Научная статья на тему 'UMUMTA’LIM MUASSASALARI O‘QUVCHILARINI INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI ORQALI USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARI ASOSIDA KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH IMKONIYATLARI'

UMUMTA’LIM MUASSASALARI O‘QUVCHILARINI INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI ORQALI USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARI ASOSIDA KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
108
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kasb tanlash / kasb hunarga yo‘naltirish / axborot kommunikatsiya texnologiyalari / platforma / Dasturlash / IT mutaxassislik / Proforiyentator / Profmaster / Profnavigator / Virtual kasbga yo‘naltirish / Internet texnologiyalari / multimedia taqdimotlari / videofilmlar / onlayn konferentsiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Nizomxonov Sanjarxon Erkinxon O‘G‘Li

Ushbu maqolada umumta’lim muassasalari o‘quvchilariga informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishni tashkil etish orqali ustoz-shogird munosabatlari asosida kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish maqsadida kasblar mehnat bozorining istiqbolli rivojlanishiga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda tadbirlar o‘tkazilishini keng miqyosda tashkil etish kerakligi haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMTA’LIM MUASSASALARI O‘QUVCHILARINI INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI ORQALI USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARI ASOSIDA KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH IMKONIYATLARI»

UMUMTA'LIM MUASSASALARI O'QUVCHILARINI INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI ORQALI USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARI ASOSIDA KASB-HUNARGA YO'NALTIRISH IMKONIYATLARI

Nizomxonov Sanjarxon Erkinxon o'g'li

Toshkent Amaliy fanlar universiteri katta o'qituvchisi sanbestmanmax@gmail. com https://doi.org/10.5281/zenodo.10115210

Annotasiy. Ushbu maqolada umumta'lim muassasalari o'quvchilariga informatika va axborot texnologiyalari fanini o'qitishni tashkil etish orqali ustoz-shogird munosabatlari asosida kasb-hunarga yo'naltirish ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish maqsadida kasblar mehnat bozorining istiqbolli rivojlanishiga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda tadbirlar o'tkazilishini keng miqyosda tashkil etish kerakligi haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Kasb tanlash, kasb hunarga yo'naltirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, platforma, Dasturlash, IT mutaxassislik, Proforiyentator, Profmaster, Profnavigator, Virtual kasbga yo'naltirish, Internet texnologiyalari, multimedia taqdimotlari, videofilmlar, onlayn konferentsiya.

Аннотация. В данной статье изложена необходимость широкомасштабной организации проведения мероприятий с использованием современных информационно-коммуникационных средств, направленных на перспективное развитие рынка труда профессий, с целью повышения эффективности и результативности профориентационной работы путем организации обучения информатике и информационным технологиям учащихся общеобразовательных учреждений.

Ключевые слова: Выбор профессии, профориентация, информационно-коммуникационные технологии, платформа, программирование, IT специальность, Профориентатор, Профмастер, Профнавигатор, виртуальная профориентация, интернет-технологии, мультимедийные презентации, видео, онлайн-конференция.

Abstract. This article describes the need to organize on a large scale the holding of events using modern information and communication tools aimed at the promising development of the labor market of professions in order to increase the efficiency and productivity of vocational guidance on the basis of teacher-student relations by organizing the teaching of Informatics and information technology to students of general educational institutions.

Keywords: Choice of profession, career guidance, information and communication technologies, platform, programming, IT specialty, Career guidance, Professional master, Professional navigator, virtual career guidance, Internet technologies, multimedia presentations, video, online conference.

Bugungi kunlarda mamlakatimizda hamda jahon hamjamiyati nigohida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sura'tlarda rivojlanib borishi tufayli yangicha axborot muhitini va elektron tizimli texnologiyalar xizmatlari bilan bog'liq hayot faoliyati vujudga kelmoqda, axborot jamiyatining shakllanishi tobora rivojlanmoqda.

Taraqqiyotning yangi bosqichlarida ta'lim tizimining hal qilishi kerak bo'lgan vazifalar sifatida ustoz-shogird munosabatlari asosida axborot muhitidagi kasbiy faoliyatlarga yosh avlodni tayyorlash, ularning mustaqil qaror qabul qilishi va mas'uliyatli harakatlariga yo'naltirish muhim

zaruriyat hisoblanadi. Shuning uchun zamonaviy ta'lim jarayonini axborotlashtirish zamonaviy ta'lim tizimini rivojlantirishning eng muhim yo'nalishlaridan biridir.

