Научная статья на тему 'TURLI ME’YORDAGI MINERAL O’G’ITLAR QO’LLANILISHINING TUPROQDAGI MINERAL AZOT BILAN OZIQLANISHIGA BOG’LIQ HOLDA KUZGI BUG’DOY HOSIL ELEMENTLARI VA HOSILDORLIKNI SHAKLLANISHI'

TURLI ME’YORDAGI MINERAL O’G’ITLAR QO’LLANILISHINING TUPROQDAGI MINERAL AZOT BILAN OZIQLANISHIGA BOG’LIQ HOLDA KUZGI BUG’DOY HOSIL ELEMENTLARI VA HOSILDORLIKNI SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
8
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
eskidan sug’oriladigan och tusli bo’z tuproq / kuzgi bug’doy navi / mineral o’g’itlar me’yori / mineral azot dinamikasi / kuzgi bug’doyni rivojlanishi davrlari / nitratli va ammiakli azot miqdorlari / mahsuldorlik ko’rsatkichlari / hosil elementlari.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Sh.Xakimov, G.Maxmudjonova

Kuzgi bug’doyni vegetatsiya davrida, ya’ni yoz oylarida dalalar sug’orilgandan 5-6 kundan keyin, tuproqning yuqori qatlamidagi nitratli azot miqdorlari oldingi holatiga qaytdi, ba’zi hollarda miqdori undan ham ko’p bo’lishi kuzatildi. SHu bilan bir qatorda, bahorda va ma’lum sharoitlarda tuproqdagi N-NH4 miqdori N-NO3 dan ortiq bo’lishi mumkinligi aniqlangan. Kuzgi bug’doyni rivojlanish davri davomida mineral o’g’itlar qo’llanilmagan tajriba variantida tuproqdagi N-NO3 va N-NH4 miqdorlari kam (<17 mg/kg) va bir-biriga juda yaqinligi bilan tafsiflandi. Ushbu tuproqda organik moddaning mineralizatsiya tartibi ammoniyli-nitratli tipga mansubligi aniqlandi. Och tusli bo’z tuproqlari sharoitida CHillaki naviga mineral o’g’itlarning N200P140K100 kg/ga me’yorda qo’llanganda urug’ning dalada ko’karib chiqishiga bog’liq ravishda hosil elementlarini belgilovchi sifat ko’rsatkichlari eng yuqori bo’ldi. SHunga mos ravishda unuvchanligi yuqori va sifatli don hosili yetishtirishga erishildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURLI ME’YORDAGI MINERAL O’G’ITLAR QO’LLANILISHINING TUPROQDAGI MINERAL AZOT BILAN OZIQLANISHIGA BOG’LIQ HOLDA KUZGI BUG’DOY HOSIL ELEMENTLARI VA HOSILDORLIKNI SHAKLLANISHI»

TURLI ME'YORDAGI MINERAL O'G'ITLAR QO'LLANILISHINING TUPROQDAGI MINERAL AZOT BILAN OZIQLANISHIGA BOG'LIQ HOLDA KUZGI BUG'DOY HOSIL ELEMENTLARI VA HOSILDORLIKNI SHAKLLANISHI 1Sh.Xakimov, 2G.Maxmudjonova

1Namangan muhandislik-texnologiya institute, q.x.f.n., dotsent 2Namangan muhandislik-texnologiya instituti talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.10933971

Annotatsiya. Kuzgi bug'doyni vegetatsiya davrida, ya'ni yoz oylarida dalalar sug'orilgandan 5-6 kundan keyin, tuproqning yuqori qatlamidagi nitratli azot miqdorlari oldingi holatiga qaytdi, ba'zi hollarda miqdori undan ham ko'p bo'lishi kuzatildi. SHu bilan bir qatorda, bahorda va ma'lum sharoitlarda tuproqdagi N-NH4 miqdori N-NO3 dan ortiq bo'lishi mumkinligi aniqlangan.

Kuzgi bug'doyni rivojlanish davri davomida mineral o'g'itlar qo'llanilmagan tajriba variantida tuproqdagi N-NO3 va N-NH4 miqdorlari kam (<17 mg/kg) va bir-biriga juda yaqinligi bilan tafsiflandi. Ushbu tuproqda organik moddaning mineralizatsiya tartibi ammoniyli-nitratli tipga mansubligi aniqlandi.

