Научная статья на тему 'TALABALARNI KASB TANLASH ISHIGA TAYYORLASHDAGI ZAMONAVIY YONDASHUVLAR'

TALABALARNI KASB TANLASH ISHIGA TAYYORLASHDAGI ZAMONAVIY YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
392
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kasb-hunar / kasb-hunarga yo’naltirish / kadrlar salohiyatini yaxshilash / axborot texnologiyalari / zamonaviy kasblar / internet tarmog’i. / vocational training / vocational training / improvement of personnel potential / information technologies / modern professions / Internet network.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — N. Shodiyev, L. Hamidova

Ushbu maqolada talabalarni kasb tanlash ishiga tayyorlashdagi zamonaviy yondashuvlar hamda ularga zamonaviy kasblar bo’yicha ma’lumotlar berish haqida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN APPROACHES TO PREPARING STUDENTS FOR CAREER CHOICE

This article describes modern approaches to preparing students for career choice and providing them with information on modern professions.

Текст научной работы на тему «TALABALARNI KASB TANLASH ISHIGA TAYYORLASHDAGI ZAMONAVIY YONDASHUVLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TALABALARNI KASB TANLASH ISHIGA TAYYORLASHDAGI ZAMONAVIY

YONDASHUVLAR Shodiyev N.

O'zbekiston -Finlandiya pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi proffesori Hamidova Laylo Komildjonovna Pedagogika kafedrasi 2-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7437945

Annotatsiya. Ushbu maqolada talabalarni kasb tanlash ishiga tayyorlashdagi zamonaviy yondashuvlar hamda ularga zamonaviy kasblar bo'yicha ma'lumotlar berish haqidayoritilgan.

Kalit so'zlar: kasb-hunar, kasb-hunarga yo'naltirish, kadrlar salohiyatini yaxshilash, axborot texnologiyalari,zamonaviy kasblar, internet tarmog'i.

СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К ПОДГОТОВКЕ СТУДЕНТОВ К ВЫБОРУ

ПРОФЕССИИ

Аннотация. В данной статье описаны современные подходы к подготовке студентов к выбору профессии и информированию их о современных профессиях.

Ключевые слова: профессиональное обучение, профессиональная ориентация, повышение кадрового потенциала, информационные технологии, современные профессии, сеть Интернет.

MODERN APPROACHES TO PREPARING STUDENTS FOR CAREER CHOICE

Abstract. This article describes modern approaches to preparing students for career choice and providing them with information on modern professions.

Keywords: vocational training, vocational training, improvement of personnel potential, information technologies, modern professions, Internet network.

Kasb-hunarga yo'naltirish-bu o'sib kelayotgan yosh avlodning kasbiy shakllanishi, tug'ma layoqatini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish misolida namoyon bo'ladigan umuminsoniy madaniyat komponentlaridan biri bo'lgan umumlashtiruvchi tushunchalardir. Kasb-hunarga yo'naltirish insonga kasbiy o'zligini anglashda va optimal bandlik turini tanlashda uning talab va imkoniyatlarini, mehnat bozoridagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni hisobga olgan holda maxsus ko'mak berish choralari kompleksini amalga oshirishdir.

Ma'lumki, o'sib kelayotgan yosh avlodni kasb-hunarga yo'naltirish muammosi nafaqat jamiyat, balki har bir shaxs, oila uchun o'ta dolzarb va hayotiy ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham uzluksiz ta'lim tizimining barcha bo'g'inlaridagi o'quv-tarbiya jarayonining o'zi yosh avlodni ongli ravishda kasbhunar tanlashga yo'naltirilgan bo'lishi kerak.

Bugungi kunda ta'lim muassasasida ta'limning milliy modeli . Shaxsni rivojlantirishga qaratilgan tizim sifatida har bir o'quvchi (bog'cha bolasi)ni ham aqlan, ham ma'nan rivojlanishi, o'zligini namoyon qilishi, umuminsoniy va milliy madaniyat va san'atning noyob namunalari bilan tanishtirish orqali yuksak madaniy salohiyatni shakllantirishga xizmat qilishi lozim. O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish bolaga faqat u yoki bu kasb-hunar to'g'risidagi ma'lumotlarni berish, uni kasb-hunarga qiziqtirish bilan chegaralanmasdan, bola shaxsini har tomonlama rivojlantirish jarayonidir. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi uzluksiz ta'lim tizimi, shu jumladan maktabgacha ta'lim muassasasi, maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi doirasida

1672

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

mamlakatimizda amalga oshirilgan misli ko'rilmagan bunyodkorlik ishlari xalq ta'limi tizimini ham modernizatsiyalashga asos bo'ldi. Ayniqsa, o'quv-tarbiya jarayonnining moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi, uzluksiz ta'lim tizimi mazmunini takomillashtirish yuzasidan DTSlari, o'quv dasturlari va ularga mos darsliklarini yangi avlodi yaratildi, pedagogik kadrlar salohiyatini oshirish, ularga metodik xizmat ko'rsatish va malakasini uzluksiz oshirish uchun barcha sharoitlar yaratib berildi.

