Научная статья на тему 'AZOTLI O’G’ITLAR ME’YORLARINI AMARANT O’SISHI VA RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI'

AZOTLI O’G’ITLAR ME’YORLARINI AMARANT O’SISHI VA RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

143
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
FAO / makro va miroelement / ekspert / optimallashtirish / o‟simlik bo‟yi / bitta o‟simlikda barglar soni / oʻgʻit / tuproq tarkibi / azot / fosfor / kaliy / oziq moddalar balansi / mineral azotni oʻzlashtirilish / oʻgʻitsiz nazorat variant. / FAO / macro and miroelement / expert / optimization / plant height / number of leaves per plant / fertilizer / soil composition / nitrogen / phosphorus / potassium / nutrient balance / mineral nitrogen uptake / control option without fertilizer.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Toʻlqin Qoʻchqorovich Ortiqov, Bobur Kaldarboyevich Shoniyozov, Raxshana Ravshanovna Sultanbekova

Ushbu maqolada o'tloqli bo‟z tuproqlarda amarant etishtirishda ozuqa moddalarining muvozanati va azotli o'g'itlarning ularga ta'siri haqida ma'lumotlar keltirilgan. Amarantni etishtirishda azotli o‟g‟itlarni xar xil me‟yorlari va fosforli hamda kaliyli o'g'itlar foni qo'llanilgan variantlarda amarantni o‟sishi, ravojlanishi va hosildorligiga ta‟siri o‟rganiladi. Maqolada o‟simlik bo‟y va bitta o‟simlikda barglar sonini o‟simlik hosildorlikga ta‟siri keltiilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article provides information on the balance of nutrients and the effect of nitrogen fertilizers on amaranth cultivation in grassland gray soils. Effects on growth, development and yield of amaranth are studied in the variants of using different standards of nitrogenous fertilizers and the background of phosphorus and potassium fertilizers in amaranth cultivation. The effect of plant height and the number of leaves on one plant on plant productivity is discussed in the article.

Текст научной работы на тему «AZOTLI O’G’ITLAR ME’YORLARINI AMARANT O’SISHI VA RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

AZOTLI O'G'ITLAR ME'YORLARINI AMARANT O'SISHI VA RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA'SIRI

To'lqin Qo'chqorovich Ortiqov

SamDU dotsen, biologiya fanlari nomzodi

Bobur Kaldarboyevich Shoniyozov

TDAUSF katta o'qituvchisi

Raxshana Ravshanovna Sultanbekova

TDAU SF magistranti

ANNOTASIYA

Ushbu maqolada o'tloqli bo'z tuproqlarda amarant etishtirishda ozuqa moddalarining muvozanati va azotli o'g'itlarning ularga ta'siri haqida ma'lumotlar keltirilgan. Amarantni etishtirishda azotli o'g'itlarni xar xil me'yorlari va fosforli hamda kaliyli o'g'itlar foni qo'llanilgan variantlarda amarantni o'sishi, ravojlanishi va hosildorligiga ta'siri o'rganiladi. Maqolada o'simlik bo'y va bitta o'simlikda barglar sonini o'simlik hosildorlikga ta'siri keltiilgan.

Kalit so'zlar: FAO, makro va miroelement, ekspert, optimallashtirish, o'simlik bo'yi, bitta o'simlikda barglar soni, o'g'it, tuproq tarkibi, azot, fosfor, kaliy, oziq moddalar balansi, mineral azotni o'zlashtirilish, o'g'itsiz nazorat variant.

This article provides information on the balance of nutrients and the effect of nitrogen fertilizers on amaranth cultivation in grassland gray soils. Effects on growth, development and yield of amaranth are studied in the variants of using different standards of nitrogenous fertilizers and the background of phosphorus and potassium fertilizers in amaranth cultivation. The effect of plant height and the number of leaves on one plant on plant productivity is discussed in the article.

Keywords: FAO, macro and miroelement, expert, optimization, plant height, number of leaves per plant, fertilizer, soil composition, nitrogen, phosphorus, potassium, nutrient balance, mineral nitrogen uptake, control option without fertilizer.

