Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA TARIXCHI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASH JARAYONI TENDENSIYALARI'

O‘ZBEKISTONDA TARIXCHI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASH JARAYONI TENDENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
39
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TARIX FANLARI / TA’LIM METODLARI / INTERFAOL USULLAR / PEDAGOGIK MAHORAT / PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tursunov X.N.

Maqolada tarix fanlarining o‘qitishning uslub va usullari, interfaol yondoshuvli samarali jihatlari hamda bu boradagi mavjud o‘ziga hos muammolarning pedogogik mahorat va pedogogik texnologiyalar asosidagi yechimlariga oid takliflar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRENDS OF THE PROCESS OF TRAINING HISTORIAN SPECIALISTS IN UZBEKISTAN

The article describes methods and methods of teaching history, effective aspects of interactive approach, and suggestions for solutions of existing specific problems in this regard based on pedagogical skills and pedagogical technologies.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA TARIXCHI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASH JARAYONI TENDENSIYALARI»

Tursunov X.N.

"Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi o^qituvchisi Xalqaro innovatsion universiteti

O'ZBEKISTONDA TARIXCHI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASH

JARAYONI TENDENSIYALARI

Annotatsiya. Maqolada tarix fanlarining o'qitishning uslub va usullari, interfaol yondoshuvli samarali jihatlari hamda bu boradagi mavjud o'ziga hos muammolarning pedogogik mahorat va pedogogik texnologiyalar asosidagi yechimlariga oid takliflar yoritilgan.

Kalit so 'zlar: tarix fanlari, ta 'lim metodlari, interfaol usullar, pedagogik mahorat, pedagogik texnologiya.

Tursunov Kh.N. teacher

"Social and Humanities" department International Innovative University

TRENDS OF THE PROCESS OF TRAINING HISTORIAN SPECIALISTS IN UZBEKISTAN

Abstract. The article describes methods and methods of teaching history, effective aspects of interactive approach, and suggestions for solutions of existing specific problems in this regard based on pedagogical skills and pedagogical technologies.

Key words: history, educational methods, interactive methods, pedagogical skill, pedagogical technology.

Bugungi kunda o'quvchilarni o'qishga qiziqishlari borasida turlicha yondashishlarning bir xil emasliklari yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Yoshlarning o'rab turgan ijtimoiy muhit o'quvchilar dunyoqarashida o'z tamg'alari bilan iz qoldirmoqda. Bunday sharoitda tarix o'qituvchisining vazifasi sinfda mavjud bo'lgan barcha o'quvchilar diqqat-e'tiborini ularga nisbatan differensiatsiya usulini qo'llab, bir vaqtda ularning hammalari uchun maqbul bo'lgan tarixiy materialni bayon qilish bilan, ikkinchi tomondan har bir o'quvchining qiziqishlarini hisobga olgan holda unga individual yondashishga harakat qilmog'i kerak.

Dars jarayonida o'quvchilar faoliyatiga differensial yondashish qanday nazorat etilsa, ularni uy vazifalarini bajarishlarini nazorat etish ham o'sha prinsipda amalga oshirilib borilmog'i kerak. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, tarix darsining zamonaviy talabi mustaqil O'zbekiston Respublikasining yoshlar orasida olib boriladigan mafkuraviy ishlar vazifalariga mos kelishi, tarix

мЭкономнка h ^uyM" №4(107)-2 2023

www.iupr.ru

283

o'rganishning turmush bilan aloqasini bog'langanligida, O'zbekiston kelajagi buyuk davlat bo'lishini nazariy va amaliy ishlar bilan bog'lab olib borishga yo'naltirilgan bo'lmog'i lozim.

Inson bilimi cheksiz bo'lmaganidek, tarix o'qitish uslubiyoti, ayniqsa, tarix darslari turlari ham jamiyat taraqqiyoti va ilmiy-texnikaviy inqilob jarayonida yangidan yangi turli variantlar bilan boyib borishi zarurligini, umuman ta'lim nazariyasi va uslubiyoti bir joyda tepsinib turmasdan dialektik harakatda bo'lishini unutmaslik kerak. Zamonaviy tarix darslarining turlari-seminar darsi, muammoli darslar, ekskursiya darslaridan iborat. Prezident asarlarini o'rganishga bag'ishlangan maxsus darslar, teledarslar didaktikaga faol kirib kelayotganligini va dars samaradorligini oshirish bilan birga o'quvchilar bilim doiralarini beqiyos rivojlantirib borishda munosib hissa qo'shayotganligini ham tabiiy bir hol deb qarash kerak. Respublika tarixchi-metodik olimlari vazifalari mavjud pedagogik merosdan tarixning bugungi davri talabi asosidan ilmiy-uslubiy va didaktik yo'llarini yuqori saviyada ishlab chiqishdan iboratdir.

