Научная статья на тему 'SHOLINING MAHALLIY VA XORIJIY NAVLARINING BIOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARINI QIYOSIY OʻRGANISH'

SHOLINING MAHALLIY VA XORIJIY NAVLARINING BIOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARINI QIYOSIY OʻRGANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
293
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sholi navlari / mintaqqlar / sholi navlari / ekish / sug‘orisg / vegetatsiya / ertapishar / kech pishar / ko‘chat qilib ekish / yangi texnalogiya gektar / sug‘orish / samaradorlik / ekin sarfi / yer maydoni / sinov tajribalari / urug‘lar mexanizmlar / hosildorlik.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Durumboyeva Xolisxon Raxim Qizi

Sholining mahalliy va xorijiy navlarining biofiziologik xususiyatlarini qiyosiy oʻrganish va sholi o‘simligining O‘zbeksitondagi navlari,ekilish sharoitlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHOLINING MAHALLIY VA XORIJIY NAVLARINING BIOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARINI QIYOSIY OʻRGANISH»

SHOLINING MAHALLIY VA XORIJIY NAVLARINING BIOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARINI QIYOSIY O'RGANISH

Durumboyeva Xolisxon Raxim qizi

UrDU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7583078

Annotatsiya: Sholining mahalliy va xorijiy navlarining biofiziologik xususiyatlarini qiyosiy o'rganish va sholi o'simligining O'zbeksitondagi navlari,ekilish sharoitlari haqida ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

Kalit so'z: sholi navlari, mintaqqlar, sholi navlari, ekish,sug'orisg, vegetatsiya, ertapishar, kech pishar, ko'chat qilib ekish,yangi texnalogiya gektar,sug'orish,samaradorlik,ekin sarfi,yer maydoni, sinov tajribalari, urug'lar mexanizmlar, hosildorlik.

Sholi eng qimmatli oziq-ovqat ekinlaridan biridir. Dunyo dehqonchiligida u ekilish maydoni va yalpi hosiliga ko'ra bug'doydan keyin ikkinchi o'rinni egallaydi. Dunyoda sholining ekin maydoni 2014 yilda 153,2 mln bo'lgan. Sholi ekin maydonlarining asosiy qismi janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlariga, birinchi navbatda Birma, Xindiston, Indoneziya, XXR, Tailand, Filippin davlatlariga tug'ri keladi. Umuman Osiyo mamlakatlari hissasiga sholining butun dunyodagi ekin maydonlarining 90 % to'g'ri keladi. Bu mintaqa dunyo bo'yicha yalpi sholi hosilining 90 % yetishtiriladi. Keyingi 15 yil davomida bu mintaqada sholi hosildorligi 30 % ko'proq oshgan.Lotin Amerikasida ham sholining yalpi hosili ekin maydonlarining kengayishi hamda hosildorlikni oshirish hisobiga ko'paydi. Sholining dunyoda o'rtacha hosildorligi 39,7 s/ga (2014 y) tashkil qildi. Yalpi hosil dunyo bo'yicha 608,5 mln.t bo'lgan.

Rivojlangan mamlakatlarda dunyodagi sholi maydonining 3 % joylashgan, ammo dehqonchilik madaniyati yuqori bo'lganligi tufayli ular sholi doniga bo'lgan ichki extiyojini to'la qondirib, ayrimlari sholi sotish bo'yicha yirik eksport qiluvchi mamlakatlarga aylangan. Italiya, Avstraliya, AQSh sholi hosildorligi o'rtacha 60 s/ga atrofida. Dunyoda hozirda eng yirik sholi eksport qiluvchi davlatlar AQSh va Tailand. Ularga dunyoda sholi eksportini 1/4 qismi tug'ri keladi.O'zbekiyetonda sholichilik ayniqsa, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng jadal rivojlandi. Madaniy sholi (Oryza sativa L) uchta kenja turga - qind (indica) donlari ingichka uzun,(don uzunligini eniga nisbati 3,0-3,5:1), xitoy-yapon (sina-japonica) donlari kalta, enli(1,4-2,9:1) va yaponga bo'linadi. O'zbekistonda asosan xitoy-yapon kenja turi tarqalgan. Har bir kenja tur bir qator belgilari bo'yicha tur xillarga bo'linadi. O'zbekiston sharoitida 1 g quruq modda hosil qilish uchun 450-550 g suv sarflanadi.