Kirish. Dunyoda xozirgi kunda eksportbop raqobat bardosh

ABSTRACT

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

o'simliklarni yetishtirish qishloq xo'jaligi soha xodimlarini asosiy burchi hisoblanad. Ana shunday raqobatbordosh, import o'rnini bosuvchi, qurg'oqchilik, kasallik va zararkunandalarga bardoshli o'simliklardan bir bu amarant o'simligidir. FAO ning ma'lumotlariga ko'ra amarant XXI-asr o'simligi deb deb etirof etilgan. Sug'oriladigan yerlardan unumli foydalanish uchun ekinlarning qisqa davr mobaynida yuqori hosil beradigan, suvtejamkor, iqlim o'zgarishining turli xil omillariga moslashuvchan, jahon bozorida xaridorgir, dorivor va yuqori biomassa beradigan universal turlarini topish ham muhim masalalardan biridir. Ana shunday qimmatbaho o'simliklardan biri amarant hisoblanadi. Amarant o'simligi qimmatbaho urug' berishi bilan bir qatorda yuqori biomassa beradi va uni farmastevtika dori-dormon olishda, yem-xashak sifatida chorvochilik va parandachilik sohalarida yoki siderat sifatida tuproq unumdorligini oshirish uchun qo'llash mumkin. Shu blan birga tuproqni meliorativ holatini yaxshilashda ham qo'llash yaxshi samara beradi.

Olib borilgan tadqiqotlarning ma'lumotlarini ko'rsatishicha, amarant doni oqsil, aminokislotalar tarkibi, vitaminlar, makro va mikroelementlar, biologik faol moddalar, lipidlarning sifati bo'yicha asosiy an'anaviy oziq-ovqat ekinlaridan ustun turadi. BMTning oziq-ovqat bo'yicha (FAO) ekspertlari amarantni "XXI asr o'simligi" deb hisoblamoqda [1].

Rossiyaning Irkutsk viloyati o'rmon dasht zonasida amarant o'simligi o'suv davri davomiyligi 77-93 kunni tashkil qilib, o'simlik bo'yini ortishi shoxlanish, shonalash, gullashning boshlanish, to'liq gullash, sut pishish, to'liq pishish fazalarida maksimal darajada bo'ldi. Maysalik davrida amarant sekin o'sadi. Keyin uning o'sishi jadallashdi. Irkutsk viloyatda amarant yashil massasi 41 t/ga ni tashkil etdi. Amarant organik moddaning bir birligini hosil qilish bug 'doy va arpaga nisbatan ikki barobar loviya, beda, kungaboqarga nisbatan 2,5-3 barobar kam suv talab qiladi [2].

Amarantni o'sishi, rivojlanishi va hosildorligi yaxshi bo'lishi uchun ham ekish usullari va muddatlarini to'g'ri tashkil etish kerak. Bu o'simlikni ekishda 30, 45, 60, sm li egatlarga yem-xashak olish uchun va urug' olish uchun 70 sm li qilib ekish maqsadga muvofiq hisoblanadi [3].

Amarantni ekishdan oldin azotli o'g'itlar 0, 45, 90, 135, 180 kg N/ga me'yorlarda ammiakli selitra shaklida qo'llanilganda amarant hosildorligi 45 va 90 kg N/ga me'yorlarda doimiy ravishda ortdi. Azotli o'g'itlar me'yori 90 kg/ga dan 135 va 180 kg/ga oshirilganda amarant hosildorligi uchta xolatdan faqat bittasida ortdi. Azotli o'g'itlarni 180 kg/ga me'yorda qo'llash hosildorlikni o'g'itsiz nazoratga nisbatan 42 % ga oshirdi. Azotli o'g'itlar

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

yuqori dozada berilganda pishish kechikdi, bu gullash muddati va urug'ining namligida namoyon bo'ldi. 180 kg/ga me'yorda azotli o'g'itlar berilgan variantda namlik 320 g/kg bo'lgan bo'lsa, azotli o'g'itlar berilmagan variantda 240 g/kg ni tashkil etdi [4].

