Научная статья на тему 'MAHALLIY SHOLI NAVLARINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI.'

MAHALLIY SHOLI NAVLARINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI. Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
10
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sholi navlari / kuzgi bug‘doy / urug‘ / nav / hosildorlik / iqlim sharoiti / suv tejamkorlik / och tusli bo‘z tuproqlar

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Mutabar Azamovna Mirzayeva, Maftuna Ikromjonovna Teshaboyeva, Nematjonova Nazira, Tojiboyeva Durdona, Toxirova Mashrabxon

Bug‘doy bilan erta pishar sholining bir maydonga almashlab ekish yaxshi samara berdi. Ochiq maydonlarga erta bahordan sholi urug‘larini sepilsa suv ko‘p miqdorda sarflanadi. Shuning uchun suvni tejashning samarali usullaridan biri sholini ko‘chat usulida yetishtirish hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAHALLIY SHOLI NAVLARINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI.»

MAHALLIY SHOLI NAVLARINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI.

1Mutabar Azamovna Mirzayeva, 2Maftuna Ikromjonovna Teshaboyeva, 3Nematjonova Nazira, 4Tojiboyeva Durdona, 5Toxirova Mashrabxon

1Dotsent, 2O'qituvchi, 3,4,5Farg'ona davlat universiteti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.10931757

Annotatsiya. Bug'doy bilan erta pishar sholining bir maydonga almashlab ekish yaxshi samara berdi. Ochiq maydonlarga erta bahordan sholi urug'larini sepilsa suv ko'p miqdorda sarflanadi. Shuning uchun suvni tejashning samarali usullaridan biri sholini ko'chat usulida yetishtirish hisoblanadi.

Kalit so'zlar: sholi navlari, kuzgi bug'doy, urug', nav, hosildorlik, iqlim sharoiti, suv tejamkorlik, och tusli bo 'z tuproqlar

Аннотация. Севооборот пшеницы и раннеспелого риса на одном поле дали хорошие результаты. Если семена риса сеют в открытом грунте ранной весной, тогда используется много воды. Поэтому одним из эффективных способов экономии воды является выращивание риса рассадным способом.

Ключевые слова: сорта риса, озимая пшеница, семена, сорт, продуктивность, климатические условия, водоэффективность, сероземы бледные.

Abstract. Crop rotation of wheat and early-ripening rice in the same field has given good results. If rice seeds are sown in open fields from early spring, a lot of water is used. Therefore, one of the effective ways to save water is to grow rice by seedling method.

Keywords: rice varieties, winter wheat, seed, variety, productivity, climatic conditions, water efficiency, pale gray soils

Kirish

Insoniyatni oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabini ortib borishi qishloq xo'jalik mahsulotlarini ko'paytirishni talab qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini ko'paytirishning asosiy yo'li qishloq xo'jalikda ekilgan ekinlarni navini yaxshilash va ayniqsa, mustahkam oziq-ovqat bazasini yaratishdan iborat. Aholining sifatli mahsulotga bo'lgan talabi ortib bormoqda.

Qishloq xo'jaligida xalqimizga to'yimliligi, tez pisharliligi borasida sholiga teng keladigan ekin yo'q. Sholi doni insonlar uchun to'yimli oziq-ovqat mahsulotidir. Uning bir kilogram guruchi tarkibida 75,2% karbon suvlarn (asosan kraxmal), 7,7% oqsil, 0,4% moy, 2,2% to'qima, 0,5% kul moddalari va 14% suv Guruchdan tayyorlanadigan ovqat juda tez xazm bo'ladi va to'liq o'zlashadi. Guruchning o'zlashtirilish koeffitsiyenti eng yukori — 96% ga, kaloriyaliligi 3594 ga, bug'doyniki esa — 6310 ga teng. Sholining maxsus turidan (glyutinozli sholidan) koreys xalqi non tayyorlaydi.

Kuzgi bug'doy o'tmishdoshlarga talabchan. Tajribalarning ko'rsatishicha, boshoqli don ekinlarini, shu jumladan, kuzgi bug'doyni ham surunkali ikki yil ustma-ust o'stirish, kasallik va zararkunandalar, begona o'tlarning ko'payib ketishiga, to'planishiga olib keladi hamda hosildorlikni pasaytiradi. Shuninig uchun bug'doy bilan sholini almashlab ekish yaxshi samara beradi.

