Научная статья на тему 'MINERAL O‘G‘ITLARNING G‘ALLA EKINLARINI PARVARIShLAShDA XISILDORLIK VA DON SIFATIGA TA’SIRI'

MINERAL O‘G‘ITLARNING G‘ALLA EKINLARINI PARVARIShLAShDA XISILDORLIK VA DON SIFATIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xoliqov Z.B., Utaeva G.N.

Maqolada kuzgi bug‘doyni sug‘oriladigan yerlarda hosildorlik va don sifatiga o‘g‘itlash me’yorlari, tuproqni ishlash va boshqa omillarni ta’siri bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Kuzgi bug‘doy doni tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdorini oshirish bo‘yicha xulosalar qilingan. Hamda kuzgi bug‘doy don sifatini oshirilishi bug‘doy yetishtirishda iqtisodiy samaradorlikka bevosita ta’sir etishi ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE INFLUENCE OF MINERAL FERTILIZERS ON PRODUCTIVITY AND GRAIN QUALITY IN THE CULTIVATION OF CEREAL CROPS

The article provides information on the influence of fertilization standards, soil management and other factors on the yield and grain quality of winter wheat in irrigated lands. Increasing the amount of protein and gluten in winter wheat grain conclusions have been made. It was also shown that the improvement of the quality of winter wheat grain has a direct effect on the economic efficiency of wheat production.

Текст научной работы на тему «MINERAL O‘G‘ITLARNING G‘ALLA EKINLARINI PARVARIShLAShDA XISILDORLIK VA DON SIFATIGA TA’SIRI»

Xoliqov Z.B.

Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti

Utaeva G.N.

Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti

MINERAL O'G'ITLARNING G'ALLA EKINLARINI PARVARIShLAShDA XISILDORLIK VA DON SIFATIGA TA'SIRI

Annotatsiya. Maqolada kuzgi bug'doyni sug'oriladigan yerlarda hosildorlik va don sifatiga o'g'itlash me'yorlari, tuproqni ishlash va boshqa omillarni ta'siri bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. Kuzgi bug'doy doni tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdorini oshirish bo 'yicha xulosalar qilingan. Hamda kuzgi bug'doy don sifatini oshirilishi bug'doy yetishtirishda iqtisodiy samaradorlikka bevosita ta 'sir etishi ko 'rsatilgan.

Xoliqov Z.B.

Karshi Institute of Engineering and Economics

Utaeva G.N.

Karshi Institute of Engineering and Economics

THE INFLUENCE OF MINERAL FERTILIZERS ON PRODUCTIVITY AND GRAIN QUALITY IN THE CULTIVATION OF CEREAL CROPS

Abstract. The article provides information on the influence of fertilization standards, soil management and other factors on the yield and grain quality of winter wheat in irrigated lands. Increasing the amount of protein and gluten in winter wheat grain conclusions have been made. It was also shown that the improvement of the quality of winter wheat grain has a direct effect on the economic efficiency of wheat production.

Qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlaming izchil o'tkazilishida, aholining turmush farovonligini tubdan yaxshilashda g'allachilik ravnaqi, xususan g'alladan mo'l va sifatli hosil yetishtirish g'allakorlarimiz oldida turgan muhim masalalardan biridir. Hozirgi kundagi asosiy vazifalardan biri kuzgi bug'doyning don hosildorligi bilan birga donining sifat ko'rsatkichlarini ham oshirishdan iborat. Bu esa, olimlarimiz fikricha har bir nav o'ziga mos tuproq iqlim sharoitida, alohida oziqlanish me'yorlari, sug'orish tartiblari asosida parvarishlanishini taqozo etadi.

Bu esa, g'allachilik sohasida mamlakatimizda zamonaviy ilm-fan yutuqlari va xalqimizning qadimiy dehqonchilik madaniyati asosida o'ziga xos agrotexnika maktabi shakllanib, bugungi kunda o'zining yuksak samarasini berayotganligi taqsinga sazavordir. Bunda mahalliy yaratilgan yangi bug'doy navlarini resurstejamkor hamda donning hosildorlik va sifat ko'rsatkichlarini oshiruvchi

мЭкономнка h ^uyM" №4(119)-1 2024

www.iupr.ru

678

texnologiyalarni ishlab chiqish talab etiladi. Shuning uchun sifatli non va non mahsulotlari tayyorlashga yaroqli bug'doy donlarini yetishtirish lozim. Bug'doy hosildorligini oshirish davr talablaridan kelib chiqmoqda. Shu bois ham oziqlantirish me'yorining hosildorlik va sifat ko'rsatkichlarini o'rganish tadqiqotimizning asosiy maqsadi qilib qo'ydik.

