Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
MINERAL VA ORGANIK O'G'ITLARNI AMARANT O'SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA'SIRI.
To'lqin Qo'chqorovich Ortiqov
SamDU dotsen, biologiya fanlari nomzodi
Bobur Kaldarboyevich Shoniyozov
TDAUSF katta o'qituvchisi
Raxshana Ravshanovna Sultanbekova
TDAU SF magistranti
ANNOTASIYA
Mineral va organik o'g'itlar tuproqdagi oziq moddalar miqdorini oshirib o'simliklar oziqlanishini yaxshilaydi va yuqori hamda sifatli hosil shakllanishini ta'minlaydi. Buning uchun har bir ekinda mineral va organik o'g'itlarni qo'llash me'yorlari, nisbatlari va muddatlari hamda unga bo'liq holda oziq moddalar balansi o'rganilishi kerak. Ushbu maqolada mineral va organik o'g'itlarning o'simlik o'sishi, rivojlanish va hosildorligiga bag'ishlangan. Shu bilan birga, amaranth etishtirilganda, o'simlik bo'yi va bitta o'simlikda barglar sonini o'simlik hosildorligiga ta'siri xam bayon etilgan.
Kalit so'zlar: mineral o'g'it, organik o'g'it, go'ng, barg soni, o'simlik bo'yi, hosildorlik, azot, fosfor, kaliy, o'g'it, tuproq tarkibi, mineral oziq moddalar balansi, mineral moddalar, mineral azotni o'zlashtirilish, yem-xashak, ko'k massa, urug'.
ABSTRACT
Mineral and organic fertilizers increase the amount of nutrients in the soil, improve plant nutrition and ensure the formation of high and high-quality crops. For this, it is necessary to study the norms, proportions and terms of application of mineral and organic fertilizers in each crop, as well as the balance of nutrients. This article is devoted to plant growth, development and productivity of mineral and organic fertilizers. At the same time, the effect of plant height and number of leaves on one plant on plant productivity was also reported when amaranth was grown.
Keywords: mineral fertilizer, organic fertilizer, manure, leaf number, plant height, yield, nitrogen, phosphorus, potassium,
May 12-13
1160
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
fertilizer, soil composition, mineral nutrient balance, mineral substances, mineral nitrogen uptake, fodder, blue mass, seed
Kirish. Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni ko'paytirish, global iqlim o'zgarishining qishloq xo'jaligi rivojlanishiga salbiy ta'siriga bardoshli o'simliklar bilan tadqiqotlar olib borish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Dunyoda hozirgi vaqtda qishloq xo'jaligini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari sug'oriladigan yerlardan unumli foydalanish uchun ekinlarning qisqa davr mobaynida sifatli va esportbom maxsulot yetishtirish zarur xisoblanadi.
Amarant hosildorligida tuproq oziq rejimi va amarant o'simligini mineral oziqlanishi muxim axamiyatga ega. Mineral va organik o'g'itlarni qo'llash tuproqda xarakatchan oziq moddalar miqdorini oshirib tuproq oziq rejimini muqobillashtirishi va o'simliklar oziqlanishi uchun sharoitni yaxshilab oziqlanishini optimallashtirish amarant ekini hosildorligiga sezilarli ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Amarantni o'sishi, rivojlanishi va hosildorligi yaxshi bo'lishi uchun ham ekish usullari va muddatlarini to'g'ri tashkil etish kerak. Bu o'simlikni ekishda 30, 45, 60, sm li egatlarga yem-xashak olish uchun va urug' olish uchun 70 sm li qilib ekish maqsadga muvofiq hisoblanadi [1].