Och tusli bo'z tuproqlari sharoitida CHillaki naviga mineral o'g'itlarning N200P140K100 kg/ga me 'yorda qo'llanganda urug'ning dalada ko'karib chiqishiga bog'liq ravishda hosil elementlarini belgilovchi sifat ko'rsatkichlari eng yuqori bo'ldi. SHunga mos ravishda unuvchanligi yuqori va sifatli don hosili yetishtirishga erishildi.

Kalit so'zlar. eskidan sug'oriladigan och tusli bo'z tuproq, kuzgi bug'doy navi, mineral o'g'itlar me 'yori, mineral azot dinamikasi, kuzgi bug'doyni rivojlanishi davrlari, nitratli va ammiakli azot miqdorlari, mahsuldorlik ko'rsatkichlari, hosil elementlari.

Аннотация. В течение вегетации озимой пшеницы, в том числе и в летние месяцы, через 5-6 дней после полива полей содержание нитратного азота в верхнем слое почвы возвращалось к прежнему уровню, а в некоторых случаях наблюдалось даже большее его количество. Установлено, что весной и при определенных условиях количество N-NH4 в почве может превышать количество N-NO3. Количество N-NO3 и N-NH4 в почве было низким (<17 мг/кг) и очень близким друг к другу в варианте опыта, где минеральные удобрения не вносились в период развития озимой пшеницы. Установлено, что порядок минерализации органического вещества в этой почве относится к аммиачно-нитратному типу.

В условиях светлых сероземов показатели качества, определяющие элементы урожайности в зависимости от всхожести семян в поле, были наиболее высокими при внесении под сорт Чиллаки минеральных удобрений N200P140K100 кг/га. Соответственно, достигнуто выращивание высокоудобренных и качественных зерновых культур.

Ключевые слова: староорошаемая бледная серозем, сорт озимой пшеницы, норма минеральных удобрений, динамика минерального азота, сроки развития озимой пшеницы, количество нитратного и аммиачного азота, показатели продуктивности, элементы урожайности.

Abstract. During the growing season of winter wheat, including in the summer months, 56 days after watering the fields, the content of nitrate nitrogen in the top layer of soil returned to its previous level, and in some cases even greater amounts were observed. It has been established that in spring and under certain conditions the amount of N-NH4 in the soil can exceed the amount of N-NO3. The amount of N-NO3 and N-NH4 in the soil was low (<17 mg/kg) and very close to

each other in the experimental variant where mineral fertilizers were not applied during the development of winter wheat. It has been established that the order of mineralization of organic matter in this soil belongs to the ammonium nitrate type.

In the conditions of light gray soils, quality indicators that determine the elements of yield depending on the germination of seeds in the field were the highest when mineral fertilizers N200P140K100 kg/ha were applied to the Chillaki variety. Accordingly, the cultivation of highly fertilized and high-quality grain crops has been achieved.

Keywords: old-irrigated pale sierozem, winter wheat variety, rate of mineral fertilizers, dynamics of mineral nitrogen, timing of winter wheat development, amount of nitrate and ammonia nitrogen, productivity indicators, yield elements.

Kirish. G'allachilikda mintaqaviy agrotexnika asosida ish yuritish, ya'ni turli tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan navlarni yaratish, ularni yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish, jumladan sug'orish hamda maqbul oziqlantirish me'yorlari va muddatlarini ishlab chiqish shu bilan bir qatorda tuproqdagi minerologik jarayonlarni o'rganish shu asosda kuzgi bug'doydan samarali mahsuldorlikka erishish o'ta muhim hisoblanadi.

SHu sababdan qishloq xo'jaligi ilmiy muassasalari tomonidan turli tuproq va iqlim sharoitlarida kuzgi bug'doyning yangi har xil navlari, ularni ekish muddatlari va me'yorlari, sug'orish va o'g'itlash tartiblari kabi masalalarning samaradorligini o'rganishga doir ilmiy izlanishlar ham boshlab yuborilgan [1, 2].

Tadqiqot uslubi. Yuqoridagi olib borilgan tadqiqotlar qatorida Namangan viloyatining eskidan sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlari sharoitida kuzgi bug'doyning CHillaki naviga mineral o'g'itlarni turli (N0P0K0; N150P100K75; N200P140K100 va N250P175K125 kg/ga) me'yorlarining ta'siri birinchi bor o'rganildi. Tadqiqot 16 variant, 4 takrorlanishda 1 yarusda, bir bo'linma maydoni 224 m2 da joylashtirildi. Nazoratdan tashqari barcha variantlarda azotli o'g'itlarning 30 kg, fosforli va kaliyli o'g'itlarning barcha miqdori ekishdan oldin, azotli o'g'itlarning qolgan qismi teng ikkiga bo'linib, bahorgi tuplash va naychalash davrida solindi.