Respublikada yetishtiriladigan qishloq xo'jaliklari maxsulotlarining salmoqli qismi respublikaning janubi-sharqiy viloyatlarida yetishtiriladi. Ushbu hududning iqlim sharoitlariga ko'ra markaziy qismi Qashqadaryo viloyati Qarshi cho'li mintaqasi hisoblanganligibois bug'doy navlarining o'g'itlashga ta'sirini o'rganish bo'yicha tajribalarimiz Qarshi tumanidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filialining tajriba dalasida olib borildi. Tadqiqotlarimizda, yumshoq bug'doyning istiqbolli navlariG'ozg'on, Elomon va Yaksart, navlari qo'yidagi variantlarda 1)Nazorat (o'g'itsiz); 2) N90P60K30 3) N135P75K45 4) N180P90K60 kg\ga variantlar uch qaytariqli qilib, tegishli yarusda izchillik asosida joylashtirildi. Paykalchalarning umumiy yuzasi 11,6m2, hisobga olinadigan yuzasi 10m2 tashkil etdi. Tajriba dalasini shudgorlash TS-60-70 haydov traktori "PYa-3-35" plugida o'tkazildi. Ekish oldidan haydalgan va o'g'itlangan maydonlarda LTZ-60-AB-10 traktoriga tirqalgan ChKU - 4 rusumli chizel - kultivator, so'ngra mola va borona bilan ikki yo'nalishda ishlov berildi. Mahalliy sharoitni nazarda tutgan holda tajribalarda ekish me'yori bir gektar maydonga 4,5 mln. unuvchan urug' hisobida 2013-2014 yillarda 15 oktyabr kunlarida amalga oshirildi.

Tajribalardan olingan natijalarga ko'ra hosildorlik bo'yicha eng past ko'rsatkich barcha navlar bo'yicha nazorat (o'g'itsiz) paykalchalarda kuzatildi. Tajribada navlarga va qo'llanilgan ma'dan o'g'itlar me'yorlariga bog'liq holda boshoqning uzunligi, 1 ta boshoqdagi don vazni va donlar soni ham o'zgarib bordi.

Ma'dan o'g'itlar N90P60K30 kg/ga qo'llanilganda N135P75K45 kg/ga nisbatan standart Krasnodar-99 navida hosildorlik 11,1 s/ga, G'ozg'on navida 9,5 s/ga, Elomon navida 10,9 s/ga, Yaksart 7,3 s/ga, oshganligi aniqlandi.

Tadqiqot natijalarining ko'rsatishicha o'rganilgan navlar azotli o'g'itlarga standart Krasnodar-99 naviga nisbatan ta'sirchanroq ekanligi ham namoyon bo'ldi. Ammo N180, P90, K60 oziqlantirilgan variantga nisbatan esa boshqa variantlarda natija past bo'lishi kuzatildi. Bunda Krasnadar-99 navida 58,2 s/ga, G'ozg'on navida 69,7 s/ga, Elomon navida 64,5 s/ga, Yaksart navida 60,7 s/ga bo'ldi. Ushbu variantda navlar hosildorligi o'rtacha nazorat (o'g'itsiz) variantga nisbatan 31-50 s/ga, N90, P60, K30, N135, P75, K45 oziqlantirilgan variantlarga nisbatan esa 6-14 s/gacha past bo'ldi.

