Научная статья на тему 'KUZGI BUG’DOY URUG’LARINING DALA UNUVCHANLIGIGA O’G’IT MEYORLARINING TA’SIRI'

KUZGI BUG’DOY URUG’LARINING DALA UNUVCHANLIGIGA O’G’IT MEYORLARINING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

80
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
agrar / bug‘doy / don / mineral / dehqonchilik. / agrarian / wheat / grain / mineral / farming

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — G’. G’Aybullayev, Sh. Nurkabulov

Qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligini oshiruvchi tadbirlar majmuida ma’danli va mahalliy o’g’itlar hamda, mikro o’g’itlarni ilmiy asosda qo’llash muhim ahamiyatga ega. Bunday amaliy ishlar bajarilganda, rejalashtirilgan sifatli hosil olinadi va tuproq unumdorligi ham ma’lum miqdorda saqlanib qolinishiga erishiladi. Boshoqli don ekinlarini tuplanish, naychalash va boshoqlash davrlarida parvarishini o’z vaqtida o’tkazish yuqori va sifatli don hosilini yetishtirishni ta’minlaydi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The use of mineral and local fertilizers, as well as trace elements on a scientific basis, is important in a set of measures to increase the productivity of agricultural crops. When this practical work is done, the planned high-quality harvest is obtained and, to a certain extent, the fertility of the soil is preserved. Timely care of grain during harvesting, threshing and threshing provides high-quality grain.

Текст научной работы на тему «KUZGI BUG’DOY URUG’LARINING DALA UNUVCHANLIGIGA O’G’IT MEYORLARINING TA’SIRI»

Academic Research in Educational Sciences

Volume 3 | Issue 11 | 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

KUZGI BUG'DOY URUG'LARINING DALA UNUVCHANLIGIGA O'G'IT

MEYORLARINING TA'SIRI

Qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligini oshiruvchi tadbirlar majmuida ma'danli va mahalliy o'g'itlar hamda, mikro o'g'itlarni ilmiy asosda qo'llash muhim ahamiyatga ega. Bunday amaliy ishlar bajarilganda, rejalashtirilgan sifatli hosil olinadi va tuproq unumdorligi ham ma'lum miqdorda saqlanib qolinishiga erishiladi. Boshoqli don ekinlarini tuplanish, naychalash va boshoqlash davrlarida parvarishini o'z vaqtida o'tkazish yuqori va sifatli don hosilini yetishtirishni ta'minlaydi.

Kalit so'zlar: agrar, bug'doy, don, mineral, dehqonchilik.

The use of mineral and local fertilizers, as well as trace elements on a scientific basis, is important in a set of measures to increase the productivity of agricultural crops. When this practical work is done, the planned high-quality harvest is obtained and, to a certain extent, the fertility of the soil is preserved. Timely care of grain during harvesting, threshing and threshing provides high-quality grain.

Keywords: agrarian, wheat, grain, mineral, farming

Respublikamiz g'alla yetishtirishda kuzgi intensiv tipdagi bug'doylardan sug'oriladigan yerlarda mo'l va sifatli hosil yetishtirishda bevosita kuchli asoslangan, dala tajribalarida sinovdan o'tgan, o'rganilayotgan nav biologiyasidan kelib chiqqan holda yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy yetish asosiy vazifalardan biridir. O'g'it me'yorlarini optimallashtirish yo'li bilan sug'oriladigan yerlarda kuzgi bug'doydan sifatli va yuqori hosil olishda tashqi muhit omillaridan samarali foydalana oladigan navlarni yaratish, ma'lum birlikdagi maydonda optimal miqdordagi mahsuldor poyalar sonini hosil qilish, hosil bo'lgan

G'. G'aybullayev

qishloq xo'jalik fanlari doktori

Sh. Nurkabulov

TDAU Samarqand filiali magistranti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

agrotsinozni boshqarish singari ishlar amalga oshiriladi.

November, 2022

Azotli o'g'itlar donli ekinlarda oqsil miqdorini oshiradi, shu bilan birga o'suvchanlilik darajasini ham yaxshilashga xizmat qiladi. Agar, azotli o'g'itlar kuzgi bug'doy va boshqa boshoqli don ekinlarini oziqlantirilishida fosforli va kaliyli o'g'itlar bilan qo'llanilish nisbati buzilganda foydasidan ko'ra zarari ko'proq bo'ladi. Shuning uchun ham boshoqli don ekinlari oziqlantirilganda fosforli o'g'itlar azotli o'g'itlarning yarmiga, kaliyli o'g'itlar esa uchdan bir qismiga teng darajada qo'llanilishi qabul qilingan [1; 42-b.; 6].

