O'SIMLIKLARNING QISHGA CHIDAMLILIGIGA O'G'IT ME'YORLARINING TA'SIRI
G'. G'aybullayev
Qishloq xo'jalik fanlari doktori
Sh. Nurkabulov
TDAU Samarqand filiali magistranti
ANNOTATSIYA
Qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligini oshiruvchi tadbirlar majmuida ma'danli va mahalliy o'g'itlar hamda, mikro o'g'itlarni ilmiy asosda qo'llash muhim ahamiyatga ega. Bunday amaliy ishlar bajarilganda, rejalashtirilgan sifatli hosil olinadi va tuproq unumdorligi ham ma'lum miqdorda saqlanib qolinishiga erishiladi. Boshoqli don ekinlarini tuplanish, naychalash va boshoqlash davrlarida parvarishini o'z vaqtida o'tkazish yuqori va sifatli don hosilini yetishtirishni ta'minlaydi.
Kalit so'zlar: agrar, bug'doy, don, mineral, dehqonchilik.
ABSTRACT
The use of mineral and local fertilizers, as well as trace elements on a scientific basis is important in a set of measures to increase the productivity of agricultural crops. When this practical work is done, the planned high-quality harvest is obtained and, to a certain extent, the fertility of the soil is preserved. Timely care of grain during harvesting, threshing and threshing provides high quality grain.
Keywords: agrarian, wheat, grain, mineral, farming.
KIRISH
Kuzgi bug'doy uchun qishga chidamlilik eng muhim biologik omillardan biri bo'lib hisoblanadi. O'zbekistonda qish qattiq kelgan 1927-yilda 47 %, 1956-yilda 36,2 %, 1960-yilda 34,6 %, 1963-yilda 30,5 % [ 1; 17-18-b ] va 1983-yilda 45 % gacha o'simlik nobud bo'lganligi sug'oriladigan yerlarda don va dukkakli o'simliklar ilmiy tadqiqot instituti G'allaorol filialida o'tkazilgan tajribalarda qayd etilgan.Malumki, har qanday ekin turida hosil salmog'ini belgilovchi faktorlardan biri ko'chat qalinligi hisoblanadi. Ko'chat qalinligi me'yorida bo'lgan bug'doyzorda hosildorlik yuqori bo'ladi.
Asosan bug'doyni qishlovga kirishdan oldin unda tuplanish bo'g'ini hosil qilishga erishish zarur. Ko'pchilik olimlarning
November, 2022
627
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
fikricha V.I Vilyams, V.G.Pisarev tuplanish yaxshi bo'lganda o'suv davri davomida barglar yuzasi ko'p miqdorda organik moddalar ishlab chiqaradi va yon poyalar hosil bo'ladi. Don hosilining 30-50 % ni N.V.Darofeevning fikricha kuzgi bug'doyni sovuqqa chidamliligi vegetatsiya davridagi sharoit va yoshiga bog'liq. Bundan tashqari muhim sabablardan biri shakarlarning to'planishidir, shakarlar xujayralar orasidagi suyuqlikga va xujayra shirasini quyuqligini oshirib muzlatishga yo'l qo'ymaydi. Qish qattiq bo'ladigan sharoitda tuplanish bo'g'inidagi shakarning miqdori 50 % dan kam bo'lmasligi kerak. Shakar miqdorini to'planishida havo harorati asosiy ro'l uynaydi. [ 2; 42-44-b ] aniqlashicha, agar kuzgi bug'doy tuplanish bo'g'inida shakarlik miqdori 20-25 % atrofida to'plangan bo'lsa, o'simlik 10-12° S sovuqqa chidaydi.
Kuzgi bug'doyning tuplanish energiyasi navga, urug' yirikligiga, oziqlanish maydoniga ya'ni ekish me'yori, urug'lar soniga, tuproq namligiga, ekish muddatiga, tuproqni ishlash sifati va unumdorligiga, yorug'likka, haroratga, o'g'itlash tizimiga bog'liq.
