Научная статья на тему 'HOSILDORLIGI YUQORI BO‘LGAN KUZGI YUMSHOQ BUG‘DOY(TRITICUM AESTIVUM) NAVLARINI FARG‘ONA VILOYATI UCHUN TANLASH NATIJALARI'

HOSILDORLIGI YUQORI BO‘LGAN KUZGI YUMSHOQ BUG‘DOY(TRITICUM AESTIVUM) NAVLARINI FARG‘ONA VILOYATI UCHUN TANLASH NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bug‘doy / mahalliy / xorijiy / don / hosildorlik / nav.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Hayonboyev Jamoldin Shohobiddinovich, Ismatullaev Zokirjon Yusupovich, Toshmatov Sanatjon Dexqonovich

Farg‘ona viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos bo‘lgan kasallik, zararkunandalarga chidamli, yuqori don beruvchi kuzgi bug‘doy navlarini ilmiy asosda tanlab olish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HOSILDORLIGI YUQORI BO‘LGAN KUZGI YUMSHOQ BUG‘DOY(TRITICUM AESTIVUM) NAVLARINI FARG‘ONA VILOYATI UCHUN TANLASH NATIJALARI»

UO'T: 631.10.633.11.

HOSILDORLIGI YUQORI BO'LGAN KUZGI YUMSHOQ BUG'DOY(TRITICUM AESTIVUM) NAVLARINI FARG'ONA VILOYATI UCHUN TANLASH NATIJALARI 1Hayonboyev Jamoldin Shohobiddinovich, 2Ismatullaev Zokirjon Yusupovich,

3Toshmatov Sanatjon Dexqonovich

1,2,3Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institute Farg'ona ilmiy tajriba stansiyasi ilmiy

xodimlari

https://doi.org/10.5281/zenodo.10935972

Annotatsiya. Farg'ona viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos bo'lgan kasallik, zararkunandalarga chidamli, yuqori don beruvchi kuzgi bug'doy navlarini ilmiy asosda tanlab olish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari bayon etilgan.

Kalitso'zlar: bug'doy, mahalliy, xorijiy, don, hosildorlik, nav.

Аннотация. Описаны результаты исследований по научному отбору сортов озимой пшеницы, устойчивых к болезням и вредителям и пригодных к почвенно-климатическим условиям Ферганской области.

Ключевые слова: пшеница, отечественная, зарубежная, зерно, урожайность,

сорт.

Abstract. The results of the research on the scientific selection of winter wheat varieties that are resistant to diseases and pests and are suitable for the soil and climate conditions of Fergana region are described.

Keywords: wheat, domestic, foreign, grain, productivity, variety.

Kirish: Jahon bo'yicha bugungi kunda bug'doy 220,4 mln. gektar maydonga ekilib, o'rtacha don hosili gektariga 31,1 sentnerni tashkil qiladi. Xalqaro qishloq xo'jalik va oziqovqat tarmoqlari, iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tarmoqlari va oziq-ovqat tarmoqlari, iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tarmoqlari ma'lumotlariga ko'ra, 2020 yilda 756 mln tonna bug'doy doni etishtirish ko'zda tutilgan bo'lib, keyingi o'n yillikda bu ko'rsatkich aholi soni o'sishi bilan birga don va don mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish uchun 6.6% ga ya'ni, 59.7 mln tonnaga ko'p etishtirilishini ko'rsatadi.

Qishloq xo'jaligi ekinlardan yuqori va sifatli don hosil etishtirishda intensiv texnologiyalar asosida sohani rivojlantirish, ekish muddatlarini to'g'ri belgilash, tuproq namligi va ma'dan o'g'itlardan samarali foydalanish yo'llarini ishlab chiqish orqali kelgusida oziq-ovqat taqchilligini oldini olishga qaratilgan. Shu sababli har bir tuproq-iqlim sharoitlari uchun kuzgi bug'doy navlarining maqbul urug' ekish me'yorlarini belgilash hamda ma'danli o'g'itlarning tavsiya qilingan yillik me'yorini,kuzgi bug'doyning rivojlanish davrlarida turli me'yorlarga bo'lib qo'llashning samaradorligini oshirish bo'yicha olib borilayotgan tadqiqotlar dolzarb hisoblanadi.

Dunyo aholisi yildan-yilga ortib bormoqda natijada insoniyatga oziq-ovqat ta'minoti bo'yicha har bir davlat o'z strategiyalarini ishlab chiqib, amlga oshirmoqda g'allachilik bo'yicha ham hozirgi kunda mamlakatimizda juda katta islohatlar natijasida bu yil birinchi marotaba 8 mln tonnadan ziyod g'alla etishtirib olindi. Ammo global ob-havo o'zgarishi, turli xil zararkunanda va kasalliklarni ko'payishi natijasida g'alla maydonlari yoppasiga kasallanish holatlari ham uchrab turibdi. Ushbu muammolarni hal qilishda albatta tuproq-iqlim sharoitiga mos kasallik, zararkunandalarga chidamli bug'doy navlarini yaratish zarurati har doim muhim bo'lib qolaveradi. _

Mavzuni o'rganganlik darajasi: Siddiqov R. ning tavsiyalariga ko'ra bir gektar maydonda 4,5-5,0 mln.dona yoki 1 m2 da 450-500 dona nihol hosil qilinganda dala qoniqarli deb baholanadi.