Shuningdek, boshqa oziqa elementlari bilan balanslanmagan kuchli azotli oziqlanish hosilning kamayishiga, donning ekinboplik, non yopish sifatlarining yomonlashuviga olib keladi [2; 277-280-b.; 5].

Bug'doy yetishtirishda azotning yetishmasligi mahsuldor tuplanishga, boshoqdagi don soniga va boshoqning yirikligiga, 1000 dona don massasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ayniqsa, o'sish davrining ikkinchi yarmida azotning yetishmasligi donda oqsilning to'planishini sekinlashtiradi, non yopish sifatini yomonlashtiradi. Shu bilan birgalikda ortiqcha azotli oziqlanish, baquvvat o'sish massasini shakllanishiga va ildiz tizimi bilan yer usti massasi nisbatining buzilishiga, o'sish davrining uzayishiga, yotib qolishga hamda o'simlikning zamburug' kasalliklariga chidamliligining pasayishiga sabab bo'ladi [3; 101-114-b.].

Tuproqdagi me'yoriy namlik esa uning bo'rtishi va urug' endospermdagi zahira moddalarni erishiga olib keladi. Erigan moddalar murtakka o'tadi va yetarli issiqlik, kislorod bo'lgan taqdirda murtak birlamchi, ya'ni murtak ildizini hosil qiladi. Shundan keyingi murtakdagi poyacha o'sib yer bo'yiga chiqadi.

Kuzgi bug'doy azotni tuproqdan ammoniy va nitrat shakllarida o'zlashtiradi. Tuproq eritmasi neytral muhitga ega bo'lganda ammoniy tuzlari, kislotali bo'lganda nitrat tuzlari yaxshi o'zlashtiriladi. Kuzgi bug'doy eng ko'p azotni naychalash va boshoqlash fazalarida o'zlashtiradi. O'sish davomida, ayrim davrlarda oziqlanish muhitida azotning yetishmasligini, keyingi davrlarda azotli oziqlantirishni kuchaytirish hisobiga qoplab bo'lmaydi [4; 384-b.].

TADQIQOT METODLARI

Ilmiy-tadqiqot ishlarida kuzatish, hisoblash va tahlillar O'zbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining «Dala tajribalarini o'tkazish uslublari» (O'zPITI, 2007), «Metodi agroximicheskix, agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy v polivnix xlopkovix rayonax» (SoyuzNIXI, 1963). Tuproq va o'simlik namunalarining tahlili «Metodi agroximicheskix analizov pochv i rasteniy Sredney Azii» (1977), «Metodika polevogo opita» (Dospexov, 1985), «Metodika Gosudarstvennogo sortispitaniya

November, 2022

624

selskoxozaystvennix kultur» (1964) va Urug'larning ekinboplik sifatlari Davlat urug'chilik inspeksiyasi tomonidan belgilangan GOST 12036-66-GOST 12047-66 (M.1973, T.1997), kabi uslubiy qo'llanmalari asosida tuzildi.

OLINGAN NATIJALAR

2021-2022 yillarda o'tkazilgan tajribalarimizning natijalari bo'yicha kuzgi bug'doyning Jasmina va Yaksart navlariga Samarqand viloyatining o'tloqi-bo'z tuproqlari sharoitida har yili har xil o'g'it me'yorlarida ekilganda dala unuvchanligi har xil bo'lishi kuzatildi ( 1-jadval ). 1-jadval

O'g'it me'yorlarining Jasmina va Yaksart navi urug'larining dala unuvchanligiga ta'siri.