Boshqa g'alladosh ekinlarga nisbatan bu ko'rsatkich yuqori.Suv qatlami suvni tejab sarflashga, shuningdek sholipoyada muqobil issiqlik rejimi uchun qulay sharoit yaratadi.Sutkalik haroratni o'zgarishini sholipoyada kamaytiradi. Bu ayniqsa Qoraqolpog'iston respublikasi, Xorazm viloyati sharoitida katta ahamiyatga ega. Suv qatlami sholini qo'shimcha 3000 haroratni o'sish davrida qo'shimcha olishga imkon beradi. Sholipoyada suv qatlami ildiz tizimining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi, ma'danli oziqlantirishni yaxshilaydi, tuproq sho'rini yuvadi, begona o'tlarni yo'qotadi, tuproqni eroziyadan saqlaydi, sholini bir maydonda uzoq vaqt, surunkasiga yetishtirish imkonini beradi. Suv qatlami sholi uchun muhim moddalar - ammiakli azot, harakatchan fosfor va kaliyni to'planishiga sharoit yaratadi. Sholini suvga bostirib o'stirish yuqori va barqaror hosil olishni ta'minlaydi va tarixan shakllangan.

Yorug'likka talabi. Sholi qiska kun o'simligi, ammo yorug'likni ko'p talab qiladi. Mamlakatimizda o'stiriladigan navlar uchun quyosh yorug'ligining davomiyligi 9-12 soat yorug'likning yetishmasligi sholi rivojlanishini sekinlashtiradi va oqibatda hosilni pasaytiradi. Ammo ertarpishar navlar kun uzunligidan kuchsiz tasirlanadi.Tuproqqa talabi. Sholi tuproqqa talabchanligi kam o'simliklar jumlasiga kiradi, uni botqoqli o'tloq, torfli, sho'rtob va boshqa tup-roqlarda o'stirish mumkin. Ayniqsa sholi uchun yuvilib to'planadigan daryo vodiylari, og'ir, loy mexanik tarkibga ega, organik moddalarga boy tuproqlar juda qulay. Botqoqlangan va qumli tuproqlar sholi o'stirish uchun qulay. Yosh sholi maysalari quruq tuproq og'irligiga nisbatan tuz3 %, xlor tuzlari (NaCl) 0,3 %, karbonat natriy 0,1 %, ortiq bo'lsa nobud bo'ladi.Suv bostirilgan sholipoyalarda tuzlar eriydi va ularning konsentrasiyasi kuchli kamayadi, tuzlar filtrasiya natijasida tuproqning pastki qatlamlariga yuvilib kiradi va gorizontal filtrasiya natijasida drenajlarga tushadi. Bu jarayon tuproq yuqori qatlamida tuzlarning kamayishiga va urug'larning ko'karishiga imkon beradi. Tuproq muhiti 5,6 - 6,5 optimal hisoblanadi. Ammo sholi yanada kislotaliroq muhit sharoitida o'sa oladi, bunda suv bilan bostirilganda tuproq faol kislotaligi kamayadi.Sholi urug'lari boshqa g'alla ekinlariga nisbatan kislorod kam bo'lgan sharoitda ham ko'karadi. Shunga qaramasdan urug'larga va yosh maysalarga kislorod zurur, sababi, dastlabki rivojlanish fazalarida havo bor to'qimalar (aerenxima) hali shakllanmagan bo'ladi. Muhitda kislorod kam bo'lganda (10 % dan 2% gacha) maysalarni ildizlari kuchsiz rivojlanadi, ammo kuchliroq murtak rivojlanadi. Kislorod 2 % kam bo'lsa o'simta rivojlanadi, ammo ildizlar o'smaydi.Oziqa moddalariga talabi. Sholi oziqa elementlariga talabchan. Ma'danli moddalar solinganda tuproqda oziqa elementlarining miqdori ortadi. Tuproqda azot kam bo'lsa sholi kuchsiz tuplanadi, ruvagi kichik va donlar soni kam bo'lib shakllanadi. O'zbekistonda Qoroqolpog'iston respublikasi va Xorazm viloyatlaridan boshqa xamma viloyatlarda ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan.Lazurniy - duragaylash yo'li bilan uzun donli italiya namunasidan tanlash yo'li bilan olingan, indica kenja turiga kiradi. Tur xili