Negiriyada amarant o'simligida azotli o'g'itlarning 0, 15, 30, 45 va 60 kg/ga me'yorlari sinab ko'rilganda o'g'itsiz nazoratda 2005 yil 1,1 kg/ga hosil olingan bo'lsa, bu ko'rsatkich 15, 30, 45 va 60 kg/ga me'yorlarda azotli o'g'it qo'llanilgan variantlarda mos ravishda 1,4; 2,0; 1,6; 0,6 kg/ga bo'lishi kuzatildi [5]. Foidalanilgan materiallar va usullar. Dala tajribasi umumqabul qilingan uslublarda qo'yildi va olib borildi. Amarantnini kuzatish uchun dalaning 3 ta joyidan - bosh, o'rta va quyi qismidan 33+34+33 sxema bo'yicha 100 ta model o'simlik olindi. Barcha o'lchash, sanash va kuzatish ishlari o'sha model o'simliklarda o'tkazildi. Analizlar umumqabul qilingan standart uslublar bo'yicha amalga oshirildi. Amarant o'sish va rivojlvnishi bo'yicha fenologik kuzatishlar va biometrik o'lchashlar maxsus metodikalar asosida amalga oshirildi (Методика государственного испытания сельскохозяйственных культур, 1985;194с.; 1989; -250с.) Hosil barcha paykallarning hisob-kitob qatorlaridagi mahsulotni yig'ishtirib olish yo'li bilan aniqlandi

Olingan natijalar va ularning tahlili: Azotli o'g'itlar me'yorlarining amarant hosildorligiga ta'siri O'zbekiston tuproqlari sharoitida gumus miqdori kam bo'lishligi natijasida azotli oziqlanish muhim axamiyatga ega. Shuning uchun azotli o'g'itlar amarant oziqlanishini sezilarli optimallashtirishi xisobiga o'simlik o'sishi, biomassa to'plashi va rivojlanishini yaxshilab ekin hosildorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Demak, azotli oziqlanish amarant hosil to'plashi va hosildorligida muxim axamiyatga ega. Azotli o'g'itlar me'yori o'rganilgan birinchi tajribada, o'g'it qo'llanilmagan nazorat variantiga nisbatan fosforli-kaliyli o'g'itlar amarant o'simligi bo'yini sezilarli ortishini ta'minladi. Lekin, azotli o'g'itlar amarant o'simligi bo'yini fosforli-kaliyli fonga nisbatan keskin oshirdi. Bu xolat tajriba o'tkazilgan barcha yillarda kuzatildi. Azotli o'g'itlar me'yorini ortishi bilan o'simlik o'sishi kuchayib borib poya balandligi ortdi. Eng baland o'simliklar azotli o'g'itlar P150K200 fonida 250 va 300 kg/ga me'yorda qo'llanilganda kuzatildi. Masalan, o'g'itsiz nazorat variantida 21.05 sanada o'simlik bo'yi 42 sm, P150K200 foni variantida 52 sm, fon+N150 variantida 78 sm, fon+N200 variantida 91 sm, fon+N250 va fon+N300 variantlarida mos ravishda 98 va

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

106 sm bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatgichlar 21.06 sanada mos ravishda 65; 75; 142; 154; 164; 181 sm, 21.07 sanada 81;94; 170; 183; 208; 220 sm ni tashkil etdi (1-rasm). Azotli o'g'itlar me'yorlarining amarant o'simligi o'sishiga ta'siri

(1-rasm)

Demak, azotli o'g'itlar o'tloqi bo'z tuproqlar sharoitida amarant o'simligi bo'yin sezilarli oshiradi. Bu ko'p jihatdan o'tloqi bo'z tuproqda mineral azot, ya'ni ammoniy va nitrat shaklidagi azot miqdorini past darajada ekanligi bilan bog'liq. Chunki tuproqda mineral azot miqdori yuqori bo'lgan sharoitda azotli o'g'itlar samarasi past bo'lib, bu o'simlik bo'yini o'zgarishida namoyon bo'ldi.