(2021-2022y)

№ O'g'itlar m'eyori, kg/ga Unib chiqqan o'simliklar soni, dona/m2 Urug'larning dala unuvchanligi, %

Jasmina

1 Nazorat 419 83,8

2 NPK.180:90:60 421 84,2

3 NPK.180:90:60+Nutri Power 426 85,2

4 NPK.180:90:60+Micromix 424 84,8

5 NPK.180:90:60+Rootwinner 423 84,6

6 NPK.180:90:60+Seaweed 427 85,4

7 NPK.180:90:60+NPK.20:20:20 431 86,2

Yaksart

1 Nazorat 417 83,4

2 NPK.180:90:60 420 84

3 NPK.180:90:60+Nutri Power 422 84,4

4 NPK.180:90:60+Micromix 424 84,8

5 NPK.180:90:60+Rootwinner 425 85

6 NPK.180:90:60+Seaweed 426 85,2

7 NPK.180:90:60+NPK.20:20:20 429 85,5

Kuzgi bug'doy urug'larining dala unuvchanligi harorat, tuproqdagi namlik, urug'larning ekinboplik sifatlariga bog'liq xolda o'zgardi. Dala unuvchanligi Jasmina navida bu ko'rsatkich 1 m2 da nazorat (o'g'itsiz) variantda 419 dona maysalar hosil bo'ldi va bu 83,8 % ni tashkil etdi. O'g'it me'yori oshirilganda dala unuvchanligiga kata ta'sir sezilmadi ya'ni NPK.180:90:60 qo'llanilgan variantda 1 m2 da 421 donagacha maysalar hosil bo'ldi va 84,2 % ni tashkil etdi. Eng yaxshi ko'rsatgich NPK.180:90:60+NPK.20:20:20

https://t.me/ares uz

November, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

625

Academic Research in Educational Sciences

Volume 3 | Issue 11 | 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

variantda 431 dona maysalar hosil bo'ldi va bu 86,2 % ni tashkil etdi. Yaksart navida bu ko'rsatkichlar muvofiq holda quyidagicha bo'ldi, 1 m2 da nazorat (o'g'itsiz) variantda 417 dona maysalar hosil bo'ldi va bu 83,4 % ni tashkil etdi. O'g'it me'yori oshirilganda dala unuvchanligiga kata ta'sir sezilmadi ya'ni NPK.180:90:60 qo'llanilgan variantda 1 m2 da 420 donagacha maysalar hosil bo'ldi va 84 % ni tashkil etdi. Yaksart navida ham eng yaxshi ko'rsatgich NPK.180:90:60+NPK.20:20:20 variantda 429 dona maysalar hosil bo'ldi va bu 85,5 % ni tashkil etdi.

Xulosa qilib aytganda Zarafshon vodiysi sharoitida sug'oriladigan yerlarda kuzgi bug'doyning intensiv tipidagi Jasmina navi uchun yuqori hosil va sifatli urug' olishda, o'g'it me'yori NPK.180:90:60+NPK.20:20:20 kg/ga qo'llanilganda, Yaksart navida esa o'g'it me'yori NPK.180:90:60+NPK.20:20:20 qo'llanilganda ijobiy samara berishi bilan bir qatorda, g'allachilikda yuqori iqtisodiy rentabellikga erishishni ta'minlaydi.

REFERENCES

1. Irnazarova N. Kuzgi bug'doyni azot bilan oziqlantirish // O'zbekiston qishloq xo'jaligi. -Toshkent, 2016. -№3. -B. 42.

2. Alam M.S., Sultana M.S., Hossain M.B., Salahin M., Roy U.K., Effect of sowing depth on the yield of spring wheat // J. Env. Sci. Nat. Resour., 2014, 7(1). -r. 277280.

3. Thorup-Kristensen K., Cortasa M.S., Loges R. Winter wheat roots grow twice as deep as spring wheat roots, is this important for N uptake and N leaching losses? // Plant Soil, 2009, 322(1-2). -p. 101-114.

4.Oripov R., Xalilov N. O'simlikshunoslik. -Toshkent, 2007. -384 b.

5. Bobokulov, Z., & Botirov, A. Teaching agricultural sciences: essence and teaching technology. Jilin Daxue Xuebao (Gongxueban)/Journal of Jilin University (Engineering and Technology Edition), 42(03), 12-17.

6. Alisher Botirov, Akbarxon Murtazayev, Baxodir Ochilov, & Gulrabo Rustamova (2022). UZUM YETISHTIRISHNING HUDUDLAR KESIMIDAGI TAHLILI. Academic research in educational sciences, 3 (Speical Issue 1), 293-297.

XULOSA

November, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.