Tajriba o'tkazish, fenologik kuzatuv, tuproq va o'simlik namunalari olish «Metodika polevix opitov» va «Metodika Gosudarstvennogo sorta ispitaniya sel'skoxozyaystvennix kul'tur» qo'llanmasiga asosan o'tkazildi.

Tuproq va o'simlik namunalarining agrokimyoviy «Metodi agroximicheskix analizov pochv i rasteniy Sredney Azii» usulnomasiga binoan, tajriba ma'mlumotlari SAS 9.1 va SPSS 12.0 muhitlarida variatsion-statistik tahlil qilindi.

Tadqiqot natijalari. Tuproq tarkibidagi azotni harakatchan shakllari orasida o'simliklar oson o'zlashtiradigani va miqdor nisbatida ko'proq bo'ladigani nitratli va ammoniyli azot hisoblanadi. Markaziy Osiyo tuproqlarida mineral azotni asosiy qismini nitratlar tashkil etadi, chunki mintaqa tuproqlari yuqori biogenligi bilan ajralib turadi va shu sababli, ammoniy va amid shaklida qo'llanilgan azotli o'g'itlar tez kunlarda nitratga aylanadi. N-NO3 esa tuproqning singdirish majmuasiga o'tmaydi, suvda yaxshi eriydi va yog'ingarchilik hamda vegetatsion sug'orishlar ta'sirida tuproqning pastki va chuqur qatlamlariga yuviladi. O'simliklarni vegetatsiya davrida, ya'ni yoz oylarida dalalar sug'orilgandan 5-6 kundan keyin, tuproqning yuqori qatlamidagi nitratli azot miqdorlari oldingi holatiga qaytadi, ba'zi hollarda miqdori undan ham ko'p bo'lishi mumkin [3;7]. SHu bilan bir qatorda, bahorda va ma'lum sharoitlarda tuproqdagi N-NH4 miqdori N-NO3 dan ortiq bo'lishi mumkinligi aniqlangan [6].

Bizning tajribalarimiz natijalariga ko'ra, kuzgi bug'doyni amal davrida va mineral o'g'itlarni turli me'yorlari qo'llanilganda, tuproqning 0-50 sm li qatlamidagi N-NO3 o'rtacha miqdori N-NH4 dan ko'p bo'lganligi aniqlandi. Kuzatilgan bu hodisa o'rganilgan navlarga taalluqsiz ravishda o'rin egallagan hamda mineral (azotli) o'g'itlar me'yori ko'payishi bilan tuproqdagi nitratli azot miqdorlarining ammoniyga nisbatan bo'lgan farqi ikki martagacha ortib borgan (1-rasm va 1-jadval). O'simliklarni rivojlanishi davomida mineral o'g'itlar qo'llanilmagan tajriba variantlarida tuproqdagi N-NO3 va N-NH4 miqdorlari kam (<17 mg/kg) va bir-biriga juda yaqinligi bilan tafsiflanadi. Demak, ushbu tuproqlarda organik moddaning mineralizatsiya tartibi ammoniyli-nitratli tipga mansubdir [10].

1-jadval. Kuzgi bug'doyning rivojlanish davrlarida tuproqdagi mineral azot dinamikasi, 0-50 qatlamda mg/kg (CHillaki navida)

Mineral o'g'it me'yorlari Tuproqdagi mineral azot shakllari Kuzgi bug'doyning rivojlanish davrlari