Rossiyaning Uralorti o'rmon dasht zonasi tuproqlarida yangi yem-xashak ekini amarantning yetishtirish texnologiyasi ishlab chiqildi. Tadqiqotda amarantning potensial mahsuldorligi, texnologik xususiyatlari, yem-xashak uchun yaroqliligi va hosil shakllanish elementlari batafsil o'rganildi. Tadqiqot natijalarining ko'rsatishicha, amarant o'simligi vegetasiya davri davomida yuqori biomassa to'plar ekan. Ekinni yashil yem-xashak sifatida o'rib yig'ib olish oldidan barg sathi 52,588,5 ming m ga yetadi. Hosil strukturasida barg ulushi 28,4-32,4% bo'ladi. FARdan foydalanish koeffisiyenti 0,7-1,3% atrofida. Uralorti o'rmon-dasht zonasining tuproq-iqlim sharoitida amarant yuqori yashil massa beradi. Ko'k massaning chiqishi gektariga 26,8-45,8 t/ga, quruq modda 4,2-7,9 t/ga ni tashkil qildi. 30 sm qator orasiga gektariga 3 mln o'simlik ekilganda maksimal ko'k massa mahsuldorligiga erishildi. Iyun oyining boshida ekilganda 45,8 t/ga ko'k massa olinib, bunda mahsuldorlik may oyida ekilgandagidan 4,4 t/ga ko'proq bo'lishi kuzatildi. Amarant o'simligi yashil massasining ozuqa birligida o'zlashtiriladigan protein bilan ta'minlanishi 154-156 g bo'lib, zootexnik normadan 40-42% ga ko'p bo'ladi va sudan o'ti ozuqa birligidan 46-51%ga yuqori
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
bo'ladi [2].
Amarantning yashil massasi protein, temir, A va S vitaminlarga boy. Bir butun o'simlikning quruq moddasida 12-13 % xom protein, bo'lsa, bu ko'rsatkich bargda 12-33 %, poyada 12-15 % ni tashkil etdi. Amarantning 100 kg yashil massasida o'sish fazasi va yetishtirish joyiga bog'liq ravishda 7,2 dan 16,3 kg gacha miqdorda ozuqa birligi mavjud bo'ladi [3].
Organik o'g'itlar (kompost, go'ng, barda) amarant o'simligi o'sishi va rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Agar o'g'itsiz nazoratda amarant ko'chati o'tqazilgandan 2 xaftadan keyin o'simlik bo'yi 6,4 sm bo'lgan bo'lsa, kompost, go'ng va barda qo'llanilgan variantlarda mos ravishda 6,7; 7,1; 7,9 sm ni tashkil etdi. 4 xaftadan keyin bu ko'rsatkichlar tegishlicha 15,9; 23,3; 29,3; 35,9 sm bo'ldi. Agar nazoratda yangi uzib olingan barg massasi o'g'itsiz nazoratda 16,2 g bo'lgan bo'lsa, kompost, go'ng, barda qo'llanilga variantlarda 23,1; 28,7; 32,0 g teng bo'ldi. Quruq barg massasi tegishlicha 4,1; 6,6; 8,2; 9,1 g ni tashkil etdi [4].
O'zbekiston sharoitida donli amarant yetishtirishda mineral va organik o'g'itlarni birgalikda qo'llash yuqori miqdorda biomassa va don hosili olishga imkon beradi [5].
Mineral va organik o'g'itlar va il amarantning o'sish, rivojlanishi va hosildorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi [6].
Mineral va organik o'g'itlar tuproqda harakatchan oziq moddalar miqdorini oshirib amarant o'simligi o'sish va rivojlanishiga ijobiy ta'sir qiladi. Bu ushbu xolatda o'simliklar oziqlanishini yaxshilanishi bilan bog'liq. Organik o'g'itlar mineral o'g'itlardan farqli o'laroq tuproqqa bir necha xil yo'nalishda kompleks ta'sir ko'rsatadi. Go'ng tuproqda o'simlik uchun zarur bo'lgan oziq moddalar konsentrasiyasini oshirish bilan tuproqni agrofizik, mikrobiologik va kimyoviy xossalarini yaxshilaydi. Bunda tuproqning strukturasi, zichligi va qattiqligi, hovo almashinuvi, suv, xavo, issiqlik rejimi, muxit reaksiyasi (pH) optimallashib tuproqda o'simlik oziqlanishi, o'sishi, rivojlanishini va hosil to'plashi uchun yaxshiroq sharoit yaratiladi va bu don hosiliga o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Foidalanilgan materiallar wa usullar. Dala tajribasi umumqabul qilingan uslublarda qo'yildi va olib borildi. Amarantnini kuzatish uchun dalaning 3 ta joyidan - bosh, o'rta va quyi qismidan 33+34+33 sxema bo'yicha 100 ta model o'simlik olindi. Barcha o'lchash, sanash va kuzatish ishlari o'sha model o'simliklarda o'tkazildi. Analizlar umumqabul qilingan standart uslublar bo'yicha amalga oshirildi. Amarant o'sish va rivojlvnishi
