Научная статья на тему 'UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA TASHKIL ETILADIGAN TARIX VA IJTIMOIY FANLAR DARSLARIDA HAMKORLIK TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH VA ERISHILADIGAN SAMARADORLIK'

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA TASHKIL ETILADIGAN TARIX VA IJTIMOIY FANLAR DARSLARIDA HAMKORLIK TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH VA ERISHILADIGAN SAMARADORLIK Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
44
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Tarix fani / ijtimoiy fanlar / hamkorlik texnologiyasi / innovatsion ta’lim muhiti / ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Kajanova Muhabbat Ungarovna

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil qilinadigan ijtimoiy fanlar va tarix fani darslarida hamkorlik texnologiyasidan foydalanishning natijasi haqidagi fikr-mulohazalar o‘rin oladi. Jumladan, hamkorlik asosida tarix fanlarini o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar maqola so‘nggida keltirib o‘tildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA TASHKIL ETILADIGAN TARIX VA IJTIMOIY FANLAR DARSLARIDA HAMKORLIK TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH VA ERISHILADIGAN SAMARADORLIK»

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA TASHKIL ETILADIGAN TARIX VA IJTIMOIY FANLAR DARSLARIDA HAMKORLIK TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH VA

ERISHILADIGAN SAMARADORLIK Kajanova Muhabbat Ungarovna

Toshkent shahar Yangihayot tumnaidagi 330-sonli umumta'lim maktabi tarix fani o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10113946

Annotatsiy. Maqolada umumiy o 'rta ta 'lim muassasalarida tashkil qilinadigan ijtimoiy fanlar va tarix fani darslarida hamkorlik texnologiyasidan foydalanishning natijasi haqidagi fikr-mulohazalar o 'rin oladi. Jumladan, hamkorlik asosida tarix fanlarini o'qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar maqola so'nggida keltirib o'tildi.

Kalit so'zlar: Tarix fani, ijtimoiy fanlar, hamkorlik texnologiyasi, innovatsion ta'lim muhiti, ijtimoiy-gumanitar yo'nalish.

Аннотация. В статье приведены отзывы о результатах использования совместной технологии на уроках обществознания и истории, организованных в общеобразовательных средних учебных заведениях. Включая В конце статьи даны предложения, направленные на повышение эффективности преподавания истории на основе сотрудничества.

Ключевые слова: История, социальные науки, технологии сотрудничества, инновационная образовательная среда, социально-гуманитарное направление.

Abstract. The article contains feedback on the results of using collaborative technology in social studies and history classes organized in general secondary educational institutions. Including suggestions aimed at improving the effectiveness of history teaching on the basis of cooperation are given at the end of the article.

Keywords: History, social sciences, cooperation technology, innovative educational environment, social and humanitarian direction.

Ma'lumki, hozirgi zamonning innovatsion ta'lim muhiti har bir fan o'qituvchisi zimmasiga inson, uning jamiyatdagi o'rniga haqqoniy baho berish vazifasini yuklamoqda. Buning uchun o'qituvchi ta'lim-tarbiyaning yangi shakllari, vositalari va usullarini egallashi, shu bilan birga, o'zi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yaratishga, shaxsni tarbiyalashning yangi a'nanaviy yoxud noan'anaviy, biroq samarali usullarini tanlashga harakat qilishi hamda kreativ bo'lmog'i darkor. Umumta'lim maktablarida o'qitilayotgan ijtimoiy, shu jumladan, tarix fani o'zida oliyjanob fazilatlarni mujassamlashtirilgan insonni tarbiyalashda benihoya ahamiyat kasb etadi.

Ta'lim tizimining barcha bosqichlarida ijtimoiy fanlarni ham qay tarzda taqsimlash, o'qitish va amaliyot integratsiyasini tashkil etishga qaratilgan maxsus konsepsiya ishlab chiqish zarur ehtiyojga aylanib bormoqda. Yangi O'zbekistonning asosiy strategiyalaridan biri sifatida "Uzluksiz ta'lim tizimida ijtimoiy fanlarni o'qitish tartibi va tamoyillari to'g'risida" qonun ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish ehtiyoji mavjudligi "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-sonli prezident farmonida ham o'z aksini topdi [1]. Bu yo'nalishda mamlakat Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan "2022-2030-yillarda O'zbekiston Respublikasining uzluksiz ta'lim va tarbiya sohasini gumanitarlashtirish strategiyasi" yaratilishi va amalga oshirilishi [2] tavsiya etildi. Yangi O'zbekistonning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasining "Ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash, ushbu sohani tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish"

yo'nalishida "O'zbekiston tarixini o'rganish va targ'ib qilishni rivojlantirish" vazifasi belgilangan. Bu tarix ta'limida ham integratsion sifatni ta'minlash, bo'lajak pedagog-kadrlar kasbiy kompetentligini yanada rivojlantirish masalalariga jiddiy e'tibor qaratish lozimligini ko'rsatadi. Ta'lim tizimidagi innovatsion va tajriba faoliyatning ustuvor yo'nalishlaridan biri ilmiy-uslubiy va ijtimoiy-pedagogik umumiylikni yaratish orqali umumiy o'rta ta'lim maktablarining o'qituvchi va o'quvchilarini rivojlantirish uchun yangi yo'nalish va yangi mexanizmlarni ishlab chiqish deb hisoblash mumkin. Ushbu vazifalar umumta'lim muassasalarida innovatsion yondashuv asosida o'tkaziladigan hamkorlikdagi amaliy faoliyat mexanizmlarini tanlashda ko'rsatma bo'lib xizmat qiladi.