Bahorgi tuplash Naychalash Boshoqlash Sut-mum pishish To'la pishish

03.III 01.IV 06.V 18.V 25.VI

N0P0K0 NNO3 14,8 16,0 14,0 12,5 10,1

NNH4 11,3 10,8 10,2 10,1 9,5

N150P105K75 NNO3 19,1 24,2 19,2 14,1 11,6

NNH4 13,6 14,8 13,1 10,6 10,5

N200P140K100 NNO3 27,2 35,0 25,2 20,7 15,7

NNH4 14,9 15,7 15,0 12,7 11,3

N250P175K125 NNO3 29,8 37,9 29,1 22,9 17,8

NNH4 18,9 19,1 17,7 16,7 11,1

Ushbu tuproqlarda ammoniyli azotga nisbatan nitratlarni ko'p bo'lishiga quyidagi sharh ham mavjud. Tuproq tarkibidagi organik modda mikroorganizmlar ishtirokida mineralizatsiyalanadi hamda oddiy ravishda parchalanadi, ammonifikatsiya va nitrifikatsiya jarayonlariga uchraydi. Natijada N-NO3 va N-NH4 vujudga keladi, hosil bo'lgan ammoniyli azotning bir qismini tuproq zarrachalari shimadi, bir qismi mikroorganizmlar tomonidan qayta o'zlashtiriladi, yana bir qismi esa oqsidlanib nitrat va nitritlarga aylanadi. N-NH4 qolgan kamroq qismi erkin holatida atmosferaga uchib ketadi. SHu hisobiga vegetatsiya davrining oxirigacha N-NH4 miqdorlari N-NO3 nisbatan kam bo'ladi [9; 10].

Tajribalarimizda kuzgi bug'doyni rivojlanishi davrlari bo'ylab qo'llanilgan mineral o'g'itlar me'yorlariga bog'liq ravishda tuproqning 0-50 sm li qatlamida mineral azot (N-NO3+N-NH4) miqdori turlicha o'zgarib turdi (1-rasm).

NPK o'g'iti turli me'yorda qo'llanilgan barcha variantlarda, tuproqdagi mineral azotning eng ko'p miqdori o'simliklarni tuplashdan naychalash davriga qadar ortib bordi. Masalan 2021 yili, CHillaki navining naychalash davrida tuproqning 0-50 sm li qatlamida bu miqdor o'rtacha 34,2-50,6 mg/kg bo'lgan bo'lsa, Kupava navida 40,8-56,0 mg/kg oralig'ida edi. Ekinning ushbu ikki davrida mineral azot miqdorlarini yuqori bo'lishi tuproqning gidrotermik sharoitini yaxshilanishi, undagi mikrobiologik jarayonlarni faollashishi va har xil me'yorda azotli o'g'itlar qo'llanilishi bilan bog'liqdir [8].

Kuzgi bug'doy rivojining amal davrida, ya'ni boshoqlash, donning sut-mum va yetilib pishish fazalarida tuproqdagi N-NO3+N-NH4 miqdorlari asta sekin pasayib borganligi kuzatildi. Bu borada eng past ko'rsatkich kuzgi bug'doyni yetilib pishgan davriga mansubdir (2021 yilda, ishlatilgan mineral o'g'itlar me'yorlariga mutanosib ravishda, CHillaki navida - 16,0-27,5 mg/kg, Kupavada - 17,6-28,9 mg/kg). Kuzgi bug'doyni vegetatsiya oxiriga qadar tuproqdagi mineral azot

miqdorlarini kamayishi ekinning jadal ravishda oziqa o'zlashtirishi, organik modda va hosil to'plashi bilan bog'liqdir.

Tuproqning 0-50 sm qatlamidagi mineral azot dinamikasi (Chillaki, 2021)

75

3 60

OT E 45

4

X 30

N

T' 15

+

CO

0

N 0

2:

Oa-

o

10.I

03.IV

03.V

23.V

19.VI

-O— yrUTCU3 -A—N200P140K100

N150P105K75 N250P175K125

1-rasm. Kuzgi bug'doy navlarining vegetatsiya davrida tuproqning 0-50 sm li qatlamidagi minerai (N-NO3+N-NH4) azot miqdorlarining dinamikasi (mg/kg)

SHu bilan birgalikda, o'rganilgan barcha bug'doy navlarida va ularni rivojlanish davrlarida, qo'llanilgan mineral (asosan azotli) o'g'itlar me'yorlari ko'payishi bilan tuproqdagi minerai azot miqdorlari tegishli ravishda ortgan.

Tuproqdagi mineral azot miqdorlari bo'yicha o'rganilgan bug'doy navlari orasidagi farq tajriba yillari va ishlatilgan mineral o'g'itlar me'yorlariga mutanosib ravishda turlicha bo'lgan. SHunday bo'lsada, bu borada CHillaki naviga N250P175K125 kg/ga qo'llanganda, ko'rsatib o'tilgan navlardan farqli: ushbu navda to'liq vegetatsiya davomida tuproqning 0-50 sm li qatlamidagi mineral azot miqdorlari yuqoriligi (10 mg/kg gacha) bilan tavsiflanadi. Buning sabablaridan biri: o'simliklar ontogonezida, navlarning biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, bir xil me'yordagi mineral o'g'itlarni har xil miqdorlarda (ozroq, ko'proq, erta va kech) o'zlashtiradi va tuproqdagi harakatchan oziqa moddalar dinamikasi bir-biridan farq qiladi [7].

