Samarkand branch of Tashkent State , ..„ -^iT-r^ i
. . TT . Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023
Agrarian University
Theoretical and practical foundations of O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy
mtroducing^mart^griculture^n
KUZGI BUG'DOYNI OLINGUGURT SAQLOVCHI O'G'ITLAR BILAN
O'G'ITLASh
B. Turaboyeva
ToshDAU SF, 2- bosqich magisrtant
D. Miyzamov
SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq- ovqat xavfsizligi instituti 2-bosqich
magistrant
G. Qodirova
ToshDAU SF, assistent
M. Hayitov
ToshDAU SF, dosent
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Samarqand viloyati o'tloqi-bo'z tuproqlar sharoitida kuzgi bug'doyning o'sishi, rivojlanishi, hosildorligi va hosil sifatiga oltingugurt saqlovchi o'g'itlarning ta'siri o'rganilgan. Oltingugurt saqlovchi o'g'itlar qo'llanilganda ammofos o'g'itiga teng hosil yetishtirilgan bo'lsa, donnning sifat ko'rsatkichlari ustun bo'lgan.
Kalit so'zlar. O'tloqi-bo'z tuproq, kuzgi bug'doy, o'g'itlash, mineral o'g'it, oltingugurt saqlovchi o'g'itlar, oziq moddalar, hosildorlik, hosil sifati, nonboplik xususiyatlari
ABSTRACT
In this article, the influence of sulfur-containing fertilizers on the growth, development, yield and quality of winter wheat in the conditions of meadow-gray soils of Samarkand region is studied. When sulfur-containing fertilizers were used, the yield was equal to that of ammophos fertilizer, and grain quality indicators were superior.
Keywords. Meadow gray soil, winter wheat, fertilizing, mineral fertilizer, sulfur-containing fertilizers, nutrients, productivity, yield quality, baking properties
May 12-13
1182
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
Kirish. Bugungi kunda butun dunyo bo'yicha 132 dan ortiq davlatlarda 243,2 mln. gektardan ko'proq maydonlarda bug'doy ekilib, 762,3 mln. tonna don yetishtirilmoqda. Respublikamizda esa 1,23 mln gektar maydonga g'alla don ekinlari ekilib dehqonchilik qilinadi hosildorlik so'ngi 5 yillikda gektaridan 55 s/ga yuqori don hosili olinib yalpi hosil miqdori 6,5-7,8 mln tonnani tashkil etdi. Toshkent, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida700 ming gektarga yaqin lalmi xaydaladigan maydon bo'lib, o'rtacha hosildorlik 8-23 s/ga ni tashkil etgan bo'lsa, sug'orildigan maydonlarda o'rtacha 65-70 s/ga hosil olinmoqda [1, 3].
Bug'doy yetishtiruvchi davlatlarda nav xususiyatlarini, tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan xolda yetishtirish agrotexnologiyasining innovasion usullarini qo'llash hisobiga don hosildorligi va sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Respublikamizda rayonlashtirilgan va yangi yaratilayotgan kuzgi bug'doy navlari hosildorligi, don sifatini oshirish va nonboplik xususiyatlarini yaxshilash, serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli istiqbolli kuzgi bug'doy navlari tanlash muhim ahamiyatga ega. [4, 5, 6 ] Tanlab olingan kuzgi bug'doy navlarini tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, mineral va organik o'g'itlar bilan o'g'itlash tizimini ishlab chiqish kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Samarqand viloyati o'tloqi - bo'z tuproqlar sharoitida kuzgi bug'doyning hosildorligi va nonpoblik xususiyatlariga oltingugurt saqlovchi o'g'itlarning ta'sirini o'rganish maqsadida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdamiz.
Foydalanilgan materiallar va usullar. Dala tajribalari Samarqand viloyati Daxbet qo'rg'oni ToshDAU SF o'quv tajriba xo'jaligidagi qadimdan sug'orilib kelinayotgan o'tloqi-bo'z tuproqlar sharoitida olib borilmoqda. Tajriba 4 qaytariqda sistematik bir yarusda joylashtirilgan. Dalaning uzunligi 30 m, eni 3,6 m, bitta
л
paykalning maydoni 108 m , hisobga olinib paykallar joylashtirildi. Bitta paykalda 8 qator bo'lib, shundan o'rtadagi 4 ta qator hisob-kitob qatori, ikki chetdan ikkitadan 4 ta himoya qatorlari xisoblanadi.