Tuproqda minimumda turgan oziq moddalardan biri bu azot hisoblanadi. Shuning uchun ham tabiy sharoitda o'simliklar oziqlanishida ozot yetishmasligi yaqqol sezilib azotli o'g'itlarga bo'lgan ehtiyoj juda yuqori bo'ladi. Amarant o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga azotli o'g'itlar ta'siri o'rganilgan birinchi tajribada azotli o'g'itlarni qo'llash va ular me'yorini oshirish bitta o'simlikdagi barglar sonini sezilarli ortishini ta'minladi. Shu bilan birga fon sifatida qo'llanilgan fosforli-kaliyli o'g'itlar (P150K200) ham bitta amarant o'simligidagi barg sonini sezilarli ortishini ta'minladi. Lekin, azotli o'g'itlarni o'simlikdagi barglar soniga ta'siri kuchliroq namryon bo'ldi.

Masalan, o'g'it qo'llanilmagan nazorat variantida bitta amarant o'simligidagi barg soni 21.05 sanada 6 dona P150K200 fon variantida 12 dona, fon+N150 variantida 14 dona, fon+N200 variantida 17 dona, fon+N250 va fon+N300 variantlarida mos ravishda 18 va 19 dona bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatgich 21.06 sanada mos ravishda 11; 17; 21; 23; 25; 27; donani, 21.07 sanada tegishlicha 20; 27; 34; 38; 41; 43 donani tashkil etdi (2-rasm).

May 12-13

1140

Samarkand branch of Tashkent State

Agrarian University

Theoretical and practical foundations of

Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023 O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy

^^^^^tishmng^azarjy^anmmiyaammm

Azotli o'g'itlar me'yorlarining amarant o'simligi barg hosil qilishiga

ta'siri

(2-rasm)

50 45 40 35 30 25 20 15 10 5 0

O'g'itsiz nazorat P150K200-Fon Fon+N150

Fon+N200

Fon+N250

Fon+N300

■Barg soni, dona/o'simlik 21-may

Barg soni, dona/o'simlik 21 -iyun

Barg soni, dona/o'simlik 21 -iyul

Azotli o'g'itlar me'yori 250 kg/ga dan 300 kg/ga barg soni kuchsizroq darajada ortdi. Bu azotli o'g'itlar yuqori me'yorda qo'llanilganda uning tuproqda yo'qolishi ko'payishi bilan bog'liq.

Bu tuproq unumdorligini, jumladan harakatchan oziq moddalar, xususan mineral azot miqdorini o'tloqi bo'z tuproqlarda juda pastligini, o'simlikni to'laqonli oziqlanishi uchun yetishmasligini bildiradi. Fosforli-kaliyli o'g'itlarni qo'llash xisobiga tuproq fosfor va kaliy rejimi yaxshilanishi amarant o'simligi fosforli-kaliyli oziqlanishini optimallashtirib don hosiliga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Bunda amarant don hosildorligi o'g'itsiz nazoratga nisbatan 9,17 s/ga dan 13,43 s/ga gacha yoki 4,26 s/ga yoki 46,46 % ga ortdi. Azotli o'g'itlarni qo'llanishi amarant don hosilini keskin oshirdi. Bu tuproqda tabiiy holatda mineral azot rejimi amarant o'simligi oziqlanishi uchun juda yomon xolatda ekanligidan dalolat beradi. Azotli o'g'itlar xisobiga tuproq mineral azot rejimini yaxshilanishi o'simlik o'sish va rivojlanishni muqobillashtirib don hosilini to'planishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Azotli o'g'itlar me'yorini ortib borishi bilan tuproqda ammoniy va nitrat shaklidagi azotli oziqlanish manbalari ko'payib don hosili xam ortib bordi.

