologiyalarini mukammallashtirish orqali ularning xosildorligini yanada oshirishning imkoniyatlari mavjud.

REFERENCES

1. Атабоева Х., Азизов Б. Бугдой Тошкент 2008 йил

2. Давронов Ц., Тешабоев Н. МИКРОЭЛЕМЕНТЛИ УЕИТЛАРНИ УСИМЛИКНИ БАРГИ ОРЦАЛИ ЦУЛЛАШНИНГ ГУЗАНИ 1000 ДОНА ЧИГИТ ВАЗНИ ^АМДА БИР КУСАКДАГИ ПАХТА ВАЗНИ НИНГ УЗГАРИШИГА ТАЪСИРИ //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. Special Issue 8. - С. 1811-1815.Турсунов С., Туражонов С. "Кузги бугдой хосилдорлиги". "Узбекистон кишлок хужалиги" журнали. 2009 йил 2-сон.

3. Anvarjonovich D. Q., Ikromjonovich T. N. Influence Of Microelement Fertilizers In Foliar Feeding Of Cotton On Changes In Cotton Boll Weight //Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences. - 2024. - Т. 24. - С. 16-19.

4. Давронов Ц., Тешабоев Н. МИКРОЭЛЕМЕНТЛИ УГИТЛАРНИ УСИМЛИКНИ БАРГИ ОРЦАЛИ ЦУЛЛАШНИНГ ГУЗАНИ 1000 ДОНА ЧИГИТ ВАЗНИ ХДМДА БИР КУСАКДАГИ ПАХТА ВАЗНИ НИНГ УЗГАРИШИГА ТАЪСИРИ //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. Special Issue 8. - С. 1811-1815.

5. Davronov Q. A., Teshaboyev N. I., Abdullayeva G. A. TUPROQQA CHUQUR ISHLOV BERISHNING PAXTA XOSILILIGA TA'SIRI //Science and innovation. - 2024. - Т. 3. -№. Special Issue 21. - С. 403-406.

6. Teshaboeva M., Abdug'Anieva D., Raximjonova S. ТАКРОРИЙ ЭКИЛГАН МОШ КОСИЛИ ТАРКИБИДАГИ ПРОТЕИН МИЦДОРИ //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D7. - С. 517-526.

7. Эшпулатов Ш. Я., Тешабоев Н. И., Мамадалиев М. З. У. Интродукция, свойства и выращивание лекарственного растение стевия в условиях ферганского долины //Евразийский Союз Ученых. - 2021. - №. 2-2 (83). - С. 37-41.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.