Maktabda o'quvchi kishilik jamiyati bosib o'tgan yo'lni, ularning o'zga mamlakatlar bosqinchilariga qarshi o'z ozodligi va baxt-saodati, porloq kelajagi uchun olib borgan kurashlari haqidagi asosiy ma'lumotlarni tarix darslaridan bilib oladi. Hamda tarix fani doirasida tashkil qilinadigan dars jarayonlari o'quvchining hozirgi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni to'g'ri anglashiga va ularga nisbatan to'g'ri munosabat bildirishiga yordamlashadi.

Bugungi zamonaviy axborot jamiyati o'z fuqarolarining mustaqil va faol harakat qilishlari, qarorlarni ham mustaqil tarzda qabul qilishlari va o'zgaruvchan turmush sharoitlariga moslashuvchanlikka ega bo'lishlaridan manfaatdor. Shu sababli maktablarda yuqori sinflar uchun tashkil qilinadigan tarix va ijtimoiy fanlar darslarini hamkorlikda o'rganish ahamiyatlidir. Negaki, yuqori sinf o'quvchilarini faol fuqarolik ruhida tarbiya qilishda bu texnologiya juda qo'l keladi. Eng muhimi ushbu texnologiya maktabda har bir shaxsning maksimal darajada moslashishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratish orqali yetakchi rol o'ynaydigan ta'lim tizimini modellashtirishni o'z ichiga oladi.

Ayrim holatlarda o'qituvchi uchun sinfdagi har bir o'quvchiga aniq yordam berish qiyinlik qilib qoladi. Aynan mana shu o'rinda hamkorlik pedagogikasining ahamiyatini ko'rish mumkin. Ya'niki, hamkorlikdagi ta'lim bu muammoni hal etishda o'qituvchiga ko'mak beradi.

Hamkorlik texnologiyasi — bu o'quvchining fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi, xotira ishini o'z ichiga olgan, jamoaviy ish samaradorligi uchun mas'uliyatni oshiradigan, individual sur'atda ishlash natijasida olingan tajriba va bilimlarni yangilash imkonini beruvchi juftlik yoki guruhlarda o'qitishning jamoaviy usuli demakdir. Bundan kelib chiqqan holda, hamkorlik asosida kichik guruhlarda ishlagan o'quvchilar bir-birlariga yordam berishni o'rganadilar va har kimning muvaffaqiyati uchun javobgarlikni ham his qilishni o'rganib, shu asnoda har kimning muvaffaqiyati uchun javobgar bo'ladilar deyish mumkin.

Fikrlarga yakun sifatida shuni aytish lozimki, umumiy o'rta ta'lim muassasalari hamkorligi asosida tarix fanlarini o'qitish samaradorligini oshirishda ta'lim mazmunining o'quvchi shaxsini shakllantirishga hissa qo'shadigan ta'lim potensiali va ta'lim mazmunining ijtimoiy-gumanitar yo'nalishini kuchaytirish, amaliy muammolarni hal qilish, o'quvchilarning ijtimoiylashuvini muvaffaqiyatli darajada ta'minlashga xizmat qiladigan tarix fanlarining o'qitilishini fanlararo, kurs va bo'limlararo integratsiyasini kuchaytirish bo'yicha o'quv-metodik ta'minotini ishlab chiqish va boshqa xususiyatlarning ham inobatga olinishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Jumladan, tarix fanlarini o'qitish samaradorligini oshirishning murakkab vazifasini muvaffaqiyatli hal etish, uni takomillashtirish faqat pedagogik faoliyatini har tomonlama ob'yektiv tahlil qilish asosida o'qitish va ta'lim jarayonini samarali qurishga asoslangan holda amalga oshirilishi mumkin.

REFERENCES

1. "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-sonli prezident farmoni. Toshkent. 8-oktabr 2019 yil.

2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. Toshkent. "O'zbekiston", 2021. - B. 233.

3. Jalilova D. Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Sifatli ta'lim - taraqqiyot povdevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami / / Toshkent, 2023-yil 20-aprel. 282-286-betlar.

4. Мустафаев, У. У. (2021). Учинчи ренессанс пойдевори шаклланаётган даврда фалсафий фанларни укитишни ислох килиш янги узбекистон эхтиёжи. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 99-108.

5. Новые педагогические и информационные технологии в системе образования: учеб. пособие для студентов пед. вузов и системы повышения квалификации пед. кадров [Текст] // Е.С. Палат, М.Ю. Бухаркина, М.В. Моисеева, А.Е. Петров. - М.: Академия, 2012. - 272 с.

6. Смирнов В.А. Компьютеризация: от энтузиаста-учителя к коллективу единомышленников. — Народное образование. - 2012.

7. https://t.me/jalilova_dilshoda_2292

8. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman

9. https://cyberleninka.ru

10. http://scientists.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.