O'zbekitonda suvga bo'lgan talab yildan - yilga ortib bomoqda. Ochiq maydonlarga erta bahordan sholi urug'larini sepilsa suv ko'p miqdorda sarflanadi. Shuninig uchun suvni tejashning samarali usullaridan biri sholini ko'chat usulida yetishtirish hisoblanadi. Bu usulda sholi ko'chatini kichik maydonlarda yetishtirish hisobiga yillik suv meyorining katta qismi iqtisod qilinadi.

Biz kuzgi bug'doydan bo'shagan yerga ekilgan sholi hosildorligiga ko'chat qalinligining ta'sirini o'rganish maqsadida tajriba o'tkazdik, tajriba Farg'ona viloyati Qo'shtepa tumani "Nursaid" fermer xo'jaligi sharoitida olib borildi. Bu xo'jalik Qo'shtepa tumani cho'l xududida joylashgan. Bu mintaqaning iqlimi keskin kontinental bo'lib, eng yuqori harorat iyul oyida +50 °C gacha, minimal harorat yanvar oyida bo'lib, ayrim yillari -24 °C gacha sovuq bo'ladi. Yillik yog'in miqdori o'rtacha 200-220 mmni tashkil qiladi. Tuproqlari och tusli bo'z tuproqlar tipida bo'lib, qadimdan sug'orilib kelinadi. Yer osti suvlarining chuqurligi 5,5-8,8 metrni tashkil qiladi. Tajriba quyidagi tizimda o'tkazildi:

1-variant: 30x10-1;

2-variant: 15x10-1;

Tajribada sholining Cho'ng'ara va Jaydari navi ekildi va unib chiqqandan keyin yuqoridagi sxema bo'yicha ko'chat qilinadi. Tajriba ikkita variantdan iborat bo'lib, 4 qaytariqda o'tkazildi. Bitta bo'lmani egallagan maydoni 20 x 4,8 = 96 m2. kuzgi bug'doy hosili yig'ishtirib olingandan so'ng tajriba dalasiga gektariga 60 kg miqdorda fosforli va 40 kg miqdorda kaliyli o'g'itlar solindi va 30 sm chuqurlikda shudgor qilindi. Bundan keyin dalaning ekishga tayyorlash ishlari bajarildi va 15-iyun kuni sholi ko'chatlari ekildi. Ekilgandan keyin tajriba dalasi sug'orildi. Sholi ko'chatlari to'la o'tkazilib chiqqandan keyin yuqoridagi sxema bo'yicha ekildi.

Takroriy ekin sifatida ko'chatxonalarga 20-30 kg mayda urug' ekiladi. Biz tuproqni asosiy maydoniga 20-30 iyunda ko'chat ko'chirib o'tqazdik. Bunda ko'chatxonalarga gektar xisobida 2022 mln dona yoki 650-750 kg sholi urug'i sepiladi, agar sholi qo'lda ekiladigan bo'lsa, urug'lik sholini namlab ekiladi. Ko'chatxonada sholi 30-40 kunlik muddatda ko'chat qilish uchun tayyor xolga keladi. Ko'chatlar 25-30 kunligida 5 kg/ga xisobida azotli o'g'it bilan oziqlantiriladi. Bir xaftadan so'ng ko'chatlar asosiy maydonga o'tqaziladi, ya'ni bu sholining tuplanish davrini boshlanishiga to'g'ri keladi.

Ko'chatlar asosiy maydondagi bir uyaga 1-2 ko'chat ekiladi. Uya oralig'i 10-15 sm qilib ekish tavsiya qilinadi. Bunda gektariga 65-100 ming ko'chat sarflanadi. Sholipoyadagi suv rejimi umumiy agrotexnik talablar asosida olib boriladi. Asosiy maydonga sholi ko'chati o'tqazilgandan so'ng birinchi o'g'it 3-5 kundan keyin RK 40 kg\ga xisobida beriladi. 30kundan keyin, ya'ni sholi 7- 9 bargli bo'lgan davrida ikkinchi o'g'it beriladi, bunda 40 kg\ga Xisobida beriladi. Suv rejimi sholi pishgunga qadar umumiy agrotexnik talablar asosida amalga oshiriladi.