Tajriba ob'ekti - Tadqiqot ob'ekti sifatida fosfor va oltingugurt saqlovchi o'g'itlardan ammofos (Pam) 11-12 % N, 46 % -P2O5 (qiyosiy o'rganish uchun), Ps-agro (Ps-agro) 4-6 % N, 41-44 %, P2O5, 5-7 % SO3, Suprefos NS -12-13% , P2O5-24-26%, SO3 -25-28% saqlaydi. Azotli o'g'it sifatida NH4NO3 (N - 34,5) va kaliyli o'g'it sifatida KCl (K2O - 56-60 %) qo'llanildi.
Dala va laboratoriya tajribalarini qo'yish, fenologik kuzatishlar, biometrik o'lchashlar va boshqa tahlillar "Методика Государственного сортоиспытания сельскохозяйственных
May 12^13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
культур", "Dala tajribalarini o'tkazish uslublari", "Государственные стандарты. Зерновые культуры. Методы анализа. Сборник" uslubiy qo'llanmalari asosida, tadqiqot natijalarining statistik tahlili B.A.Dospexovning "Методика полевого опыта" qo'llanmasi asosida Microsoft Excel dasturi yordamida dispersion usulda matematik tahlil qilingan.
Olingan natijalar va ularning tahlili. Dala tajribasi qo'yishdan oldin tuproqdan tuproq namunalari olindi va agrokimyoviy ko'rsatkichlari tahlil qilindi. Haydov qatlamida gumus miqdori 1,12 %ni, haydov ostida esa 0,87 %ni tashkil etdi. Yalpi oziq moddalar mos ravishda azot (N) - 0,12/0,08 %, fosfor (P) - 0,10/0,07 % va kaliy (K) - 2,78/2,54 % ni tashkil etgan bo'lsa, harakatchan oziq moddalar bilan juda kam va kam ta'minlangan ekanligi aniqlandi.
Kuzgi bug'doyni o'g'itlashdan asosiy maqsad yuqori va sifatli hosil yetishtirish bo'lsa, dastlabki o'sishi rivojlanish yaxshi bo'lsa, ildizlar yaxshi taraqqiy etsa yuqori hosil olish imkoniyati yaratiladi. Ammofos o'g'iti qo'llanilganda kuzgi bug'doy bo'yi 94,5 sm ni tashkil etgan bo'lsa, oltingugurt saqlovchi o'g'itlar qo'llanilganda 92,4 - 93,8 sm ni tashkil etdi. Ular orasida farq kuzatilmadi. Hosildorlik bo'yicha ham shunga o'xshash ma'lumotlar olindi. Keyingi tadqiqotlar donning sifat ko'rsatkichlarini aniqlashdan iborat. (1 - rasm).
Xulosa. Samarqand viloyati o'tloqi-bo'z tuproqlar sharoitida kuzgi bug'doyning o'sishi, rivojlanishi, hosildorligi va hosil sifatiga oltingugurt saqlovchi o'g'itlar ijobiy ta'sir ko'rsatar ekan. Ps-agro va Suprefos NS o'g'itlari kuzgi bug'doy ekinining bo'yi va hosildorligi bo'yicha ammofos o'g'iti bilan teng ahamiyatga ega ekan.
May 12-13
1184
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
REFERENCES
1. Azimova M., Ishonqulova G., Begimqulova S. Kuzgi yumshoq bug'doy navlari dala unuvchanligiga ekish muddati, ekish me'yori va o'g'it me'yorlarinmg ta'siri. // AGRO ILM - O'ZBEKISTON QISHLOQ VA SUV XO'JALIGI. - 2019. - №3. -B. 16- 17.
2.Доспехов Б.А. Методика полевого опыта.-М.: Агропромиздат, 1985. - 248-255 с.
3. Mashrabov M.I., Normamatov Sh. SHIRIN QALAMPIRDAN YUQORI HOSIL YETISHTIRISH IMKONIYATI. O'zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 2022 yil. Academic research in educational sciences (ARES). Volume 3. -P. 290-
4. Mashrabov M.I., Makhmatmurodov A.U., Kadirova G.A.THE CHANGING OF PHOSPHATE REGIME OF SOILS WITH CARBON-MAGNESIA SALTING UNDER THE INFLUENCE OF NEW COMPLEX FERTILIZERS AT COTTON CULTIVATION. Academic Research in Educational Sciences Volume 3. Special Issue 1. 2022. - P. 64-74.
5. Sattorov J.S., Atoyev B.Q. Kuzgi bug'doy navlari, tuproq va o'g'it. Monografiya. Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007. -151 b (133 b).
6. Xaitbayeva J. Kuzgi bug'doyning hosil strukturasi va don sifatiga mineral o'g'it me'yorlarinmg ta'siri. // AGRO ILM - O'ZBEKISTON QISHLOQ VA SUV XO'JALIGI. - 2019. - №4. -B. 22- 23
293.
May 12-13