gilanica. Xorazm, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida tumanlashtirilgan. Mualliflari T. E. Is'hoqov, P. A. Pulina. Tup kuchsiz yoyilgan, o'simlik bo'yi 115-120 sm, yotib qolishga chidamli, 128-130 kunda pishadi, hosildorligi 65-70 s/ga. Ruvagida 70-90 don bor. 1000 don vazni 32-33 g. yormaning chiqishi 62-63 %, butun mag'zining chiqishi 70 %. Guruchi yuqori tovar va iste'mol sifatlariga ega. Doni shishasimon, palov tayyorlashga qulay.Avangard - O'zbekskaya-5 va portugal Laboratorioz navlarini duragaylash yo'li bilan yaratilgan. Tur xili subvulgaris (P. A. Pulina, S. Rixsiyeva). Nav 118-120 kunda pishadi. Yotib qolishga, tukilishga chidamli, ruvagi kuchsiz egilgan. Ro'vak uzunligi 20-25 sm, 120-150 boshoqchalar bor.Hosildorligi 80-90 s/ga, urug'lari jadal ko'karadi, chuqur suvga bostirilishga bardoshli, o'simlik bo'yi 115-120 sm. 1000 don vazni 32-33 g. Shishasimonligi71-72 %, maydalanishga bardoshli, mag'zining miqdori 95 %. Qimmatli navlarga kiritiladi, mazali. O'zbekistonning hamma viloyatlarida Qozog'istonda ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan.Qoraqalpog'iston - duragaylash usulida yaratilgan. Tur xili vulgaris. Mualliflar T. Boboniyozov, P. A. Pulina, U. Abillayev. O'simlik bo'yi 100-115 sm, yotib qolishga chidamli. Ro'vagi kuchsiz egilgan, kompakt, uzunligi 16-18 sm, ro'vagida 100-115 don bor, 1000 don vazni 27-29 g. vegetasiya davri 120 kun. Hosildorligi 73-85 s/ga. Guruchning chiqishi 70 %, magzining miqdori 85-90 %. Texnologik sifati va mazasi yaxshi.Qoraqolpog'iston, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida tumanlashtirilgan. Nukus-2 - O'zbekiston sholichilik ITI Qoraqolpog'iston filialida yaratilgan. Tur xili dichroa. Mualliflar T. Boboniyozov, P. A. Pulina, S. Rixsiyeva. O'simlikning balandligi 85-90 sm, yotib qolishga chidamli. Ro'vak uzunligi 16-17 sm, 120-140 boshoqchalari bor, 1000 don vazni 28-29 g. po'stliligi 16-17 %, shishasimonligi 93-98 %. Texnologik sifati yuqori. Nav o'rta tezpishar guruhga kiradi. O'suv davri 107-110 kun. Hosildorligi 65-75 s/ga. Qoraqalpog'iston Respublikasida ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan.

Sholi O'zbekistonda suvga bostirilib o'stiriladi. O'zbekiston va Qozog'istonda kanaldagi suv satxi sug'oriladigan xudud satxidan baland bo'ladi va zarur paytda suv ochilib poyalar suvga bostiriladi.

Sholini sug'orish tizimi suv keladigan va suv chiqib ketadigan kanallardan, gidrotexnik inshootlaridan hamda boshqa unsurlardan iborat. Bu qurilmalar sholi va unga yo'ldosh ekinlarni tegishli paytda sug'orishga, sug'orilmagan paytda pollarni qurishini tezlashtirishni ta'minlaydi.O'zbekistonda uchta tipdagi sug'orish tarqalgan: injenerlik, yarim injenerlik va noinjenerlik.Injenerlik (muxandislik) sholi tizimida, paykallar uzunligi 500-1500m, eni 150-250m, maydonni 10-30 gektar bo'ladi. Paykallar doimiy uvatlar bilan pollarga bo'linadi va kattaligi 1-6 gektarni tashkil qiladi. Paykal yaxshi tekislanmagan bo'lsa pollar soni oshiriladi. Har bir pol aloxida sug'oriladi. Bunday sug'orish tizimi Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Sirdaryoning quyi oqimida keng tarqalgan. Bu usul iqtisodiy jixatdan eng samarali