Ta'lim tizimining kasb hunarga yo'naltirib o'qitilishi munosabati bilan maktab o'quvchilarining shaxsiy va kasbiy o'zini o'zi belgilash muammosi tobora dolzarb bo'lib boradi.

Kasb tanlash - inson hayotida qabul qiladigan eng muhim qarorlardan biridir, chunki har bir kishi kasbiy faoliyatiga qiziqishi va uning imkoniyatlariga mos kelishini, quvonch keltirishini shuningdek, eng muhimi evaziga munosib maosh olishini xohlaydi. Kasb tanlashga ko'plab omillar ta'sir qiladi, misol uchun aytish mumkinki, bular o'z qiziqishlari, qobiliyatlari, do'stlar va ota-onalarning fikrilari kabi sabablardir.

Mustaqil kasb tanlashda mavjud to'siqlardan biri sifatida bu turli mutaxassisliklar haqida etarlicha bilim va ma'lumotlarni olish mumkin bo'lgan o'quv ta'lim resurslari hamda kasb tanlashga yo'nalritilgan o'qitish metodlari to'g'risida ma'lumotlarning etishmasligida ko'rinadi. Ta'lim tizimida kasb hunarga yo'naltirish bo'yicha o'qituvchilarning vazifasi ustoz-shogird munosabatlari asosida yuqori sinf o'quvchilarning mustaqil kasbiy o'zini o'zi belgilashga bo'lgan motivatsiyasini oshirishdir. Bu o'rinda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan vositalardan foydalanish mumkin.

O'quvchilarga darsdan tashqari to'garak mashg'ulotlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali global ustoz-shogird munosabatlari asosida kompyuter tarmog'ida o'zlari qiziqish bildirgan ma'lumotlarga erkin kira olishini ta'minlanishi natijasida ularda psixologik mashg'ulotlarga ham, kompyuter texnologiyalariga ham qiziqish yanada faollashadi.

Internetda ta'lim muassasalarining reytinglari, ularning bitiruvchilariga bo'lgan talab, ta'lim sifati to'g'risida munozaralar bo'lib o'tadigan forumlar haqida juda ko'p ma'lumotlar mavjud. Bundan tashqari, internet hozirda nafaqat kuchli axborot, balki ta'lim resursiga ham aylanmoqda. So'nggi paytlarda masofadan turib ta'lim olish imkoniyati tobora ommalashib bormoqda, endi bu tizim allaqachon amalga oshirilmoqda.

Natijada, kasbga yo'naltirish funktsiyasini bajaradigan va nafaqat ushbu sohada ishlaydigan psixologlar va o'qituvchilar, balki maktab o'quvchilari va ularning ota-onalari tomonidan mustaqil ravishda ma'lumot to'plash uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan Internetdagi saytlar va faol ijtimoiy tamoqlarning quyidagi guruhlarini ajratish mumkin:

• kasbga yo'naltirish masalalariga bag'ishlangan saytlar;

• maktab o'quvchilari va ularning ota-onalari uchun turli xil ta'lim muassasalariga kirish masalalari bo'yicha turli xil ma'lumotlarni taqdim etadigan ta'lim portallari;

• ushbu muassasa haqida talabalar va abituriyentlar uchun barcha ma'lumotlarni taqdim etadigan maktablar, kollejlar va universitetlarning o'z veb-saytlari.

Demak, ushbu saytlarni qishqacha mazmunda yo'ritishni lozim bildik:

1. O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan ta'sis etilgan "Kasbim kelajagim" nomli platforma http://profnavigator.uz/. Ushbu o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan o'quvchilarning tug'ma kasbiy qiziqishi, moyilligi va layoqatini aniqlash maqsadida "Kasbim-kelajagim" deb nomlangan yagona onlayn platforma yaratildi. Platforma orqali o'quvchi o'z qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlay oladi. O'z imkoniyatlarini anglagan holda ongli ravishda kelajakdagi kasb haqida tasavvurga ega bo'ladi. Maktabda ta'lim olish jarayonida turli xil to'garaklarni, sport va musiqa maktablarini tanlaydi. Maktabni tugatgach kasb tanlashi oson

kechadi. Hozirgi kunda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimidagi professional ta'lim muassasalari to'g'risida to'liq ma'lumotlar berish bo'yicha hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan bir qatorda "Muvaffaqiyatli insonlar" ruknida "Muvaffaqiyatli insonlar tajribasi" hamda "Muvoffaqiyatga erishgan o'quvchilar" orqali hayotda o'z o'rni va mavqeiga erishgan insonlar hayot yo'li to'g'risida videoroliklar berilgan. "Psixologik maslahat" ruknida esa mutaxassislar tomonidan o'quvchilarni kasb tanlashda fiziologik holatlarni e'tiborga olish zarurligi to'g'risidagi tavsiyalar va maslahatlar berilgan.