Tajribadan olingan ma'lumotlarga ko'ra, sholining Cho'ng'ara va Jaydari navi ko'chat qalinligini ortishi bilan o'simlik poyasining balandligi ham sezilarli o'sganligi kuzatildi. 1-variantda makkajo'xori poyasining balandligi 195,7 sm bo'lgan bo'lsa, 2-variantda 202,2 sm bo'ldi. 3-variantda esa 212,4 sm bo'ldi. Bir tup o'simlikda hosil bo'lgan barglar ko'chat qalinligining ortib borishi bilan qisman kamaydi.

Bir tup sholi o'simlikda tuplanishi darajasi variantlari bilan bog'liq bo'lib 15x10-1 cho'ng'ara 5-10 30x10-1 jaydari navida 10-16 gacha tuplandi.

Farg'ona viloyati Qo'shtepa tumanidagi "Nursaid"f/x cho'l zonasida joylashgan bo'lib ko'chat qilingan bu ikkala sholi navi 10-15-oktabrlarda yig'ishtirib olindi.

Birinchi variandagi sholimizning donining uzunligi 10-16 smgacha. Bitta po'stli sholi doni 24-28 gr ni tashkil etdi.

Ikkinchi variandagi sholimizning donining uzunligi 10-20 smgacha. Bitta po'stli sholi doni 24-32 gr ni tashkil etdi.

REFERENCES

1. Орипов Р., Халилов Н. "Усимликшунослик" Тошкент - 2007.

2. Х.Н. Атабаева, Ж.Б. Худайкулов "Усимликшунослик" Тошкент - "НИФ МШ" - 2020

3. Турсунов С., Тешабоева М "Шоли етиштириш буйича " тавсиянома 2013й.;

4. Teshaboyev N. et al. Urug' yekish muddatlarining kuzgi bug'doy navlari hosildorligiga ta'siri //Science and innovation. - 2022. - T. 1. - №. D7. - S. 118-121.

5. Teshaboyev, N., Teshaboyeva M., Siddiqova G., & Ro'zmamatova, I. (2022). Urug' ekish muddatlarining kuzgi bug'doy navlari hosildorligiga ta'siri. Science and innovation, 1(D7), 118-121.

6. Teshaboyev N., Teshaboyeva M., Sheraliyeva Z., & Xoliqova O. (2022). Kuzgi bug'doyni asrnavi hosildorligiga urug' yekish muddatlarini ta'siri. Science and innovation, 1(D7), 122125.

7. Мирзаева, Мутабар Азамовна, and Тешабоева Икромжоновна Мафтуна. "технология переработки винограда для получения вина." Science and innovation 2.Special Issue 8 (2023): 765-768.

8. Mirzayeva M., Teshaboyeva M., Saminov A. Urug'li chigitni saqlash usullarini takomillashtirish //Educational Research in Universal Sciences. - 2023. - Т. 2. - №. 5. - С. 194-196.

9. Mirzayeva M. A., Teshaboyeva M. I. Sholining uzros-7-13 navi hosildorligiga urug 'ekish muddatlarini ta'siri //Qo'qon universiteti xabarnomasi. - 2023. - С. 292-295.

10. Teshaboyeva M. I., Musayev I. DANAK MEVALILARNI QURITISH USULLARI //UNIVERSAL JOURNAL OF TECHNOLOGY AND INNOVATION. - 2023. - Т. 1. - №. 6. - С. 48-51.

11. Mirzayeva M. A., Mullajonova S. S., Mirzaikromov M. A. The grape processing technology for wine production //International Journal of Advance Scientific Research. - 2022. - Т. 2. -№. 04. - С. 7-10.

12. Shokirova, M., Shokirova, G., Mirzayeva, M., & Juraev, Z. Metaphors in Chemistry: Enhancing Scientific Communication and Understanding. Available at SSRN 4533948

13. Azamovna M. M. BIOLOGY OF SUGAR BEET VARIETIES, PESTS, DISEASES AND MEASURES TO ONTROL THEM //British Journal of Global Ecology and Sustainable Development. - 2023. - Т. 24. - С. 55-59

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.