O'zbekiston Respublikasining qishi nisbatan iliq bo'lib Samarkand viloyati gidrometstansiyasining ko'p yillik ma'lumotiga ko'ra o'rtacha harorat dekabr oyida 3,4°S, yanvarda +0,6°S, fevralda 2,2°S ni tashkil etadi. Shunga qaramasdan kuzgi bug'doyni qish davrida zararlanishi va nobud bo'lishi kuzatiladi. Bunday hollarda ekinzor siyraklashadi bahorda o'sishning boshlanishi kechikadi, rivojlanish kechikadi va hosildorlik pasayadi. Dala tajribamizni boshlagan 2021-yil dekabr oyida o'rtacha harorat 5,5°S ni shu mavsumda 2022-yil yanvarida 1,9°S, fevralda 0,9°S bo'lishi kuzatildi. Fevral oyida harorat ko'p yillik ko'rsatkichdan kam 1,3°S past bo'ldi [4, 5,
TADQIQOT METODLARI
Ilmiy-tadqiqot ishlarida kuzatish, hisoblash va tahlillar O'zbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining «Dala tajribalarini o'tkazish uslublari» (O'zPITI, 2007), «Metodi agroximicheskix, agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy v polivnix xlopkovix rayonax» (SoyuzNIXI, 1963). Tuproq va o'simlik namunalarining tahlili «Metodi agroximicheskix analizov pochv i rasteniy Sredney Azii» (1977), «Metodika polevogo opita» (Dospexov, 1985), «Metodika Gosudarstvennogo sortispitaniya selskoxozaystvennix kultur» (1964) va Urug'larning ekinboplik sifatlari Davlat urug'chilik inspeksiyasi tomonidan belgilangan GOST 12036-66-GOST 12047-66 (M.1973, T.1997), kabi uslubiy qo'llanmalari
6].
asosida tuzildi.
November, 2022
Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 11 | 2022
ISSN: 2181-1385_Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
OLINGAN NATIJALAR
Tajribalarimiz shuni ko'rsatadiki Jasmina va Yaksart navi har xil agrafonda o'g'it me'yori qo'llanilganda bug'doy maysalarining qishlab chiqishiga ta'sir etganini ko'rdik. Jadval ma'lumotlaridan ko'rib turganimizdek o'g'it me'yori maqbullashtirilishi bilan nobud bo'lgan o'simliklar kamayib qishlab chiqgan o'simliklar soni oshadi. Bunda Jasmina navida nazorat variantida 419 dona (83,8 %) o'simliklar unib chiqgan bo'lsa, qishlab chiqgan o'simliklar soni 347 donani (69,4 %) ni tashkil etdi. Nobud bo'lgan o'simliklar soni 72 dona (14,4 %) bo'ldi. O'g'it me'yorining oshirilishi bilan Jasmina navida qishga chidamlilik ham yaxshilandi. Ya'ni, NPK.180:90:60+NPK.20:20:20 variantida unib chiqqan maysalar 431 dona (86,2 %) ni, qishlab chiqgan o'simliklar soni 386 dona (77,2 %), nobud bo'lgan o'simliklar nazorat variantiga nisbatan kam 27 dona (5,4 %) bo'lganligi kuzatildi.
Yaksart navida esa nazorat variantida 417 dona (83,4 %) o'simliklar unib chiqgan bo'lsa, qishlab chiqgan o'simliklar soni 346 donani (69,2 %) ni tashkil etdi. Nobud bo'lgan o'simliklar soni 71 dona (14,2 %) bo'ldi. O'g'it me'yorining oshirilishi bilan Yaksart navida qishga chidamlilik ham yaxshilandi. Ya'ni, NPK.180:90:60+NPK.20:20:20 variantida unib chiqqan maysalar 429 dona (85,5 %) ni, qishlab chiqgan o'simliklar soni 381 dona (76,2 %), nobud bo'lgan o'simliklar nazorat variantiga nisbatan kam 23 dona (4,6 %) bo'lganligi kuzatildi. (1-jadval).