Mamlakatda jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bugungi kunda ta'lim mazmunini yanada takomillashtirish bilan uning samaradorligini yangi sifat bosqichiga ko'tarishni taqozo etmoqda. Ta'lim muassasalaridagi o'quv-tarbiya jarayonining ajralmas qismi hisoblangan kasb-hunarga yo'naltirish ishlariga ham innovatsion tus berish, uning samaradorligini oshirish uchun ilmiy asoslangan zamonaviy pedagogik-psixologik, axborot texnologiyalarini keng joriy etish, ilmiy-uslubiy ta'limot va kadrlar salohiyatini yaxshilash, jarayonga jamoatchilik hamda ota-onalarni faol jalb etish zaruriyati mavjud.Talabalarni kasb tanlash ishiga tayyorlashni amalga oshirish muammosi mazkur tayyorgarlik tuzilmasi va uning tarkibiy qismlarini namoyon qilishini taqozo etadi.

O'quvchilarni kasbga yo'naltirish murakkab va kompleksligi tufayli uni muvaffaqiyatli hal qilish oliy o'quv yurtlarida talabalarni-bo'lajak o'qituvchilarni g'oyaviy-siyosiy tayyorgarlikka, nazariy-metodik (pedagogik-psixologik) tayyorgarlikka va ilmiy-texnik tayyorgarlikka ega bo'lishlari bilan bog'liqdir.Talabalarning umumiy g'oyaviy-siyosiy tayyorgarligi, shu jumladan, o'quvchilarni kasbga yo'naltirish bo'yicha tayyorgarligi ijtimoiy-iqtisodiy turkum fanlar (O'zbekiston tarixi, falsafa, axloqshunoslik, siyosiy iqtisod va h.k.)ni o'rganish bilan ta'minlanadi. Mazkur tayyorgarlik vazifalarini oliy o'quv yurtlaridada o'rganiladigan fanlarning bu sohadagi imkoniyatlari bilan taqqoslash orqali g'oyaviy-siyosiy tayyorgarlikning holatini va uning istiqbolini aniqlashga imkon beradi.

Bugungi kunda zamonaviy kasblar deganda internet bilan bog'liq bo'lgan yoki masofadan turib bajarsa bo'ladigan kasblar tushuniladi. Ular quyidagi yo'nalishlarga bo'linadi (1-Rasm).

1673

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Xulosa qiladigan bo'lsak, Kasbiy faoliyat sohasidagi muvaffaqiyat va mataxassisining mahorat darajasiga erishish sur'ati uning kasb tanlash motivlari bilan o'zaro aloqadordir. Shaxsning sub'ektiv moyilliklari va u yoki bu faoliyatga qobiliyatliligi bir butunlikni tashkil etadi. Qiziqish va moyillik faoliyat jarayonida shakllanadi va o'zgarib boradi. Kasb tanlash arafasida turgan inson shaxsining mazkur sohadagi qanchalik mos ekanligi faqatgina ushbu faoliyat jarayonidagina aniqlanadi. Kasbiy ta'lim oila va maktabda amalga oshiriladigan kasb tanlangunga qadar davom etgan mehnat ta'limi va tarbiyasi negizida, ya'ni kasb tanlashga psixologik tayyorlash hamda mehnat faoliyatiga ruhan tayyorgarlikka ko'maklashadigan yo'nalish sifatida davom ettiriladi. Bugungi kunda o'quvchilarni kasbga yo'naltirish davomida ularga zamonaviy kasblar haqida ma'lumotlar berib borish ularning oldida tanlov imkoniyatlarini yanada ko'paytiradi.Bu esa o'z navbatida,o'sib kelayotgan yosh avlodning to'g'ri kasb tanlashi va kelajakda jamiyatimizda o'zining munosib o'rnini topishida katta yordam bo'ladi.

REFERENCES

1. Joraev.R.D. Uzluksiz ta'lim tizimida kasb-hunarga yo'naltirish va shaxsning kasbiy o'zligini anglash muommolari.-T.: Oqituvchi, 2002.-135b.

2. S.X.Jalilova,F.I.Haydarov, N.I.Xalilova Kasb psixologiyasi (O'quv qo'llanma)Toshkent-2010

3. Olimov Q.T., Avliyoqulov N.X., Rustamov R. Kasbiy fanlami o'qitishning modul tizimi. Kasb-hunar ta'limi ilmiy-metodik jurnal. 2003.

4. Abduqudusov O.O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi o'quv muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolari (metodik qo'llanma) Toshkent,O' MKXTRM, 2002

5. www.google.com

6. Ismailovich A. S. PROBLEMS OF IMPROVING PSYCHOLOGY OF HEALTHY LIFESTYLE OF UZBEK FAMILY //Scientific reports of Bukhara State University. - 2020. - T. 4. - №. 1. - C. 313-318.

7. Saidov A. SOCIAL PSYCHOLOGICAL SIGNIFICANCE OF THE FORMATION OF A CULTURE OF A HEALTHY LIFESTYLE IN THE FAMILY //Science and innovation. -2022. - T. 1. - №. B7. - C. 867-871.

8. Sharifjon To'lqin o'g A. et al. TA'LIM-TARBIYA TIZIMI VA O'QITUVCHILAR FAOLIYATIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI //MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH. -2022. - T. 1. - №. 11. - C. 57-60.

9. Azamat, S. (2022). On The Basis Of National Values To Raise A Healthy Generation In The Family. Journal of Positive School Psychology, 6(10), 2417-2420.

10. Ismailovich S. A. Socio-Psychological Problems of Educating an Independent-Minded, Creative Person in the Educational Process //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF LITERATURE, PHILOSOPHY AND CULTURE. - 2021. - T. 2. - №. 12. - C. 4-7

1674

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.