Научная статья на тему 'SHOLI HOSILDORLIGINI BELGILASHDA AGROTEXNIK CHORA TADBIRLARNI O’RNI'

SHOLI HOSILDORLIGINI BELGILASHDA AGROTEXNIK CHORA TADBIRLARNI O’RNI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
81
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sholi / oqsil / fosfor / vitamin / kletchatka / amiakli azot / amofost / karbomit / kombayn.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — In’omjonova O‘g‘iloy

Ushbu maqolada sholi o’simligining yangi nav hosildorligini yetishtirish haqida ma’lumot berilgan. Maqoladan foydalanib sholidan sifatli mahsulot yetishtirish bu to’g’risida ma’lumot bilimlarga ega bo’lasiz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHOLI HOSILDORLIGINI BELGILASHDA AGROTEXNIK CHORA TADBIRLARNI O’RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

SHOLI HOSILDORLIGINI BELGILASHDA AGROTEXNIK CHORA TADBIRLARNI

O'RNI In'omjonova O'g'iloy

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti Agrobiologiya fakulteti seleksiya

yo'nalishi 1- bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.8000799

Anotatsiya. Ushbu maqolada sholi o'simligining yangi nav hosildorligini yetishtirish haqida ma'lumot berilgan. Maqoladan foydalanib sholidan sifatli mahsulot yetishtirish bu to'g'risida ma'lumot bilimlarga ega bo'lasiz.

Kalit so'z: Sholi, oqsil, fosfor, vitamin, kletchatka, amiakli azot, amofost, karbomit, kombayn.

Sholi (Oguxa) boshoqdoshlar oilasiga mansub bir va ko'p yillik o'simlik turkumi don ekini. Doni oq,qizil,qora to'pguli shingil, bargi yashil. Eng qadimgi oziq-ovqat o'simligidan biri hisoplanadi. Bu o'simlik Xitoy, Hindiston, yaponiya, Indoneziya, Vetnam kabi tropik mamlakatlar aholisining asosiy oziq-ovqat mahsuloti hisoplanadi. Janubiy-Sarqiy Osiyoda 7 ming yil muqaddam ekilgan eng qadimgi mamlakatlardan Hindiston, Xitoy, hisoplanadi. U 20 maga yaqin turi asosan Janubiy-Sharqiy Osiyo, Afrika, Amerika, Avstraliya tropik va suptropik mintaqalarda o'sadi. Asosiy sholi yetishtiradigan mamlakatlar Xitoy, Indoneziya, AQSH, Kareya, mamlakatlari va bulardan tashqari Quyi Volga, Qirg'iziston, Qozog'iston ham yetishtiriladi. Jahonda sholi ekin maydonlari 155,5 million ga teng . Sholi yerning meliorativ holatini yaxshilovchi o'simliklar jumlasiga kiradi. Uning tarkibida organizim uchun zarur bo'lgan oziq moddalardan: oqsil, fosforli birikmalar, vitaminlar mavjud. Guruch tarkibini 75,2% karbon suv(asosan kraxmal) , 7.7% oqsil, 0.4%moy, 2.2 to'qima 0.5% kul moddalari 14% suv tashkil etadi. Guruchning o'zlashtirish koeffitsienti juda yuqori 96 ga teng, 0,2% kletchatka V, V2 RR vitaminlar mavjud. Donidan moy (murtagidan) spirt, pivo turli oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanadi. Sholi sug'orish, almashlab ekish tizimida ekiladi.

Bug'doy yetishtirish texnologiyasi:

Sholi ekishdan oldin 4-6 santimetr qalinlikda suv bilan bostiriladi. Qator orasi 15 santimetr ko'chatlari oralari uchun uyalar orasi 10-santimetr har bir uyadagi ko'chatlar soni 2-4 ta bo'ladi.Mamlakatimizda sholi ekini sho'rlanmagan yoki turli darajadagi sho'rlangan yerlarga aprelning ikkinchi yarimida (ba'zi mamlakatlarda niholi ko'chat qilib yrtishtiriladi.) Sholi uchun 42-46°C sholi yuqori harorat sanalib undan oshib ketsa urug'lar nobud bo'ladi. Maysalarni o'sishi tuplanish vaqti 20-32° harorat qulay hisoplanib unish vaqtidagi harorat 25-30° bo'lishi lozim. Yerdan kam mehnat va oz mablag' sarflab foydalanishda qator mashina va pluglardan foydalaniladi. Suv bostirilgan sholipoyalarda yerni ishlash quruq sholipoyalarni ishlashiga qaraganda bir necha ishni qisqarishiga imkon beradi. Iqlim o'zgarishi uning hosildorligiga deyarli ta'sir ko'rsatmaydi. Qurg'oqchilik vaqtida ham agrotexnikalari o'z vaqtida qo'llashga rioya qilsa undan yuqori hosil olish mumkin. Sholipoyalardagi suv sathini 57, 10-12, 15-20, santimetr qalinlikda bo'lishi talab ekiladi. Ekiladigan sholi navlarining sifati navni yangilab turish yo'li bilan amalga oshadi. Sholining o'sishi ertapishar navi uchun 80-110 kun, o'rtapishar navi uchun 115-125 kun, kechpishar navi uchun 125-145 kunga teng. Sholipoyalarga suv bostirish yerda asosiy oziq moddalar amiakli azot, harakatchan fosfor, kaliy to'planishiga va ularning ildiz tizimini o'zlashtirishga ijobiy tasir ko'rsatadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

O'g'itlash:

Sholi O'simligini yetishtirishda hosildorligini oshirishda tuproqdagi oziq moddalar muhum ahamiyatga ega. Sholi serhosil bo'lib , tuproqdagi oson o'zlashtiradigan oziq moddalarni ko'p sarflaydi. Yerga 1 kilogramm azot solish evaziga 20 kilogramm qo'shimcha hosil olish mumkin. Agar u 1 kilogrammli fosforli og'it bilan aralashtirib solinsa 30 kilogrammga ortadi. Sholi maysalanganda fosforga talabchanligi ortadi . Urug' unib chiqishida fosfor yetishmasligi ildiz tizimini rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Fosfor gektariga 60-90 kilogrammdan 120150 kilogrammgacha belgilanadi. Kaliyli o'g'itlar sholi poyasini mustahkamlaydi, don hosil bo'lishiga qulay sharoit yaratadi. Sholining zambrug' kasalliklariga chidamliligini oshiradi. Parvarishlash:

Sholi ekilgandan so'ng suv sathi 10-15 kun davomida 5-8, keyinchalik 10-12 santimetr bo'lishi lozim . U o'g'itlar bilan 3 martagacha oziqlantiriladi(karbomit, sulfat , fosforli amofost). Ko'chat o'tkazilganda bir hafta o'tkach bir sotixga 0,4 kilogramm me'yordagi 1- oziqlantirish barg chiqargandan so'ng bir sotixga 0.3 kilogramm 3- oziqlantirish beriladi. Sholi maydonlardan doimiy ravishta tozalab turiladi. Keng maydonlarda ekiladigan sholi navi 3-4 yilda bir marta yangilanishi kerak .Pishib yetilgan sholi maxsus kombaynlar orqali yig'ib terib olinadi.

REFERENCES

1. Atabayeva X.,Umarov Z., Bo'riyev X."O'simlikshunoslik" mehnat , 2000

2. Abdukarimov D.T. Dala ekinlar seleksiyasi va urug'chiligi. Samarqand,2002.2.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.