Siddiqov R., Mansurov A., Adashevlar I. ta'kidlashicha kuzgi bug'doyni o'sish va rivojlanish jarayoni ekish me'yoridir va muddati bog'liq xolda qishga chidamliligi, maydondagi ko'chat soni va hosildorligiga ta'sir etuvchi omillardan biridir.

Egamov I., Adashev I., Rasulov X. olib borilgan tadqiqotlarida Andijon viloyati o'tloqi bo'z tuproqlari sharoitida kuzgi yumshoq bug'doyni 11 ta istiqbolli Asr, Durdona, Pamyat, Tanya, Moskvich, Yesaul, Omad, Matonat, Muftalo, Fortuna, Kollega navlarini 4 xil ekish me'yorini 3, 4, 5, 6 mln. va ekish muddatida 15.09; 1.10; 15.10; 1.11 unuvchan urug' hisobida belgilab dala tajribalari olib borishgan

Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Farg'ona ilmiy tajriba stansiyasi ilmiy xodimlari tomonidan Respublikamizning ilmiy tadqiqot institutlarida yaratilib, davlat reestriga kiritilgan kuzgi yumshoq bug'doy navlarini Farg'ona viloyati sug'oriladigan sharoitlariga mos kasallik va zararkunandalarga chidamli, don sifati hamda hosildorligi yuqori bo'lgan bug'doy navlarini tanlab dehqon fermer xo'jaliklariga ekishga tavsiya qilish hamda ushbu navlarni agrotexnikasi bo'yicha ilmiy tavsiyalar berib kelinmoqda. Ammo Farg'ona viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos kuzgi yumshoq bug'doy navlarini yaratish bo'yicha etarlicha ishlar olib borilmaganligi ushbu yo'nalishni rivojlantirish bugungi kunda alohida amaliy ahamiyat kasb etayotganligini olib borilyotgan ilmiy izlanishlarda o'z isbotini topmoqda.

Tadqiqotning maqsadi: Farg'ona viloyati sug'oriladigan sharoitlariga mos don hosili hamda sifati yuqori bo'lgan kuzgi yumshoq bug'doy navlarini tanlash hamda ekishga tavsiya qilish.

Tadqiqotning vazifalari: Kuzgi yumshoq bug'doy (Triticum aestivum)navlari bo'cha olib borilgan tadqiqotlarimizda ham navlarni tanlash bo'yicha tadqiqotlar olib borilgan bo'lib ikki yil davomida mahalliy va xorijiy navlardan iborat 28 xil na'munalar bo'yicha fenologik kuzatuv taxlillarni olib borish hamda biometrik ko'rcatkichlarini navlar kesimida taxlil qilishdan iborat.

Tadqiqotning ob'ekti: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Farg'ona ilmiy tajriba stansiyasining "Markaziy" tajriba dalasining o'tloqi soz tuproqlari, kelib chiqishi turli ekologo-gegrafik guruhlarga mansub bo'lgan kuzgi yumshoq bug'doyning dunyo genofondi nav va namunalari hamda respublikada ekishga tavsiya etilgan, istiqbolli yumshoq kuzgi bug'doy navlari, duragay populyatsiyalaridan foydalaniladi.

Tadqiqotning usullari: Dala tajribalarida variantlarni joylashtirish, fenolgik kuzatuvlar va hisoblashlar «Dala tajribalarini o'tkazish uslublari» (PSUEAITI 2007) qo'llanmasi asosida, tajriba maydonida tuproqning agrofizik va agrokimyoviy xossalarini aniqlashda «Методы агрохимических, агрофизических и микробиологических исследований в поливных хлопковых раёнах» (1973) uslubiy qo'llanmalaridan foydalanildi. Olingan natijalar Microsoft Excel dasturi va B.A.Dospexovning "Методика полевого опыта" (1985) uslubiy qo'llanmasi asosida statistik tahlillar asosida amalga oshirilgan.