hisoblanadi. Bunday sug'orish tizimi tekis, qiyaligi 0,03-0,0050 dan oshmagan massivlarda qo'llaniladi.Yarim injenerlik sholichilik tizimi -sholichilikka ixtisoslashmagan xo'jaliklarda tarqalgan. Bunday xo'jaliklarda sholini ekish maydoni 200-300 gektardan oshmaydi. Bunday tizimda sug'oriladigan dalalar mustaqil sug'orish va suv chiqib ketadigan kanallardan iborat. Doimiy, uzunasiga olingan uvatlar oralig'i 30-50m. Suv bostirishdan oldin, ko'ndalangiga vaqtinchalik uvatlar olinadi, vegetasiya oxirida ular tekislanadi. Pollarning kattaligi 0,1-0,5 gektar bo'lib, tuproq relyefiga bog'liq. Bunday tizimda, sholi oldin yuqoridagi keyin pastdagi pollar navbatlashtirilib sug'oriladi. Bu tizimning asosiy kamchiligi uvatlar ekinzorning 1520% egallaydi, paykal yaxshi tekislanmagan bo'lib ayrim pollarda suv qurisa, boshqalarida hali suv qurimagan bo'ladi va suv qatlami qalin bo'ladi. Bunday pastqam pollarda maysalar siyrak bo'ladi, agrotexnik ishlar shu jumladan hosilni yig'ishtirish cho'zilib ketadi.Noinjenerlik (nomuxandislik) sholi tizimi -asosan paxtachilik xo'jaliklarida tarqalgan bo'lib ularda sholi maydonlari 100-200 gektardan oshmaydi. Sholipoya pollari relyefga bog'liq holda 100-200m2 oshmaydi. Sug'orish kanalidan suv bir poldan ikkinchisiga o'tkaziladi. Suv chiqib ketadigan zax ariqlar sholi massivining atrofidan o'tadi. Bu tizimda suv rejimini boshqarish qiyin. Yerni haydash, hosilni yig'ishtirish, uvatlarni olishdan boshqa hamma ishlar qo'l bilan bajariladi.

Almashlab ekish. Sholi surunkasiga ekilishga chidamli ekin. Ammo bir maydonga surunkasiga bir necha yil sholi ekilganda tuproq botqoqlashishi, sho'rlashi, aerob mikroorganizmlar faoliyatining pasayishi, vodorod sulfid va temir oksidlarining to'planishi kuzatiladi. Surunkasiga bir maydonga ko'p yil ekilgan sholipoyalar kasalliklar, zararkunandalar bilan ko'p zararlanadi, sholiga xos begona o'tlar ko'payadi, tuproq unumdorligi keskin pasayadi.Qoraqalpog'istonda S.Saparov ma'lumotlariga ko'ra sholidan keyin ikki yil surinkasiga sholi ekilganda hosildorlik 34,1 bedadan keyin ekilganda 50,1 s/ga bo'lgan. O'zbekiston sholichilik ilmiy teshirish institutida ham shunday ma'lumotlar olingan.O'zShITI sholini 4-dalali almashlab ekish sxemasi ishlab chiqarishga tavsiya etgan:1-dala soya don uchun +kuzgi javdar; 2-dala kuzgi javdar yashil oziqa uchun +sholi; 3-4-dala sholi. Sholining salmog'i bunday almashnab ekishdan 75% tashkil etadi.Olti dalalik sxema: 1,2,3 va 4 dalalar sholi bilan band, 5 va 6 dalalar beda yoki qizil sebarga bilan band. Beda yoki qizil sebarga birinchi yili bug'doy yoki arpa bilan qo'shib ekiladi. Sholi salmog'i 66,6 % o'tlarniki 33,4%

Bulardan tashqari 7, 9 va 10 dalalar almashnab ekish sxemalari ham tavsiya etilmoqda.