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
bo'yicha fenologik kuzatishlar va biometrik o'ichashlar maxsus metodikalar asosida amalga oshirildi (Методика государственного испытания сельскохозяйственных культур, 1985;194с.; 1989; -250с.) Hosil barcha paykallarning hisob-kitob qatorlaridagi mahsulotni yig'ishtirib olish yo'li bilan aniqlandi
Olingan natijalar va ularning tahlili: Minéral va organik o'g'itlarni samarasi o'rganilgan ikkinchi tajribada ham minéral va organik o'g'itlarni alohida va birgalikda qo'llanilishi amarant o'simligi bo'yini ishonarli ortishiga olib keldi. Minéral o'g'itlar me'yorini ortib borishi bilan amarant poyasi balandligi xam ortib bordi. Bu xolat barcha yillarda va barcha sanalarda kuzatildi. Minéral o'g'itlarning yuqori dozalari 30 t/ga go'ng qo'llanilgandagiga nisbatan amarant o'simligi bo'yiga kuchliroq ta'sir ko'rsatdi. Minéral va organik o'g'itlar birgalikda qo'llanilganda amarant o'simligi bo'yi maksimal ko'rsatgichga éga bo'ldi. Shu bilan birga 30 t/ga go'ng fonida minéral o'g'itlar mé'yorini ortishi bilan amarant o'simligi bo'yi ham ortib bordi. Minéral o'g'itlar bilan bérilayotgan oziq moddalar bir qismini organik o'g'itlar bilan bérish o'g'itlardagi oziq moddalar samarasini oshirib, amarant o'simligi bo'yini ortishini ta'minlaydi. Masalan, o'g'it qo'llanilmagan nazorat variantida amarant o'simligi bo'yi 15.05. sanada o'rtacha 39 sm bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatkich N100P70K50 variantida 73 sm, N150P105K75 variantida 81 sm, N200P140K100 variantida 105 sm, N250P175K125 variantida 116 sm, N300P210K150 variantida 122 sm, 30 t/ga go'ng variantida 80 sm, N100P70K50+30 t/ga go'ng variantida 114 sm, N150P105K75+30 t/ga go'ng variantida 122 sm, N200P140K100+30 t/ga go'ng variantida 126 sm bo'lishi qayd étildi. Ushbu ko'rsatkichlar 15.06. sanada tégishli ravishda 90; 127; 141; 163; 178; 184; 138; 170; 185; 196 sm, 15.07 sanada mos ravishda 118; 187; 208; 230; 237; 239; 205; 245; 253; 262 sm ga téng bo'ldi (1-rasm).
Démak, minéral va organik o'g'itlar alohida qo'llanilganda ham, birgalikda qo'llanilganda ham amarant o'simligi bo'yini sézilarli oshiradi. Minéral o'g'itlardagi oziq moddalarni bir qismini organik o'g'it go'ng hisobidan qo'llanilishi tuproqda oziq moddalar miqdorini boshqa variantlarga nisbatan uzoq vaqt yuqori bo'lishini ta'minlaydi. Bu ésa amarant o'simligi bo'yiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introduci^g^mmt^griculture in Uzbekistan
Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari
jy
Mineral va organik o'g'italarning amarant o'simligi o'sishi ga ta'siri
(1-rasm)
500
E
W
? 400
o
.a
"S
'•= 300
„<>" rS- oV V
f 4? J? J*
F
J*
/ y y y
■ O'simlik bo'yi, sm 15-iyul
O'simlik bo'yi, sm 15-iyun
O'simlik bo'yi, sm 15-may
J?
O'simlikdagi barglar soni o'simlik o'sishi, rivojlanishi va hosil to'plashida katta ahamiyatga ega. Chunki fotosintez jarayoni, o'simlikda organik va quruq modda to'planishi barglar faoliyatini natijasi hisoblanadi. Barglar soni va yuzini ortishi bilan fotosintez kuchayib o'simlikka ijobiy ta'sir ko'rsatadi. O'g'itsiz nazorat variantida o'simliklar tabiiy oziq moddalar xisobiga oziqlanib o'sib rivojlanganda bitta o'simlikdagi barglar soni minimal darajada bo'ldi. Bu tuproqdagi tabiiy oziq moddalarni o'simlik oziqlanishi uchun yetarli emas ekanligini bildiradi. Tuproq minéral va organik o'g'itlar xisobiga boyitilganda bitta o'simlikdagi barglar soni keskin ortdi. Bu minéral va organik o'g'itlar qo'llanilganda amarant o'simligi oziqlanishini yaxshilanganligi bilan bog'liq. Ayniqsa miyeral va organik o'g'itlar birgalikda qo'llanilganda bitta amarant o'simligidagi barglar soni maksimal darajada bo'ldi. Bu organik o'g'itlarni nafaqat tuproqda oziq moddalar miqdorini ko'paytirishi, balki o'simlik o'sishi va rivojlanishi uchun sharoitni yaxshilashi bilan ham bog'liq.