Xulosalar. Shunday qilib, azotli o'g'itlar va ular me'yorining ortishi amarant o'simligi o'sishi va barg hosil qilishini sezilarli oshiradi, amarant ekini don va yer ustki biomassa hosiliga ishonarli ta'sir etadi. Bu agrosenozda amarant o'simligi uchun azot tabiiy fonining yetarli emasligidan dalolat beradi. Amarant ekinini o'g'itlash tizimida azotli o'g'itlarning eng optimal me'yori P150K200 fonida 250 kg/ga hisoblanadi

May 12-13

1141

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

г

REFERENCES

1. Чирикова Т.В Амарант-культура XXI века // Соросовский образовательный журнал. 1999. №10.- С. 22-27

2. Хахалова М.А., Дмитриева Е.Ш. Интродукция амаранта в условиях Иркутской области// Научные исследования и разработки к внедрению в АПК. Материалы международной научно-практической конференции молодых ученых «Научные исследования и разработки к внедрению в АПК» (28-29 марта 2019 г.). Ежевског,2019,-С.46-51

3. Кузнецов И.Ю., Андрусенко В.А. Формирование одновидовых и смещанных посевов силосных культур на основе амаранта //Достижения науки агропромышленному комплексу. Сборник научных трудов международной межвузовской научно-практической конференции. Самара: РИЦ СГСХА, 2014.-

4. Robert L. Myers. Nitrogen Fertilizer Effect on Grain Amaranthus// Agronomy Journal Volume 90, Issue 5, September-October, 1998.-P.597-602

5. Olaniyi J.O., Adelasoye K.A., Jegede C.O. Influence of Nitrogen Fertilizer on the Growth, Yield and Quality of Grain Amaranth Varieties// World Journal of Agricultural Sciences 4 (4), 2008. P.506-513 ISSN 1817-3047

6. Шониёзов Б.К., Ортиков Т.К Внесение удобрений и формирование урожая амаранта //Журнал Актуалные проблемы современной науки, Москва, 2022 № 2 (125). -С.35-39

7. Shoniyozov B.K, Ortiqov B.K, Usmonov R INFLUENCE OF MINERAL AND ORGANIC FERTILIZERS ON THE PROPERTIES OF SEROZEM - MEADOW SOILS, NUTRITIONAL DYNAMICS AND YIELD OF AMARANTH Jilin Daxue Xuebao (Gongxueban)/Journal of Jilin University (Engineering and Technology Edition) ISSN: 1671-5497 E-Publication: Online Open Access Vol: 41 Issue: 102022

8. Sultanbekova, R., Ortiqov, T. Q, Shoniyozov B.K Azotli o'g'itlar me'yorlarining tuproqdagi mineral azot miqdoriga ta'siri. O'zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 5-6 oktabr, 2022 yil. Academic research in educational sciences (ARES). Volume 3. -P. 665-668

https://www.researchgate.net/publication/365370595 O'zbekistonda agrar sohani in novatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari 2022

С. 29-33

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

9. Shoniyozov B.K, Ortiqov B.K, Usmonov R Mineral va organik o'g'itlarni amarant yetishtirishda oziq moddalar balansiga ta'siri. O'zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 5-6 oktabr, 2022 yil. Academic research in educational sciences (ARES). Volume 3. -P. -659-664

https://www.researchgate.net/publication/365370595 O'zbekistonda agrar sohani in novatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari 2022

10. Shoniyozov B.K.,Hoshimov, F. H., Ortiqov, T. Q., & Usmonov, R. Amarant etishtirishda oziq moddalar balansiga azotli o'g'itlarning ta'siri. O'zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 5-6 oktabr, 2022 yil. Academic research in educational sciences (ARES). Volume 3. -P. 861-867 https://www.researchgate.net/publication/365370595 O'zbekistonda agrar sohani in novatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari 2022

11. INFLUENCE OF DOSES OF NITROGEN FERTILIZERS ON THE CHEMICAL COMPOSITION OF AMARANTH PLANTS* B Shoniyozov, T Ortikov - Академические исследования в современной науке, 2023 http: //www.econferences. ru/index.php/arims/article/view/3945

May 12-13

1143

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.