G'alla ekinlaridan yuqori va sifatli don va urug'lik yetishitirishda ularning mahsuldorligini oshirishda yuqori sifatli urug' ekish bilan birga yuksak agrotexnika tadbirlarini qo'llash, umuman, dehqonchilik madaniyatini yaxshi bilish muhimdir. Urug'lik uchun g'alla navlarini eng hosildor, almashlab ekish joriy etilgan va begona o'tlardan xoli maydonlargi ekish kerak.

Urug'ning dalada ko'karishi g'alla hosili elementlari, ya'ni yosh nihol va o'simlikning qalinligiga, hosilni o'rish vaqtida mavjud tup soniga va mahsuldor poya soniga kuchli ta'sir etadi. Urug' dalada yuqori darajada ko'karib chiqqanda g'allaning hosil elementlari ham yuqori bo'ladi.

SHularni hisobga olib, bu masala ustida 2019-2022 yillari Namangan viloyatining och tusli bo'z tuproqlari sharoitida agrotexnik tadbirlardan asosiysi hisoblangan mineral oziqlantirishning har me'yorlarini kuzgi bug'doyning mahalliy CHillaki navi ustida kuzatish va ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordik. Barcha variantlarda mineral o'g'itlarning ya'ni azotli o'g'itni 30 kg fosfor va kaliyning yillik me'yori ekishdan oldin, azotli o'g'itlarning qolgan qismi teng ikkiga bo'lib bahorgi tuplash va naychalash davrida solindi. Tadqiqot natijalari 2-jadvalda keltirilgan.

2-jadval. Mineral o'g'itlar me'yorining kuzgi bug'doyni hosil elementlariga ta'siri (3 yillik o'rtacha)

Ko'rsatkichlar

Variantlar bo'yicha o'g'itlarning yillik me'yori, kg/ga

N0P0K0 N150P105K75 N200P140K100 N250P175K125

To'la unib chiqqandan keyin ko'chat qalinligi, mln/ga 266,3 307,0 332,3 340,7

Qishlovdan keyin ko'chat qalinligi, mln/ga 195,0 227,7 265,7 257,0

Umumiy poyalar soni, mln/ga 508,7 548,0 555,3 543,0

Mahsuldor poyalar soni, mln/ga 450,3 503,0 524,0 513,0

Mahsulsiz poyalar soni, mln/ga 58,3 45,0 31,3 30,0

To'la pishish davrida o'simlik bo'yi, sm 66,2 75,2 86,6 92,8

Boshoq uzunligi, sm 4,2s 7,6b 9,2a 9,4a

Boshoqdagi boshoqchalar soni, dona 4,4s 7,9b 9,2a 9,5a

Bitta boshoqdagi don soni, dona 24,1s 37,5b 44,5a 45,9a

Bitta boshoq og'irligi, g 0,9s 1,5b 1,7a 1,7a

1000 dona don og'irligi, g 34,4s 36,6b 38,0a 37,8a

Don hosili, ts/ga 23,1s 45,1b 51,3a 51,7a

Statistika: Anova Linear (LSD Alpha 0.1).

*Aniq yil va nav doirasida bir xil harflar bilan belgilangan sonlar orasidagi farq statistik jihatdan tasdiqlanmagan.

Eslatma: Bir xil agrotexnika sharoitida yillar bo'yicha ob-havoning qanday kelishiga qarab bug'doy hosili va elementlarida farq bo'ldi.

SHuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, O'zbekiston iqlim sharoiti yillar bo'yicha keskin farq qiladi. Bu esa mineral o'g'itlar ta'siri har yili turlicha bo'lib, g'alla urug'ining dalada ko'karishi va hosil elementlariga bevosita ta'sir etadi.

Olingan tadqiqot ma'lumotlariga ko'ra, mineral o'g'itlarning N200P140K100 kg/ga me'yorgacha ortishi bilan hosil elementlarini belgilovchi (umumiy poyalar soni 555,3 dona; mahsuldor poyalar soni 524 dona; bitta boshoq og'irligi 1,7 g; 1000 dona don og'irligi) omillar eng yuqori bo'lganligini kuzatishimiz mumkin.