2. "Dasturlashga oid kasblarni o'rgatamiz" mazmunidagi Mohirdev onlayn ta'lim platformasi https://mohirdev.uz. Bu platforma orqali istalgan joyda, o'zingizga qulay vaqtda o'qish imkoniyati taklif ertadi. Kurs mualliflari o'quvchilarga kasbga yo'nalitirilgan amaliyotlar yordamida eng tez va samarali yo'llar bilan dasturlashga oid kasb egalari qatoriga qo'shilishlarini ta'kidlaydilar. Platformada 18 xildagi axborot texnologiya (IT) sohalarida kasb mutaxassisliklari bo'yicha 34 xil o'quv kurslar mavjud bo'lib, mashhur pullik va bepul kurslar tashkil etilgan. Har bir kurs amaliyotlari malakali axborot texnologiya (IT) soha mutaxassislari tomonidan eng zamoaviy o'quv reja asosida tayyorlangan. Bunda taxsil olgan o'quvchilar o'quv kurslar yakunida tasdiqlangan namunadagi sertifikatlarga ega bo'ladilar.

3. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi kasb maktabi platformasi https://kasb.maktab.uz. Bu platformada kasbga yo'naltirish va karyerani qurishga yordam beruvchi bepul loyiha bo'lib, umumta'lim maktablarining yuqori sinf bitiruvchi o'quvchilarga ish beruvchilarning talablariga mos keluvchi rezyume yaratishga, kasbiy qiziqishlarni aniqlashga, yangi va zamonaviy kasbiy ko'nikmalarga ega bo'lishga yordam berish maqsadlariga qaratilgan.

4. O'zbekiston Respublikasi o'rta-maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimining o'quvchilarni kasb-hunarga maqsadli yo'naltirish axborot tizimli platformasi http://kasbtanla.uz. Ushbu axborot tizimi Haydarov Ozodjon Aslamkulovichning "Iqtisodiyotni rivojlantirishning istiqbol ko'rsatkichlari asosida o'quvchilarni kasb-hunarga maqsadli yo'naltirish tizimi" mavzusidagi ilmiy-tatqiqoq ishi doirasida ishlab chiqilgan. Bu tizim mamlakatimizning barcha viloyatlaridagi kasb-hunar kollejlarida 21 xil yo'nalishlar bo'yicha 6 turdagi sohada 239 xil Kasbiy mutaxassisliklar haqida ma'lumotlar berilgan.

5. "MyWay Proforientation" kompaniyasi O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirli ko'magida kasb-hunarga yo'naltirish bo'yicha https://myway.uz kasb-hunarga yo'naltirish va rivojlantirish markazi platformasini taskil etilgan. Ushbu platformada Kasb-hunarga yo'naltirilgan loyiha o'quvchilarga shaxsiy xususiyatlarini, qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlash imkonini beradi hamda mazkur ma'lumotlarga tayanib, ularning shaxsiy imkoniyatlariga mos keluvchi kasbni tanlash imkonini beradi. "MyWay Proforientation" kompaniyasi Moskva davlat universitetining (Rossiya) "Gumanitar texnologiyalar" Test markazining rasmiy hamkori va "Proforiyentator", "Profmaster", "Profnavigator" va boshqa dasturlardan foydalanish bo'yicha eksklyuziv huquqqa ega bo'lib, Toshkentda shahridagi beshta maktabda tashkil etilgan.

Maktab o'quvchilari "Proforiyentator" dasturidagi "Shaxs va kasb" blokining maxsus testidan o'tadilar, bu bolalarning individual xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Olingan ma'lumotlarga asoslanib, "MyWay Proforientation" kompaniyasi mutaxassislari bolalar bilan guruhlarda suhbatlar o'tkazadilar, kelajakda qanday kasb tanlash bo'yicha o'z tavsiyalarini berishadi va o'g'il-qizlarning savollariga javob berishadi.

Kasb tanlash - bu hayotda qabul qilinadigan eng muhim qarorlardan biridir. Kasb tanlashda qanday xatoliklarga yo'l qo'ymaslik kerak?, Kasbga yo'naltirish bo'yicha maslahatlarni qaerdan olish kerak?, Qaysi kasb ko'proq eng mos keladi? kabi shu va boshqa savollarga javoblarni https://myway.uz - kasb-hunarga yo'naltirish va rivojlantirish markazi platformasining kasbga yo'naltirishning virtual kabinetida topish mumkin.