Mineral va organik o'g'itlar samaradorligi tadqiqot qilingan ikkinchi tajribada, o'g'itsiz nazorat variantida bitta o'simlikdagi barglar soni juda kam bo'lishi kuzatildi. Mineral o'g'itlarning barg soniga ta'siri organik o'g'itlarnikidan yuqori bo'ldi. Lekin, organik o'g'ilar mineral o'g'itlarning bitta o'simlikdagi barg soniga ta'sirini kuchaytirdi. Bu organik o'g'itlar qo'llanilganda mineral o'g'itlar ta'siri uchun qulay sharoitni yuzaga kelishi bilan bog'liq. Mineral o'g'itlar me'yorini ortib borishi bilan bitta amarant o'simligidagi barg soni xamortib bordi. Lekin, mineral o'g'itlar me'yori N250P175K125 dan
May 12-13
0
1164
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
N300P210K150 gacha oshirilganda bitta o'simlikdagi barg sonini ortishi kuchsizroq ravishda ro'y berdi. Masalan, o'g'itsiz nazorat variantida bitta amarant o'simligidagi barg soni 15.05. sanada 7 dona bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatkich N100P70K50 variantida 14 dona, N150P105K75 variantida 19 dona, N200P140K100 variantida 23 dona, N250P175K125 variantida 27 dona, N300P210K150 variantida 29 donani tashkil etdi. Bu ko'rsatkichlar 15.06 sanada mos ravishda 11; 21; 25; 28; 34; 36 dona, 15.07 sanada tegishlicha 19; 32; 39; 42; 45; 46 dona bo'lishi aniqlandi (1-rasm).
Organik o'g'it go'ngni o'zini aloxida va mineral o'g'itlar bilan birgalikda qo'llash ham bitta amarant o'simligidagi barg sonini sezilarli oshirdi. Masalan, nazorat variantida bitta o'simlikdagi barg soni 15.05 sanada 7 dona, 15.06 sanada 11 dona, 15.07 sanada 19 dona bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 30 t/ga go'ng qo'llanilgan variantida mos ravishda 16; 22; 35 dona, N100P70K50+30 t/ga go'ng variantida tegishlicha 25; 31; 43 dona, N150P105K75+30 t/ga go'ng variantida mos ravishda 29; 36; 51 dona, N200P140K100+30 t/ga go'ng variantida tegishlicha 31; 39; 54; donaga teng bo'ldi (2-rasm). Demak, mineral va organik o'g'itlar alohida qo'llanilganda ham, ayniqsa birgalikda qo'llanilganda bitta o'simlikdagi barg sonini ishonarli oshiradi.
Mineral va organik o'g'italarning amarant o'simligi barg hosil qilishiga
ta'siri
2-rasm
O'g'it berilmagan nazorat variantida amarant doni hosili 17,72 s/ga ni tashkil etdi. Bu o'g'it qo'llanilmagan tabiiy fonda o'simliklar oziqlanishi uchun yaroqli bo'lgan harakatchan
May 12-13
1165
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
shakldagi oziq moddalar miqdorini juda past darajada bo'lishini va unda o'simliklar oziqlanishi nomuqobil borishini ko'rsatadi. Mineral o'g'itlarni qo'llash tuproq oziq rejimi va amarant o'simligi oziqlanishini sezilarli yaxshilashi hisobiga amarant don hosilini ishonarli oshishiga olib keldi. Bunda mineral o'g'itlar me'yorini ortib borishi bilan amarant don hosildorligi ham ishonarli ortib bordi.
Xulosalar. Shunday qilib, mineral va organik o'g'itlar amarant o'simligi o'sishi va barg hosil qilishini sezilarli oshiradi. Bu o'g'itlar qo'llanilgan paykallarda o'simlik bo'yi va barg soni ortib eng yuqori ko'rsatkichga ega bo'ldi. Buning natijasida don hosildorligi ishonarli oshiradi. Amarant yetishtirishda faqat mineral o'g'itlar qo'llanilganda eng optimal o'g'it me'yori N250P175K125 mineral va organik o'g'itlar birgalikda qo'llanilganda esa eng optimal o'g'it me'yori N200P140K100 30 t/ga go'ng hisoblanadi.