Tadqiqot natijalarining xulosalari: Tadqiqotlarimiz 2021-2023-yillarda olib borilgan ekologik nav sinash ko'chatzorida kuzgi yumshoq bug'doydan iborat 28 ta navlarida fenologik kuzatuvlar olib borilib ikki yillik o'rtacha ko'rsatkichlari bo'yicha yuqori ko'rsatkichga ega bo'lganlari tanlab olindi. Taxlil natijalariga ko'ra ASR navi ortacha poya balandligi 74 sm, 1000 dona don vazni 46 gr bo'lib, o'rtacha don hosildorlik 76,8 s/ga, ушбу нав назорат сифтида

олинган булиб, бошка навларга таккослаб урганилди. Шунингдек, кузги бугдой навининг Qadr нави 64,2 sm, 1000 dona don vazni 44,2 gr bo'lib, o'rtacha don hosildorlik ko'rsatkichlari 78,4 s/ga bo'lib, standartga nisbatan 1,6 s/ga yuqori ko'rsatkichga ega shu bilan birga standart navga nisbatan Andijon-4, Bobur, Yog'du, Lilit, Bagrat navlari 19,2-24,2 s/ga chacha ancha hosildorligi past bo'lgan. Kuzgi yumshoq bug'doyning Asati navining o'rtacha poya balandligi 74,8 sm, bir metr kvadratda ko'chatlarning o'rtacha soni 373,7 dona bo'lib, 1000 dona don vazni 48,3 gr, biologik hosildorlik 78,4 s/ga ni tashkil etdi. Nodir, Aziz, Asati, Izyuminka va Farg'ona navlariga mos ravishda hosildorlik ko'rsatkichlari 66,1 s/ga, 67,1 s/ga, 78,4 s/ga, 68,9 s/ga, 60,9 s/ga ni nashkil qilgan bo'lib, tajribada olib borilgan navlarning biometrik ko'rsatkichlari 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Kuzgi yumshoq bug'doy navlarining hosildorlik ko'rsatkichlari

№ Navlarning nomi O'simlik bo'yi, sm 1m2 dagi mahsuldor poyalar soni, dona 1000 dona don vazni, g. Biologik don hosil-dorilk, s/ga

1 ASR 74 334,3 46 76,8

2 Nodir 84,4 388,7 56,9 66,1

3 Qadr 64,2 392,0 44,2 78,4

4 Davr 66 302,3 42,2 51,3

5 Andijon 2 96 315,7 40,4 60,0

6 Durdona 1,4 382,7 48,4 65

7 Rizq 68,8 359,7 40,4 64,7

8 Umid 77,6 379,0 53,8 56,8

9 Asati 74,8 373,7 48,3 78,4

10 Navbaxor 75 336,7 45,2 77,4

11 O'zbekiston 25 61,2 338,7 41,1 61,0

12 Aziz 90,2 372,7 41,3 67,1

13 Esaul 72,4 333,7 51,4 56,7

14 Andijon 4 75,8 329,7 40,0 52,7

15 Bobur 82,6 287,0 47,9 54,5

16 Yog'du 73,6 382,0 47,5 57,3

17 Baraka 74,8 351,7 43,8 56,3

18 Olmos 91,2 315,7 46,1 69,4

19 Sadaf 41,6 308,0 48,2 58,5

20 Krassa dona 68,6 394,0 43,9 66,9

21 Adel 68,8 374,0 41,3 67,3

22 Jiva 71,6 351,7 40,6 56,3

23 Bagrat 84,2 320,3 44,6 57,6

24 Bezostaya-100 70,4 390,0 44,3 66,3

25 Antonino 70 280,0 49,5 67,2

26 Lilit 74,2 354,0 40,8 56,6

27 Izyuminka 68 404,7 43,3 68,9

28 Farg'ona 89,4 381,0 46,3 60,9

Xulosa: olib borilgan ikki yillik ekpremental tajriba natijalaridan shuni ko'rish mumkinki, Farg'ona viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos bo'lgan kuzgi yumshoq bug' doy(Triticum aestivum) navlaridan "ASR", "Nodir", "Qadr", "Rizq", "Durdona" Bezostaya-100", "Izyuminka", "Antonino", "Farg'ona" navlari har tomonlama natijalari yuqori bo'ldi. Ushbu navlarda kelgusida Farg"ASR", "Nodir", "Qadr", "Rizq", "Durdona" Bezostaya-100", "Izyuminka", "Antonino", "Farg'ona" navlari har tomonlama natijalari yuqori bo'ldi. Ushbu navlarda kelgusida Farg'ona viloyati g'allachilik fermer xo'jaliklariga tavsiya qilish maqsadida tanlab olindi..

REFERENCES

1. l.R.I.Siddiqov, I.Egamov, N.Yusupov "Boshoqli don ekinlari seleksiyasining asosiy yo'nalishlari" O'zbekiston Qishloq Xo'jalik jurnali №5. 2017 y 37 bet.

2. Siddiqov, R A. Xayitboev, N.Umirov, N.Yusupov. "Boshoqli don va moyli ekinlar seleksiyasi, urug'chiligi hamda ularni etishtirish agrotexnikasini rivojlantirish istiqbollari" Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya maqolalar to'plami. Andijon-2011y. 18-19 bet.

3. 3.J.Hayonboev, Z.Ismatullayev, J.Hamdamov, S.Toshmatov. "Farg'ona viloyati sharoiti uchun xos kuzgi yumshoq bug'doyning navlarini yaratish" Agro ILM №6 2022-yil.10-11-betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.