Tarix o'qituvchisi o'zining pedagogik faoliyatida ilmiy bilimlarni tez suratlarda o'sib borayotganligini albatta hisobga olmog'i kerak. Ilmiy texnika inqilobi davrida o'quvchi yoshlar ham o'z bilimlarini mustaqil holda uzluksiz takomillashtirib borishlari, ilmiy va siyosiy axborotlar oqimida to'g'ri xulosa chiqarishga erishmoqlari lozim.

Hozirgi vaqtda o'quvchi yoshlarning akseleratsiyasi, ya'ni bolalar rivojlanishining tez suratlar bilan borishi, bu jarayon ularning ham aqliy, ham jismoniy jihatdan rivojlanishlarida yaqqol namoyon bo'layotganligini alohida ta'kidlash lozim. Mustaqil yurt talablari yoshligidanoq radio, televidenie, gazeta, jurnal va turli kitoblar, informatsiya kanallari orqali ko'p zamonaviy ilmiytexnikaviy yangiliklardan boxabar bo'lmoqdalar. Bularning hammasi o'quvchi yoshlarning dunyoqarashlari qo'lamini kengayishiga olib kelmoqda. O'quvchi o'z uyida televidenie orqali, yoki kino-teatrda tarixiy mavzusidagi asarni tomosha qilib, uning mazmuni bilan chuqur tanishishga muvaffaq bo'lgani holda, o'qituvchi dars jarayonida faqatgina darslik material bilangina chegaralanayotgan bo'lsa, u holda o'quvchida mazkur dars uchun hech qanday qiziqish paydo bo'lmaydi. Ana shunday inqirozli sharoitdan chiqib ketish uchun o'qituvchi tarixiy ta'limida emotsional mahoratini oshirib borib, o'quvchilarni mavzuning mazmuniga bo'lgan qiziqishlarini oshirib borib, uning har tomonlama mustahkamlanishiga erishmog'i kerak.

Tarix darslari o'quvchi yoshlarda shunday qat'iy tushunchani mustahkam shakllantirmog'i kerak, tarix darslari samaradorligini oshirib borish uchun o'qituvchi tarix fanining rivojlanib borishini tizimli ravishda kuzatib bormog'i kerak. Ayniqsa, yuqori sinf o'quvchilarini tarixdan chop etilayotgan yangi asarlar mazmuni bilan tanishtirib borishlari o'quvchi yoshlarda tarix o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini yanada o'sishga olib keladi. Ko'p yillar davomida maktab tarix fanlarini o'qitish tajribasi shuni ko'rsatadiki, tarixdan o'tkaziladigan ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil etish va samaradorligini oshirib borish,

shuningdek kutilgan ijobiy natijalarga erishmoqning asosiy shakli - darsdir. O'quvchilarga ta'lim-tarbiya berish, ularning bilish qobiliyatlari va tafakkurlarini muttasil rivojlantirib borish yuzasidan turli ilmiy-uslubiy ishlar asosan dars jarayonida amalga oshirib boriladi [3].

Har bir dars tarixdan o'rgatilayotgan alohida olingan mavzuning, bir vaqtda butun bir kurs yuzasidan o'tkaziladigan darslar sistemasining mantiqan shakllanib boradigan yagona zanjirini tashkil etadi. Tarix darsiga bo'lgan talablar jamiyatda sodir bo'ladigan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar talabi darajasida, shuningdek, ilmfan, madaniyat va ayniqsa, ma'naviyatda sodir bo'ladigan o'zgarishlar talabi asosida doimo rivojlanib boradi. Mazkur o'rinda biz O'zbekiston va jahon tarixini o'rganish jarayonida mustaqil o'zbek davlatini rivojlantirishning ma'naviy-ahloqiy negizlariga qanday yondashmog'imiz va amaliy jihatdan bu dolzarb vazifani qanday hal etilishi muammolarini sezib turibmiz.