Bug'doy navlarining o'g'itlashga ta'sirchanligini o'rganish tajribasida bug'doy navlari hosildorligi va sifat ko'rsatkichlari

(2019-2021 yillar). __

T/ R Variantlar Navlar nomi Don hosil dor-ligi, s\ga Oqsil miqdori, % Kleykovina miqdori,% Don natur-asi, gr/l

1 Nazorat (o'g'itsiz) Krosnadar-99 22,2 12,8 20,7 764

2 G'ozg'on 25,1 12,5 20,4 755

3 Elomon 24,7 12,6 18,5 774

4 Yaksart 24,1 12,6 20,6 778

5 N90, P60, K30 Krosnadar-99 44 13,5 22,3 768

6 G'ozg'on 52 13,8 21,8 765

7 Elomon 47,3 13,0 19,0 780

8 Yaksart 45,5 13,9 22,8 780

9 N135, P75, K45 Krosnadar-99 47,1 14,0 26,5 770

10 G'ozg'on 60,2 14,1 23,5 768

11 Elomon 53,6 14,5 21,7 782

12 Yaksart 53,4 14,4 24,4 788

13 N180,P90, K60 Krosnadar-99 58,2 14,5 27,7 782

14 G'ozg'on 69,7 14,9 25,4 775

15 Elomon 64,5 14,8 24,8 786

16 Yaksart 60,7 15,0 25,0 790

Yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin.O'rganilgan kuzgi bug'doy navlari Qashqadaryo viloyatining issiq, quruq iqlim sharoitida standart Krasnodar-99 naviga ma'dan o'g'itlarga nisbatan ta'sirchan ekanligi aniqlandi. Ma'dan o'g'it me'yori Ni8oP6oK30 kg/ga qo'llanilganda N135P60K30kg/ga nisbatan hosildorlik Krasnodar-99 navida hosildorlik 11,1 s/ga, G'ozg'on navida 9,5 s/ga, Elomon navida 10,9 s/ga,Yaksart 7,3 s/ga yuqori bo'ldi. Kuzgi bug'doy o'g'itlash sharoitida yetishtirilganda yuqori hosil berishligi ma'lum bo'ldi.

мЭкономнка h соцнумм №4(119)-1 2024

www.iupr.ru

680

Respublikada yaratilgan mahalliy kuzgi yumshoq bug'doy navlarning o'g'itlashga ta'sirini o'rganish maqsadga muvofiqdir.Qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligini yuqori bo'lishida ma'dan o'g'itlarning ahamiyati katta ekan. Ma'dan o'g'itlar o'z navbatida tuproq unumdorligiga ham ta'sir qilar ekan. Respublikaning janubiy hududlarida suv bilan kam ta'minlangan maydonlarda mahalliy yaratilgan navlarni joylashtirish maqsadga muvofiq, suv ta'minoti yetarli darajada bo'lgan hollarda oziqlantirish me'yori sof holda azot (N) 180 kg/ga berilgan holatda Rossiyadan keltirilgan navlardan 60 s/ga, mahalliy navlarda esa 68-75 s/ga hosil olish imkoniyati mavjud.

Bug'doydan yuqori xosil va sifatli don yetishtirishda ekish me'yori 4,5 mln unuvchan urug'/ga va o'g'it me'yori va moddiy resurslar (azot) ni iqtisod qilish maqsadida N180, P90, K60 kg\ga qo'llash, ijobiy samara berish bilan bir qatorda g'allachilikda yuqori iqtisodiy rentabellikka erishishni ta'minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati:

1. Mirzaev O., Jumaboev Z., Tursunov S. Ma'dan o'g'itlarning kuzgi bug'doy navlari hosildorligi va uruglarning ekish sifatiga ta'siri. Urug' sifatini oshirishning biologik va texnologik asoslari (17-18 mart). Toshkent - 1998, 109110 b.

2. Mirzaev O. va boshq. "Kuzgi bugdoyni ekish sifatiga mineral o'g'itlar me'yorini ta'siri". O'zbekistonda bug'doy seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish texnologiyasi mavzusidagi 1 - milliy konferensiya (17-18 may). ToshDAU 2004, 237-241 b.

3. Siddiqov R. Non sifatli bo'lsin desangiz, // j. O'zbekiston qishloq xo'jaligi. №

4. 2004, 14-15 b.

4. To'raev A. To'raev R. Kuzgi bug'doyni o'g'itlash va sug'orish me'yorlari. // j. O'zbekiston qishloq xo'jaligi, № 5, 2003, 34-35 b.

5. Xalilov N.S., Xo'jaqulov T.X., Musaev T.S. Kuzgi galla ekinlari don hosili yetishtirish texnologiyasi. 1997, Samarqand. 45 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.