Mineral o'g'itlarning me'yorlari N250P175K125 kg/ga gacha ortirilganda hosil elementlaridan hisoblangan boshoq uzunligi (9,4 sm), boshoqdagi boshoqchalar soni (9,5 dona), bitta boshoqdagi don soni (45,9 dona) va don hosili eng yuqori bo'lganligi bilan lekin, bir birlik sarflangan o'g'it hisobiga olingan hosil shu bilan birga olinadigan foyda miqdori (7,4 kg) mineral o'g'itlarning N200P140K100 kg/ga me'yorda qo'llanganga nisbatan (9,1 kg) past bo'lishi aniqlandi.

O'simliklar o'sib rivojlanishi davrida o'ziga kerakli miqdordagi oziq moddalarni olgandan so'ng uning mahsuldorlik ko'rsatkichlari o'rtasida rivojlanish va miqdor jihatdan ko'payish to'xtaydi. Agar mineral o'g'itlar me'yori o'simlik talab darajasidan ortsa ko'p hollarda bu ko'rsatkich kamayishi ham mumkin. Buni o'simliklar o'ziga kerak bo'lgan mineral o'g'itdan ortiqchasi uni mahsuldorligi va o'sib rivojlanishiga salbiy ta'sir qiladi.

Urug'ning dalada ko'karib chiqishiga tuproq va ob-havo sharoiti (ayniqsa ekilganidan ko'karib chiqgunicha tuproqning namligi, temperaturasi va oziq moddalar bilan ta'minlanish darajasi) kuchli ta'sir etadi. SHuning uchun maqbul issiqlik, tuproq namligi, urug' tushadigan chuqurlikdagi tuproq aeratsiyasini bilish asosida ekish muddatini, Urug' tashlash chuqurligini belgilash, dalani tekislash, molalash yoki tuproqni yumshatish, suvli yerlarda sug'orish shuning eng asosiylaridan biri belgilangan muddatlarda va me'yorlarda mineral oziqlantirishni amalga oshirish kabi tadbirlarni qo'llash urug'ning o'z vaqtida bir tekis unib, yaxshi ko'karib chiqishini ta'minlaydi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Namangan viloyatining och tusli bo'z tuproqlari sharoitida CHillaki naviga mineral o'g'itlarning N200P140K100 kg/ga me'yorda qo'llanganda urug'ning dalada ko'karib chiqishiga bog'liq ravishda hosil elementlarini belgilovchi sifat ko'rsatkichlari eng yuqori bo'ladi. SHunga mos ravishda unuvchanligi yuqori va sifatli don hosili yetishtirishga erishiladi.

REFERENCES

1. Alieva Ye.A. Nakoplenie i razlojenie rastitel'nix ostatkov polevix kul'tur i vliyanie ix na balans organicheskogo veshestva i pitatel'nix elementov v dernovo-podzolistoy pochve // J. Agroximiya. - Moskva, 2018. - №4. - S. 30-35.

2. Amanov A., Nurbekov A., Nazarmatov A. Kachestvo zerno kolektsionnix obraztsov pshenitsi // O'zbekiston qishloq xo'jalik jurnali. - Toshkent, 2005. - №9. - B. 16.

3. Kintsler K., SHiir K. Kuzgi bug'doy parvarishi // O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali. -Toshkent, 2006. - №9. - 29-30 b.

4. Nosatovskiy A.I. Pshenitsa. - M.: Kolos, 1995. - 568 s.

5. Sarimsaqov M.M., Esanbekov Yu. Kuzgi bug'doyni sug'orish tartibi. G'o'za va kuzgi bug'doyni parvarishlash agrotexnologiyalarini takomillashtirish. - Toshkent, 2003. -B. 8184.

6. Sattorov J. G'o'za navi va o'g'it. - Toshkent: O'zbekiston, 1976. - 24-51 b.

7. Siddiqov R. Ekin parvarishi // O'zbekiston qishloq xo'jalik jurnali. - Toshkent, 2006. - №2. - B.18.

8. Xadjiev T.X., Bairov A.J. Azot udobreniy i ingibitor nitrifikatsii v xlopkovodstve. - Tashkent: Fan, 1992. - 118 s.

9. Xakimov SH.Z. Vliyanie udobreniy na belkovuyu produktivnost razlichnix sortov ozimoy pshenitsi na oroshaemix svetlix serozemax Ferganskoy dolini Uzbekistana // Problemi agroximii i ekologii. 2019, №4. - S. 35-38.

10. Xakimov SH.Z. Vliyanie dinamiki NPK na dozi vneseniya mineral'nwx udobreniy pod ozimuyu pshenitsu// Plodorodie. 2021, №5. -S. 56-61.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.