Dars samaradorligini oshirish har bir o'qituvchidan ta'lim-tarbiya jarayonini optimal, ya'ni qulay variantlarni puxta ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etadi. Darsning optimal varianti deb, dars jarayonida ta'lim-tarbiya va o'quvchilarni kompleks rivojlanishlarini ta'minlaydigan va bir vaqtda darsning shunday ijobiy natijalarini amalga oshirishda shu dars (mavzu) uchun o'quv rejasi, shu fanda tematik kalendar rejada mo'ljallangan mavzuni o'rganishga dars davomida shu darsga, uy vazifalarini bajarish va tekshirish uchun o'quvchi va o'qituvchiga ajratilgan vaqtdan maqsadga muvofiq foydalanilib, erishilgan maksimal ijobiy ilmiy-uslubiy va didaktik natijalar kompleksiga aytiladi. Har bir darsni o'qituvchi tomonidan sifatli qilib o'tmoq uchun unga yaxshilab tayyorgarlik ko'rish kerak. Tarix fanidan tematik rejalarini tuzish o'qituvchining darsga tayyorgarlik ko'rishining birinchi bosqichi bo'lib, bu bosqichda o'qituvchi dastur, darslik va o'quv qo'llanmalarini o'rganadi, ular orasidagi mutanosiblikni solishtirib chiqadi. Natijada o'quv dasturiga asoslangan o'qituvchi darslikda nimalar ortiqchayu, nimalar yetishmasligini va uni qanday to'ldirish lozimligi muammolarini hal etadi.

Mustaqillik yillarida takomillashtirilgan dasturlar joriy etilganligi munosabati bilan kalendar tematik rejalashtirishga qo'yilgan talablar ham o'zgardi. U o'qituvchiga dars rejasini, ham darsdan tashqari ishlar rejasini tuzishda dasturning hamma komponentlaridan kompleks suratda foydalanishda, o'quvchilarda xalqimizning ma'naviy merosiga sidqidildan qiziqish his-tuyg'ularini shakllantirish o'quv mehnati va malakalarni, faol hayotiy pozitsiyalarini sobitqadamlik bilan takomillashib borishiga yordam berishi kerak.

O'qituvchi bo'lajak darslar mazmunini tahlil etar ekan, u har bir darsdagi asosiy va boshqaruvchi g'oyalarni, darslikda keltirilgan xulosalar, tushunchalar, u yoki bu voqea va hodisalarga berilgan baholar, shuningdek, asosiy faktlarni atroflicha tahlil etadi. O'quvchining uy vazifasini bajarish uchun sarf etadigan vaqti, uning natijalari ham dars samaradorligini pedagogik jihatdan to'g'ri

'^KOHOMHKa h ^uyM" №4(107)-2 2023

www.iupr.ru

285

tashkil etilishiga bevosita bog'liqdir. Matbuot sahifalarida, xalq ta'limiga bag'ishlangan anjumanlarda o'quv mashg'ulotlari uchun vaqt kundan-kunga ortib borayotganligiga odilona shikoyatlar qilinmoqda.

Xulosa qilib aytganda, o'quvchini maktabga darsga kelishidan tortib, uyiga qaytib kelishiga qadar 6-7 soat vaqt talab etilsa, turli sinflarda o'quvchilarni uy vazifalarini bajarish uchun sarflaydigan vaqtlari lsoatdan 3 -4 soatgacha yetadi. Shunday qilib ko'p hollarda, ayniqsa, yuqori sinflarda o'quvchining o'quv haftasi ko'pincha 60 soatdan oshib ketadi. Bu ahvol o'z navbatida boshqa muammo - o'quvchini mehnat, sport, shuningdek, texnika va san'at bilan, qolaversa, ularni umumta'limiy tayyorgarliklari va har tomonlama o'sib, kamol topishlariga yordam beradigan mashg'ulotlar bilan shug'ullanishlari uchun vaqtlari yetmaydi, vaqt tanqisligi muammoligi kelib chiqadi. O'quvchining maktabda o'quv mashg'ulotlari bilan ortiqcha band bo'lishlari o'quvchini doimo harakatda bo'lish vaqtini minimumga kamaytiradi. Nihoyat, bularning hammasi o'quvchining ruhiyati va salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Adabiyotlar:

1. Tarix fanlarida tushunchalar bilan ishlash. - Toshkent: Fan, 2020. - B. 83.

2. T.Toshpulatov, Ya.G'afforov Tarix o'qitish metodikasi Toshkent. «Universitet», 2002.

3. N.Bozorova, Umumta'lim maktablarida tarix darslarini o'qitishda mahalliy anbalardan foydalanish metodikasi, O'tmishga nazar jurnali, 4 jild, 7-son, Toshkent, 2021.

4. G.Muratova, Tarix fanini o'qitishning ko'rgazmali metodlari va ulardan foydalanish yo'llari, Nauka XXI veka ilmiy jurnali, 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.