REFERENCES
1. Кузнецов И.Ю., Андрусенко В.А. Формирование одновидовых и смещанных посевов силосных культур на основе амаранта //Достижения науки агропромышленному комплексу. Сборник научных трудов международной межвузовской научно-практической конференции. Самара: РИЦ СГСХА, 2014.-
2. Быков А.И. Разработка элементов технологии возделывание амаранта метельчатого в условиях лесостепи Зауралья// Автореферат дисс... степ. сельскохоз. техн. наук. Курган. 2009. -20 с.
3. Фарниев А.Т., Сабанова А.А., Калинцева Д.Т. Экологические основы реализации биоресурсного потенциала амаранта и бобовых трав. Владикавказ,Изд. ФГБОУ ВПО "Горский госагроуниверситет", 2015,-168 с.
4. Dlamini, Samkeliso N. And Masarirambi, Michael T. And Wahome, Paul K. And Oseni, Tajudeen O. The Effects of Organic Fertilirers on the Growth and Yield of Amaranthus (Amaranthus hubridus L.) Grown in a Lath House// Asian Journal of Advances in Agricultural Research, 12 (1). 2020 Pp. 1-10 ISSN 2456-8864
5. Х,азраткулов. Ш., Хршимов Ф.Х., Мамиров М. Асосий ва такрорий экилган донли амарант усиши, ривожланиши ва хосилдорлигига органик ва минерал угитларнинг таъсири // Узбекистон аграр фани хабарномаси, Тошкент.-2015.-№ 3., Б. 66-71
6. Пашаев Р.А. Влияние органических удобрений на продуктивность амаранта//Основные, малораспространенные и нетрадиционные виды растений-от изучения к внедрению (сельскохозяйственные и биологические науки). Материалы V международной научно практической конференции (в рамках VI научного форума) «Неделя науки в
С. 29-33
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
Крутах-2021», 11 марта 2021 г.,с.Круты, Черниговская обл, Украина. В четырех томах. Том3. Круты.2021. -С.90-94
7. Шониёзов Б.К., Ортиков Т.К Внесение удобрений и формирование урожая амаранта //Журнал Актуалные проблемы современной науки, Москва, 2022 № 2 (125). -С.35-39
8. Shoniyozov B.K, Ortiqov B.K, Usmonov R INFLUENCE OF MINERAL AND ORGANIC FERTILIZERS ON THE PROPERTIES OF SEROZEM - MEADOW SOILS, NUTRITIONAL DYNAMICS AND YIELD OF AMARANTH Jilin Daxue Xuebao (Gongxueban)/Journal of Jilin University (Engineering and Technology Edition) ISSN: 1671-5497 E-Publication: Online Open Access Vol: 41 Issue: 102022
9. Sultanbekova, R., Ortiqov, T. Q, Shoniyozov B.K Azotli o'g'itlar me'yorlarining tuproqdagi mineral azot miqdoriga ta'siri. O'zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 5-6 oktabr, 2022 yil. Academic research in educational sciences (ARES). Volume 3. -P. 665-668
https://www.researchgate.net/publication/365370595 O'zbekistonda agrar sohani in novatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari 2022
10. Shoniyozov B.K, Ortiqov B.K, Usmonov R Mineral va organik o'g'itlarni amarant yetishtirishda oziq moddalar balansiga ta'siri. O'zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 5-6 oktabr, 2022 yil. Academic research in educational sciences (ARES). Volume 3. -P. -659-664
https://www.researchgate.net/publication/365370595 O'zbekistonda agrar sohani in novatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari 2022
11. Shoniyozov B.K.,Hoshimov, F. H., Ortiqov, T. Q., & Usmonov, R. Amarant etishtirishda oziq moddalar balansiga azotli o'g'itlarning ta'siri. O'zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 5-6 oktabr, 2022 yil. Academic research in educational sciences (ARES). Volume 3. -P. 861-867 https://www.researchgate.net/publication/365370595 O'zbekistonda agrar sohani in novatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari 2022
12. INFLUENCE OF DOSES OF NITROGEN FERTILIZERS ON THE CHEMICAL COMPOSITION OF AMARANTH PLANTS* B Shoniyozov, T Ortikov - Академические исследования в современной науке, 2023 http: //www.econferences.ru/index.php/arims/article/view/3945
May 12-13