Keyingi yillarda sholichilikda oraliq ekinlarini qo'llash keng tarqalmoqda. S.A.Mazurin va S.M.Majidovlar ko'k no'xatni yashil o'g'it sifatida tuproqqa haydab tashlaganda sholi hosili gektardan 6,7 s oshgan.

Tuproqni ishlash. O'zbekistonda sholipoyalarni kuzgi shudgor qilish keng tarqalgan va u agrotexnik talablariga to'la javob beradi hamda yuqori hosil olishi ta'minlaydi. Sholi hosilidan bo'shagan dalaga yana sholi ekiladigan bo'lsa, hosil yig'ishtirilgandan so'ng darhol kuzgi shudgor qilinadi.O'zbekistonda botqoq-o'tloq, o'tloq tuproqlar 22-25 sm, yengil, yuvilib to'plangan tuproqlar 18-20 sm chuqurlikda haydaladi. Unumdor qatlami qalin tuproqlarda ham haydash chuqurligi 27 sm ortiq bo'lishi samarasiz ekanligi tajribalarda aniqlangan.

Dala botqoq begona o'tlari bilan ifloslangan bo'lsa, begona o'tlar ildiz massasining asosiy qismi joylashgan tuproq qatlamidan chuqurroq qilib kuzgi shudgor o'tkazish kerak. Tuganakli qamish, ildizlari 12-14 sm, qamish ildizlari 25 sm chuqurlikda joylashgan. Tuproq yuzasiga chiqib qolgan ildizpoyalar bahorda taroqlanib yig'iladi. Dasta qilinib yoqib yuboriladi. Tariqsimon begona o't urug'lari bilan ifloslangan dalalar 25 sm chuqurlikda haydaladi.Kuzgi shudgor o'tkazishni iloji bo'lmay qolganda, dala bahorda chimqirqarli pluglar bilan haydaladi. Yerni haydashda PLN-4-35, PLN-5-35; PLN -6-35, PN -8-35 pluglari qo'llaniladi.O'zbekiston sharoitida mart-aprel oylarida harorat ko'tarilib tuproq tez yetiladi. Bu davrda shudgorni bahorda ishlash boshlanadi. Tuproq «zig-zag» baronalari, chizel kultivatorlar bilan ishlanadi. Bunday ishlovlar tuproqni tekislaydi, begona o'tlarni yo'q qiladi, tuproq aerasiyasini yaxshilaydi.Ye.P.Alyoshin va V.P.Kanoxovalar ko'p yillik ildizpoyali begona o'tlar bilan ifloslangan dalalarni bahorda 12-15 sm chuqurlikda haydashi tavsiya etishadi. Bunda ildizpoyalar, tuganaklar tuproq yuzasiga chiqib qoladi tez nobud bo'ladi. Hosil bo'lgan kesaklar oldin diskali keyin «zig-zag» baronalari bilan maydalanadi. Tuproqni bunday ishlash, dalani tekislab tuproqni yumshatadi, mayin qiladi.

Dala D-719, PA-ZA uzun bazali tekislagichlar bilan tekislanadi. Tekislashda D-241 M, D-20B greyderlari, D-535, D-606; D-607 buldozerlardan ham foydalanadi. Tekislashdan keyin ma'danli o'g'itlar solinib og'ir diskali hamda «zig-zag» baronalar bilan tuproqqa aralashtiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Vavilov N.I. Genetika i seleksiya. Izbr.soch. -Moskva.: Kolos, 1966.

2. Vavilov N.I. Mirovtiye resursti xlebntix zlakov. Pshenisa. M.L., 1964.

3. Ilashev A.I. Fan yutuqlari va ilg=orlar tajribasi el-yurt xizmatida. Toshkent,

4. Ilashev A.I., O'rinboyev T.X. Jizzax viloyatining sug=oriladigan va lalmi maydonlarida 2008 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekishning ilmiy-amaliy asoslari. G=allaorol, 2007.

5. Ilashev A., O'rinboyev T., Siddiqov R. Jizzaxda bug=doychilikning ilmiy-amaliy asoslari. Sangzor nashriyoti, 2012 yil.

2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.