Jasmina va Yaksart navlarida turli o'g'it me'yorlarida ko'cliat qalinligi va qishlab chiqish darajasi.
(2021 2022yy.)
(1-jadval).
Madari og'itlar me'yori kg/ga QishLashgacha bo'lgan tup soni, dona'm1 Qishlab chiqqan o'simliMar soni, donam2 Nobud bo'lgan nihollar
dona % dona % dona/m2 %
Jasmina
Nazorat 419 83,8 347 69,4 72 14,4
NPK.l 8 0:90:60 421 84,2 368 73,6 53 10,6
NPK18 0:90:60+Nutri Power 426 85,2 370 74 56 11,2
NPK.180:90:60+Micromix 424 84,8 373 74,6 51 10,2
NPK. 1E 0:90:60+Ro ot winner 423 84,6 371 74,2 52 10,4
NPK. 18 0:90:60+S eaweed(o '. s) 427 85,4 376 75,2 51 10,2
NPK.l 80:90:00+NPK.20:20:20 431 86,2 386 77,2 45 9
Yaksart
Nazorat 417 83,4 346 69,2 71 14,2
NPK.l S 0:90:60 420 84 369 73,8 51 10,2
NPK. 18 0:90:60+Nutri Power 422 84,4 370 74 52 10,4
NPK.180:90:60+Micromix 424 84,S 373 74,6 51 10,2
NPK. 1S 0:90:60+Ro ot winner 425 85 371 74,2 54 10,8
NPK. 18 0:90:60+S eaweed(o '. s) 426 85,2 373 74,6 53 10,6
NPK.l 80:90:60+NPK.20:20:20 429 85,5 381 76,2 48 9,6
November, 2022
629
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
XULOSA
Tadqiqotlarimizning ko'rsatishicha, kuzgi yumshoq bug'doyning Jasmina navini mineral o'g'itlar bilan birga qo'shimcha mikro o'g'itlarning turli me'yorlari va nisbatlari bilan oziqlantirilib yetishtirilganda N180:P90:K60+NPK20:20:20 variantda avvalo hosildorlik va 1000 ta don massasining ortishi va don naturasi boshqa variantlarimizga nisbatan yuqori bo'lishi kuzatildi.
REFERENCES
1.B.Xalikov, N.Yodgorov, Kuzgi yumshoq bug'doy navlarining hosildorligiga madanli o'g'itlar va sug'orish rejimining ta'siri.//Agro Ilm jurnali 1(51) 2018y, 17-18 bet.
2.R.Ishmuhammedova, Mineral o'g'itlar jta'sirida kuzgi bug'doy donida sifat ko'rsatkichlarning o'zgarishi.// Agro himoya va o'simliklar karantini jurnali. №-1, 2017 yil, 42-44 bet.
3.P.Siddiqov. G'alla parvarishida muhim palla.// O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali. №-4 2015 yil.
4. Alisher Botirov, Akbarxon Murtazayev, Baxodir Ochilov, & Gulrabo Rustamova (2022). UZUM YETISHTIRISHNING HUDUDLAR KESIMIDAGI TAHLILI. Academic research in educational sciences, 3 (Speical Issue 1), 293-297.
5. Bobokulov, Z., & Botirov, A. Teaching agricultural sciences: essence and teaching technology. Jilin Daxue Xuebao (Gongxueban)/Journal of Jilin University (Engineering and Technology Edition), 42(03), 12-17.
6. Алишер Эркинович Ботиров, Улугбек Матниёзович Бойжонов, Гулрабо Абдуллаевна Рустамова, & Норкул Муродилло Угли Куйсинбоев (2022). ШАФТОЛИНИНГ ТУРЛИ НАВЛАРИНИ КАСАЛЛИК ЗАРАРКУНАНДАЛАРГА КАРШИ ЧИДАМЛИЛИГИНИ УРГАНИШНИНГ ИЛМИИ АСОСЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3 (7), 176-182.
November, 2022