Virtual kasbga yo'naltirish kabineti (kasbga yo'naltirish kabineti) - kasbga yo'naltirish ishlarini innovatsion tashkil etish shakllaridan biri bo'lib, u umumta'lim tashkiloti veb-saytida interaktiv aloqa shakli sifatida yaratilgan va elektron axborot manbai hisoblanadi.

Virtual kasbga yo'naltirish kabineti (kasbga yo'naltirish kabineti) o'quvchiga kasblar dunyosi bilan tanishishga yordam beradi;

• Ta'lim muassasalari haqida ma'lumot olish;

• Kasbga yo'naltirish va psixologik testlardan o'tish;

• Individual psixologik xususiyatlari va kasbiy rivojlanishni qurishda nimalarga e'tibor berishni hisobga olish haqida maslahat olish;

• Kasblar haqida video, foto materiallarni tomosha qiling.

• Virtual kasbga yo'naltirish kabinetining barcha ishlari talabani faollashtirishga, uning qobiliyatlari, kasbiy yo'lining istiqbollari to'g'risida olgan bilimlarini hisobga olgan holda mustaqil kasb tanlash istagini shakllantirishga qaratilgan.

AKT korxonalarga ekskursiyalar, ish beruvchilar bilan uchrashuvlar va boshqalar kabi an'anaviy ish shakllarini to'ldiradi, masalan, yashash joyi bilan bog'liq cheklovlarni olib tashlash orqali imkoniyatlarni sezilarli darajada kengaytiradi.

Internet texnologiyalari ishlab chiqarishga virtual ekskursiya o'tkazishga imkon beradi, unga texnologik jarayonning o'ziga xos xususiyatlari yoki hududiy jaylashuvga ko'ra uzoq masofa tufayli tashrif buyurish qiyin bo'lgan, korxona rahbari yoki muvaffaqiyatli biznesmen bilan on-layn konferentsiyada ishtirok etish imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin.

Umumta'lim muassasalari o'quvchilariga informatika va axborot texnologiyalari fanini ustoz-shogird munosabatlari asosida o'qitishni tashkil etish orqali kasb-hunarga yo'naltirish ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish maqsadida kasblar mehnat bozorining istiqbolli rivojlanishiga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan (multimedia taqdimotlari, videofilmlar, kasbga yo'naltirish bo'yicha onlayn konferentsiyalar) foydalangan holda tadbirlar o'tkazilishini keng miqyosda tashkil etish kerakligi bildiriladi.

REFERENCES

1. 2018-yil 25-yanvardagi PF-5313-sonli "Umumiy o'rta, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida"gi Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2018 y;

2. M.Aripov, A.Haydarov, A.Tillayev "Informatika asoslari akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun (elektron qo'llanma)". Toshkent 2002y;

3. Komilova Z.M. Innovatsion ta'lim-tarbiya jarayonida 10-11 sinf o'quvchilarini axborot madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari. // International conference on developments in education, sciences and humanities. Germany. №15th, March, 2022. -B. 9095;

4. D.P.Mirzoyev Bo'lajak mutaxassis kadrlarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashning takomillashtirilgan modeli// Tadqiqotlar jahon ilmiy -metodik jurnal № 6, Buxoro. 2023.01.01. 162-174 b;

5. O.E.Mamarajabov Ta'lim tizimini modernizatsiyalash sharoitida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlashda zamonaviy yondoshuvlar//KASB-HUNAR TA'LIMI. Ilmiy-uslubiy, amaliy, ma'rifiy jurnal 2021-yil, 2-son 20-22 b (13.00.00, №19);

6. I.E.Tursunov Talabalarni kasbiy tayyorgarligida axborot texnologiyalarining ahamiyati. Toshkent davlat pedagogika universiteti "Ilmiy axboroti" №7. 2021 (13.00.00. №32);

7. Qodirov H. Sh. Kasb ta'limi o'qituvchilarining bilim va ko'nikmalarini shakllantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash metodikasini takomillashtirish. Ped. fan. bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. 2017.

8. http://profnavigator.uz/ - "Kasbim kelajagim" nomli platforma;

9. https://mohirdev.uz - "Dasturlashga oid kasblarni o'rgatamiz" mazmunidagi Mohirdev onlayn ta'lim platformasi;

10. http://kasbtanla.uz - kasb-hunarga maqsadli yo'naltirish axborot tizimli platformasi;

11. https://myway.uz - kasb-hunarga yo'naltirish va rivojlantirish markazi platformasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.